Научная статья на тему 'AYOLLARDA TUG‘RUQDAN KEYINGI QON KETISHLARNI OLDINI OLISH VA ULARGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR SIFATINING MONITORINGINI TASHKIL ETISH'

AYOLLARDA TUG‘RUQDAN KEYINGI QON KETISHLARNI OLDINI OLISH VA ULARGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR SIFATINING MONITORINGINI TASHKIL ETISH Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

CC BY
9827
169
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tug’ruqdan keyingi qon ketish / monitoring / tibbiy yordam / kasbiy faoliyatni yaxshilash / tibbiy xizmatlar sifatini oshirish. / postpartum hemorrhage / observation / medical care / professional development / improving the quality of medical services.

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Rizayev, Jasur Alimjanovich, Agababyan, Larisa Rubenovna, Kamalov, Anvar Ibragimovich

Mazkur maqolada tugʼruqdan keyingi qon ketishlarda homiladorlik va tugʼruq davrida ayollarga koʼrsatilayotgan tibbiy yordam sifatining nazorati, ya’ni tibbiy yordamning klinik-iqtisodiy samaradorligini baholash, standart talablari, shuningdek, soʼrovnomalar oʼtkazish, bemorlar bilan qayta aloqa bogʼlash, shikoyatlar va murojaatlar bilan ishlash ustuvorligini belgilash yoʼli orqali bemorlarning qanoat hosil qilish monitoringi haqidagi fikr-mulohazalar yuritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ESTABLISH MONITORING OF THE QUALITY OF SERVICES FOR THE PREVENTION AND FIGHT AGAINST PERMANENT BLOOD IN WOMEN

This article describes how to monitor the quality of care for women during pregnancy and childbirth for postpartum haemorrhage, evaluate the clinical and cost-effectiveness of care, standard requirements, and conduct surveys, patient reviews and prioritize complaints and appeals. . feedback on patient satisfaction monitoring.

Текст научной работы на тему «AYOLLARDA TUG‘RUQDAN KEYINGI QON KETISHLARNI OLDINI OLISH VA ULARGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR SIFATINING MONITORINGINI TASHKIL ETISH»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 10

educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

AYOLLARDA TUG'RUQDAN KEYINGI QON KETISHLARNI OLDINI OLISH VA ULARGA QARSHI KURASHISH BO'YICHA KO'RSATILAYOTGAN XIZMATLAR SIFATINING MONITORINGINI

TASHKIL ETISH

Jasur Rizayev Alimjanovich

Professor, Tibbiyot fanlar doktori, Samarkand Tibbiyot Instituti Rektori

Larisa Rubenovna Agababyan PhD Tibbiyot fanlar nomzodi.

Akusherstvo va Ginekologya bo'limi boshlig'i. Samarqand Davlat Tibbiyot

Instituti

Anvar Ibragimovich Kamalov

Assistant Akusherstvo va Ginekologya bo'limida. Samarkand davlat Tibbiyot

Instituti

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada tug'ruqdan keyingi qon ketishlarda homiladorlik va tug'ruq davrida ayollarga ko 'rsatilayotgan tibbiy yordam sifatining nazorati, ya 'ni tibbiy yordamning klinik-iqtisodiy samaradorligini baholash, standart talablari, shuningdek, so'rovnomalar o'tkazish, bemorlar bilan qayta aloqa bog'lash, shikoyatlar va murojaatlar bilan ishlash ustuvorligini belgilash yo'li orqali bemorlarning qanoat hosil qilish monitoringi haqidagi fikr-mulohazalar yuritilgan.

Kalit so'zlar: tug'ruqdan keyingi qon ketish, monitoring, tibbiy yordam, kasbiy faoliyatni yaxshilash, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish.

АННОТАЦИЯ

В этой статье описывается, как контролировать качество помощи, оказываемой женщинам во время беременности и родов при послеродовом кровотечении, Оценивать клиническую и экономическую эффективность помощи, стандартные требования, а также проводить опросы, отзывы пациентов и определять приоритетность жалоб и апелляций. y обратная связь по мониторингу удовлетворенности пациентов.

Ключевые слова: послеродовое кровотечение, наблюдение, медицинская помощь, повышение квалификации, повышение качества медицинских услуг.

ABSTRACT

This article describes how to monitor the quality of care for women during pregnancy and childbirth for postpartum haemorrhage, evaluate the clinical and cost-effectiveness of care, standard requirements, and conduct surveys, patient

Scientific Journal Impact Factor

reviews and prioritize complaints and appeals. . feedback on patient satisfaction monitoring.

Keywords: postpartum hemorrhage, observation, medical care, professional development, improving the quality of medical services.

Tug'ruqdan keyingi qon ketish (TKQK) keyingi yillarda onalar o'limining asosiy sababchisi bo'lib kelmoqda. Mamlakatimizda tug'ruqdan keyingi qon ketishlarda (TKQK) tibbiy yordam ko'rsatish bo'yicha xalqaro tavsiyalar asosida tuzilgan va doimiy ravishda yangilanadigan Milliy standartlar mavjud bo'lishi va amalda qo'llanilishiga qaramasdan, muammo o'ta dolzarbligicha qolmoqda [2]. Afsuski, homiladorlarga, shu jumladan TKQKlarda shoshilinch tibbiy yordam ko'rsatishni tashkil etish bo'yicha ishlar yetarli darajada emas; birlamchi bo'g'in va tug'ruq muassasalari ishida izchil bog'liqlik haqida ma'lumotlar mavjud emas, ayollar shifoxonaga shifokor yo'llanmasisiz kelishadi, bu esa salbiy oqibatlar xavfini oshiradi. Ma'lumki, homiladorlik va tug'ruq davrida ayollarga ko'rsatilayotgan tibbiy yordam sifatining nazorati tarkibini tibbiy yordamning klinik-iqtisodiy samaradorligini baholash, standart talablari, shuningdek, so'rovnomalar o'tkazish, bemorlar bilan qayta aloqa bog'lash, shikoyatlar va murojaatlar bilan ishlash ustuvorligini belgilash yo'li orqali bemorlarning qanoat hosil qilish monitoringi tashkil etadi [5]. TKQKlarning salbiy oqibatlarini tahlil qilganda tibbiy xodimlar va barcha muassasa faoliyatining monitoringi alohida o'rin egallaydi.

I Bo 'lim. Tibbiy muassasa faoliyatining monitoringi nima? Maqsadlar, vositalar, indikatorlar.

Monitoring - bu tug'ruqdan keyingi qon ketishlarni oldini olish va ularga qarshi kurashish bo'yicha ko'rsatilayotgan xizmatlar sohasida tizim ishi ko'rsatkichlarini yaxshilash jarayoni ustidan o'rnatilgan doimiy nazoratdir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tug'ruqdan keyingi qon ketishlarni oldini olish va ularga qarshi kurashish bo'yicha ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish natijasida quyidagilarga imkon yaratiladi:

• TKQK sonini va ayol salomatligi bilan bog'liq bo'lgan xavfni kamaytirish

• Onalar kasallanish va o'lim ko'rsatkichlarini pasaytirish

• Qon va qon preparatlarini quyish sonini hamda u bilan bog'liq xavflarni kamaytirish

• Homiladorlar orasida TKQK xavf guruhlarini aniqlash

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

• TKQK xavfi mavjud bo'lgan ayollar uchun maqbul vaqt va tug'ruq usulini tanlash

• Tug'ruq muassasalarining tibbiy xodimlari va rahbarlari malakasini oshirish

Monitoring vositalari:

• So'rovnoma - TKQKga qarshi kurashish bo'yicha ko'rsatilayotgan xizmat vaqtida tibbiy xodimni kuzatish

• So'rovnoma - Tibbiy xodimni so'roqlash

• So'rovnoma - Tug'ruq muassasalari rahbarlarini so'roqlash

• So'rovnoma - TKQKga qarshi kurashish bo'yicha xizmat ko'rsatilgandan keyin bemorlarni so'roqlash

• So'rovnoma - TKQKga qarshi kurashish bo'yicha xizmatlarni ko'rsatish uchun tibbiy muassasa va uning jihozlanishini baholash

• So'rovnoma - TKQK bo'yicha tibbiy hujjatlarni to'ldirish sifatini baholash

Monitoring indikatorlari:

1. Sog'liqni saqlash vazirligi uchun:

-TKQKlarga qarshi kurashishda dalillarga asoslangan tibbiyot va mavjud xalqaro standartlar asosida tuzilgan zamonaviy texnologiyalarni tadbiq etish bo'yicha Dastur/standartlarning mavjudligi;

-homiladorlikda, tug'ruqda va tug'ruqdan keyingi davrda ayollarga yordam ko'rsatish xizmatlarini muvofiqlashtiruvchi qo'mitaning mavjudligi;

asosiy dorivor vositalar milliy ro'yxatida TKQKlarga qarshi kurashish uchun asosiy vositalar ro'yxatining mavjudligi;

-TKQK bo'yicha xizmatlar ko'rsatadigan muassasalar profile;

-fertil yoshidagi ayollar soni;

-tug'ruqlar soni;

-onalar o'limi;

-onalar kasallanishi;

-TKQK kuzatilgan ayollar soni;

-TKQK kuzatilgan ayol/qarindoshi tomonidan kelib tushgan shikoyatlar soni.

2.TKQK bo'yicha xizmatlar ko'rsatadigan tibbiy muassasalar uchun: TKQK kuzatilgan ayol/qarindoshi tomonidan kelib tushgan shikoyatlar soni; tibbiy hujjatlarni olib borish sifati;

tug'ruqdan keyingi qon ketishlarni oldini olish va ularga qarshi kurashish usullari bo'yicha o'qitish Dasturlari va jadvallarining mavjudligi; (ish joyida simulyatsion treninglar bayonnomalari)

Scientific Journal Impact Factor

• Tug'ruqdan keyingi qon ketishlarga qarshi kurashish uchun dori vositalari, laboratoriya va anjomlarning mavjudligi;

• Qon va qon preparatlari zahiralari, shuningdek donorlar ro'xatining mavjudligi; 3.Tibbiy xodimlar uchun:

- 3 toifali baholovchi karta;

-antenatal parvarish bo'yicha xizmatlar ko'rsatadigan klinikalar uchun -TKQK bo'yicha maslahat berilgan homilador ayollar soni. Tibbiy xodimlarni TKQKda tashxisot va shoshilinch yordam ko'rsatish usullari bo'yicha bilim darajasini imtihon qilish;

-butun jamoani - rahbarlarni, yoshi katta shifokorlarni, yosh shifokorlarni, doyalarni, hamshiralarni TKQKda tashxisot vaTKQKni to'xtatish usullari bo'yicha bilim darajasini imtihon qilish;

dalillarga asoslangan tibbiyot asos qilib olingan, mamlakatimiz ehtiyojlariga moslashtirilgan TKQKlar bo'yicha zamonaviy qo'llanma/standartlarning mavjudligi;

II Bo'lim. TKQKlarni oldini olish va ularga qarshi kurashish bo'yicha xizmatlarni ko 'rsatishda kasbiy faoliyatni yaxshilash. Kontsepsiyaning qo 'llanilishi.

Kasbiy faoliyatni yaxshilash - individual yoki jamoaviy (muassasa) ishning shunday darajaga erishish jarayoni-ki, uning natijasi TKQKlarni oldini olish vaularga qarshi kurashish bo'yicha yuqori sifatli tibbiy xizmat ko'rsatish bo'lib hisoblanadi. KFni yaxshilash - bu kutilgan tashkiliy (muassasa darajasida) yoki individual natijalarga erishish jarayonidir. KFni yaxshilashdan maqsad TKQKlarni oldini olish va ularga qarshi kurashishda yuqori sifatli, turg'un takomillashuvchi xizmatlarni ko'rsatish hisoblanadi. Bu natijalarga quyidagilarni o'z ichiga olgan jarayon tufayli erishiladi:

-tashkiliy masalalarni hisobga olish; -ishning kutilgan ko'rsatkichlarini ta'riflash;

-kutilgan haqiqatdagi ko'rsatkichlar orasidagi tafovutlarni belgilash va bu tafovutlarning asosiy sabablarini aniqlash, tafovutlarni bartaraf etish bo'yicha aralashuvlarni tanlash;

amalga oshirilgan aralashuvlardan keyin o'zgarishlarni aniqlash. Jarayon natijalari quyidagicha erishiladi:

• kutilgan kasbiy darajani tavsiflash bilan;

• kutilgan va haqiqatdagi kasbiy darajalar orasidagi tafovutlarni aniqlash bilan;

• tafovutlarning asosiy sabablarini aniqlashtirish bilan;

• tafovutlarni bartaraf etish uchun yondashuvlarni tanlash bilan;

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 10

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

Robert F.Mager shunday degan edi: "Ishni bajarmaganlik sababini aniqlashtirishga va bu masalani hal etishga yondashuv...."

TKQKlarga qarshi kurashishda ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga yo'naltirilgan kasbiy faoliyatni yaxshilash jarayonida biz (tibbiy muassasa rahbarlariga) quyidagi savollarni berishni tavsiya etamiz:

• ishdagi kamchilik o'qitish yo'li orqali bartaraf etiladimi? Muammoni boshqa, muvofiqroq yechimlari yo'qmi?

• qaysi yechim eng katta unum beradi?

• agar o'qitish muammoni hal etishda eng yaxshi yechim bo'lsa, mavzu amaliy ko'rinishda berilishi va o'qitishdan so'ng ish faoliyatiga tadbiq etilishiga qanday kafolat berish mumkin?

• kasbiy faoliyatni yaxshilashga o'qitishdan farqli o'laroq qanday erishiladi?

• ko'p holat bizga bog'liq bo'lmaganligini bilgan holda kasbiy faoliyatni yaxshilashga qanday erishish mumkin?

• kasbiy faoliyatni yaxshilash tibbiy xizmat sifatini oshirish dasturlari bilan qanday ravishda bog'liq?

• xususan kimning darajasini oshirish lozim?

TKQKni oldini olish va unga qarshi kurashish bo'yicha tibbiy xodimlarning kasbiy faoliyatini yaxshilashga yo'naltirilgan siyosatni o'tkazishda, biz ish sifatini yaxshilashga bo'lgan ikkita yondashuvni - rivojlangan ishlab chiqarish korporatsiyalaridagi yondashuv hamda qilingan monitoring tavsiyalarini taqqoslashni tavsiya etamiz.

Yirik ishlab chiqarish koorporatsiyalari: Turli o'zgaruvchan (ta'sir ko'rsatuvchi omillar) ustidan nazorat. Zahiralarning yetarliligi - maqsad ulardan to'g'ri foydalanish. O'qitish narxi ma'lum - bu ko'pgina hollarda kasbiy faoliyatni yaxshilashga undaydigan sabab bo'lib hisoblanadi.

Quyida biz tibbiy xodimlar uchun kasbiy faoliyatni yaxshilash hamda TKQKni oldini olish va unga qarshi kurashish bo'yicha ko'rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish o'rtasidagi farqni aniqlashtirib keltiramiz (1-jadval). 1-jadval

Kasbiy faoliyatni yaxshilash va tibbiy xizmatlar sifatini oshirish

Faoliyatni yaxshilash Sifatni oshirish

Inson xulq-atvori haqidagi fan Statistika

Ijrochilarga urg'u Bemorlarga urg'u

Kutilgan ish darajasiga qanday qilib Zarur bo'lgan ishni hozir qanday

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 10

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

erishish mumkin? qilib bajarish mumkin?

Inson xulq-atvori masalalari hal etiladi Tizimli masalalar hal etiladi

Tor fokus Keng fokus

Kasbiy faoliyatni yaxshilash uchun quyidagi yondashuvlarni qo'llash zarur:

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

• Undovchi - "qayta aloqa" tizimini ishlab chiqish; moliyaviy jihatdan mukofotlash; yaxshi faoliyatni rag'batlantirish; malakali xodimlarni qo'llab quvvatlashga manfaatdor bo'lgan rahbarlik tizimini o'rnatish;

• Infratuzilmani o'zgartirish - ishni sifatli bajarish uchun zarur bo'lgan yondashuvlar, anjomlar bilan ta'minlash; ishni bajarish bo'yicha qo'llanma, standartlarni yaratish; kadrlarni taqsimlash tizimini yaxshilash; ta'minot tizimini yaxshilash; ko'rgazmali qo'llanmalarni joriy etish;

• Bilimni oshirish bo'yicha yondashuvlar - guruhlarga ajratib o'qitish; ish joyida o'qitish; sinov va xatolarga yo'l qo'yish yo'li bilan o'qitish; mustaqil o'rganish; fikr-mulohazalar tizimi;

III Bo'lim. Tibbiy xizmatlar sifati: tushuncha, mezonlari. Kasbiy faoliyatni yaxshilash bosqichlari.

KFni yaxshilash jarayonining bosqichlari.

I bosqich - Ish ko 'rsatkichlarini tahlil qilish. Bu tahlil TKQKda kutilgan va haqiqatdagi yordam ko'rsatish o'rtasida tafovut borligini aniqlash uchun zarur. Agar ishning kutilgan ko'rsatkichlari hali shakllantirilmagan bo'lsa, ularni quyidagi savollarga javob berib shakllantiring:

• TKQKni oldini olish va unga qarshi kurashish borasida bizning muassasamiz nima qilishi kerak?

• Qanday sharoitlarda?

• Biz qanday ko'rsatkichlarga erishishimiz lozim?

Ishning kutilgan ko'rsatkichlarini SSV talablarini, milliy standart/qo'llanmalarni hisobga olib, manfaatdor shaxslarni (rahbarlar, tibbiy xodimlar, bemorlar) maksimal darajada jalb etib shakllantirish kerak.

II bosqich - Tafovutlarning asosiy sabablarini topish. Buning uchun quyidagi savolni berish zarur: "Nima sababdan ishning kutilgan va haqiqatdagi natijalari orasida aniqlangan tafovutlar mavjud?" Hamda, tegishli aralashuvni tanlashdan avval barcha manfaatdor shaxslardan ma'lumot yig'ing vaTKQKga qarshi kurashish bo'yicha yomon ko'rsatkichlarning sabablarini aniqlang. Eng ko'p uchraydigan sabablar:

Scientific Journal Impact Factor

• Bilim va ko'nikmalarning yetishmasligi;

• Dori-darmon vositalari, asbob-uskunalar bilan ta'minotning yetarli darajada bo'lmasligi;

• Qon va uning mahsulotlari zahiralarining yo'qligi;

• Xonalar, anjomlar yoki sarf etiluvchi materiallarning nomuvofiqligi;

• Bemor va jamiyatga e'tiborning jalb etilmasligi;

• Rahbariyat tomonidan qo'llab-quvvatlash/tushunishning yetarli darajada bo'lmasligi yoki umuman yo'qligi;

• Ish sifati haqida qayta aloqaning yo'qligi;

• Bemorning haq-huquqi va tibbiy xodimning vazifalarini aniq anglamaslik.

III bosqich - aralashuvni tanlash. TKQKga qarshi kurashish bo'yicha ishni kutilganidek va haqiqatda bajarilishi orasidagi tafovutlarni bartaraf etish uchun aralashuvlarni tanlang va ishlab chiqing. Barcha aralashuvlarni bir vaqtda o'tkazishning iloji yo'q - tanlanganlar orasida ustuvorini tanlab oling. Xarajatlar va erishiladigan afzalliklarni yaxshilab chamalab ko'ring. Ustuvorliklarni tanlashda quyidagi mezonlarni hisobga oling:

• O'rinlilik - mazkur aralashuv TKQKga qarshi kurashish bo'yicha ishni kutilganidek va haqiqatda bajarilishi orasidagi tafovutlarni haqiqatdan ham bartaraf etishda ko'maklashadimi? TKQKga qarshi kurashish bo'yicha ko'rsatilayotgan xizmat sifatini yaxshilashda samarali bo'ladimi?

• Byudjet - bunday aralashuvga mablag' yetarli bo'ladimi, u turg'un tabiatga ega bo'ladimi?

• Bajarilishi - mazkur aralashuvni qo'llab-quvvatlash uchun infratuzilma mavjudmi? Bu aralashuv mablag'i chegaralangan muassasada muvaffaqiyatga ega bo'ladimi?

• Bemorlar uchun maqbulligi - atrofdagilar va bemorlar mazkur aralashuvni qanday qabul qilishadi? Ular buni qo'llab-quvvatlashadimi?

• Tibbiy xodimlar uchun maqbulligi -muassasa tibbiy xodimlari va rahbarlari mazkur aralashuvni qo'llab-quvvatlashga rozi bo'lishadimi?

IV bosqich- aralashuvni bajarish. Aralashuvni bajarishni boshlang va monitoring tizimini tashkil eting. Kundalik ishlarga o'zgarishlar kontseptsiyasini kiriting, KFni yaxshilash bo'yicha samaradorlikni qo'llab-quvvatlash va maqsadlarga erishish uchun bu o'zgarishning bevosita va bilvosita ta'sirini yaxshilab nazorat qiling.

V bosqich- monitoring o 'tkazish va ish ko 'rsatkichlarini baholash. Bu bosqich uzluksiz bo'lishi kerak. Ma'lum bir bosqichlar ishning umumiy tashkiliy va

Scientific Journal Impact Factor

individual ko'rsatkichlariga zudlik bilan ta'siri qilishi mumkinligi sababli, o'lchashning imkoni bor o'zgarishlarni baholashga mo'ljallangan monitoringning ishonchli tizimini yaratish haqida qayg'uring - bu erta bosqichda aralashuv natijalari bo'yicha qayta aloqaga ega bo'lishga imkon beradi. Aralashuvning ishning kutilgan va haqiqatdagi ko'rsatkichlari orasidagi tafovutlarini kamaytirishga ta'sirini baholash uchun ishning haqiqatdagi ko'rsatkichlarining rasmiy baholanishini kutilgan ko'rsatkichlar bilan uzluksiz ravishda taqqoslang. Olingan ma'lumotni, agar kerak bo'lib qolganda, aralashuvni bajarish rejasini o'zgartirish uchun yaxshilab tahlil qiling. TKQKni oldini olish va unga qarshi kurashish bo'yicha muassasa va tibbiy xodimlarning bu bosqichlarga asoslangan KFni yaxshilash jarayoni, bizga, qaysi omillar ishning kutilgan ko'rsatkichlariga o'z hissasini qo'shayotganligini va bu omillarni mustahkamlash uchun nima qilish mumkinligini ko'rishga yordam beradi [1]. Bunday yondashuvni qo'llash, shuningdek, bilim olish jarayonini (malaka oshirish kurslari, ordinatura, magistratura) ish joyiga - ayollarga tug'ruq vaqtida bevosita xizmat ko'rsatiladigan joyga o'tkazishni ta'minlashga ko'maklashadi. Ish ko'rsatkichlarini va tibbiy xizmat sifatini yaxshilash maqsadida aralashuvlarni bajarish o'zgarishlarni keltirib chiqaradi, odamlar esa, o'zgarishlarga duch kelib, hamma vaqt ham o'zlarini yaxshi his qilishmaydi. Tibbiy muassasada tibbiy yordam sifatini oshirish uchun yechimlarni ishlab chiqishning o'zi yetarli emas. Hattoki eng yaxshi g'oyalar ham muvaffaqiyatsizlikka duchor bo'lishi mumkin, chunki, taxmin qilinishicha, ularni hayotga tadbiq etuvchi odamlar o'zgarishlarga qarshilik ko'rsatishadi. Ish ko'rsatkichlari va xizmatlarni yaxshilash uchun, Siz o'zgarishlar jarayonini qanday qilib boshqarilishini bilishingiz lozim. Bu barcha manfaatdor shaxslarning to'liq jalb etilishini talab etadi. Binobarin, mazkur yaxshilanishlarni haqiqatga aylantirish uchun yetakchilik jarayoni butun jamoaning vazifasi bo'lishi kerak. Bu jarayon qator bosqichlardan tashkil topgan bo'lib, ular ishning kutilgan ko'rsatkichlariga erishilgunicha takrorlanaveradi. Bunday bosqichlar ketma-ketligi yechimlarni izlash uchun ishning kutilgan va haqiqatdagi ko'rsatkichlari orasidagi har qanday tafovutlarga nisbatan qo'llanilishi mumkin [7]. Bunday tafovutlar TKQKlarga qarshi kurashish, infektsiyalar profilaktikasi, moddiy-texnika zahiralarini boshqarish, maslahat berish, bo'limdagi bemorlar soni, xodimlarning kech qolishi kabi klinik amaliyotda topilishi mumkin. Buning uchun quyidagilar qilinishi zarur:

• Ish jarayoniga barcha manfaatdor shaxslarni jalb etish va ularni jalb etgan holda ushlab qolish. KFni yaxshilash jarayonini amalga oshirish uchun, agar kerak bo'lsa, barcha manfaatdor shaxslarning fíkrlarini qabul qilish lozim. Manfaatdor shaxslar bo'lib mazkur tibbiy muassasada xodimning KFini yaxshilash va xizmatlar

Scientific Journal Impact Factor

sifatini oshirishga manfaatdor bo'lgan kishilar hisoblanadi. Xodimlar, hududiy jamiyat aholisi, shuningdek, turli darajadagi sog'liqni saqlash tizimining vakillari manfaatdor shaxslar bo'lishi mumkin. Tibbiy yordamning yuqori darajadagi sifatiga manfaatdor bo'lgan shaxslar ichida hududiy jamiyat eng katta ulushga ega. Tibbiy muassasalar ko'rsatadigan xizmatlar ish ko'rsatkichlarini va xizmatlar sifatini yaxshilash jarayoniga avval boshdan hududiy jamiyat jalb etilganda samaraliroq bo'ladi. Ish ko'rsatkichlarini yaxshilash jarayonini amalga oshirish ishida birinchi bosqich bo'lib, bu jarayonning manfaatdor shaxslar tomonidan qo'llanilishiga roziliklarini olish va keyin ularni tibbiy muassasada ko'rsatilayotgan xizmatlar haqida xabardor qilish hisoblanadi.

• Ishning kutilgan ko'rsatkichlarini aniqlash. Xodimlar yaxshi ishlashlari uchun, ulardan nima kutilayotganligini bilishlari lozim. Ish ko'rsatkichlarining standartlari mavjud bo'lishi zarur. Xodim nafaqat o'zining xizmat vazifalarini bilishi, balki xizmat vazifalarini qanday bajarishi lozimligini bilishi lozim. Ishning kutilgan ko'rsatkichlari haqiqatga yaqin bo'lishi hamda mazkur tibbiy muassasa zahiralari hisobga olinishi lozim (masalan, xodimlar soni, tayyorlanganlik darajasi, byudjet, asbob-anjomlar, transport, sarflov materiallari). Ishning kutilgan ko'rsatkichlari manfaatdor shaxslarning umumiy maqsadlariga, shu jumladan hududiy jamiyatning istalgan natijalariga asoslanishi lozim.

• Ishning haqiqatdagi ko'rsatkichlarini tavsiflash. Rahbarlar xodimlarning va muassasaning, ulardan kutilganiga qaraganda, qanday ishlayotganligini uzluksiz ravishda baholashlari lozim. Bunday baholash uzluksiz, norasmiy asosda o'tkazilishi mumkin yoki uni davriy ravishda va rasmiy ravishda o'tkazish mumkin. Ish ko'rsatkichlarini baholash usullari o'ziga baho berish hamda mijozlardan qayta aloqani qabul qilish va/yoki xodimlar tomonidan kuzatishni o'zida mujassam etadi.

• Ishning kutiladigan va haqiqatdagi ko'rsatkichlari orasidagi tafovutlarning sabablarini topish. Ishning kutiladigan va haqiqatdagi ko'rsatkichlari orasidagi tafovutlar rahbar va xodim o'zlarining bajarayotgan ishlari ish ko'rsatkichlarining belgilangan standartlariga muvofiq kelmayotganligini aniqlaganda mavjud bo'ladi. Agar bunday tafovutlar topilsa, rahbar, xodim bilan birgalikda, bu tafovutlar nima uchun mavjudligini sinchiklab o'rganishi lozim. Ishning kutiladigan ko'rsatkichlariga ega bo'lishga nima xalaqit berayapti? Ba'zan ishning ko'rsatkichlari yomon bo'lishining sabablari yaqqol namoyon bo'lmaydi - haqiqatdagi sabablarni aniqlash uchun ma'lum bir vaqtni sarflash talab etiladi.

• Bosqichlarni tanlash va ish ko'rsatkichlarini bosqichma-bosqich yaxshilashni amalga oshirish. Ishning kutiladigan va haqiqatdagi ko'rsatkichlari orasidagi

Scientific Journal Impact Factor

tafovutlarning sabablari aniqlangan vaqtdan boshlab, rahbar xodimlar bilan birgalikda ish ko'rsatkichlarini bosqichma-bosqich yaxshilashni amalga oshirishi lozim. Xodimlarning bilim va ko'nikmalarini yaxshilash bosqichlari rejalashtirilishi mumkin. Muhitni yaxshilash usullari yoki qo'llab-quvvatlovchi tizimlar mavjud bo'lishi mumkin, bu xodimning ishi yaxshilanishiga imkon beradi. Xodim ishining ko'rsatkichlarini yaxshilashning ko'pgina turli usullari mavjud. Ulardan shunday usullarni tanlash kerakki, qaysikim mazkur muassasa zahiralariga muvofiq kelsin.

Monitoring o'tkazish va ish ko'rsatkichlarini baholash. Aralashuvlar amalga oshirilgandan keyin ish ko'rsatkichlari yaxshilanganligini aniqlash juda muhim. Agar yaxshilanish kuzatilmasa - jamoa orqaga qaytishi va ishning kutiladigan ko'rsatkichlariga erishish uchun nima xalaqit berayotganligini yana bir marotaba o'ylab ko'rishi lozim. Aralashuvlar ishning kutiladigan va haqiqatdagi ko'rsatkichlari orasidagi tafovutlarni keltirib chiqaruvchi haqiqiy sabablariga yo'naltirilishi muhim. Agar ishning ko'rsatkichlari yaxshilangan bo'lsa, rahbar monitoringni davom ettirishi hamda ish ko'rsatkichlarining kutiladigan darajasi saqlanayotganiga ishonch hosil qilishi muhim.

IV bo'lim - TKQKni oldini olish va unga qarshi kurashish bo'yicha olib borilayotgan ishlar monitoringi hamda ish ko 'rsatkichlarini baholash.

Siz va Sizning xodimlaringiz tomonidan amalga oshirilgan choralar hamda o'zgarishlar kutilgan natijaga olib kelganmi yoki yo'qligini bilish muhim. Boshqacha aytganda, Siz amalga oshirgan aralashuvlar ish ko'rsatkichlaridagi tafovutlar yo'qolishiga yordam berdimi va bu TKQKda ko'rsatilayotgan yordam sifatini oshirishga olib keldimi? Buni Siz tibbiy muassasangizda monitoring o'tkazish yo'li bilan bilib olishingiz mumkin. Siz tibbiy muassasaning rahbari sifatida muassasangizdagi kundalik faoliyat monitoringiga javob berasiz. Garchi aralashuvning umumiy ta'sirini baholash muhim bo'lsa-da, ko'pgina tizimlarda bu maqsad uchun tashqi boshqaruv mexanizmi mavjud. Biroq amalga oshirilayotgan aralashuvlarning ta'sir ko'rsatishi va bajarilishining doimiy monitoringi uchun bevosita muassasada ishlayotgan rahbar javob beradi. Agar Siz aralashuvlaringiz ishning haqiqatdagi ko'rsatkichlari yaxshilanishiga olib kelmayotganligini va belgilangan standartlarga yaqinlashmayotligini ko'rsangiz, Sizga siklni - ish ko'rsatkichlarining standart va haqiqatdagi ko'rsatkichlari orasidagi tafovutlarni aniqlash, asosiy sabablarni tahlil qilish, turli aralashuvlarni tanlash va bajarishni yangitdan takrorlash kerak bo'ladi. Bu ish ko'rsatkichlarini va sifatini yaxshilashning tabiiy sikli bo'lib hisoblanadi -asta-sekinlik bilan, ammo aniq ravishda amalga oshadi. Shu holatga e'tiboringizni qarating-ki, Siz ish ko'rsatkichlari va sifatini yaxshilashga

Scientific Journal Impact Factor

yo'naltirgan aralashuvlarni bajarganingizda ham jarayon to'xtab qolmaydi. Aksincha, aralashuvlarni bajarish Sizning muassasangiz ish ko'rsatkichlari qanday bo'lsa, shunday qaytariluvchi aloqaga ega bo'ladi. Bu muhim bosqich - monitoringni bajarish vositasida ro'y beradi.

Monitoring - bu juda tabiiy jarayon. Sizni uni har kuni bajarasiz. Masalan, agar Siz vaqtingiz tejalishi mumkinligini hisoblab, ishga boshqa yo'l bilan kelishga harakat qilsangiz - Siz, ehtimoldan, yo'lingizni o'zgartirishingizdan oldin va keyin ishga ketish uchun ketgan vaqtingizni hisoblaysiz. Agar Siz yangi yo'l kam vaqtni egallayotganini ko'rsangiz, Siz ehtimol, bu yo'ldan eski yo'l o'rnida foydalanasiz. Agar Siz bosib o'tiladigan yo'l Sizning ishga borish uchun ketadigan vaqtingizga ta'sir etishining o'lchovini olib bormaganingizda, Siz bunday yo'lni o'zgartirish haqida o'ylab ham ko'rmas edingiz.

Monitoring - bu quyidagilarni amalga oshirish maqsadida tashkilot, xodim yoki muayyan aralashuv ish ko'rsatkichlarini o'lchash uchun baholash usullarini qo'llashdir:

• rejaga asosan ishlayotgan hamda oraliq tuzatishlar talab etiladigan jihatlarni belgilash vositasida yaxshilash yoki o'zgartirishini amalga oshirish

• ish ko'rsatkichlarining belgilangan standartlar yo'nalishiga qarab oldinga siljishini kuzatish.

Oddiy so'z bilan aytganda, monitoring - bu Siz erishmoqchi bo'lgan o'zgarishlar amalga oshganligini aniqlashtirish jarayonidir.

Bu qanday amalga oshadi? Birinchidan, Siz qanday o'zgarishlarga erishmoqchi ekanligingizni bilishingiz lozim. Siz buni tibbiy muassasangiz uchun standartlarni belgilagan vaqtingizda aniqlagan edingiz. Shuningdek, klinik uslublar va qo'llab-quvvatlash tizimi uchun muayyan standartlarni belgilab, Siz odamlarga nima ish qilishi lozimligini va buni qanday amalga oshirishi kerakligini tavsiflab o'tgansiz. Bu vaqtga kelib, Siz jamoadan qanday muvaffaqiyatlarni kutayotganligingizni bilasiz.

Monitoringning ikkinchi qismi kutilgan natijalar sodir bo'layotganligini aniqlashtirish hisoblanadi [9]. Sizda buning uchun vositalar mavjud. Siz tibbiy muassasangizda ishlar qanday ketayotganligini, olg'a siljishlar bor-yo'qligini, o'zgarishlar ro'y berayotganligini va bu o'zgarishlar yaxshi tomonga bo'layaptimi -yo'qmi ekanligini ko'rish uchun bir yoki ko'pgina baholash usullaridan foydalanishingiz mumkin. Quyida ish ko'rsatkichlarini uzluksiz baholashning yettita usullar sharhi keltirilgan:

• Rahbarni baholash

• O'z-o'ziga baho berish

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 10

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

• Ba'zi xodimlarni boshqa xodimlar tomonidan bholanishini amalga oshirish

• Bemorlarning fikrini bilish

• Hududiy jamiyat fikrini so'rab chiqish

• Yozuv va hisobotlarni tekshirish

• "Namuna" bilan taqqoslash (Sizning tibbiy muassasangizdagi xizmatlarni boshqa muassasa xizmatlari bilan solishtirish)

Jamoa bilan ishlab, dastlabki bosqichda, boshidan boshlab, ya'ni tafovutlar aniqlanadigan va aralashuvlar tanlanadigan vaqtda Siz o'zingizning monitoring rejangizni tuzib chiqishingiz lozim. Keyin Siz tibbiy muassasangizda ish ko'rsatkichlarining monitoringini doimiy asosda uzluksiz ravishda o'tkazish uchun baholash usullarining ma'lum bir birikmasidan foydalanishingiz lozim. Shuni tushunish muhimki, monitoring doimiy jarayon bo'lib hisoblanadi. Ish ko'rsatkichlari va sifatini yaxshilash jarayonining diagrammasi shuni ko'rsatadiki, monitoring va baholash bu jarayonning bir necha bosqichlarida qayta birlashadi. Bu shu holat bilan bog'liqki, o'zgarishlar Siz jamoa bilan birgalikda yaxshilanishlarni amalga oshira boshlaganingiz hamono sodir bo'lishi mumkin. Siz bu o'zgarishlarni butun jarayon mobaynida ta'sir etishini monitoring qilishingiz lozim. Siz ish ko'rsatkichlarida biror-bir o'zgarishlar sodir bo'layotganligini ko'rish uchun ish yakunini kuta olmaysiz. Hattoki, muammolarning kuchli tomonlari va asosiy sabablarini aniqlash uchun jamoa bilan ishlash ish ko'rsatkichlariga ijobiy va salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Mana shuning uchun Siz yuqorida sanab o'tilgan usullarning birikmasidan foydalanib, baholashning uzluksiz jarayonini tashkil etishingiz lozim. Agar Siz tibbiy muassasangizda ish ko'rsatkichlari va sifatini uzluksiz ravishda baholamasangiz, Siz hech qachon vaziyat yaxshilanayaptimi-yo'qmi va uni yaxshilanishiga nima ta'sir ko'rsatayotganligini bilolmaysiz.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Sizning jamoangiz tomonidan tuzilgan harakatlar rejasi Siz o'tkazayotgan aniq bir choralar monitoringining amaliy vositasi bo'lishi mumkin. Harakatlar rejasida "natijalar va ularni qanday o'lchash mumkin" deb nomlangan ustuncha mavjud bo'lib, u Sizning harakatlaringiz haqiqiy natijalarga olib kelayotganligini bilish zaruriyati haqida eslatma bo'lib hisoblanadi. Bu yerda biz U.Cherchilning "Agar Siz yaxshi reja tuza olmasangiz, demak, Siz muvaffaqiyatsizlikni rejalashtiribsiz" degan so'zlarini keltirishni o'rinli deb hisoblaymiz.

Baholash. Baholash o'tkazilgan aralashuvlar qanday darajada holatlar tartibini

o'zgartirganligini o'lchash bilan shug'ullanadi. Odatda bu tashqi jarayon bo'lib

hisoblanadi, ya'ni ko'rsatilayotgan xizmatlar mazkur tibbiy muassasada

177

Scientific Journal Impact Factor

ishlamaydigan kishilar tomonidan baholanadi. O'zgarishlarga olib keluvchi omillar ko'p bo'lganligi sababli bahoning o'zi ma'lum bir aralashuv holatlar tartibi o'zgarishiga qanday darajada ta'sir etganligini ko'rsatishga mo'ljallangan. Shuni yodda saqlash lozimki, odatda baholash:

• rasmiy jarayon bo'lib hisoblanadi,

• ob'ektiv yondashuvga ega bo'lgan shaxs yoki shaxslar guruhi tomonidan amalga oshiriladi va mazkur dasturga nisbatan tashqaridagi shaxslar bo'lib hisoblanadi,

• ko'p zahiralarni talab etadi,

• o'tkazilgan aralashuvlar tufayli holatlarning tartibi qanday darajada o'zgarganligini ko'rsatish uchun amalga oshiriladi.

REFERENCES

1. Национальные стандарты повышения качества перинатальной помощи в системе здравоохранения Республики Узбекистан. Ташкент, 2017 г.

2. Сборник клинических протоколов по акушерству. Ташкент, 2019.

3. Лузанова, И. -Медико юридические конфликты как индикатор качества медицинской услуги / И.М. Лузанова // Правовие вопросы в здравоохранении -2012. - № 1. - С. 48-54.

4. Ромодановский П.О. Изучениенеблагоприятные условия в акушерскогинекологической практике / П.О. Ромодановский, Е. Баринов // Медицинское управление. - 2012. - № 6. - С. 44-49.

5. Bossemeyer .D. 2000. Steps to Develop Standards. PROQUALI PowerPoint presentation. JHPIEGO Corporation: Baltimore, Maryland.

6. Malianga L, E Sarriot and P Tavrow. 2000. On the Trail of Quality Supervision: New Markers and Tools. Presentation by the Quality Assurance Project

7. World Health Organization. World Health Organization multicountry survey on maternal and newborn health. Geneva: WHO; 2012

8. World Health Organization. WHO Handbook for guideline development. Geneva: WHO; 2012. Available from:

http://apps.who.int/iris/bitstream/10665/75146/1/9789241548441_eng.pdf

9. World Health Organization. Evaluating the quality of care for severe pregnancy complications: the WHO near-miss approach for maternal health. Geneva: WHO; 2011. Available from:

http://whqlibdoc.who.int/publications/2011/9789241502221_eng.pdf

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.