Научная статья на тему 'AKSIYADORLIK JAMIYATLARINING INVESTITSION JOZIBADORLIGINI OSHIRISHDA DIVIDEND SIYOSATINI SAMARALI TASHKIL ETISH MASALALLARI'

AKSIYADORLIK JAMIYATLARINING INVESTITSION JOZIBADORLIGINI OSHIRISHDA DIVIDEND SIYOSATINI SAMARALI TASHKIL ETISH MASALALLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Dividend / aksiyadorlik jamiyati / investitsiya / investor / rentabellik / biznes. / Dividend / joint stock company / investment / investor / profitability / business.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Po’Latov Xudoyberdi Uktamovich, Toyirova Marjona

Bugungi kunda har bir biznes shaklining oldida turgan eng muhim vazifalaridan biri bu uning investitsion jozibadorligini taminlashdir. Shu sababli aksiyadorlik jamiyatlarining investitsion jozibadorligini oshirishda divedend siyosatini samarali tashkil etish usullarini o’rganish va samarali tashkil etish masalalari muhokama qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

One of the most important tasks facing every form of business today is to ensure its investment attractiveness. For this reason, the issues of studying and effectively organizing dividend policy in increasing the investment attractiveness of joint-stock companies were discussed.

Текст научной работы на тему «AKSIYADORLIK JAMIYATLARINING INVESTITSION JOZIBADORLIGINI OSHIRISHDA DIVIDEND SIYOSATINI SAMARALI TASHKIL ETISH MASALALLARI»

V. BUXGALTERIYA HISOBI, IQTISODIY TAHLIL VA AUDIT

AKSIYADORLIK JAMIYATLARINING INVESTITSION JOZIBADORLIGINI OSHIRISHDA DIVIDEND SIYOSATINI SAMARALI

TASHKIL ETISH MASALALLARI

Po'latov Xudoyberdi Uktamovich

SamISI mustaqil izlanuvchisi Toyirova Marjona Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabasi

Annotatsiya: Bugungi kunda har bir biznes shaklining oldida turgan eng muhim vazifalaridan biri bu uning investitsion jozibadorligini taminlashdir. Shu sababli aksiyadorlik jamiyatlarining investitsion jozibadorligini oshirishda divedend siyosatini samarali tashkil etish usullarini o'rganish va samarali tashkil etish masalalari muhokama qilingan.

Kalit so'zlar: Dividend, aksiyadorlik jamiyati, investitsiya, investor, rentabellik, biznes.

Abstract: One of the most important tasks facing every form of business today is to ensure its investment attractiveness. For this reason, the issues of studying and effectively organizing dividend policy in increasing the investment attractiveness of joint-stock companies were discussed.

Key words: Dividend, joint stock company, investment, investor, profitability, business.

Barchamizga ma'lumki, so'nggi yillarda mamlakatimiz kapital bozorini isloh qilish, xususan sohani tartibga solish tizimini takomillashtirish, bozor munosabatlarini keng joriy qilish, qimmatli qog'ozlar chiqarilishini ko'paytirish, kapital bozori ishtirokchilari munosabatlarning huquqiy asosini mustahkamlash, sohaga investitsiyalarni jalb qilish hamda kapital bozori infratuzilmasiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali rivojlantirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, respublikamizda 2021-2023 yillarda kapital bozorini rivojlantirish dasturida bugungi kunda kapital bozorini yanada rivojlantirish, raqobat muhitini shakllantirish va fond bozori likvidligini oshirishni rag'batlantirish bilan bog'liq o'z yechimini kutayotgan bir qator dolzarb muammolar va kamchiliklarni bartaraf etish, erkin muomaladagi qimmatli qog'ozlar umumiy hajmining mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi nisbatini 5 foizga yetkazishga qaratilgan islohotlarni amalga oshirishni chuqurlashtirishni nazarda tutuvchi davlat siyosatini tubdan takomillashtirish, mavjud kapital bozorining raqobatbardoshligini oshirish va uning kapitallashuvini 2023 yil yakuniga qadar 45 trln so'mga yetkazish, bank tomonidan kreditlashga muqobil bo'lgan samarali moliyalashtirish mexanizmini yaratish kabi vazifalarning qo'yilishi alohida ahamiyatlidir.

Demak, mazkur yo'nalishda mavjud xalqaro tajribalardan, olib borilgan tadqiqot natijalaridan samarali foydalanish orqali respublikamizdagi aksiyadorlik jamiyatlarining investitsion jozibadorligini oshirish va pirovard natijada mamlakatimiz fond bozorini rivojlanishida ijobiy natijalarga erishish mumkin bo'ladi. Bu esa maqola mavzusining dolzarbligini o'zida ifoda etadi.

Maqolaning maqsadi korxonalar, xususan aksiyadorlik jamiyatlarida dividend siyosatining mazmunini o'rganib, uning korxonalar investitsion jozibadorligiga ta'sirini yoritishdan iborat.

Ushbu maqsaddan kelib chiqib, quyidagi vazifalar belgilab olindi:

- aksiyadorlik jamiyatlarida dividend siyosatining iqtisodiy mohiyatini o'rganish;

- dividend siyosati bo'yicha iqtisodchi olimlarning ilmiy-nazariy qarashlarini o'rganish;

- aksiyadorlik jamiyatlarining dividend siyosatiga tasir etuvchi omillarni tahlil qilish;

- rivojlangan korporatsiyalarda investision jozibadorligiga ta'sir etuvchi samarali dividend siyosatini yuritish masalalarini ko'rib chiqish.

Aksiyadorlik jamiyatlari moliyaviy boshqaruv tizimida dividend siyosatining o'rni va uni tashkil etishning o'ziga xos xususiyatlari masalalari respublikamizdagi va xorijdagi bir qator olimlar tomonidan o'rganilib kelinmoqda. Jumladan, S.E.Elmirzayevning "Korporativ moliya" o'quv qo'llanmasida dividend siyosatiga -"korxonaning bozor qiymatini va mulkdorlar turmush farovonligini oshirish maqsadida foydaning iste'mol qilinadigan va reinvestitsiya qilinadigan qismlari o'rtasidagi proporsiyani optimallashtirishga yo'naltirilgan korxona moliyaviy siyosatining bir qismidir", deya ta'rif berilgan1.

Shu bilan birgalikda Baker, H.Kent (Harold Kent) "Dividends and dividend policy" o'quv adabiyotida dividendlar va dividend siyosati bo'yicha bahs munozaralarga sabab bo'luvchi qarashlar, olimlarning tadqiqot natijalari, turli davlatlardagi kompaniyalar tomonidan dividend siyosatini yuritishdagi farqli va o'xshash jihatlar, shuningdek bu borada menejerlarning qarashlarini, ularning qarorlar qabul qilishiga ta'sir etuvchi omillarni, tadqiqotchilarning dividendlar harakatini matematik modellashtirishga urinishlari va shu kabi masalalar atroflicha bayon etilgan. Shuningdek ta'kidlash kerakki, ushbu o'quv adabiyotida olimlar tomonidan o'rganilgan turli kompaniyalarda dividend to'lovlarining farqlanishi, aksiyadorlar huquqlarini himoya qilinishi masalalari ham o'rganilgan2. I.Ya.Lukasevichning fikriga ko'ra, amaliyotda dividend siyosati kompaniyalar faoliyatida muhim rol o'ynaydi, jumladan aksiyalar qiymatining tebranishiga ta'sir qiladi, o'z kapitalini o'zgarishiga olib keladi va natijada aksiyalar bozor qiymatiga va jamiyatning investitsion jozibadorligiga ta'sir o'tkazadi3.

1 Elmirzayev S.E. Korporativ moliya, O'quv qo'llanma. - Toshkent, "Iqtisod moliya", 2015. 202-bet.

2 Baker, H. Kent (Harold Kent), Dividends and dividend policy, JohnWiley& Sons, Inc., Hoboken, New Jersey 2009.

3 Lukasevich I.Ya. Finansoviy menedjment: uchebnik. 4-ye izd., pererab. i dop. - M.: Natsionalnoye obrazovaniye, 2013. 768 s.

Umuman olganda yuqorida keltirib o'tilgan adabiyotlarda kompaniyalar tomonidan yuritilayotgan dividend siyosati turli jihatdan o 'rganilganligini kuzatishimiz mumkin. Bunda bir kompaniya tomonidan yuritilayotgan dividend siyosati, ikkinchi kompaniyada yuritilayotgan dividend siyosatidan yetarlicha farq qilishini kuzatishimiz mumkin.

Qimmatli qog'ozlar bozori iqtisodiyotdagi bo'sh pul mablag'larini jamlash va uni investitsiya jarayonlariga yo'naltirishning muhim vositasidir. Shunday ekan, hozirgi kunda respublikamizda kapital bozorini, fond bozorini rivojlantirishda amalga oshirilishi lozim bo'lgan vazifalar, bajarilishi lozim bo'lgan bir qator chora-tadbirlar mavjuddir.

1-chizma. Dividend siyosatiga ta'sir etuvchi ichki omillar

Zero, davlatimiz rahbari tomonidan 2019-yil 7-oktyabr kuni fond bozorini rivojlantirish masalalariga bag'ishlangan yig'ilishda ta'kidlanishicha, qimmatli qog'ozlar chiqarib, ularni fond bozorida sotish mexanizmidan samarali foydalanilmayapti. Fond bozoridagi aksiyalarning jami qiymati 25 trillion so'm bo'lib,

yalpi ichki mahsulotga nisbatan 6 foizga ham yetmaydi. Bu ko'rsatkich Singapurda 188 foiz, Malayziyada 112 foiz, Rossiyada 34 foizni tashkil etadi4.

Mamlakatimizda joriy yilda chiqarilgan davlat obligatsiyalari valyuta birjasi orqali faqatgina tijorat banklariga sotilgan. Fond bozori professional ishtirokchilari soni 100 taga ham bormaydi. (2-chizma).

chizma. Dividend siyosatiga ta'sir ko'rsatuvchi tashqi omillar

Shu bois 2020-2025 yillarda fond bozorini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish rejalashtirilgan. Erkin muomaladagi jami qimmatli qog'ozlarning yalpi ichki mahsulotga nisbatini 2025 yil oxirigacha kamida 10-15 foizga yetkazish mo'ljallangan5.

Ushbu yig'ilishda buning uchun amalga oshirilishi zarur bo'lgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Shu bilan birgalikda investorlar va minoritar aksiyadorlar huquqlari himoyasini kuchaytirish, dividendlar to'lash va undirishni takomillashtirish zarurligi alohida ta'kidlandi6. Chunki, dividend siyosati korporatsiyalarning mavqeyini belgilab beruvchi omillardan biri hisoblanadi.

Dividend siyosati - korxona (korporatsiya)ning bozor qiymatini va mulkdorlar turmush farovonligini oshirish maqsadida foydaning iste'mol qilinadigan va reinvestitsiya qilinadigan qismlari o'rtasidagi proporsiyani ptimallashtirishga yo'naltirilgan korxona moliyaviy siyosatining bir qismidir.

4 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-oktabrdagi fond bozorini rivojlantirish masalalariga bag'ishlangan yig'ilishi. https://gov.uz/oz/news/view/24425

5 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-oktabrdagi fond bozorini rivojlantirish masalalariga bag'ishlangan yig'ilishi. https://gov.uz/oz/news/view/24425

6 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev boshchiligida 2019 yil 7 oktyabrda o'tkazilgan fond bozorini rivojlantirish masalalariga bag'ishlangan yig'ilish. https://president.uz/uz/2913

Dividend siyosatida aks etadigan olingan foydani taqsimlash bo'yicha korxona va mulkdorlar o'rtasidagi moliyaviy munosabatlar murakkab va ko'p qirrali hisoblanadi. Shuning uchun dividendlarning iqtisodiy mohiyati va paydo bo'lish tabiatidan boshlab uning tarkibiy qismini ko'rib chiqish maqsadga muvofiq.

Investor tomonidan korxona kapitaliga pay, ulush, aksiyalarga tikilgan (qo'yilgan) pul mablag'lari haqiqatda uning korxonaga egalik qilish huquqini va o'z navbatida, olingan foydani taqsimlashda ishtirok etish huquqini beradi. Umuman mazkur huquqni amalga oshirish vaqtida foydaning turli shakllardagi qismlarini ta'sischilar foydasiga o'tkazish ko'rinishida amalga oshiriladi. Aksiyadorlik jamiyatlarida mazkur huquqdan foydalanish an'anaviy tarzda foydani taqsimlashda ishtirok etish va dividendlar to'lanishi (dividend olish) shaklida amalga oshiriladi.

Dividend siyosatini oqilona olib borish orqali esa korporatsiyalar o'z aksiyalarining qiymatini oshirishlari yoki barqaror tarzda saqlab turishlari mumkin bo'ladi. Xorijiy korporatsiyalar tajribalariga nazar tashlaydigan bo'lsak, aksariyat korporatsiyalar ayrim hollarda yuqori yoki kutilgan miqdorda daromad ko'rma gan holatda ham aksiyadorlarga to'lanadigan dividend miqdorini kamaytirmaslikka harakat qilishadi.

Xulosa qilib aytish mumkinki dividend siyosatining nazariy va amaliy jihatlarini o'rganish natijasida, ushbu siyosatni shakllashtirish, uni turli jihatlarini tadqiq etish bilan bog'liq izlanishlarko'plab tadqiqotchilar tomonidan olib borilayotganligi va ularda ushbu siyosatning turli jihatlari adqiq etilayotganligini kuzatish mumkin.

Mamlakatimizdagi aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatida dividend siyosatini optimallashtirishda qo'llash mumkin bo'lgan quyidagi tavsiyalarimni keltirib o'tishim mumkin:

1. Dividend siyosatining nazariy va amaliy jihatlarini, uning aksiyadorlik jamiyatlari investision jozibadorligiga va umuman jami moliyaviy faoliyatga ta'siri yuzasidan olib borilgan tadqiqotlarni o'rganishimiz natijasida shunday xulosaga keldikki, ushbu siyosatni aksiyadorlik jamiyatlarida samarali qo'llanilishi natijasida investision joziba-dorlikni oshirishga sabab bo'lishi tufayli uni qo'llashdan avval barcha o'zi-ga xos xususiyatlarni o'rganish, dividend siyosati maqsadi, vazifalari, ta-moyillarini aniqlagan holda jarayonga ta'sir etuvchi omillarni tahlil etish lozim, deb hisoblaymiz.

2. Bizningcha, respublikamizdagi aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan dividend siyosatini shakllantirishda quyidagi asosiy omillar hisobga olinishi kerak:

4- aksiyadorlik jamiyatining strategik maqsadlari;

-I- aksiyadorlik jamiyatining investision imkoniyatlari;

-I- aksiyadorlik jamiyatlari dividend siyosatiga ta'sir etuvchi ichki (in-vestision, moliyaviy, mulkdorlar tarkibi va ichki korporativ boshqaruv bi-lan bog'liq) va tashqi (institusional, makroiqtisodiy va tarmoq xususiyati bo'yicha) omillar;

4- aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy resurslarga bo'lgan ehtiyoji;

4- aksiyadorlik jamiyatining to'lovga layoqatlilik, likvidlilik ko'rsatkich-lari;

-I- qarz mablag'laridan foydalanish imkoniyatlari va boshqalar.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasining "Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida" gi Qonunni 54-moddasi.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi "Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PF-6207-sonli Farmoni. https://lex.uz/docs/5371091

3. Пулатов, Х. У. (2023). САВДО КОРХОНАЛАРИДА МОЛИЯВИЙ ФАОЛИЯТИ ХИСОБИНИНГ МЕТОДОЛОГИК МАСАЛАЛАРИ. Экономика и социум, (6-2 (109)), 931-934.

4. Уразов К.Б. Савдода бухгалтерия хдсоби ва соликка тортиш.-Т.: Иктисодиёт ва хукук дунёси, 2004.-336 б.; 101.

5. Пулагов, Х. У. (2023). САВДО ФАОЛИЯТИНИ СОЛИВДА ТОРТИШДАГИ МУАММОЛАР. Экономика и социум, (6-2 (109)), 928-930.

6. Уразов К.Б., Вахидов С.В. Бошка тармокларда бухгалтерия хисобининг хусусиятлари. Дарслик.- Т.: «Адиб», 2011. - 480 б;

7. Пулатов, Х. У. (2023). САВДО КОРХОНАЛАРИДА ТОВАРЛАРНИ СОТИЛИШИ АУДИТИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ. Экономика и социум, (6-2 (109)), 919-921.

8. Пулатов, Х. У. (2023). САВДОНИ РИВОЖЛАНТИРИШДА РАКДМЛИ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИНГ УРНИ. Экономика и социум, (6-2 (109)), 939-942.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.