Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
BIOLOGIYA DARSLARIDA O'QUV FILMLARDAN FOYDALANISH
Normuratova Gavhar
Bugungi kunda maktab oldida ko 'proq ijtimoiy talablar oshirilganda biologiyani o'qitish ijtimoiy-iqtisodiy va fan-texnika rivojlanishi talablariga javob berishi kerak. Biologiya o 'qitishda amaliy yo 'nalishga katta ahamiyat qaratilgan vaqtda o'quvchilar biologik hodisalarni qishloq xo'jalik, biotexnologiya, atrof-muhit muhofazasi va boshqa sohalar bilan boglay olishi, hayotda qo'llay olishi muhim ahamiyatga ega. O'quvchilarda biologiya fanidan bilim, ko'nikma va malakalarni hosil qilish uchun turli xil ta'lim vositalaridan foydalanish muhim. Shular ichida ko 'rgazmalilik muhim ahamiyatga ega.Bu maqolani yozishimdan maqsad bugungi kunda fan-texnika va informatsion texnologiyalar rivojlangan davrda biologiya darslarida o'quv filmlardan foydalanishning samarali uslublarini yoritib berish. Darslarda filmlarni shunchaki namoyish qilish jarayoni emas balki o 'rganish, izlanish, tafakkur qilish, amaliyotda qo 'llash uchun zamin yaratuvchi jarayonga aylantirishni maqsad qildim.
Kalit so'zlar: videofilm, ko'rgazmali vositalar, o'quv materiali, fiziologik jarayon, o 'zlashtirish, taqqoslash, aktivlashtirish, ilmiy material, takrorlash, umumlashtirish, didaktik kartochkalar, diktor izohi.
Today, when there are more social demands in front of the school, the teaching of biology should meet the requirements of socio-economic and scientific-technical development. At a time when biology education is focused on the practical direction, it is important for students to be able to connect biological phenomena with agriculture, biotechnology, environmental protection and other fields, and be able to apply them in life. It is important to use various educational tools to develop knowledge, skills and abilities in biology. Visualization is important among them. The purpose of writing this article is to highlight the effective methods of using educational films in biology classes today in the era of advanced science and technology and information technology. In the lessons, I aimed to make films not just a process of showing, but a process that creates a basis for learning, research, reflection, and practical application.
DXX ChQ "Yosh chegarachilar" HAL biologiya fani o'qituvchisi
Tel: +998915814780 ANNOTATSIYA
ABSTRACT
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Keywords: video film, visual aids, educational material, physiological process, acquisition, comparison, activation, scientific material, repetition, generalization, didactic cards, announcer's explanation.
В современной школе социально-экономическое развитие науки и техники необходимо удовлетворять возрастающим социальным требованиям. В то время, когда биологическое образование ориентировано на практическое применение биологии, учащимся важно понимать биологические явления, биотехнологии, охрану окружающей среды и другие области. Важно использовать разные средства обучения, чтобы сформировать у учащихся знания и навыки в области биологии. Цель написания этой статьи — осветить эффективные методы использования учебных фильмов на уроках биологии в сегодняшнюю эпоху передовых технологий и информационных технологий. На уроках я стремилась превратить фильмы в процесс, который создает основу для обучения, изучения, обсуждения и применения на практике, а не просто показывает их.
Ключевые слова: видеофильм, наглядные пособия, учебный материал, физиологический процесс, усвоение, сравнение, активация, научный материал, повторение, обобщение, дидактические карточки, слова диктора.
O'quv muassasalarining moddiy texnik bazasining kundan-kunda yaxshilanib borayotgan davrda dars davomida o'quv filmlarni namoyish qilish o'quv maskanlarda keng qo'llanilib kelinmoqda. Ular o'quvchilarning bilimini, dunyoqarashini kengaytiruvchi, mustahkamlovchi, fanga bo'lgan qiziqishini oshiruvchi ahamiyatga ega. Bundan tashqari ular o'qituvchining ishini osonlashtiradi, o'quv materialining oson o'zlashtirilishiga yordam beradi. Film namoyishi paytida o'quvchilar ko'z ongida jonli, dinamikaga to'la tabiat hayotini yoki uning bir qismini namoyish qiladigan manzara yuzaga keladi va diktorning ovozi unga izoh beradi. Ta'limning texnik vositalariga kiruvchi videofilmlar o'quv materialining ko'rgazmali namoyish etishga, uni tizimli yetkazib berishga yordam beradi, o'quvchilarga o'quv materialini tushunishlariga va yaxshi eslab qolishiga yordam beradi.
Lekin filmdagi o'quv materiali o'zlashtirilishi uchun uni shunchaki namoyish qilib bo'lmaydi, bunda film mazmuni va murakkabligiga qarab ayrim qoidalarga rioya qilish zaruz. Bu maqolada filmlardagi ilmiy materialning o'zlashtirilish
ЛННОТАЦИЯ
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
samarasini oshirish, qabul qilishni kuchaytirish, bilimlami mustahkamlash uchun zarur tavsiyalar berishga harakat qilganman.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Filmlar mazmuni, tuzilishi diktorik matnining xarakteri, o'quv jarayoniga kiritish vaqti va usuliga ko'ra ko'rgazmali yoki izlanuvchanlikni faollashtiruvchi filmlarga bo'linadi.
Kinofilmda olingan tajribalar tajribaning ketma-ketligi, ularning sharoitlar, jarayonlarni ifoda etish, muassasa sharoitida amalga oshirib bo'lmaydigan jarayonlarni ko'rishga, oddiy ko'z bilan ko'rinmaydigan jarayonlarni tushunishga yordam beradi.
Multiplikatsiyalar fiziologik jarayonlar dinamikasini yoritishda muhim ahamiyatga ega. Masalan yallig'lanish jarayonini tushuntirish uchun aynan multiplikatsion filmlardan foydalanganda leykotsitlarning infeksiya bilan kurashishi oson, qulay tarzda tushuntirilgan. Xuddi shunday qon aylanish sistemasida qonning aylanishi, yurak urishida qorincha va bo'lmachalarning navbat bilan qisqarishi o'quvchilaraga sodda, tushunarli tarzda yetkazib berilgan.
O'simlik va hayvonlar haqidagi filmlar o'zining rang-barangligi, hayotiyligi bilan ajralib turadi. Masalan hayvonlarning yashash tarzi, ularning xulq-atvori, xilma-xilligi haqidagi filmlar boshqa ko'rgazmali vositalarda ko'proq ma'lumot beradi.
Obyektning xarakterli xususiyatlarini (kattalik, qattiqlik, namlik, taranglik, hajm va b.) ifodalovchi filmlarning samarasi hatto oldindan tushuntirganda ham uncha yuqori bo'lmaydi. Bunda tabiiy obyektlar yoki mulyajlar bilan ishlash yuqoriroq natija beradi.
Tajribada shu narsa ma'lum bo'ldiki gohida aniq rejaga ega, izchillik va boy mazmunga ega filmlarni qiziqish bilan tomosha qilgandan keyin o'qituvchi savol berganda o'quvchilar to'liq javob berolmagan. O'quvchilar nimaga javob berishga qiynaldingiz degan savolga ular film qiziq bo'ldi, lekin juda tez ko'rsatildi-da, nimagadir esda qolmadi deb javob berishgan.
Qanday qilib filmdagi ma'lumotlarni qabul qilishni kuchaytirish, bilimlarni mustahkamlash mumkin?
Ilmiy materialni berishga mo'ljallangan filmlarni namoyish qilishdan oldin mavzu bo'yicha avval o'qituvchi tushuntirishi kerak va mavzu bo'yicha qo'shimcha ma'lumot berish va mustahkamlash uchun film namoyish qilib uni talqin qilish mumkin.O'quvchilarning bir martadan materialni to'liq o'zlashtirib olishga intilish foydasiz. Buning uchun film namoyishidan keyin yana filmning ayrim joylarini qayta
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
namoyish qilib, yoki film namoyishi jarayonida izoh berib o'tish o'zlashitirish jarayonini yaxshilaydi.
Oquvchilarga film namoyishidan oldin film bo'yicha ko'proq ma'lumot eslab qolish vazifasi berilganda film namoyishidan keyin o'quvchilardan eslab qolgan ma'lumotlar so'raladi. Eslab qolmagan, e'tibor bermagan joylari bo'yicha savollar berilib mavzu mustahkamlanadi, yoki muammoli savollar berilib yana film namoyish qilinishi mumkin. Qayta takrorlanganda o'quvchilar avval e'tibor bermagan joylariga urg'u beriladi.
Dars jarayonida o'quvchilar izchil katta hajmli ma'lumotlardan ko'ra qisqa, tajribalar namoyishi bilan borgan filmlarni ko'proq eslab qolishadi. Hayotiy jarayonlarni aks ettiradigan materiallar, masalan, gigiyenik mazmundagi materiallar ko'proq esda qolishi kuzatilgan.
Eng birinchi o'rinda eslab qolish bo'yicha emotsiyalar keltiradigan filmlarturadi. Masalan, chekadigan va chekmaydigan odamlarning opkalari taqqoslangan qisqa lavhalar, nikotinning organizmga ta'siri, parazitlarning organizmga ta'siri, mutatsiyalar, irsiy kasalliklar haqidagi filmlar o'quvchilarda yaxshi esda qolgan.
Lekin filmlarda jadvallar, sxemalar, sonli taqqoslashlar, murakkab fiziologik jarayonlar aks etiirilgan bo'lsa ularni eslab qolish qiyinroq bo'lgan. Buning uchun qo'shimcha tushuntirishlar, ko'rgazmali vositalar, o'yinlar va boshqa texnologiyalardan foydalanish mumkin.
Film materiali bo'yicha tushuntirish olib borishni film mazmunidan kelib chiqqan holda olib boriladi. Yangi va murakkab materialli filmlar uchun tushuntirishni film namoyishidan oldin olib borish kerak. Masalan "Eshitish organi", "Ko'rish organi", "Mendel qonunlari" va h.k.. Agar film tushuntirishdan oldin namoyish qilinsa o'quvchilar organlarning anatomik tuzilishini to'liq tushunib olmasdan uning fiziologiyasini o'rgana olmaydi.
"Qon aylanish", "Nafas olish organlarining tuzilishi va funksiyasi", "Yurakning tuzilishi va funksiyasi", "Insonning tabiatga ta'siri" kabi filmlar esa tushuntirishdan oldin ham keyin ham o'quvchilar tomonidan yaxshi o'zlashtiriladi, chunki o'quvchilar bu mavzular haqida ma'lumotga avvaldan ega bo'ladilar.
"Hayvonlarning hulq-atvori", "Hayvonlarning xilma-xilligi", "O'simliklarning ahamiyati", "Haroratning tirik organizmlarga ta'siri" kabi mavzularni o'zlashtirishda tushuntirish ishlarini film namoyishidan keyin olib borilsa yaxshi natija beradi.
Filmdagi ma'lumotlarni samaraliroq o'zlashtirish uchun o'quvchilarning o'rganish faoliyatini rejali boshqarishimiz kerak. Buning uchun ularga mavzu va filmga mos topshiriq berilsa maqsadga muvofiq bo'ladi. Topshiriqni tuzishdagi
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 7
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
qiyinchilik filmdagi diktoming matnida barcha ma'lumot beriladi. Shuning uchun o'quvchining bilim olishi passiv xarakterga ega bo'ladi. O'qituvchining mahorati bu passiv formani aktivlashtirish uchun topshiriq turini to'g'ri tanlay bilishda. Topshiriq o'z ichiga taqqoslash, umumlashtirish, sabab-oqibat aloqalarini o'rganish va asosiy kadrlarga diqqatni qaratishni o'z ichiga olishi kerak.
Masalan "Qon aylanish" mavzusidagi film namoyishidan oldin o'quvchilarga quyidagi topshiriqlami berish mumkin:
1. Har bir qon aylanish doirasining boshlanish va tugash nuqtalariga e'tibor bering. Qon aylanish doiralariga qanday ta'rif berilgan?
2. Katta va kichik qon aylanish doiralarining qaysi qon tomirlarida arterial va qaysilarida venoz qon oqadi?
3. Katta qon aylanish doiralarining vena, arteriya va kapillyarlarida qon bosimi qanday bo'ladi?
4. Odamning qon bosimi qanday o'lchanadi?
5. Filmda qanday tajriba ko'rsatilgan? U nimani isbotlaydi?
6. Sogligingiz uchun qanday muhim xulosalar chiqardingiz?
Ayrim hollarda filmlar uchun didaktik kartochkalar yaratiladi. Ularning ichida filmning rejasi, ayrim kadrlarning qisqa annotatsiyasi, materialni tushunib olish uchun berilgan savollar bo'lishi mumkin. Kartochkalar gohida film namoyishidan oldin, gohida esa, agar film murakkab bo'lmasa, keyin ham o'qib muhokama qilinishi mumkin.
Masalan, "Nafas olish organlari gigiyenasi" filmiga quyidagi kartochkani qo'llshimiz mumkin.
Tasvir mazmuni Filmda javobi beriladigan savollar
Qaragayzor. Dengiz bo'yi Nima uchun o'rmonda va dengiz qirg'og'ida nafas olish oson?
Changlanish jarayonini aniqlash jarayoni O'rmonda chang ko'p bo'ladimi
Daraxtlarning fitonsidlar ajratishi Fitonsidlar nima?
Sinfdagi havoning tekshirilishi Sinfda havo qanday?
Sinfxonaning tozalanishi Nam latta bilan tozalalsh qanday ahamiyatga ega?
Xonani shamollatishda havoning harakatlanishi Xonani shamollatishda nimalarga e'tibor berish kerak?
Chekadigan va chekmaydigan Chekishning salomatlikka salbiy
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
odamning o'pkasi ta'siri?
Nafas olish organlarining kasalliklari. Kasalliklarning oldini olish uchun nima qilish kerak
Bunday kartochkalardan foydalanish filmdagi ma'lumotlarni qabul qilish effektini kuchaytiradi. O'quvchilar didaktik kartochkada xotirada filmdagi kadrlar tiklaydi va turli qiziqarli va muammoli masalalarni bajara oladi.
Film namoyishi paytida tushuntirish kerakmi?
Bu savolga bir xil javob yo'q. Ayrim filmlarda diktor to'liq va batafsil ma'lumot beradi. O'qituvchi xatto pauzalarda ham ma'lumot berishiga ehtiyoj qolmaydi. Lekin hamma sinflar ham bir xil psixologik yuklamani ko'tara olmaydi va gohida o'qituvchi zarur bo'lsa luqmalar yordamida tushunib olishga yordam beradi. Yoki turli tayyorgarlik ko'rgan sinflarga namoyish paytida zarur bo'lsa film to'xtatilib o'quvchilarga savol berilishi, zarur bo'lsa qaytarib ko'rsatilishi yoki to'xtatib batafsil izoh berilishi mumkin.
Ayrim hollarda diktorning izohi o'chirilib qo'yilib o'qituvchining o'zi ham izoh berishi mumkin. Men ayrim darslarda o'quvchilarga film namoyish qilinib bo'lgandan keyin ovozini o'chirib filmni izohlashni taklif qilganimda ham o'quvchilar buning uddasidan chiqqan.
O'quv filmining o'zlashtirilishining samaradorligi filmni qismlarga bo'lib namoyish qilganda ancha oshadi. Bunda birinchidan, film materiali kichik qismlarda beriladi, ikkinchidan, oldingi qismning faol o'zlashtirilishi keying qismning o'zlashtirilishiga yordam beradi, uchinchidan, o'quvchilarning javoblari birdaniga tekshiriladi va xatolar tahlil qilinadi.
Film namoyishidan keyin film materialining o'zlashtirilishi tekshiriladi, va bilimlarni chuqurroq o'zlashtirish uchun o'quvchilar tushunmagan joylari jadvallar, rangli ko'rgazmalar, doskaga chizilgan rasmlar, modellar yordamida tushuntiriladi. Film namoyishidan keyin suhbat davomida o'quvchilarga ma'lum bo'lgan va ular uchun yangilik bo'lgan ma'lumotlarga e'tibor beriladi.
Masalan, "Buyraklarning tuzilishi va funksiyasi" mavzusini o'rganishda film namoyishi model, rangli ko'rgazmalar yordamida mavzu tushuntirilgandan keyin amalga oshirilgan bo'lsa, film bo'yicha yo'riqnoma berilishi shart emas, lekin yakuniy suhbatda o'qituvchi birlamchi va ikkilamchi siydik hosil bo'lish jarayoni, filtrlatsiya, reabsorbsiya, buyrak nefronlarining tuzilishi haqida savollar berib o'zlashtirishni nazorat qilishi kerak.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
о
R
VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
XULOSA
Bugungi axborot texnologiyalari rivojlangan davrda zamonaviy darslarda ulardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Dars samaradorligini oshirish maqsadida biologiya darslarida mavzuning hayotiyligini ta'minlash uchun biofilmlardan unumli foydalanish muhim ahamiyatga ega.
Biofilmlardan foydalanishdan oldin yoki keyin ulardagi o'quv materialning yaxshi o'zlashtirilishi uchun mazmundan kelib chiqqan holda didaktik kartochkalar, yoriqnomalar, savol-javoblar, suhbat, tushuntirishlardan to'g'ri foydalanish zarur. Buning uchun sinfning tayyorgarlik darajasi, psixologik holati, mavzuning murakkablik darajasini hisobga olgan holda dars rejasini tuzish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
REFERENCES
1. O.Mavlonov, N. Toshmanov Zoologiya darslari. TAFAKKUR nashr., Toshkent-2012, ISBN 978-9943-24-029-2
2. L.V.Golish, D. M. Fayzullayeva Pedagogik texnologiyalarni loyoxalashtirish va rejalashtirish. O'quv-uslubiy qo'llanma. "Iqtisodiyot" nashr., 2011y
3. Ye. P. Brunoft, I. D. Zverev, G. Ya. Malaxova Методика обучения анатомииб физиологии и гигиене человека. O'qituvchilar uchun qo'llanma M., "Просвещение" 1973 yil.
4. Mustafayev, Ulash Utayevich (2021). YANGI O'ZBEKISTON: QADRIYATLAR VA FALSAFIY FANLARNING DOLZARB MUAMMOLARI BO'YICHA AYRIM MULOHAZALAR. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1 (10), 568-577.
5. Mustafayev, U. U. (2021). TA'LIM BOZORI VA INTELLEKTUAL SOTSIAL "TOVAR" SIFATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(8), 218-226.
6. Mустафаев, У. У., &Мустафаева, С. У. (2022). ^ОЗИРГИ ТРАНСФОРМАЦИОН ЖАРАЁНЛАР ВА ЁШЛАР ТАЪЛИМ-ТАРБИЯСИНИНГ ДОЛЗАРБ МУАММОЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 23), 697-706.
7. Mустафаев, У. У., &Мустафаева, С. У. (2022). Х,ОЗИРГИ ТРАНСФОРМАЦИОН ЖАРАЁНЛАР ВА ЁШЛАР ТАЪЛИМ-ТАРБИЯСИНИНГ ДОЛЗАРБ МУАММОЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 23), 697-706.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
8. Mustafayev, U. U., Mustafayeva, S. U., &Haydarov, O. E. (2022). TURMUSHDAGI ISLOM: NAMOYON BO 'LISHI VA MOHIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 914-921.
9. XangapoB Ognn 3prameBHH (2022). CYPXOH BO^ACH AXP-HHCHHHHr Ë3 BA KY3 MABCYMH BHHAH BOF.HHK MAPOCHM.TAPH BA YPO-O^AT^APH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(7), 134-140.