Научная статья на тему 'BAKALAVRIAT TALABALARINING AKADEMIK KOʼRSATKICHLARI SIFATINI TAHLIL QILISH'

BAKALAVRIAT TALABALARINING AKADEMIK KOʼRSATKICHLARI SIFATINI TAHLIL QILISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
107
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
baholash tartibi / analitik tahlil / variatsiya koeffitsienti / korrelyatsion tahlil. / evaluation procedure / analytical analysis / coefficient of variation / correlation analysis.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Djabbarov Saidburxon Tulaganovich, Yax’Yayeva Muslimaxon Toxirboyevna

Maqolada oliy taʼlim tizimidagi alohida akademik guruh talabalarining bilim sifati va akademik koʼrsatkichlarini oʼzgaruvchanlik koeffitsientini qoʼllash orqali tahlil qilish tartibi, shuningdek bakalavriat talabalari toʼgʼrisidagi koʼp oʼlchovli maʼlumotlarning korrelyatsion tahlili koʼrib chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS OF THE QUALITY OF ACADEMIC PERFORMANCE OF UNDERGRADUATE STUDENTS

The article discusses the procedure for analyzing the quality of knowledge and academic performance of students of a particular academic group in the higher education system using the coefficient of variability, as well as a correlation analysis of multidimensional data on undergraduate students.

Текст научной работы на тему «BAKALAVRIAT TALABALARINING AKADEMIK KOʼRSATKICHLARI SIFATINI TAHLIL QILISH»

BAKALAVRIAT TALABALARINING AKADEMIK KO'RSATKICHLARI

SIFATINI TAHLIL QILISH

Djabbarov Saidburxon Tulaganovich,

texnika fanlari doktori, Professor

Yax'yayeva Muslimaxon Toxirboyevna

Toshkent Davlat Transport Universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.6659171

Annotatsiya: Maqolada oliy ta'lim tizimidagi alohida akademik guruh talabalarining bilim sifati va akademik ko'rsatkichlarini o'zgaruvchanlik koeffitsientini qo'llash orqali tahlil qilish tartibi, shuningdek bakalavriat talabalari to 'g'risidagi ko'p o 'lchovli ma'lumotlarning korrelyatsion tahlili ko'rib chiqilgan.

Kalit so'zlar: baholash tartibi, analitik tahlil, variatsiya koeffitsienti, korrelyatsion tahlil. АНАЛИЗ КАЧЕСТВА УЧЕБНОЙ РЕЗУЛЬТАТИВНОСТИ СТУДЕНТОВ

Аннотация: В статье рассматривается процедура анализа качества знаний и успеваемости студентов той или иной академической группы в системе высшего образования с использованием коэффициента вариативности, а также корреляционного анализа многомерных данных о студентах бакалавриата.

Ключевые слова: процедура оценки, аналитический анализ, коэффициент вариации, корреляционный анализ.

Abstract: The article discusses the procedure for analyzing the quality of knowledge and academic performance of students of a particular academic group in the higher education system using the coefficient of variability, as well as a correlation analysis of multidimensional data on undergraduate students.

Keywords: evaluation procedure, analytical analysis, coefficient of variation, correlation analysis.

Oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini monitoring qilish, fanlarni muvaffaqiyatli o'zlashtirish, o'quv bosqichlari (semestr, kurs) natijalarini muntazam tahlil qilish ta'lim sifatini ko'tarishda muhim o'rin tutadi. OTM, fakultet, mutaxassislik, akademik guruh kesimida bakalavriat talabalarining fanlarni o'zlashtirish baholarini taqqoslashni, akademik ko'rsatkichlar sifatini tahlil qilishda variatsiya koeffitsienti va korrelyatsion tahlil usulidan foydalanish mumkin.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Variatsiya va korrelyatsion tahlil ko'rsatkichi analitik statistikaning muhim va asosiy qismi hisoblanib, ular statistik qarorlar, shuningdek ilmiy muammolarni hal qilish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Ma'lumki variatsiya-hodisalar o'rtasidagi o'zgaruvchanlikdir. Bu to'plam birliklarida o'rganilayotgan belgi yoki xususiyatning qiymatlarida kuzatiladigan o'zgaruvchanlikni anglatadi.

БАКАЛАВРИАТА

ANALYSIS OF THE QUALITY OF ACADEMIC PERFORMANCE OF UNDERGRADUATE STUDENTS

KIRISH

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Akademik guruhda bakalavriat talabalari tomonidan bir semestrdagi fanlarning o'zlashtirilishini ko'rib chiqamiz. Tajriba guruhi sifatida IF-zz (mutaxassisligi) akademik guruhi qabul qilingan. Akademik ko'rsatkichlar sifatini tahlil qilishda bilim sohasi tor emas (har bir alohida), balki tizimli ravishda ko'rib chiqiladi.

Ko'rib chiqilayotgan semestrda talabalarning alohida har bir fan bo'yicha akademik ko'rsatkichlari uchun baholar 1-jadvalda keltirilgan.

TADQIQOT NATIJALARI

O'rganilayotgan tajriba guruhi 20 nafar talabadan iborat. Oliy ta'lim muassasasining o'quv rejasiga muvofiq (OTM ga 2019 yil qabuli), o'rganilayotgan semestrda talabalar tomonidan 8 ta fanni o'zlashtirish (o'rganish) rejalashtirilgan, ya'ni: ingliz tili, qurilish mexanikasi, qurilish konstruktsiyalari, gruntlar mexanikasi, qurilish-montaj ishlari texnologiyasi va mexanizatsiyasi, suyuqlik va gaz mexanikasi, ekspluatatsiyadagi temir yo'llarni ta'mirlashni loyihalash, temir yo'llarni ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatish va mos ravishda F1, F2, F3, F4, F5, F6, F7, F8 deb shartli belgilangan.

1- jadval

Fanlar bo'yicha talabalarning ko'p o'lchovli ma'lumotlari (baholari)

Talabaning tartib raqami Fanning nomi Talabaning o'rtacha bahosi

F1 F2 F3 F4 F5 F6 F7 F8

Talaba 1 4 3 5 5 5 4 4 4 4,25

Talaba 2 3 3 3 3 3 4 3 4 3,25

Talaba 3 4 3 4 4 3 4 4 3 3,63

Talaba 4 4 3 5 5 5 4 3 5 4,25

Talaba 5 3 3 3 3 3 4 3 3 3,13

Talaba 6 4 3 5 3 4 3 3 3 3,50

Talaba 7 4 3 5 4 3 3 4 3 3,63

Talaba 8 5 3 5 5 5 4 4 5 4,50

Talaba 9 3 3 5 4 3 4 3 3 3,50

Talaba 10 3 3 3 3 4 3 3 3 3,13

Talaba 11 4 3 5 5 5 5 4 4 4,38

Talaba 12 5 5 5 5 5 5 5 5 5,00

Talaba 13 5 3 5 5 5 4 4 5 4,50

Talaba 14 4 2 5 3 3 4 3 3 3,38

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Talaba 15 4 2 4 4 4 4 3 4 3,63

Talaba 16 4 2 5 4 3 3 3 3 3,38

Talaba 17 4 2 4 4 3 4 4 3 3,50

Talaba 18 4 2 5 3 3 3 4 3 3,38

Talaba 19 4 2 3 3 3 3 3 3 3,00

Talaba 20 4 3 5 5 5 5 4 4 4,38

Fan bo'yicha o'rtacha baho 3,95 2,80 4,45 4,00 3,85 3,85 3,55 3,65 3,76

Talabalarning bilim sifati va akademik ko'rsatkichlari darajasini monitoring qilish natijalari 2-jadvalda umumlashtirilgan.

Shuni ta'kidlash kerakki, F2 fani bo'yicha talabalarning o'zlashtirish ko'rsatkichlari 70% ni tashkil etadi va fan dasturi materialini o'zlashtirish sifati boshqa fanlarga nisbatan ancha past (2-jadval).

2-jadval

Har bir fan bo'yicha talabalarning akademik ko'rsatkichlari va sifati

Bilimlarni baholash Fanning nomi O'rtacha qiymatlar

F1 F2 F3 F4 F5 F6 F7 F8

"5" 3 1 13 7 7 3 1 4 4,8

"4" 13 0 3 6 3 11 9 5 6,3

"3" 4 13 4 7 10 6 10 11 8,1

"2" 0 6 0 0 0 0 0 0 0,7

Attestatsiya qilinmagan 0 0 0 0 0 0 0 0 0

Sifat ko'rsatkichi, % 80 5 80 65 50 70 50 45 56

O'zlashtirish ko'rsatkichi, % 100 70 100 100 100 100 100 100 100

Talabalarning bilim darajasi 63,8 28,4 81,8 66,8 62,6 61 51,8 55,8 59

MUHOKAMA

Talabalarning barcha fanlar bo'yicha sifat va o'zlashtirish ko'rsatkichining variatsiya koeffitsientini aniqlash uchun maksimal(max), minimal (min) va variatsiya kengligi; o'rtacha chiziqli og'ish, bosh to'plam uchun dispersiya, tanlov (namuna) uchun dispersiya, o'rtacha kvadratik og'ish, tanlov uchun o'rtacha kvadratik og'ish hisoblanadi.

Variatsiya koeffitsienti quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:

C =--ioo%

X

bunda, o - tasodifiy o'zgaruvchining o'rtacha kvadratik og'ishi;

x - tasodifiy o'zgaruvchining kutilayotgan (o'rtacha) qiymati.

3-jadval

Variatsiya ko'rsatkichlarini hisoblash

Variatsiya ko'rsatkichlari Qiymati

Maksimum 5

Minimum 2

Variatsion qator kengligi 3

O'rtacha chiziqli og'ish 0,75171875

Bosh to'plam uchun dispersiya 0,74359375

Tanlov (namuna) bo'yicha dispersiya 0,74827044

O'rtacha kvadratik og'ish 0,862318822

Tanlov uchun o'rtacha kvadratik og'ish 0,865026266

Variatsiya koeffitsienti 23 %

Ostsillyatsiya (tebranishlar, o'rtacha qiymatga nisbatan o'zgarishlar) koeffitsienti 0,80

Hisoblash natijalariga ko'ra variatsiya koeffitsientining qiymati 23% ni tashkil etgani uchun (3-jadval), variatsiya koeffitsientining umumiyligi sezilarli darajada bir xil hisoblanadi.

4-jadval

Ta'riflovchi statistika

Ko'rsatkichlar Fanning nomi

1 2 3 4 5 6 7 8

Minimal 3

O'rtacha ,95 ,8 ,45 ,85 ,85 ,55 3 ,65

Maksimal 5

O'rtacha kvadratik og'ish ,61 ,69 ,83 ,86 ,93 ,67 ,61 0 ,81

Mediana ,5 ,5 3

Asimmetriya ,012 ,333 1,071 ,000 ,325 ,177 ,583 0 ,766

Ax ,143 ,214 ,143 ,143 ,143 ,143 ,143 0 ,143

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Nazorat akademik ko'rsatkichlaming o'rtacha (mediana) darajasi o'quv maqsadiga mos keladi, chunki guruhda qoniqarsiz baholar mavjud emas va talab qondiriladi (4-jadval).

O'zgaruvchilar orasidagi (ya'ni F2 va F3 fanlar orasidagi) korrelyatsiya darajasini anqlash uchun Pirson korrelyatsiya koeffitsientining qiymatlari hisoblab chiqilgan (5-jadval).

5-jadval

Pirson korrelyatsiya koeffitsienti

Ko'rsatkich Qiymati

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Pirson korrelyatsiya koeffitsienti 0,16

n (tanlov xajmi) 20

z 0,17

se 0,24

c_95% 1,96

Quyi 95% chegarasi zL -0,31

Yuqori 95% chegarasi zU 0,64

Quyi 95% chegarasi rL -0,3

Yuqori 95% chegarasi rU 0,57

Pirson korrelyatsiya koeffitsientining aniqlangan qiymati r = 0.16 ga teng va 0.00 dan 0.24 oralig'ida, bu ko'rib chiqilayotgan ikki fan o'rtasidagi aloqa darajasi "zaif ijobiy" tavsiflanganligini ko'rsatadi. XULOSA

Shu bilan birga, qurilish sohasidagi mutaxassislarning keng doirasi ma'lumki, "materiallar qarshiligi", "nazariy mexanika", "qurilish mexanikasi" va "qurilish konstruktsiyalari" fanlari o'rtasida yaqin munosabatlar mavjud bo'lib, bitta mavzu avvalgisining mantiqiy davomi bo'lib, uni to'ldiradi. Fl va F2 fanlari o'rtasida "yaqin munosabatlar" yo'qligidan quyidagi xulosalarni chiqarishga imkon beradi (bu mualliflarning sub'ektiv fikri bo'lishi mumkin):

- o'quv dasturlarini tuzishda yuqoridagi fanlarning xususiyatlari va o'zaro bog'liqligi hisobga olinmaydi;

- mazmunan yaqin (aloqador) bo'lgan fanlarni o'qitish metodikasi ularning o'zaro munosabatlari va yakuniy maqsadini hisobga olmagan holda amalga oshiriladi;

- talabalar bilimini baholashda" sub'ektivizm " ga yo'l qo'yilgan, ya'ni bilim sifati ob'ektiv baholanmagan;

Shunday qilib, yuqoridagi usullardan foydalanish talabalarning yutuqlarini samarali taqqoslash, fanlarni o'qitish sifatini baholash, talabalar bilimlarini baholashning ob'ektivligini

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

tanlangan nisbatan sodda ko'rsatkichlar orqali nafaqat alohida akademik guruh, balki kurs kesimida ham samarali baholash imkonini beradi deb ta'kidlash mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Iqtisodiyotda matematik usullar va modellar. Abdullaev O.M. Jamolov M., Fan va texnologiya. 2009 y., 171 b.

2. Soatov N.M. Statistika: Oliy o'quv yurtlari uchun darslik. -Toshkent.: 2003 y. -745 b.

3. Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika [matn]:o'quv qo'llanma/ A.A.Abdushukurov [va boshq.]. - T.:«Tafakkur Bo'stoni», 2015. —416 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.