Научная статья на тему 'AGROKIMYO FANINI BIOLOGIYA FANLARI BILAN O’ZARO INTEGRATSIYASI ASOSIDA O’QITISH METODIKASI'

AGROKIMYO FANINI BIOLOGIYA FANLARI BILAN O’ZARO INTEGRATSIYASI ASOSIDA O’QITISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
60
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Transpiratsiya / kul / mikroelement / fotosintez / ildiz bosimi / ATF / xlorofill.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Qo‘Chqorova Ra’No Rasulovna

Bu maqolada OTM.larda agrokimyo fanini o‘qitishda biologiya fanlari bilan o‘zaro bog‘lab o‘qitish haqida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AGROKIMYO FANINI BIOLOGIYA FANLARI BILAN O’ZARO INTEGRATSIYASI ASOSIDA O’QITISH METODIKASI»

AGROKIMYO FANINI BIOLOGIYA FANLARI BILAN O'ZARO INTEGRATSIYASI

ASOSIDA O'QITISH METODIKASI Qo'chqorova Ra'no Rasulovna

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti k.f.n.dots.v.b.

Tel. :+998995275009 E -mail: rano qochqorova @bk.ru https://doi. org/10.5281/zenodo. 8050443

Annotatsiya.Bu maqolada OTM.larda agrokimyo fanini o'qitishda biologiya fanlari bilan o'zaro bog'lab o'qitish haqida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar.Transpiratsiya,kul,mikroelement,fotosintez,ildiz bosimi, ATF, xlorofill.

Oliy ta'lim muasasalarida agrokimyo fanini oqitishda o'simliklar fiziologiyasi fani bilan bo'glab o'qitish maqsadga muvofiq hisoblanadi.Masalan,tuproq namligini aniqlash mavzusini o'qitishda o'simlik o'sadigan tuproqning namligini me'yorida bo'lishi nihoyatda muhim ahamiyatga ega ekanligi o'simliklarda kechadigan transpiratsiya hodisasini mohiyatini tushuntirib berish orqali agrokimyo fanini o'simliklar fizologiyasi bilan bog'lanadida. Transpiratsiya o'simliklar bargi orqali suv bug'latishidir. O'simliklarning suv bug'latishi fizik jarayon bo'lib, suv barglar hujayralariaro bug' holiga o'tib barg og'izchalari orqali diffuziyalanib, atrof-muhitga chiqariladi. Transpiratsiya jarayoni o'tkazuvchi naychalarning miqdori va o'lchami (katta-kichikligi) ga, labchalarning soniga, kutikula qatlamining qalinligiga, protoplazma kolloidlarining holatiga, hujayra shirasining konsentratsiyasi va hokazolarga bog'liq. Suv o'simlik poyasi bo'ylab ko'tariladi, transpiratsiya natijasida barglar hujayrasida so'rish kuchi paydo bo'lib, u ildiz tukchalari suvini so'rib, bargchaga eltadi. Masalan, biror novdani kesib suvga solib qo'ysak, ancha vaqtgacha so'limaydi, buning sababi transpiratsiya va so'rish kuchidir. Transpiratsiyaning yana bir ahamiyati shundaki, bunda suv bilan birga ildiz tukchalari yordamida so'rilgan minéral moddalar ham tashiladi. Undan tashqari, transpiratsiya barglar haroratini pasaytiradi va ularni qizib ketishdan saqlaydi. Transpiratsiya jarayoniga tashqi muhit omillarining ta'siri Tashqi muhitning ta'siri. Transpiratsiya jarayoniga nur, harorat, shamol, namlik kabi omillar ta'sir ko'rsatadi. Quyosh nuri barg labchalarining ochilishini ta'minlaydi, protoplazmaning o'tkazuvchanligini oshirib, suv bug'lanishiga yordam beradi. Xlorofill quyosh nurini yutib, barglar haroratini ko'taradi va suv bug'lanishini kuchaytiradi. Transpiratsiyaning kuchayishi bilan barglar harorati pasayadi, natijada suv bug'latadigan barglar qizib ketmaydi. Trarispiratsiya jarayonida quyidagi o'zgarishlar ro'y beradi, birinchidan, sovutadi, ikkinchidan, ortiqcha turgor holatdan saqlaydi, uchinchidan, suvning barglarga qarab harakatlanishiga yordam beradi, to'rtinchidan, minéral moddalarning qayta taqsimlanishi va so'rilishini amalga oshiradi. Barglardan suv bug'lanishi asosan, og'izchalar orqali amalga oshadi. Og'izchalarning soni va yirik-maydaligi har xil mevalarda bir-biridan farqlanadi. O'simliklarning suvni so'rishi tuproqdagi suv miqdoriga, ildizining so'rish kuchiga, joylashish chuqurligi va ildiz tukchalari soniga bog'liq bo'ladi. O'simliklarning yuqori qismiga suvni ko'tarib beradigan kuchga ildiz bosimi deb aytiladi. 1877- y. V. Pfeffer osmotik bosimni aniqlagan.

Bundan tashqar o'simliklarni o'ziqlantirishda mikroelementlarning ahamiyatini birorta qishloq xo'jaligi ekini,masalan kartoshka misolida quyidagi ma'lumotlarni berish

mumkin.Quyidagi ma'lumotda 100 g kartoshka tarkibida mg hisobida uchraydigan mikroelementlar miqdori berilgan.

Shu bilan birga agrokimyoda o'simlikni kimyoviy tahlil qilish mavzusida kulning tarkibida uchraydigan kimyoviy elementlar haqida quyidagi ma'lumotlarni berish mumkin. O'simliklarning kuli o'simliklarni oziqlantirish maqsadida o 'git sifatida ham qo'llaniladi. Chunki kulning tarkibida quyidagi kimyoviy moddalar uchraydi. Bundan tashqari kuldan foydalanish, saqlash va qabul qilish oson - shunchaki yog'och yoki boshqa tabiiy materialni yoqish.

Kulning aniq tarkibini aniqlash qiyin, chunki u ko'p jihatdan yondirilgan yog'och turiga bog'liq.Kulning taxminiy kimyoviy tarkibi har doim bir xil, ammo minerallarning nisbati yog'och turiga qarab o'zgarishi mumkin:

1.Kaltsiy. Uning har qanday navidagi kul tarkibida kaltsiy karbonat, kaltsiy silikat, kaltsiy sulfat, kaltsiy xlorid mavjud. Kaltsiy o'simliklarning normal o'sishi uchun zarurdir. U uglevodlar va oqsillar almashinuvida ishtirok etadi, shuning uchun yosh o'simliklar ayniqsa faol o'sish davrida kerak. Oddiy faoliyat uchun kaltsiy ham kerak. Ba'zi kislotalarni bog'lab, tuproqning kislotaligiga ta'sir qiladi. Kaltsiy tufayli boshqa minerallar va ozuqa moddalari o'simliklar tomonidan yaxshiroq so'riladi va so'riladi.

2.Kaliy. O'simliklarni kaliy o'z ichiga olgan o'g'it bilan oziqlantirish ayniqsa muhimdir, chunki uning ko'p qismi hujayra sharbatida bo'ladi va sug'orish va yog'ingarchilik paytida suv bilan osongina yuviladi. Kaliy fotosintez, uglevod almashinuvi jarayonining normal kechishi uchun zarur, u fermentlarning faolligini oshiradi va asosan meva sifatini belgilaydi.

3.Fosfor. Fosfor o'simliklar uchun ajralmas energiya manbai hisoblanadi. U metabolizmda, fotosintezda muhim rol o'ynaydi, ATF tarkibiga kiradi. Yetarli miqdor fosfor mevalarning normal pishishi uchun juda muhimdir. Bu meva sifatiga, hosildorlikka ta'sir qiladi.

4.Magniy. Magniy fotosintezning normal jarayoni uchun zarur, u xlorofillning bir qismidir. Magniy etishmasligi bilan o'simlikning barglari sarg'ayadi va tushadi.

5.Natriy. Natriy uglevodlarni uzatish uchun javobgardir, shuningdek, o'simliklarning noqulay atrof-muhit sharoitlariga va past haroratlarga chidamliligini oshiradi.

Agrokimyoda o'simliklarda yuqori hosil olish manbalaridan eng muhimi yoruglikdai.O'simliklarni yorug'lik ta'sirida ildizi orqali suvni va barg og'izchalari orqali karbonat angdridni qabul qilib xlorofilda fotosintez reaksiyasini amalga oshishi orqali o'simlikning o'zi oziqlanishi bilan birga zahira oziq moddalarni ham to'playdi. O'simliklarning mevalari shu fotosintez hodisasi tufayli yiriklashadi va pishib yetiladi..Fotosintez hodisasini rus olimi K.A.Timiryazev 1865 -1875 - y. xlorofill yutgan qizil spektr nurlari fotosintez eng samarali ekanligi va yashil o'simliklarning kosmik rolini e'tirof etdi va u o'zining "Quyosh, hayot, xlrofill" nomli asaridav"Xlorofill quyosh bilan Yer o'rtasidagi hayot vositachisidir "-deb xlorofillga ta'rif bergan.

Mana shu tariqa oliy ta'lim muassasalarida agrokimyo fanini o'simliklar fiziologiyasi fani bilan o'zaro bog'lab o'qitilsa,ko'pchilik oliy ta'lim muassasalarining kimyo ta'lim yo'nalishinida ikkinchi mutaxassislik fani sifatida biologiya ham o'qitiladi(ya'ni bu talabalar kimyo,biologiya o'qituvchishi bo'lib chiqadi).Bunda talabalar agrokimyo fanini mavzularini

16-iyun, 2023- yil

Bor - 13,0 . Molibden -0,026. Mis - 16,5. Aluminiy - 1,05. Rubidiy - 5,0 . Yod - 0,02 .

Marganets -3,5. Temir - 30,0. Rux - 3,0

Hikel- 0,026 . Kobalt - 0,015. Brom- 0,1.

oson o'zlashtirishi bilan birga o'simliklar fiziologiyasi fanidan o'tilgan mavzularni ham bir

karra takrorlab oladilar.

REFERENCES

1. REACTION OF 1, 1, 1-TRIFLUOROMETHYL-4-PHENYLBUTANEDIONE-2, 4 WITH BENZOIC ACID HYDRAZIDE KR Rasulovna INFORMATION TECHNOLOGY IN INDUSTRY 9 (3), 939-944

2. Methodology of the organization of the professional circle"Classroom teacher"in pedagogical higher educational institutions KR Rasulovna Jurnal of aeronautical materials 5 (42), 185-189

3. COMPLEX COMPOUNDS OF FLUORINATED B-DIKETONE DERIVATIVES WITH TRANSITION METALS KR Rasulovna International jurnal of Early Childhood Special Education (INT-JECSE), 7948-7951

4. Computer Testing as Developing Information and Communication Skills Factor of Chemistry Teachers F.A Alimova - Eastern European Scientific Journal, 2019 - journale.auris-verlag.de

5. Farzona A. Alimova, PhD, Assistant professor, Tashkent State Pedagogical University Computer Testing as Developing Information and Communication Skills Factor of Chemistry Teachers

6. M.T.Sagdiyev,R.A.Alimova O'simliklar fiziologiyasi T.: Yangiyul poligraf service -2007.

7. Машарипов, В. У., Мирвалиева, Н. Р., & Абдуллаев, У. М. (2023). Местный иммунитет и специфическая сенсибилизация к антигенам бактерий у больных тонзиллитом. Science and Education, 4(2), 392-400.

8. Aхмедова Нилуфар Мамасидиковна. (2023). OСОБЕННОСТИ НЕАЛГОРИТМИЧЕСКИХ МЕТОДОВ И ИХ РОЛЬ В РЕШЕНИЕ ЗАДАЧ. E Conference Zone, 52-58. Retrieved from http://econferencezone.org/index.php/ecz/article/view/2015.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.