Научная статья на тему 'BAHOLOVCHI TASHKILOTLAR FAOLIYATIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASHNING AHAMIYATI'

BAHOLOVCHI TASHKILOTLAR FAOLIYATIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
baholash faoliyati / baholash obyekti / raqamli texnologiyalar / ma’lumotlar bazasi / baholashning raqamli plarformasi / assessment activity / assessment object / digital technologies / database / digital assessment platform

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Tashpulatov Giyos Toxirovich

Ushbu maqolada baholash obyekti to‘g‘risidagi mavjud ma’lumotlarni tezkor qidirish, to‘plash, qayta ishlab tizimlashtirish asosida tahlil qilish va ushbu obyekt qiymatini baholashni osonlashtirishga qaratilgan zamonaviy raqamli dasturlar va texnologiyalarni qo‘llash inkoniyatlari va ahamiyati muhokama qilingan. Baholash xizmatlari bozorini tahlili orqali baholash faoliyatida elektron hujjat aylanishini rivojlantirish istiqbollarini ko‘rib chiqilgan. Ushbu tadqiqot raqamli texnologiyalarning baholovchi ishiga ijobiy ta’siri haqida xulosa chiqarishga imkon beradi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPORTANCE OF USE OF DIGITAL TECHNOLOGIES IN THE ACTIVITIES OF APPRAISAL ORGANIZATIONS

This article discusses the possibilities and importance of using modern digital programs and technologies aimed at facilitating the rapid search, collection, processing and systematization of existing information about the object of assessment and assessment of the value of this object. By analyzing the market for appraisal services, the prospects for the development of electronic document management in appraisal activities are considered. This study allows us to conclude that digital technologies have a positive impact on the work of an appraiser

Текст научной работы на тему «BAHOLOVCHI TASHKILOTLAR FAOLIYATIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASHNING AHAMIYATI»

BAHOLOVCHI TASHKILOTLAR FAOLIYATIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI QO'LLASHNING AHAMIYATI

Tashpulatov Giyos Toxirovich

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi dotsenti v.b., (PhD) giyos_tashpulatov@mail.ru

Annotatsiya: Ushbu maqolada baholash obyekti to'g'risidagi mavjud ma'lumotlarni tezkor qidirish, to'plash, qayta ishlab tizimlashtirish asosida tahlil qilish va ushbu obyekt qiymatini baholashni osonlashtirishga qaratilgan zamonaviy raqamli dasturlar va texnologiyalarni qo'llash inkoniyatlari va ahamiyati muhokama qilingan. Baholash xizmatlari bozorini tahlili orqali baholash faoliyatida elektron hujjat aylanishini rivojlantirish istiqbollarini ko'rib chiqilgan. Ushbu tadqiqot raqamli texnologiyalarning baholovchi ishiga ijobiy ta'siri haqida xulosa chiqarishga imkon beradi.

Kalit so'zlar: baholash faoliyati, baholash obyekti, raqamli texnologiyalar, ma 'lumotlar bazasi, baholashning raqamli plarformasi.

ВАЖНОСТЬ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ОЦЕНОЧНЫХ ОРГАНИЗАЦИЙ

Ташпулатов Гиёс Тохирович

И.о.доцент (PhD) Высшей школы бизнеса и предпринимательства

giyos_tashpulatov@mail.ru

Аннотация: В данной статье обсуждаются возможности и важность использования современных цифровых программ и технологий, направленных на облегчение оперативного поиска, сбора, переработки и систематизации существующей информации об объекте оценки и оценки стоимости этого объекта. Путем анализа рынка оценочных услуг рассмотрены перспективы развития электронного документооборота в оценочной деятельности. Данное исследование позволяет сделать вывод о положительном влиянии цифровых технологий на работу оценщика.

Ключевые слова: оценочная деятельность, объект оценивания, цифровые технологии, база данных, цифровая платформа оценивания.

IMPORTANCE OF USE OF DIGITAL TECHNOLOGIES IN THE ACTIVITIES OF APPRAISAL ORGANIZATIONS

Tashpulatov Giyos Tokhirovich

PhD, Higher School of Business and Entrepreneurship giyos_tashpulatov@mail. ru

Abstract: This article discusses the possibilities and importance of using modern digital programs and technologies aimed at facilitating the rapid search, collection, processing and systematization of existing information about the object of assessment and assessment of the value of this object. By analyzing the market for appraisal services, the prospects for the development of electronic document management in appraisal activities are considered. This study allows us to conclude that digital technologies have a positive impact on the work of an appraiser.

Keywords: assessment activity, assessment object, digital technologies, database, digital assessment platform.

KIRISH

Jamiyatni raqamlashtirish doirasida keng muhokama qilinadigan sohalardan biri bu - mulk qiymatini baholash sohasidir. Raqamlashtirish jarayonlariga bag'ishlangan deyarli har bir ilmiy ish raqamli jamiyatda qaysi kasblar mashhurligi oshishi va qaysi kasblar asta-sekin yo'qolib borishi haqidagi sharhlarni o'z ichiga oladi. Bizning fikrimizcha, hozirgi globallashuv sharoitda baholovchi kasbi o'zining ekspert tabiati tufayli raqamli texnologiyalar davrida ham o'z mavqeini saqlab qoladi, lekin shu bilan birga, baholash biznesini amalga oshirish jarayoni ham sezilarli o'zgarishlarga yuz tutadi.

So'nggi yillarda raqamli texnologiyalar sohasidagi mutaxassislar tomonidan ko'plab professional dasturlar, elektron ma'lumotlar bazalari, algoritmlar va raqamli platformalar ishlab chiqilgan. Ular baholovchiga ko'rsatkichlarni hisoblash bilan bog'liq vaqtni sezilarli darajada qisqartirishga va baholash obyektlari bo'yicha eng aniq ma'lumotlarni taqdim etishga imkon beradi. Baholash xizmatlarining an'anaviy mijozlari - banklar va yirik korporatsiyalar bugungi kunda ixtisoslashgan raqamli platformalar va texnologiyalar, shu jumladan Big Data bilan muvaffaqiyatli ishlamoqda hamda aksariyat baholovchilar bunday vositalarni takomillashtirib va o'zlashtirib bormoqdalar.

Hozirda iqtisodiyotning turli sohalari, shu jumladan baholash faoliyati, raqamli transformatsiyaning uch bosqichni o'z ichiga oladi: sohaga raqamli texnologiyalarni samarali joriy etish, rivojlantirish, mehnat resurslarini qayta tayyorlash hisoblanadi.

Bunda raqamlashtirish faqat raqamli texnologiyalarni joriy etish va mehnat resurslarini optimallashtirishga emas, balki bu resurslarni qayta tayyorlashga ko'proq qaratiladi. Raqamli transformatsiya jarayonining umumiy tuzilmasi 1-rasmda keltirilgan.

t

1-rasm. Raqamli transformatsiyaning umumiy tuzilmasi1

Yuqorida keltirilgan fikrlarning barchasi mamlakatimizda baholash sohasida raqamli texnologiyalar bo'yicha olib borilayotgan islohotlarning "Raqamli 0'zbekiston-2030" Strategiyasiga hamohangligi hamda mulk qiymatini ishonchli va shaffof baholash orqali barqaror baholash xizmatlari va moliyaviy bozorlarni qo'llab-quvvatlashda muhim rol o'ynaydi. Bugungi kunda raqamli texnologiyalar buni ta'minlashga qodir. Shuning uchun ham mulk qiymatini baholashda raqamli texnologiyalardan foydalanish mavzusi dolzarbdir [1, 2, 3].

ADABIYOTLAR TAHLILI

Ayni paytda ushbu mavzuga bag'ishlangan ko'plab anjumanlar, davra suhbatlari tashkil etilmoqda va o'tkazilmoqda. Baholashning moliya tizimiga ta'siri kuchayishi munosabati bilan baholashning ishonchliligi va shaffofligini oshirish iqtisodiy o'sishni ta'minlaydi, investorlar va baholash xizmatlaridan foydalanuvchilarning shikoyatlari sonini kamaytiradi va ularning ishonch darajasini oshiradi. Hisobotlarni tayyorlash va taqdim etish bilan bog'liq baholovchilar harakatlarining axborotga ochiqligi ham muhim o'rin tutadi va bu borada hukumat elektron hujjat aylanishi tizimini joriy etishga intilmoqda.

Bugungi kunga qadar raqamli iqtisodiyot fenomeni va bunda baholash faoliyatini raqamlashtirish haqida umumiy tushunchalar va aniq qarashlar yetarli emas, lekin ko'plab ta'riflar berilgan. Quyida ulardan ba'zilarini keltirish o'rinli.

"Raqamli iqtisodiyot - Digital economy" atamasi birinchi marta Don Topskott tomonidan 25 yildan ko'proq vaqt oldin o'zining bestsellerida ishlatilgan [7, 8]. Nikolas Negroponte o'zining "Digital" kitobida raqamli iqtisodiyotni "atomlar o'rniga bitlar" deb ta'riflagan [9].

1 Muallifning shaxsiy ishlanmasi

Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti: "Raqamli iqtisodiyot axborot va kommunikatsiya sohasidagi yangi umumiy maqsadli texnologiyalarning transformatsion effektlari natijasidir" [10].

Jahon banki: "Raqamli iqtisodiyot axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga asoslangan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy munosabatlar tizimidir"

T.A.Gileva [4] raqamli transformasiyaning tarkibini aniqladi, korxonaning raqamli yetukligini boshqarishning hozirgi va maqsadli yetuklik darajasi o'rtasidagi tafovutni bartaraf etishga asoslangan konseptual sxemani taklif qildi, shuningdek korxonalarning raqamli iqtisodiyotda ishlashga tayyorligini tahlil qilish metodologiyasini taqdim etdi. Ushbu natijalar orqali biznesni baholashni raqamlashtirish uchun foydalanish mumkin.

Ye.A.Demyanova [5] kompaniyalar uchun baholash usullarini ishlab chiqish bo'yicha nazariy prinsiplar va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqdi, kompaniyalarning qiymatiga ta'sir etuvchi zamonaviy moliyaviy texnologiyalarni joriy etadigan ekzogen va endogen omillarni berdi va tasnifladi. Bunday kompaniyalarni yanada aniqroq baholashga imkon beradigan pul oqimlari va real imkoniyatlardan foydalanishni yaxshilaydi.

N.A.Segedov [6] baholovchi tashkilotlarning axborot tizimining funksional tuzilishini taklif qildi va shuningdek, baholash xizmatlarini taqdim etishda baholash tashkilotining ehtiyojlariga javob beradigan baholash tizimining vazifalarini tavsiflaydi.

Shu bilan birga baholash faoliyatini raqamlashtirishning metodologik jihatlari ilmiy ishlarimizda [11, 12, 13 ,14] o'z aksini topgan.

METODOLOGIYA

Zamonaviy texnologiyalar va raqamli platformalar baholovchilar va ularning mijozlari o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni tubdan o'zgartirdi. Ular yanada samarali, qulay va shaffof hamkorlik uchun ko'plab imkoniyatlarni taqdim etadi. Tadqiqotimiz metodologiyasini tahlil etar ekanmiz, baholovchi tashkilotlarda raqamli platformalar va onlayn xizmatlardan foydalanishning imkoniyatlari, baholovchilar va mijozlar o'rtasidagi hamkorlikni osonlashtirish prinsiplarini ko'rib chiqamiz.

Qulaylik. Onlayn platformalar mijozlar va baholovchilarga joylashuvdan qat'iy nazar, o'zaro hamkorlik qilish imkonini beradi. Bu, ayniqsa, uzoq yoki borish qiyin bo'lgan joylarda joylashgan mijozlar uchun professional baholash xizmatlaridan ko'proq foydalanish imkonini beradi.

Samarali aloqa. Raqamli vositalar baholovchilar va mijozlar o'rtasida yanada samarali muloqot qilish imkonini beradi. Elektron pochta, chat, video konferentsiya va onlayn ma'lumot almashish platformalari muhim ma'lumotlar va hujjatlarni uzatishni oson va tez amalga oshiradi.

Shaffoflik. Onlayn baholash xizmatlari va platformalari jarayonda shaffoflikni ta'minlaydi. Mijozlar real vaqt rejimida baholash jarayoni holatini kuzatishi, hisobotlarni ko'rishi va taraqqiyotni kuzatishi mumkin.

Ma'lumotlarnixavfsizsaqlash. Raqamli platformalar baholash ma'lumotlari va hujjatlarini xavfsiz saqlashni ta'minlaydi. Bu muhim hujjatlarni yo'qotish yoki shikastlashdan saqlaydi.

Soddalashtirilgan to'lov tizimida ishlash. Onlayn xizmatlar, shuningdek, to'lovlar va moliyaviy operatsiyalar jarayonini soddalashtiradi. Mijozlar onlayn to'lashlari mumkin, bu jarayonni yanada qulay va shaffof qiladi.

Bajarilgan ish va xizmatlar uchun sarflangan vaqtning qisqarishi. Raqamli vositalar ma'lumotlarni tezroq qayta ishlash va tahlil qilish imkonini beradi, bu esa o'z navbatida baholash xizmati vaqtini qisqartiradi va mijoz qaror qabul qilishni tezlashtiradi.

Jarayonlarni avtomatlashtirish. Raqamli platformalardan foydalanish ma'lumotlarni yig'ish, hisob-kitoblar va hisobot berish kabi bir qator muntazam ishlarni avtomatlashtirish imkonini beradi. Bu xatolar xavfini kamaytiradi va baholash sifatini yaxshilaydi.

Elektron imzo va hujjatlar aylanmasi. Onlayn xizmatlar elektron imzodan foydalanish va hujjatlarni elektron formatda almashish imkoniyatini beradi, bu esa qog'oz hujjatlarga bo'lgan ehtiyojni kamaytiradi va tasdiqlash jarayonini soddalashtiradi.

Tahlil va hisobot. Raqamli platformalar ma'lumotlarni chuqurroq tahlil qilish va batafsil hisobot berish uchun vositalarni taqdim etadi. Bu mijozlarga ko'proq ma'lumotli, dalillarga asoslangan qarorlar qabul qilishga yordam beradi.

Masshtablilik. Onlayn platformalar baholovchilarga jismoniy resurslarni ko'paytirmasdan o'z bizneslarini kengaytirish va ko'proq mijozlarga xizmat ko'rsatish imkonini beradi.

Raqamli platformalar va onlayn xizmatlardan foydalanish baholovchilar va mijozlar o'rtasidagi hamkorlikni sezilarli darajada osonlashtiradi va baholash jarayonini yanada samarali, qulay va shaffof qiladi. Bu esa mijozlarning ishonch darajasining oshishiga va taqdim etilayotgan baholash xizmatlari sifatining yaxshilanishiga quyidagi texnologiyalarni samarali qo'llash asosida olib keladi.

Sensor texnologiyasi va aktivlarni baholashdagi innovatsiyalar. Dronlar ko'chmas mulkni baholashda, ayniqsa yer sathidan kirish qiyin bo'lgan katta yer uchastkalari yoki mulklar uchun ajralmas vositaga aylandi. Ular baholovchilarga obyektlarning holati to'g'risida batafsil tasvirlar va ma'lumotlarni olish imkonini beradi, bu esa aniqroq hisob-kitoblarga olib keladi.

Sensorlar va IoT texnologiyalari. Interneti (IoT) sensorlari va qurilmalari harorat, namlik, bosim va boshqalar kabi turli parametrlarni doimiy ravishda kuzatish

uchun ishlatilishi mumkin. Ushbu ma'lumotlar aktivlarni baholashning aniqligini oshirib, baholash modellariga kiritilishi mumkin.

3D skanerlash va modellashtirish. 3D skanerlash texnologiyalari obyektlarning aniq uch o'lchovli modellarini yaratishga imkon beradi, bu ayniqsa ko'chmas mulk va infratuzilmani baholash uchun foydalidir. Bu baholovchilarga mulklarni batafsilroq o'rganish va yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolarni aniqlash imkonini beradi.

Sun'iy intellekt va IT texnologiyasini o'rganish. Sun'iy intellekt va IT texnologiyasini o'rganish algoritmlari katta hajmdagi ma'lumotlarni tahlil qilishi va tengliklarni aniqlashi mumkin, bu esa baholovchilarga ko'proq asosli qarorlar qabul qilishga yordam beradi. Ushbu texnologiyalar, shuningdek, baholash jarayonining ayrim jihatlarini avtomatlashtirishga yordam beradi.

Baholovchilar uchun mobil ilovalar. Baholovchilar uchun maxsus mobil ilovalarni ishlab chiqish saytdagi ma'lumotlarni to'plash va tahlil qilishni osonlashtiradi. Baholovchilar ma'lumotlarni yozib olish va ma'lumotlar bazalarini to'g'ridan-to'g'ri saytda yangilash uchun smartfon va planshetlardan foydalanishlari mumkin.

Virtual va kengaytirilgan aniqlik. Virtual va kengaytirilgan aniqlik texnologiyalari obyektlarning virtual modellarini yaratish va ularni chuqurroq tushunish uchun vizualizatsiya qilish imkonini beradi. Bu, ayniqsa, virtual makonda obyektlarni ko'rayotgan mijozlar uchun foydalidir.

Blokcheyn va kriptovalyutalar. Blokcheyn ma'lumotlarning shaffofligi va ishonchliligini ta'minlash uchun ishlatilishi mumkin, bu qimmatli qog'ozlar va aktivlarni baholash uchun muhim bo'lishi mumkin. Kriptovalyutalar moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish uchun ishlatilishi mumkin.

Katta ma'lumotlar (BigData). Katta ma'lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilish baholovchilarga aktivlarni baholashda ko'proq omillarni hisobga olish imkonini beradi, bu esa baholash sifatini yaxshilaydi.

Sensor texnologiyalari va ma'lumotlar yig'ish uskunalaridagi innovatsiyalar aktivlarni baholash jarayonini sezilarli darajada yaxshilaydi va uni yanada aniq, samarali va ishonchli qiladi. Zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda baholovchilar mijozlarga yanada yaxshiroq va ishonchli baholash xizmatlarini taqdim etishlari mumkin.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Avvalambor shuni ta'kidlash kerakki, baholash xizmatlari bozorida yangi mahsulotlar paydo bo'lib bormoqda. Hozirda obyektlarni baholash mustaqil faoliyat bo'lib, u har qanday biznes jarayonlarning alohida bosqichidir. Shunday qilib, borgan sari baholash yanada keng qamrovli xizmatning alohida tarkibiy qismi bo'lib,

baholovchi ekspert sifatida turdosh sohalarning mutaxassislari jamoasida ishlashi va o'z ishini butun loyihaning maqsad va vazifalari bilan muvofiqlashtirishi kerak.

Bugungi kunda baholovchi kompaniyaning biznes jarayoni sezilarli darajada o'zgarishlarga olib kelib, takomillashib bormoqda. Ko'pchilik kompaniyalar allaqachon ma'lum ichki korporativ tartiblarga raqamlashtirishni joriy qilmoqdalar, chunki hozirgi narxlar raqobati sharoitida, aslida biznes rentabelligini oshirishning yagona yo'li - bu xarajatlarni boshqarishdir.

Bu yerda asosiy vazifa butun baholash jarayonini maksimal darajada standartlashtirish va raqamlashtirishdan iborat - mijozni qabul qilish va shartnoma tuzish, ma'lumot to'plash, hisob-kitoblarni amalga oshirish, hisobot yaratish va hisobotni mijozga yetkazib berishgacha jarayonlarni o'z ichiga oladi.

Tadqiq qilinayotgan mavzuni O'zbekiston sharoitida davlatning "Raqamli O'zbekiston-2030" Strategiyasiga hamohang moslashtirish maqsadida xorijdagi baholovchilar tomonidan qo'llaniladigan dasturlarini ko'rib chiqamiz. Shuni ta'kidlash kerakki, xorijiy amaliyotda raqamli texnologiyalar orqali baholash hisobotlarini tayyorlash xizmatlari bozori juda keng qo'llaniladi.

Jumladan, Bizpricer - o'z kompaniyasini adolatli bozor qiymatida sotmoqchi bo'lgan biznes egasi yoki savdolashmoqchi bo'lgan xaridor uchun baholash yechimlari provayderi.

House Canary - bu ilg'or strategiyalardan foydalangan holda aniq, tezkor tahlil va hisob-kitoblarni taqdim etadigan maxsus onlayn dasturiy vosita. Ajoyib xususiyati shundaki, ushbu dastur uchinchi tomon dasturiy vositalari bilan integratsiyani qo'llab-quvvatlaydi. Dastur keng qamrovli baholash usullaridan foydalanadi va batafsil hisobotlarni yaratishga imkon beradi.

Total va WinTotal ko'chmas mulkni baholash uchun eng mashhur dasturlar bo'lib, ular baholovchilarga tezda hisobotlarni yaratishda yordam beradi. Mijoz hatto mobil telefonida ushbu dasturlarda ishlashi mumkin va ular bir vaqtning o'zida bir nechta analoglarni tahlil qilish imkonini beradi. Yana bir ko'p talab qilinadigan dasturiy vosita bu SFREP bo'lib, u tez va professional baholarni taqdim etish uchun ko'chmas mulk mutaxassislari uchun mo'ljallangan. Dastur shuningdek, taqqoslanadigan xususiyatlarni ko'rib chiqadi va ularning tarixini baholash hisobotiga kiritadi. Bozordagi boshqa dasturlar asosan funksionallik jihatidan o'xshashdir.

Axborot texnologiyalari va Internet orqali xizmatlarning rivojlanishi baholovchilarga ma'lumotlarni kiritish va tekshirish, ularni filtrlash va tahlil qilish uchun qulay shaklga o'tkazish, matematik hisob-kitoblarni amalga oshirish kabi malakasiz ishlardan xalos bo'lish imkonini beradi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa sifatida aytish mumkinki, bugungi kunda iqtisodiyotning barcha sohalariga raqamli texnologiyalar jadallik bilan joriy etilmoqda. Shu jumladan baholash faoliyati sohasiga raqamli texnologiyalarni jalb qilish bugungi kunning dolzarb masalasi hisoblanadi. Ushbu masala yechimida baholash faoliyatini raqamlashtirish o'ta ahamiyatlidir. Bunda ilg'or xorij tajribasidan samarali fiydalnish maqsadga muvofiq. Biroq bugungi kunda mamlakatimizda baholash faoliyatiga raqamli texnologiyalar sust darajada jalb etilmoqda. Bu esa mamlakatimizda baholash faoliyati sohasi samaradorligini oshirishga to'sqinlik qilib, uning iqtisodiyotdagi ulushini oshirmayapdi. Shu sababli, baholashning ishonchliligi va shaffofligini oshirish iqtisodiy o'sishni ta'minlash, investorlar va baholash xizmatlaridan foydalanuvchilarning shikoyatlari sonini kamaytirish va ularning ishonch darajasini oshirish uchun faoliyatda raqamli texnologiyalarni jalb etish zarur hisoblanadi. Zero, iqtisodiy otimizning barcha sohalariga raqamli texnologiyalarni jalb etish "Raqamli O'zbekiston-2030" Strategiyasining asosiy maqsadi hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Raqamli O'zbekiston-2030" Strategiyasi tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'grisida" 2020-yil 5- oktabrdagi 6079-son Farmoni.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Baholash faoliyatini yanada takomillashtirish hamda past rentabelli va faoliyat yuritmayotgan davlat ishtirokidagi korxonalarni sotish mexanizmlarini soddalashtirish to'grisida" 2019-yil 1-iyuldagi PQ-4381-son Qarori.

3. Шохаъзамий Ш.Ш. Трактат о смарт цифровой республике. Монография. -Т.: «Инновацион ривожланиш нашриёт-матбаа уйи», 2020. - 352 с.

4. Гилева Т.А. Цифровая зрелость предприятия: методы оценки и управления. Экономические науки. Вестник УГНТУ. Наука, образование, экономика. Серия экономика. - 2019. - №1 (27). - С. 38-52.

5. Демьянова Е.А. Актуальные вопросы стоимостной оценки компаний в условиях финтех. Стратегические решения и риск менеджмент. - 2018. - .№1 (106) С. 102-117.

6. Седегов Н.А. Информационная система оценки деятельности организаций. «Научно-практический электронный журнал Аллея Науки» - 2018. - №4(20).

7. Топскотт Д., Топскотт А. Технология блокчейн, то, что движет финансовой революцией сегодня. М.: Эксмо, 2017. 448 c.

8. Tapscott D. The digital Economy: promise and peril in the age of networked intelligence. New York: McGraw-Hill, 1997. 374 p.

9. Nicholas Negroponte. Being Digital. Vintage Books, 1995. 272 p.

10. OECD Digital Economy Outlook 2015, 2016, 2017. OECD Publishing,

Paris.

11. Ташпулатов Г.Т. Бахолаш фаолиятида блокчейн технологиясини куллаш масалалари. // "Ракамли иктисодиёт: янги Узбекистонни янги технологиялар, платформалар ва бизнес моделлари оркали ривожлантиришнинг янги бокичи" мавзусидаги халкаро илмий-амалий конференциянинг материаллари туплами. (DEUZ) 4-кисм, 5-секция. 26 февраль 2020 йил-Тошкент: Таdqiqot, 2020. - 55-59 бетлар;

12. Ташпулатов Г.Т. Коронавирус пандемияси шароитида бахрлаш фаолиятини ракамлаштиришнинг зарурати. // "Молия ва банк иши" электрон илмий журнали. II сон. Март-апрель, 2020. - 310-314 бетлар;

13. Ташпулатов Г.Т. Узбекистонда бахоловчи ташкилотлар ва улар рейтинги бахоланиши фаолиятларини узаро богликликда ракамлаштириш модели. // «Ракамли иктисодиёт Узбекистонда ривожлантириш истикболлари ва жахон амалиёти» мавзусидаги халкаро илмий-амалий онлайн конференция материаллари туплами. Тошкент, Бизнес ва тадбиркорлик олий мактаби, 2020 йил 24 декабрь. - 925-929 б.

14. Ташпулатов Г.Т. Бахоловчи ташкилотлар ва улар рейтинг агентлиги фаолиятларини узаро богликликда ракамлаштириш моделининг зарурлиги // "Молия ва банк иши" электрон илмий журнали. II сон. 2022. - 60-64 бетлар.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.