Научная статья на тему 'ASALARI YURAGINING TUZILISHI'

ASALARI YURAGINING TUZILISHI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Aorta / yurak / yurak bo’limlari / trubkasimon / ko‘krak / zot / diafragma / qon / kamera / gemolimfa / erkak asalari / ona asalari / bel diafragmasi / qorin nerv tugunchalari.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Jamolov Rapiqjon Qo‘Shmatovich, Azizov Rahmatillo Olimjon O‘G‘Li

Ushbu maqolada asalari yuragi uning qornining orqa qismida, tergitlar ostida joylashgan, uzunchoq trubkasimon shaklda, ular bir-biri bilan tutashgan beshta kameradan iborat. Eng oxirgi kamerasi berk bo‘ladi, ularning o‘rtasida klapan bo‘lib, u qonni faqat oldinga qarab harakatlantiradi. Klapanlar qonning oldingi kameradan orqaga qaytishga yo‘l qo‘ymaydi. Eng oldindagi kamera ingichka naycha aorta bilan tugaydi, hamda ko‘krak qismidan o‘tib bosh qismini ta’minlaydi va o‘sha erda tugaydi. Kameralarning yon devorlarida ham teshiklar bor, ular ham klapanli bo’lib, ulardan qon yurak kamerasiga o’tishi to‘g ‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ASALARI YURAGINING TUZILISHI»

ASALARI YURAGINING TUZILISHI Jamolov Rapiqjon Qo'shmatovich, 2Azizov Rahmatillo Olimjon o'g'li

1Farg'ona davlat universiteti, o'qituvchi

2Farg'ona davlat universiteti, talaba https://doi.org/10.5281/zenodo.11205494

Annotatsiya. Ushbu maqolada asalari yuragi uning qornining orqa qismida, tergitlar ostida joylashgan, uzunchoq trubkasimon shaklda, ular bir-biri bilan tutashgan beshta kameradan iborat. Eng oxirgi kamerasi berk bo 'ladi, ularning o 'rtasida klapan bo 'lib, u qonni faqat oldinga qarab harakatlantiradi. Klapanlar qonning oldingi kameradan orqaga qaytishga yo 'l qo 'ymaydi. Eng oldindagi kamera ingichka naycha aorta bilan tugaydi, hamda ko 'krak qismidan o'tib bosh qismini ta'minlaydi va o'sha erda tugaydi. Kameralarningyon devorlarida ham teshiklar bor, ular ham klapanli bo'lib, ulardan qon yurak kamerasiga o'tishi to'g 'risidagi ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Aorta, yurak, yurak bo'limlari, trubkasimon, ko'krak, zot, diafragma, qon, kamera, gemolimfa, erkak asalari, ona asalari, bel diafragmasi, qorin nerv tugunchalari.

Abstract. In this article, the heart of the bee is located in the back of its abdomen, under the tergites, in the form of an elongated tube, which consists offive interconnected chambers. The last chamber is closed, between them there is a valve, which moves blood only forward. Valves prevent blood from flowing back from the anterior chamber. The anteriormost chamber ends in the aorta, a narrow tube, and passes through the chest to supply the head and ends there. There are holes on the side walls of the chambers, they are also equipped with valves, from which information about the passage of blood to the heart chamber is given.

Keywords: Aorta, heart, heart sections, tubular, chest, breed, diaphragm, blood, chamber, hemolymph, male bee, queen bee, lumbar diaphragm, abdominal nerve ganglia.

Аннотация. В данной статье сердце пчелы расположено в задней части брюшка, под тергитами, в виде удлиненной трубки, состоящей из пяти соединенных между собой камер. Последняя камера закрытая, между ними имеется клапан, продвигающий кровь только вперед. Клапаны предотвращают обратный ток крови из передней камеры. Самая передняя камера заканчивается аортой, узкой трубкой, проходит через грудную клетку, питая голову, и заканчивается там. На боковых стенках камер имеются отверстия, они также снабжены клапанами, от которых подается информация о прохождении крови в камеры сердца.

Ключевые слова: Аорта, сердце, отделы сердца, трубчатые, грудная клетка, порода, диафрагма, кровь, камера, гемолимфа, самец, пчелиная матка, поясничная диафрагма, брюшные нервные ганглии.

Kirish: Asalari gemolimfasi organizmda qon aylanish faoliyatini, faqatgina yurak harakati bilan amalga oshiradi. Asalari yuragi uning qornining orqa qismida, tergitlar ostida joylashgan, uzunchoq trubkasimon shaklda, ular bir-biri bilan tutashgan beshta kameradan iborat. Eng oxirgi kamerasi berk bo'ladi, ularning o'rtasida klapan bo'lib, u qonni faqat oldinga qarab harakatlantiradi. Klapanlar qonning oldingi kameradan orqaga qaytishga yo'l qo'ymaydi. Eng oldindagi kamera ingichka naycha aorta bilan tugaydi, hamda ko'krak qismidan o'tib bosh qismini ta'minlaydi va o'sha erda tugaydi. Kameralarning yon devorlarida ham teshiklar bor, ular ham klapanli bo'lib, ulardan qon yurak kamerasiga o'tadi.

Klapanlar faqat yurak kamerasi tomoniga ochiladi. Yurak kamerasidan muskullar dastasi chiqib, ikkinchi uchi bilan orqa yarim halqa devoriga tutashgan. Muskullar dastasi yonida ko'pgina perikardial (yurak yonidagi) sinus hujayralari joylashgan. Muskullar bilan hujayralar birgalikda -orqa diafragmani hosil qiladi. U yurakni pastki a'zolaridan ajratib turadi. Bu ajratuvchilarda uchburchak shakldagi qanotsimon muskullar to'plamidan iborat. Diafragma butunlay yopiq bo'lmay, uning devoridagi teshiklar ustitsalari bo'lib, ularda ichiga qaragan klapanlari bor, uskinalar orqali qon ichaklar atrofidagi bo'shlikdan yurak oldi bo'shlig'iga so'riladi.

Tadqiqot metodologiyasi: Asalarilarda qon harakati qo'yidagicha sodir bo'ladi: yurak kameralar yurakning keyingi uchidan oldingi uchiga qarab birin- ketin qisqaradi. Kamera kengayishi distola vaqtida muayyan kameraning klapanlari ochiq turadi. SHunga ko'ra bu kameraga orqadagi kameradan ham, ustya orqali perikardial sinusdan ham qon tushadi. So'ngra kameraning devori qisqara boshlaydi — sistola boshlanadi. Qon bosimi bilan klapanlar yopiladi, shunda qon oldinga qarab distola holida turgan kameraga qarab oqaoladi.

Asalari tanasidagi yurak, diafragma va xavo xaltachasining joylanishi.

A-aorta, S-yurak, SD-bel diafragmasi, BD-qorin diafragmasi, VM-xavo haltachasi, e1, e2-ko'krak nerv tugunchasi, B1-B5- qorin nerv tugunchalari.

Tadqiqot natijalari: Yurak bo'limlari asalarining fiziologik holatiga, shuningdek tashqi sharoitiga qarab minutiga 15-30 dan 150 martagacha qisqaradi. Qisqarish natijasida yurakning keyingi uchidan oldingi uchiga qarab to'lqinlanib o'tgan qon, aortaga kiradi. Aortadan qon bosh bo'shlig'iga o'tadi va bu bo'shliqdan gavda sinuslari bo'ylab orqaga qaytib, oyoqlarga tushadi. Tananing qorin qismida, oldindan orqaga qarab harakat qiladi, so'ngra ovqat hazm qilish kanali va malpigiy naychalariga o'tadi. Ichaklardan qonga oziq moddalar o'tadi, qondan esa moddalar almashinuvi mahsulotlari — siydik kislota malpigiy naychalariga o'tib, undan orqa ichakka o'tadi va najos bilan birga tashqariga chiqarib tashlanadi. Orqa diafragma muskullarining va orqa naycha kameralarining qisqarishi natijasida qon, ichaklar atrofidagi bo'shliqdan yurak oldi bo'shlig'iga o'tadi. Yurak kameralarining kengayishi natijasida yon teshiklar orqali yana yurak ichiga shimiladi.

Xulosa: Qon faqat yurakning qisqarishi tufayligina emas, balki tana, ichaklarning harakatlanib turishi va qanotsimon muskullar ishlaganida perikardial diafragmaning turli darajada qavarib chiqishi tufayli ham harakatlanishi isbotlangan.

REFERENCES

1. Asalarichilikda tajriba ishlari. V.Bravarskiy. Sh. Suyarqulov. Ya. Brindza. V. Otchenashko.

Toshkent- "Print. Media" bosmaxonasi. 2021 yil.

2. Gulov A.N., Borodachev A.V., Beryozin A.S. Vozrast trutney i kachestvo trutney. "Pchelovodstvo", 2015, №4, str. 44-46 b.

3. Jamolov, R. Q., Xatamova, D. M., Xolmatova, M. A. (2022). Asalarilar oilasining yashash tarzi. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 666-671b

4. R.Jamolov., O.To'rayev, D.Xatamova. "Asalarichilik asoslari", Farg'ona "Classik", 2022.

5. R.K.Jamolov, "Ona asalarining eksterer va interver ko 'rsatkichlari", Proceedings of International Conference on Modern Science and Scientific. 2023 yil

6. R Jamolov, H Raximov, A Tojaliyev. Asalarining harakatlanuvchi a'zolari.Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan 1 (7), 282-287 b

7. R.Jamolov. O'zbekistonda asalari zotlarini tanlash va parvarishlanayotgan asalarilar irqlari tarkibi. (Science and innovation 2 (Special Issue 8), 630-634 b)

8. R.Q. Jamolov, G.H. Sharofiddinova. "Honeycomb, structure and reproduction of inches in the frame". Образование наука и инновационные идеи в мире 18 (1), 57-61b

9. Jamolov R.Q, Raximov H, Tojaliyev A. Asalarilarning g'umbak oldi va_g'umbaklik

davri. Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan. 2023/10/30.

10. R Jamolov, R Azizov, Z. Oktamova Peaceful replacement of queen bees by honey bee colonies and factors affecting queen quality Science and innovation 1, 229-233 b.

11. R Jamolov, I Ergashyeva, D Rustamova. Asalarining nasl еtishtirishi. Journal of Science-Innovative Research in Uzbekistan 1 (9), 255-262.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.