Научная статья на тему 'ABU RAYHON BERUNIYNING TIBBIYOTGA QO‘SHGAN HISSASINI O‘RGANISH'

ABU RAYHON BERUNIYNING TIBBIYOTGA QO‘SHGAN HISSASINI O‘RGANISH Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

109
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Abu Rayhon Beruniy / jigar / surunkali gepatit / jigar sirrozi / qon ketishi.

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Z. Ch. Kurbonova, N. F. Nuriddinova, G. B. Tairova

Abu Rayhon Beruniy ko‘plab fanlarga oid mashhur asarlar muallifi. Abu Rayhon Beruniyning „Saydana“ asarida jigar kasalliklarida qon ketishni davolash to‘g‘risida ham ko‘p ma’lumotlar keltirgan. Jigar kasalliklarida gemorragik sindromni davolash va oldini olishning optimal usullarining haddan tashqari murakkabligi, jarrohlik aralashuvlarning natijalarini o’rganish bu muammoni juda dolzarb ekanligini ko’rsatadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ABU RAYHON BERUNIYNING TIBBIYOTGA QO‘SHGAN HISSASINI O‘RGANISH»

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan taraqqiyotidagi o'rni

ABU RAYHON BERUNIYNING TIBBIYOTGA QO'SHGAN HISSASINI

O'RGANISH

Z. Ch. Kurbonova, N. F. Nuriddinova, G. B. Tairova

Toshkent tibbiyot akademiyasi

ANNOTATSIYA

Abu Rayhon Beruniy ko'plab fanlarga oid mashhur asarlar muallifi. Abu Rayhon Beruniyning „Saydana" asarida jigar kasalliklarida qon ketishni davolash to'g'risida ham ko'p ma'lumotlar keltirgan. Jigar kasalliklarida gemorragik sindromni davolash va oldini olishning optimal usullarining haddan tashqari murakkabligi, jarrohlik aralashuvlarning natijalarini o'rganish bu muammoni juda dolzarb ekanligini ko'rsatadi.

Kalit so'zlar: Abu Rayhon Beruniy, jigar, surunkali gepatit, jigar sirrozi, qon ketishi.

Abu Rayhon Beruniy Xorazmning buyuk allomasi, tarix, tibbiyot, farmakologiya, mineralogiya fanlarga oid mashhur asarlar muallifi. Abu Rayhon Beruniyning asosiy asarlari astronomiya, tibbiyot va matematikaga bag'ishlangan bo'lib, uning „Saydana" asarida mingdan ortiq dorivor moddalar nomini 30 tilda yozib chiqqan. Shu jumladan olim jigar kasalliklarida qon ketishni davolash to'g'risida ham ko'p ma'lumotlar keltirgan.

Xozirgi davrda jigar kasalliklarining rivojlanishi patogenetik mexanizmlari oxirigacha o'rganilmagan [4]. V va C gepatit viruslari surunkali gepatit va jigar sirrozining eng keng tarqalgan etiologik omillaridan biridir [5]. Hozirda tibbiyotga medikamentoz gepatittushunchasi ham kiritilgan bo'lib, 180 dan ortiq gepatotoksik farmakologik preparatlar aniqlangan [2]. Jigar kasalliklari tibbiyotning dolzarb muammolaridan biri bo'lib, uni o'z vaqtida aniqlash ko'plab asoratlarning oldini olishga yordam beradi [6].

Surunkali diffuz jigar kasalliklari zamonaviy tibbiyotning dolzarb muammolaridan hisoblanib, oshqozon-ichak kasalliklari orasida yetakchi o'rinlardan birini egallaydi. Butun dunyo bo'ylab surunkali gepatit va jigar sirrozi bilan kasallanish o'sib bormoqda. O'tgan o'n yillar davomida, jigar sirrozi bilan kasallanish barqaror yuqori bo'lib qolmoqda va ixtisoslashtirilgan shifoxonalarda surunkali diffuz jigar kasalliklari bilan kasallanganlar, bemorlar umumiy sonining 30% ini tashkil etadi.

https://tma.uz/

December 16 Republican Scientific and Practical Conference

317

Tashkent Medical Academy

The significance of the scientific, cultural

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan

Kasallanish oqibatlari har bir bemorning uzoq vaqt mehnatga layoqatsizligini, nogironlik va o'lim darajasini oshishiga olib keladi.

Jigar sirrozining klinik ko'rinishi turli xil, chunki ular organizmning deyarli barcha tizimlariga ta'sir qiladi. Kasallikning asosiy belgilari portal tomirlari tizimida gipertenziya va jigar - hujayra yetishmovchiligi mavjudligidir. Jigar sirrozida o'limning asosiy sabablari jigar komasi (40-60%) va oshqozon ichak tizimning yuqori qismlaridan qon ketishi (20-40%) hisoblanadi. Jigar saratoni, interkurent infektsiyalar va gepatorenal sindrom deyarli kam uchraydi. Ushbu patologiyani o'z vaqtida aniqlash bunday bemorlarning hayot davomiyligini sezilarli darajada oshirish va hayot sifatini yaxshilash imkonini beradi.

Gemostaz tizimining patogenezi, diagnostikasi va tuzatish masalalari tibbiyotning turli sohalaridagi mutaxassislarning e'tiborini tobora ko'proq jalb qilmoqda. Jigar gemostazni saqlashda muhim ahamiyatga ega, bu esa amaliyotda jigar patologiyasiga duch keladigan shifokorlar uchun juda muhim. Qon ivish omillari, antikoagulyant oqsillar, fíbrinoliz tizimining tarkibiy qismlari va trombopositopoez stimulyatorlari gepatotsitlar tomonidan sintezlanadi, shuning uchun uning parenximasining diffuz o'zgarishlari qon ivishining murakkab buzilishiga olib keladi. Jigar qon ivishi jarayonida asosiy rol o'ynaydi, chunki jigar patologiyasi gemostazning barcha omillarini sintez qiladigan gepatotsitlarning funktsional yetishmovchiligiga olib keladi. Gepatotsitlarning zararlanishi surunkali gepatit yoki jigar sirrozining rivojlanishiga olib keladi, bu kasallikning og'irligi va davomiyligini belgilaydi. Ma'lumki, gepatotsitlarning faqat 10-15% koagulyatsion tizimning ishlashi uchun qon ivish omillarining normal darajasini ta'minlashi mumkin. Koagulyatsion va antikoaguluatsion tizimlarni baholash uchun gemostazning barcha yo'nalishlarini o'rganish kerak.

Jigar sirrozi ko'pincha gipersplenizm bilan birga keladi, bu ikkilamchi trombotsitopeniya va gemorragik sindromning asosiy sababi hisoblanadi. Shu bilan birga, jigar sirrozi bo'lgan bemorlarda fibrinoliz ingibitorlari darajasining kamayishi fibrinolizning kuchayishiga olib keladi va qon ketishining yana bitta omili bo'lishi mumkin.

Hozirgi vaqtda jigar sirrozi bo'lgan bemorlarda trombozni oldini olish va davolash uchun maqbul algoritm ishlab chiqilmagan. Jigar sirrozi va o'tkir buyrak yetishmovchiligi bo'lgan bemorlarda uzoq muddatli buyrak almashtirish terapiyasini o'tkazishda bir martalik antitrombin dozasini qo'llash, geparinning profilaktik dozalarini doimiy ravishda belgilashga muqobil bo'lishi mumkinligi haqida ma'lumotlar chop etildi.

https://tma.uz/

December 16 Republican Scientific and Practical Conference

318

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan

taraqqiyotidagi o'rni

'.qqtyottüa^

Shu bilan birga, antikoagulyantlar terapiyadan foydalanish portal vena trombozi bo'lgan bemorlarda dolzarb muammo bo'lib qolmoqda. Jigar sirrozi bo'lgan bemorlarda antikoagulyant terapiya portal gipertenziya oqibatlarini va varikoz tomirlari kengayishining oldini olish bilan birga amalga oshiriladi. Jigar sirrozi bo'lgan bemorlarda antikoagulyantlarni tayinlash, asosan, portal gipertenziya bilan bog'liq qon ketish xavfi ni keltirib chiqaradi [3]. Shuning uchun antikoagulyantlarni tayinlashda ushbu bemorda antikoagulyant terapiyaning mumkin bo'lgan asoratlarini rivojlanish xavfini hisobga olish kerak [1].

Virusli gepatit va jigar sirrozi bilan kurashish bo'yicha chora-tadbirlarga qaramay, kasallangan bemorlarni erta aniqlash, tashxis qo 'yish, differentsial tashxis qo'yish, surunkali gepatit hamda jigar sirrozi va ularning asoratlari bilan og 'rigan bemorlarni davolashga qaratilgan choralarni takomillashtirish kerak. Shunday qilib, jigar sirrozi kasalliklarida gemorragik sindromni davolash va oldini olishning optimal usullarining haddan tashqari murakkabligi, jarrohlik aralashuvlarning natijalarini o'rganish bu muammoni juda dolzarb ekanligini ko'rsatadi.

REFERENCES

1. Воробьев P.A. Диагностика и лечение патологии гемостаза. - M.: Ньюдиамед, 2011. - 410 с.

2. Саидов А.Б., Сайфутдинова З.А., Каримов Х.Я. Лекарственно-индуцированный токсический гепатит: современные воззрения // Назарий ва клиник тиббиёт, 2021. -№3. - Б. 52-58ю

3. Jiburt E.B., Madzaev S.R., Klyueva E.A. Ostanovka krovotecheniya na fone antitromboticheskoy terapii // Vestnik slujbbi krovi Rossii. - 2013. - № 3. - S. 59-

4. Kurbonova Z.Ch., BabadjanovaSh.A. Violations of coagulative hemostasis in patients with liver cirrhosis of the viral etiology.European science review. 2018,7-

5. Kurbonova Z.Ch., BabadjanovaSh.A., Islamova Z.S., Musayeva N.B., Babadjanov A.S. Some features of hemorrhagic syndrome in chronic diffuse liver diseases. Indian Journal of Forensic Medicine and Toxicology. 2020;14(4), 7443-7448.

6. Kurbonova Z.Ch., BabadjanovaSh.A., Korkmaz S., Babadjanov A.S., Musayeva N.B. Platelet Pathology in Patients with Chronic Diffuse Liver Diseases with Viral Etiology. International Journal of Psychosocial Rehabilitation.

62.

8:122-125.

2020,5 (24):2402-10.

https://tma.uz/

Republican Scientific and Practical Conferena

December 16

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.