Научная статья на тему 'ALISHER NAVOIYNING “HAYRAT UL-ABROR” DOSTONIDAGI HIKOYATLARDA TASAVVUF TALQINING YORQINLIGI'

ALISHER NAVOIYNING “HAYRAT UL-ABROR” DOSTONIDAGI HIKOYATLARDA TASAVVUF TALQINING YORQINLIGI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ayyub alayhissalom / ibodat / shukr / sabr / talmeh / oriflik / pir / naf’ / tama / Ahmad Yassaviy / Nuh payg’ambar / tazod. / Айюб алейхиссалам / молитва / благодарность / терпение / тальме / арифлик / пир / наф / тама / Ахмед Яссави / Пророк Ной / тазад.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Nazarova X.G

https://doi.org/10.5281/zenodo.14295584 Annotatasiya: “Hayrat ul-abror” dostonidagi hikoyatlar maqolatlardagi tassavvufiy g’oyalarni tas’diqlaydi, misol tariqasida isbotlashga xizmat qiladi, ammo shunga qaramay tas’diqlovchi g’oyaviy yakun keltiriladi. Ushbu hikoyatlar qisqa-qisqa shaklda bo’lib, asosiy voqeani bayon etishga e’tibor qilingan. Biroq shu qisqa syujet ichida ham shoir qahramonning xatti-harakati, asosiy xislat va karomati, hozirjavobligini ko’rsata olgan. Navoiy har bir maqolatga ma’lum bir masala qo‘yib, hal qilish yo‘llarini tezis shaklida ko‘rsatib, bir-biridan go‘zal tasavvufiy, tarixiy so‘fiylar siymosini yaratgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

БЛЕСК ИНТЕРПРЕТАЦИИ СУФИЗМА В СЮЖЕТАХ ЭПОСА АЛИШЕРА НАВОИ «ХАЙРАТУЛЬ-АБРОР»

Сюжеты в эпосе «Хайрат уль-Аброр» подтверждают мистические идеи статей, служат доказательствами, но, несмотря на это, дается подтверждающий идеологический вывод. Эти истории короткие и сосредоточены на рассказе основной истории. Однако даже в этом коротком сюжете поэт смог показать поведение героя, его главный характер и достоинства, его отзывчивость. Навои создал прекрасную мистико-историческую фигуру суфиев, поставив в каждой статье определенную проблему и показав пути ее решения в форме тезиса.

Текст научной работы на тему «ALISHER NAVOIYNING “HAYRAT UL-ABROR” DOSTONIDAGI HIKOYATLARDA TASAVVUF TALQINING YORQINLIGI»

ALISHER NAVOIYNING "HAYRAT UL-ABROR" DOSTONIDAGI HIKOYATLARDA TASAVVUF TALQINING YORQINLIGI

Nazarova X.G

O'zbekiston-Finlandiya Pedogogika institute, Tillar fakulteti, O'zbek tili va adabiyot

kafedrasi Assistent-o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.14295584 Annotatasiya: "Hayrat ul-abror" dostonidagi hikoyatlar maqolatlardagi tassavvufiy g'oyalarni tas'diqlaydi, misol tariqasida isbotlashga xizmat qiladi, ammo shunga qaramay tas'diqlovchi g'oyaviy yakun keltiriladi. Ushbu hikoyatlar qisqa-qisqa shaklda bo'lib, asosiy voqeani bayon etishga e'tibor qilingan. Biroq shu qisqa syujet ichida ham shoir qahramonning xatti-harakati, asosiy xislat va karomati, hozirjavobligini ko'rsata olgan. Navoiy har bir maqolatga ma'lum bir masala qo'yib, hal qilish yo'llarini tezis shaklida ko'rsatib, bir-biridan go'zal tasavvufiy, tarixiy so'fiylar siymosini yaratgan.

Kalit so'zlar: Ayyub alayhissalom, ibodat, shukr, sabr, talmeh, oriflik, pir, naf, tama, Ahmad Yassaviy, Nuh payg'ambar, tazod.

БЛЕСК ИНТЕРПРЕТАЦИИ СУФИЗМА В СЮЖЕТАХ ЭПОСА АЛИШЕРА НАВОИ «ХАЙРАТУЛЬ-АБРОР» Аннотация: Сюжеты в эпосе «Хайрат уль-Аброр» подтверждают мистические идеи статей, служат доказательствами, но, несмотря на это, дается подтверждающий идеологический вывод. Эти истории короткие и сосредоточены на рассказе основной истории. Однако даже в этом коротком сюжете поэт смог показать поведение героя, его главный характер и достоинства, его отзывчивость. Навои создал прекрасную мистико-историческую фигуру суфиев, поставив в каждой статье определенную проблему и показав пути ее решения в форме тезиса.

Ключевые слова: Айюб алейхиссалам, молитва, благодарность, терпение, тальме, арифлик, пир, наф, тама, Ахмед Яссави, Пророк Ной, тазад.

THE BRILLIANCE OF SUFISM INTERPRETATION IN THE STORIES OF ALISHER NAVOI'S EPIC "HAYRAT UL-Abror" Abstract: The stories in the epic "Hayrat ul-Abror" confirm the mystical ideas in the articles, they serve as proofs, but despite this, a confirming ideological conclusion is given. These stories are short and focused on telling the main story. However, even in this short plot, the poet was able to show the hero's behavior, his main character and merits, and his responsiveness. Navoi created a beautiful mystical and historical figure of Sufis by putting a certain problem in each article and showing the ways to solve it in the form of a thesis.

Key words: Ayyub alayhissalam, prayer, gratitude, patience, talmeh, ariflik, pir, naf, tama, Ahmed Yassavi, Prophet Noah, tazad.

KIRISH

Tasavvuf Navoiy ijodida katta ahamiyat kasb etadi. Odamlarga yaxshilik qilish, ularga naf keltirish Navoiyning tabiatida bor edi. Xaq taolo barcha insonlarni birday yaratgan bo'lsa-da, ularning ichidan saxovatpesha, foyda keltiruvchilarni gavharday aziz qilgan. Chunki bu ezgu xislatlar payg'ambarlarga xos. "Hayrat ul-abror"ning o'n uchinchi maqolatida Navoiy kishilik, odamiylikning eng yaxshi fazilat va xislatlarini qalamga oladi. Naf keltiruvchi zotlarning mehri

xuddi quyosh, tong kabi serbarokat, ko'ngillari dur-u sadaflar koni, qalblari sham misol yorituvchi, shiorlari insonlarga foyda keltirish. Bular qanchalik ko'p odamizodga yaxshilik, ezgulik qilsa, Olloh ularning o'ziga shuncha ko'p iltifot qiladi. Naf eturmakka shior aylading, O'zungga ul nafni yor aylading. [H.A.-B 234] ASOSIY QISM

Yomonlik-pastkashlikning nishonasi, lov etib yonish-otashga xos. Ammo pastkashlikdan kishi foyda ko'rmaydi, lov etib yonib, tezda o'chadigan olovdan esa badan isimaydi. Yomon xislatli odamlar xuddi olov-u otashga monand. Bu kimsalar oddiy toshni la'l, sadaf siniqlarini inju, ninani nayzaning uchi, oddiy arqonni ilon deb biladilar. Navoiy bu turfa insonlarni yorug'likni ko'rmaydigan ko'rshapalakka mengizadi. Ammo naf1, ehson kishilari gavhari pokday hech vaqt qiymatini yo'qotmaydi. Bu "chaman o'lmog'ida" Yaratganning maqsadi inson edi. Insonlar orasida ko'p mashaqqat chekkan komil zot- Muhammad payg'ambardir. Payg'ambarimiz(s.a.v)ning ham asosiy mezoni naf1 edi. Shu bois inson Navoiy nazdicha, shu Rasul ummati bo'lganiga shukr qilishi kerak.

Odamlarga foyda, naf yetkazish, saxovat kamarini uzun qilish shukrdir.

Shukr nedur- naf1 fuzun aylamak,

Bazl kamandini uzun aylamak. [H.A.-B 239.]

Demak, naf yetkazish payg'ambar va uning ummatlariga xos xislat ekan, Avvalo, ehson qilish va bundan keltirish nafdan orlanmaslik. Bo'lmoq agar ko'p esa ham bazlsoz, Bergali or aylamak bo'lsa oz. [H.A.-B 239.]

Agar odamning mol-mulki oz bo'lsa, unda til, ya'ni so'z bilan ehson qilish kerak.

So'z bila kufr ahli musulmon bo'lub,

So'z bila hayvon degan inson bo'lub. [H.A.-B 239]

Agar odam boshqalarga so'z bilan naf yetkaza olmasa unda uning ko'nglida andeshasi bo'lsin. Andeshasizlar shoir nazdicha, "go'rkanu g'osilu jallod erur". So'z bila naf o'lmasa el peshasi, Yaxshi kerak ko'nglida andreshasi. [H.A.-B 240]

Keltirilgan sifatlardan yuksakroq jihat ham borki, bu tama' qilmaslikdir. Bu oliy xislat payg'ambarlar va Haq oshiqlari bo'lmish so'fiylarga xos. Chunki ular har qanday olqishni, qilgan ishini ko'z-ko'z qilib, maqtov eshitishini Haq yo'lidan ozdiruvchi shaytoniy tama' yoxud nafs belgisi deb hisoblanganlar. Mana shu fikr isboti uchun Navoiy bulutni chumoliga, gulni shamolga, mushk shishasini supurgiga qarshi qo'yib tazod san'atidan unumli foydalanadi. Topqononi sochti el uzra sahob, Kim oni haq ayladi gardun janob. Mo'r terar harneki, sochqay kishi, Bo'ldi tirik go'rga kirmak ishi. [H.A.-B 241]

Ya'ni, bulut o'z topganini xalq ustidan sochadi, shu bois eng baland joydan o'rin olgan. Chumoli bir umr odamlar sochgan donni tashigani uchun uning ishi go'rga kirib chiqish bo'ldi. Chun sochar el uzra shukufa diram, Haq anga ne barglar aylar karam. Elki yig'ar harne ul aylar nisor, Andin erur darbadaru xoksor. [ H.A.-B 241]

Gul doimo odamlarga xushbo'y hid tarqatib, zavq bag'ishlaydi. Shu jihatdan Olloh unga yangi-yangi barg va g'uncha beraveradi. Shamol gulning yaproqlarini har yonga sochgani bois u doim darbadar, xor-u zordir.

Shishaki ruxsor uza sepgay gulob,

Toq uza asrorlar ani orzulab.

Chunki supurgi yig'ar inak dalil,

Yotmoq eshik keynida xoru zalil. [ H.A.-B 241]

Mushki anbarni o'zida saqlagani uchun shishani odamlar avaylab tokchada saqlashadi, supurgining xizmati yig'ish, to'plash bo'lgani uchun uning o'rni eshik orqasidir. Agar kishi beminnit, chin ko'ngildan shirin kalomlik bilan foydali ishlar qilsa, Navoiy nazdicha bular "bashar xaylining insoni", "odamilar odami"dir. Oni bashar xaylining insoni bil, Odamilar odamisi oni bil. [ H.A.-B 242]

Fikrimizning isboti sifatida yana bir maqolatda keltirilgan Shayx Ayyub haqidagi hikoyatda Haq yo'lidan toygan bandaning tavba qilib, yaxshilik sari qadam qo'yishi tasvirlanadi.Yozilishicha, Ayyub Olloh ishqidan mast, jismi sham'g'a hadast, ya'ni, jismi shamdek ishq o'tida kuygan.

Bir kecha Ayyubi xalaf masti roz,

To'kar edi sham'dek ashki niyoz.

Ashk duri bahrig'a pobast edi,

Kuymak aro sham'g'a hamdast edi. [ H.A.-B 243]

Navoiy Ayyubi alayhissalomning uyini tilla, javohirlar solinadigan qutichaga, o'zini esa quti ichidagi eng toza durga o'xshatadi. Xilvatida maskani bir burj aro, Durri samin o'ylaki bir durj aro. [ H.A.-B 243]

Bu bir o'qiganda ko'zga tashlanadigan ma'no. Ikkinchi ma'nosi shuki, uning uyi Alloh dargohi, butun borlig'i, xonumoni ham Alloh. Yaratganning karami keng, uning saroyida durday toza, pokdomon zotlar bisyor. Haqning xalafi-Shayx Ayyub alayhissalom ham shunday zotlardan biridir. Ayyubi xalaf toat-ibodat qilib, tunni tongga ulaydigan kechalarning birida "kisaburi naqbzan" (lahm kovlovchi o'g'ri) uning uyini teshib, o'g'irlikka kiradi. Ayyubi pokdomon buni sezsa ham e'tibor bermay, toatini qilaveradi. O'g'ri ham uydan nimaiki topdi-yig'di, bog'ladi. Qaytib teshikka kirmoqchi edi, sig'madi. Shu yerda Navoiy "sichqon sig'mas iniga, g'alvir bog'lar dumiga" maqolini keltirib, irsolu-masal san'atidan foydalanadi. Tor ini sichqong'a solib erdi g'am, Quyruqig'a bog'ladi g'arbol ham. [ H.A.-B 243] Buni ko'rgan Shayx Ayyub o'rnidan turdi-yu, eshikni ochdi. Ko'rdi chu Ayyubki ojizdur ul, Qo'pti eshik ochtiyu ko'rguzdi ul. [ H.A.-B 243]

Ham mubolag'a, ham tashbeh san'atidan ustalik bilan foydalangan Navoiy o'g'rining bu holdan mutahayyiru lol bo'lib, na'ra tortib yig'laganini selga qiyoslaydi. Na'ra chekib sel kibi to'kti yosh, Shayx ayog'ig'a fido qiladi bosh. [ H.A.-B 244]

Hikoyatda Shayx Ayyub allayhissalom o'g'riga to'g'ri yo'l ko'rsatib, uni tarbiyasiga oldi. Ushbu hikoyatni A.Abdug'afurov sof satirik, yumoristik xarakterga ega deb talqin qilgan.

Navoiyning hikoyatda aynan payg'ambar Ayyub alayhissalom timsolini talqin etishining asosiy sababi, Qur'oni Karimda yozilishicha, Ayyub payg'ambar asli Rum mamlakatidan bo'lgan. Serfarzand, boy-badavlat yashagan. Ammo boshiga birin-ketin og'ir kunlar tushib, mol-mulkidan ajralgan-qanoat qilgan, bolalari birin-ketin nobud bo'lgan - sabr qilgan, sog'ligi yomonlashib, og'ir xastalangan- shikoyat qilmagan. Ammo ayrim nopok kimsalar "bu ko'rguliklarni Xudo unga yomonligi, gunohkorligi uchun berdi", degan malomatlarni otgach, uning sabr-kosasi to'lib Ollohga iltijo qiladi. Marhamatli Tangri Taolo unga bor-budini yana qaytarib beradi. Ayyubning Parvardigoriga nido qilib. "Parvardigorim meni balo ushladi, o'zining rahm-shafqat qilguvchilarning rahmlirog'idirsen", deb iltijo qilgan. Uning duosini mustajob qilib, undagi ziyon-zahmatni ketkizib, mehribonlik ko'rsatib, barcha ibodat qilguvchilarga eslatma ibrat bo'lsin deb Ayyub alayhissalomga ahli-oilasini va ular bilan qo'shib yana o'shalarning mislicha bola-chaqa ham ato etgan. Barcha ibodat qilguvchilarga eslatma-ibrat shuki, boshlariga biron balo-kulfat tushgan insonlar Ayyub alayhissalom singari sabr-qanoat qilsalar, albatta, Olloh ularning mushkullarini oson, balolarini daf, ne'matlarini avvalgidan ham ziyoda qiladi. Demak, Ayyub payg'ambar siymosi adabiyotimizda sabr-toqat , qanoat timsoli bo'lib, kirgan. Fikrimiz isboti Ahmad Yassaviyning "Devoni hikmat"ida.

Ayyub sifat qurt ranjig'a sobir bo'lsam, Yahyo sifat ko'zlarimdin qon yosh to'ksam. Muso sifat Tur tog'ida toat qilsam, Dargohida Xojam qabul qilarmikin? [A.Y. -B 40]1

Tasavvufdan bizga ma'lumki faqrning sakkiz: tavba, ibodat, muhabbat, sabr, shukr, rizo, zuhd, oriflik maqomi tilga olinib, shundan sabr maqomi hazrat Ayyub alayhissalomdan qolgani ta'kidlanadi. Demak, Navoiy ham muqaddas Qur'onga suyanib, payg'ambar Ayyub alayhissalom timsolining nabiylik jihatlaridan boshqa yana pir-murshidlik sifatlariga ham alohida urg'u beradi. Hikoyatda Ayyub alayhissalom faqatgina "xalaf" emas, pir, yo'l ko'rsatuvchi komil inson yoxud, shoir aytganidek, "odamilar odami"dir. Hikoyatning tasavvufiy talqini shunday: qalb ko'zi ko'r, odamlarga nafi tegmaydigan, tili ham, ko'ngli ham saxovatdan bebahra o'g'ri (murid) o'g'irlikka kiradi, ya'ni murshidga bo'ysunadi. Lekin u hali tariqat, ma'rifat-u haqiqatdan bexabar. Avvalo tavba qilish kerak. Shayx Ayyub alayhissalomning eshik ochib, yo'l ko'rsatishi o'g'rining tavbasidir.

Onchaki berohliq ul ko'rguzub,

Shayx bu yanglig' anga yo'l ko'rguzub. [ H.A.-B 243]

Bu yerda yo'l- ramz, u tariqatga boshlash va Ollohni tanish yo'lidir. Murid bu yo'lda pirga ehtiyoj sezadi. Tariqat yo'lini bosishdan oldin muridning jismida bir o't paydo bo'ladi va bu otash o'zini va o'zligining yukini ham kuydiradi, nafsidan xalos qiladi. Jonig'a bir o't solibon so'zu dard, Kim kuyub andin falaki lojuvard. Egnidagi yukni bu o'tg'a urub, O'zlugining ham yukini kuydurub. [ H.A.-B 244]

Solik murshid rahnamoligida sulukka kirgach, pir unga faqirlik xirqasini kiydiradi. Bunda endi solikning o'zligidan nom-u nishon qolmay, mahv bo'ladi. Kuydi sulk o'tig'a joni aning,

1 Ahmad Yassaviy. Devoni hikmat (Yangi topilgan namunalar). Movarounnahr. T.:2004. B-40

O'ylaki, mahv o'ldi nishoni aning.

O'zluki chun kuydi nechukkim xase,

Topti ul o't birla yorug'lik base. [ H.A.-B 244]

Ya'ni, uning (o'g'rining) joni suluk ichra kuydi, mahv o'ldi, demakki, o'zligi (nafsi) ham xas kabi yonib, shu o't butun borlig'iga yorug'lik berdi. Bu yerda takror va tanosib san'atini ishlatgan shoir aytmoqchiki, gunohkor pokdomon to'liq solikka aylandi.

Navoiy Shayxni komil inson deb tilga oladi va o'ziga ham shunday bir pir uchrashini, uning etagidan tutushni istab qoladi.

Komil anga berdi chu bu parvarish,

Ayladi bir avf bila muncha ish.

Netti, Navoiy quyubon telbalik,

Sen dog'i ursang bir etakka ilik. [ H.A.-B 244]

Navoiy bu yerda talmeh san'atidan foydalanib "telbalik"dan osoyishtalikka yetaklagan piri-murshid Abdurahmon Jomiyga ko'nglidagi ilinjini izhor etadi. U yozadi: Umrim Nuh payg'ambar (uzoq umr ko'rgan)day bo'lmasa-da, sabrim Ayyub alayhissalomday bo'lsin! Haq taolo gunohlarimni kechirib, vasliga vosif qilsin.

Bot bo'lu bir jom ila yetkur futuh,

Sabr esa Ayyubcha yo'q umri Nuh. [ H.A.-B 245]

Demak, Navoiy elga, ulusga naf tegadigan saxiy, xushmuoamala, ko'ngli pok insonlarni maqtaydi. U tasvirlagan payg'ambar Ayyub alayhissalomning so'fiyona siymosi ham sabr qanoat timsolidir va bunda shoir pir-u murshidlik sifatlarini jam eta olgan.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, maqolatdagi timsol Payg'ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vassalam ummati, uning yo'rig'idan toymay, odamlarga betama' foyda keltiradigan saxovatpeshadir. U barcha yaxshi va yomon ishlarni Yaratgan Haqdan deb bilib, boriga shukr, yo'g'iga sabr qiladi. Zero, nafi ehson, saxovat, shirin muoamala ham shukrning belgisidir.

ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Ahmad Yassaviy. Devoni hikmat (Yangi topilgan namunalar). Movarounnahr. T.:2004. B-40.

2. A.numep HaBOuñ . "X,añpaT yn-a6pop. TAT. Yh «ungnHK. Oothhhh «H.ng.-T.: Y36eKucTOH MaTGyoT Ba ax6opoT areHTnuru F.FynoM HOMugaru HampueT-MapGaa h^oahh yñu, 2013.

3. A^umep HaBOuñ.XaMca ,TaHKugHñ MaTH, Hampra Tañep^OBHH n.maMCHñeB.T.:"OaH",1960ñ.

4. Ha^MugguH komh^ob .TacaBBy^ -T.: MOBAPOHHAXP-Y3EEKHCTOH, 2009ñ.

5. MyxugguHOB M.^. komhh hhcoh - agaGueT ugea^u. - T.: MatHaBu^T, 2005.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.