Научная статья на тему 'AVTOMOBIL SHINALARINING EKSPLUATATSIYA DAVRIDA YEDIRILISHI VA G‘ILDIRAKLARINING TEBRANISHLARI TAHLILI'

AVTOMOBIL SHINALARINING EKSPLUATATSIYA DAVRIDA YEDIRILISHI VA G‘ILDIRAKLARINING TEBRANISHLARI TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
119
52
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Shina / tebranishi / zarba / yuk / statik nomuvofiqlik / avtomobil / bosim / Tire / vibration / stroke / load / static mismatch / car / pressure.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Rajabov Ibrat Yaxshimurodovich, Sultanov Sulaymon Safarboy Oʼgʼli

Maqolada vatomabillarning asosiy qismlаridan biri shina va g‘ildiraklarning ishdan chiqishi va ish muddatining kamayishi texnik foydalanish qoidalarini buzish bilan bog'liqdir. Shinalar mo'ljaldagidan oldinroq ishdan chiqishining asosiy sabablari ichki bosimning ko'tarilishi, bosimning pastligi, g'ildiraklar yaqinlashuvining noto'g'riligi, tormoz barabani ezilib tuxumsimon bo'lib qolishi, tormoz mexanizmlarining bir xil ishlamasligi, avtomobillarga ortiqcha yuk ortilishi, shinalarning o'tkir qirrali predmetlarga urilishi, vaqtida o'rin almashtirilmasligi, haydovchilar mahoratining pastligi, yo'l va iqlim sharoitlarining o'zgaruvchanligi ta’sir qilish taxlil qilindi va bularni qanday bartaraf qilish yo‘llari bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Theoretical analysis of the determination of the power consumption in the screw part of the cleaner

In the article, one of the main parts of cars is the failure of tires and wheels, and the reduction in service life is associated with a violation of the rules of technical operation. The main causes of premature tire failure are increased internal pressure, low pressure, improper wheel alignment, egg-shaped brake drum collapse, uneven brake operation, excessive stress on vehicles, and tire wear. collisions with sharp objects, untimely transfer, poor driving skills, changes in road and climatic conditions are analyzed and information is given on their elimination.

Текст научной работы на тему «AVTOMOBIL SHINALARINING EKSPLUATATSIYA DAVRIDA YEDIRILISHI VA G‘ILDIRAKLARINING TEBRANISHLARI TAHLILI»

UDK 677.21.051.152.

AVTOMOBIL SHINALARINING EKSPLUATATSIYA DAVRIDA YEDIRILISHI VA G'lLDIRAKLARINING TEBRANISHLARI TAHLILI

Rajabov Ibrat Yaxshimurodovich Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat institute t.f.f.d., dotsent [email protected]. тел.(+99899)886-03-35

Sultanov Sulaymon Safarboy o'g'li Urganch RANCH texnologiya universiteti magistrant, [email protected]

Annotatsiya: Maqolada vatomabillarning asosiy qismlaridan biri shina va g'ildiraklarning ishdan chiqishi va ish muddatining kamayishi texnik foydalanish qoidalarini buzish bilan bog'liqdir. Shinalar mo'ljaldagidan oldinroq ishdan chiqishining asosiy sabablari ichki bosimning ko'tarilishi, bosimning pastligi, g'ildiraklar yaqinlashuvining noto'g'riligi, tormoz barabani ezilib tuxumsimon bo'lib qolishi, tormoz mexanizmlarining bir xil ishlamasligi, avtomobillarga ortiqcha yuk ortilishi, shinalarning o'tkir qirrali predmetlarga urilishi, vaqtida o'rin almashtirilmasligi, haydovchilar mahoratining pastligi, yo'l va iqlim sharoitlarining o'zgaruvchanligi ta'sir qilish taxlil qilindi va bularni qanday bartaraf qilish yo'llari bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan.

Аннотация: В статье рассматривается выход из строя шин и колес из основ ныхчастей автомобиля. Основными причинами преждевременного выхода из строя шин являются повышенное внутреннее давление, низкое давление, неправильная установка колес, смятие тормозного барабана в яйцевидную форму, неравномерная работа тормозных механизмов, чрезмерная нагрузка на автомобили, износ шин. Проанализированы наезды на острые предметы, несвоевременная пересадка, плохие навыки вождения, изменение дорожных и климатических условий и дана информatsiя по их устранению.

Abstract: In the article, one of the main parts of cars is the failure of tires and wheels, and the reduction in service life is associated with a violation of the rules of technical operation. The main causes of premature tire failure are increased internal pressure, low pressure, improper wheel alignment, egg-shaped brake drum collapse, uneven brake operation, excessive stress on vehicles, and tire wear. collisions with sharp objects, untimely transfer, poor driving skills, changes in road and climatic conditions are analyzed and information is given on their elimination.

Kalit so'zlar: Shina, tebranishi, zarba, yuk, statik nomuvofiqlik, avtomobil, bosim.

Ключевые слова: шина, вибрaция, ход, нагрузка, статическое несоответствие, автомобиль, давление .

Keywords: Tire, vibration, stroke, load, static mismatch, car, pressure.

Kirish. Respublikamiz mustaqillikka erishgan kundan boshlab Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning tashabbuslari bilan avtomobilsozlik sanoati rivojiga katta e'tibor qaratildi. Jumladan, 1992 yil iyun oyida Janubiy Koreya tashrifi chog'ida «DAEWOO» zavodi bilan tanishib, hamkorlikda Andijon viloyati Asaka shahrida avtomobil zavodini qurish to'g'risida Memorandum imzolandi va shu tariqa «UzDAEWOO» zavodiga asos solindi. 1996 yil 19 iyulda zavod ishga tushishi bilan O'zbekiston dunyodagio'z avtomobiliga ega bo'lgan 28-davlatga aylandi. O'zbekiston avtomobil sanoatini yanada rivojlantirish maqsadida GM korparatsiyasi bilan shartnoma tuzilib, zavod «GM- Uzbekiston» qo'shma korxonasiga aylantirildi va quvvati

yiliga 250 000 donaga oshirildi[1].

Avtomobillarga qiziqish odamlarda yildan yilga oshib bormoqda shu bilan birga ularning qisimlarga bo'lgan talab ham oshib birmoqda.

Yuqoridagilarni inobatga olgan halda avtomabilning asosiy qismi bo'lgan shinalarni olish mumkun. Shinalar vazifasi profilining ko'rinishi, o'lchamlari, konstruksiyasi va germetikligini ta'minlash usuli bilan ham turlarga bo'linadi. Yengil avtomobil shinalari hamma iqlim hududlarida, yengil avtomobil, kichik yuk ko'taradigan yuk avtomobili, mikroavtobuslarda ishlatiladi. Xuddi shu ekspluatatsiya sharoiti uchun shinalar yuk avtomobillari, ularning tirkamalari, yarim tirkamalari, avtobuslarda ishlatiladi. Shinalar avtomobilning eng qimmat turadigan elementlaridan biri hisoblanib, ular avtomobilning tortish-to'xtatish mexanizmlari dinamikasiga, turg'unligiga, tekis yurishiga, yonilg'i tejamkorligiga, harakat havfsizligiga ta'sir ko'rsatadi[2].

Tadqiqot metodologiyasi.

Shina profilining ko'rinishi bo'yicha (1-rasm) ular oddiy profilli, keng profilli, past profilli, o'ta past profilli, arkasimon, pnevmokatoklarga bo'linadi[3].

1-rasm. Shinalar protektorlarining ko'rinishi.

Shinalarning ishdan chiqishi va ish muddatining kamayishi texnik foydalanish qoidalarini buzish bilan bog'liqdir. Shinalar mo'ljaldagidan oldinroq ishdan chiqishining asosiy sabablari ichki bosimning ko'tarilishi, bosimning pastligi, g'ildiraklar yaqinlashuvining noto'g'riligi, tormoz barabani ezilib tuxumsimon bo'lib qolishi, tormoz mexanizmlarining bir xil ishlamasligi, avtomobillarga ortiqcha yuk ortilishi, shinalarning o'tkir qirrali predmetlarga urilishi, vaqtida o'rin almashtirilmasligi, haydovchilar mahoratining pastligi, yo'l va iqlim sharoitlarining o'zgaruvchanligi. Bundan tashqari, avtomobillarni boshqarish mahorati ham alohida o'rin tutadi. Mahoratsiz haydovchi tezlikni aniq tanlay olmaydi, birdaniga tormoz beradi va tezlashadi. Bularning hammasi shinaning ishlash davrini kamaytiradi, hamda avtomobilning tortish kuchini 22 marta va avtomobilning tormozlash kuchini 26 martagacha oshishi hisobiga shinalarning yedirilishini tezlashtiradi. Avtomobillarning tezligini 50 dan 100 km/soat gacha ko'tarilishi shinaning ishlash davrini taxminan 40% ga kamaytiradi. Shinaning yuklanishi va uning ishlash muddati ham bir-biriga bog'liqdir. Shinalarning yuklanishini 10% ga oshishi ishlash muddatini 20% ga kamaytiradi. Yuqori yuklanish natijasida karkas ishdan chiqadi, protektorning yon tomonlari ko'proq yediriladi. Shinaga berilgan texnik hujjatdagi yuklanish kattaligi me'yoridan 5-10% kamroq bo'ladi. Bu iqtisodiy yuklanish deyiladi. Yuklanishning kamayishi ishlash davrini oshiradi [4,5].

Texnik ekspluatatsiya nuqtai nazaridan ba'zi omillar alohida qiziqish uyg'otadi, chunki avtotransport korxona sharoitida ularga ta'sir qilish mumkin. Har bir shina uchun uning tuzilishi va iqtisodiy yuklanishni hisobga olgan holda havo bosimi me'yori qabul qilinadi. Uning me'yorida bo'lmasligi shinaning ishlash davrini kamaytiradi. Asosan kam bosim maqsadga

muvofiq emas: protektor yon tomonlarining yedirilishi tezlashadi (radial juda past profilli shinalar kamroq darajada yediriladi)(2-pacM).

o -----—

0,19 0,2 0,21 0,22 0,24 Bosim, MPa

2-pacM. Shina bosimini eyilishga ta'siri.

Shinadagi asosiy yuklanishni 60-70% ini havo qabul qiladi. Shinadagi havo bosimining pasayishi karkas yuklanishini ko'paytiradi. Shinaning ezilishi ko'payadi, karkasda charchash kuchlanishi ko'payadi, iplar uziladi (asosan metal kordda), radial shinalarda bortlar uziladi va yonilg'i sarfi ko'payadi (15% gacha)[6].

Avtomobil shinalariga TXK, shinadagi havo bosimini tekshirish, tashqi tomonini nazorat qilish va protektor yedirilishini aniqlash, undan uchlik narsalarni chiqarib tashlash, juftlab qo'yilgan shinalar orasidan masofani (40-50 mm) tekshirish, ularning o'rnini almashtirishdan iborat. Shinadagi havo bosimini aniqlash uchun porshenli yoki prujinali monometrlardan foydalaniladi. Siqilgan havo qo'zg'almas yoki qo'zg'aluvchan kompressorli moslamalardan olinadi. Ularning ishlab chiqarish qobiliyati 1 m3/min bo'lib, hosil qiladigan bosimi 1,0-1,2 MPa ga teng bo'ladi[7].

Shinaga to'g'ri kelgan yuklamaga qarab, uning bosimi har xil bo'ladi(l-jadval).

1-jadval

Shina rusumi Salonda 3 kishi bo'lganda, Salonda 5 kishi bo'lganda,

shina bosimi, MPa shina bosimi, MPa

155SR13 0,18 0,16 0,19 0,24

175\70R13 0,18 0,16 0,19 0,24

185\60R14N 0,21 0,19 0,22 0,24

Shinalarga TXK jarayoni quyidagicha[8]:

- Diagnostika (D-1) paytida ularning ichki bosimini nazoratdan o't-kazish va 1-TXK paytida ichki bosimni normal holatga keltirish,

- Shinalarni qarovdan o'tkazish, chegara yeyilishini aniqlash, qoplamaga va ular orasiga tiqilgan predmetlarni tozalash, chuqurligini tekshirish,

- 2-TXK paytida shinalarni avtomobildan yechib olib yoki yechmasdan mu-vozanatlash. Shinalarni ko'proq ishlashi uchun ularni ajratish va yig'ish ishlariga alohida e'tibor berish kerak. Shinalarni yig'ish ishlarini bajarishdan avval disklar va g'ildirak detallari tekshiriladi (bort va qulf halqalari), hamda iflosliklardan va zangdan tozalanadi. Disklarni to'g'rilash va tozalash uchun maxsus stanoklardan foydalaniladi[9]. Yengil avtomobillarni shinalarini ajratish va yig'ish uchun maxsus SH-501 M modelidagi kabi jihozlar ishlab chiqarilgan, ulardan tashqari juda ko'p turdagi nostandart jihozlar ham mavjud bo'lib, ular asosan elektrodvigatel, reduktor, siqgich, kranchalar va boshqa detallardan tuzilgan bo'ladi.Yuk avtomobili va avtobuslarni g'ildiraklarini ajratish va yig'ishda ham maxsus jihozlardan foydalaniladi. Yengil avtomobil shinalarini ajratib va yig'ilgandan so'ng ularni muvozanatlash zarurdir(1-maruza).

a) b) 3-rasm. G'ildirak konstruksiyasi: a)-kamerasiz shina uchun 1-protektor; 2-havo o'tkazmaydigan rezina qatlami; 3-karkas; 4-g'ildirak ventilii; 5-obod. b)- kamerali shina uchun;

1-obod; 2-kamera; 3-shina; 4-g'ildirakventili.

Havo bosimining me'yoridan oshiq bo'lishi protektor o'rta qismining yedirilishiga sabab bo'ladi. Kord iplari yuqori kuchlanishda bo'ladi. Yomon yo'l sharoitida shinani jarohatlanish ehtimoli oshadi. Avtomobil shinalarning statik va dinamik nomuvozanatliklari ham xarakatga o'z ta'sirini o'tkazadi. Statik nomuvozanatlik - bu g'ildirak massasini aylanish o'qiga nisbatan bir tekisda taqsimlanmaganligidir. Agar bunday g'ildirak aylantirilsa, har doim og'ir qismi past tomonga kelib to'xtaydi. Harakatlanish davrida statik nomuvozanat g'ildirakni vertikal tekislikda tebratadi, kuzovning tebranishi sodir bo'ladi, payvand va qotirish birikmalari bo'shashadi. Dinamik nomuvozanatlik - bu shina massasining, markaziy bo'ylama g'ildirash tekisligiga nisbatan bir xilda taqsimlanmaganligidir. Harakatlanish vaqtida g'ildirakning tebranishi gorizontal tekislik bo'yicha sodir bo'ladi. Bu vaqtda rul boshqarmasi va mexanizmiga, gupchak podshipniklariga o'zgaruvchan yuqori tebranishli yuklanish ta'sir etadi, hamda ular tez yediriladi. Bunday nomuvozanatlilik alomati rul chambaragining tebranishiga olib keladi. Bu holatlarning 90% ga yaqin hollarda avtomobil g'ildiragi ikki turdagi nomuvozanatlilikda bo'ladi. Buning sababi, shina tayyorlashda uning tuzilish elementlarining sifatsiz yig'ilishi, noto'g'ri yig'ish hamda ekspluatatsiya davrida bir tekis yedirilmaslik bo'lishi mumkin[10].

Tahlil va natijalar.

Har qanday nomuvozanat protektorni dog'-dog' bo'lib yedirilishiga olib keladi. Avtomobil g'ildiragining diski yonlama qattiq turtki natijasida qiyshayadi. Bunda yuzaga nisbatan tebranish(«vosmerka») paydo bo'ladi. Ekspluatatsiya jarayonida 15% yengil avtomobillarning disklari 3-6 mm tebranishda bo'ladi. Avtomobilning orqa ko'prigidagi bir g'ildirakning tebranishi ikkinchisiga o'tadi va u ham ishlash davrini kamaytiradi.Ishlab chiqarilgan zavodning ko'rsatmasiga binoan yangi diskning tebranishi 1,2 mm dan oshmasligi kerak[11]. Disksiz g'ildirakli yuk avtomobillari va avtobuslarda yuzaga nisbatan tebranish birikmalarni bir xilda qotirmaslik natijasida sodir bo'ladi. Protektorning yedirilishga boshqariluvchi g'ildiraklarning o'rnatilish burchaklari katta ta'sir ko'rsatadi. Eng asosiysi, yaqinlashuv burchagi hisoblanadi. Uning me'yoriy kattalikka to'g'ri kelmasligi shinani ishlash davrini kamaytiradi. Yaqinlashuv burchagining me'yoridan musbat og'ishida protektorni tashqi tomonida changsimon yedirilish sodir bo'ladi. Manfiy og'ishda esa, protektorning ichki tomonida changsimon yedirilish sodir bo'ladi. Buning natijasida yonilg'i sarfi ham oshadi.

B

a) b)

4-rasm. Shinaning qirqimi: 5-rasm. Diagonal (a) va radial (b) shinalar

V-shinaning eni; N-profilning balandligi; konstruksiyasi:

D-shinaning tashqi diametri; 1-bort; 2-bort simi; 3-karkas; 4-breker; 5-yon

d-to'g'inining diametri. tomon; 6-protektor.

Oddiy profilli shinalarda (3-rasm) uning balandligi N ning eni V ga nisbati 0,9 dan kattadir. Uning ko'ndalang kesimi torpid shaklidadir va u kamerali yoki kamerasiz qilib ishlanishi mumkin. Bu turdagi shinalar yaxshi yo'llarda yurishga mo'ljallangan hamma avtomobillarga o'rnatiladi. O'z navbatida radial shinalar R va RS turlarga ajraladi. 326 Diagonal shinalar (4a-rasm)da kord iplari qatlami 2 ikkitadir va shina diagonali bo'ylab joylashgan. Uning qolgan qismlarining tuzilishi radial (R) shinalar bilan bir xildir. Radial (R) shinalarda(4b-rasm) kord iplari 2 radius bo'ylab joylashgan, diagonal shinadan ikki marta kam. Uning uchun N/V -0,7-0,85 va kamerali yoki kamerasiz qilib tayyorlanadi. Radial shinalar diagonal turiga nisbatan kattaroq yuk ko'tara olish qobiliyati, katta radial elastikligi, g'ildirashga qarshiligining kamligi, nisbatan kamroq qizishi, chidamliligining 2 martagacha yuqoriligi bilan ajralib turadi. Lekin radial shina tannarxining yuqoriligi, yon tomonga elastikligining yuqoriligi, notekis yo'ldan yurilganda shovqin chiqarishi kabi kamchiliklarga ega. Radial (RS) turidagi shinaning tuzilishi xuddi R turidagiga o'xshash bo'lib, faqat protektorining yechilish usuli bilan ajralib turadi. RS turidagi radial shinalar protektor halqalarining almashishi hisobiga ko'p vaqtga chidaydi (150000 km gacha), lekin massasi kattaligi va halqalarning chiqib ketish xavfi borligi kabi kamchiliklarga ega. Transport vositalarida sovuqqa chidamli shinalar ham ishlatilib, ular minus 45°S dan ham past haroratda ish qobiliyatini yo'qotmaydi, yetarlicha mustahkam va elastik bo'ladi. Shuning uchun g'ildirakni kuzov bilan bog'laydigan kuchlarni qabul etuvchi yo'naltiruvchi richaglar zarur. Yo'l notekisliklaridan, ta'sir etayotgan turtkilardan hosil bo'layotgan tebranishlarni so'ndirish ham kerak[12].

Yengil avtomobilda yaqinlashuvning 1° dan ortiq yoki kam bo'lishi yonilg'i sarfini 1,5% ga oshiradi. Og'ish burchagining me'yoridan juda katta farq qilishi protektorning yedirilishiga salmoqli ta'sir ko'rsatadi. Shinaning protektorida bir tomonlamali silliq yedirilish yuzasi hosil bo'ladi. Avtomobil konstruksiyasiga ko'ra og'ish burchagi shkvorenning ko'ndalang og'ish burchagi bilan «qattiq» bog'liq. Ularni sozlash yoki ekspluatatsiya qilish jarayonida birgalikda o'zgaradi. Ko'pgina hollarda bir tomondagi shinaning bir tomonlama keskin yedirilishi shkvorenlarning bo'ylama og'ish burchaklari bir xilda emasligi tufayli sodir bo'ladi. Bu holatda avtomobil tekis yo'lda harakatlanganda u bir tomonga tortib ketadi. Burilish burchaklarining bir-biriga nisbatan farqi oldingi g'ildiraklar shinasini yedirilishiga sabab bo'ladi. Bu holat avtomobil ko'proq burilishlar ko'p bo'lgan shahar va tog' sharoitilarida harakatlanganda sodir bo'ladi.

6-rasm. Avtomobilning old prujina 7-rasm.Osmaning elastiklik tavsifi.

richagli osmasi

Burilish burchaklarining noto'g'ri o'rnatilganligining alomati ikki shinadan birining tashqi protektorini ko'proq yedirilishidir[13,14,15]. Shinalardagi betartib dog'lar, pokrishkalarning tez va oqlanmagan eskirishi, prujinalar va yuqori tayanchlarning xolati va shikastlanishi muammoga olib keladi. Osma elementlariga kelsak, ko'z ziyrakligiga ishonish yaramaydi, tajribali mutaxassislarga murojaat qilgan ma'qul. Afsuski, eskirgan amortizatorlarning ham holati yaxshi ko'rinishi mumkin. Mana shu holat amortizator ishchi holatda degan xayolga borib, adashishga sabab bo'ladi. Aslida esa, ichki elementlarda muammolar bo'lishi mumkin va bu holatda, ko'zdan kechirishning o'zi bilan kifoyalanib bo'lmaydi. Ekspluatatsiya jarayonida ko'priklarning bir-biriga nisbatan parallel joylashishi buziladi va biri ikkinchisiga nisbatan suriladi. Ko'pgina hollarda surilish orqa ko'prikda sodir bo'ladi. Bunda avtomobil harakat yo'nalishiga nisbatan burchak ostida joylashadi.Orqa ko'prik shinalaridan birining protektorini tashqi, ikkinchisining ichki qismlarida changsimon yedirilish sodir bo'ladi. Har qanday turdagi notekis yedirilishning o'z vaqtida oldi olinmasa, bir qancha fursatdan so'ng protektor to'liq yuza bo'yicha to'lqinsimon yedirilib ketadi. Shinaning yedirilishiga avtomobil texnik holatining boshqa omillari: yengil avtomobil mayatnigi richagining o'q bo'yicha lyufti (oldingi o'ng tomondagi shinaning yedirilishi ko'proq bo'ladi), shkvorendagi (sharli tayanchlardagi), gupchak podshipniklardagi lyuftlar, tormoz barabanlari ishchi yuzasining tuxumsimon bo'lib qolishi va boshqalar ta'sir ko'rsatadi. Bunday nosozliklarni yuqorida ko'rib chiqilganlarga nisbatan, juda kam ta'sir ko'rsatadi va ularni oson aniqlab olish mumkin. Shinadagi bosimni tezda aniqlashning zamonaviy yo'nalishlaridan biri, shinani yon qismini yoki protektorini ezish vaqtida qarshilik ko'rsatish kuchi bo'yicha hisoblashdir. Bu usulning kamchiligi, aniqlangan qiymatning shina qattiqligiga bog'liqligidadir, bu usul yuqoridagisiga qaraganda, ATK sharoitida shinadagi havo bosimining me'yoriy qiymatdan farqini kamayishini ta'minlaydi, ya'ni farq u=0,05, shu jumladan, yengil avtomobil uchun ±0,025, yuk avtomobili uchun ±0,050-0,075 MPa bo'lib, bunda shinalarning o'rtacha ishlash muddatini 1,5% kamayishi mumkin. Osmada elastik qismning mavjudligi, kuzovni tik yo'nalishda tebratadi. Tebranishning me'yoriy chegarasidan katta chastota va amplitudasi yuk va yo'lovchiga salbiy ta'sir etadi. Demak, kuzov tebranishini me'yorlash muammosi paydo bo'ladi. Osmaning uchinchi asosiy qismi, kuzov tebranishini so'ndirgich amortizatordir.

Xulosa va takliflar.

Avtomobillarning modeli va turini hisobga olgan holdagi shinadagi me'yoriy havo bosimining qiymati asosiy hujjat hisoblangan «Avtomobil shinalarini ekspluatatsiya qilish qoidalari»da aks ettirilgan. Ishlab chiqaruvchi zavodlarining shinalarni ekspluatatsiya qilish

qo'llanmalari tavsiya harakteriga ega. Havo bosimini nazorat qilish har bir TXK da bajariladi. Undan tashqari, haydovchi har kuni shinani ko'zdan kechirishi va zarurat bo'lsa bosimini aniqlashi zarur. Har qanday turdagi notekis shinalarning yedirilishini o'z vaqtida oldi olinmasa, bir qancha fursatdan so'ng protektor to'liq yuza bo'yicha to'lqinsimon yedirilib ketadi. Avtomobilning orqa ko'prigidagi bir g'ildirakning tebranishi ikkinchisiga o'tadi va u ham ishlash davrini kamaytiradi. Bu nosozliklar yuqorida ko'rib chiqilganlarga nisbatan juda kam ta'sir ko'rsatadi, hamda ularni oson aniqlab olish imkonini beradi.

ADABIYOTLAR

1. Mamatov X.M. va boshqalar «Avtomobillar», T, «o'qituvchi», 1982y.

2. Avtomobillar. Konstruk^iya asoslari. Muxitdiinov A. A. va boshq. - T. «Istiqlol nuri», 2015. - 332 b.

3. Fayzullaev va boshqalar —Transport vositalari tuzilishi va nazariyasi I-qism. Э.Z.Fayzullaеv taxriri ostida. Toshkent —Yangi asr avlodi 2006 y. 375-bet

4. Ivanov A.M. i dr. Osnovw konstruk^i avtomobilya, M.OOO —Knijnoe izdatelstvo —Za rulem, 2005-336 s.

5. Eshquvvatovich, I. S., & Abdurakhimovich, P. U. (2021). The importance of the level of motorization in the development of vehicle maintenance. Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences, 1(1), 18-26.

6. Mansurovna, M. L., & Eshquvvatovich, I. S. (2021). Study of the influence of operating factors of a vehicle on accident by the method of expert evaluation. Journal of Academic Research and Trends in Educational Sciences, 1(1), 10-17.

7. Murtazakulovich, H. Y., & Qo=Chqorovna, Y. M. (2021). Yer usti transport tizimlarida tashishni tashkil etishda yuksiz qatnovlarni optimal rejalashtirish. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(1).

8. Odilov, N. (2020). The analysis of the development of gas cylinder supply system. Academic research in educational sciences, (3).

9. Raxmatov, O., & Sotvoldiyev, X. R. O. G. L. (2021). Avtotransport vositalariga mavsumiy servis xizmat ko=rsatish turlari va ularning xarakat xavfsizligiga ta'siri. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(10), 1147-1151.

10. Suvanov, U., Hamraqulov, Y., & Agzamov, J. (2021). Transport vositasining texnik holat masalalari. Academic research in educational sciences, 2(2).

11. Adilov, O. K., Kulmuradov, D. I., & Begmatov, B. Ya. (2014). Perexodnwe xarakteristiki mashinw pri skachkoobraznom povorote rulevogo kolesa. Molodoy uchenwy, (20), 101-104.

12. Adilov, O. K., Mamaeva, L. M., & Abduxamitova, D. O. Q. (2021). Kuzovlarga ishlov berish metodlari. Academic research in educational sciences, 2(12), 600-610.

13. Safoyev, A. A., &Rajabov, I. Y. (2019). Ensuring the increase of the intensity of cleaning cotton from a small sorah. TextileJournalofUzbekistan, 6(2), 2.

14.Agzamov, M., Radjabov, I., &Yuldashev, D. (2021, December). Research of the reasons of increased drop in cotton seeds after generation with reduced density of raw roller. In IOP Conference Series: Earth and Environmental Science (Vol. 939, No. 1, p. 012072). IOP Publishing.

15.Razhabov, Ibrat, Safoyev, A., Agzamov, M., &Yuldashev, D. (2020). Cleaner of Raw Cotton with a Screw Working Body. In Saudi Journal of Engineering and Technology (Vol. 5, Issue 10, pp. 361-365). SASPR Edu International Pvt. Ltd. https://doi.org/10.36348/sjet.2020.v05i10.003

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.