UDC. 621.86.063.25
AVTOMOBILLARNI ISHLATISH JARAYONIDA MOTOR MOYINING TEXNIK HOLATINI DIAGNOSTIKALASHDA KOMPLEKS TADBIRLAR ISHLAB CHIQISH
Soataliyev Diyorbek Bahodir ogli NamMQI, Transport fakulteti talabasi, soataliYevdiYorbeki@gmail.com +99899-806-15-16
Annotatsiya. Ushbu maqolada moylash materiallarini qanday tartibda qo'llanilishi, Transport vositasiga texnik xizmat ko'rsatishda mehnat sig'imini kamaytirish, ularning xususiyatlari haqida so'z boradi.
Аннотация. В данной статье рассказывается о том, как использовать смазочные материалы, как снизить трудоемкость при обслуживании автомобиля и их особенности.
Abstract. Reducing labor capacity in vehicle maintenance. This article describes how lubricants are used and their properties.
Kalit so'zlar: Kompaundirlash, Distillyat gruppasi, Neft fraksiyalari, prisadkalar, qovushqoqlik, qovushqoqlik indeksi, quyuqlashish harorati.
Ключевые слова: Компаундирование, Дистиллятная группа, Нефтяные фракции, осадки, вязкость, индекс вязкости, температура конденсации.
Key words: Compounding, Distillate group, Oil fractions, precipitates, viscosity, viscosity index, condensation temperature.
So'nggi yillarda energiya resurslaridan foydalanganda atrof-muhitni himoyalash bo'yicha bir qator anjumanlar o'tkazildi va tegishli xujjatlar qabul qilindi. Jumladan, 1992-yilda Rio-de-Janeyroda o'tkazilgan halqaro konferensiyada "XXI asr kun tartibi" nomli Deklaratsiya qabul qilindi. 1996-yilda Yevropa ittifoqi G'arbiy va Markaziy Yevropada va butun dunyoda energiya resurslaridan foydalanish bo'yicha "Yashil xartiya" nomli xujjatni qabul qildi va 2010-yilda yangi yaratilajak energiya resurslarining ulushini 12 foizga yetkazish bo'yicha maxsus dasturni tasdiqladi. Respublikamiz mustaqillikka erishgach yonilg'i-energetika resurslarini ishlab chiqarish va ulardan oqilona foydalanishga jiddiy e'tibor qaratilmoqda.
Respublikada g'oyat muhim strategik manbalar-neft va gaz kondensati, tabiiy gaz bo'yicha 170 ta istiqbolli kon qidirib topilgan. O'zbekiston noyob yonilg'i-energetika resurslariga ega. Qidirib topilgan gaz zahiralari 2 trillion kubometrga yaqin, ko'mir 2 milliard
tonnadan ortiq, neft zahiralari 350 million tonnani tashkil etadi. Neft, gaz va gaz kondensati zahiralari o'z ehtiyojimizni to'la ta'minlabgina qolmay, shu bilan birga energiya manbalarni eksport qilish imkonini ham beradi. O'zbekistonda neft va gaz mavjud bo'lgan beshta asosiy mintaqani ajratib ko'rsatish mumkin. Bular Ustyurt, Buxoro-Xiva, Janubiy-/arbiy Hisor, Surxondaryo, Farg'ona mintaqalaridir. Neft va gaz resurslarining zahiralari bir tirillion AQSH dollaridan ziyodga baholanmoqda.
Ko'p yillik izlanishlar va tajribalar orqali o'z xossalarini uzoq vaqt ushlab turuvchi motor moylarini ishlab chiqarish texnologiyalari soni kundan-kunga ko'paymoqda. Maqolada shunday zamonaviy texnologiyalar ishlash prinspi, loyihani amalga oshirish yo'llari ochib berilgan. Dunyoda energetika resurslaridan oqilona foydalanishni ta'minlash maqsadida 1974-yilda Parij shahrida halqaro energetika agentligi (HEA) tuzilgan. Bu agentlikka 23 mamlakat (bir qator Yevropa davlatlari, AQSH va Yaponiya) a'zo bo'lib kirgan. XEA ning asosiy maqsadi dunyo energetikasida neft ulushini qisqartirishdan iborat. XEA ning asosiy vazifasi energiyadan tejamli foydalanish texnologiyalarini joriy etish va yangi muqobil energiya manbalarini yaratishdan iborat.
Motor moylarining zamonaviy tasnifi
Ichki yonuv dvigatellarini moylash uchun ishlatiladigan moylar -motor moylari deb ataladi. Ularing asosiy vazifalari dvigatel detallari orasidagi ishqalanishni va bu detallar
eyilishini kamaytirishdir. Pekin motor moylari belgilangan resurs mobaynida dvigatellar ishchanlik
qobiliyati uchun ahamiyatli bolgan yana bir qancha vazifalar bajarilishini
ta'minlashi kerak.
Vazifasi bo'yicha motor moylari:
-benzinli dvigatellar uchun moylar;
-dizellar uchun moylar;
-universal motor moylari (ikkala turdagi dvigatellami moylash uchun mo'ljallangan)ga
bo'linadi.
Hamma zamonaviy motor moylari bazaviy moylardan va ularning xossalarini yaxshilovchi prisadkalardan tarkib topadi. Ishchanligining harorat chegaralari bo'yicha motor moylarining yozgi, qishki va hamma mavsumga ajratishadi. Bazaviy moylar sifatida qovushqoqligi har xil bo'lgan distillyat komponentlardan, qoldiq va distellyat komponentlar aralashmasidan hamda sintetik mahsulotlar (poli- alfaolefinlar, alkinbenzollar, efirlar)dan foydalanishadi. Hamma mavsumbop moylaming ko'p turlarini kam qovushqoqli asosni makropolimer prisadkalar bilan quyuqlashtirish yo'li bilan olishadi.
Ishlash sharoiti va vazifasi Porshen ustida alanga to'lqini va katta bosim ostida esa - atmosfera bosimi bo'ladi.
Ularni bir-biridan moy plyonkasi ajratib turadi bu moy plyonkasiga yuqori haroratgacha (400°C va yuqori) qizigan, agressiv, siqilgan gaz ta'sir qiladi. Porshen chekka holatda to'xtaganda va shatunning har bir burilishida bu plyonka buziladi va o'sha zahoti o'zining ko'p qirrali vazifasini bajarish ishqalanish va yeyilishni kamaytirish, ishqalanish jarayonida va yonish tufayli qiziyotgan dvigatel detallarini effektiv sovitish, agressiv gazlarning ta'sirini neytrallash va to'siq hosil qilish uchun qayta tiklanadi.
Motor moylarining asosiy vazifasi ishqalanishni va dvigatel detallar yeyilishini kamaytirishdir.
Bundan tashqari zamonaviy motor moylari:
past haroratlarda yaxshi oquvchanlikka ega bo'lishi;
moy oquvchanligining harorat o'zgarishiga kam bog'liqligi;
-silindr-porshen guruhi detallarida qurum hosil bo'lishining oldini olishi; dvigatel ishlayotganda kam ko'pik hosil qilishi;
- yonilg'i yonganda va oksidlanganda hosil bo'ladigan kislotalarni neytrallashi;
uzoq saqlaganda ekspluatatsion xossalarining stabilligini saqlashi (va hokazo) kerak.
Yuqorida qayd qilingan hamma xossalarga bazaviy moylarga maxsus funksional prisadkalar qo'shish yo'li bilan erishiladi.
Motor moylarining xossalari. Motor moylarini ishlatish davrida uzoq muddat samarali ishlashini ta'minlovchi xossalari quyidagilardan iborat:
1. Qovushqoqlik-harorat xossalari. Bunga qovushqoqlik, qovushqoqlik indeksi, quyuqlashish harorati kiradi;
2. Yeyilishga qarshilik qilish xossasi;
3. Oksidlanishga turg'unlik xossasi;
4. Yuvuvchi xossasi;
5. Yemirishga (korroziyaga) qarshilik xossasi.
Moylarning qovushqoqligi. Moylarning bu xossasi dvigatel detallarini ishqalanishi va yeyilishiga ta'sir ko'rsatuvchi bir necha xossalarini o'zida birlashtiradi. Moylarning qovushqoqligi, ularing asosiy moylash xossasini belgilaydi. Qovushqoqlik (ichki ishqalanish) suyuqlikning shunday xossasiki, tashqi kuchlar ta'siriga oqimni qarshilik ko'rsatishidir. Suyuqlik qatlamlarini bir-biriga aralashishiga qarshiligi molekulyar zanjir kuchini hosil qiladi. Absolyut (dinamik va kinematik) va shartli qovushqoqlik farqlanadi.
SI sistemasida dinamik qovushqoqlik, deb shunday suyuqlik qovushqoqligi qabul qilingan, bunda 1 m maydonda bir-biridan 1 mm uzoqlikdagi ikki qatlamni aralashtirishda suyuqlik 1 N kuch qarshilik ko'rsatadi, bunda qatlamlaming aralashish tezligi esa 1 m/s ga teng bo'ladi. Dinamik qovushqoqlikning o'lchov birligi qilib Pas (Paskalsekund) qabul qilingan. Kinematik qovushqoqlikning birligi qilib St (Stoks), santistoks (sSt) deb nomlanuvchi birlik qabul qilingan. o'lchov birligi sStt/s. Suvning qovushqoqligi 1 st ga teng deb qabul qilingan. Dvigatel moylarining qovushqoqligi, ularning asosiy xossasidir. Dvigatel moyining qovushqoqligi haroratga bog'liq holda o'zgaradi: harorat ortishi bilan kamayadi, harorat pastlaganda esa qovushqoqlik ortadi. Masalan, haroratni 100°C ga o'zgarishi, moyning qovushqoqligini 250 martaga o'zgarishiga olib keladi. Moyning qovushqoqligini haroratga bog'liq ravishda o'zgarishi maxsus nomogramma asosida aniqlanadi. Bosimning ortishi bilan ham moylarning qovushqoqligi ortadi. Ishqalanib ishlovchi yuzalardagi moy pardasining bosimi shu detallarga bo'lgan yuklanishdan bir necha barobar yuqori bo'lishi talab etiladi. Aks holda moy pardasi uzilib, yarim quruq ishqalanish ro'y berishi mumkin. Misol uchun, tirsakli valning o'zak bo'yni podshipniklaridagi moy pardasining bosimi 500 MPa atrofida bo'ladi.
Moylash materiallari haqida bazi tavsiyalar
- Moylash materiallarini xarid qilish yoki ishlatishdan oldin uning mavsumiyligiga etibor
bering.
- Moy va moy maxsulotlarini narxiga emas sifatiga etibor bering chunki arzon sotiladigan moylar tarkibi avtomobil uchun yetarlicha masofagacha xizmat qilish xususiyatiga ega emas.
-Dvigatel moyini belgilangan va tavsiya etilgan masofada almashtirishni unutmang o'z vaqtida almashtirilgan moy avtomobil dvigatelini ishlash qobilyatini maromida saqlashga beradi.
Bugungi kunda moylash materiallarini sifatini oshirish va bu orqali atomobilning ishlash qobilyatini oshirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Avtomobil dvigatelida kelib chiqishi mumkin bo'lgan nuqsonlardan ko'pgina qismi yemirilish va dvigatellarni ortiqcha qizib ketishi tufayli yuzaga kelayotgani sir emas. Bu kabi muammolarni oldini olish uchun moylash materiallarini to'g'ri va sifatlisini tanlash muhim ahamiyatga ega. Moylash materiallarini to'g'ri tanlahsh va yuqoridagi tavsiyalarga amal qilish orqali avtomobilingiz resursini yanada uzaytirishga erishish mumkin.
ADABIYOTLAR
1. Рахманкулов Д. Л. и др. Товароведение нефтяных продуктов. Т.1; 2; 3; 4. М.: «Интер», 2007 г.
2. Фукс И.Г. и др. «Основы химмотологии». М-, Изд. «Нефть и газ», 2004 г.
3. S Turobjonov M. SHoyusupova B.Abidov Moylar va maxsus suyuqliklar texnologiyasi.
4. Мудунов, А.С. Система моделей прогнозирования деятельности предприятий и отраслей сферы услуг: дисс. докт. экон. наук: 08.00.13 / А.С. Мудунов - М.: РГБ, 2003. -357 с.
5. Корнаи, Я. Дефицит / Я. Корнаи. - М.: Наука, 1990. 608 с
6. Варуха, П.В. Разработка методики обоснования специализации, мощности и размещения предприятий автосервиса в малых городах: дисс. ... канд. техн. наук: 05.22.10 / П.В. Варуха - М.: РГБ, 2003. - 131 с.
7. Бусленко, Н.П. Моделирование сложных систем / Н.П. Бусленко. - М.: Наука, 1988. 400 с.