Научная статья на тему 'BALETMEYSTERLIK SAN’ATIDA KOMPOZITORNING O’RNI'

BALETMEYSTERLIK SAN’ATIDA KOMPOZITORNING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
53
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
baletmeysterlik san’ati / kompozitsion asar va kompozitor / milliy raqs hamda kompozitorlik san’ati / choreography / composition and composition / national dance and composition

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Shoxista Ravshanjon Qizi Raxmatova

Ushbu maqolada baletmeyster va kompozitorlar o’rtasidagi munosabatlar hamda ular o’rtasidagi muammo va yechimlar. Bundan tashqari xoreografiya sohasida, yaxshi kompozitsion musiqiy asarlar yetishmasligi va talabalar o’rtasida yaxshi xoreografik asar yaratishda yaxshi musiqaning dolzarb muammoga aylangani aytib o’tilgan. Talabalar o’rtasida musiqa san’atining dolzarb muammoga aylangani esa ularni iqtidorlarini to’liq namoyon qilishlariga to’siq bo’layotganini ko’rishimiz mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF A COMPOSER IN THE ART OF BALLETMASTERY

This article discusses the relationship between choreographers and composers and the problems and solutions between them. It was also noted that in the field of choreography, the lack of good compositional musical works and the creation of good choreographic works among students has become a pressing problem of good music. We can see that the art of music has become a topical issue among students, preventing them from fully expressing their talents

Текст научной работы на тему «BALETMEYSTERLIK SAN’ATIDA KOMPOZITORNING O’RNI»

BALETMEYSTERLIK SAN'ATIDA KOMPOZITORNING O'RNI

Shoxista Ravshanjon qizi Raxmatova O'zbekiston Davlat Xoreografiya Akademiyasi

Annotatsiya: Ushbu maqolada baletmeyster va kompozitorlar o'rtasidagi munosabatlar hamda ular o'rtasidagi muammo va yechimlar. Bundan tashqari xoreografiya sohasida, yaxshi kompozitsion musiqiy asarlar yetishmasligi va talabalar o'rtasida yaxshi xoreografik asar yaratishda yaxshi musiqaning dolzarb muammoga aylangani aytib o'tilgan. Talabalar o'rtasida musiqa san'atining dolzarb muammoga aylangani esa ularni iqtidorlarini to'liq namoyon qilishlariga to'siq bo'layotganini ko'rishimiz mumkin.

Kalit so'zlar: baletmeysterlik san'ati, kompozitsion asar va kompozitor, milliy raqs hamda kompozitorlik san'ati

THE ROLE OF A COMPOSER IN THE ART OF BALLETMASTERY

Shoxista Ravshanjon qizi Rakhmatova Uzbekistan State Academy of Choreography

Abstract: This article discusses the relationship between choreographers and composers and the problems and solutions between them. It was also noted that in the field of choreography, the lack of good compositional musical works and the creation of good choreographic works among students has become a pressing problem of good music. We can see that the art of music has become a topical issue among students, preventing them from fully expressing their talents.

Keywords: choreography, composition and composition, national dance and composition

Raqs — san 'atning eng umumlashgan va eng emotsional Turlaridan biri bo 'lib,

unda estetik Idealni ko 'z bilan ko 'rish mumkin. Ideal mohiyatini tushunish — bu xalqning badiiy tafakkurini, uning dunyoni his etishini, dunyoqarashini, uning

orzusini tushunish demakdir.

L.Avdeeva1

Bugungi kunga kelib, mamlakatimizda madaniyat va san'at sohasini rivojlantirish, jahon miqyosidagi ilg'or tajribalar asosida zamonaviy madaniyat va san'at muassasalari barpo etish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ijodkor ziyolilarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash masalalariga davlatimiz

1 L.Avdeyeva. "O'zbek milliy raqsi tarixidan" Toshkent. 2001.

I icclT^^^^H 29 http://oac.dsmi-qf.uz

tomonidan keng imkoniyatlar yaratib kelinmoqda. Fikrimiz misolida, o'zbek milliy raqs san'atini ham keltirishimiz mumkin. Darhaqiqat, yurtboshimiz tomonidan 2020 yilning 4-fevral sanasida Raqs san 'ati sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida PQ-4585 sonli qaror qabul qilindi. Ushbu qaror asosida Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi, davlat oliy ta'lim muassasasi shaklida O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tizimida O'zbekiston Xoreografiya akademiyasini tashkil etilgani esa, xoreogafiya sohasi vakillari qolaversa, barcha talaba yoshlarimiz, professor o'qituvchi va ustozlar uchun ham yanada keng imkoniyatlar yaratib, quvonishga arzigulik yangiliklar olib kirdi. Albatta, bunday unvonga munosib bo'lish zamirida ya'nada ko'proq izlanishlar olib borish va yangidan -yangi ijod mahsullarini xalqimizga namoyish etishimizni talab etadi. Shu o'rinda, ustozlarga munosib tarzda izlanishlarimiz o'z samarasini ko'rsatmaguncha, mehnat qilishdan to'xtamasligimizni taqazo etadi desam, ayni haqiqatni aytgan bo'laman.

Biror bir sohani rivojlantirish uchun birinchi galda ushbu soha rivoji uchun real to'siq va kamchiliklar o'rganib chiqilishi lozim. Bu orqali sohani yangi bosqichga olib chiquvchi g'oya va rejalar shakllanadi.

Ayni damda, oliygohimizda "Xoreografiya san'ati" va "San'atshunoslik" fakultetlari o'z ish faoliyatini olib bormoqda. Shuni aytishim joizki, "Xoreografiya san'ati" fakultetimizda xoreografiya jamoalari rahbari ta'lim yo'nalishi mavjud bo'lib, ushbu yo'nalish talabalari kelajakda, bo'lajak raqs jamoa rahbarlari hamda ansambllarning yetuk baletmeysterlari sifatida, ish faoliyatlarini olib borishlari mumkin bo'ladi. Hozirgi kunda, bu yo'nalishda talabalarga yuqori bilim va tajribaga ega bo'lgan pedagoglar mavjud bo'lib, yildan-yilga ularning shogirdlari yaratgan asarlar mohiyati, xalqimiz hamda san'atsevarlar qalbida yorqin iz qoldirmoqda. Biroq ushbu yo'nalish talabalari o'z iqtidorlarini to'liq namoyon etishlari uchun ularga kompozitsion musiqa asarlari yetishmasligi, ularning eng o'g'riqli nuqtasi desam ham mubolag'a bo'lmaydi. Hech birimizga sir emaski, raqsni musiqadan ayro tasavvur qilib bo'lmaydi, shunday ekan musiqa va raqs bir tananing a'zolaridek bir -

30

http://oac.dsmi-qf.uz

bin bilan chambarchas bog'liqdir. Bu esa yosh ijodkorga mukammal kompozitsion asarlar taqdim etadigan kompozitorlar juda ham zarur!

Kompozitsion asarlar tanqisligi, ba'zi hollarda talabalar o'rtasida: - "bu musiqaga men raqs sahnalashtirganman" degan mazmundagi o'zaro tortushuvlarni sabab bo'lib, bu esa talabalarning ilm olishlarida noqulayliklar tug'diradi. Mening fikrimcha ushbu noqulaylikni barham topishining birdan-bir yo'li O'zbekiston Davlat konservatoriyasining "Bastakorlik" yo'nalish talabalari bilan hamkorlikda ish olib borish deb hisoblayman. Bu orqali yosh baletmeyster hamda yosh bastakor ya'ni kompozitor o'rtasida muloqot paydo bo'ladi va ular birgalikda yaratadigan asarlar esa ustozlarimiz yaratib kelgan asarlardek san'atsevar, mehnatkash xalqimiz qalbidan munosib joy oladi albatta! Bundan tashqari, hozirda kundan-kunga dolzarb muammoga aylanib borayotgan baletmeyster va kompozitor munosabatlari yanada yaxshi rivojlanadi. Shuni aytishim joizki, o'zbek xalqining o'lmas san'at durdonalarining son-sanog'i yo'qdur! Necha yillarki, xalqimiz qalbidan chuqur o'rin egallab kelayotgan "Tanovor", "Munojot", "Pilla" va shu kabi o'zbek milliy raqslarimiz hamon o'zbek milliy san'atimiz sahnalarida, raqslar gulshaning durdonasi bo'lib kelmoqda. Xulosa o'rnida shuni aytib o'tish joizki, ushbu taklif amaliyotda o'z samarasini ko'rsatsa, bu orqali o'zbek milliy raqs san'atimiz bog'i yangi asarlar bilan yanada gullab -yashnaydi! Bu orqali kelajakda milliy raqs san'atimiz yosh nihollari uchun sohani o'zlashtirishlarida qulay va samarali yo'lni ko'rsatgan bo'lamiz! Qolaversa, hozirgi kunda eng dolzarb muammoga aylanib ulgurgan, baletmeyster va kompozitor munosabatlari yaxshilanadi deb umid qilamiz!

Foydalanilgan adabiyotlar

1. L.Avdeyeva. "O'zbek milliy raqsi tarixidan" Toshkent. 2001.

2. Фазлиева З. К. УЗБЕК САХДА РА^СИ ВА УНИНГ РИВОЖЛАНИШ ЙУЛЛАРИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. III.

3. Kamarbekovna, F. Z. (2020). UZBEK STAGE DANCE AND ITS WAY OF DEVELOPMENT. International Engineering Journal For Research & Development, 5(4), 4-4.

References

1. L.Avdeyeva. "O'zbek milliy raqsi tarixidan" Toshkent. 2001.

2. Фазлиева З. К. УЗБЕК САХДА РА^СИ ВА УНИНГ РИВОЖЛАНИШ ЙУЛЛАРИ //Oriental Art and Culture. - 2020. - №. III.

3. Kamarbekovna, F. Z. (2020). UZBEK STAGE DANCE AND ITS WAY OF DEVELOPMENT. International Engineering Journal For Research & Development, 5(4), 4-4.

31

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.