Научная статья на тему 'BIOLOGIYA FANINI O’QITISHDA INTEGRATIV-BINAR MASHG’ULOTLARINI TASHKIL ETISH TEXNOLOGIYASI'

BIOLOGIYA FANINI O’QITISHDA INTEGRATIV-BINAR MASHG’ULOTLARINI TASHKIL ETISH TEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
61
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
didaktik o’yin / ta’lim / ijodiy muhit / konferensiya / taqdimot / ta’lim tarbiya / reproduktiv / produktiv / o‘quv fani . / didactic game / education / creative environment / conference / presentation / education-learning / reproductive / productive / pedagogical science.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ibodova, Mahfuza Namozovna

Ushbu maqolada biologiya fanini o’qitishda integrativ binar, didaktik o’yin texnologiyalaridan foydalanish haqidagi ma’lumotlar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TECHNOLOGY OF ORGANIZING INTEGRATIVE-BINARY LESSONS IN BIOLOGY TEACHING

This article provides information about the use of integrative-binary, didactic game technologies in teaching biology.

Текст научной работы на тему «BIOLOGIYA FANINI O’QITISHDA INTEGRATIV-BINAR MASHG’ULOTLARINI TASHKIL ETISH TEXNOLOGIYASI»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(11), November, 2023

BIOLOGIYA FANINI O'QITISHDA INTEGRATIV-BINAR MASHG'ULOTLARINI TASHKIL ETISH TEXNOLOGIYASI

Ibodova Mahfuza Namozovna

Navoiy davlat pedagogika instituti, Biologiya kafedrasi dotsenti.

E-mail: ibodovamahfuza75@mail .ru

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada biologiya fanini o 'qitishda integrativ - binar, didaktik o 'yin texnologiyalaridan foydalanish haqidagi ma 'lumotlar bayon etilgan.

Kalit so'zlar: didaktik o'yin, ta'lim, ijodiy muhit, konferensiya, taqdimot, ta'lim - tarbiya, reproduktiv, produktiv, o 'quv fani.

AHHOTA^m

В данной статье изложены сведения об использовании интегративно-бинарных, дидактических игровых технологий в преподавании биологии.

Ключевые слова: Ключевые слова: дидактическая игра, образование, творческая среда, конференция, презентация, образование - обучение, репродуктивное, продуктивное, педагогическая наука.

ABSTRACT

This article provides information about the use of integrative-binary, didactic game technologies in teaching biology.

Key words: didactic game, education, creative environment, conference, presentation, education-learning, reproductive, productive, pedagogical science.

KIRISH

Uzluksiz ta'lim tizimida biologiyani o'qitishda o'quvchilaming bilish faoliyatini faollashtirish uchun darsning o'quvchilaming o'tgan mavzu yuzasidan o'zlashtirgan bilim, ko'nikma va malakalarini aniqlash, ularni tizimlashtirish, yangi mavzu yuzasidan o'zlashtirilgan bilim, ko'nikma va malakalarni nazorat qilish va baholash, shuningdek, yangi mavzuni o'rganish jarayonida xususiy metodik va lokal texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiq. Biologiyani o'qitishda xususiy metodik darajadagi pedagogik texnologiyalardan didaktik o'yin texnologiyalari, modulli ta'lim texnologiyalari, hamkorlikda o'qitish texnologiyalaridan foydalanish tavsiya etiladi.

Ta'lim jarayonida didaktik o'yinli texnologiyalar didaktik o'yinli dars shaklida qo'llaniladi. Ushbu darslarda o'quvchilarning bilim olish jarayonini o'yin faoliyati bilan uyg'unlashtiriladi. Shu sababli, o'quvchilarning bilim olish faoliyati, o'yin faoliyati bilan uyg'unlashgan darslar didaktik o'yinli darslar deb ataladi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'yin faoliyati o'zining quyidagi xususiyatlari bilan tavsiflanadi:

1.0'yin ishtirokchilari rollarni, vazifalarni tanlashi natijasida erkin rivojlantiruvchi faoliyat, ya'ni o'quvchilarning o'z faoliyatini tahlil va nazorat qilishi, maqsadga muvofiq natijaga erishgan hollarda o'z faoliyatidan ko'ngli to'lishi, o'z bilimi va kuchiga ishonch vujudga keladi.

2.Ijodiy muhit tarkib topadi. О'yin ishtirokchilari muammolarni hal etishda tegishli ijodiy va mustaqil faoliyatga ega bo'ladilar.

3. O'yin davomida musobaqa, raqobat, hamkorlik, o'zaro yordam vujudga keladi. Shu asnoda his-hayajonli vaziyat paydo bo'ladi. His-hayajonga yo'g'rilgan bilim, ko'nikmalar inson xotirasida bir umr muhrlanib qoladi.

4.O'yin davomida belgilangan qonun-qoidalarga amal qilinadi. O'yin ishtirokchilarida ijtimoiy normalarga mos ongli intizom vujudga kelishiga zamin tayyorlaydi.

5.O'yin mazmuni, borishi, mantiqiy ketma-ketligi, vaqt balansi va o'quvchilar ning muammoli vaziyatlarni zudlik bilan hal etish, mo'ljalni to'g'ri olishga o'rgatadi.

Didaktik o'yinli darslarni o'quvchilarning bilim olish va o'yin faoliyatining uyg'unligiga ko'ra:

• syujetli-rolli o'yin;

• ijodiy o'yinlar;

• ishbilarmonlar o'yini;

• konferensiya;

• taqdimot;

• o'yin-mashqlarga ajratiladi.

Boshqa o'quv va mehnat faoliyati kabi o'yin faoliyati tarkibiga quyidagilar: a) o'yinning syujeti;

b) o'yin ishtirokchilari bajaradigan muayyan rollar, vazifalar;

v) ushbu rollarni amalga oshirish uchun bajariladigan amallar (usullar);

g) real yoki shartli ravishdagi o'yin vositalaridan foydalanish;

d) o'yin ishtirokchilari o'rtasidagi munosabat, muloqot kiradi.

O'quvchilarning bilish faoliyatini o'yin faoliyati bilan uyg'un holda tashkil etish quyidagi bosqichlardan iborat bo'ladi:

• Didaktik o'yindan ko'zda tutilgan maqsadni aniqlash,

• Didaktik o'yin syujeti va ishtirokchilar faoliyatini loyihalash;

• O'yindan ko'zda tutilgan maqsadni amalga oshirish yo'llarini belgilash;

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

• Didaktik o'yinni maqsadga muvofiq tashkil etish, uning mazmuni, borishi, mantiqiy ketma-ketligi, vaqt balansi va o'quvchilarning muammoli vaziyatlarni zudlik bilan hal etishiga e'tiborni qaratish;

• O'yin ishtirokchilarini rag'batlantirish;

• Olingan natijalarni tahlil qilish;

• Olingan natijalarga muvofiq holda o'yin strukturasi va borishiga

• tegishli o'zgartirishlar kiritish;

Didaktik o'yinli darslar orqali quyidagi funksiyalar amalga oshiriladi:

1. Ta'lim-tarbiya berish;

2. Shaxsni rivojlantirish;

3. O'quvchilarni ijodiy faoliyatga yo'naltirish;

4. Bilimlarni nazorat va tahlil qilish;

5. Kasblar bilan tanishtirish va kasbga yo'naltirish;

6. O'quvchilarning muloqot va nutq madaniyatini rivojlantirish;

Ta'lim-tarbiya jarayonida bu funsiyalar majmua holda amalga oshiriladi, lekin

quyida o'rganiladigan didaktik o'yin turlarida qaysidir funksiya ustunlik qiladi. Masalan, konferensiya darslarida shaxsni rivojlantirish ustunlik qiladi, qolgan funksiyalar unga ilova bo'ladi, o'yin mashqlarda bilimlarni nazorat va tahlil qilish ustunlik qiladi, qolgan funksiyalar uni to'ldiradi va h.k.

O'qituvchi didaktik o'yinli darslarni o'tkazishga qizg'in tayyorgarlik ko'rishi va uni o'tkazishda quyidagi didaktik talablarga amal qilishi lozim:

• Didaktik o'yinli darslar dasturda qayd etilgan mavzularning ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsad va vazifalarni hal qilishga qaratilgan bo'lishi;

• Amaliyotdagi va jamiyatdagi muhim muammolarga bag'ishlangib, ular o'yin davomida hal qilinishi;

• Barkamol shaxsni tarbiyalash tamoyillariga, sharqona odob-axloq normalariga mos kelishi;

• O'yin strukturasi mantiqiy ketma-ketlikda bo'lishi;

• Mazkur darslarda didaktik prinsiplarga amal qilinishi va eng kam vaqt sarflanishiga erishish kerak.

Didaktik o'yinli darslarning muvaffaqiyati, avvalo o'quvchilarning mazkur o'yinlarga puxta va qizg'in tayyorgarlik ko'rishlariga, o'qituvchining mazkur faoliyatni tashkil etish va mohirlik bilan boshqarishiga bog'liq.

O'quvchilarning didaktik o'yinga tayyorgarlik ko'rish faoliyati quyidagilarni o'z ichiga olishi:

• Didaktik o'yin maqsadi, vazifasi, olib borilish tartibi, qoidalari bilan tanishish;

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

• Didaktik o'yin maqsadi va vazifasidan kelib chiqadigan muammoli vaziyatni anglash;

• Muammoli vaziyatdan chiqishning eng samarali yo'llarini topish;

• Har bir o'quvchi o'zi bajarishi lozim bo'lgan vazifalarni anglashi, o'qituvchidan kerakli yo'riqnoma va ko'rsatmalar olish;

• Turli bilim manbalaridan foydalangan holda muammoli vaziyatni hal etishning optimal variantini tanlash;

• Didaktik o'yin ishtirokchilari o'rtasida o'zaro hamkorlik, o'zaro yordam va o'zaro nazorat vujudga kelishi lozim.

Biologiya darslarida integrativ-binar texnologiyasini amaliyotda qo'llash talabalarning mustaqil bilish faoliyatini va ijodiy ko'nikma, malakalarini takomillashtirishda, kreativlik va qiziqishini orttirish kabi funksiyalarini darslarda uyg'unlashtirish imkoniyatlarini beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.

1. J.O.Tolipova "Biologiyani o'qitishda innovatsion texnologiyalar" Pedagogika oliy o'quv yurti talabalari uchun darslik. Toshkent - "ChoTpon" - 2011 y.

2. Умарова, Ж. К., & Рахмонова, Р. Б. (2023). НАСЛЕДОВАНИЕ ОПРЕДЕЛЕННЫХ КАЧЕСТВЕННЫХ ПРИЗНАКОВ ХЛОПЧАТНИКА. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(4-2),

3. Ibodova Mahfuza Namozovna "IMPROVING THE METHODOLOGY OF USING ELECTRONIC EDUCATIONAL RESOURCES IN IMPROVING THE EFFECTIVENESS OF TEACHING THE SUBJECT "ZOOLOGY" IN PEDAGOGICAL HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTIONS." Open Access Repository 4.3 (2023): 21-25.

4. Ibodova, Mahfuza Namozovna. "AKADEMIK LITSEYLARDA BIOLOGIYA FANINI OQITISHNING INTERFAOL VA MUAMMOLI IZLANISH METODLARIDAN FOYDALANISH TEXNOLOGIYASI." Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences 3.4-2 (2023): 125-131.

5. Ibodova Mahfuza Namozovna "BIOLOGIYANI OQITISHNING INTERFAOL VA MUAMMOLI IZLANISH METODLARI." PEDAGOGS jurnali 11.2 (2022): 1221.

XULOSA

118-124.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

6. Ibodova Mahfuza Namozovna "Effectiveness of independent work in the educational process." ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal 11.10 (2021): 322-326.

7. Ibodova Mahfuza Namozovna "A FORMING THE BASIC COMPETENCIES OF PUPILS BY USING OF SELF-STUDY ASSIGNMENTS." ПЕДАГОГИКА И ПСИХОЛОГИЯ В ИНФОРМАЦИОННОМ (2018):

8. Muhabbat Ravshanova Ndpi , R., & Mohinur, Q. (2020). Biologiya fanini oqitishda laboratoriya ishlarining ahamiyati. Science and Education, 1(3), 550-553.

9. Malikova, A. R. "METHODS OF USING INFORMATION TECHNOLOGIES IN THE PROCESS OF TEACHING BIOLOGICAL SCIENCES IN HIGHER EDUCATION." Finland International Scientific Journal of Education, Social Science & Humanities 11.1 (2023): 798-800.

10. Mukhabbat, R. (2022). THE IMPORTANCE OF ORGANIZING STUDENTS'INDEPENDENT WORK IN BOTANY. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(5), 281-284.

11. Shamsidinova, G. D., Sayfullaev, A. F., Achilova, N. R., & Baratov, U. D. (2021). Prospects for the development of' Education for sustainable ecological development" on the basis of the declaration of Uzbekistan. Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR), 10(3), 144-149.

12. Sayfullayev, A. (2021). UZLUKSIZ TALIM VOSITASIDA EKOLOGIK MUAMMOLARNI HAL ETISH TEXNOLOGIYASI. Uzluksiz talim.

13. Сохибназаров, Р. А., & Сайфуллаев, А. Ф. У. (2023). МЕТОДЫ УЧЕТОВ ЧИСЛЕННОСТИ ПТИЦ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(4-2), 132-138.

14. Shamsidinova, G. D. (2023). BIOLOGICAL MARKETING TOSHKIL ETISH TAMOYILLARI VA BOSH KOIDASI. Sharq uyg'onishi: innovatsion, ta'lim, tabiiy va ijtimoiy fanlar , 3 (4-2), 90-97.

15. Malikova, A. R. "METHODS OF USING INFORMATION TECHNOLOGIES IN THE PROCESS OF TEACHING BIOLOGICAL SCIENCES IN HIGHER EDUCATION." Finland International Scientific Journal of Education, Social Science & Humanities 11.1 (2023): 798-800.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.