Научная статья на тему 'BALIQLARNING NERV SISTEMASI VA SEZGI ORGANLARINI FIZIKA BILAN BOG’LAB MEDIATEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O‘QITISH OMILLARI'

BALIQLARNING NERV SISTEMASI VA SEZGI ORGANLARINI FIZIKA BILAN BOG’LAB MEDIATEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O‘QITISH OMILLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
163
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
media-axborotlar / mediatexnologiyalar / baliq / nerv sitemasi / plastinkalar / neyron / sharsimon gavhar / o’tkazgichlar.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Maxmudov Yu.G., G‘Aniyeva G.I.

Ushbu maqolada baliqlarning nerv sistemasi va sezgi organlarini fizika bilan bog‘lab mediatexnologiyalar asosida o‘qitish omillari, o‘quvchilarda mantiqiy fikrlash, turli qarashlar orasidagi mantiqiy bog‘liqlikni topa olish, tahlil qilish kabi malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish haqida ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BALIQLARNING NERV SISTEMASI VA SEZGI ORGANLARINI FIZIKA BILAN BOG’LAB MEDIATEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O‘QITISH OMILLARI»

Maxmudov Yu.G.

Termiz Davlat Universiteti, pedagogika fanlari doktori, professor

G'aniyeva G.I.

Termiz Davlat Universiteti, Botanika kafedrasi o qituvchisi

BALIQLARNING NERV SISTEMASI VA SEZGI ORGANLARINI FIZIKA BILAN BOG'LAB MEDIATEXNOLOGIYALAR ASOSIDA

O'QITISH OMILLARI

Annotatsiya. Ushbu maqolada baliqlarning nerv sistemasi va sezgi organlarini fizika bilan bog'lab mediatexnologiyalar asosida o 'qitish omillari, o'quvchilarda mantiqiy fikrlash, turli qarashlar orasidagi mantiqiy bog'liqlikni topa olish, tahlil qilish kabi malaka va ko'nikmalarini shakllantirish haqida ma 'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: media-axborotlar, mediatexnologiyalar, baliq, nerv sitemasi, plastinkalar, neyron, sharsimon gavhar, o 'tkazgichlar.

Makhmudov Yu.G. doctor of pedagogy

professor Termiz State University Ganiyeva G.I. teacher Botany Department Termiz State University

EDUCATIONAL FACTORS OF THE NERVOUS SYSTEM AND SENSORY ORGANS OF FISH RELATING TO PHYSICS BASED ON

MEDIA TECHNOLOGIES

Abstract. This article provides information about the factors of teaching based on media technologies by connecting the nervous system and sensory organs offish with physics, and the formation of students' skills and abilities such as logical thinking, finding logical connections between different views, and analysis.

Keywords: media information, media technologies, fish nervous system, plates, neuron, spherical gem, conductors.

Dunyo miqyosida tabiat va jamiyat haqidagi bilimlarni rivojlantirish uchun asos bo'luvchi integratsiyalangan fanlar ko'pgina davlatlarning o'quv dasturlariga kiritilgan. Bu ayniqsa, tabiiy fanlar yo'nalishiga ega bo'lgan integratsiyalashgan fanlar jahon jamiyatida o'quvchilarda atrof-muhitga javobgarlikni shakllantirishning asosiy vositasi ekanligi to'g'risida xabar beradi. Shu bois mamlakatimiz umumta'lim maktabi o'quv rejalari va dasturlariga tabiat

va jamiyat o'rtasidagi aloqadorlikni uyg'unlanlashtirish, atrof muhitga mas'ullik munosabatlarini shakllantirishda fanlar integratsiyasi muhim ahamiyatga ega. Xususan o'quvchilarning dunyoqarashi, xatti-harakatlari, umumiy madaniyati biologiya va fizika fanlarini o'qitishda atrof-muhit muhofazasi, fanlar integratsiyasi mazmuni, shakllari, metodlari, yo'llari, imkoniyatlari va vositalaridan maqsadga muvofiq holda foydalanish muhim muammolardan sanaladi.

O'quvchilarning biologiyani fizika fanlari bilan bog'lab o'qitishda egallayotgan nazariy bilimlari bevosita amaliyotga tadbiq etishga zamin tayyorlaydi. Ta'lim jarayonida fanlararo bog'lanishni to'g'ri yo'lga qo'yish va undan mohironalik bilan foydalanish o'quvchilarning bilish ehtiyojini orttiradi.

Baliqlarning nerv sistemasi va sezgi organlarini fizika bilan bog'lab o'qitishda fikrlarning shiddatli hujumi metodidan foydalanganda jamoa orasida muayyan topshiriqlarni bajarayotgan har bir ta'lim oluvchining shaxsiy imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishga ko'maklashish hamda ta'lim oluvchilarda ma'lum guruh tomonidan bildirilgan fikrga qarshi g'oyani ilgari surish layoqatini yuzaga keltirishdan iboratdir. O'quvchilarda nerv sistemasining funksiyalari, neyronlarning tuzilishi va turlari, refleks yoyi, nerv sistemasi qismlari haqidagi tushunchalarni baliqlar misolida, ularning nerv sistemasi va sezgi organlarini fizika bilan bog'lab o'qitishda fizikaning elektrlanish, elektr zaryadlari, potensial, elektr sig'imi kabi tushunchalardan foydalangan holda tushuntirganda ijobiy natija berdi. Bazi baliqlardaelektr energiya to'planadigan maxsus a'zolari mavjud. Oddiy muskul tolalarida hosil bo'luvchi kichik elektr kuchlanishlari o'tkazgichlar - nervlardan iborat ko'plab ayrim elementlardan ulangan batareyalarga birlashgan. Ularda shunday plastinkalardan 8000 tagacha borligi aniqlangan, bu plastinkalar bir-biridan yupqa modda bilan ajralgan. Har bir plastinkaga orqa miyadan keluvchi nerv tutashadi. Bu plastinkalar o'ziga xos kondensator vazifasini bajaradi. Sezgi organlarini fizika bog'lab o'tganda baliqlarning ko'zi yassi shox parda va sharsimon gavhari bilan farq qiladi. Baliq ko'zi gavharining nisbiy sindirish ko'rsatkichi katta emas, shuning uchun gavhar sirti egriligining katta bo'lishi hisobiga uning optik kuchi kattalashadi. Baliqlarda ko'z akkomodatsiya gavharini maxsus muskullarning qisqarishi yordamida to'r pardaga yaqinlashtirish yoki uzoqlashtirish yo'li bilan hosil qilinadi. Bu biologik jarayonni fizikaning optika, linza kabi tushinchalaridan, hujayra va to'qimalarida bioelektrik potensial yoki biotoklarning hosil bo'lish jarayonlarini o'rganishda fizikaning elektrlanish, elektr zaryadlari, potensial, elektr sig'imi kabi tushunchalardan foydalanish mumkin.

Baliqlarning nerv sistemasi va sezgi organlarini fizika bilan bog'lab mediatexnologiyalar asosida o'qitishning asosiy omillari quyidagilar

hisoblanadi. Mediatexnologiyalar asosida o'qitish omillari

Metodik Didaktik Psixologik

VII Biologiya fanini o'qitishda zamonaviy usullardan foydalanish Ta'lim jarayonida ilmiylik va izchillikni ta'minlash Mediatexnologik ta'lim jarayoniga psixologik tayyorgarlik

Ta'limda innovatsion, pedagogik va axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish Ta'limda pedagogik didaktik kategoriyalar Mediasavodxonlikni oshirish

Ta'lim jarayoniga. zamonaviy mediatexnologiyalarni tatbiq etish Ta'lim berishda samarali natijaga erishish Axborot mediamadaniyatini rivojlantirish

Talim metodlari va vositalaridan foydalanish Ta'lim jarayonlarining interaktivligi O'zini takomillashgan mediata'limga tayyorlash

Ta'lim amaliyotidagi rivojlangan xorijiy mamlakatlardagi mediatexnologiyalardan foydalanish borasidagi amaliy yondashuvlar, ilmiy izlanishlar va tajribalarni o'rganishlar natijalari shundan dalolat beradiki, dars mashg'ulotlari samarali va qiziqarli o'tadi.Hozirgi globallashuv sharoitida ta'lim tizimidagi barcha fanlar qatori VII sinf biologiya faniga, xususan baliqlar bo'limini fizika bilan bog'lab o'qitish metodikasini takomillashtirishga oid mediatexnologiyalarni yaratish bugungi kun talabi va vazifalariga ko'ra bir nechta xususiyatlarini ajratishimiz mumkin:

1. Media-axborotlar orqali baliqlarga oid materiallarni boyitish va samarali ishlash ko'nikmasini shakllantirish mexanizmi sifatida;

2. O'qituvchining samarali metodik faoliyati asosida o'quvchilarda media-axborotlar orqali baliqlar sinfni mukammalroq o'rganish, tushunishdagi o'rni va ahamiyatini oshiruvchi omil sifatida;

3. Mediatexnologiyalar - baliqlarga doir voqea-hodisalar (ularning yashash sharoiti, tarqalishi, ko'payishi, tashqi ko'rinishi, nerv sistemasi va h.k.)ning mohiyatini makon va zamonda tez anglatuvchi, oson tushuntiruvchi manba sifatida;

4. O'quvchilarda keng qamrovli informatsiyalarni qisqa muddatda qayta ishlash, sintez qilish imkonini yaratuvchi omil sifatida va h.k.

Bizga ma'lumki, o'quvchilar noan'anaviy ta'lim shaklida tashkil etiladigan dars mashg'ulotlarini qiziqish bilan tinglaydilar va bu faoliyatda faol bo'ladilar. Aynan axborot kommunikatsion texnologiyalari o'tiladigan dars mashg'ulotlari jarayonida noan'anaviy metodlardan foydalanishga imkon yaratadi. Bu esa ta'lim tizimini ham yanada takomillashtirishga, axborotlashgan jamiyatda kelajak avlodlarni barkamol qilib tarbiyalash, mustaqil hayotga tayyorlash, turli xil axborotlarni qabul qilish madaniyatini oshirish, ularni farqlay olish ko'nikmalarini rivojlantirishdan iborat.

Bu o'rinda umumta'lim maktablarida faoliyat olib borayotgan har bir pedagogdan chuqur bilim, mahorat, tashabbuskorlik va izlanish talab etiladi. Chunki, o'quvchilar tabiatda sodir bo'layotgan voqea-hodisalar, ularning sabab va mohiyati, oqibatlarini amaliy idrok etishlari orqali o'z maqsadlari sari dadil qadam tashlaydilar va o'zlari uchun zarur xulosalar chiqaradilar.

Bizga ma'lumki, o'quvchilar noan'anaviy ta'lim shaklida tashkil etiladigan dars mashg'ulotlarini qiziqish bilan tinglaydilar va bu faoliyatda faol bo'ladilar. Aynan axborot kommunikatsion texnologiyalari o'tiladigan dars mashg'ulotlari jarayonida noan'anaviy metodlardan foydalanishga imkon yaratadi. Bu esa ta'lim tizimini ham yanada takomillashtirishga, axborotlashgan jamiyatda kelajak avlodlarni barkamol qilib tarbiyalash, mustaqil hayotga tayyorlash, turli xil axborotlarni qabul qilish madaniyatini oshirish, ularni farqlay olish ko'nikmalarini rivojlantirishdan iborat.

Bizga ma'lumki, shaxs manbani o'qiganda - 10%, ma'lumotni, eshitganida - 20%, jarayonni ko'rganda - 30%, jarayonni ko'rib, ular to'g'risida ma'lumot eshitganda - 50% hajmdagi ma'lumotlarni yodda saqlab qoladi. Demak, baliqlar bo'limini fizika bilan bog'lab yaratilgan elektron axborot ta'lim resurslari orqali o'quvchilarda baliqlar bo'yicha to'liq va tushunarli bilimlar beriladi hamda yuqori o'zlashtirish darajasiga erishiladi. Jumladan, baliqning nerv sistemasi va sezgi organlari bo'yicha fizika bilan bog'lab berilayotgan matnli ma'lumotlardan ko'ra shu bo'yicha videroliklarni ko'rsatish maqsadga muvofiq bo'ladi.

O'quvchilarning videoroliklarni ko'rish orqali ushbu ma'lumotlar ularning xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi. Ma'lumki, baliqlar kishilarning oqsil moddaga bo'lgan talabini qondirish uchun oziq-ovqatda keng ko'lamda qo'llaniladi. Yiliga dunyo bo'yicha 50 mln. tonnagacha baliq ovlanadi, ularning asosiy qismini dengiz baliqlari tashkil qiladi. Talabalarda baliqlarning xalq xo'jaligidagi ahamiyatini ongli ravishda anglashlarida ham mediatexnologiyalarning o'rni va ahamiyati katta.

Ta'lim jarayonlarida mediaresurslardan foydalanish o'quvchilarda o'quv-bilish faolligini oshirish, ularda o'rganilayotgan mavzu, muammolar bo'yicha shaxsiy qarashlarini dadil, erkin ifodalash, o'z fikrlarini himoya qilish, dalillar bilan asoslash, bir-birini tinglay olish, g'oyalarni yanada boyitish, bildirilgan fikr-mulohazalar orasidan eng maqbul yechimini tanlab olish ko 'nikmalarini shakllantirilishi bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, mavjud g'oyalarni sintezlash, mantiqiy fikrlash, turli qarashlar orasidagi mantiqiy bog'liqlikni topa olish, tahlil qilish kabi malaka va ko'nikmalarini shakllantirish bilan birga o'quv materialini tez va oson usulda, ya'ni ko'rish, eshitish orqali chuqurroq va mukammalroq o'zlashtirish imkoniyatini vujudga keltiradi.

Demak, ta'lim jarayonlarida samarali natijalariga erishishning asosiy omillaridan - biri mediatexnologiyalarning rivojlangan mamlakatlar ta'lim jarayonlarida integrativ tatbiq etilishidir. Shu asnoda biologiyani fizika bilan bog'lab o'qitish metodikasini yanada takomillashtirishda mediatexnologiyalar yangicha ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Mavlonov O., ToshmanovN. «Zoologiya» darslari. Umumiy o'rta ta'lim maktablari biologiya fani o'qituvehilari uchun o'quv-metodik qo'llanma. -Toshkent: Tafakkur, 2012. - 140 b.'—B.

2. Sulliyeva Suluv Khurramovna, G'aniyeva Guliruxsor Islamovna, Tojiyeva Feruza Anvarovna//Effective ways of teaching biology in connection with physical science (in the example of class VII)// Eur. Chem. Bull. 2023, 12( Issue 8),4040-4045

3. G'aniyeva G.I. //Maktablarda biologiyani o'qitishning zamonaviy shakllaridan foydalanishning samarali yo'llari // Xorazm Ma'mun Akademiyasi axborotnomasi -10/3-2023

4. G'aniyeva G.I., Tojiyeva F. A. //Spektral nurlarning tirik organizmlarga tasiri // "O'quvchi-talaba kreativ faoliyatini rivojlantirish kontekstida innovatsion ta'lim texnologiyalaridan fanlararo sinxron-asinxron foydalanish" xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi. Denov, 2023 yil 29-30 sentyabr

5.G'aniyeva, G.I. //Biologiyaning umurtqali hayvonlar xilma-xilligi. baliqlar bo'limini "Skarabey" texnologiyasida o'tishning afzalliklari//. Наука и инновация, 1(29), 88-90. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/si/article/view/22882 (2023).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.