Научная статья на тему 'ANTROPOGEN OMILARNING INSON ORGANIZMIGA VA ATROF-MUHITGA SALBIY TA'SIRI'

ANTROPOGEN OMILARNING INSON ORGANIZMIGA VA ATROF-MUHITGA SALBIY TA'SIRI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ekologik omillar / abiotik / biotik / antropogen / edafik / iqlim / orografik / kimyoviy / fitogen / zoogen / mikrobogen omillar.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Saidova Sh.

Ushbu maqolada antropogen omillar ta'sirida atmosferaning rivojlanishi va uning ekologik tizim barqarorligiga salbiy ta'siri, soʻngi yillarda inson ta'sirining kuchayishi natijasidagi gazlar va chmqmndilar balansining oʻzgarishi atmosfera tarkibiy qismiga ta'sir etuvchi tabiiy ifloslanish inson xoʻjalik faoliyatida chiqariladigan qattiq, suyuq va gaz chiqindilari salbiy ta'sirlari haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ANTROPOGEN OMILARNING INSON ORGANIZMIGA VA ATROF-MUHITGA SALBIY TA'SIRI»

ANTROPOGEN OMILARNING INSON ORGANIZMIGA VA ATROF-MUHITGA SALBIY TA'SIRI

Saidova Sh.

O'zDJTU, Tabiiy fanlar kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11401668

Annotatsiya. Ushbu maqolada antropogen omillar ta'sirida atmosferaning rivojlanishi va uning ekologik tizim barqarorligiga salbiy ta'siri, so'ngi yillarda inson ta'sirining kuchayishi natijasidagi gazlar va chmqmndilar balansining o'zgarishi atmosfera tarkibiy qismiga ta'sir etuvchi tabiiy ifloslanish inson xojalikfaoliyatida chiqariladigan qattiq, suyuq va gaz chiqindilari salbiy ta'sirlari haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: ekologik omillar, abiotik, biotik, antropogen, edafik, iqlim, orografik, kimyoviy, fitogen, zoogen, mikrobogen omillar.

Аннотация. В данной статье рассмотрены развитие атмосферы под влиянием антропогенных факторов и ее негативное влияние на устойчивость экологической системы, изменение баланса газов и химических веществ в связи с усилением антропогенного воздействия в последние годы, природное загрязнение, влияющее на состав атмосферы, твердые вещества, жидкости и газы, выделяющиеся в процессе хозяйственной деятельности человека. Рассмотрены негативные последствия образования отходов.

Ключевые слова: экологические факторы, абиотические, биотические, антропогенные, эдафические, климатические, орографические, химические, фитогенные, зоогенные, микробогенные факторы.

Annotatsion. This article discusses the development of the atmosphere under the influence of anthropogenic factors and its negative impact on the stability of the ecological system, changes in the balance of gases and chemicals due to increased anthropogenic impact in recent years, natural pollution affecting the composition of the atmosphere, solids, liquids and gases, released in the process of human economic activity. The negative consequences of waste generation are considered.

Key words: environmental factors, abiotic, biotic, anthropogenic, edaphic, climatic, orographic, chemical, phytogenic, zoogenic, microgenic factors.

Har qanday organizm yoki har qanday organizmlar guruhlarining mavjudligi muayyan sharoitlar kompleksi bilan bog'liqdir. Chidamlilik chegarasiga yaqinlashgan yoki undan o'tib ketgan har qanday sharoit cheklovchi sharoit yoki cheklovchi omil deb ataladi. Statsionar holatda mavjud miqdori zaruriy minimumga eng yaqin bo'lgan hayotiy muhim modda cheklovchi bo'ladi. Mazkur kontseptsiya Libixning "minimum qonuni" sifatida ma'lum. Bu kontseptsiya ko'pgina tarkibiy qismlarning miqdori va o'z navbatida samarasi tez o'zgaradigan "o'tuvchi holatlar"ga kamroq qo'llaniladi.

Organizmning chidamliligi uning ekologiq ehtiyojlari zanjiridagi eng zaif zveno bilan belgilanishi to'g'risidagi g'oya birinchi marta 1840 yilda Yu.Libix tomonidan aniq ko'rsatib berilgan. U o'simliklar o'sishiga turli hil omillar ta'sirini o'rganishni boshlagan birinchi olimlardan bo'lgan. Yu. Libix tomonidan o'simliklar hosili katta hajmda zarur bo'ladigan, masalan, karbonat angidrid va suv (odatda bu moddalar muhitda katta miqdorda mavjud bo'ladi) bilan emas balki juda oz miqdorda zarur bo'ladigan, biroq tuproqda juda kam uchraydigan (masalan, rux) bilan

cheklanishi aniqlangan. "O'simlikning o'sishi kam miqdorda mavjud bo'lgan ozuqa moddasiga bog'liq bo'lishi" to'g'risidagi Libixning xulosasi Libixning "minimum qonuni" sifatida mashhurdir.

Libix yashagan davrdan buyon amalga oshirilgan keng ko'lamli ishlar mazkur kontseptsiyani amaliyotda muvaffaqiyatli qo'llash uchun unga ikkita yordamchi tamoyilni qo'shimcha qilish zarurligini ko'rsatdi. Birinchi cheklovchi: Libixning qonuni faqat statsionar xolatda, ya'ni energiya va moddalarning kelish va ketishi teng bo'lganda qo'llaniladi. Yaqqolroq tushunishimiz uchun karbonat angidrid asosiy cheklovchi omil bo'lgan gipotetik ko'lni faraz qilaylik; bu yerda mahsuldorlik organik moddalarning parchalanishi natijasida hosil bo'ladigan karbonat angidrid miqdori bilan muvozanatda bo'ladi. Yana aytaylik, yorug'lik, shuningdek, azot, fosfor va boshqa hayotiy muhim elementlar ushbu dinamik muvozanatda juda ko'p miqdorda mavjud (yoki bu paytda ular cheklovchi omillar hisoblanmaydi). Agar dovul vaqtida suvda qo'shimcha karbonat angidrid erisa, mahsuldorlik o'zgaradi va boshqa elementlarga bog'liq bo'la boshlaydi. Tezlik o'zgarib turar ekan statsionar holatga erishilmaydi va minimum effekti bo'lmaydi. Natija barcha mavjud komponentlar kontsentratsiyasiga bog'liq bo'ladi, o'tish davrida esa u kamroq bo'lgan komponent kelishidagi tezlikdan farq qiladi.

Organizmlar o'zlari yashab turgan muhitda doimo tuproq, iqlim, va biotik, antropologik omillar ta'siriga uchraydi. Tirik organizmlarning individual rivojlanish faoliyatida to'g'ridan-to'g'ri ta'sir ko'rsatadigan muhit elementlari - ekologik omillar deyiladi.

Odatda barcha ekologik omillar birgalikda yoki jamlangan xolda tabsir ko'rsatadi. Omillarning organizm hayotiy jarayonlariga, uning o'sib rivojlanishiga, ko'payishiga ko'rsatgan tabsiriga hayot tashkillashuvi deyiladi. Agarda organizmlarda ko'payish jarayoni bormas ekan ularning borligi haqida gapirish ham noto'g'ri.

Ekologik omillar 3 guruhga bo'lib o'rganiladi: 1. Abiotik omillar - aslida notirik tabiat omillaridir, ya'ni tabiatning barcha notirik tarkibiy qismlarini taassurotlarini o'z ichiga olgan bu omil o'z navbatida- iqlimiy omillarga bo'linadi, bunga quyosh nuri, harorat, havo namligini misol keltirish mumkin. Shuningdek maxalliy omillar ham mavjud bular: relbef, shamol, suv oqimlari, tuproq xossalari, sho'rlanish, radiatsiya, qor ko'chkilari, qum ko'chishi va boshqalar. Bu omillar tirik organizmga bevosita yoki bilvosita tabsir qiladi. Masalan, yorug'lik va issiqlik, qor ko'chkisi, suv oqimlari bevosita tabsir ko'rsatadi. Tuproq xossalar, sho'rlanish, radiatsiya bilvosita tabsir ko'rsatadi.

Abiotik omillar aslida notirik tabiat omillaridir, bu omil o'z navbatida iqlimiy omillarga bo'linadi, bunga quyosh nuri, harorat, havo namligini misol qilib keltirish mumkin. Shuningdek mahalliy omillar ham mavjud, bular relbef, shamol, suv oqimlari, tuproq xossalari, sho'rlanish, radiatsiya, qor ko'chkilari va boshqalar. Bu omillar tirik organizmga bevosita yoki bilvosita ta'sir qiladi. Masalan: yorug'lik va issiqlik, qor ko'chkisi, suv oqimlari bevosita ta'sir, tuproq xossalari, sho'rlanish va radiatsiya bilvosita ta'sir ko'rsatadi.

Abiotik omillar turlari:

A) Iqlim: quyosh nuri, yorug'lik, harorat, namlik, havo harorati, bosim va h.k.

B) Edafik (mahalliy) omillar - tuproqning fizikaviy va kimyoviy xossalari tuzilishi, kimyoviy tarkibi, tuproqda aylanadigan moddalar - gaz, suv, organik va mineral elementlar, donadorlik va b.) majmui.

V) Orografik: relef, dengiz sathidan baland yoki pastligi, qiyalik darajasi

G) Kimyoviy: Havoning kimyoviy tarkibi, suv sho'rligi, konsentrasiya, kislotalik va eritmalar tarkibi

2. Biotik omillar - muhitda yashaydigan organizmlarning hayot faoliyati, bir-biriga ta'siri va ular o'rtasidagi munosabatlardan iborat, ya'ni tirik organizmlarni taassurotlarini o'z ichiga olgan omillar. Har bir tirik organizmga uni o'rab turgan boshqa tirik jonzotlarning ta'siri turlicha va turli xarakterda bo'ladi. Masalan:

-Tirik organizmlar bir-biriga ozuqa manbai (o'simliklar hayvonlarga, ayrim hayvonlar hayvonlarga ozuqa).

-Bir tirik organizm tanasi yoki organlari ikkinchi bir organizm uchun ozuqa manbai (kanalar sigir, qo'y, tovuqlarda, shoxlar, tanalar daraxtda, zarpechak va xokazolar parazitlik qilib yashaydi). Ayrim bir organizm ikkinchi bir organizm ko'payishi uchun sabab bo'ladi (asalari yordamida kungaboqarning changlanishi). Bir o'simlikning urug'i boshqa urug' yordamida tarqalishi. Bir organizmning 2 o'simlikka fizik va kimyoviy ta'siri. Biotik omillar turlari:

A) Fitogen: o'simliklar

B) Zoogen: hayvonlar

V) Mikrobogen: viruslar, soda hayvonlar, bakteriyalar, mikroorganizmlar

3. Antropogen omillar - insonning hayot faoliyati jarayonida organik dunyoda boradigan tasiridan iborat. Jamiyatning rivojlanishi natijasida insonning tabiatga bergan tabsiri - iqlim o'zgarishi yoki global isish, atrof muhitning ifloslanishi insoniyatni xavfga solmoqda. Bu zararlar aslida sanoat va texnikaning rivojlanishidan kelib chiqqani uchun texnogen omillar ham deb ataladi.

So'nggi asrda inson ta'siri sanoat, qishloq xo'jaligining jadal rivojlanishi va shaharning o'sishida juda muhim ahamiyat kasb etib kelmoqda. Shahar aholisi dam olishi uchun ishga tushirilgan ,,yashil maydonlar'' da katta o'garishlar olib borilyapti. Bunday hududning o'simliklari doimiy ravishda yashil tabiatda yoki o'rmonda o'sadigan o'simliklar - rezavorlar va qo'ziqorinlarni yig'ib, terib yuradigan odamlar tomonidan payhon qilinadi. O'simliklar tanalari shikastlanadi, tuproqlari siqiladi va namlikni ushlab turish qobiliyati pasayadi. Bu omillarning barchasi o'simliklarga to'g'ridan-to'g'ri ildizlariga ham salbiy ta'sir qiladi.

Antropogen omil ta'sirida biogrotsenozlarning o'garishi juda tez sodir bo'ladi. Bu bir necha yil ichida sodir bo'ladi. Bunday keskin o'zgarishlarga o'rmonlarni kesish,agrosenozlarni yaratish bilan yerlarni shudgorlash, quruqlikdagi ekotizimlar suvga aylanganda suv omborlarini qurish kiradi.

Insonning iqtisodiy faoliyati ekotizimlarni o'zgartirishning kuchli omilidir. Insonning tabiiy ekotizimlarga ta'siri oldindan boshlangan. Dunyo aholisining ko'payishi bilan birga u doimo kuchayib bordi. O'tgan asrda sanoat, qishloq xo'jaligi va shaharlarning jadal rivojlanishi tufayli inson ta'siri hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ldi.

Antropogen omillar ta'sirida biogeotsenozlarning o'zgarishi eng tezdir. Bu bir necha yillar davomida sodir bo'ladi va ko'pincha sakrash va chegaralarda. Bunday keskin o'zgarishlarga o'rmonlarni kesish, agrotsenozlarni yaratish bilan erlarni haydash va er ekotizimlari suvli ekotizimlarga aylanganda suv havzalarini qurish kiradi.

Ekologik omillarning inson sog'ligiga salbiy ta'siri

1. Har yili atmosfera havosining ifloslanishi natijasida 3 mln ga yaqin kishi hayotdan erta ko'z yumadi.

2. Yevropada har 7 boladan 1 tasi astma kasalligi bilan kasallanadi. Keyingi 30-yilda allergik kasalliklar va astma kasali bilan og'rigan insonlar soni oshdi.

3. Atmosferani eng ko'p 3 modda zararlaydi: og'ir qo'shilmalar, ozon va og'ir metallar.

4. Shaharlarda atmosfera havosini eng ko'p miqdorda avtoulovlar zararlaydi.

5. Tamaki tutuni o'pka raki bilan kasallanish miqdorini 20-30 % ga oshiradi, Buyuk Britaniyada astma kasalligini davolash uchun 3,9 mlrd evro mablag' sarflanadi.

Avtomobil transporti - shaharning muhim masalalaridan biri. Bu masalaning turli xil aspektlari: havo va suvning ifloslanishi, odamlar o'limi, yoqilg'i va xom ashyo sarfi, yo'l qurilishi, avtoservis va h.

Atmosfera havosining ifloslanish holatini kuzatishni tashkil qilishda ifloslangan havo atmosferasi mahsus kuzatish postlarida olib boriladi, buning uchun mahsus joylar tanlab olinib, bu joylarda havoni o'lchash qurilmalari mahsus binoga yoki avtomobilga joylashtiriladi.

Inson tabiatning ajralmas qismi bo'lganligi tufayli ham undan mutlaq ajrab, o'ziga texnikaviy dunyo yarata olmaydi. U o'z faoliyati bilan o'zini o'rab turgan olamni, muhitni ifloslab, zaharlab o'z hayotiga real xavf tug'dirmoqda. Masalan, inson faoliyatidan insonlar zaharlanganiga ba'zi misollarni keltirib o'tmoqchimiz. 1952 yili London shahrida hosil bo'lgan is gazalari, chang va tutunlardan zaharlanib 4000 odam 'alok bo'lgan. Yaponiyaning Minamata ko'rfaziga tashlangan simob chiqindilari baliqlarga o'tib, ularni iste'mol qilgan odamlarning yuzdan ortig'i zaharlangan.

Respublikaning ko'pgina hududlarida atmosfera basseyninig ifloslanish darajasi o'rganib kelinadi. Ma'lumotlarga ko'ra o'rganilgan 23 joydan 14 tasida havodagi ingrediyentlar miqdori me'yorga to'g'ri keldi. Sanoati rivojlangan Bekobod, Guliston, Denov, Muborak, Nmangan, Nurobod, Samarqand, Kitob, Urganch, Chirchiq, Yangiyo'l, Sariosiyo va Shahrisabz shaharlari shular jumlasiga kiradi. Suvni eng ko'p ifloslantiruvchi manbalar sanoat korxonalari hisoblanadi, garchi ularning ulushiga toza suvni 20% gacha ifloslantirish kiradi. Ular og'ir metall va toksik moddalarni suvga olib keladi. . Oxirgi 30 yil mobaynida chuchuk yer osti suv zahiralari kamaydi. Xorazm, Buxora, Navoiy viloyatlari va Qoraqalpog'iston respublikasi hududlarida chuchuk suvlar mutloq qolmadi. Janubiy Surxon suv omborida ham chuchuk suv zahiralari kamaydi.

Toshkent viloyati hududlarida sanoat korxonalari keng rivojlanganligi uchun mavjud suv zahiralari to'g'ridan to'g'ri ifloslandi. Chirchiq, Yangiyo'l, Angren, Olmaliq va Toshkent shaharlaridan tashlanayotgan zaharli moddalar miqdori yildan yilga oshib bormoqda. Chirchiq «Elektrkimyosanoat» va O'zbekiston qiyin eruvchan va issiqbardosh metallar kombinat (O'zQIMK)lari suvni ifloslantiruvchi asosiy manba hisoblanadi. AYoQShlar, Salor aeratsiya qo'rg'oni, TTZ - DAJ, Tashmetropoliten va boshqalarning ta'sirida xalqa yo'li atrofidagi yer osti suvlarida neft mahsulotlari miqdori lozim bo'lgan me'yorlardan iborat. Shuningdek suvlar tarkibida xrom, neft mahsulotlari, fenol va boshqalar uchraydi. Bu ingredentlar faqatgina tashlanadigan suvlar yordamida paydo bo'ladi.

Respublikada antropogen, kimyoviy va texnogen omillarlarning tabiiy muhitga ta'siri va xududlarning ifloslanishi

Yirik shaharlar havosi sifatini tavsiflashda, atmosferaning ifloslanish indeksi (AII) kompleks o'zgarishlar dinamikasidan foydalinadi. Bu ko'rsatkich, yil davomidagi o'rtacha ifloslanishning miqdori, STChK(salbiy ta'sir chegarasidagi kontsentratsiya), toksiklik darajasi va toksik moddalar miqdori kabi ko'rsatkichlaridan foydalanish asosida quriladi. Respublikamizning ko'pchilik shaharlarida AII (atmosferaning ifloslanish indeksi) me'yor chegarasida uchraydi. Ushbu davr oralig'ida indeks yo pasaygan, yoki barqarorligicha qolgan. Faqatgina Andijon va Qo'qon shaharlarida 1999 yilga nisbatan 2004 yilda indeks yuqori bo'ldi.

Angren shahrida bir qancha o'sdi, Navoiy va Toshkentda arzimas pasayishi kuzatiladi, ammo nisbatan yuqoriligi bilan tavsiflanadi. 2004 yilda respublikamizdagi eng ifloslangan shahar atmosfera havosi chang bilan yuqori ifloslanishi (5 STChdan yuqori) Andijon shahri bo'ldi. Lekin

bu bu holat mazkur shahar uchun doimiy hisoblanmaydi. Shaharlarda zamonaviy uskunalar yo'qligi bois, dioksinlar, polixlorbifenillar hamda 10 mikrondan kichik (RM 10) qattiq moddalar kabi toksik moddalar monitoringi olib borilmaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Ekologiya. Yu.Odum. «Mir». Moskva. 1986 yil.

2. D.Yormatova, X.Xushvaktova, "Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish", darslik, Toshkent 2018 yil

3. X.Xushvaktova, D.Yormatova, "Shahar va sanoati ekologiyasi", darslik, Toshkent 2021 yil.

4. Umumiy ekologiya. A.Ergashev. "O'zbekiston". T., 2003 yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.