BIOLOGIYA DARSLARIDA DTS TALABLARIASOSIDA O'Q WCfflLARNING BILISH FAOLIYATINI OSfflRISHNING O'ZIGA
XOS USULLARI
Allayarova Zamira Turganbaevna
Nukus shahar 46 - sonli maktabning biologiya fani o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7480473
Annotatsiya: Maqolada biologiya darslarida o'quvchilarning faolligini oshiradigan usullar va ilg'or pedodiktexnologiyalar orqali darsni tashkil etish haqida so'z boracü. Biologiya fanining mavzulariga mos metodlar tanlash o'quvchilarning bilish faoliyatini oshirishi to'g'risida aytiladi.
Kalit so'zlar: DTS, bilish faoliyati, tashkiliy qismlar, ilg'or pedogogik texnologiyalar, biologik bilim, yakka, guh va hamkorlikda o'qitish.
Biologiya darsligida o'quvchilarning o'quv-bilish faoliyatini faollashtiradigan, mustaqil ishlashi va ijodiy fikr yuritish, o'zlashtirgan bilimlarini nazorat qilishi va o'z-o'zini baholash, mantiqiy fikr yuritish operatsiyalarini bajarish natijasida biologik bilimlarni ongli o'zlashtirish ko'nikmalarini egallashlariga zamin tayyorlangan. O'qituvchi biologik ta'lim samaradorligiga erishish va o'quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarishi uchun ta'lim mazmunining tarkibiy qismlari va ularni o'quvchilar tomonidan o'zlashtirish usullarini bilishi lozim. Ta'lim mazmunining tarkibiy qismi bo'lgan bilimlar o'quvchilar tomonidan o'quv materialini sezgi organlari orqali qabul qilish, tasawur qilish, abstrakt fikr yuritish, o'rganilgan ma'lumotlami taqqoslash yodda saqlash, bilimlarni tanish odatiy va yangi kutilmagan vaziyatlarda qo'llash bosqichlari yordamida o'zlashtiriladi.
O'quvchilarda faoliyat turlari — ko'nikma va malakalarni shakllantirish ko'nikma tarkibiga kiradigan ish usullarni aniqlash va ularni bajarish, ko'rsatmaga binoan shu ish usullarini takror mashq qilish, ko'nikmalarni tanish, odatiy va kutilmagan yangi vaziyatlarda ijodiy qo'llash kabi bosqichlarni o'z ichiga oladi. Ta'lim mazmunining tarkibiy qismi bo'lgan ijodiy faoliyat tajribalari o'quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritishiga zamin tayyorlab, uni o'qituvchining tayyor axboroti orqali shakllantirish mumkin emas. O'quvchilarda ijodiy faoliyat tajribalarini shakllantirish uchun ular o'quv materialini mustaqil ravishda o'zlashtirishlari, o'quv topshiriqlarini bajarish jarayonida muammolarni idrok etishi, tasawur qilishi, abstrakt fikr yuritishi, o'rganilayotgan obyektlarni tahlil va sintez qilishi, taqqoslashi, o'xshashlik va umumiy tomonlarini aniqlashlari, fikr va g'oyalarni umumlashtirib, xulosa yasash orqali bilim, ko'nikma va malakalarini yangi kutilmagan vaziyatlarda qo'llashni o'rganishlari lozim. Ta'lim mazmunining tarkibiy
qismi hisoblangan qadriyatlar tizimi o'qitish jarayonida ta'lim-tarbiyaning uzviyligi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligini ta'minlash, o'quvchilarda tabiat va butun borliqqa nisbatan ongli munosabatni tarkib toptirishga xizmat qiladi. O'quvchilar mazkur tarkibiy qismni o'zlashtirishlari uchun awal o'zlashtirgan bilim, ko'nikma va malakalarni yangi kutilmagan vaziyatlarni ijodiy qo'llashlari, bir so'z bilan aytganda faol o'quv-bilish faoliyati talab etiladi.
DTS ning kengaytiruvchi tarkibiy qismi o'quvchilarda ijodiy faoliyat tajribalarini shakllantirishga mo'ljallangan bo'lib, mustaqil va ijodiy fîkr yuritishga asos bo'lib xizmat qiladi. O'qituvchi yangi mavzu bo'yicha o'quv topshiriqlarini tuzganda o'quvchilarning o'rganilayotgan obyektni awal o'rganilgan obyektlar bilan taqqoslashi, o'xshashlik va farqlari, o'ziga xos xususiyatlaritii aniqlashi, mazkur obyektlar o'rtasidagi umumiylik, o'rganilayotgan obyektning o'ziga xos tomonlari, eng muhim jihatlarini topishi buning uchun awal o'zlashtirgan bilimlari va ko'nikmalarini yangi kutilmagan vaziyatlarda qo'llab, yangi mavzu mazmunini o'zlashtirish imkoniyatini nazarda tutmog'i lozim.
DTS ning tarkibiy qismlari o'quvchilarning biologiya o'quv faniga bo'lgan qiziqishlari va ehtiyojlari asosida o'qituvchi tomonidan olib boriladigan sinfdan tashqari ishlar va o'quvchilarning mustaqil ta'limini o'z ichiga oladi. O'quvchilarning mustaqil ta'limi qo'shimcha o'quv adabiyotlari, internet, multimedialar vositasida muayyan mavzularda izlanishlar olib borishi, ma'ruza va referatlar tayyorlashi, o'simliklar, hayvonlar va mikroorganizmlar ustida kuzatish va tajribalar o'tkazishi, ularning natijalarini izohlash va rasmiylashtirishlari, respublikamizda sog'lom turmush tarzini shakllantirish borasida va ekologik muammolarni hal etishga oid tashkil etiladigan turli tanlovlar uchun materiallar tayyorlash, olimpiadalarga tayyorgarlik ko'rish kabilarni o'z ichiga oladi. DTSning bu tarkibiy qismining samaradorligi o'quv muassasasining yo'nalishi, o'quvchilarning kelgusida egallaydigan mutaxassisligi va ularning ehtiyoji, qiziqishi, o'qituvchining pedagogik bilim, mahoratiga bog'liq bo'ladi.
Biologiya darslarida o'rganilayotgan mavzuning didaktik maqsadi, vazifalari, mazmunidan kelib chiqqan holda o'quvchilarning bilish faoliyati individual, kichik guruhlarda va yalpi holda tashkil etish shakllaridan o'z o'rnida va samarali foydalanish tavsiya etiladi. Ma'lumki, biologiyani o'qitish dars, darsdan tashqari ishlar, sinfdan tashqari ishlar va ekskursiyalar shaklida tashkil etiladi. Ta'lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish maqsadida biologiyani o'qitishga tizimli yondoshildi. O'quv dasturidan o'rin olgan har bir mavzuning ta'limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi maqsadi hisobga olingan holda biologiyani o'qitishda quyidagi dars turlaridan foydalanish tavsiya etildi:
Hamkorlikda o'qitish texnologiyasi o'quvchilarni komandada, kichik guruhlarda o'qitishni nazarda tutadi. Shu sababli o'quvchilar har bir o'quvchining tahsil
olishdagi muvaffaqiyati guruh muvaffaqiyatiga olib kelishini anglagan holda muntazam va sidqidildan aqliy mehnat qilishga, o'quv topshiriqlarini to'liq va sifatli bajarishga, o'quv materialini puxta o'zlashtirishga, o'rtoqlariga hamkor bo'lib, o'zaro yordam uyushtirishga zamin yaratiladi. Hamkorlikda o'qitish texnologiyasining komandada o'qitish metodidan foydalanishda o'qituvchi o'quvchilarni teng sonli komandalarga ajratadi. Hamma komanda bir xil topshiriqni bajaradi. Komanda a'zolari mavzu bo'yicha tavsiya etilgan o'quv topshiriqlarini hamkorlikda bajarib, mavzudan ko'zda tutilgan bilim, ko'nikma va malakalarni o'zlashtiradilar. Hamkorlikda o'qitish texnologiyasining komandada o'qitish metodidan «Hayot tushunchasi. Hayotning paydo bo'lishi haqidagi nazariyalar», «Yerda hayotning biokimyoviy evolyutsiyasining mohiyati», «Arxey, proterozoy va paleozoy eralaridagi hayot», «Biogeosenozlar va ularning xususiyatlari. Oziq zanjiri va ekologik piramidalar» va boshqa mavzularni o'rganishda foydalanildi. Mazkur metoddan foydalanib tashkil etilgan seminar darsi quyidagi tuzilishga ega bo'ladi: Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
II. O'tgan mavzu yuzasidan o'quvchilarning o'zlashtirgan bilimlarini nazorat qilish va baholash.
III. O'quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirish.
IV. Yangi mavzuni o'rganish:
a) o'quvchilarni komandaga ajratib bir necha kichik guruhlarni tashkil etish hamda har bir komanda a'zolari tomonidan belgilangan o'quv topshiriqlarini mustaqil ravishda sifatli bajarilishiga erishish;
b) o'quv materiallarini yaxlit holda qayta ishlab chiqilishini amalga oshirish.
V. Yangi mavzu yuzasidan komandalar o'rtasida savol-javob, o'quv bahsi uyushtirish.
VI. O'quvchilar bilimini test savollari yordamida nazorat qilish va baholash.
VIL Yangi mavzuni qayta ishlash va yakunlash.
VIII. Uyga vazifa berish.
Seminar darslarida hamkorlikda o'qitish texnologiyasining «arra» yoki «zigzag» metodidan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu metodda o'quvchilardan 6—8 kishidan iborat kichik guruhlar tashkil etiladi. Dars davomida o'rganiladigan mavzu mantiqan tugallangan qismlarga ajratiladi. Mavzuning har bir qismi bo'yicha o'quv topshiriqlari tuziladi. Kichik guruhdagi o'quvchilar mazkur topshiriqlarning bittasini bajaradi va mavzuning shu qismi bo'yicha «mutaxassis»ga aylanadi. So'ngra guruhlar qayta tashkil etiladi. Bu guruh «mutaxassislar uchrashuvi» guruhi deb atalib, ularda mavzuning har bir qismi bo'yicha bittadan «mutaxassis» bo'lishi shart. «Mutaxassislar uchrashuvi» guruhida har bir mutaxassis mavzuning o'zi egallagan qismi bo'yicha bilimlarini arra tishi ketma-ket kelgani kabi galma-galdan bayon etib
hamkorlarini o'qitadi. Shu tariqa mazkur guruhdan o'quv materiali mantiqiy ketma-ketlikda qayta ishlab chiqiladi. O'quvchilaming o'zlashtirgan bilimlari shu guruhda nazorat qilinadi va baholanadi. Har bir guruhning to'plagan umumiy ballariga muvofiq holda g'olib guruh aniqlanadi. «Arra» metodidan «Evolyutsion tushunchalaming paydo bo'lishi», «Evolyutsiyani isbotlashda embriologiya, solishtirma anatomiya va paleontologiya faii dalillari», «Evolyutsion jarayonning turli yo'nalishlari», «Abiotik omillar. Iqlim omillari» va boshqa mavzularni o'rganishda foydalanish yo'llari ishlab chiqildi. Mazkur seminar darsi quyidagicha tashkil etiladi:
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
II. O'quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtirish va ulaming faoliyatini o'quv topshiriqlarini bajarishga yo'llash.
III. Yangi mavzuni o'rganish. a) «mutaxassislar» guruhi tomonidan belgilangan o'quv topshiriqlarini sifatli bajarilishiga erishish.
b) «mutaxassislar uchrashuvi» guruhini tashkil etish va mazkur guruhlarda «mutaxassis»lar yordamida o'quv materialining yaxlit holda qayta ishlab chiqilishini amalga oshirish.
IV. Yangi mavzu yuzasidan savol-javob, o'quv baxsi uyushtirish.
V. O'quvchilar bilimini test savollari yordamida nazorat qilish va baholash. VI. Darsni yakunlash va uyga vazifa berish.
Biologiyani o'qitishda ta'lim-tarbiya jarayonida hukmronlik qilayotgan an'anaviy darslarni zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish orqali takomillashtirish maqsadga muvofiq. Shuni nazarda tutgan holda an'anaviy darslarda hamkorlikda o'qitish texnologiyasining kichik guruhlarda hamkorlikda o'qitish metodidan foydalanish yo'llari ishlab chiqildi. Ushbu metodning qulay tomoni o'qituvchi awal reja asosida ko'rgazmali materiallar yordamida, yangi mavzuni bayon etadi, so'ngra o'quvchilarning kichik guruhlarda hamkorlikda mustaqil ishi tashkil etiladi.
Biologiya darslarida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan muvaffaqiyatli foydalanishning muhim sharti ta'lim-tarbiya jarayonida teskari aloqani amalga oshirish, ya'ni o'quvchilarning o'zlashtirgan bilimlarini nazorat qilish va baholash, ularning javoblaridagi tipik xatoliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish yo'llarini aniqlash, olingan natijalarga muvofiq holda dars ishlanmalariga tegishli o'zgartirishlar kiritish, ularni takomillashtirish sanaladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. А. T. G'ofurov va boshqalar. Biologiya (evolyutsiya va ekologiya). Akademik litsey, kasb-hunar kollejlari uchun darslik. Toshkent, «Sharq», 2003-y.
2. Tolipova J. O., G'ofurov A. T. Biologiya ta'limi texnologiyalari. — T.: «O'qituvchi», 2002-у
3. Ta'lim jarayonidagi noan'anaviy shakllar (metodik tavsiyanoma). Tuzuvchilar: A. T. G'ofurov, J. O. Tolipova, 1994-y.
4. G'ofurov А. T., Tolipova J. O. «Umumiy biologiyani o'qitishning norasmiy usul va shakllari. —Т., 1992-y.