O
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(1/2), Jan., 2023
AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR SALTANATIDAGI IJTIMOIY TARKIB
Ramatov J.S.
Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri, f.f.d.,professor Nazarova N.J.
Ijtimoiy fanlar kafedrasi katta o'qituvchisi Hasanov M.N.
Ijtimoiy fanlar kafedrasi tayanch doktoranti
ANNOTATSIYA
Maqolada Amir Temur saltanatidagi ijtimoiy toifa va ijtimoiy tarkibning o'ziga xosliklari, vazifalari tahlil qilinadi.
Kalit so 'zlar: insoniy kamolot, ijtimoiy faoliyat, ijtimoiy soha, tabaqa va toifa, quyi qatlam, davlat ishi, ijtimoiy tarkib, saroy ma 'muriyati.
ABSTRACT
In this article, social stratum and social structure and its peculiarities of Amir Temur's emperor are illustrated.
Key words: human development, social activity, social sphere, caste and class, lower stratum, state work, social composition, palace administration.
KIRISH
O'z o'tmishi, ulug' qadriyatlari, millati bilan faxrlanadigan, binobarin, kelajakka komil ishonch bilan qaraydigan avlodni voyaga yetkazishdek muqaddas vazifa qo'yilgan hozirgi kunda tariximizni chuqur o'rganish g'oyat muhimdir. Xalqimiz o'tmishida insoniy kamoloti va ijtimoiy faoliyati bilan nom qozongan zotlar benihoya ko'p. Ammo ular orasida bir zot borki, u Vatanimiz kechmishi, buguni va ertasida behad yuksak o'rin tutadi. Sohibqiron Amir Temur xalqimiz dahosining ana shunday yuksak o'rin tutgan, yorqin timsolidir.
Amir Temurning faoliyatida ijtimoiy soha masalalari keng qamrovligi bilan ajralib turib, uning jamiyatida ijtimoiy birliklar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni ijtimoiy-kasbiy faoliyat olib boruvchi tarkib alohida o'rin tutadi. Davlatni boshqarish ishlariga Amir Temur alohida e'tibor qaratgan. O'zining 'Temur tuzuklari"da "... o'n ikki tabaqa va toifadagi kishilar bilan mamlakatni zabt etdim, ularni idora qildim. Davlat, saltanat ustunlarini o'shalar bilan quvvatlab, majlislarimni shular bilan ziynatladim"[1.63], deb yozadi. Hatto, jamiyatdagi eng quyi qatlam vakillaridan ham maslahatlar olganini bayon etadi. Bundan ko'rinib turibdiki, Amir Temur o'ta sahovatpesha va bag'rikeng inson bo'lgan. "Darvish, faqir va miskinlarni o'zimga yaqin tutdim, ularning ko'ngillarini og'ritmadim va biron talablarini rad etmadim[1.64], shuningdek, u "... davlat ishlarini
o
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(1/2), Jan., 2023
saltanat qonun-qoidalariga asoslangan holda boshqardim. To'ra va tuzukka tayanib, saltanatda o'z martaba va maqomimni mustahkam saqlab turdim. Amirlar, vazirlar, sipoh, raiyat, har biri o'z lavozim va martabasidan mamnun holda xizmatimda bo'lib, undan ortig'iga da'vogarlik qila olmadi[1.63]", deb ta'kidlaydi.
Amir Temur jamiyatni toifalarga bo'lishda bizning nazarimizda, ikki qatlamni ajratadi. Birinchisi - davlat ishlarida ishtirok etadigan va davlat asosini tashkil qiladigan, yuqorida aytilgan 12 toifa. Ikkinchi qatlam - xalq, ulus, ra'iyat, ya'ni davlatning moddiy asosini yaratuvchi dehqon, hunarmandlar, kosiblar va umuman hunar ahli. Shuning uchun ham Amir Temur asosiy yaratuvchi va eziluvchi omma bo'lgan dehqon va hunarmandlar haqida hech narsa demagan va e'tibor qilmagan, deyish noto'g'ri.
Amir Temur va Temuriylar saltanatidagi ijtimoiy tarkib, ma'murlarni turlicha atamalar bilan ifodalangan. Masalan, hokim, dorug'a, navkar, chuhra, bakovul, bovurchi, oftobachi, chig'ovul, hojib, eshikog'a, sayislar, rikobdor, nog'orachi, qushbegi va shunga o'xshashlar. Har bir shaxs, ijtimoiy guruh, jamiyat ijtimoiy tarkibida o'z o'rniga ega bo'ladi.
Biz ana shu ijtimoiy tarkib - ma'murlar to'g'risida imkon qadar batafsilroq so'z yuritmoqchimiz. Yuqoridagi ma'murlarning ko'pchiligi "Temur tuzuklari"da ham tilga olinadi. Biz ularni ixchamgina jamlashga jazm etdik.
Temur qurmoqchi bo'lgan mukammal jamiyatni shoh eng ishonarli vazirlar yordamida amalga oshirilishi mumkin va shuning uchun ham u o'z ishonchli va e'tiborli kishilari bo'lgan vazirlarga katta e'tibor berishni ta'kidlagan. Temur fikricha, podshoh vazirlarni tanlashda adashmasligi kerak. Shoh asosan to'rt sifatga ega bo'lgan kishilarni o'ziga vazir etib tayinlashi mumkin: birinchisi - asllik, ikkinchisi - aql-farosatlilik, uchinchisi - sipohu raiyat ahvolidan xabardorlik, ularga nisbatan xushmuomila bo'lishlik, to'rtinchisi - sabr chidamlilik va tinchliksevarlilik. Temurning maslahat berishicha bunday sifatga ega bo'lgan kishilarni faqatgina vazir etib tayinlash emas, balki, davlatning u yoki bu tarmoq ishlari uchun maslahat etib tayinlash mumkin.
Saltanatdagi har bir shahar yoki o'lkaning ishlari hokim va dorug'aga yuklatilgan bo'lib, aslida bu unvonlar ma'no jihatidan bir xil, ya'ni ma'nodosh, sinonim so'zlar bo'lib, ular, odatda bitta ma'muriyatni boshqargan kishiga nisbatan ishlatilgan.
Dorug'atlar, asosan huquqiy, mahkama ishlarini yuritishgan, zarur hollarda mamlakatning askari bilan urushga borgan, favqulotda holatlarda soliq yig'ishga ham yuborilgan.
Hokimlar va dorug'alarni vazifasiga tayinlanishi va undan ozod qilinishi moliya devonida hal qilingan.
Shohrux davrida Hirot poytaxt bo'lganligidan dorug'a, asosan shahar osoyishtaligi bilan shug'ullangan. Hirot hokimi (dorug'asi) avval Shohruxning qarindoshi amir
o
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(1/2), Jan., 2023
Muhammad Darvesh bo'lgan, u o'lgandan so'ng, 1433 yili uning o'rniga amir Sulton Abusaid tayinlangan. Shu o'rinda amir Alisher Navoiyning ham keyinchalik Astrobod hokimi lavozimida faoliyat ko'rsatganligini aytib o'tish lozim.
Ko'proq harbiy ahamiyatga molik yirik shaharlarda dorug'adan tashqari qal'a qo'mondoni sanalgan qutvollar ham bo'lgan. Saroydagi ma'muriyat ijtimoiy tarkibini sanab o'tamiz: hukmdorning arizalar va ulug' beklarning o'z navkarlari va chuhralari bo'lgan. Ular hukmdor, mirza yohud beklar xizmatiga kirib saroyda va harbiy ishlarda qatnashishgan, davlat tizimida katta lavozimlarga ko'tarilishi mumkin bo'lgan.
Saroyda oziq-ovqat bilan bog'liq ishlarni quyidagi ma'murlar bajarishgan: bakovul - oziq-ovqatni nazorat qilgan. Bakovuldan keyin bovurchi kelgan bo'lib, u asosan oshpazlik qilgan (hozirgi bosh oshpaz). Bovurchidan pastroq ma'mur oftobachi bo'lgan, u hukmdor qo'liga suv qo'yib turgan.
Hukmdorning yotog'iga qaraydigan, saflarda chodirini, to'shagini va boshqa narsalarini ko'tarib yuradigan, hukmdorlarning yotish-turishiga ko'z-quloq bo'lib turadigan farroshlar; keldi-ketdilarni kutib oladigan va kuzatib qo'yadigan hamda ular bilan bog'liq ishlarni bajarib yuradigan chig'ovul, hojib, eshikog'aga; ot va oxurlarga qaraydigan sayislarga; yem-xashak, to'rva va boshqa ishlarni boshqaradigan rikobdorlarga; tabexona deb atalgan va unga qaraydigan nog'orachiga bo'lingan.
Davr harbiylarining yuksak ma'rifatli vakili bo'lgan Amir Temur musiqa san'atini ahamiyatini ma'naviy omil sifatida chuqur idrok etgan, harbiy musiqa turlari qo'shinlarning jangovar ruhiyatini oliy darajada saqlab turuvchi kuch deb bilgan va uning rivojiga katta e'tibor bergan. U tarixda birinchi bo'lib, askarlarni jangovar bayroqlar va cholg'u asboblari bilan taqdirlash odatini harbiy udumga kiritadi: "Amr qildimki, - deb yozadi "Tuzuklari"da, - qaysi bir amir biron mamlakatni fath etsa, yo g'anim lashkarini yengsa, uni uch narsa bilan mumtoz qilsinlar - faxrli xitob, tug' va nog'ora berib, uni bahodir deb atasinlar"[1.97].
Shunisi e'tiborliki, Amir Temur lashkarida musiqa cholg'ulari faqatgina ma'naviy ramziyot hisoblanmasdan, balki ko'proq harbiy matonat, shijoat nishoni, jangchilarning tabaqa va martabalarini ko'rsatuvchi harbiy daraja belgisini anglatgan. Amir Temurning musiqa san'atini yuqori darajada baholashi, cholg'ulardan harbiy nishon, jasorat ramzi sifatida foydalanishi - jahon muhoraba san'ati tarixida mislsiz voqeadir. Bu xusuda professorlar J.Yaxshilikov va SH.Ahadov o'zlarining "Temuriylar ma'naviyati" asarida "Amir Temur armiyasining harbiy orkestri - puflama va zarbli cholg'ularining xilma-xil turlaridan tashkil topadi. Ularning ko'pchiligi turk hoqonligi, somoniylar, qoraxoniylar va xorazmshohlar davrlarida mashhur bo'lgan. Bunda azaldan Markaziy Osiyoda yaxshi tanish bo'lgan nog'ora zarbli urma asboblar guruhining markazini tashkil qiladi. Ulardan juft naqqora, katta, qozon shaklidagi "ko's naqqora" juda keng qo'llanilgan.
о
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(1/2), Jan., 2023
O'rta asrlar miniatyuralaridagi tasvirlarga qaraganda, qo'sh naqqoralar sipohiy sozandalar tomonidan otning ustida, egarning ikki tarafiga joylanib chalingan. Katta ko's naqqora esa aksariyat miniatyuralarda tuyaning o'rkachiga o'rnatilgan holda tasvirlangan"[3.90-91] deb yozadilar.
Hukmdoming ovini tashkil qiladigan va ov qushlarini yetishtirib beradigan qushbegi ham bo'lgan. Bundan tashqari saltanatning turli buchaklarida yashovchi xalqdan xabardor bo'lib turishi uchun maxsus choparlar saqlash va u choparlar eng farosatli va bilimdon kishilar bo'lishi kerakligi ham har bir odil shohning mukammal jamiyatining asosiy mezonlaridan biri bo'lishi kerak. Temurning o'zi ham bunga to'la amal qilgan. "Amr qildimki, mingta tezyurar tuya mingan, mingta ot mingan yelib-yuguruvchi kishini chopqinchi, ming nafar tez yurar piyodani (chopar) tayinlasinlarkim, turli mamlakatlar sarhatlarining xabarlarini qo'shni hukmdorlarining maqsadlarini va niyatlarini bilib, huzurimga kelib xabar qilsinlar, toki biron voqea kor-hol yuz bermasdan burun choralar ilojini qilaylik"[1.117] degan edi Temur.
Amir Temurning faoliyatining mazmunini inson, millat va Vatan taqdiri tashkil etganligi sababli, milliy davlatchilik masalasi bosh mavzu sifatida alohida o'rin egallagan. Bu ko'rsatkichlar, uning faoliyati asosini - ma'naviy va moddiy yaratuvchanlik tashkil etishini ko'rsatadiki, bu fenomenal xususiyat asosan buyuk siymolarda mujassamlashgan bo'ladi. Xullas, Amir Temur va Temuriylar saltanatida boshqaruvni amalga oshiradigan ijtimoiy tarkibni chuqurroq va maxsus o'rganish talab etiladi.
REFERENCES
1. Темур тузуклари. - Т.: "Фан ва технология", 2014. 196 б.
2. Каримов С.К. Амир Темур ижтимоий-сиёсий таълимотининг асосий тамойиллари. Урта Осиё социологик фикрлари тарихидан (Укув кулланма). -Самарканд: СамДУ, 261-262-6.
3. Яхшиликов Ж., Асадов Ш. Темурийлар маънавияти (Илгариги манбалар ва янги тадкикотлар асосида). - Т.: "Фан", 1999.
4. Раматов, Ж. С., & Эрниёзов, У. (2022). ИСЛОМ ДИНИДАГИ КАДРИЯТЛАР ВОСИТАСИ АСОСИДА ШАХС МАЪНАВИЯТИНИ ЮКСАЛТИРИШДАГИ АХАМИЯТИ. World scientific research journal, 4(2), 81-90.
5. Харатова, Ш. Х., Назарова, Н. Ж., Абдукаримова, Г. Б., Рахимова, М. И., & Темирова, С. В. (2022). ВОЯГА ЕТМАГАН УСМИРЛАР БИЛАН ИШЛАШДА ОИЛА, МАХДЛЛА, МАКТАБ ХДМКОРЛИГИ МАСАЛАЛАРИ. Uzbek Scholar Journal, 11, 102-110.
XULOSA
о
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(1/2), Jan., 2023
6. Раматов, Ж. С., Дасанов, М. Н., & Валиев, Л. А. (2022). IX-X АСРЛАРДА УРТА ОСИЁ МУТАФАККИРЛАРИНИНГ АДЛОКИЙ ТАРБИЯ ДАКИДАГИ ЕОЯЛАРИ (АЛ-ФОРОБИЙ АСАРЛАРИ МИСОЛИДА). Academic research in educational sciences, 3(6), 660-669.
7. Jo'rayevna, N. N. (2022). KADRLAR KASBIY SIFATINI TAKOMILLASHTIRISHDA PEDAGOGIKANING О 'RNI. PEDAGOG, 1(4), 109-111.
8. Sheralievna, U. R., Juraevna, N. N., Baratovna, A. G., Vladimirovna, T. S., & Inamjanovna, R. M. (2022). EFFICIENT USE OF EDUCATIONAL OPPORTUNITIES TO ENSURE THE COMPETITIVENESS OF YOUTH. Uzbek Scholar Journal, 11, 97101.
9. Раматов, Ж. С., Дасанов, М. Н., & Валиев, Л. А. (2022). IX-X АСРЛАРДА УРТА ОСИЁ МУТАФАККИРЛАРИНИНГ АДЛОКИЙ ТАРБИЯ ДАКИДАГИ ЕОЯЛАРИ (АЛ-ФОРОБИЙ АСАРЛАРИ МИСОЛИДА). Academic research in educational sciences, 3(6), 660-669.
10. Раматов, Ж. С., Баратов, Р. У., & Тухтабоев, Э. (2022). УЗБЕК ЭТНОМАДАНИЯТИНИНГЖА^ОН ЦИВИЛИЗАЦИЯСИДА ТУТГА Н УРНИ. World scientific research journal, 9(2), 3-8.
11. Nazarova, N. (2020). YOSHLARDA RAQOBATBARDOSHLIK SIFATLARINI SHAKLLANTIRISHNING KONSEPTUAL ASOSLARI. O 'zMU Xabarlari.
12. Temirova, S. V., & Nazarova, N. J. R. (2022). SIYOSIY DEMOKRATIK DAVLAT BARPO ETISHNING HUQUQIY ASOSLARI. Academic research in educational sciences, 3(TSTU Conference 2), 357-360.
13. Ramatov, J., Umarova, R., Baratov, R., Khasanov, M., Sultonov, S., & Kushakov, F. (2022). PROBLEMS OF INFLUENCE OF ISLAM ON CONSCIOUSNESS TRANSFORMATION. Academic research in educational sciences, 3(10), 591-597.
14. Abdusalamovna, A. S., & Juraevna, N. N. (2022). A Strong Family as a Determining Development of Society. International Journal of Development and Public Policy, 2(6),
15. M.H.^acaHOB, A.A.X,a$rooB, P.X.ToupoB, & X.KEoma6oeB. (2022). AEy HACP OOPOEHH ^mATAH ^ABP^ATH HTM-OAH BA TALTHM-TAPEHfl . JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS, 4(3), 137-140. Retrieved from http: //www.wsri ournal .com/index. php/new/articl e/view/62 7
16. Jumaniyoz Ramatov, Rozigul Umarova, Rashid Baratov, Mirshod Khasanov, Siroj Sultonov, & Fayzulla Kushakov (2022). MODERN REQUIREMENTS FOR THE SPIRITUAL IMAGE OF YOUNG PEOPLE AND ITS MANIFESTATION IN PRACTICE. Academic research in educational sciences, 3 (10), 582-586.
31-36.
o
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(1/2), Jan., 2023
17. Ramatov, J.S., & Khasanov, M.N. (2022). SOCIAL ASPECTS OF PROFESSIONAL QUALITY IMPROVEMENT (ON THE EXAMPLE OF THE RAILWAY SECTOR). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (6), 969-976.
18. PaMaTOB, ^.C., BanneB, H.A., & XacaHOB, M.H. (2022). XIX ACP^A XHH^HCTOHAArH H^THMOHH - OAHCAOHH ^APAEHHAP. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (6), 1070-1078.
19. ^ypaöoeB, H. ro., KymaKOB, O. A., CyrnaHOB, C. X,., & XacaHOB, M. H. (2022). KОHOУЦHHHHK XYCYCH^THAPH^AH XHTOH OAHCAOACHHHHr KEHrAHHmH. World scientific research journal, 9(2), 3742.
20. Ruzigul, U., Nasirjan, J., Dilmurodkhakim, A., Mirshod, H., & Urozboy, E. (2020). Rationale and history of human reflections in the muslim philosophy. International Journal of Advanced Science and Technology, 29(5), 1453-1458.