Научная статья на тему 'ANTIK DAVR XORAZM VOHASIDA IJTIMOIY HAYOT VA QULCHILIK MASALALARI'

ANTIK DAVR XORAZM VOHASIDA IJTIMOIY HAYOT VA QULCHILIK MASALALARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Ishmuratov Madamin Jumabayevich

Xorazm vohasida XX asrning 30-yillaridan boshlangan arxeologik tadqiqotlar natijasida voha tarixining turli sohalariga oid juda ko‘plagan ma’lumotlar to‘plandi. Ammo shunday bo‘lsada, Xorazm vohasida antik davrda kechgan ijtimoiy munosabatlar masalasi, voha tarixining eng kam o‘rganilgan sahifasi bo‘lib qolmoqda. Bu mavzuni o‘rganish masalasi dolzarb muammolardan bo‘lib, barcha yozma manbalar va arxeologik, numizmatik va etnografik tadqiqotlar ma’lumotlarini qiyosiy tahlil qilish asosida mavzuga oid muayyan xulosalar chiqarish mumkin. Antik davrga oid yozma manbalarning kamligi bu masalani tahlil qilishni qiyinlashtiradi albatta. Lekin, bu borada qo‘shni xalqlar va elatlar antik davr ijtimoiy munosabatlar tarixini o‘rganish mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ANTIK DAVR XORAZM VOHASIDA IJTIMOIY HAYOT VA QULCHILIK MASALALARI»

ANTIK DAVR XORAZM VOHASIDA IJTIMOIY HAYOT VA

QULCHILIK MASALALARI

Ishmuratov Madamin Jumabayevich

Urganch Innovatsion universiteti rektori f.f.n., dotsent https://doi.ors/10.5281/zenodo.12606922

Xorazm vohasida XX asrning 30-yillaridan boshlangan arxeologik tadqiqotlar natijasida voha tarixining turli sohalariga oid juda ko'plagan ma'lumotlar to'plandi. Ammo shunday bo'lsada, Xorazm vohasida antik davrda kechgan ijtimoiy munosabatlar masalasi, voha tarixining eng kam o'rganilgan sahifasi bo'lib qolmoqda. Bu mavzuni o'rganish masalasi dolzarb muammolardan bo'lib, barcha yozma manbalar va arxeologik, numizmatik va etnografik tadqiqotlar ma'lumotlarini qiyosiy tahlil qilish asosida mavzuga oid muayyan xulosalar chiqarish mumkin. Antik davrga oid yozma manbalarning kamligi bu masalani tahlil qilishni qiyinlashtiradi albatta. Lekin, bu borada qo'shni xalqlar va elatlar antik davr ijtimoiy munosabatlar tarixini o' rganish mumkin.

Antik davr Xorazm vohasi aholisining ijtimoiy turmush tarzi, oila va nikoh munosabatlari hamda ijtimoiy tabaqalar kabi masalalar juda sayoz o'rganilgan mavzulardan hisoblanadi. Bu borada yozma manbalar ma'lumotlari juda kam. Agar mavjud yozma manbalarni tasniflash lozim bo'lsa, bu borada eng avvalo "Avesto" matnlarini ko'rib chiqish asosida boshqa hududlarda mavjud manbalar bilan qiyosiy tahlil qilish maqsadga muvofiq bo'ladi. Jumladan, "Avesto" eng qadimgi manba sifatida, ko'proq ahamoniylardan oldingi davrlar ijtimoiy tuzumini qisman yoritadi xolos [Авеста: 544]. Yunon-rim manbalari (Kvint Kurtsiy Ruf, Arrian, Strabon va boshqalar) ham Xorazm vohasiga qo'shni tarixiy hududlar to'g'risida ko'proq ma'lumotlar bersada, lekin aynan Xorazm vohasida kechgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar xususida ma'lumotlar keltirilmaydi [И.В.Пьянков: 38-56].

Xorazm vohasida antik davrda kechgan ijtimoiy jarayonlar xususida ko'proq ma'lumotlar olish lozim bo'lgan manba bu, Xorazmning so'nggi antik davr poytaxti Tuproqqal'adan topilgan hujjatlar hisoblanadi [В.А.Ливщиц: 251-286].

Numizmatik manbalar ham asosan so'nggi antik davr tarixiga oid bo'lib, ammo, bu tur manbalar ham ancha kam topilgan. Faqat arxeologik tadqiqotlar yordamidagina bu masalaga oid nisbatan to'liqroq ma'lumotlarni olish mumkin. Jumladan, Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyasi faoliyati davomida, miloddan avvalgi IV-milodiy IV asrlar Xorazm vohasida kechgan ijtimoiy munosabatlar tarixiga oid bir qator tadqiqotlar nashr etildi [С.П.Толстов: 5471; ТХАЭЭ: 265-309; Е.Е.Неразик, 1966: 8-12; Е.Е.Неразик, 1976: 13-57; ТХАЭЭ: 251286; Б.И. Вайнберг: 136-141].

Tadqiqotchilardan S. Yatsenko va A.N.Gertman tadqiqotlarida Xorazm vohasidan topilgan turli buyumlarda aks etgan tamg'alar va kiyim-kechaklar tasvirlari asosida voha antik davr ijtimoiy munosabatlar tarixigiga oid bir qator ma'lumotlar keltirilib o'tilgan [С.А.Яценко, 2001: 190; С.А.Яценко, 2006: 644; А.Н.Гертман: 136-150].

Antik davr Xorazm vohasida ijtimoiy hayot masalalarini ochib beruvchi eng asosiy manbalar bu Xorazm vohasidan topilgan turli mazmundagi bitiklar va tamg'alar hisoblanadi. Ular ichida ayniqsa, so'nggi antik davr yodgorligi hisoblangan Tuproqqal'adan topilgan Xorazm yozuvi va tilidagi hujjatlar juda muhim hisoblanadi. Ta'kidlanganidek, bu yozuvlar so'nggi antik davrlarga, ya'ni milodiy II-III asrlarga oid.

Tuproqqal'a hujjatlariga ko'ra, barcha jamiyatlarda bo'lgani kabi antik Xorazm jamiyatining asosini ham patriarxal oilalar tashkil qilgan. Jumladan, xonadon yoki oila (BYT')

atamasi yog'ochga bitilgan barcha hujjatlarda aks etgan [B.A.Hhb^h^ 265]. Bu hujjatlar mazmuniga ko'ra, mamlakatdagi har bir patriarxal oila yoki xonadon ro'yxatga olib borilgan. Ammo, bu ro'yxatlarning ma'lum siyosiy va iqtisodiy tad'bir sifatida olib borilganligi ma'lum bo'lsada, aniq qay maqsadda olib borilishi borasida turli fikrlar mavjud. Jumladan, mazkur hujjatlarni o'qib chiqqan B.A.Livshits bu ro'yxatlar aholidan soliq undirilishini tartibga solish uchun qilinganligini (jumladan, V.B.Xenning fikricha shunday [W.B.Henning: 166-179]) shubha ostiga olib, davlat harbiy salohiyatini aks ettirish uchun yoki xalq qo'shinini shakllantirish uchun olib borilganligini ta'kidlagan [B.A.Hhb^h^ 282]. Bu fikrni tadqiqotchi Y.A.Rapoport ham qo'llab-quvvatlagan [M.A.Panonopr 37-38]. Har qanday holatda ham, bu hujjatlar Xorazmda antik davr ijtimoiy tabaqalari hamda qulchilik munosabatlari haqida muayyan ma'lumotlarni beradi.

Hujjatlar tahlili shuni ko'rsatadiki, antik davrda Xorazmda muayyan ijtimoiy qatlamlar guruhi shakllangan. Jumladan, bu ijtimoiy qatlamlar, katta patriarxal oila boshliqlari: zodagonlar (qishloq yoki shahar zodagonlari ahamiyati yo'q), turli kasb egalari bo'lgan shahar yoki qishloqlarning oddiy a'zolari, qullar. Umuman, bu ijtimoiy guruhlar hujjatlarda zodagonlar va ozod jamoa vakillari hamda ularga tobe uy qullaridan ('BDn') iborat katta patriarxal oila (xonadon) sifatida aks etgan. Ammo, bu ozod xonadonlar vakillarining har qaysisining alohida qullari bo'lgan. Masalan, 'BDn' ZK 'NTTYH-"Bu (uning) xotining xizmatkorlari (bandilari) qullari", 'BDn' ZK 'MYH - "bu (uning) otasining qullari" kabi jumlalar buni yaqqol ko'satib turibdi. Bundan tashqari, oila qullaridan tashqari hujjatlarda saroy xo'jaligining ham alohida qullari bo'ganligini ko'rsatuvchi ma'lumotlar mavjud [B.A.Hhb^h^ 265].

Hujjatlardagi ma'lumotlardan ma'lumki, Xorazmda ham butun Sharq mamlakatlaridagi kabi, katta patriarxal oilalar bo'lib, bu oilaning boshlig'i ota oila a'zolariga nisbatan deyarli cheklanmagan huquqga ega bo'lib, uylanish, bolalariga nisbatan munosabatda, meros masalasida uning mavqei eng yuqori bo'lgan albatta. Shu jihatdan ham, Tuproqqal'a hujjatlarida ham, ayniqsa, "xonadonlar ro'yxatlari"da ro'yxat boshida oila boshlig'ining keltirilishi bejiz emas. Oila boshliqlaridan keyin merosxo'r katta og'illar ismi keltirilgan. Jumladan, 5 ta "xonadonlar ro'yxati"dan 4 tasida katta oila-xonadon tarkibidagi erkaklar zikr etilgan [O.H.CMHpHOBa: 73], ular xonadon boshligi-otaning uch avlodi (o'g'li yoki o'z o'gli bo'lmasdan balki, o'g'il qilib saqlab olingan o'g'il, shu holatda ba'zida kuyov va erkak nabira) va uy qullarini o'zida aks ettirgan. Uy sohibining faqat ismi hujjatning birinchi qatorida keltirilgan bo'lib, xonadon-BYT' (so'nggi xorazmiy tilida p5k) so'zidan so'ng qayd etiladi [B.A.Hhb^h^ 266].

I, II va IV hujjatlarda ikkita erkak ismi ko'rsatib o'tilgan bo'lib, bular oila boshlig'i yoki vorisi bo'lib, bu xonadon merosxo'ri katta o'g'ilning hali uylanmaganligini, yoki hali u ota xonadonidan alohida bo'lib chiqmaganligini ko'rsatadi [B.A.Hhb^h^ 266].

Hujjatlar tahlilidan yana shuni ko'rishimiz mumkinki, agar xonadonda otaning balog'atga yetgan o'g'illari bo'lmasa, ba'zi hollarda uy sohibi va uning o'g'lidan so'ng kuyovlar ("z'mk") ham ro'yxatga olinganligi kuzatiladi [B.A.Hhb^h^ 266]. Bu holat ayniqsa, xonadon egasining og'il farzandi bo'lmagan taqdirda, otadan keyin albatta kuyovning ismi qayd etilganligining guvohi bo'lish mumkin. Jumladan, III hujjatda uy sohibidan so'ng, o'g'il farzandlar ismining ko'rsatilmaganligi [B.A.Hhb^h^ 266], bu xonadonda balog'atga yetgan o'g'il bolaning yo'qligini ifodalaydi. Bu ro'yxatda zikr etilgan kuyovning mazkur xonadonda "ichkuyov" bo'lganligi hamda oilada o'g'il bolalar yo'qligini ham anglatgan. Qolaversa, oiladagi qizning odat bo'yicha kuyovning oilasiga kelin bo'lib tushishi munosabati bilan, turmushga chiqqan o'sha qizning ham, kuyovning ham "xonadonlar ro'yxati"ga kiritish mumkin bo'lmagan [B.A.^HB^H^ 266].

Hujjatlarda oila boshlig'i xotinining, o'zi umuman oila ayollarining hamda qizlarining huquqlari ancha cheklanganligini ko'rish mumkin. Hujjatlarda oila boshlig'ining bir necha xotini bo'lganligi, hatto otaning oila cho'risiga (hujjatlarda u asira sifatida ko'rsatilgan) ham uylanishi mumkinligi aks etgan ma'lumotlar mavjud. Jumladan, I hujjatida 'BDn' BRY' TKYN, ya'ni, "asiraning o'g'liga tegishli qui" so'zi tilga olingan [В.А.Ливщиц: 266]. Bu jumla yana shunisi bilan qiziqki, Sharqning boshqa hududlaridagi antik jamiyatlarda bunday xildagi qul turi, ya'ni, o'zi asira, bandi yoki aniqrog'i qul-cho'rining quli degan qul turi uchramaydi. Umuman, bu asira uy sohibining norasmiy nikohidagi xotini bo'lib, undan tug'ilgan farzand xuddi Xiva xonligidagi kabi, chori xotinining o'g'li ham oilaning teng xuquqli a'zosi sifatida qabul qilingan hamda meros olish hamda o'z quliga ega bo'lish huquqiga ega bo'lgan [Ф.Ж.Таджиева: 103-104].

Rasmiy yoki norasmiy ko'pxotinlilik antik davr Xorazm jamiyatiga ham xos bo'lganligini III hujjatdagi "'BDn' K'SBKYN" so'zi, ya'ni, rasmiy yoki norasmiy nikohdagi xotinlaridan (joriya yoki kanizak ham bo'lishi mumkin) qaysi biriningdir quli ekanligini anglatadi. Ammo, oromiy alifbosidagi yozuvlar xorazmlik kotiblar yoki mirzolar tomonidan ancha buzib ishlatilganligi uchun B.A.Livshits bu so'zning asl ma'nosini aniqlay olmaganligini ta'kidlasada, bundan baribir ayni shu ko'pxotinlilik mazmuni aks etgan [В.А.Ливщиц: 266].

Hujjatlarning keyingi satr boshini xonadon qullari-'BDn' va yangi ismlar ro'yxati egallaydi. Bu qullar uy sohibi, uning o'g'illari va kuyoviga tegishli bo'lgan. I, II, IV hujjatlardagi 'BDn' ZK 'NTTYH jumlasi "bu xotinining qullari" deb talqin qilinadi [В.А.Ливщиц: 266]. Ya'ni, bu qullar uy sohibasiga tegishli qullar bo'lgan. Hujjatlarga ko'ra, hatto uydagi balog'at yoshidagi farzandlardan tashqari kichik yoshdagi bolalarga qarovchi qullar ham bo'lgan, lekin ular uy sohiblariga tegishli bo'lishgan ko'rinadi. 'BDn' KNYWRTYH jumlalarida xuddi shu holat aks etgan [В.А.Ливщиц: 266]. Ehtimol, bu o'rinda uy sohibining nevaralari, uyda qolgan qizining farzandlari (BRY- BRTYH)ga taalluqli yoki uylangan, lekin oiladan bo'lak chiqmagan o'g'lining farzandlariga tegishli qullar ham deyish mumkin bo'ladi. Faqat bu qullar uy sohibining voyaga yetmagan farzandlariga tegishli bo'lmagan [В.А.Ливщиц: 266]. CHunki voyaga yetmagan farzandlarga qul tutish ruxsati bo'lmagan.

"Xonadon ro'yxati"dagi keying uy-xonadon BYT' va undagi qullar -'BDn', uy sohibasi -'NTTYH va xorazmiy tilidagi z'mk - "kuyov" atamalari S.P.Tolstov va V.B. Xenninglar tomonidan o'qib chiqilgan [В.А.Ливщиц: 265; С.П. Толстов: 217-220; W3.Henning: 178], bu ro'yxatlar ma'lum bir tartib asosida amalga oshirilganligini aytish mumkin. V.B. Xenning bir necha shaxs ismlarining o'qilishi va 'yt-'kelgindi" so'zini aniqlashga muvaffaq bo'lgan edi. Matnlar orqali xonadondagi "o'g'il" va "qiz" KNYWRTYH (*BRY-BRTYH) va "asiraning o'g'li"-BRY'TKYH (*BRY-'MTYH) kabilar ham aniqlandiki [Wb^enning: 171-174, 176], bu patriarxal oila a'zolari haqidagi tasavvurlarimizni boyitadi.

Hujjatlardagi qullar sonining ozod kishilarga qaraganda ko'pligi, boshqa Sharq antik jamiyatlariga hos holat. Jumladan, Parfiya davlatida ham ozod kishilardan ko'ra qullar sonining ko'pligi manbalarda aks etgan. Ya'ni, Parfiyada ham patriarxal oilaning erkin a'zolariga nisbatan xonadon qullarining sonining ko'pligi yaqqol ko'zga tashlanadi. Masalan, Pompey Trogning Parfiya qo'shini xususidagi ma'lumotiga ko'ra: "miloddan avvalgi 53 yilda Karr yonidagi jangda Rim lashkarboshisi Krassga qarshi Parfiya lashkarboshisi Suren 11 ming otliq jangchi bilan peshvoz chiqib, bu qo'shinning faqat 1000 jangchisi o'gir qurollangan hamda ozod kishilardan yoki zodagonlardan iborat bo'lgani holda, qolgan 10000 jangchi shaxsan Surenning qullaridan iborat bo'lgan".

Miloddan avvalgi 36 yilda Parfiya davlati Rim lashkarboshisi Antoniyga qarshi 50000 kishilik qo'shin yuborgan bo'lib, bu qo'shinda faqat 400 ozod kishi bo'lgan [Я.А.Манандян: 3].

Umumiy holatda, I hujjatda jami 21 ta erkak ismi: uy sohibi, ikki o'g'li, kuyovi va 17 ta quli, shu jumladan, 12 tasi uy sohibiga, o'g'illari va kuyoviga, 2tasi uy sohibiga, 2 tasi nevaralariga, 1 tasi asiraning o'g'liga tegishli bo'lgan. II hujjatda esa 15 ta erkak ismi keltirilgan: uy sohibi, kuyov va 12 ta qul shu jumladan 10 tasi uy sohibiga, uning o'g'illariga va kuyoviga, 2 tasi uy sohibasiga tegishli bo'lgan. III hujjatda 17 ta erkak ismi keltiriladi: uy sohibi, kuyov va 15 ta qul, shulardan 12 ta uy sohibi va kuyovga, 3 tasi K'SBKYN qaysidir, bir xotiniga (joriyasiga) tegishli hisoblangan. IV hujjatda 15 ta erkak ismi: uy sohibi, 2ta o'g'il va 12 qul keltiriladi, ulardan 8 tasi uy sohibi va uning o'g'illariga va 4 tasi uy bekasiga qarashli bo'lgan. Bu ro'yxatlarda asosan badavlat oilalar ko'rsatilgan [В.А.Ливщиц: 266-267]. Tuproqqal'a hujjatlari tahlili shuni ko'rsatadiki, Xorazmda o'rta hol oilalarda qullar soni oz bo'lganligi ko'zga tashlanadi. Jumladan, 5 hujjatda 4 ta erkak ismi ismi qayd etilib, uy sohibi va 3ta quldan iborat. Qullarning biri uy sohibiga, biri uy bekasiga va 1 uy sohibi onasiga tegishli bo'lgan.

Hujjatlardan, Xorazmda qulchilik manbasi kam hollardagina urushlar bo'lganligini ko'rish mumkin. Chunki hujjatlardagi ro'yxatlarda keltirilgan qullarning ismlaridan ular asli xorazmiylar bo'lgan degan xulosaga olib keladi. VI hujjatda keltirilgan ismdan, ya'ni Xrïdak ismi "sotib olingan" ma'nosini beradiki, antik davr Xorazmda qullar oldi-sotdi ham qilinganligi boshqa hududlardagi kabi oddiy hol bo'lgan. Ammo, Tuproqqal'a hujjatlarida qul atamasi bir xilda kelgan. Ya'ni, Xorazmda boshqa hududlardan farqli ravishda qulllar bir nechta nom bilan nomlanmagan. Masalan Sug'd va Parfiya hujjatlarida qulchilikning bir necha ko'rinishlari (jumladan So'g'dda: ßntk-bantak - qul, np'k -nipak-garovgir bandi, wn''k'- vanak-asir, Parfiyada: bandak va anshahrik kabi) bo'lgani holda bu Xorazm hujjatlarida uchramaydi. Hatto sug'diy hujjatlardagi kabi ô'yh - ayol cho'rilar yoki doyalar [О.И.Смирнова: 77; А.Г.Периханян: 15] ham qayd etilmagan. Buning sababi hujjatlar ilk xorazmiy tilida bitilgan bo'lib, so'nggi xorazmiy tilida qullarning bir nechta turlari keltirilgan. Ikkinchidan, Tuproqqal'a hujjatlarida asosan erkak aholi ro'yxati keltirilgan bo'lib, bu davrda Sug'ddagi kabi "doya" yoki "cho'ri"lar ya'ni ayol qullarning bo'lganligi tabiiy hol.

Xulosa sifatida shuni ta'kidlash lozimki, Xorazm antik davr jamiyatida, uy qulchiligi hukmron bo'lib, bu butun O'rta Osiyo, qolaversa Sharqqa xos bo'lgan ijtimoiy hodisa edi. Tuproqqal'a hujjatlari, aniqrog'I "xonadon ro'yxati"ini tuzish qaysi maqsadda amalga oshirilganligi borasida turli fikrlar mavjud bo'lib, bu hujjatlarni o'qib chiqqan V.A.Livshits fikri, ya'ni bu hujjatlarni tuzishdan maqsad katta yoshdagi erkaklar sonini bilish va ulardan harbiy hamda davlat ishlarida foydalanish bo'lganligi borasidagi fikri haqiqatga yaqin. CHunki bu hujjatlarda asosan erkaklar ismi keltirilgan[В.А.Ливщиц: 266-267].

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Авеста // В.С.Соколова. Опыт морфологической транскрипции и перевод / И.А.Смирнова. Подготовка материалов к изданию и редактирование.-СПб.: Наука, 2005.-544 с.

2. Вайнберг Б.И. Хорезмийская эра // Древние цивилизации Евразии. История и культура. М.: Восточная литература, 2001. С. 136-141.

3. Гертман А.Н. Знаки на кирпичах и некоторые вопросы организации древневосточного строительства (по материалам древнего Хорезма) // Приаралья в древности и средневековья. К 60-летию Хорезмской археологической-этнографической экспедиции.-М.: Издательская фирма «Восточная литература» РАН, 1998.-С.136-150.

4. Кой-Крылган-кала-памятник культуры древнего Хорезма IV в. До н. э. -IV в. н. э. / отв. ред.: С. П. Толстов, Б. И. Вайнберг // ТХАЭЭ.-М.: Наука, 1967. Том V.-347 с.

5. Лившиц В. А. Документы // Топрак-кала: Дворец / Труды Хорезмской археолого-

этнографической экспедиции. Т. 14. Отв. ред. Ю. А. Рапопорт, Е. Е. Неразик.-М.: Наука, 1984.-303 с.

6. Манандян Я.А. Заметки о феоде и феодальном войске Парфии и Аршакидской Армении.-Тифлис: Науч. -исслед. ин-т кавказоведения, 1932.-19 c.

7. Неразик Е.Е. Сельские поселения афригидского Хорезма. — М.: Наука, 1966.-С. 8-12.

8. Неразик Е.Е. Сельское жилище в Хорезме (I-XIV вв.). Из истории жилища и семьи // ТХАЭЭ.-М.: Наука, 1976. Том IX.-С. 13-57.

9. Периханян А. Г. К вопросу о рабовладении и землевладении в Иране парфянского времени // Вестник древней истории 4 (42). 1952.-С. 13-27.

10. Пьянков И. В. Хорезм в античной письменной традиции // Хорезм и Мухаммад ал-Хорезм в мировой истории и культуре.-Душанбе: Дониш, 1983. С. 38-56.

11. Рапопорт Ю.А. Краткий очерк истории Хорезма в древности // Приаралья в древности и средневековья. К 60-летию Хорезмской археологической-этнографической экспедиции.-М.: Издательская фирма «Восточная литература

12. » РАН, 1998.-С.28-41.

13. Смирнова О.И. Очерки из истории Согда.-М.: Наука. Главная редакция восточной литературы, 1970.-288 с.

14. Таджиева Ф.Ж. Хива хонлигида кулчилик муносабатларининг мох,ияти ва ижтимоий окибатлари.-Бухоро: Дурдона, 2022.-159 б.

15. Толстов С.П. Датированные документы из дворца Топрак-кала и проблема «эры Шака» и «эры Канишки» // Проблемы востоковедения. 1961. №1.-C. 54-71.

16. Топрак-кала. Дворец. Результаты исследований // Труды Хорезмской Архео-лого-Этнографической экспедиции. Том XIV / Отв.ред. Ю. А. Рапопорт, Е. Е. Неразик. М.: Наука, 1984. 304 с.

17. Яценко С.А. Знаки-тамги ираноязычных народов древности и раннего средневековья.-М.: Восточная литература, 2001.-190 с.: ил.

18. Яценко С.А. Костюм древней Евразии (ираноязычные народы).-М.: Восточная литература, 2006.-664 с.

19. Henning W^. The Choresmian documents.-Asia Major, new series, London, 1965, v. XI, pt.2.-Pp.166 -179.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.