Научная статья на тему 'AMALIYOTCHI PSIXOLOG SHAXS VA MUTAXASSIS SIFATIDA'

AMALIYOTCHI PSIXOLOG SHAXS VA MUTAXASSIS SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

11656
491
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
psixolog / amaliyot / jamiyat / kasb / professional / etika / estetika / psixologik xizmat / korreksiya. / psychologist / practice / society / profession / professional / ethics / aesthetics / psychological services / correction.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Marjan Smatillaevna Djanbaeva, Sarvinoz Bakhtiyorovna Allayorova

Ushbu maqolada amaliyotchi psixologlarning shaxs sifatida egallashi lozim bo‘lgan xususiyatlari va muataxassis sifatida jamiyat hayotidagi o‘rni muhokama qilingan. Shuningdek, amaliyotchi psixologlarning axloqiy va kasbiy tamoyillari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE EFFECT OF THE PSYCHOLOGICAL ENVIRONMENT ON THE EDUCATIONAL PROCESS

This article discusses the characteristics of practicing psychologists as individuals and their role in society as professionals. The ethical and professional principles of practical psychologists are also highlighted.

Текст научной работы на тему «AMALIYOTCHI PSIXOLOG SHAXS VA MUTAXASSIS SIFATIDA»

AMALIYOTCHI PSIXOLOG SHAXS VA MUTAXASSIS SIFATIDA

Marjan Smatillaevna Djanbaeva Sarvinoz Baxtiyorovna Allayorova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika

instituti magistranti instituti magistranti

j anabaevamarj [email protected] [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada amaliyotchi psixologlarning shaxs sifatida egallashi lozim bo'lgan xususiyatlari va muataxassis sifatida jamiyat hayotidagi o'rni muhokama qilingan. Shuningdek, amaliyotchi psixologlarning axloqiy va kasbiy tamoyillari yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: psixolog, amaliyot, jamiyat, kasb, professional, etika, estetika, psixologik xizmat, korreksiya.

THE EFFECT OF THE PSYCHOLOGICAL ENVIRONMENT ON THE

EDUCATIONAL PROCESS

Marjan Smatillaevna Djanbaeva Sarvinoz Bakhtiyorovna Allayorova

Master of Chirchik State Pedagogical Institute Master of Chirchik State Pedagogical Institute

in Tashkent region in Tashkent region

[email protected] [email protected]

ABSTRACT

This article discusses the characteristics of practicing psychologists as individuals and their role in society as professionals. The ethical and professional principles of practical psychologists are also highlighted.

Keywords: psychologist, practice, society, profession, professional, ethics, aesthetics, psychological services, correction.

KIRISH

XX asr bo'sag'asida psixologiya fani va uning ilg'or vakillari ozlarining navbatdagi jahonshumul ilmiy maqsadlari - insonga, ayni paytda, jamiyatga psixologik xizmat ko rsatish tizimining muqarrarligini nazariy-ilmiy jihatdan asoslab berishga muvaffaq boldilar. Shaxs va uning faoliyatini har tomonlama rivojlantirish muammosiga psixologiyaning amaliy tatbiqiy yo nalishlari asosida yondashish zarurligi haqida ko pgina olimlar o z fikrmulohazalarini bildirganlar va bildirib kelmoqdalar.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Psixologik hizmatning asosiy mazmuni - sog'lom shaxsning o'sishini ta'minlash shaxs rivojlanishidagi turli qiyinchiliklarni korreksiya qilish va kasb tanlash muammosidir. Birinchi bo'lib 1975 yilda Estoniyada psixologik xizmat atshkil etildi. Uning rahbari X.I.Liymets, Yu.L.Serd bo'lib tarbiyasi qiyin o'smirlar uchun ish olib bordilar. Rossiyada I.V.Dubrovina psixologik xizmatning rivojalanishiga juda katta hissa qo'shgan. Har bir davlatning ijtimoiy taraqqiyoti o'sha davlat hududida yashovchi fuqarolarning ijodiy o'sishi va axloqiy potensialiga bog'liq bo'ladi. Jumladan, bu kasb AQShda o'tgan XX asrning 1960 yillarida paydo bo'lib hozirgi zamon psixologiyasidagi asosiy tarmoq hisoblanadi. AQShda 1980 yillarda maktab psixologlarining Milliy assotsiyasi tuzilgan edi. AQShda maktab psixologining markaziy vazifalarida biri o'quvchilarning aqliy rivojlnish sifatini test savollari orqali baholash hisoblanadi. Psixolog B.L.Vulfson Fransiyaning hozirgi vaqtdagi pedogogik muammolarini taxlil qilib yaqin vaqtlargacha test uslubi AQSH va Agiliyadagidek keng tarqalmagan degan fikrni aytadi . Fransiya maktablarida bolaning aqliy faoliyatlari va qobilyatlarini testlar orqali aniqlash o'tgan asrning 70-yillari boshidan boshlaganligi malum. Lekin hozirgi vaqtda odamning faqatgina aqliy faoliyati bilan emas balki shaxs bo'lib shakllanishi jarayonida uni har tamonlama baholashga to'g'ri keladi.

O'zbekistonda psixologik xizmatning tadbiq etilishi. 1989-yilda O'zbekistonda amaliyotchi psixologlarning yetishmasligi sabab Nizomiy nomli TDPUda amaliyotchi psixologloglar tayyorlash fakulteti ochildi. O'zbekistonda psixologik xizmatning rivojlanishida E.G'oziyev, M.G.Davletshen, G.B.Shoumarov, V. M. Karimova, Sh. R.Baratov, E.H.Sattarov, F.S.Ismagilova, Z.T.Nizamova, H.S.Safo yev, F,L.Xaydarov, B.R.Qodirov, S.X.Jalilova, va boshqalar fan rivojida o'z hissasini qo'shgan va hozirga qadar o'z izlanishlarini davom ettirmoqda.

NATIJALAR

Bugungi kunda ko'pchilik umumiy o'rta ta'lim maktablari o'zining psixologlariga ega. Biroq shunga qaramay direktor va o'qituvchilar ko'pincha psixologning qo'lidan nima kelishi mumkinligini yaxshi tasavvur etolmaydilar. Ularga psixolog hamma muammolarini bir zumda hal qilib beradigandek tuyuladi. Ammo psixologning maktabda ish boshlaganidan keyin maktabda tashqi jihatdan hech narsa o'zgarmaganini ko'rishgach, ularda «Maktab psixologining o'zi nima keragi bor?» degan tipdagi savollar tug'iladi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, maktabdagi amaliy ish uchun psixolog o'rgangan nazariy bilimlar yetmay qoladi. Maktabga kelib qolgach, psixologlar ko'pincha amaliyotning ular oldiga qo'ygan

muammolaridan dovdirab qoladilar. Shunday ahvolga tushib qolmasligi uchun psixolog avvalo maktabga nima maqsadda borayotganligini aniqlashtirib olishi kerak.

MUHOKAMA

Psixologik xizmatning umumiy maqsadlaridan kelib chiqib, psixolog umumiy o'rta ta'lim maktabida quyidagi vazifalarni bajarishi talab etiladi:

1.Bolalarning har-bir yosh bosqichida shaxs sifatida va intellektual jihatdan to'laqonli rivojlanishini ta'minlash, ularda o'z-o'zini tarbiyalash va rivojlantirish qobiliyatini shakllantirish:

2.Har bir bolaga indivudual yondashuvni va uning psixologik-pedagogik o'rganilishini taminlash:

3.Bolaning intellektual jihatdan va shaxs sifatida rivojlanish jarayonida yuz berishi mumkin bo'lgan chetga chiqishlarni profilaktika qilish.

Shunday qilib, psixolog maktabga avvalo bolalar uchun keladi. Lekin bu psixolog o'qituvchilar bilan ishlamaydi, degani emas. Psixolog maktabda yengib o'tishi kerak bo'lgan birinchi to'siq - bu maktabning pedagogik jamoasiga qo'shila olishdir. Bordi-yu psixolog bu murakkab organizmga qo'shilib keta olmasa, o'z ishida muvaffaqiyatga erishishi dargumondir.

Dastlabki qadamlarni qo'yishda ota - onalar bilan aloqa o'rnatish juda muhim. Dastlabki aloqa ixtiyoriy xarakterda bo'lishi va o'zi murojaat qilgan ota-onalar bilan amalga oshirilishi kerak. Buning uchun psixolog alohida kun va soatlarni ajratishi lozim. Demak, umumiy o'rta ta'lim maktabida ishni boshlashdan avval psixolog:

l.O'zining pedagoglar jamoasi va maktab ma'muriyati bilan bo'lgan munosabatlarni to'g'ri yo'lga qo'yishi.

2.O'z ishining asosiy maqsadi - bu bolaning optimal rivojlanishini ta'minlash ekanini doim yodda saqlashi.

3.O'zining faoliyatida profilaktik ishga u bilan bevosita bog'liq bo'lgan diagnostik va rivojlantiruvchi ishga alohida e'tibor bilan qarashi (axir kasalni tuzatgandan uning oldini olgan ma'qulroq- da) lozim bo'ladi. O'qituvchi psixologning mijozi va yaqin hamkori sifatida O'qituvchilar ham alohida e'tibor talab qiladigan ob'ektdir. Amaliyot shuni ko'rsatadiki, odatda o'qituvchilar psixolog bilan hamkorlik qilishga tayyor bo'ladilar. Hamma gap psixolog o'zini qanday tutishiga borib taqaladi. Bunda psixologning o'qituvchilarga nisbatan egallaydigan pozitsiyasi juda muhim rol o'ynaydi.

Psixolog pozitsiyasining asosiy komponentlari quyidagilardan iborat:

a) pedagog bilan bo'lgan munosabatga ust anovka;

b) pedagoglarni qanday bo'lsa shundayligicha qabul qilishga ustanovka.

v) sub'ekt - sub'ekt munosabatlaridan iborat tenglik va hamkorlik xarakteridagi munosabatlarga ustanovka.

Mana shunday pozitsiya pedagoglar bilan bo'lgan konstruktiv hamkorlikni ta'minlay oladi. Dastlabki kezlarda psixolog o'qituvchilarga o'z yordamini haddan tashqari faollik bilan tiqishtirmasligi zarur. Kamtarona ravishda, agar zarur bo'lsa, yordam berishga tayyorligini ma'lum qilsa, shuning o'zi kifoya. Kimdir darrov hamkorlikka shoshiladi kimdir birozdan so'ng kimgadir umuman psixolog yordami kerak bo'lmaydi. O'qituvchilar bilan ishlashda bolada ro'y berayotgan ijobiy o'zgarishlarga asosan o'qituvchi sababchi bo'layotganini ta'kidlab turishi kerak. Psixologning ishi «soyada» qolishi kerak. SHunda u pedagoglar orasida tan olinadi.

O'qituvchilar bilan olib boriladigan individual ishlardan tashqari ular bilan seminarlar shaklida psixologik targ'ibot ishlarini olib borish maqsadga muvoviqdir. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad kimgadir o'z bilimlarini ko'z-ko'z qilish emas, balki pedagoglarning psixologik madaniyatini oshirishdir. Ushbu mashg'ulotlarni shunday tashkillashtirish kerakki, o'qituvchilar passiv tinglovchi bo'lib qolmasinlar. Buning uchun har bir psixologik ma'lumotga ularni o'z tajribalaridan misollar keltirishga undash kerak. Oxirida esa biror bir hazil aralash testni bajarish hammaga yaxshi kayfiyat baxsh etadi. Har qaysi maktab psixologi oldidagi savol shuki «O'zim yordamimni taklif qilaymi yoki o'qituvchilar murojaat qilishini kutaymi?» Mayli bu savolga har kim o'z vaziyatidan kelib chiqib javob bera qolsin. Lekin psixolog bir narsani unutmasinki, o'qituvchilarning unga murojat qilishi ularning pedagogik staji va tajribasiga bog'liq emas. Bu ko'proq ularning shaxsiy fazilatlariga: muloqatga kirishuvchanlik darajasi, xavotirlanuvchanlik, qiziquvchanligi yangilikka ochiqligi va boshqalarga bog'liq.

XULOSA

Psixolog oquvchilar xarakterida mavjud bo'lgan yutuqlarni rivojlantirish va kamchiliklarni tuzatish, oz xatti-harakatlarini kuzatish, tahlil qilish, baholash, ozining kayfiyat va xulq atvorini boshqarish, konikma va malakalarni rivojlantirish haqida tavsiyalar beradi. Umum orta talim maktablarida ish olib borayotgan amaliyotchi psixologlar oz faoliyati davomida talim muassasining ijtimoiy muhitini muvofiqlashtirishni taminlaydi, va ijtimoiy moslashmaslik ularning zoriqishlarini yuz berishini oldini olish uchun psixologik xizmatning o rni beqiyos. Psixologik xizmat faoliyati o quvchilar aqliy faoliyat taraqqiyoti va shaxsiy xususiyatlarini diagnostika qilishga, ta'lim-tarbiyasidagi buzilishlarning psixologik sabablarni aniqlashgagina qaratilmasdan, balki bunday buzilishlarni yoqotish va oldini olishga

qaratiladi. Bunday psixologning aniqlagan va toplagan malumotlari oquvchilarni korreksiya qilishda faol ishtirok etish zarurligi kelib chiqadi.

REFERENCES

1. Boymurodov, N. (2008). Amaliy psixologiya. Yangi asr avlodi.

2. Davletshin, M. (2002). Umumiy psixologiya. TDPU.

3. Suyarov, A. (2017). The present condition of tourism in Samarkand, the results of research survey from tourists in region. SCOPE Acad. HOUSE BM Publ. 103, 41-46.

4. Samarova Shoxista Rabidjanovna, Rakhmonova Muqaddas Qahramanovna, Mirzarahimova Gulnora, Ikromovna, Maratov Temur Gayrat ugli, Kamilov Bobir Sultanovich. (2020). Psychological aspects of developing creative personality and the concept of reduction of creativity to intellect. JCR. 7(17): 498-505. doi: 10.31838/jcr.07.17.69

5. Jabbor Usarov. (2019, June). Using Teaching Methods for Development Pupil Competencies. International Journal of Progressive Sciences and Technologies, 15(1), 272274.

6. Jabbor Eshbekovich Usarov. (2017). Formation Competence at Pupils as the Factor of Increase of Education's Efficiency. Theoretical & Applied Science, 53(9), 79-82.

7. Mukhamedov Gafurdjan Isroilovich, & Usarov Djabbar Eshbekovich. (2020). Technologies for the Development of Competencies in Physics in General Secondary Education using Multimedia Resources. International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering, 9(3), 2677-2684.

8. Usarov Djabbar Eshkulovich, & Suyarov Kusharbay Tashbaevich. (2020). Developing Pupils' Learning and Research Skills on the Basis of Physical Experiments. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(02), 1337-1346.

9. Maratov Temur Gayrat ugli (2019) Scientific theoretical problems of perfect human category in the psychology. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. 7(8). 16-22.

10. НЖ Эшнаев, TF Маратов, Г Мирзарахимова. (2020). Узбек миллий кино санъати ва маданиятида психопрофилактик хизмат тизимини жорий этиш масалалари. Oriental Art and Culture 03. 156-165.

11. Turakulov Buri Norboevich. (2020). Analysis of psychological theory of emotional intelligence. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. 8(3). 99104.

12. Usarov Jabbor Eshbekovich, Eshnayev Nortoji Jumayevich, and Kodirov Ikrom Davronovich. (2020) "PROBLEMS OF FORMATION OF LEARNING MOTIVES IN PUPILS", IEJRD - International Multidisciplinary Journal, vol. 5, no. 8, p. 6,

13. Usarov Jabbor Eshbekovich, Eshnayev Nortoji Jumayevich, and Haydarova Surayyo Abdusalomovna. . (2020) "DEFECTS IN SCIENTIFIC RESEARCH OF THE PROBLEMS OF SPIRITUAL AND MORAL CRISIS AND ITS SOLUTION", IEJRD - International Multidisciplinary Journal, vol. 5, no. 8, p. 6.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.