Научная статья на тему 'ASTRONOMIYA FANINI OʻQITISHDA XORIJIY TAJRIBALAR ASOSIDA ZAMONAVIY METODLARDAN FOYDALANISH TIZIMI'

ASTRONOMIYA FANINI OʻQITISHDA XORIJIY TAJRIBALAR ASOSIDA ZAMONAVIY METODLARDAN FOYDALANISH TIZIMI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
20
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
elektron ta’limiy resurslar / interfaol metodlar / dasturiy vositalar / grafik organeyzerlar.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Yusupova Kamola Fozilxonovna

Ushbu maqolada astronomiya fanini o’qitishda zamonaviy bilimlarni va yutuqlarini o’quvchilarga yetkazishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish usullari yoritilgan. Bizga ma’lum astronomiya fani adabiyotlariga so’nngi yillardagi ilmiy-tadqiqot yutuqlarini kiritish va ularni o’quvchilarga yetkazish masalasi ko’rib chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ASTRONOMIYA FANINI OʻQITISHDA XORIJIY TAJRIBALAR ASOSIDA ZAMONAVIY METODLARDAN FOYDALANISH TIZIMI»

"Ilg'or xorijiy tajribalar asosida bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik strategiyalari: muammolar va yechimlar" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

2024-yil 20-fevral

ASTRONOMIYA FANINI O'QITISHDA XORIJIY TAJRIBALAR ASOSIDA ZAMONAVIY METODLARDAN FOYDALANISH TIZIMI Yusupova Kamola Fozilxonovna

Qo'qon davlat pedagogika instituti stajor-tadqiqotchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10676672

Annotatsiya. Ushbu maqolada astronomiya fanini o'qitishda zamonaviy bilimlarni va yutuqlarini o'quvchilarga yetkazishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish usullari yoritilgan. Bizga ma'lum astronomiya fani adabiyotlariga so'nngi yillardagi ilmiy-tadqiqot yutuqlarini kiritish va ularni o'quvchilargayetkazish masalasi ko'rib chiqilgan.

Kalit so'zlar: elektron ta'limiy resurslar, interfaol metodlar, dasturiy vositalar, grafik organeyzerlar.

Abstract. This article describes the methods of using innovative technologies in the teaching of astronomy to convey modern knowledge and achievements to students. The question of including scientific research achievements of recent years in the literature of the science of astronomy known to us and conveying them to the students was considered.

Keywords: e-learning resources interactive method, software tools, graphic organizers.

Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida har jihatdan rivojlangan kishini tarbiyalash muammosi hozirgi kunning asosiy talabi hisoblanadi. Chunki, jamiyatda yuz berayotgan inqilobiy o'zgarishlarni insonning o'zini o'zgartirmasdan amalga oshirib bo'lmaydi. Ammo, yangi kishini tarbiyalash o'z-o'zidan emas, balki ijtimoiy munosabatlar yangilanishi jarayonida amalga oshadi. Bu jarayonda maktablar tizimi muhim ahamiyat kasb etadi. Elektron ta'limiy resurslar yetakchi o'ringa chiqib olgan hozirgi zamonda rivojlangan mamlakatlarda maktablar tizimin, ta'lim mazmunini yangilash zaruratga aylandi. Eskicha o'qitish usullari metodlari ma'nan eskirib, ta'limning ilg'or pedagogik texnologiyalarga asoslangan metodlari va shakllarga ehtiyoj kuchaydi. Mamalakatimizda ta'limga qaratilgan islohatlar natijasida ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi va axborot almashinish tizimlarini rivojlantirish o'quv jarayoniga elektron ta'limiy resurslar hamda dasturiy-pedagogik vositalarni integratsiya qilish, o'quv-metodik ta'minotni yaxshilash bo'yicha imkoniyatlar yaratilmoqda. Astronomiya fanini o'qitishda ham zamonaviy ilmiy-tadqiqot natijalaridan foydalanish katta samara beradi. Astronomiya fanini o'qitishda o'quvchilarning ilmiy xabardorlik kompetensiyasini shakllantirish ularni astronomiya yangiliklarini yanada chuqurroq anglashga xizmat qiladi. Astronomiya fanini rivojlantirish, iqtidorli o'quvchilar orasidan ushbu sohaga qiziqqanlarini tayyorlash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.

Innovatsion ta'lim jarayonida qo'llaniladigan texnologiyalar innovatsion ta'lim texnologiyalari yoki ta'lim innovatsiyalari deb nomlanadi.

Lug'aviy jihatdan "innovatsiya" tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganda (innovatsiya) "yangilik kiritish" degan ma'noni anglatadi. Innovatsiya - muayyan tizimning ichki tuzilishiga qaratilgan faoliyat. Ta'lim innovatsiyalari -ta'lim sohasi yoki o'quv jarayonida mavjud muammoni yangicha yondashuv asosida yechish maqsadida qo'llanilib, avvalgidan ancha samarali natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va texnologiyalar. Astronomiya fanini o'qitish maktablarda zamonaviy axborotlashgan ta'lim muhitida astronomiyani o'qitishni takomillashtirish bosqichlari elektron ta'lim resurslari tadbiqini integrativ yondashuv asosida tashkil etish xususiyatlariga bog'liq xolda aniqlashtiriladi.

O'quvchilar bilimini xalqaro standartlarga moslashtirish mazmuni shaxsga yo'naltirilgan,

"Ilg'or xorijiy tajribalar asosida bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik strategiyalari: muammolar va yechimlar" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

2024-yil 20-fevral

tabaqalashtirilgan va induviduallashtirilgan yondashuvlar uchun mustaqil ta'lim komponentlari (elektron o'quv qo'llama, multimediyali qo'llanmalar, multimediya ilovalari, elektron slaydlar, o'quv dasturi, qiziqarli fizika, qiziqarli astronomiya ko'rgazmalari) ni yagona platformasini shakllantirish asosida takomillashtiriladi. Bugungi kunda ta'lim jarayonlarida interfaol ta'limni tashkil etishda quyidagi innovatsion texnologiyalarni kompyuterda yangicha usulda ishlab chiqilmoqda.

Interfaol metodlar: "keys stadi", "Blits so'rov", "modellashtirish", "munosobat", "suhbat".

Grafik organayzerlar: "Baliq skaleti", "Konseptual jadval", "B/B/B", "Klaster", "Insert"

va b.

Sohaga oid zamonaviy ilmiy-tadqiqot yutuqlaridan keng foydalanib astronomiya fani adabiyotlariga yangilik kiritish maqsadga muvofiqdir va uni hozirgi zamon astronomiya fani bir-biri bilan bog'langan bir necha bo'limlariga tadbiq qilish asosiy masala hisoblanadi.

Hozirgi kunda ta'lim jrayonida innovatsion texnologiyalarini o'quv jarayonida qo'llashga bo'lgan qiziqish e'tibor kundan-kunga ortib bormoqda.

Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o'qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o'zgarishlar kiritish bo'lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol metodlardan to'liq foydalaniladi. Interfaol metodlar-bu jamoa bo'lib fikrlash deb yuritiladi, ya'ni pedagogik ta'sir etish usullari bo'lib ta'lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Yuqorida keltirilgan misollarga o'xshash astronomiya faniga oid so'nggi yillardagi ilmiy-tadqiqot yutuqlarini ko'rib chiqadigan bo'lsak, juda ham ko'plab topiladi. Bugungi kunda ochilayotgan kashfiyotlarni o'rganib, ularni mavzular ketma-ketligida saralab, astronomiya fani adabiyotlariga kiritish, innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda o'quvchilarga yetkazib berish va o'quvchilarning ilmiy xabardorlik kompetentsiyalarini rivojlantirish pedagoglar oldidagi muhim vazifalardan biri hisonlanadi.

REFERENCES

1. Khamidov Jalil Abdurasulovich, Khujjiev Mamurjon Yangiboevich, Alimov Azam Anvarovich, Gafforov Alisher Xolmurodovich, Khamidov Odil Abdurasulovich. "OPPORTUNITIES AND RESULTS TO INCREASE THE EFFECTIVENESS OF MULTIMEDIA TEACHING IN HIGHER EDUCATION." JournalofCriticalReviews 7 (2020), 89-93. doi:10.31838/jcr.07.14.13

2. Хужжиев, М. Я. (2020). ВОЗМОЖНОСТИ ПОВЫШЕНИЯ ЭФФЕКТИВНОСТИ МУЛЬТИМЕДИА В ПРОЦЕССЕ УРОКА.Universum: психология и образование, (1), 10-13.

3. X.X.Muratov, Sh.A.Yusupova. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida dars mashg'ulotlarini autoplay media studio dasturi orqali integratsiyalash. Academic Research in Educational Sciences . Volume 1 | Issue 3 | 2020.

4. Махмудова М. А., Насирова Ш.Н. Improving the quality of education in systems thinking IV Международной открытой конференции «Современные проблемы анализа динамических систем. Приложения в технике и технологиях», Воронеж, 23-25 май, 2019

5. Usmonov M. Interaktiv elektron o'quv kurslar - o'qitish faoliyatining yangi vositasi sifatida. //"Xalq ta'limi" jurnali, 2013, 5-son.

6. Begimqulov U.SH. Pedagogik ta'limda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari. -T.: "Fan" 2007.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.