Научная статья на тему 'AEROGEODEZIYA INTERAKTIV GEOPORTALINI YARATISHDA DASTLABKI MA’LUMOTLAR MASSIVI'

AEROGEODEZIYA INTERAKTIV GEOPORTALINI YARATISHDA DASTLABKI MA’LUMOTLAR MASSIVI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
105
25
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Openlayers / LeafletJS / QGIS / GeoServer / GeoJON PostgreSQL / PostGIS / WebGIS multimedia / JavaScript / API / ArcGIS.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Djumanov Jamoljon Xudayqulovich, Ahmadov Mirshod Mirkomil O'g‘li

Ma’muriy–hududiy birliklarining chegaralarini belgilash ishlar hamda yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish orqali yer resurslarini aniq hisobini yuritish, xatlov natijalari asosida yaratilgan elektron raqamli xaritalarni Geoportalga jamlash. Interaktiv geoportal tizimidan maqsad, ma’lumotlarni markazlashtirish, aniq, tezkor, axborotni ishonchli va samarali olishdan iborat. Xarita tuzish ishlarida inson omilini kamaytirish hamda yuqori aniqlikda ma'lumotlar olish uchun zamonaviy texnologiyalar yordamida hududlarni monitoringini olib borish, tahlil qilish, statistik ma’lumotlarni olish, va prognozlashdan iborat.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AEROGEODEZIYA INTERAKTIV GEOPORTALINI YARATISHDA DASTLABKI MA’LUMOTLAR MASSIVI»

AEROGEODEZIYA INTERAKTIV GEOPORTALINI YARATISHDA DASTLABKI MA'LUMOTLAR MASSIVI

Djumanov Jamoljon Xudayqulovich

texnika fanlari doktori, professor Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU [email protected] Ahmadov Mirshod Mirkomil o'g'li Geoaxborot tizimlari va texnologiyalari mutaxassisligi magistri Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.7376502

Annotatsiya: Ma'muriy-hududiy birliklarining chegaralarini belgilash ishlar hamda yer resurslarini xatlovdan o'tkazish orqali yer resurslarini aniq hisobini yuritish, xatlov natijalari asosida yaratilgan elektron raqamli xaritalarni Geoportalga jamlash. Interaktiv geoportal tizimidan maqsad, ma'lumotlarni markazlashtirish, aniq, tezkor, axborotni ishonchli va samarali olishdan iborat. Xarita tuzish ishlarida inson omilini kamaytirish hamda yuqori aniqlikda ma'lumotlar olish uchun zamonaviy texnologiyalar yordamida hududlarni monitoringini olib borish, tahlil qilish, statistik ma'lumotlarni olish, va prognozlashdan iborat.

Kalit so'zlar: Openlayers, LeafletJS, QGIS, GeoServer, GeoJON PostgreSQL, PostGIS, WebGIS multimedia, JavaScript, API, ArcGIS.

Kirish. Hozirgi paytda internet tarmog'idan millionlab insonlar foydalanishmoqda. Bu, o'z navbatida, veb-sahifada multimedia geotasvirlashning yangi ko'rinishlarini yaratishni taqozo etadi. Multimedia turli xil ma'lumotlarni o'zida saqlovchi va yaxshilangan ko'rinishda tasvirlovchi texnologiyadir. Geoportal bu internet tarmog'i orqali geografik ma'lumotlarni olish yoki geografik xizmatlardan foydalanishga imkon beruvchi veb-portal turidir.

Ma'muriy-xududiy birliklar chegaralari hamda yer resurslarini xatlovdan o'tkazish. Respublika chegarasi hamda Viloyatlar chegaralarini masshtabsiz ko'rinishda, tuman (shahar)lar nomi, yer hisobotidagi maydoni aniq ko'rsatilgan holda tasvirlanadi;

Tumanlar chegarasi masshtabdan boshlab ko'rinuvchan, tuman markazi, hududlar nomi, xatlov natijasida aniqlangan maydon va yer turlari, yerdan foydalanuvchilarni mulkchilik shakliga bo'lgan holda ma'lumot, yer fondi bo'yicha taqsimoti aniq aniq aks etgan holda, hududlar 50 000 masshtabdan boshlab ko'rinuvchan, hududning umumiy maydoni va yer turlari, yerdan foydalanuvchilarni mulkchilik shakliga bo'lgan holda ma'lumot, konturlar soni hamda ketma-ketligi, yer qonunbuzilish holatlari to'g'risida ma'lumotlar aniq aks etgan holda, yerdan foydalanuvchilar chegarasi, nomi, umumiy maydoni va yer turlari, kontur raqamlari, mulkchilik shakli, STIR, yo'nalishi, huquqiy hujjat sanasi va raqami aniq aks etgan holda, konturlarning yangi va eski raqami, umumiy maydoni va yer turlarini aniq ko'rsatilgan holda onlayn Geoportalda aks etirish rejalashtirilgan. Tizimda nafaqat Aerogeodeziya yagona tizimini yuritish ma'lumotlarini to'plash, tahlil qilish, balki shu ma'lumotlar asosida aholiga interaktiv xizmatlar taqdim etish ham ko'zlangan.

Asosiy qism.

Geoportal - web ilova va dasturlar jamlanmasi bo'lib, internetdagi geoaxborot ma'lumotlari va ularga tegishli ximatlarni yaratish, boshqarish va taqdim qilish uchun foydalaniladigan platforma hisoblanadi. Geofazoviy ma'lumotlarning global ko'rinishini taqdim etadigan va foydalanuvchilarga taklif qilingan xizmatlardan foydalanish imkonini beruvchi veb-platforma.

Geoxizmat-barcha interaktiv raqamli xaritalash (mapping) va joylashuvga asoslangan xizmatlarni (GPS) o'z ichiga olgan hamda geoportal tomonidan taqdim qilinishi mumkin bo'lgan xizmat hisoblanadi (apparat yoki dastur).

Aerogeodeziya interaktiv geoportalini yaratishda dastlabki ma'lumotlar tahlil qilish uchun ochiq elektron xaritalardan foydalanishimiz mumkin.

• Geoserver

• Geoma'lumotlar bazasi

• GeoJSON ma'lumotlar

• Geoaxborot model

• Veb-xaritalash

• Rastorli ma'lumotlar

• Vektorli ma'lumotlar

Electronic end pepe* matan Да га prepararlo

ШШ

I

Mapptig software

Q

1-rasm geofazoviy axborotni qayta ishlash tizimining dasturiy arxitekturasi.

Aerogeodeziya ma'lumotlari asosan Arcmap, Arcgis dasturiy muhitida

tayyorlangan.

ïiew íootonarta |mot Selection Qeoproceumg £ustomi2e ¿¿mdovri

ciiA в ° Ttoooccc ^ аз^СЯ ><t

o :::: ♦ s- »о v h - A g e

Зон и

в £3 D''iMtgnt'jturi Aet-gi

61.64« J&767 Oecimd De

2-rasm O'zbekiston Respublikasi chegara hududlarini ko'rishimiz mumkin.

Arcgis/arcmap dasturida ishlab chiqilgan (shape) faylarni WebGIS texnologiyasi yordamida web sahifaga aylantirish jarayonini ko'rib chiqamiz.

WebGis zarurati.

■ Hududning geoaxborot modelini interaktiv veb xizmatlar orqali taqdim qilish imkoniyatini beradi.

■ Ochiq elektron xaritalar yordamida qishloq xo'jaligi yerlarini monitoring qilish, foydalanuvchilar joylashgan joyi bo'yicha ilovalar ishlab chiqish, yerdan foydalanishni nazorat qilish va shu kabi xizmatlarni taqdim qilish imkoniyatiga ega.

■ Milliy geoaxborot tizimi asosida geoportal va geoxizmatlar ishlab chiqish imkoniyatini taqdim qiladi.

WebGIS afzalliklari va kamchiliklari

Afzalliklari: Xizmatlarni taqdim qilish uchun global masshtab;

■ Juda ko'p sonli foydalanuvchilar;

■ Xizmatlarni krossplatforma asosida taqdim qilish (turli dasturlarda: Chrome, Mozilla Firefox, Safari va turli OT lar: Windows, Linux, macOS, Android, iOS da ishlatish);

■ Foydalanuvchi ishchi stansiyasiga qo'yiladigan minimal talab;

■ Foydalanuvchilar uchun foydalanish qulay;

■ Qo'llab-quvvatlash va yangilash oson.

Kamchiliklari: Ishlab chiqish murakkab va dasturchidan ham veb dasturlash ham geoaxborot ma'lumotlarni qayta ishlash bo'yicha bilim va ko'nikmalarni talab qiladi;

■ Har doim internet orqali ishlaydi;

WebGis: Texnologiyalar va vositalar

■ Texnologiyalar va vositalar: Elektron xaritalar yaratish uchun ochiq tizimlar (OpenStreetMap, Mapbox),

■ JS ning Frontend kutubxonalari (Openlayers, LeafletJS)

■ Geoaxborot modeli va serverni boshqarish vositalari (QGIS, GeoServer)

■ Ma'lumotlar bazasini boshqarish(PostgreSQL, PostGIS)

■ Trial cloud GIS (ArcGIS Online,ArcGIS Enterprise).

WebGIS: Texnologiyalar va vositalar

uDigQCIS ^

00

i

&LafUty

G ^ mn

. Map. ,bre HNI3

_____ Tfc It django _

r X " a Mapstores

GO 6DAC (JJo^P™«,

WebGIS - bu veb-platformada mavjud bo'lgan geografik ma'lumot tizimi hisoblanadi (ko'pincha geografik axborot tizimi sifatida ishlatiladi).

ArcGIS dasturi muhitida tayyorlangan (Shapefile)larni javaScript dasturlash tilining kutubxonalari va REST API texnologiyalari yordamida veb formatga o'tkazishimiz mumkin bo'ladi. ArcGIS Portal API ya'ni amaliy dasturlash interfeysi (Application programming interface) - bu dasturlash jarayonida ArcGIS onlayn kontenti bilan ishlash imkonini beruvchi REST(representational state transfer) API hisoblanadi.

API ma'lumotlari JavaScript uchun ArcGIS API-dagi har bir sinf uchun batafsil tavsiflarni o'z ichiga oladi. Har bir sinf uchun xususiyatlar, usullar va hodisalarni topish uchun API ma'lumotlaridan foydalaniladi.

ArcGIS dasturi muhitida tayyorlangan (Shapefile)laini yuklash Jarayoni

Zip formatdagi Shapefiles biriktirish

r>yHN MrMctirmg

BM6»P«I* ' BHflOSTio

Open-Source web-GIS development roadmap

uDig QCIS ^

GIS and OIS »oftwar»»

HTm. m 00

Basic web-development languages

(3 jQuerV

Bootstrap

1 Map >re |ilJr|3

Mapping llbrarla* and other utllltiei

MopServer Geo Server

GeoNetwork

php) >* python £ spring «•de ¿y il django GO GDAL (J) GeoPandos 2 f. ^ ImapOli y

eact IfVuejs MapStOre2 GeoNode

^NGULARJS ^yG«OTOOt* ▼ clon

2-rasm rasmda JavaScnptnmg 4.22 versiyasidan foydalanildi, bu ArcGIS API ning joriy versiyasidir,foydalanuvchi uchun interaktiv ma'lumotlarga asoslangan 2D va 3D vizualizatsiyasi bilan veb-ilovalarni yaratish imkonini beradi. JavaScriptning js.arcgis.com/3.39, esri.css kutubxonalaridan foydalanildi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Muhammadiyev J.Axborot xavfsizligini huquqiy ta'minlash. http : //huquqburch.uz/uz/article/2 817/

2. ArcGIS API for JavaScript 3.39

https://developers.arcgis.com/iavascript/3/ishelp/intro firstmap amd.html

3. Open-Source Web-GIS Development Roadmap https://www.gislounge.com/open-source-web-gis-development-roadmap/

4. Bernhardsen T. Geographic Information Systems: An Introduction. John Wiley and Sons. (2002) 435 pages.

5. International Journal of Health Geographics

https://ii-healthgeographics.biomedcentral.com/articles/10.1186/s12942- 02100290-0

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.