Научная статья на тему 'BALIQCHI TUMANI AHOLISINING YOSH TARKIBI VA MEHNAT RESURSLARINING IQTISODIYOT TARMOQLARIDAGI BANDLIGI VA ISHSIZLIK DARAJASI TAHLILI'

BALIQCHI TUMANI AHOLISINING YOSH TARKIBI VA MEHNAT RESURSLARINING IQTISODIYOT TARMOQLARIDAGI BANDLIGI VA ISHSIZLIK DARAJASI TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
106
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
MEHNAT RESURSLARI / BANDLIK / AHOLI / IQTISODIY FAOL AHOLI / MAKROIQTISODIYOT / ISHSIZLIK / NORASMIY SEKTOR / SANOAT / QISHLOQ XO`JALIGI

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Sarikulov M.O., Olimova G.

Mazkur maqolada Baliqchi tumani mehnat resurslarining ish bilan oqilona bandligini ta’minlash va ishsizlikni kamaytirishning samarali mеxanizmlaridan biri mеhnat bozorini maqsadga muvofiq shakllantirish va rivojlantirish hamda uni tartibga solish haqida tahliliy fikrlar va takliflar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS OF THE AGE COMPOSITION OF THE POPULATION OF BALYCHI DISTRICT AND THE LEVEL OF EMPLOYMENT AND UNEMPLOYMENT IN ECONOMIC SECTORS OF LABOR RESOURCES

In this article, one of the effective mechanisms for ensuring reasonable employment of labor resources of Balıqchi district and reducing unemployment is the formation and development of the labor market and its regulation.

Текст научной работы на тему «BALIQCHI TUMANI AHOLISINING YOSH TARKIBI VA MEHNAT RESURSLARINING IQTISODIYOT TARMOQLARIDAGI BANDLIGI VA ISHSIZLIK DARAJASI TAHLILI»

Sarikulov M. O.

ADPI "Tabiiy fanlar" kafedrasi o^qituvchisi

Olimova G. ADPI

"Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari"yo^nalishi 1-bosqich o^quvchisi

BALIQCHI TUMANI AHOLISINING YOSH TARKIBI VA MEHNAT RESURSLARINING IQTISODIYOT TARMOQLARIDAGI BANDLIGI VA ISHSIZLIK DARAJASI TAHLILI

Annotatsiya: Mazkur maqolada Baliqchi tumani mehnat resurslarining ish bilan oqilona bandligini ta'minlash va ishsizlikni kamaytirishning samarali mexanizmlaridan biri mеhnat bozorini maqsadga muvofiq shakllantirish va rivojlantirish hamda uni tartibga solish haqida tahliliy fikrlar va takliflar berilgan.

Kalit so^zlar: mehnat resurslari, bandlik, aholi, iqtisodiy faol aholi, makroiqtisodiyot,ishsizlik, norasmiy sektor, sanoat, qishloq xo^jaligi.

Sarikulov M. O. teacher

"Natural Sciences " department of ADPI

Olimova G. student of the 1st stage "Basics of Geography and Economic Knowledge" course

ADPI

ANALYSIS OF THE AGE COMPOSITION OF THE POPULATION OF BALYCHI DISTRICT AND THE LEVEL OF EMPLOYMENT AND

UNEMPLOYMENT IN ECONOMIC SECTORS OF LABOR

RESOURCES

Annotation: In this article, one of the effective mechanisms for ensuring reasonable employment of labor resources of Baliqchi district and reducing unemployment is the formation and development of the labor market and its regulation.

Key words: labor resources, employment, population, economically active population, macroeconomics, unemployment, informal sector, industry, agriculture.

Баликчи туман схематик ХАРИТАСИ

Туман чегараси Маркаэий йул МИБ биноси

Йирикистемолчилар МФЙ чегараси

Kirish: Mehnat resurslari aholining o'z ruhiy fiziologik va aqliy sifatlari bilan moddiy ne'matlar ishlab chiqarishga yoki xizmatlar ko'rsatishga qodir bo'lgan mehnatga layoqatli qismidir. Ular tarkibiga faqat iqtisodiy faol aholigina emas, shu bilan birga hozirda ishlamayotgan va ish qidirmayotgan mehnatga qobiliyatli shaxslar, jumladan ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta'lim olayotganlar ham kiritiladi. Demak, mehnat resurslari haqiqiy (real) va potensial xodimlardir.

Aholini ish bilan ta'minlash inson ijtimoiy rivojlanishining eng muhim jihatlaridan biri bo'lib, u mehnat masalalari bilan bog'liq muammolarni hamda mehnatga bo'lgan taklif va talablarni qondirish yo'llarini ochib beradi. Ish bilan bandlik kishilarning ish joylari qayerdaligidan qat'i nazar, ijtimoiy foydali mehnatda qatnashish yuzasidan o'zaro kirishadigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlaridir. Ish bilan bandlik munosabatlari, mehnatga layoqatli

kishilarning qanchasi va qay darajada ijtimoiy foydali mehnatda qatnashishini ko'rsatadigan ijtimoiy-iqtisodiy ko'rsatkichdir.

Mustaqillik yillarida aholi turmush darajasini oshirish, munosib ish o'rinlari bilan ta'minlash hamda kadrlar tayyorlash masalalariga katta e'tibor berilmoqda. Shu bilan birga, samarali iqtisodiy islohotlar hamda intellektual salohiyat bilan bog'liq bo'lgan sohalardagi bir qator ijobiy o'zgarishlar natijasida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishilmoqda. Mehnat bozorida yoshlarga qaratilayotgan alohida e'tibor bois, jami aholiga nisbatan ish bilan ta'minlash ulushi yuqori bo'lmoqda. Ularga jamiyatda munosib o'rin topishiga ko'maklashish va tashabbus ko'rsatib mehnat qilishini qo'llab-quvvatlash bo'yicha tizimli ishlar yo'lga qo'yildi. Yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan yoshlar esa, barcha sohalarda o'z qobiliyatini namoyon etmoqda. Binobarin, mamlakat taqdiri uchun mas'uliyatni chuqur his etadigan, mustaqil va yangicha fikrlaydigan yosh kadrlarga bo'lgan ehtiyojni qondirish vazifasi tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Mehnat resurslari, bandlik va aholini ishga joylashtirishning hisobot va prognoz balanslari, ularning savodxonlik va darajalari asosan quyidagi maqsadlar uchun ishlab chiqiladi:

• aholi bandligini, birinchi navbatda, yoshlarni va mehnatga layoqat yoshiga yetgan va birinchi marotaba mehnat bozoriga kirib kelayotganlar bandligini ta'minlash uchun yangi ish o'rinlari tashkil etish parametrlarini aniqlash;

• mehnat bozori talab va taklifi balansi va tuzilmasidagi nomutanosiblikni baholash;

• hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish strategiyasini hisobga olgan holda mehnat bozori istiqbolini aniqlash;

• ta'lim muassasalari tomonidan kadrlar tayyorlash miqdorini aniqlash.

Asosiy qism: Baliqchi tumanida 2022 yil 1-dekabr holatiga 207075 nafar

aholi istiqomat qiladi.Shundan jinsiy tarkibi bo'yicha erkaklar 105575 kishi, ayollar esa 101500 kishini tashkil etadi. Tumanda aholi 66 ta MFY ga biriktirilgan bo'lib, oilalar soni 51419 tani, xonadonlar soni esa 37123 tani tashkil etadi. Baliqchi tumanida aholining yosh tarkibi quyidagi jadvalda aks ettirilgan.(1-jadval)___

Yosh tarkibi Umumiy soni Shundan erkaklar Shundan ayollar

1-7 yosh 29542 13883 15659

8-16 yosh 38813 20101 18712

17-23 yosh 50898 26132 24766

24-30 yosh 20459 11659 8800

30-60 yosh 24485 12634 11851

60-80 yosh 20422 10567 9855

81-100 yosh 22456 10599 11857

Jami 207075 105575 101500

Tumanda hozirgi kunda mehnat resurslarining umumiy soni 110872 kishini tashkil etadi. Mehnat resurslarining iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi ulushi ham turlicha bolib, shundan iqtisodiy faol aholi 90112 nafar, mehnat yoshidan o'tgan bo'lsa-da ishlayotgan shaxslar yoki pensionerlar 115000 nafar, yosh bo'lsa ham ishlayotgan o'smirlar soni esa 28000 nafarni tashkil etadi. Mehnat resurslarining bandlik darajasini quyidagi jadvalda korishimimz mumkin. ( 2-jadval)

Ме^нат ва бандлик курсаткичлари (минг киши)

Mexnat resurslari soni - 110872

Iqtisodiy faol aholi soni - 90112

Ishlayotgan o'smirlar soni - 28

Ishlayotgan nafaqaho'rlar soni - 115

Band aholi soni - 81230

- rasmiy sektorda - 32275

- norasmiy sektorda - 49324

- ishlash uchun respudlikadan tashqariga chiqqanlar - 23812

shundan, rasmiy - 5

norasmiy - 17,8

Jami band aholining iqtisodiy faoliyat turlari bo'yicha taqsimlanishi (ming _kishi)_

Jami: 81,2

- qishloq xo'jaligida - 23,7

- ormon xojaligida - -

- sanoatda - 9,9

- qurilishda - 5,4

-savdoda - 10,2

- tashish va saqlashda - 3,0

- ta limda - 6,7

- sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko'rsatishda - 3,7

- boshqalarda - 18,6

Kichik biznesda band aholi soni - 8,631

- jami ulushi (%) - 7,75

2G22 yilda yaratilgan yangi ish o'rinlari soni - 2701

- shu jumladan, kichik biznes hisobiga - 976

Ishga muhtojlar (ishsizlar) - 8882

Ishsizlik darajasi (%) - 9,9

Bandlikka komaklashish markaziga ish so>ab murojaat 5094

qilganlar soni

Xulosa: Demak, yuqorida keltirilgan fikrlarga xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, bandlik va mehnat bozori bir butun makroiqtisodiy tizimning bir-birini taqozo etuvchi elementlaridir. Fikrimizcha, mehnat bozorini tashkil etuvchi elementlarni ta'riflashga bo'lgan shunday yondashish mehnat bozorini har tomonlama o'rganish va unda kechadigan jarayonlarni bashorat qilish imkoniyatlarini kengaytiradi. Baliqchi tumani ham ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan viloyatda o'ziga xos o'ringa ega bo'lgan tuman bo'lishiga qaramasdan bu tumanda xam bartaraf qilish lozim bo'lgan muammolar yo'q emas va bu muammolar yuqorida aytilganidek, asosan aholining yashash sharoitiga bevosita ta'sir qiluvchi ijtimoiy sohalarda o'z aksini topmoqda. Ma'lumki, mamlakatning kelajakdagi iqtisodiy rivojlanishi xozirgi yosh avlodni sog'lom, baquvvat va ilmli bo'lishiga bog'likdir. Chunki, yoshlarimiz ertangi kunning bunyodkor kuchi, qurilajak fuqarolik jamiyatining faol a'zosidir. Baliqchi tumani makroiqtisodiyotni mehnat resurslari bilan ortiq darajada ta'minlash darajasi mavjudki, bu ish joylari bilan ishchi kuchi o'rtasidagi nomutanosiblikka olib keladi.Jumladan kelgusida dolzarb muammolardan biri tumanda bo sh ish orinlari yaratish va yoshlarga zamonaviy turdagi kasblarga oqitish masalasiga jiddiy yondashish talab etadi.

Foydalangan adabiyotlar: 1. SH.Mirziyoev. "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida" 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan.

2. Genkin B.M. "Ekonomika i sotsiologiya truda". Uchebnik dlya vuzov.-M.:Izdatelbskaya gruppa NORMA-INFRA. M, 1999 g.-3-str.

3. Карташов С.А., Ю.Г.Одегов. Рынок труда, проблемы формирования и управления. Москва. ЗАО."Финстатинформ"-1998 г. 6-7-стр

4. Bo'rieva M.R., Tojieva Z.N., Zokirov S.S. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari. - T.: Tafakkur, 2011. - 159 b.

5. Qayumov A va boshqalar. Aholi geografiyasi va demografiyasi T.2011.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.