AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI
UDK. 629.33
AVTOMOBILLAR TORMOZLANISHI NATIJASIDA ATROF-MUHITGA CHIQADIGAN ZARRALARNING IGEO INDEKSI BO'YICHA BAHOLASH
Karimova Kamola G'ulomovna Toshkent Davlat Transport Universiteti, PhD, ORCID: 0000-0001-5035-0525, kamola.karimova1987@gmail.com
Rakhmatov Utkirjon
Jizzax politexnika instituti, magicutkir2992@gmail.com
Аnnotasiya. Maqolada avtomobillar tormozlanishi natijasida tormoz ustquymalari va shinalar yeyilishidan atrof-muhitga chiqadigan zarralarning miqdorini aniqlashda respublika va xorijiy tadqiqotlar natijalari keltirilgan. Avtomobillar tormozlanishi natijasida tormoz ustquymalari va shinalar yeyilishidan atrof-muhitga chiqadigan zarralarning miqdori nazariy hisoblari Jizzax viloyati misolida amalga oshirilgan. Avtomobillar tormozlanishi natijasida chorrahalarda avtomobil tormoz ustquymalari va shinalar yeyilishi natijasida atrof-muhitga chiqadigan zarralar taqsimlanishining Igeo indeksi bo'yicha aniqlash orqali ularni kamaytirish choralari ishlab chiqilgan.
Аннотация. В статье представлены результаты республиканских и зарубежных исследований по определению количества частиц, выбрасываемых в окружающую среду из тормозных накладок и износа шин в результате торможения автомобиля. На примере Джизакской области проведены теоретические расчеты количества частиц, выбрасываемых в окружающую среду из тормозных накладок и износа шин в результате торможения автомобиля. В результате торможения автомобиля разработаны мероприятия по их снижению путем определения распределения частиц, выбрасываемых в окружающую среду в результате износа тормозных накладок и шин автомобилей на перекрестках по индексу Igeo.
Annotation. The article presents the results of republican and foreign research on determining the amount of particles released into the environment from brake linings and tire wear as a result of car braking. Theoretical calculations of the amount of particles released into the environment from brake linings and tire wear as a result of car braking were carried out on the example of Jizzakh region. As a result of vehicle braking, measures to reduce them have been developed by determining the distribution of particles released into the environment as a result of car brake linings and tire wear at intersections according to the Igeo index.
Kalit so'zlar: avtomobil, tormoz ustquymalari, shinalar, atmosfera, IGEO indeksi, PM10,
PM2,5.
Ключевые слова: автомобиль, тормозные колодки, шины, атмосфера, индекс IGEO, PM10, PM2,5.
Keywords: automobile, brake pads, tires, atmosphere, IGEO index, PM10, PM2,5.
Kirish
Avtomobillar tormozlanishi natijasida atrof-mihutgi chiqadigan qattiq zararli zarralarbilan bog'liq eng muhim manbalari tormoz ustquymalari va shinalar yeyilishidan hosil bo'ladigan zarralar hisoblanadi. Avtomobillar tormozlanishi natijasida hosil bo'lgan zarralar atrof-muhitga tarqaladi. Avtomobillar tormozlanishi natijasida hosil bo'ladigan zarralarning 5070% atmosfera havosi tarkibiga aylanadi. Avtomobillar tormozlanishi jarayonida g'ildirakdan dastlab kattaroq zarrachalar (PM10 mikrometrdan kam), undan keyin kichikroq havo zarralari (PM2,5 1 mikrometrdan kam) chiqariladi [1]. Hozirgi kunda avtomobillar harakatlanish natijasida hosil bo'ladigan zarralarning ekologiyaga ta'sirini kamaytirish dolzarb muammoga aylanib
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 4-son, 2024
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI
bormoqda.
Dunyoda avtomobillar tormozlanishi natijasida hosil bo'ladigan zarralarning ekologiyaga salbiy ta'sirini kamaytirish bo'yicha BMTning 49 va 83-sonli xalqaro qoidalari talablariga muvofiq, avtomobillar harakatlanishi natijasida hosil bo'ladigan chiqindi gazlar, zarralar miqdorini cheklash bo'yicha ko'rilgan qonunchilik choralariga qaramay so'nggi 50 yil ichida yirik shaharlardagi mavjud avtomobillar parki ekologiyaga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Jahonda so'nggi yillarda avtomobillarning harakatlanishi natijasida dvigateldan chiqadigan chiqindi gazlar tarkibini me'yorlamoqda, ammo Yevropa standartlari tormoz ustquymalari va shinalar yeyilishi natijasida hosil bo'ladigan zarralarini o'z ichiga olmaydi. Biroq 2023-yilga kelib Yevro 7 standartlaridan boshlab tormoz ustquymalari va shinalar yeyilishi natijasida hosil bo'ladigan zarralarini atrof-muhitga zararli ta'sirini kamaytirish bo'yicha standartlarni ishlab chiqish rejalashtirilgan.
Respublikamizda atmosferaga jami zararli tashlamalarning 58 foizi (1,4 mln tonna) avtomobillar ulushiga to'g'ri keladi. 2024-yil yanvar oyida IQAir reytingida dunyoda Respublikamiz havoning iflosligi bo'yicha poytaxt havosi mana shu ifloslanish bo'yicha yirik dunyo shaharlari orasida 10 talikda turibdi. Poytaxt havosi tarkibida mayda PM2.5 dispers zarrachalari bilan bog'liq xavf yuqoriligicha qolmoqda. 2024-yil yanvar oyidan buyon aynan mana shu mayda ko'zga ko'rinmas zarracha poytaxt havosi tarkibida jahon stadartlarining ruxsat etilgan me'yoridan (REM) ancha yuqori "qizil" xavfda saqlanmoqda. O'zgidrometga kuzatuvlariga ko'ra [2], poytaxtda havo tarkibidagi aynan PM2.5 mayda zarrachasi jahon standart me'yoridan (REM) 23,8 marta yuqori ekanligi kuzatilgan.
1-rasm. Xalqaro "Havo sifati indeksi" sayti bo'yicha mintaqada havoning ifloslanish
darajasi.(11.01.2024) [3]
Ma'lumot uchun PM2.5 mayda zarrachasi soch tolasidan 40 barobar mayda ko'zga ko'rinmas zarracha bo'lib, uning muntazam havo tarkibida yuqori darajada qolishi inson salomatligi, o'pka to'qimalari orqali qonga o'tish xususiyatidan kelib chiqib paydo bo'ladigan kasalliklar, nafas yo'llari, allergiya, ko'z shilliq pardasi zararlanishi, teri kasalliklari, hatto saraton kasalligini ham chaqirishi mumkin. Bunga asosiy sabab respublikamiz yirik shaharlarida avtomobil sonining ko'pligi hisoblanadi.
O'zbekiston shaharlarida 2024-yil 17-yanvar holatiga havo ifloslanishini avtomatik nazorat qiluvchi stansiyalardan olingan ma'lumotlar 1-jadvalda keltirilgan [4].
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 4-son, 2024
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI
1-jadval
O'zbekiston shaharlarida 2024-yil 17-yanvar holatiga havo ifloslanishini avtomatik nazorat qiluvchi stansiyalardan olingan atmosfera havosi sifati to'g'risida BYuLLETEN
№ Shaharlar Ifloslantiruvchi moddalar konsentratsiyasi mg/m3)
Uglerod oksidi Azot dioksidi Azot oksidi Oltingugurt dioksid Ammiak Ozon PM10 (mkg/ m3) PM 2,5 (mkg /m3)
1 Toshkent 1,085 - - 0,011 - 0,005 9,9 52,3
2 Guliston 0,43 - 0,005 0,021 0,005 - - -
3 Nukus 0,194 0,006 0,003 0,005 - 0,015 23,5 5,2
4 Urganch 0,355 0,002 0,002 0,004 0,003 0,016 7,5 3,8
5 Termiz 0,443 0,003 0,01 0,008 0,014 0,004 374,7 80,7
6 Jizzax 0,4 0,012 0,003 0,01 0,001 0,004 92,4 54,9
REM o.s. 4 0,06 0,25 0,2 0,12 0,1 300 -
O'zgidromet 6 ta shaharga o'rnatilgan avtomat stasionar post ma'lumotlariga asoslanib, 17 yanvar holatiga respublikaning 6 ta shahar atmosfera havosi sifati to'g'risidagi byulletenni taqdim etdi. Poytaxt havosi tarkibida mayda PM-2.5 dispers zarrachalar miqdori Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkiloti tavsiyalaridan 23,8 barobarga ortgan (https://t.me/uzgydromet/12061). Termiz va Jizzax havosi tarkibida mayda PM-2.5 dispers zarrachalar miqdori Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkiloti tavsiyalaridan yuqori darajada ifloslangan. Atmosfera havosining avtomobil bilan bog'liq asosiy ifloslantiruvchilari quyidagilar hisoblanadi.
Statsionar kuzatuv punktlarida o'lchanadigan asosiy ifloslantiruvchilar: azot oksidi (NO), azot dioksidi (NO2), oltingugurt dioksidi (SO2), uglerod oksidi (SO), muallaq zarrachalar (chang), shuningdek ammiak (NH3) va ozon (O3).
Muallaq zarrachalar (chang) - atmosfera havosining keng tarqalgan ifloslantiruvchisi, muallaq holatdagi qattiq va suyuq zarrachalar aralashmasidan iborat. Muallaq zarrachalar PM10 va PM2,5 mayda dispers zarrachalarni o'z ichiga oladi.
PM10 va PM2,5 maydadispers zarrachalar - kattaligi 10 mkm dan kichik - PM10 va 2,5 mkm dan kichik - PM2,5 havoda muallaq turgan, qurilish, ishlab chiqarish (ayniqsa sement, sopol, g'isht va bosh.), yo'l qoplami eroziyasi hamda tormoz kolodkalari va shinalari yemirilishi, qattiq yog'ilg'i turlarini yoqishdan hosil bo'lgan qattiq mikrozarrachalardir.
Yirik shaharda PM2,5 havoda har doim bo'ladi va inson har qanday holatda ham u bilan nafas oladi. Agar kundan kunga inson organizmiga bu zarrachalar ko'p miqdorda tushib, chiqishga ulgurmasa, ular organizmda to'planadi. PM2,5 ning asosiy xavfi uning kontsentratsiyasi keskin o'zgarishida emas, balki bu zarrachalarning organizmga surunkali ta'sir etishidadir. PM2,5 bilan «zaharlanish» alomatlari yaqqol namoyon bo'lmaydi. Bir kunda shaharda yashovchi o'rtacha statistik odam 200 milliard PM2,5 zarralarini yutadi. Ularning yarmi o'pkada o'tirib qoladi. Bir martalik bunday doza jiddiy oqibatlarga olib kelmaydi. Biroq vaqt o'tishi bilan organizmdagi PM2,5 miqdori kritik darajadan oshadi va bu respirator va yurak-qon tomir kasalliklarining o'sishi, masalan ziqnafasda holatning yomonlashishi, nafas yo'llari kasalliklari, yurak-qon tomir, respirator hamda saraton kasalliklari oqibatida o'limning ortishiga olib keladi
[4].
Avtomobillar harakatlanish natijasida to'g'ridan to'g'ri atrof-muhitga chiqadigan zarralar tormoz ustquymalari, shinalar va yo'l sirtining eskirishi natijasida hosil bo'lgan zarralar yo'l changining asosiy manbalari hisoblanadi.
Avtomobil dvigatelidan chiqadigan zararli moddalar chiqindilarini filtrlash texnologiyalari takomillashtirilgani tufayli zaharli va zararli gazlar miqdori doimiy ravishda
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 4-son, 2024
A VTOMOBIL VA QISHLOQ XO'JALIKMASHINALARI kamayib bormoqda. Ammo qattiq zarralar ulushi avtomobillar sonini o'sishi tufayli ortib bormoqda. Yevropa atrof-muhit agentligining (EEA) so'nggi ma'lumotlariga ko'ra, avtomobil transporti harakatlanishi natijasida hosil bo'ladigan zarralar avtomobil shinalari va tormoz kolodkalari yeyilishi natijasida atrof-muhitni ifloslantirishga qo'shgan hissasi 26,7-33,9% ni tashkil etadi [10].
Avtomobillar tormozlanish jarayonida chiqadigan og'ir metallar odamlar va atrof-muhit uchun jiddiy tahdid, chunki ular ekotizimlarga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Bu esa, havo, suv va tuproqning ifloslanishiga olib keladi.
Avtomobillar tormozlanish jarayonida hosil bo'ladigan zarralar chorrahalar joylashgan qismining iqlimi, transport oqimi va meteorologik ko'rsatkichlariga bog'liq. Zarralarning bir qismi kelib chiqishi antropogen va biogen bo'lishi mumkin.
M.Gianini tomonidan olib borilgan ilmiy tadqiqot ishida yo'l changlari, asosan, tuproqdan olingan minerallardan (60%) iborat ekanligini ko'rsatdi. Tuproqdan olingan minerallarning 40-50% kvarts, qolgan miqdori albit, mikroklin, xlorit va muskovit kabi loy hosil qiluvchi minerallar tashkil etgan. O'simliklarning organik moddalari yo'l changining taxminan 2 foizini, qolgan qismini esa tormoz ustquymalari va shinalar yeyilishi natijasida hosil bo'lgan zarralar, yonish chiqindilari va asfaltdan uchuvchi kullar tashkil qilgan [11].
Yo'l qoplamasi yuzasiga yotiq chiziqlarning chizilishida qo'llaniladigan oq, sariq va qizil bo'yoqlar va panjaralarda ishlatiladigan kulrang bo'yoq va korroziyaga qarshi qoplamalar ishqalanishi tufayli qo'shimcha ifloslanishga olib kelishi mumkin. O'sib borayotgan avtomobil sanoati va yanada cheklangan ekologik talablar materialshunoslik rivojlanishidagi jadal taraqqiyotni qo'llab-quvvatladi. Har yili avtomobilsozlik bozoriga ko'plab yangi materiallar kiritiladi.
Yangi avtomobil shinasining o'rtacha massasi taxminan 8 kg ni tashkil qiladi va uning ishlash muddati davomida u 1,5 kg gacha yo'qotadi. Bu shuni anglatadiki, 3 yil ichida kauchukning 10-20% ishqalanish tufayli atrof-muhitga, atmosfera havosi tarkibiga aylanadi. Yeyilishidan hosil bo'lgan zarralar asosan tezlashish, tormozlash va burilish paytida sodir bo'ladi. Asfalt yo'l changida nikil va ruh elementining muhim manbalari hisoblanadi. J.Gadd va P.Kennedi yo'l bitumidagi Ni va Zn konsentratsiyasi xom bitumga qaraganda yuqori ekanligini aniqladilar [12]. Asfalt va beton qoplamali avtomobil yo'llari bir-biri bilan solishtirilganda, beton qoplamali avtomobil yo'llarida shinalar ishqalanishi natijasida yeyilish ko'p sodir bo'ladi.
Beton yuzalarda haydash ham ko'proq energiya sarfini talab qiladi, bu esa ko'proq yoqilg'i sarfini keltirib chiqaradi. Asfalt qoplamali yo'llarda haydashda uglevodorodlarning yuqori konsentratsiyasi va og'ir metallarning past konsentratsiyasi qayd etilgan. Yo'l changidagi og'ir metallarning konsentratsiyasi avtomobil tezligiga bog'liq. Yuqori tezliklar, shuningdek, shinalarning ko'proq yeyilishi va yoqilg'ining yonishini oshiradi. O'rtacha tezligi soatiga 80 dan 90 km gacha bo'lgan yo'llardagi changni o'rtacha tezligi 70 dan 80 km/soatgacha bo'lgan yo'llar bilan solishtirdi. Ular og'ir metallarning yuqori konsentratsiyasi yuqori o'rtacha haydash tezligiga ega bo'lgan yo'llardagi changda paydo bo'lishini aniqladilar. L.Duong ma'lumotlariga ko'ra, yo'l changidagi og'ir metallarning konsentratsiyasi aylanmalar, avtomobil yo'llari va svetoforlar kabi transport va yo'l xususiyatlariga qarab sezilarli darajada farq qiladi [2].
Avtomobillar harakatlanishi natijasida hosil bo'ladigan zarralar miqdorini o'rganish sohasi bilan bog'liq muammolardan biri bu zarralarni qat'iy tasniflari mavjud emasligi hisoblanadi, ammo umumiy foydalanish uchun ta'riflar mavjud. Zarralar atmosfera havosi tarkibiga aylanadigan qattiq yoki suyuq zarralar sifatida ta'riflangan.
Avtomobillar harakatlanishi natijasida hosil bo'ladigan yo'l changiga bir oz boshqacha ta'rif K.Kampa va K.Kastanas tomonidan berilgan, zarralar quyidagi toifalarga bo'linadi:
- mayda zarralar va yirik zarralar: diametri 1 mkm dan kichik zarralar;
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 4-son, 2024
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI
- o'ta mayda zarralar: diametri 0,1 mkm dan kichik bo'lgan zarralar [4].
Eng keng tarqalgan ta'rif Qo'shma Shtatlar atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi (2016) [5] va Yevropa komissiyasi (2016) [6] ma'lumotlariga ko'ra, quyidagi ta'riflar qo'llaniladi:
- dag'al zarralar;
- mayda zarralar.
Shulardan kelib chiqqan holda yo'l changi uchun quyidagi ta'riflarni ishlab chiqdik (2-
jadval)
2-jadval
Avtomobillar harakatlanishi natijasida hosil bo'ladigan yo'l changiga nisbatan turli xil
ta'riflar
Atamalar Ta'riflar
Chang , yo'l changi Yo'l yuzasidan to'planib qoladigan kichik o'lchamdagi zarralar
Chang miqdori Muayyan sirtda mavjud bo'lgan changning umumiy miqdori
Changni tozalash Changni ushlab qolish , qayta tiklashga olib keladigan jarayon
Chang zararli zarralari Chang to'plangan yo'l yuzasidagi havoga chang oqimi
Changlanish darajasi Mavjud bo'lgan chang miqdori tozalash
Avtomobil harakatlanishi natijasida hosil bo'ladigan zarralarni tashish jarayonlari.
Havoda zarralarni tashish turli jihatlarga bog'liq. Jumladan: zarralar xususiyatlariga, aerozolning gaz xususiyatlariga ham (bu holda havo) bog'liq. Ammo zarralar nafaqat havoda, balki boshqa muhitlarda ham tashiladi. Avtomobillar harakatlanishi natijasida shinalar va tormoz ustquymalarining yeyilishi natijasida hosil bo'ladigan zarralar geografik joylashuvga qarab farq qilishi mumkin.
Bu shahar muhitida mavjud bo'lgan mintaqaviy muhitni tashkil qiladi. Ya'na bir jihat, masalan, shamol ta'sirida zarralarni uzoq vaqt tashish mumkin.
Boshqa mamlakatlardagi og'ir sanoat majmuasidan shamol ta'sirida boshqa davlatlar hududiga o'tish holatlari mavjud. Shaharlardagi, asosan, transportdan chiqadigan chiqindilardan, ham chiqindi gazidan, balki tormoz, shinalar va yo'l qoplamalarining yeyilishi natijasida chiqadigan zarralardan iborat. Dioganal (Chiziqli) shinalar ishlatiladigan mamlakatlarda, ayniqsa, yo'l qoplamasining zarralar paydo bo'lishi yuqori ko'rsatkichga ega. Bularning barchasi birlamchi zararli moddalar, ya'ni to'g'ridan to'g'ri atmosfera havoga chiqariladigan qattiq zararli moddalar hisoblanadi. Bu zarralarga atrofdagi bir qancha jarayonlar ta'sir qiladi. 2-rasmda zarralar va yo'l changlarini tashishga ta'sir qiluvchi murakkab jarayonlar va ularning o'zaro ta'siri soddalashtirilgan tasviri tasvirlangan.
Namlik / Nam yo'l sathi
a b c
2-rasm. Shahar muhitida mavjud bo'lgan transport jarayonlarining tasviri.
a) shamol bilan bog'liq transport jarayonlari
b) issiqlik radiatsiyasi tufayli transport jarayonlari tasvirlangan.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 4-son, 2024
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI
c) yog'ingarchilik (yomg'ir va qor) bilan bog'liq bo'lgan zarralarni tashish tasvirlangan
[7].
Ob-havo sharoiti avtomobillar harakatlanishi natijasida hosil bo'ladigan zarralarga katta ta'sir ko'rsatadigan jihatlardan biridir. Shamol zarralarni uzoqlashtirishi, ularni mahalliy darajada aralashtirishi yoki shamol yo'nalishi, kuchi va hududning geometrik xususiyatlariga qarab zarralarni bir joydan boshqa joyga ko'chirishi mumkin. Shahar o'simliklari avtomobillar harakatlanishi natijasida hosil bo'ladigan zarralarning cho'kishi va tarqalishiga ta'sir qiladi. Quruq sharoitda zarralarning quruq cho'kishi turli sirtlarda sodir bo'ladi (masalan, yo'l, bino va o'simlik yuzalari va boshqalar).
Yog'ingarchilik paytida yomg'ir yoki qor zarralari yomg'ir tomchilari yoki qor parchalari ustiga yotqizilgan zarralar tufayli tuproqga singiydi. Tuproq, nam yoki ho'l zarralarni biriktiradi.
Zarralar hosil bo'lishining g'ildirakning yo'l bilan ilashish koeffitsiyentiga bog'liqligi. Butun dunyoda avtotransport vositalarining ekologik xavfsizligini ta'minlash muammosiga katta e'tibor qaratilmoqda. Shinalar sifatini tavsiflovchi asosiy ko'rsatkich ularning yo'l yuzasiga ilashishi hisoblanadi. Avtomobil g'ildiragining yo'l bilan ilashish koeffitsiyentlarining bunday yuqori qiymatlari zamonaviy avtomobilga tormozlash qobiliyatini to'liq amalga oshirishga imkonni beradi. Shinalar va tormoz kolodkalari yeyilishiga ta'sir ko'rsatuvchi asosiy ko'rsatkich hisoblanadi. Avtomobil shinalari ilashish koeffitsiyenti 0,7 dan yuqori bo'lishi ekologik xavfsizligining oshishiga olib keladi. Shunday qilib, quruq va toza yo'l sirtlarida zamonaviy shinalar ilashish koeffitsiyentlarining yuqori qiymatlarini ta'minlaydi va ularning yanada oshishi avtomobil transporti vositalarining xavfsizligiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, nam qoplamali avtomobil yo'llarida shinalarni ilashish koeffitsiyentlari 0,1 dan 0,75 gacha o'zgaradi [6]. Ushbu koeffitsiyentlar ko'p jihatdan shinalarning konstruktiv va ekspluatatsion parametrlariga bog'liq - protektor naqshlari, yugurish yo'lining egriligi, protektorning rezina tarkibi, shinalar havosi bosimi, vertikal yuk, protektorning yeyilishi va boshqalar.
Shunga asoslanib, shinalar ishlab chiqaruvchilari yengil avtomobillar uchun shinalarning ilashish sifatini yaxshilashga alohida e'tibor berishadi. Avtomobil g'ildiragining yo'l yuzasi bilan ishonchli aloqasini ta'minlashda shinaning rolini aniqlash, uning yeyilish jadalligiga ilashish koeffitsiyentiga ta'sirini ko'rib chiqish va tahlil qilish kerak.
Material va metodlar
Tadqiqot jarayonida analiz va sintez usullari, abstraktlashtirish va farmallashtirish usullari, matematik modellashtirish, eksperiment metodoligiyasidan foydalanilgan.
Avtomobillar harakatlanish natijasida tormoz ustquymalari va shinalar yeyilishidan chiqadigan zararli zarralarning miqdorini aniqlashda respublika va xorijiy tadqiqotlar natijalari g'ildirakning yo'l bilan ilashish koeffitsiyentiga bog'liq tadqiqotlar mavjud emasligi aniqlandi. Hisob-kitoblarni amalga oshirishda ma'lum bir hududdagi transport vositalarining sonini hisobga olish kerak. Bizning tadqiqotimizda hisob-kitoblar Jizzax viloyati misolida amalga oshirilgan.
Avtomobillarni ishlatish jarayonida shinalar va tormoz ustquymalari yeyilishi natijasida atrof-muhitga chiqadigan zararli zarralarning (IK) umumiy miqdori 1-formuladan foydalangan holda hisoblab aniqlanadi [5]
^ = + Zc) (1)
bunda: Zsh - shinalar protektorining yeyilishi natijasida ajralib chiqadigan zararli zarralar miqdori;
Zt - tormoz ustquymalari yeyilishi natijasida chiqariladigan zararli zarralar miqdori.
Avtotransport vositalarining tormoz ustquymalari va shinalar yeyilishidan hosil bo'lgan zarralar miqdorini g'ildirakning yo'l bilan ilashish koeffitsiyentini o'zgarishini hisobiga olgan holda hisoblash natijalari 3-jadval keltirilgan.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 4-son, 2024
AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI
3-jadval
Avtotransport vositalarining shinalari va tormoz ustquymalari yeyilishidan hosil __bo'ladigan zarralar miqdori_
Ilashish koeffitsiyen ti Yengil avtomobillardan, g/km Yuk avtomobillari va avtobuslardan, g/km
Shinalarid an Tormoz ustquymalari dan Jami Shinalari dan Tormoz ustquymalari dan Jami
0,2-0,3 0,085 0,042 0,13 0,93 0,47 1,4
0,3-0,4 0,086 0,020 0,11 0,096 0,41 1,377
0,5-0,6 0,087 0,018 0,10 0,993 0,35 1,343
0,7-0,8 0,09 0,012 0,10 1,035 0,243 1,278
Avtomobillar sonining o'sishi tormoz ustquymalari va shinalar yeyilishidan hosil bo'ladigan zarralar miqdorining oshishiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Hozirgi kunda ushbu miqdor yillar kesimida doimiy va sezilarli o'sib borishi kuzatilmoqda.
Analitik usulda olingan natijalarni aniqlash uslublarini amaliyotga joriy etish uchun ma'lum bir hudud tanlab olish, Respublikamizning ma'lum bir qismidagi avtomobillarning sonini hisobga olish kerak. Bizning tadqiqotimiz tadbig'i Jizzax viloyati misolida amalga oshirildi, buning uchun tormoz ustquymalari va shinalar yeyilishidan hosil bo'lgan zarralar miqdorini bitta avtomobil misolida aniqlab, so'ng viloyatda ro'yhatga olingan jami avtomobillar soniga ko'paytiriladi.
Jizzax viloyati hududida oxirgi o'n yillikda butun avtomobil parkida sezilarli o'sish kuzatildi. O'sish ko'rsatkichlari Jizzax viloyati IIBYHHB boshqarmasi ma'lumotlariga asosan, viloyatidagi ro'yxatga olingan avtomobillarning umumiy soni avtotransport vositalarining toifalari bo'yicha tahlil qilindi. Jizzax viloyatida ro'yxatga olingan yengil avtomobillar soni 4-jadvalda keltirilgan.
4-jadval
Avtomobillar 2015 yil, Ming dona 2022 yil, Ming dona
Yengil avtomobillar 70078 150047
Yuk avtomobillari 15211 55672
Avtobuslar 178 436
Tahlil quyidagilarni ko'rsatdiki, 2015-yilda Jizzax viloyatida jami 85467 ta avtomobillar ro'yhatga olingan. Jizzax viloyatida avtomobil shinalari va tormoz ustquymalarining yeyilish miqdori ilashish koeffitsiyenti 0,2-0,3 bo'lganida 1127 tonna, ilashish koeffitsiyenti 0,3-0,4 bo'lganida 1077 tonna, ilashish koeffitsiyenti 0,5-0,6 bo'lganida 1041 tonna, ilashish koeffitsiyenti 0,7-0,8 bo'lganida 994 tonnani tashkil etganligi aniqlandi. Jizzax viloyatida 2015-yilda ro'yxatga olingan avtomobillarni shinalari va tormoz ustquymalarining yeyilishi g'ildirakning yo'l bilan ilashish koeffitsiyenti 0,7-0,8 bo'lganda zarralar miqdori ilashish koeffitsiyenti 0,2-0,3 ga nisbatan 12 % ga kamayishiga olib kelishi aniqlandi.
Avtomobillarni shinalari va tormoz ustquymalarining yeyilishi natijasida hosil bo'lgan zarralar miqdorini g'ildirakning yo'l bilan ilashish koeffitsiyentiga bog'liq holatda o'zgarish grafigi va formulasi 3-rasmda keltirilgan.
Tahlil quyidagilarni ko'rsatdiki, 2022 yilda ilashish koeffitsiyenti 0,2-0,3 bo'lganida 3810,5 tonna, ilashish koeffitsiyenti 0,3-0,4 bo'lganida 3671,8 tonna, ilashish koeffitsiyenti 0,5-
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 4-son, 2024
AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI 0,6 bo'lganida 3566,2 tonna, ilashish koeffitsiyenti 0,7-0,8 bo'lganida 3397 tonnani tashkil etganligi aniqlandi. Jizzax viloyatida 2022-yilda ro'yxatga olingan avtomobillarni shinalari va tormoz ustquymalarining yeyilishi natijasida hosil bo'ladigan zarralar miqdorini g'ildirakning yo'l bilan ilashish koeffitsiyenti 0,7-0,8 bo'lganida zarralar miqdori 0,2-0,3 ga nisbatan 11 % ga kam hosil bo'lishi aniqlandi.
3-rasm. Jizzax viloyatida 2015-yilda ro'yxatga olingan avtomobillarni tormozlanishi jarayonida hosil bo'lgan zarralar miqdorini g'ildirakning yo'l bilan ilashish koeffitsiyentiga bog'liq holatda o'zgarish grafigi.
Avtomobillarni shinalari va tormoz ustquymalarining yeyilishi natijasida hosil bo'lgan zarralar miqdorini g'ildirakning yo'l bilan ilashish koeffitsiyentiga bog'liq holatda o'zgarish grafigi 4-rasmda keltirilgan.
4-rasm. Jizzax viloyatida 2022-yilda ro'yxatga olingan avtomobillarni tormozlanishi jarayonida hosil bo'lgan zarralar miqdorini g'ildirakning yo'l bilan ilashish koeffitsiyentiga bog'liq holatda o'zgarish grafigi.
Tahlillar asosida Jizzax viloyatida avtomobillar sonining ortishi hisobiga chiqadigan zararli zarralar miqdorining o'sishi aniqlandi.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 4-son, 2024
AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI
Avtomobillar harakatlanishi natijasida hosil bo'ladigan zarralar miqdori ilashish koeffitsiyenti 0,2-0,3 bo'lganida 2015-yilga nisbatan 2022-yilda o'rtacha 3,4 barobarga oshgan. Avtomobil shinalari va tormoz ustquymalari yeyilishi natijasida hosil bo'ladigan zarralar miqdori ilashish koeffitsiyenti 0,7-0,8 bo'lganida 2015-yilga nisbatan 2022-yilda o'rtacha 3,3 barobarga oshganligi aniqlandi.
Turli xil tarkibdagi asfalt-beton qoplamali yo'llarda avtomobillarning shina va tormoz ustquymalari yeyilishidan chiqadigan zarralarning kimyoviy tarkibi va miqdorini aniqlashTurli tarkibdagi asfalt-beton qoplamali yo'llarda avtomobil g'ildiragi bilan yo'l bilan ilashish koeffitsiyentini aniqlashda yo'l qoplamasining sifatiga quyidagi talablar qo'yiladi: yo'l yuzasi quruq bo'lishi kerak, tadqiqot natijalarini buzadigan begona jismlar bo'lmasligi kerak, barglar, yo'l qoplamasining sirti kirlangan bo'lmasligi lozim.
Avtomobil harakatlanayotgan vaqtda shinalar yeyilishi natijasida hosil bo'ladigan zarralardan namuna olish joyini tanlashda, avtomobil uning atrofida laminar va turbulent qatlamlardan iborat havo oqimi paydo bo'lishini hisobga olish kerak. Laminar havo oqimi avtomobilning kuzovining dizayn xususiyatlariga bog'liq. Boshqa havo oqimlarining mavjudligi amalda ta'sir qilmaydi. Shuning uchun hosil bo'lgan zarralar uchun namuna olish joyi havo-chang oqimining laminar qismida uning turbulent qismi shakllanishidan oldin amalga oshirilishi kerak. Bunday joy avtomobil shinalari protektorining yo'l yuzasi bilan aloqa joyidan 10-15 sm dan ortiq bo'lmagan masofada shinaning kengligidagi qismi hisoblanadi [5].
Avtomobillar harakatlanishi natijasida hosil bo'ladigan qattiq zararli zarralarni aniqlashda tadqiqot o'tkazish shartlari katta ahamiyatga ega: marshrut, yo'l qoplamasi holati va tezlik rejimlari.
Turli qoplamali yo'llarda avtomobil harakatining turli rejimlarida zarralar tarkibini tahlil qilishda tezlik chegaralarini hisobga olish kerak. Shahardagi avtomobillarning maksimal tezligi soatiga 60 km tezlik bilan cheklangan, shuning uchun barcha o'lchovlar avtomobilning harakatlanish rejimlarida amalga oshirildi (tezlanish, bir tekis harakat va tormozlanish 0 dan 60 km/soatgacha tezlik oralig'ida sodir bo'ladi).
Har bir rejimda belgilangan masofada alohida natijalar olindi.
Avtomobilga texnik xizmat ko'rsatish va texnik sozligi tekshirishi kerak.
Sinovdan oldin avtomobil yuvilishi kerak.
Shinalardagi havo bosimi nominal va avtomobilning texnik xususiyatlariga mos keladi. Sinovdan oldin shinalardagi havo bosimi tekshiriladi va agar kerak bo'lsa to'ldiriladi (normativ).
Avtomobilning yetakchi g'ildiraklari shinaning yo'l qoplamasi bilan aloqa joyida eng katta yukni yaratishini hisobga olgan holda, namuna olish ularning ostidan amalga oshirilishi kerak.
Avtomobillar harakatlanishi natijasida hosil bo'ladigan qattiq zararli zarralar miqdorini aniqlashda tadqiqot rejimi katta ahamiyatga ega: marshrut, yo'l holati va harakat tezligi.
Sinov ishlari avtomobilning tezlashishi natijasida hosil bo'ladigan qattiq zararli zarralardan namunalar olish soat 12-00 dan 14-00 gacha quruq, bulutsiz havoda +21 - +28 ° C atrof-muhit haroratida (2020 yil april-may hamda 2022 yil sentyabr-oktyabr) o'tkazildi.
Tadqiqot natijalari
Tormoz ustquymalari va shinalar yeyilishi natijasida hosil bo'lgan zarralarning o'lchamlari, tarkibi, zarralar miqdorini aniqlash uchun Ilg'or texnologiyalar markazida mavjud rentgen difraktometr Empyrean (PANalytical) jihozidan foydalangan holda aniqlandi.
Islom Karimov shoh ko'chasida avtomobilning tezlanish rejimida harakatlanayotganda yo'l qoplamasi yuzasida hosil bo'lgan zarralarning elementlar tarkibini bo'yicha tahlili 5-rasmda keltirilgan.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 4-son, 2024
A VTOMOBIL VA QISHLOQ XO'JALIKMASHINALARI
Bordyur
Quartz, low, syn; silicon dioxide; Si O2 Calcite; Ca ( C O3 )
Albite; Sodium calcium tecto-alumosil Feldspar, syn; Calcium strontium tecto Muscovite-2M2; ( K , Na ) Al2 ( Si , Al )4 Fluorapatite, syn; Ca10 ( P O4 )6 F2 Ba ( Ti0.9 Co0.1 ) O2.92
te *; ( Na0.98 Ca0.02 ) ( Al 1.02 Si2.98 O8 ) alumodisilicate; ( Ca0.2 Sr0.8 ) ( Al2 Si2 O8 ) O10 ( O H )2
40 50 60
Position [°20] (Copper (Cu))
frrtj fJ. r
5-rasm. Islom Karimov shoh ko'chasida avtomobilning tezlanish rejimida harakatlanayotganda yo'l qoplamasi yuzasida hosil bo'lgan zarralarning elementlar
tarkibini bo'yicha tahlili
2000
70
80
Islom Karimov shoh ko'chasida avtomobilning tezlanish rejimida harakatlanayotganda olingan namunalar elementlar tahlil qilinganda Al, Ti, Mo tormoz ustquymalari yeyilishi natijasida hosil bo'ladigan zarralar tarkibida metallar me'yoridan yuqori ekanligini aniqlandi.
4r32 "Yangiyer-Paxtakor-Chimqo'rg'on" avtomobil yo'lining 74-75 kilometr oralig'ida avtomobilning tezlanish rejimida harakatlanayotganda yo'l qoplamasi yuzasida hosil bo'lgan zarralarning elementlar tarkibini hamda miqdorini aniqlash bo'yicha o'tkazilgan sinov natijalari natijasida yo'l qoplamasi yuzasida olingan namunalarning o'lchov natijalari 6-rasmda keltirilgan.
10 20 30 40 50 60 70 80
Position [°20] (Copper (Cu))
6-rasm. 4r32 "Yangiyer-Paxtakor-Chimqo'rg'on" avtomobil yo'lining 74-75 kilometr oralig'ida avtomobilning tezlanish rejimida harakatlanayotganda yo'l qoplamasi yuzasida hosil bo'lgan zarralarning elementlar tarkibi bo'yicha tahlili
4r32 "Yangiyer-Paxtakor-Chimqo'rg'on" avtomobil yo'lining 74-75 kilometr oralig'ida avtomobilning tezlanish rejimida harakatlanayotganda yo'l qoplamasi yuzasida hosil bo'lgan zarralarning elementlar tarkibi talil qilinganda avtomobil tormoz ustquymalari ishlab chiqarishda foydalaniladigan Ca, Al, Mo metall elementlari hamda avtomobil shinalar ishlab chiqarishda foydalaniladigan Sr, Si elementlar yeyilish natijasida atrof-muhitga chiqadigan zarralarning belgilangan me'yorlardan yuqori ekanligi aniqlandi. 4r32 "Yangiyer-Paxtakor-Chimqo'rg'on" avtomobil yo'lining 74-75 kilometr oralig'ida yo'l qoplamasi ushbu elementlar bilan zararlanganligi aniqlandi [8].
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 4-son, 2024
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI 4r32 "Yangiyer-Paxtakor-Chimqo'rg'on" avtomobil yo'lining 76-77 kilometr oralig'i yo'lida avtomobilning tezlashishi natijasida yo'l qoplamasi yuzasida olingan namunalarning elementlar tarkibi bo'yicha tahlili 7-rasmda keltirilgan.
7-rasm. 4r32 "Yangiyer-Paxtakor-Chimqo'rg'on" avtomobil yo'lining 76-77 kilometr oralig'i yo'lida avtomobilning tezlashishi natijasida yo'l qoplamasi yuzasida olingan namunalarning elementlar tarkibi bo'yicha tahlili
4r32 "Yangiyer-Paxtakor-Chimqo'rg'on" avtomobil yo'lining 76-77 kilometr oralig'i yo'lida avtomobilning tezlashishi natijasida yo'l qoplamasi yuzasida olingan namunalarning elementlar tarkibi tahlil qilinganda ushbu yo'l qoplamasi yuzasidan olingan namunalar tormoz ustquymalari yeyilishi natijasida atrof-muhitga chiqadigan Mo kimyoviy elementi mavjud emasligi aniqlandi.
Sinovlar natijasida avtomobillar tezlashishi rejimida g'ildiraklarini yo'l qoplamasi bilan ilashish koeffitsiyenti turli xil bo'lgan yo'llarda zarralar miqdori sezilarli darajada o'zgarishi aniqlandi.
Shunday qilib, avtomobillar tormozlanishi natijasida hosil bo'lgan zarralar tarkibida Zn(ruh)ning ulushi: I.Karimov shoh ko'chasi (9=0,5-0,6) - 0,87 %, Jizzax viloyati, Paxtakor tumani hududida 4r32 "Yangiyer-Paxtakor-Chimqo'rg'on" avtomobil yo'lining 74-75 kilometr oralig'i yo'l qoplamasi (9=0,5-0,6) 0,79 % va 4r32 "Yangiyer-Paxtakor-Chimqo'rg'on" avtomobil yo'lining 76-77 kilometr oralig'i yo'l qoplamasi (9=0,7-0,8) 0,67 % bilan ifloslanganligi aniqlandi. Avtomobil g'ildiragining yo'l bilan ilashish koeffitsiyenti yuqori bo'lgan yo'llarda avtomobillar harakatlanishi natijasida hosil bo'ladigan qattiq zarralar miqdori 20 % gacha kam ekanligi aniqlandi.
Eksperiment tadqiqotlar natijasida avtomobillar tormoz ustquymalari yeyilish jadalligi g'ildiragining yo'l bilan ilashish koeffitsiyentiga bog'liq ravishda: I.Karimov shoh ko'chasi (9=0,5-5-0,6) - 0,047 g/km, 4r32 "Yangiyer-Paxtakor-Chimqo'rg'on" avtomobil yo'lining 74-75 kilometr oralig'i ((p=0,5-HJ,6) - 0,025 g/km va 4r32 "Yangiyer-Paxtakor-Chimqo'rg'on" avtomobil yo'lining 76-77 kilometr oralig'i yo'l qoplamasi (9=0,7^-0,8) 0,015 g/km tashkil etdi.
Eksperiment tadqiqotlar natijasida avtomobillar shinalar yeyilish jadalligi g'ildiragining yo'l bilan ilashish koeffitsiyentiga bog'liq ravishda: I.Karimov shoh ko'chasi (9=0,5-^0,6) -0,087 g/km, 4r32 "Yangiyer-Paxtakor-Chimqo'rg'on" avtomobil yo'lining 74-75 kilometr oralig'i (9=0,5-^0,6) - 0,086 g/km va 4r32 "Yangiyer-Paxtakor-Chimqo'rg'on" avtomobil yo'lining 76-77 kilometr oralig'i yo'l qoplamasi (9=0,7^-0,8) 0,096 g/km tashkil etdi.
Shunday qilib, ishlab chiqilgan eksperiment tadqiqot uslubida avtomobil tezlanishi, o'zgarmas tezlikda harakatlanishi va avtomobil tormozlanishi natijasida hosil bo'ladigan zarralar miqdorini g'ildirakning yo'l bilan ilashish koeffisientini hisobga olgan holda baholash imkonni berdi.
Ushbu tadqiqotning natijalarini amaliyotga joriy etish yuzasidan Jizzax viloyatining
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 4-son, 2024
Muscovite-2M2, ( K , Na ) Al2 ( Si , , Fluorapatite, syn, Ca10 ( P O4 )6 F2
fr-
ifBt^
40 50 60
Position ['20] (Copper (Cu))
¡lumodisilicate, ( Ca0.2 Sr0.8 ) (
Si2 O8 )
: Mo3 P2 O14 )
A VTOMOBIL VA QISHLOQ XO'JALIKMASHINALARI Islom Karimov shoh ko'chasida avtomobil transporti harakatlanishi natijasida hosil bo'ladigan zarralar geokimyoviy fon bilan taqqoslandi va Igeo indeksi bo'yicha baholandi. Igeo indekisi atfot-muhitni metall zarralari bilan ifloslanish darajasi baholash ko'rsatkichi hisoblanadi. 5-jadvalda Igeo indekisi atfot-muhitni metall zarralari bilan ifloslanish darajasining yettita tasnifi ko'rsatilgan. [11].
5-jadval
Igeo Daraja Ifloslanish darajasi
0 Amalda ifloslanmagan
>0 dan 1 1 Kam miqdorda ifloslangan
>1 dan 2 gacha 2 O'rtachadan kam miqdorda ifloslangan
>2 dan 3 gacha 3 O'rtacha miqdorda ifloslangan
>3 dan 4 gacha 4 Yuqori miqdorda ifloslangan
>4 dan 5 gacha 5 Ifloslanish miqdori yuqori
>5 6 Juda yuqori miqdorda ifloslangan
Avtomobillar harakatlanishi natijasida hosil bo'lgan zarralar Islom Karimov shoh ko'chasidan olingan chang namunalari elementlar tahlili Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Ilg'or texnologiyalar markazida mavjud rentgen difraktometr Empyrean (PANalytical) jihozi yordamida aniqlanadi.
Jizzax shahri Islom Karimov shoh ko'chasi bilan Shifokorlar ko'chasi bilan chorrahasini Igeo indeksi asosida baholanishini tahlili shuni ko'rsatadiki, tormoz ustquymalari va shinalar yeyilishi natijasida hosil bo'lgan metall zarralari chorrahaning avtomobillarning burulishi, tormozlanishi, tezlashish yo'l bo'lagi yuzasi yuqori darajada ifloslanganligini aniqlandi.
Jizzax shahri Islom Karimov shoh ko'chasi Shifokorlar ko'chasi bilan kesishgan chorrahasining yo'l bo'laklari ((p=0,5-HJ,6) avtomobillar harakatlanishi natijasida tormoz ustquymalari va shinalar yeyilishidan hosil bo'ladigan zarralarni ifloslanish darajasi Igeo indeksini asosida baholandi (8-rasm).
8-rasni. Jizzax shahridagi Islom Karimov shoh ko'chasi bilan Shifokorlar ko'chasi kesishgan chorrahasini (p=0,5-^0,6 bo'lganida Igeo indeksi asosida baholanishi
2) o'rtachadan kam miqdorda ifloslangan
3) o'rtacha miqdorda ifloslangan
4) yuqori miqdorda ifloslangan
5) ifloslanish miqdori yuqori
6) juda yuqori miqdorda ifloslangan
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 4-son, 2024
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI
Jizzax shahri Islom Karimov shoh ko'chasi bilan Shifokorlar ko'chasi bilan chorrahasini Igeo indeksi bilan baholanishi Jizzax viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqamasining 2022-yil 16-noyabrdagi dalolatnomasi va O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2023-yil 11-apreldagi №2/2241-2041-son ma'lumotnomasi bilan asoslandi.
Maydalangan shina rezinalarini asfalt-beton qoplamalarda modifikatsiyalangan qo'shimcha sifatida foydalanish issiq asfalt-beton aralashmalarini tayyorlash texnologiyadan biroz farq qiladi. Shinalarni ishlatish va qayta ishlashda ekologiyaga ta'sirini kamaytirishga hissa qo'shadi.
Tarkibiga modifikator sifatida ishlatilgan avtomobil shina rezinalarining granulasini qo'shib tayyorlangan asfalt-beton qoplamali yo'llar Jizzax viloyatining 4r32 "Yangier-Paxtakor-Chimqo'rg'on" avtomobil yo'lining 76-77 kilometr oralig'i yo'l qoplamasiga qoplangan. 4r32 "Yangier-Paxtakor-Chimqo'rg'on" avtomobil yo'lining 76-77 kilometr oralig'i yo'l qoplamasi GOST 9128-2013 bo'yicha belgilangan talablarga javob beradi. Tarkibiga modifikator sifatida ishlatilgan avtomobil shina rezinalarining granulasini qo'shib tayyorlangan asfalt-beton qoplamali yo'llar amaliyotga joriy etilganligi O'zbekiston Respublikasi Transport Vazirligining 2022-yil 15-fevraldagi №2/295-841-son va O'zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo'llari qo'mitasining 2022-yil 17-fevraldagi №10/3-97-son ma'lumotnomasi bilan asoslanadi. Natijada g'ildirakning yo'l bilan ilashish koeffitsiyenti 29 % foizga oshgan.
Jizzax shahri Islom Karimov shoh ko'chasi bilan Shifokorlar ko'chasi bilan chorrahasini 9=0,7-^0,8 bo'lganida Igeo indeksi asosida baholanish bashoratlash 9-rasmda keltirilgan.
9-rasm. Jizzax shahridagi Islom Karimov shoh ko'chasi bilan Shifokorlar ko'chasi kesishgan chorrahasini (p=0,7n-0,8 bo'lganida Igeo indeksi asosida baholanish bashoratlash
2) o'rtachadan kam miqdorda ifloslangan
3) o'rtacha miqdorda ifloslangan
4) yuqori miqdorda ifloslangan
5) ifloslanish miqdori yuqori Xulosa va takliflar
Olib borilgan tadqiqotning tahlilariga ko'ra, yo'l qoplamasi tarkibiga tartarkibiga modifikator sifatida ishlatilgan shina rezina granulalaridan foydalanilgan asfalt-beton qoplamali yo'llarni ilashish koeffitsiyentini oshishi hisobiga shina va tormoz ustquymalari yeyilishidan hosil bo'ladigan zararli moddalar va zarralarning kamayishiga olib kelishi aniqlandi.
O'tkazilgan nazariy va eksprement tadqiqotlar natijalaridan kelib chiqib avtotransport vositalarining tormoz ustquymalari va shinalari yeyilishidan chiqadigan zarralarning miqdorini
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 4-son, 2024
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI
aniqlash va kamaytirish choralarini ishlab chiqish maqsadida quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi:
- respublikamizning yirik shaharlarida o'tuvchanligi yuqori bo'lgan chorrahalarni avtomobillar harakatlanishi natijasida tormoz ustquymalari va shinalar yeyilishidan hosil bo'ladigan zarralar bilan ifloslanish darajasi Igeo indeksini asosida baholashni keng yo'lga qo'yish zarur;
- zararliligi yuqori bo'lgan chorrahalar yo'l qoplamasini ilashish koeffitsiyentini yaxshilash uchun 100 metr masofasini tarkibiga modifikator sifatida ishlatilgan avtomobil shina rezinalarining granulasi qo'shib tayyorlangan asfalt-beton qoplamasi bilan qoplash maqsadga muvofiqdir.
ADABIYOTLAR
1. https://www.the-kingfisher.org
2. https://t.me/uzgydromet/11935
3. https://www.iqair.com/ru/air-quality-map/uzbekistan/toshkent-shahri/tashkent
4. https://monitoring.meteo.uz/uz/menu/ekologicheskij-bjulleten
5. Васильев Андрей Владимирович. Повышение качества оценки комплексной экологической безопасности автотранспортных средств// Диссертация на соискание учёной степени кандидата технических наук. Москва 2019 г.
6. https://yuz.uz/ru/news/v-uzbekistane-za-11-mesyatsev-proizvedeno-bolee-odnoy-tsyachi-avtobusov?view=kak-za-god-v-uzbekistane-izmenilas-situatsiya-na-vtorichnom-avtornke-tsen-iznos-i-probeg
7. https://www.ocenchik.ru/docsi/2778-srednegodovye-probegi-raschet-probega.html
8. Ismayilov K., Alimova Z., Asqarov I., Karimova K. "The Research On Road Dust And Particles Caused By Traffic (on the example Jizzakh city)" Problems in the textile and light industry in the context of integration of science and industry and ways to solve them": (PTLICISIWS-2022)
9. Salomons W, Fo'rstner U (1984) Metals in the hydrocycle. Springer, BerlinHeidelberg New York https://link.springer.com/article/10.1007/BF00492273
10. NAEI (2012). Road transport emission factors from 2010 NAEI. http://naei.defra.gov.uk/datawarehouse/3 9 323 136259 roadtransportefs naei10 v2.xls
11. GIANINI, M. F. D., FISCHER, A., GEHRIG, R., ULRICH, A., WICHSER, A., PIOT, C., BESOMBES, J. L. & HUEGLIN, C. 2012. Comparative source apportionment of PM10 in Switzerland for 2008/2009 and 1998/1999 by Positive Matrix Factorisation. Atmospheric Environment, 54, 149-158
12. Gadd, J. and Kennedy, P. (2000). Preliminary examination of organic compounds present in tyres, brake pads and road bitumen in New Zealand: Prepared for the Ministry of Transport by Kingett Mitchell Limited
13. Osterle, W., Griepentrog, M., Gross, T. and Urban, I. (2001). Chemical and microstructural changes induced by friction and wear of brakes. Wear 251: 1469-1476
14. Z.Alimova, K.Karimova, I.Berdiyorova "Avtomobillar harakatlanishi natijasida atrof-muhitga chiqadigan zarralarning igeo indeksi bo'yicha baholanishi va amaliyotga tatbiqi". International scientific journal science and innovation special issue: "transformation of education: the role of women in the development of science", february 16, 2024 https://ilmiyanjumanlar.uz/uploads/conferences/0015/3.11.pdf)
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 4-son, 2024