UDK.621.822.6.004.67
AMORTIZATOR SAYLENTBLOKI UCHUN SIRPANISH PODSHIPNIGINI TA'MIRLASH KOMPLEKTINI TAKOMILLASHTIRISH
Turdaliyev V. М., Shotmonov D., magistrant Egamnazarov B.
Аннотация: maqolada avtomobillar osmasi elementlarini chidamliligi va teng yeyilishga turg'unligini oshirishga imkon beruvchi hamda ekspluatatsiya jarayonida material va mehnat xarajatlarini kamayishini hisobiga ammortizatorlarni saylentbloki va porshenli zichlagichli innovatsion tamir komplekti bilan osmani tamirlash texnologik jarayonini ishlab chiqish va tadbiq etish korib chiqilgan.
Аннотация: В статье рассмотрена разработка и внедрение технологического процесса ремонта элементов подвески инновационным ремкомплектом с сайлентблоком и поршневым уплотнением, позволяющим повысить долговечность и равную износостойкость элементов подвески автомобиля, а также снизить материальные и трудозатраты в процессе эксплуатации.
Abstract: The article discusses the development and implementation of a technological process for repairing suspension elements with an innovative repair kit with a silent block and a piston seal, which makes it possible to increase the durability and equal wear resistance of vehicle suspension elements, as well as reduce material and labor costs during operation.
Kalit so'zlar: avtomobillar osmasi, elementlar chidamliligi, ammortizatorlar saylentbloki, porshenli zichlagich, innovatsion ta'mir komplekti, tamirlash texnologik jarayoni, ekspluatatsiya sharoiti, elementlarni ishlash qobiliyati, rezina vtulka, sirpanish podshipnigi, qaytma-aylanma harakat, silindrsimon prujina, deformatsiya, tebranish, salnikli zichlagich, sharnirlar.
Ключевые слова: подвеска автомобиля, долговечность элемента, блок амортизатора, поршневое уплотнение, инновационный ремонтный комплект, технологический процесс ремонта, условия эксплуатации, работоспособность элемента, резиновая втулка, подшипник скольжения, возвратно-поступательное движение, деформация, цилиндрическая пружина, вибрация, сальниковый уплотнитель, шарниры.
Key words: car suspension, element durability, shock absorber unit, piston seal, innovative repair kit, repair process, operating conditions, element performance, rubber bushing, sleeve bearing, reciprocating motion, deformation, coil spring, vibration, stuffing box seal, hinges.
Avtomobillarining yurish qismini ishonchliligini tahlili shuni ko'rsatdiki, uning elementlari ekspluatatsiya davrida bir xil chidamlilikka ega bo'lmaydi: ulardan bittasi butun hayot tsiklini (butun ishlash davrida xizmat qiladi) o'taydi, boshqalari uning kattagina qismini, uchinchisi esa tez-tez almashtirilib turiladi. Uchinchi guruhga qayta tiklanmaydigan elementlar, xususan saylentbloklar va amortizatorlar kiradi. Ularning buzilishining asosiy sababi bu amortizator saylentblokini va porshenli zichlagichini sirpanishidan yeyilishi va charchashdan shikastlanishidir.
Shunday qilib, avtomobillar osmasi elementlarini chidamliligi va teng yeyilishga turg'unligini oshirishga imkon beruvchi hamda ekspluatatsiya jarayonida material va mehnat xarajatlarini kamayishini hisobiga ammortizatorlarni saylentbloki va porshenli zichlagichli innovatsion tamir komplekti bilan osmani tamirlash texnologik jarayonini ishlab chiqish va tadbiq etish dolzarb masaladir.
Ekspluatatsiya sharoitida osma tarmoqlarini chidamliligi va teng yeyilishga turg'unligiga erishish uchun yangi tamoyillar va tribobrikmalarni samarali ishlashiga asoslangan innovatsion tamir komplektlaridan foydalanib yeyilgan elementlarni ishlash qobiliyatini tiklash bilan erishish mumkin. Ta'mirlash va qayta tiklash operatsiyalariga bunday yondashuv avtomobillarning vazifaviy tyuningiga taalluqli boladi. Amortizatorning saylentblokida rezina vtulka buralishga ishlaydi, natijada u yoriladi. Sirpanish podshipnikli takomillashgan saylentblok bilan qaytma-aylanma harakatida tayanch bilan ishlaganda bunday kamchiliklardan xolis boladi. Tribologik tamoyillar amalga oshiriladigan qaytma-aylanma harakati uchun sirpanish podshipnigi tavsiya etildi—ishchi sirtini plastik deformatsiya va oksidlovchi jarayonlarni bostirish shartlari bilan faollashtirildi [1, 2, 3]. Shu maqsadda podshipnik silindrsimon prujina (oraliq element bilan) orindiq ichidagi harakatlanuvchi vkladish bilan jihozlangan bo'lib, u tebranishli rejimda faqat bir yo'nalishda majburiy ravishda aylanadi va natijada yeyilish va moylash taqsimotining bir xilligiga erishiladi. Mikroplastik deformatsiyalarga erishish uchun zarur bo'lgan prujinaning bosimi uning siqilishi bilan yaratiladi. Tebranishli rejimda, tayanchni qotirilishi yoki bo'shatilishi tufayli, ichki yoki tashqi sirtida mos ravishda elastik kuchlanish paydo bo'ladi va majburiy ravishda bir yo'nalishda (xropovik samarasi) aylanadi. Tavsiya etilgan konstruksiyada oksidlovchi jarayonlarni salnikli zichlagich yordamida osongina bostiriladi. Ijobiy samara, shuningdek, ishqalanish (erkin ishqalanish) ning adgezion tarkibiy qismini kamaytirish va N. E Jukovskiy g'oyalarini amalga oshirish orqali olinadi "ishqalanishsiz harakat haqida" (oraliq tayanch aylanishi bilan), bunda tashqi manbadan energiya olinmaydi. Podshipnik (1-rasm) kardan valni ignali podshipniklar, osma saylentbloklari, rul boshqarmasi sharnirlari va qaytma-aylanma rejimida ishlaydigan boshqa sharnirli tarmoqlar o'rniga ishlatilishi mumkin.
Mualliflar guruhi tomonidan ishlab chiqilgan qurilmada (1-rasm), ekspluatatsion xususiyatlarini oshirish vazifasi podshipnikga elastik oraliq elementni kiritish orqali erishiladi-vintli silindrsimon prujina shaklida harakatlanuvchi vkladish, Rk siqish kuchini tartibga solish, oksidlovchi jarayonlarni cheklash va mikroplastik deformatsiya bilan sirtni faollashtirish uchun zarur bo'lgan zichlagich yaratiladi.
1-rasm. Harakatlanuvchi prujinasimon vkladishli podshipnik sxemasi
Rejimning barqarorlashtirish va yeyilishni bir xilligi, valning yoki tashqi halqaning qotirish va bo'shatish harakati bilan, ichki yoki tashqi sirtlarga mos ravishda tormozlash va prujina vkladish (bu holda paydo bo'ladigan "xropovik samarasi" tufayli) faqat bir yo'nalishda majburiy ravishda aylantiriladi, bu esa prujinaning orami yo'nalishiga bog'liq. Bundan tashqari, ishlash jarayonida doimo ishlaydigan sirtlarda kontakt chizig'i o'zgarib turadi, bu esa ularning yeyilishsini pasayishiga olib keladi.
Zichlagichni sozlash uchun, masalan, ta'mirlashda yeyilish o'rnini qoplash uchun, tayanch shaybalardan birini orasidan va prujinasimon vkladishning uchi o'rtasida, agar kerak bo'lsa, sozlash shaybalari o'rnatilishi mumkin. Yeyilishsiz rejimini uyg'otish va ushlab turishi uchun maxsus adabiyotlarda ifodalangan turli metodlar (yuqorida ko'rsatilgan shartlarni bajarishda) ishlatilishi mumkin: moyga metal plakirlovchi qo'shimchalarni kiritish, FABO metodilari bilan
maxsus ishlov berish, tarkibida metall plakirlovchi komponentlari bor materiallardan foydalanish va boshqalar [5, 7, 8].
Tavsiya etilgan sharnirli podshipnikda [9] plastik deformatsiyalanish bilan ishchi sirtlarini faollashtirish tashqi va ichki vtulkalar orasidagi elastik prujinasimon vkladishni o'rnatish orqali amalga oshiriladi, shunda vkladishning ishchi sirtlarida yengil bosim bo'ladi (2-rasm, A). Bunda, podshipnikning ishlash jarayonida (bir tomonga burilganda) ishlaydigan sirtlardan birida bosim kuchayadi, ikkinchisida esa tirqish va sirpanish hosil bo'lgunga qadar kamayadi (2-rasm Б).
Boshqa tomonga burilganda (2-rasm В) o'sha tirqish mavjud bo'lgan sirtlarda-taranglik paydo bo'ladi va aksincha. Podshipniklarning ishchi sirtlarida oksidlovchi jarayonlarni bostirish (cheklash) tizimli ravishda ta'minlanishi kerak, ya'ni kislorod va boshqa oksidantlarning ishchi sirtiga kirishini bartaraf etish yoki moyga ingibitorlarni texnologik usulda kiritish uchun salnikli zichlagichlar o'rnatilishi lozim [6].
Tirqishlar va tarangliklarning birikmalarda paydo bo'lish ehtimolligi Laplasning integral teoremasidan foydalanib aniqlanishi mumkin [4]. Shunday qilib, har bir variantda A hodisasi ehtimoli p doimiy va noldan va birdan farq qilsa, A hodisasi k1 dan k2 marta n variantlarida paydo bo'lishi ehtimoli Pn (k1, k2) taxminan ma'lum bir integralga teng:
(1)
bu yerda q=1- hodisasiningp boshlanmaslik ehtimoli.
2-rasm. Elastik prujinasimon vkladishli ishchi sharnirli podshipnikning sirtiga o'tirishi sxemasi: Л-podshipnik tinch holatda; Б va В-har tomonga o'qning (sapfani)
aylanishi.
Laplas integral teoremasidan foydalanganda muammolarni hal qilishda maxsus jadvallar qo'llaniladi, chunki noaniq integral elementar funktsiyalar orqali ifodalanmaydi. Integral uchun jadval malumotlari adabiyotda mavjud [4].
O'lchamlarni taqsimlashning normal qonunini qabul qilib, x1 dan xi+1 gacha bo'lgan formula bo'yicha x qiymatini aniqlaymiz:
P(X) = Ф(x+1) - Ф(x ),
(2)
F(x) funktsiyasining qiymatlari ma'lum berilgan oraliqda tasodifiy x qiymatini topish joyini tasodifiy ehtimolidir. Bizga tirqishlar-tarangliklarning minimal qiymatlari kerak bo'lganligi sababli, o'tish otirishlarini ishlatamiz. Metrologiyada, taranglikni shartli belgisi-N, tirqishniki-Z. Laplas funktsiyasining jadvalidan foydalanish uchun zx va zi+1 qiymatlarini x1 va xi+1 o'lchamsiz qiymatlarga aylantirilishi kerak. Buni amalga oshirish uchun o'tish o tirishi uchun o'rtacha kvadratik chetlanishni aniqlaymiz:
Gz = (Z____ - N
)/6,
So'ng berilgan oraliqlarni z¡ va zi+1 qiymatlari bilan almashtiramiz:
p max
p max
(3)
X,- = [Z, - Zm (Nm )]/a2,
X+1 = [Z,+1 - Zm ( Nm ' (4)
bu yerda Zm(Nm) - tanlangan otirg'ich uchun tirqish-taranglikni ortacha qiymatini quyidagi formula bo'yicha aniqlaymiz:
Zm (Nm) = 0,5{Zpmax (Npmax) + Zpmin (Npmm))' (5)
Oraliq Zi(xj)... zi+1(xi+1)da birikmaning paydo bo'lish ehtimolligi P(x) (2) formula bilan aniqlanadi. O'tish o'tirgichlari faqat 4...8 kvalitetlarda kozda tutilgan. Ushbu orindiqdagi valning aniqligi teshikning aniqligidan bitta kvalitetga uqori bo'lishi kerak [5].
Shunday qilib, saylentblokining innovatsion ta'mirlash komplekti uchun podshipnik konussimon prujinali vkladishi xarakteristikasining hisobiy bog'lanishi olindi, bu silindrsimon sirtlar bilan birlashganda konusning prujinali vkladishining matematik modelini ifodalaydi. Olingan bog lanish takomillashtirilgan ta'mirlash komplektini hisoblashda va amortizator saylentblokining ish faoliyatini tiklashda ishlatilishi mumkin. Saylentblokning innovatsion ta'mirlash komplekti birikmasida, konusli prujinali vkladishni vtulka bilan noan'anaviy o'rindig'i qo'llaniladi.
АДАБИЁТЛАР
1. Движение без трения и износа: учеб. пособие. / В.Г. Куранов, А.Н. Виноградов. Сарат. гос. техн. ун-т,- Саратов: СГТУ, 2007. - 52 с.
2.Виноградов А.Н. Подшипники скольжения для возвратно-вращательного движения на основе новых трибологических принципов и эффектов / А.Н. Виноградов, В.Г. Куранов // Восстановление и упрочнение деталей машин: Межвуз. научн. сборник. Сарат. гос. техн. ун-т, - Саратов: СГТУ, 2003.- С.175-182.
3. Кушалиев Д.К. Моделирование подшипника скольжения с подвижным пружинным вкладышем для узлов транспортной техники и технологического оборудования / Д.К. Кушалиев, А.Н. Виноградов // Развитие транспорта в регионах России: проблемы и перспективы. II Всероссийской научно-практической конференции г. Киров 2012. С. 28-30.
4. Гмурман В.Е. Теория вероятностей и математическая статистика: учеб. пособие для вузов. Изд. 7-е, стер./ В.Е. Гмурман. - М.: Высш. шк. 2000. - 479 с.
5. Виноградов А.В. Повышение качества подшипников на основе формирования рациональных физико-механических свойств контактных поверхностных слоев применением триботехнических методов при финишной обработке: дис. ... доктора технических наук: 05.02.08, 05.03.01 / Виноградов Александр Николаевич. - Саратов: 2008. - 370 с.
6. Кушалиев Д.К. Подшипники скольжения с пружинным вкладышем и область их применения / Д.К. Кушалиев, А.Н. Виноградов // Тяжелое машиностроение. 2012. № 10. С. 29-35.
7. Крагельский И.В. Основы расчетов на трение и износ / И.В. Крагельский, М.Н. Добычин, В.С. Комбалов. - М.: Машиносторение, 1977.- 526 с.
8. Избирательный перенос в узлах трения / Д.Н. Гаркунов и др.- М.: Транспорт, 1969. - 104 с. 75. Чихос X. Системный анализ в трибонике: [пер. с англ.] / Х. Чихос. - М.: Мир, 1982. - 351с.
9. Куранов В.Г. Способы повышения эксплуатационных характеристик автомобильных подшипников качения / В.Г. Куранов, А.Н. Виноградов, А.В. Бузов //Актуальные проблемы транспорта Поволжья и пути их решения: межвуз. науч. сб. -Саратов: СГТУ, 2001. - С. 118-124.