Научная статья на тему 'AXBOROT VA PSIXOLOGIK XURUJLARDAN HIMOYA QILISH TEXNOLOGIYALARINI TIZIMLI TAKOMILLASHTIRISH'

AXBOROT VA PSIXOLOGIK XURUJLARDAN HIMOYA QILISH TEXNOLOGIYALARINI TIZIMLI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
944
96
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xuruj / axborot / immunitet / internet / mafkura. / attack / information / immunity / internet / ideology.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — M. Yusupov, I. Mamajonov

Ushbu maqolada bugungi globallashuv sharoitida yoshlarni axborot psixologik va mafkuraviy xurujlarga qarshi immunitetni shakllantirishning muhim jihatlari, xususiyatlari va omillari hamda bu jarayondagi ta’lim-tarbiyaning o`rni yoritilib keltirilgan. Zamonaviy axborot va psixologik xurujlarning yangi shakillari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SYSTEMATIC IMPROVEMENT OF TECHNOLOGIES FOR PROTECTION AGAINST INFORMATION AND PSYCHOLOGICAL ATTACKS

This article highlights the important aspects, features and factors of forming immunity of young people against informational, psychological and ideological attacks in the conditions of today's globalization, as well as the role of education in this process. New forms of modern information and psychological attacks are emphasized

Текст научной работы на тему «AXBOROT VA PSIXOLOGIK XURUJLARDAN HIMOYA QILISH TEXNOLOGIYALARINI TIZIMLI TAKOMILLASHTIRISH»

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

AXBOROT VA PSIXOLOGIK XURUJLARDAN HIMOYA QILISH TEXNOLOGIYALARINI TIZIMLI TAKOMILLASHTIRISH Yusupov Murodjon Muxtorjonovich

Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi Harbiy xavfsizlik va davlat mudofaasi

fakulteti 1-bosqich tinglovchisi Mamajonov Ibrohim Olimjopn o'g'li Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi Umumqoshin fakulteti 4-bosqich

kursanti

https://doi.org/10.5281/zenodo.6901910

Annotatsiya. Ushbu maqolada bugungi globallashuv sharoitida yoshlarni axborot psixologik va mafkuraviy xurujlarga qarshi immunitetni shakllantirishning muhim jihatlari, xususiyatlari va omillari hamda bu jarayondagi ta'lim-tarbiyaning orni yoritilib keltirilgan. Zamonaviy axborot va psixologik xurujlarning yangi shakillari yoritilgan.

Kalit so^zlar: xuruj, axborot, immunitet, internet, mafkura.

СИСТЕМАТИЧЕСКОЕ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ТЕХНОЛОГИЙ ЗАЩИТЫ ОТ ИНФОРМАЦИОННО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИХ АТАК

Аннотация. В данной статье освещаются важные аспекты, особенности и факторы формирования иммунитета молодежи к информационно-психологическим и идеологическим атакам в условиях современной глобализации, а также роль образования в этом процессе. Выделены новые формы современных информационно-психологических атак.

Ключевые слова: атака, информация, иммунитет, интернет, идеология. SYSTEMATIC IMPROVEMENT OF TECHNOLOGIES FOR PROTECTION AGAINST INFORMATION AND PSYCHOLOGICAL ATTACKS

Abstract. This article highlights the important aspects, features and factors of forming immunity of young people against informational, psychological and ideological attacks in the conditions of today's globalization, as well as the role of education in this process. New forms of modern information and psychological attacks are emphasized.

Keywords: attack, information, immunity, internet, ideology.

KIRISH

Hozirgi kunda kelib jahon taraqqiyotining yangi bosqichida insoniyat yangidan yangi zamonaviy, goyat murakkab bo'lgan va ziddiyatli jarayonlarning guvohi bolmoqda. Buning natijasida esa dunyo tarqqiyotiga to'siq bo'lish, rivojlanayotgan davlatlarning demokratik rivojlanishini izdan chiqarish, insoniyat va halqlar ortasida ziddiyatlarni kuchayishiga olib kelmoqda. Oilalarning birligiga rahna solish bilan ularga ma'naviy tahdidlarning kuchayib borishi ko'paymoqda. Bugun butun insoniyatga tahdid solayotgan xalqaro terrorizm va ekstremizm dunyo tsvilizatsiyasining, davlatlararo integratsiyaning asosiy dushmaniga aylanib bormoqda desak adashmagan bo lamiz. O'z navbatida u tobora kengayib, jahondagi ko plab mamlakatlarga o zining salbiy ta sirlarini ko rsatib kelmoqda. Islom Karimov o zizning "Xavfsizlik va barqarorlik taraqqiyoti yo'lida" kitobida ta'kidlaganidek, "bu ofat qachon, qaysi tomondan, qanday hujum qilishini hech kim bilmaydi" deb takidlagan edilar. Zero "inson qalbi va ongini egallash uchun kurash xilma-xil g'oyalar bilan qurollangan, turli manbalardan

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

oziqlanadigan mafkuralarning asosiy maqsadlariga aylanmoqda" deb ta'kidlangani ham shuni taqazo etadi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Hozirda axborot tarqatish jarayoni butun insoniyatni qamrab olmoqda. XX asrning so'ngi yillariga kelib xalqaro miqyosda kompyutaer tarmog'i - internet tizimining vujudga kelishi va shu bilan birga butun dunyoni qamrab olishi, axborot almashinuvi jarayonlarining tezlashib borishi bir tarafdan biz uchun katta qulayliklar tug'dirsa ikkinchi tarafdan esa misli ko'rilmagan g'oyaviy ta'sir o'tkazish ko'lamining kengayib borishi bo'lib qolmoqda.

Internet insoniyatning muhim bir yutuqlaridan bo'lib, axborot va kommunikatsiya jarayonlarini ham misli ko'rilmagan darajada tezlashtirdi. Isnsonlar uchun qulayliklar yaratdi. Misol tariqasida, AQSH va Yevropada internet tarmog'i orqali amalga oshiriladigan bozor munosabatlari, amalga oshirilayotgan savdo-sotiq aylanmasining umumiy hajmi 5 trilliondan dollordan oshib ketgani buning yaqqol isbotidir. Bunga ko'ra esa 2002 yilda ishlatilgan dollorning yarmi internet tarmog'i orqali ishlatilgan.

TADQIQOT NATIJALARI

IDS taxlilchilarining ma'lumotiga ko'ra, hozirda yer yuzining to'rtdan bir qismidan iborat 1.4 milliard kishi internet tarmog'idan muntazam ravishda foydalanadi. Hamda yaqin 8 yillikda bu ko'rsatkich 2 milliarddan oshib ketishi kutilmoqda. Hozirgi kunga kelib internet tarmog'idan foydalanuvchi insonlarning 90 foizi rivojlangan davlatlarga to'g'ri keladi. Dunyoning qolgan aholisi esa shu kichik doiraning mafkuraviy tasirida hayot kechirishadi.

Hozirda eng qulay va tez kuchli mafkuraviy ta'sir ko'rsatish vositasi bo'lgan internet tizimi ota jiddiy muommolarni keltirib chiqarmoqda. Bu tizim bo'yicha qo'poruvchilik, g'oyalarini "eksport" qilish, odamlar ongini zaxarlash maqsadida foydalanish esa mafkuraviy kurashni yanada keskinlashtirib kelmoqda. Odamlarni elektron xurujlar kiberterrorizm qarshisida chorasiz qilib qo'yadi.

Yirik terrorchi guruhlarning internet tizimida olib borayotgan qo'poruvchilik harakatlari insoniyatni juda ko'p tashvishlarga solib qo'ymoqda. Chunki cheksiz, bepayon internetning olamida ularning bu harakatlarini toppish va ularning ildizini toppish o'ta mushkul ishdir. Shu tariqa axborot yovuz kuchlar - uyushgan jinoyatchilik, jahon terrorizmi qo'lida havfli bo'lgan qurollarga aylanmoqda. Malumotlarga qaraganda axborot taxdidini uyushtirish ustida 120 ga yaqin davlat "hamjihatlilik" bilan ish olib bormoqdalar. Bundan kelib chiqadiki yagona axborot makonini yaratish va undan axborot taxdidi yo'lida foydalanish shu darajaga yetdiki, axborot maydonidagi yuz berayotgan xurujlar yadro poligonlaridan ko'ra, xavfliroq bo'lib qolmoqda. Hozirgi kunga kelib 20 dan ziyod davlatlarda yadro qurolini ishlab chiqarish borasida sa'y-xarakatlar davom etayotgan pallada, axborot taxdidi bilan 120 dan ziyod davlatlarning jiddiy shug'ullanishi dunyoni yadro urushidan ko'ra axborot xuruji talvasaga solayotganidan dalolat beradi.

MUHOKAMA

Ayni vaqda kelib axborot xurujining yana bir yangi ko'rinishi odob-ahloq vas harm-hayo kabi qadryatlarga tajovuz kabi qaratilgan jarayonlarda namoyon bo'lib kelmoqda.

Mafkuraviy jarayonlarning globallashib borishida madaniy omilning ham o'rni bor. Ayniqsa, xalqlar o'rtasida madaniy hamkorlik va ayirboshlashlar jarayonida bir milliy madaniyatdagi ba'zi yo'nalishlar boshqa xalqlarning madaniy hayotga ham singib boradi. Bu hol

UIF-2022: 8.2 ISSN: 2181-333

globallashuvning korinishlaridan biri bo'lib, mafkuraviy hayotning ozgarib borishiga ta'sir korsatishi mumkin.

Ayni vaqtda "G'arb madaniyati" ga xos ayrim unsurlarni xalqimiz turmush tarziga kirib kelishi mafkuraviv tarbiyaviy ishlarimizga salbiy tasir qilishi ehtimoli ham juda kattadir. Ayniqsa, giyohvandlik, zo'ravonlik, jangarilik, tajovuz va boshqa gayri ahloqiy unsurlarning ommaviy axborot vositalari., kitoblar, rok-musiqa, internet orqali zimdan targ'ib etilishi milliy qadryatlarga putur yetkazishi mumkin. Bundan xulosa shuki, globallshuv hodisalarini chuqur o'rganish, undan foydalanish yo'l-yo'riqlari va texnologiyasini ishlab chiqarish bugungi kunda muhim vazifa ekanligini korsatmoqda.

Bugun yoshlarimizni mafkuraviy immunitetini kuchaytirish va bizga yot tushunchalar shu kabi qarashlarga nisbatan faol qarshi munosabatlarni shakillantirish tobora dolzarb ahamyat kasb etib qolmoqda. Yosh avlodni milliy mafkuramiz yo'lida tarbiya qilish, ularni sof insoniy munosabatlar va xis-tuyg'ular asosida ulg'aytirish, har bir o'smirlarning eng nozik ichki kechinmalariga tasir etish yo'li orqali va xissiyotlariga ta'sir etadigan g'oya darajasiga kotarib bunday buzg'unchi g'oyalar ta'siriga qarshi tura oladigan kelajak avlodni tarbiya etamiz. Shu orqali johil aqidaoarastlikning da'vati ham, axloqni rad etadigan, biz uchun mutlaqo begona g'oyalar ham oz ta'sirini otkaza olmaydi.

REFERENCES

1. Islom Karimov. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo'lida. Toshkent.: "O'zbekiston", 1998, -

2. Р. Энтони. А. Эллиот. Эпоха пропаганды: Механизмы убеждения, повседневное использование и злоупотребление. М.: Эврика, 2001 й.

3. Islom Karimov. "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch", Toshkent: "Manaviyat" 2013-yil.

4. http:// net.compulenta.ra

5. M. Quronov. - yovvoyilik falsafasi // "Xalq so'zi" - T.: 2006-yil.

6. "Islom va Aqidaparast oqimlar" Aydarbek Tolipov "Sharq".

7. http//: net.compulenta.ru

XULOSA

429 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.