Научная статья на тему 'AXBOROT VA KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALAR VOSITASIDA TALABALARDA GEOGRAFIK KOMPETENTLIK SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH'

AXBOROT VA KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALAR VOSITASIDA TALABALARDA GEOGRAFIK KOMPETENTLIK SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
162
42
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
METOD / MUAMMO / INTERFAOL / TA'LIM / KOMPETENSIYA

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Tojiboyeva M.

Maqolada geografiya ta’limida kompetentlik sifatlari, innovatsion texnologiyalarning qo’llanilishi va geografiya fanining bugungi kundagi vazifalari haqida fikrlar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT OF GEOGRAPHICAL COMPETENCE AT STUDENTS THROUGH INFORMATION AND COMMUNICATION TECHNOLOGIES

The article examines the quality of competence in teaching geography, the use of innovative technologies and topical problems of geography.

Текст научной работы на тему «AXBOROT VA KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALAR VOSITASIDA TALABALARDA GEOGRAFIK KOMPETENTLIK SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH»

Tojiboyeva M. o 'qituvchisi Qo 'qon davlat pedagogika instituti

AXBOROT VA KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALAR VOSITASIDA TALABALARDA GEOGRAFIK KOMPETENTLIK SIFATLARINI RIVOJLANTIRISH

Annotatsiya: Maqolada geografiya ta 'limida kompetentlik sifatlari, innovatsion texnologiyalarning qo'llanilishi va geografiya fanining bugungi kundagi vazifalari haqida fkrlar bayon etilgan.

Kalit so 'zlar: metod, muammo, interfaol, ta 'lim, kompetensiya.

Tojiboyeva M. teacher

Kokand State Pedagogical Institute

DEVELOPMENT OF GEOGRAPHICAL COMPETENCE AT STUDENTS THROUGH INFORMATION AND COMMUNICATION

TECHNOLOGIES

Abstract: The article examines the quality of competence in teaching geography, the use of innovative technologies and topical problems of geography.

Keywords: method, problem, interactive, training, competence.

Mamlakatimizning ta'lim sohasidagi innovatsion islohotlari tizimida bo'lajak pedagog shaxsini shakllantirishning asosi bo'lgan kasbiy tayyorgarlik sifatini oshirish muammosi alohida o'rin tutadi. Bugungi kunda ta'lim sifatini oshirish o'quvchilarning mustaqil ijodiy tafakkurini o'stirish, pedagogik jarayonda innovatsion texnologiyalardan keng va samarali foydalanishnigina emas, balki, mazkur jarayonni rejalashtiruvchisi, amalga oshiruvchisi va boshqaruvchisi bo'lgan o'qituvchining kasbiy saviyasi, kasbiy tayyorgarligini shakllantirish masalasiga chuqurroq yondashuvni talab etadi. Shu sababli ta'lim-tarbiya, malakali mutaxassislar tayyorlash, shuningdek, pedagog mutaxassislar tayyorlash tizimiga qo'yilayotgan talablarning soni har qachongidan ortib bormoqda.

Geografiya fanlar tizimida ham innovatsion texnologiyalardan foydalanib mashg'ulotlarni tashkil etish dolzarb masala bo'lib, darslarni qiziqarli o'tishi uchun juda qulay hisoblanadi. Chunki ta'lim texnologiyalarining asosiy maqsadi o'quv jarayonini faollashtirish, talabalar tomonidan o'quv materialini o'zlashtirishning yuqori darajasiga erishish va ularni mustaqil fikrlashga hamda o'z fikrini bayon etishga o'rgatishdir.

Xususan, sanoatda kutilayotgan yangi o'zgarishlar sharoitida ta'lim tizimlarida geografik bilimlar o'quvchi-yoshlarda ijodkorlik qobiliyati va mehnatsevarlik ko'nikmalarini rivojlantirish, ularda oliy ta'lim bosqichida yoki mustaqil hayotga qadam qo'yishda zarur bo'ladigan bazaviy kompetensiyalar va ilmiy dunyoqarashlarni shakllantirishda asosiy yechim bo'lib xizmat qiladi.

Geografiya ta'limini o'zlashtirgan bitiruvchilar ishlab chiqarish va ta'lim sohasining barcha tarmoqlarida ilmiy tadqiqot va tajriba konstruktorlik bazalarining yanada rivojlanishi, bir so'z bilan aytganda yuqori qiymatli raqobatbardosh geografik mahsulotlarni ishlab chiqarilishida "drayver" rolini bajaradi.

Ta'lim tizimi jarayonlari yuqori darajada rivojlangan Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, AQSH, Rossiya, Isroil, Yaponiya, Xitoy Xalq Respublikasi va boshqa rivojlangan davlatlar ta'lim tizimida ham geografiya ta'limi ishlab chiqarishning asosiy bo'g'ini hisoblanib, jahon mehnat bozoriga malakali mutaxassislar tayyorlashning muhim bosqichlari va tashkil etuvchilaridan biri deb qaraladi.

Geografiyani oqitishda o'quvchilarga ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi ta'lim va tarbiya berish bilan birgalikda ularda egallagan nazariy bilimlarni amaliyotda qo'llay olish, ya'ni kompetensiyani shakllantirish maqsadga muvofiq.

Kompetensiya — mavjud bilim, ko'nikma va malakalarni kundalik faoliyatda qo'llay olish qobiliyatidir. O'zbekiston Respublikasida ta'limning uzluksizligi, uzviyligi, o'quvchi shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularning yosh xususiyatlariga mos ravishda quyidagi tayanch kompetensiyalar shakllantiriladi.

Geografiya fanini mazmunidan kelib chiqqan holda o'quvchilarda fanga oid umumiy kompetensiyalar ham shakllantiriladi:

- Tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish, aniqlash, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi;

- Geografik obyektlar, joy nomlarini to'g'ri qo'llay olish kompetensiyasi;

- Globus, geografik atlas va haritalardan amaliyotda foydalana olish

Kompetensiyasi;

- Tabiatni muhofaza qilish va ekologik madaniyat kompetensiyasi.

Geografiya ta'limi jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy

usullarni joriy etish bo'yicha quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:

- zamonaviy raqamli texnologiyalar va ta'lim texnologiyalarining mustahkam integratsiyasini ta'minlash, bu borada pedagog kadrlarning kasbiy mahoratini uzluksiz rivojlantirib borish uchun qo'shimcha sharoitlar yaratish;

- ta'lim jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida individuallashtirish;

- geografiya ta'limi bo'yicha elektron kitoblarni mobil uskunalarga yuklab va ko'chirib olish maqsadida QR-kod yordamida sinflar kesimida o'quv-metodik majmualar (darslik, ish daftari, o'qituvchi uchun metodik qo'llanma,

darsliklarning multimediali ilovasi) haqidagi axborotlarni joylashtirish tizimini yaratish;

- zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida masofaviy ta'lim dasturlarini tashkil etish;

- masofadan turib foydalanish imkonini beruvchi elektron kutubxona tizimiga geografiya ta'limi tizimi bo'yicha ishlab chiqilgan o'quv-metodik majmualarni, elektron ta'lim rusurslarini joylashtirish hamda ulardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.

Har bir pedagog o'z kasbiy faoliyatida kompyuter imkoniyatlaridan erkin va faol foydalanishni, dars jarayonida tatbiq qilishini nazarda tutadi.

Geografiya darslarida quyidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga e'tibor beriladi:

- yangi mavzuni bayon etish yoki mustahkamlash uchun slaydlar;

- yangi mavzuni bayon qilish uchun har biri 5-10 minutli bo'lgan o'quv

filmlari, videotasvirlar, multimediyalar;

- turli mashqlarni, amaliy topshiriqlarni bajarishga mo'ljallangan o'yinli multimediyalar.

Geografiya ta'limining o'ziga xosligidan kelib chiqib, ta'lim jarayonida xalqaro miqyosda keng qo'llaniladigan zamonaviy dasturiy mahsulotlardan foydalanishni rivojlantirish maqsadga muvofiq.

Geografiya fanida ta'lim texnologiyalarini qo'llashda muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni tahsil oluvchilarga yetkazib berish, ularda ma'lum faoliyat yuzasidan ko'nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, tahsil oluvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko'nikma hamda malakalar darajasini baholash geografiya o'qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta'lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi.

Hozirgi kunda ta'lim jaraènida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o'quv jarayonida qo'llashga bo'lgan qiziqish kuchayib bormoqda, bunday bo'lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda o'quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o'rgatilgan bo'lsa, zamonaviy texnologiyalarda esa, ularni egallayotgan bilimlarni o'zlari qidirib topishlariga, mustaqil o'rganib tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni o'zlari keltirib chiqarishlariga o'rgatadi. Pedagog bu jarayonga shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olish va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo'naltiruvchilik funksiyasini bajaradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Abdullaev I.X. Amaliy geografiya fanini o'qitishda innovatsion texnologiyalar. -T.:2015

2. Azizxodjaeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. - T.: Moliya, 2013. - 192 b.

3. Nazarov I.K. Geografiyaning asosiy muammolari.»Muxarrir», -T.: 2016.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.