Scientific Journal Impact Factor
О
AVTOTRANSPORT VOSITALARIGA MAVSUMIY SERVIS XIZMAT KO'RSATISH TURLARI VA ULARNING XARAKAT XAVFSIZLIGIGA
TA'SIRI
Raxmatov O'tkirjon Farxod o'g'li
JizPi, "Transport vositalari muhandisligi" kafedrasi assistenti, Sotvoldiyev Xasanboy Rasuljon o'g'li
JizPI, AvaAX yo'nalish 102M-20 guruh magistranti
ANNOTATSIYA
Maqolada avtotransport vositalariga mavsumiy xizmat ko'rsatish, kundalik xizmat ko'rsatish, birinchi texnikxizmat ko'rsatish, ikkinchi texnikxizmat ko'rsatish, va ularning avtotransport vositalarining xarakat xavfsizligiga tasiri yoritilgan.
Kalit so'zlar: Mavsumiy servis xizmat ko'rsatish, Mavsumiy ko'rikning asosiy vazifasi ,Nosoz avtomobillar, yo 'l transport hodisasi.
The article describes the seasonal maintenance of vehicles, daily maintenance, first maintenance, second maintenance, and their impact on road safety.
Keywords: Seasonal service, The main task of the seasonal inspection, Faulty cars, traffic accidents.
В статье описывается сезонное обслуживание автомобилей, ежедневное обслуживание, первое обслуживание, второе обслуживание и их влияние на безопасность дорожного движения.
Ключевые слова: Сезонное обслуживание, Основная задача сезонного осмотра, Неисправные автомобили, ДТП.
Avtomobildan tejamkor va xavfsiz foydalanish, va uni yaxshi holatida saqlab turish uchun, avtomobilga texnik xizmat ko'rsatilishi (TXK) belgilangan davriylikda bajarilishi kerak. Texnik xizmat ko'rsatishning bajarilishi servis kitobchasidagi yozuv bilan tasdiqlanadi. Uning sanasi va o'tilgan yo! texnik xizmat ko'rsatish stansiyasining muhri va imzo bilan tasdiqlanadi. Texnik xizmat ko'rsatishdan tasdiqlangan holda o'tish kafolat majburiyatlari va boshqa majburiyatlar bajarilishining majburiy sharti bo'lib, avtomobilning sotilishida hisobga olinadi, shuning uchun servis kitobchasi to'g'ri to ldirilishini nazorat qiling.
ABSTRACT
АННОТАЦИЯ
KIRISH
Scientific Journal Impact Factor
0
«Avtomobil transporti harakatdagi tarkibiga TXK va T to'g'risidagi Nizom»ga ko'ra, harakatdagi tarkibga TXK ishlari bajarilish davri va mehnat hajmiga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi:
• kundalik xizmat ko'rsatish — KXK;
• birinchi texnik xizmat ko'rsatish — 1-TXK;
• ikkinchi texnik xizmat ko'rsatish — 2-TXK;
• mavsumiy xizmat ko'rsatish — MXK.
KXK ishlari harakat xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan nazorat, tashqi ko'rinishni tegishlicha tozalash, yonilg'i quyish, moy va sovitish suyuqliklarini me'yoriga keltirish, maxsus avtomobillarning kuzovlariga sanitariya qoidalariga ko'ra ishlov berishdan iborat bo'lib, bu ishlar harakatdagi tarkib safardan qaytgach bajariladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Avtomobilning mavsumiy ko'rigi. Avtomobilning mavsumiy ko'rigining asosiy vazifasi — avtomobilni yilning sovuq yoki issiq faslidagi foydalanish sharoitlariga tayyorlashdir. Avtomobilning mavsumiy ko'rigi keskin sovuq tushishi paytlarida majburiy tartibda o'tkazilishi kerak, shinalari keskinroq ob-havo sharoitida foydalanishga yaroqli turiga almashtirilishi lozim, avtomobilning sovutish tizimini ko'zdan kechirish, hamda uning germetikligini tekshirish kerak, zarur bo'lganda sovutish tizimini almashtirish lozim. Qishga tayyorgarlik ko'rganda, ishga tushirish isitgichining holatini tekshirish, va moyni almashtirish kerak, oyna tozalagichning bakidagi suvni muzlamaydigan suyuqlikka almashtirish lozim. Har qanday avtomobilning mavsumiy ko'rigini yiliga ikki marta o'tkazish kerak.
Nazorat ko'rigi avtomobilning egasi tomonidan yo'lga tushishdan avval. Va uzoq safarlarning paytida o'tkaziladi. Uzoq safarlarning paytida, quyida ko'rsatilgan ishlarni kamida, har bir 500 km yo'l o'tilganidan keyin bajarilishi kerak:
Mavsumoy servis xizmat ko'rsatish yiliga ikki marta o'tkaziladi va yilning sovuq hamda issiq vaqtida harakatdagi tarkibni ishlatishga tayyorlash ishlaridan iborat. Bizning sharoitda Mavsumoy servis xizmat ko'rsatishni 2-TXK bilan birga o'tkazish va ishni 50 % ga oshirish tavsiya etiladi.
Qo'shimcha ravishda kundalik xizmat ko'rsatish vaqtida bollonlardagi kondensatlar to'kiladi, kuz va qish vaqtlarida nam ajratgichdagi suyuqlik sathi tekshiriladi. Mavsumiy xizmat davrida bosim sozlagichdagi filtr kerosin bilan yuviladi va mavsum kirishiga nam ajratgich tayyorlanadi (harorat +5°C dan pasayganda, nam ajratgich ushlagichini yuqori holatiga qo'yiladi)[5].
Scientific Journal Impact Factor
Gidroyuritmali tormoz tizimiga ega bo'lgan avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatishda БСК (TU -6-10-1553-75) va НЕВА (TU 6-09-550-73) turidagi hamda xorijiy firmalarda ishlab chiqarilayotgan tormoz suyuqliklari (Д О Т —2, Д О Т —3 va boshqalar) dan keng foydalanilmoqda. BSK suyuqligi kanakunjut moyi (47 %) va butil spirti (53 %) dan hamda qizil rang beruvchi organik moddadan tayyorlanadi. Uning kamchiligi 15°C dan past va 25°C dan yuqori haroratda oquvchanligini yo'qotishidadir. «НЕВА» turkumidagi tormoz suyuqliklari etilkarbitol suyuqligi asosida bo'lib, quyuqlashtiruvchi va zanglashga qarshi qo'shimchalardan tarkib topgan bo'ladi. Bu suyuqliklarni bir-biriga qo'shib ishlatish man qilinadi.
1-rasm. Kolodka va tormoz barabani orasidagi tirqishni sozlash shakli:
SERVIS XIZMAT KO'RSATISH QUYIDAGILARDAN IBORAT
I. TASHQI KO'RIK
1. Shinalardagi havoning bosimini va shinalarda shikastlanish izlarining yo'qligini tekshiring;
2. G'ildiraklarni mahkamlash boltlarining mustahkam tortilganligini tekshiring;
3. Jihozlanish va signalizatsiya asboblarining sozligini tekshiring;
4. Moy, sovituvchi suyuqlik, yonilg'i va tormoz suyuqligining oqishi izlarining yo'qligini tekshiring.
II. ICHKI KO'RIK
1. Lyuftning kattaligini va rul g'ildiragining mahkamlanishini tekshiring tekshiring;
2. To'xtatib turish tormozi dastagining yurishi kattaligini tekshiring;
Scientific Journal Impact Factor
0
3. Ovozli signal, old oynaning oyna tozalagichlari va burilish ko'rsatkichlarining sozligini tekshiring;
4. Avariyali yorug'lik signalizatsiyasining sozligini tekshiring (bunda o't oldirish qulfidagi kalit I holatida bo'lishi lozim);
5. Asboblar panelida joylashgan nazorat-o'lchov asboblarining sozligini tekshiring.
6. Bakdagi yonilg'ining sathini ko'rsatkichiga qarab tekshiring.
7. Orqa ko'rish oynalarining sozlanishini tekshiring, zarur bo'lganda sozlanishini amalga oshiring.
8. Eshik qulflarini bloklash mexanizmlarining sozligini tekshiring.
9. Ilashish muftasi pedalining erkin yurishi kattaligini, pedalning boshlang'ich holatini va ilashish muftasini boshqarish yuritgichining ishlashini tekshiring..
III. DVIGATEL BO'LIMI
1. Dvigateldagi moyning sathini tekshiring;
2. Kengaytirish bakidagi sovituvchi suyuqlikning sathini tekshiring;
3. Akkumulyator batareyasining holatini tekshiring;
4. Oyna tozalagichning bakidagi suyuqlikning sathini tekshiring;
5. Asosiy tormoz silindri va ilashish muftasining gidroyuritgichi bakidagi ish suyuqligining sathini tekshiring;
6. Rul boshqaruvi gidrokuchaytirgichining bakidagi ish suyuqligining sathini
Xulosa o'rnida avtomobillarning ta'minot yoki o't oldirish tizimi nosozligi, chiqarilayotgan chiqindi gazlar tarkibidagi zaharli gazlar miqdorini 2—7 barobar oshishiga olib keladi. Eski va nosoz avtomobillardan foydalanish, o'z navbatida ruxsat etilgan shovqin balandligini 15—20 % ga oshiradi. Va nihoyat, nosoz avtomobillar yo'l-transport hodisalari sodir bo'lishini ko'paytiradi, bu bilan insonlarga tan jarohati yetkazilib, tabiatga putur yetkaziladi. Shu nuqtai nazardan Mavsumiy texnik servis xizmat ko'rsatishga jiddiy e'tibor qaratish yo'l transport hodisalrini oldini olishda muhum o'rin tutadi.
REFERENCES
1. Hamroqulov O., Magdiyev Sh.P. Avtomobillarning texnik ekspluatatsiyasi. T., «Adolat», 2005.
tekshiring.
XULOSA
Scientific Journal Impact Factor
О
2. Адилов, О. К., Умиров, И. И., & Уразов, Б. А. (2020). МЕТОДИКА ОПРЕДЕЛЕНИЯ ДЕТАЛЕЙ, КРИТИЧЕСКИХ ПО НАДЕЖНОСТИ АВТОМОБИЛЕЙ. Academic research in educational sciences, (1).
3. Адилов, О. К., Умиров, И. И. У., & Барноев, Л. (2020). ТРАНСПОРТНИ ХДВФСИЗ БОШКАРИШ КУРСАТКИЧЛАРИНИ БАДОЛАШ. Academic research in educational sciences, (1).
4. Адилов, О. К., Джиянбаев, С. В., Каршибаев, Ш. Э., Кулмурадов, Д. И., & Самиев, Х. Х. (2015). Вторичные продукты масложирового производства. Молодой ученый, (2), 118-121.
5. Baxtiyorovich, A. I., & Ogli, R. U. F. (2021). YENGIL AVTOMOBILLARDA YOQILGI SARFINI KAMAYTIRISH USULLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(1).