Научная статья на тему 'AMIAK SILITRANING OLINISHI VA FIZIK KIMYOVIY XOSSALARNI O'RGANISH'

AMIAK SILITRANING OLINISHI VA FIZIK KIMYOVIY XOSSALARNI O'RGANISH Текст научной статьи по специальности «Прочие сельскохозяйственные науки»

CC BY
4
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
azotli o’g’itlar / amiakli siletra / neytrallash / portlovchi moddalar / eruvchanlik koefissenti / sovutuvchilar.

Аннотация научной статьи по прочим сельскохозяйственным наукам, автор научной работы — Umirova Muyassar Pahlovon Qizi, Umirova Gulshod Pahlovon Qizi, Qarshiyev Nurali Xoliqulovich

Bugungi kunda mamlakat hafsizligini ta’minlash, amiakli seletrani ishlab chiqarish taqsimlash tashish va sotishni nazorat qilish samaradorligini oshirish, uning yo’qolishi, portlovchi moddalarni yashirin tayyorlash uchun undan komponent usulida foydalanish imkoniyatiga yo’l qo’ymaslik maqsadida meniral o’g’itlar ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan to’g’ridan to’g’ri shartnomalar amalga oshiriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AMIAK SILITRANING OLINISHI VA FIZIK KIMYOVIY XOSSALARNI O'RGANISH»

AMIAK SILITRANING OLINISHI VA FIZIK KIMYOVIY XOSSALARNI O'RGANISH

1Umirova Muyassar Pahlovon qizi, 2Umirova Gulshod Pahlovon qizi, 3Qarshiyev Nurali

Xoliqulovich

1,2Denov tadbirkorlik va pedagogika instuti talabasi, 3Denov tadbirkorlik va pedagogika instuti

o'qtuvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11115511

Annosatsiya. Bugungi kunda mamlakat hafsizligini ta'minlash, amiakli seletrani ishlab chiqarish taqsimlash tashish va sotishni nazorat qilish samaradorligini oshirish, uningyo'qolishi, portlovchi moddalarni yashirin tayyorlash uchun undan komponent usulida foydalanish imkoniyatiga yo'l qo'ymaslik maqsadida meniral o'g'itlar ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan to'g'ridan - to'g'ri shartnomalar amalga oshiriladi.

Kalit so'zlar: azotli o'g'itlar, amiakli siletra, neytrallash, portlovchi moddalar, eruvchanlik koefissenti, sovutuvchilar.

Аннотация. Сегодня минеральные удобрения производятся в целях обеспечения безопасности страны, повышения эффективности контроля за производством, распределением, транспортировкой и реализацией аммиачной селитры, предотвращения ее потерь, а также предотвращения возможности использования ее в качестве компонента. на секретное изготовление взрывчатых веществ заключаются прямые контракты с предприятиями-производителями.

Ключевые слова: азотные удобрения, силетра аммиака, нейтрализация, взрывчатые вещества, коэффициент растворимости, охлаждающие жидкости.

Abstract. Today, mineral fertilizers are produced in order to ensure the safety of the country, to increase the effectiveness of monitoring the production, distribution, transportation and sale of ammonium nitrate, to prevent its loss, and to prevent the possibility of using it as a component for the secret preparation of explosives. direct contracts are made with the producing enterprises.

Keywords: nitrogen fertilizers, ammonia siletra, neutralization, explosives, solubility coefficient, coolants.

Azotli o'g'itlar ishlab chiqarish yo'lga qo'yilguncha davr ichida faqatgina chili selitrasi -NaNO3 qishloq xo'jaligida o'simliklar uchun meniral ozuqa sifatida ishlab kelingan. Hozirgi paytda kimyo sanoati korxonalarida turli xildagi azotli o'g'itlar ishlab chiqarilmoqda. Azotli o'g'itlarning asosiy turlari: amiak, ammoniy tuzlari, fasfat, sulfat, xlorid, ammoniy netratli va azotli o'g'itlar hisoblanadi. Ammoniy netrat NH4NO3 ni amiakli selitra ham diyiladi. Ma'lumki ammoniy netrat amiak va nitrat kislotasining o'zaro ta'sirlashuv jarayonida hosil bo'ladi. Ammoniy seletra asosan o'simliklar uchun mineral ozuqa sifatida ishlatiladi. Ammoniy nitrat suvda yaxshi eriydi. Uning +100oC haroratdagi eruvchanlik koefsenti 1000 ga tengdir. Nitrat kislotasini amiak gazi bilan neytrallash natijasida ammoniy nitrat, ya'ni ammoniy seletra hosil qilinadi.

NH3 + HNO3 = NH4 NO3 + 144,9 kJ

Ammiak ham, ammoniy tuzlari singari qishloq xo'jaligida o'git sifatida ishlatiladi. Undan sovituvchi vosita sifatida ham foydalaniladi. Ammiak O'zbekistonda — Chirchiq, Farg'ona va

Navoiy kimyo kombinatlarida sintez qilinadi, buning uchun lozim bo'lgan azot havodan, vodorod esa Buxoro tabiiy gazidan konversiya usuli bilan olinadi.

Ammiak hosil bo'lishining harorat va bosim bilan bog'liqligi; S. Arreniusning Fe katalizator ustidan ammiak sintezi uchun qismlari. Dehqonchilik mahsulotlarini yetishtirish borasida bugungi kunda mineral o'g'itlardan foydalanmasdan turib yuqori darajada hosil olishning imkoni yo'q. Mineral o'g'itlarning asosiy qismini esa ammiak asosida tayyorlanadigan selitra va karbamid tashkil qiladi. Umuman olganda, sintetik ammiak — mineral o'g'itlar ishlab chiqarish uchun eng birlamchi xomashyo hisoblanadi.

Jahonning deyarli barcha yirik kimyo korxonalarida, shu jumladan, O'zbekistondagi kimyo zavodlarida ham ammiak "Gaber jarayoni" deb nomlanadigan kimyoviy reaksiyalar ketma-ketligiga asoslangan texnologik jarayon asosida ishlab chiqariladi. Gaber kelib chiqishiga ko'ra yahudiy bo'lgan nemis kimyogari bo'lib, u dengiz orqali Chilidan Germaniyaga keltiriladigan tabiiy selitraning 1914-1918-yillardagi Birinchi jahon urushi paytida yo'li to'silgani bois Germaniyani selitra bilan ta'minlashning muqobil usullarini izlash asnosida ammiakni sun'iy sintez qilish yo'lini topgan. Shu sababli ham jarayon uning nomi bilan ataladi. Jarayon avval metan gazini parchalash orqali undan vodorod ajratib olish, keyin esa ushbu vodorodga havodan olingan azotni bog'lash orqali yakunda kimyoviy formulasi NH3 bo'lgan sintetik suyuq ammiak olish bilan kechadi. Ammiak ishlab chiqarish texnologiyasi murakkabligi jihatdan eng qiyin kimyoviy texnologik jarayonlar qatoriga kiradi. Bunda o'ta yuqori harorat (+530°C atrofida) va bosim (250 kgk/sm2 dan yuqori), bir necha xil katalizatorlar hamda katta quvvatli kompressor-mashinalar zarur bo'ladi.

Jarayonning muammoli jihatlaridan biri eng yakuniy bosqich sintez kamerasida azot va vodorod gazlari o'zaro birikib, ammiakka aylanishi uchun, albatta, temir katalizatori mavjud bo'lishi kerak. Mazkur katalizator esa faqat 350 °C dan yuqori haroratlarda ish bera boshlaydi. Bunday yuqori harorat darajalarini barqaror ta'minlash uchun esa juda katta energiya miqdori sarflanadi. Lekin hozirda boshqa usullardan ko'ra eng samaralirog'i ham shu.

Ko'rib turganingizdek, ammiakning o'zi uchun ham xomashyo bu qazilma boylik metan gazi bo'ladi. U jarayonda bir vaqtning o'zida xomashyo va yoqilg'i sifatida ham ishtirok etadi. Ammiakni sun'iy sintez qilish uchun qo'llab ko'rilgan boshqa muqobil energiya manbalari, xususan, shamol energiyasi singarilar beqarorligi va ishonchli emasligi bilan istisno qilinadi. Xomashyo sifatida tarkibida vodorod tutuvchi boshqa moddalarni (suvni) qo'llash ham metanni qo'llashdan ko'ra yaxshiroq natija bermaydi. Shu sababli mavjud usullarning o'zi bilan, lekin energiya sarfini kamaytirish orqali samaradorlikni oshirish masalasi kimyogarlar oldida doim dolzarb bo'lib kelgan. Biroq yuqorida aytganimizdek, temir katalizator 350° dan yuqori haroratlardagina ish bera boshlaydi.

Pastroq haroratlarda ham ishlaydigan katalizatorlarni yaratish borasida kimyogarlar anchadan buyon izlanib kelmoqda. Aftidan, yapon olimlarida bu borada dastlabki katta ilmiy yutuq qayd qilinganga o'xshaydi. Har holda Tokio texnologiyalar instituti kimyo fanlari doktori Michikadzi Xara boshchiligidagi ilmiy guruh tomonidan Nature jurnalida 24-aprel kuni e'lon qilingan maqolada shunga da'vo qilinmoqda. Xususan, doktor Xaraning o'zi "Nature communications"ga bergan izohida "Bizning katalizator H2 va N2 gazlaridan 50°C haroratda hamda 20 kJ/mol ga teng bo'lgan past faollashtirish energiyasi bilan ham ammiak ishlab chiqara oladi", -deya ta'kidlagan.

Maqolada aytilishicha, doktor Xaraning past haroratli katalizatori nanotexnologiyalarni qo'llagan holda yaratilgan bo'lib, CaFH qattiq eritmasi sirtiga o'rnashtirilgan ruteniy (Ru)

elementi nanozarralaridan tashkil topgan. Bunda olimlar kalsiy gidridi — CaH2 ga ftorning qo'shilishi tufayli nisbatan past harorat va bosimda ham samara beradigan katalizator hosil bo'lishiga erishgan. Spektroskopik tahlil va kompyuter modellashtirishi orqali esa olimlar ushbu katalizatorning ammiak sintezi jarayonini qanday qilib yuzaga keltirishini ko'rsatib bergan.

Ilmiy maqolada bayon qilinishicha, katalizatorning ta'sir mohiyati quyidagicha: kalsiy-ftorid (Ca-F) bog'lanishning mustahkamligi, kalsiy-vodorod (Ca-H) bog'lanish mustahkamligidan ko'ra barqarorroq bo'lgani uchun kalsiy-ftoridi bog'i kalsiy-vodorod bog'lanishini yanada susaytiradi. Natijada, ruteniy katalizator kristallaridan vodorod atomlarini sug'urib chiqara oladigan bo'lib qoladi va uning o'rniga elektronlar qoldiradi. Keyin esa ushbu vodorod atomlari ruteniy nanozarralaridan H2 gazi ko'rinishida desorbsiyalanib chiqib ketadi.

Bunga 50°C harorat ham kifoya qiladi. Katalizator "tutib olgan" elektronlar va ftor ionlari orasidagi zaryadlarning o'zaro itarilishi esa kristalldagi energetik to'siqlarni pasaytiradi va shu orqali materialga yuqori elektron sig'im bag'ishlaydi. Ajralib chiqqan elektronlar esa N2 gazi ko'rinishidagi azot molekulasining atomlari orasidagi bog'lanishlarni uzib tashlaydi va muhitda ammiak hosil bo'lishiga olib keladi.

Bu usul sinovlardan muvaffaqiyatli o'tsa va amaliyotga tatbiq etilsa, ammiak ishlab chiqarishning ushbu yangi texnologik usuli energiya tejamkorligi nuqtayi nazaridan sohada katta istiqbollarni ochishi kerak. Natijada, bir tonna ammiak olish uchun sarflanayotgan energiya miqdorining keskin kamayishi ortidan atmosferaga tashlanadigan uglerod dioksidi gazining miqdori kamaytirilishiga ham erishilishi mumkin. Aytgancha, butun dunyo bo'yicha ammiak zavodlari, atmosferaga chiqarilayotgan CO2 gazining, taxminan, 3 foizining ulushini tashkil etar ekan.

Qolaversa, u orqali metanning yoqilg'i sifatida emas, balki faqat xomashyo sifatida ishlatilishiga o'tilishi mumkin bu esa yuqori qo'shilgan qiymatga ega tayyor mahsulotlar ishlab chiqarilishiga yo'naltirilishi mumkin. Bularning hammasi o'z navbatida ikki taraflama katta foyda keltirishi kutilmoqda: birinchidan, oziq-ovqat xavfsizligi borasida arzon mineral o'g'itlar ishlab chiqarishi yo'lga qo'yilishi bilan katta samara bersa, ikkinchidan, "Gaber jarayoni"ning ekologik ko'rsatkichlarini ham ancha yaxshilashi tayin.

Sof ammoniy netrat rangsiz va hidsiz, shaffof kristal yoki oq mayda zarracha kristalidir. Ishqor bilan reaksiyaga kirishib, amiak hosil qiladi va issiqlikni yutadi. Suvda oson eriydi. Etonolda ozgina, efirda erimaydi.

Ammoniy selitrasi asosan o'g'it va sanoat va harbiy portlovchi moddalar sifatida ishlatiladi. Bundan tashqari sovutgichlar, perotexnika va.h.k. qo'llaniladi.

REFERENCES

1. Ismatov.A.A va.b. Noorganik moddalar kimyoviy texnalogiyasi. O'zbekiston: 2002. 336 bet.

2. Kuho - ceramic - coating .con https srogil.kuho - ceramic - coating

3. Chemingo.uz. https: chemingo . uz amiak

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.