UDK 502.10:159.955.000.93
ABU ALI IBN SINONING BORLIQ VA BILISH HAQIDAGI FALSAFIY
QARASHLARI
MASHARIPOVA Gularam Kamilovna
Alfraganus universiteti professori, falsafa fanlari doktori,
Orcid: 0009-0007-0788-2359.
ANNOTATSIYA
Maqolada Abu Ali ibn Sinoning borliq va bilish haqidagi falsafiy qarashlari ilmiy jihatdan manbalar asosida asoslab berilgan. Abu Ali ibn Sinoning ontologik qarashlari asosiy e'tibori bilan neoplatonizm ta'sirida shakllanganligiga guvox bo'lamiz. Borliq xaqidagi ta'limotning tayanch kategoriyalari materiya, harakat, makon, vaqt, substansiyadir. Maqolada Abu Ali ibn Sino tabiat azaliy va abadiydir, uning qonunlari o 'z-o 'zidan o 'zgarmaydi, inson ularni anglab etishga qodir, jon tana faoliyati bilan belgilanadi va uning individual umrboqiyligi mumkin emas, degan fikrni ilgari surganligi sharhlar bilan keltirildi.
Kalit so zlar: materiya, harakat, makon, vaqt, substansiya, borliq, bilish, kategoriya, o'lim, hayot, rux, jism.
PHILOSOPHICAL VIEWS OF BEING AND KNOWLEDGE OF ABU
ALI IBN SINA
ABSTRACT
The article substantiates Abu Ali ibn Sina'sphilosophical views on existence and knowledge based on scientific sources. Abu Ali Abu Ali ibn Sina's ontological views were mainly influenced by Neoplatonism. The main categories of the doctrine of existence are matter, motion, space, time, substance. The article mentioned that Abu Ali ibn Sina put forward the opinion that nature is eternal and eternal, its laws do not change by themselves, man is able to understand them, the soul is determined by the activity of the body, and its individual immortality is impossible.
Keywords: matter, motion, space, time, substance, existence, knowledge, category, death, life, spirit, body.
ФИЛОСОФСКИЕ ВЗГЛЯДЫ О БЫТИЕ И ПОЗНАНИЕ АБУ АЛИ
ИБН СИНЫ
АННОТАЦИЯ
В статье на научных источниках обоснованы философские взгляды Абу Али ибн Сины на существование и познание. Абу Али На онтологические
72
www.birunijournal .uz
взгляды Абу Али ибн Сины главным образом повлиял неоплатонизм. Основными категориями учения о существовании являются материя, движение, пространство, время, субстанция. В статье упоминалось, что Абу Али ибн Сина выдвинул мнение, что природа вечна и вечна, ее законы не изменяются сами по себе, человек способен их понять, душа определяется деятельностью тела, и его индивидуальное бессмертие невозможно.
Ключевые слова: материя, движение, пространство, время, субстанция, существование, знание, категория, смерть, жизнь, дух, тело.
Falsafa fani tarixidan ma'lumki, borliq xaqidagi turlicha qarashlar, ta'limotlar mavjud bo'lgan. Borliq tushunchasi keng qamrovli tushuncha bo'lib, moddiylik va ma'naviylikni o'tmish va kelajakni ob'ektiv va sub'ektiv voqeylikni, o'lim va hayotni, rux va jismni o'zida mujassam etuvchi umumfalsafiy tushunchadir. Manbalarda aytilishicha, "tabiatshunoslik fanlarining mustaqil soha bo'lib ajralib chiqishi va shakllanishi aslida Yevropada XVII asrda emas, balki Markaziy Osiyo mutafakkirlarining tinimsiz izlanishlari orqali IX-XI asrlarda ro'y bergan edi" [1, 30-b.]. O'sha davrda u shug'ullanmagan fanning o'zi bo'lmagan. Tibbiyot bilan bir qatorda, falsafa, xususan, bilish nazariyasini ham faol tadqiq etgan. Abu Ali ibn Sino moddiy dunyo predmetlarini sezgilar manbai deb hisoblab, ularning ob'ektiv tabiatini tashqi moddiy dunyo in'ikosi sifatida yoritadi. Bundan tashqari, u sezgini materiyaning xossalaridan biri deb e'tirof etadi. Alloma sezgini materiyaning oliy shakllari bilan bog'laydi. Abu Ali ibn Sino mavjud narsalarni tasniflar ekan, sezgi hayvonlar deb ataluvchi jismlarga xosligini qayd etadi [2, 128-b.].
U neoplatoniklarning jon hissiy narsalarni tananing biron-bir a'zosisiz idrok etadi, degan ta'limotini asossiz deb hisoblaydi. «Qadimda ayrim olimlar (neoplatoniklar) jon hissiy idrok etiluvchi narsalarni hech qanday organlarsiz bevosita sezadi, deb faraz qilganlar. Muhitga kelsak, bu - ko'rish uchun muhit bo'lib xizmat qiluvchi havo, organlarga kelsak, bu - ko'rish organi bo'lib xizmat qiluvchi ko'zdir. Biroq, ular haqiqatdan yiroqdir, chunki hissiy idrok etish jonning o'zida bu organlarsiz yuz berganida, mazkur organlar behuda yaratilgan bo'lib chiqar, ulardan hech qanday naf bo'lmas edi», deb yozadi va so'zining davomida neoplatoniklarning qarashlari asossiz ekanligini ta'kidlab, haqiqat sezgilar tana a'zolariga muhtojligidadir [3, 265-266-b-b.], degan xulosaga keladi.
Abu Ali ibn Sino sezgilar va sezgi organlari haqida gapirar ekan, u yoki bu sezgining yuzaga kelish mexanizmini ilmiy tushuntirishga harakat qiladi. Uning fikricha, hech qanday jism o'z holicha ovozga ega bo'lmaydi. Ovoz ikki jism
KIRISH
73
www.birunijournal .uz
to'qnashganda havo va harakatning tebranishi natijasida yuzaga keladi. Bu to'lqinlar juda tez tarqaladi. Ular quloqqa etgach, tebranuvchi havo eshitish nervlariga tegadi, ular bundan jonni xabardor etadi [4, 260-261-bb.]. Bu tavsif ancha sodda bayon etilgan bo'lsa-da, hozirgi tasavvurlarga mos keladi. Shuningdek, Abu Ali ibn Sino sezgilarni hali ob'ektiv dunyoning sub'ektiv obrazi sifatida idrok etmaganidan dalolat beradi. Sezgilarni tashqi ta'sirning organizmdagi harakati sifatida tushuntirar ekan, Abu Ali ibn Sino uni mexanik talqin qiladi. Abu Ali ibn Sino ko'rish haqidagi ta'limotni ishlab chiqdi. Ko'rish jarayonini tushuntirar ekan, u ayni vaqtda Platonning bu boradagi ta'limoti asossiz ekanligini ko'rsatadi. Abu Ali ibn Sino yorug'likni ko'rishning asosiy vositasi sifatida alohida qayd etadi [6, 224-b.].
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Alloma sezgilar va tuyg'ularning barcha shakllarini o'rganib, ularning fiziologik asoslarini, ya'ni miya tuzilishida sezgi markazlarining joylashuvini tushuntirishga harakat qildi. Miyani aks ettirish faoliyatining bosh apparati deb talqin qilib, hissiy bilish shaklini miya bilan bog'ladi, uni idrok etish va sezish asosi [5, 263-b.], deb e'tirof etdi. Abu Ali ibn Sino ta'limotiga ko'ra, in'ikos faqat aks ettiruvchi tizimga bog'liq emas. Sezish markazi - miyaning old qismida, tasavvur qilish markazi -miyaning o'rta qismida, eslab qolish qobiliyati - miyaning orqa qismida joylashgan. «Kitob un-najot» asarida Abu Ali ibn Sino har bir sezgining fiziologik asoslarini tadqiq etar ekan, hissiy bilish jarayonida asablar muhim rol o'ynashini qayd etadi. Uning fikricha, miya asablar vositasida sezgilar va harakatlarni insonning boshqa a'zolariga uzatadi. Asablar miya uchun o'tkazkich bo'lib xizmat qiladi [5, 264-b.]. Umumiy ma'lum tasavvurga ko'ra, asablar bosh miyadan boshlanadi, ularning tarmoqlari terining yuza tomonida tugaydi [4, 41-b.]. Ko'rib turganimizdek, Abu Ali ibn Sino hissiy bilishning fizik va fiziologik asoslarini ilmiy yo'l bilan tushuntirishga harakat qiladi. Abu Ali ibn Sino O'rta Osiyoning boshqa mutafakkirlari kabi tasavvurni ichki sezgilar qatoriga kiritadi. Uning falsafiy merosini qiyosiy o'rganish tabiat hamda tasavvurning gnoseologik funksiyasini tushunishda yagona yondashuvga tayanganini ko'rsatadi. Uning tasavvurining kuchi shundaki, umumiy sezgiga kiruvchi hamma narsa bizning sezgilarimizgacha etib boradi [5, 264-b.], -deb qayd etadi. Donishmand fikriga ko'ra, tasavvurning gnoseologik funksiyasi shundan iboratki, u tashqi narsalarning obrazlarini gavdalantiradi, hissiy idrok etiluvchi narsalar yo'qolganidan keyin ham ularni xotirada saqlab qoladi.
Abu Ali ibn Sinoning fikricha, mohiyat uch tarzda namoyon bo'ladi. Birinchidan, narsa sezgilarda ularni kuzatish jarayonida aks etadi. Bu erda narsalarning sezgi organlarida bevosita aks etishi nazarda tutilmoqda. Abu Ali ibn
74
www.birunijournal .uz
Sino in'ikos konsepsiyasini bilish jarayoni sifatida qayd etar ekan, bilish darajalari to'g'risidagi masalani ko'taradi. Ma'lumki, bu mo'ljal Yangi davr falsafasida ishlab chiqilgan va nemis klassik falsafasida o'zining tadrijiy yakunini topgan.
Ikkinchidan, ob'ektiv borliqda amalda mavjud bo'lmagan narsaning mohiyati anglanadi [7, 30-b.]. Bu erda formal ahamiyat kasb etuvchi va moddiy borliq bilan bog'lanmaydigan ideallashtirilgan ob'ektlar mohiyatini bilish nazarda tutiladi. Bu mohiyat inson aqlining ijodiy qobiliyatini namoyon etadi.
Uchinchidan, narsa obrazi muayyan sharoitlarda biluvchining jonida aniq aks etishi mumkin. Bu tamoyilda narsani sezgiga bog'liq bo'lgan aloqalardan mavhumlashtirish imkonini beruvchi abstraksiyaning kuchi qayd etiladi. Bunda narsaning obrazi uning substrati mavjud emasligiga qaramay aks etishi mumkin. SHundan kelib chiqib, Abu Ali ibn Sino oqilona bilishda mavhumlashtirish muhim rol o'ynashini qayd etadi. «Bilish narsa obrazini mavhumlashtirishning ayrim o'zaro bog'langan bosqichlaridan iborat jarayon bo'lib, uning natijasida biluvchining ongida predmetning mohiyati va xususiyatlarini ifodalovchi tushuncha vujudga keladi. Bunday mavhumlashtirish bosqichlari to'rtta» [6, 31-b.].
Abu Ali ibn Sino «umumiy sezgi»ni ichki sezgilar qatoriga kiritadi. Uning fikricha, umumiy tuyg'u - miyaning old qismida joylashgan kuch bo'lib, u besh sezgida aks etuvchi barcha shakllarni va ular uzatuvchi kuchni mustaqil qabul qiladi [5, 266-b.]. Binobarin, uning fikriga ko'ra, sezgi organlari yordamida olingan tuyg'ular umumiy sezgi vositasida birlashtiriladi va narsaning hissiy obrazi yaratiladi. Obraz deganda, alloma narsaning tashqi xususiyatlari va xossalari, materiyaning aksidental tomonlari yig'indisini tushunadi. Masalan, inson va uning obrazi haqida so'z yuritar ekan, u shunday yozadi: «Uning obrazi bu uning uzunligi, kengligi, sifati, miqdori va uning holati, ya'ni inson bilan bog'liq barcha narsalardir» [5, 267-b.].
Abu Ali ibn Sino bizga ma'lum bo'lmagan boshqa bir olamning mavjud bo'lishi mumkinligini ta'kidlar ekan, ammo uning insoniyat bilan olamdan farqi masalaga to'xtalib, u olamning bu olamdan boshqacha bo'lishi zarurdir, deydi. Olamning chekli yoki cheksizligi e'tirof etish asnosida ular "bo'shliq" borligini isbot qiladilar. Ma'lumki har qanday jismning harakati makonda sodir bo'ladi. Abu Ali ibn Sinoning javobida bu masala bo'shliq tushunchasi orqali taxlil etiladi va u o'z javobida "na quyiga na yuqoriga borish uchun joyning yo'qligi menga taslim qilinadi", deydi. Boshqa bir-joyda Abu Ali ibn Sino bu masalada o'zining ba'zi fikrlariga suyandik", -deb yozadi. Demokrit ta'limotida borliq bu inson xissiy qabul qila olmaydigan, abadiy, moddiy zarrachalar, ya'ni atomlar majmuidan iboratdir. Ular mavjud bo'lishi uchun harakatda bo'lishi lozim. Harakatda bo'lish uchun bo'shliq bo'lishi zarurdir. Bo'shliq Abu Ali ibn Sinoning javoblaridan ma'lumki, falakda mavjud emas.
75
www.birunijournal .uz
Abu Ali ibn Sinoning ontologik qarashlari asos e'tibori bilan neoplatonizm ta'sirida shakllanganiga guvox bo'lamiz. Borliq haqidagi ta'limotining tayanch kategoriyalari sifatida materiya, harakat, makon, vaqt, substansiya, unsur, jism, falak, kabi tushunchalarni qayd etish mumkin. Abu Rayhon Beruniy fikricha, olamning aylanma harakat qiluvchi qismini "yuqori olam", To'g'ri harakat qiluvchi qismini "quyi olam" deb hisoblaydi. Bunda biz mutafakkirning qadimgi dunyo falsafasi, ayniqsa antik falsafadagi olamning osmon va erga ajratilishi, osmon jismlarining aylanma harakatda, erdagi jismlarning to'g'ri chiziqli harakatda bo'lishi, aylanma harakatning mukammal ekanligi to'g'risidagi fikrlarga tayanganiga guvoh bo'lamiz [8, 30-b.]. Ayni paytda Abu Rayhon Beruniyning olamning tuzilishi to'g'risidagi fikr-mulohazalarini Qadimgi Sharq falsafasidagi borliqning substansiyasini to'rt unsur tashkil etishi to'g'risidagi g'oya bilan bog'lashga, uni o'ziga xos tarzda talqin qilishga urinishini ham ko'rishimiz mumkin. U yozadi: "Bayoniga ehtiyojimiz tushadigan narsa (ya'ni Er) shu (to'rt) navning biri bo'lib, ular olam o'rtasi atrofida bir-birining tepasiga tartibli suratda qo'yilgan va (ularning eng engili) to efir "tagigacha", ya'ni uning bizga eng yaqin chegarasiga etadi. U navlarning vazni og'iri olam markaziga intilma, engilligi esa, olam markazidan (qochma) harakat qiladi" [9, 31-b.]. Shunga qaramay, O'zbekistonda, mintaqada falsafa tarixi tadqiqotchilari orasida borliq muammosi bo'yicha Berdiqul To'ychiev fikriga ko'ra, quyidagi uchta konseptual yondashish mavjudligini e'tirof etish va himoya qilish ko'zga tashlanadi:
1. Borliq haqidagi islomiy, tasavvufiy ta'limotlarni ob'ektiv yoki sub'ektiv idealizmning u yoki bu ko'rinishi deb talqin etish.
2. Tabiatshunoslar - Xorazmiy, Farg'oniy, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug'bek va boshqalarning borliq haqidagi qarashlarini deistik nuqtai nazardan talqin etish (A.Bahouddinov, A.Sagadeyev, E.Ahmedov, A.Sharipov va boshqalar).
3. Sharq mutafakkirlari - faylasuflari Forobiy, Ibn Miskavayh, Abu Ali ibn Sino, ularning maslakdoshlarini, izdoshlarini esa panteist deb e'lon qilish. Xususan, akademik M.M. Xayrullayev, butun o'rta asr mumtoz arab - musulmon falsafasi vakillari u yoki bu darajada panteistik pozitsiyada turganlar, degan xulosani ilgari surgan [10, 179-b.].
O'rta asr musulmon xalqlari falsafasidagi barcha diniy - falsafiy oqimlar orasida mashshoiyyun-peripatetiklar, akademik M.M. Xayrullayev iborasiga ko'ra esa "Sharq arastuchilari" [11, 118-119-bb.] va tabiyyun-demokritchi oqimi etakchi bo'lganligi tarixchilar Ibn an-Nadim, Ashariy, Moturidiy, Shaxrastoniy, Bayhaqiy, Shaxrizuriy va boshqalar tomonidan, shuningdek hozirgi zamon xorijiy Sharq va G'arbdagi tadqiqotchilar asarlarida ta'kidlanadi. Mustaqillik davrida bu yo'nalishdagi izlanishlardan yana biri B.O.To'rayevning monografiyasida aks etgan. Unda o'rta asr
76
www.birunijournal .uz
musulmon xalqlari falsafasi, fani tarixida borliq, uning mavjudlik shakllari muammosi bo'yicha, garchi birlamchi manbalar yetarli foydalanilmagan bo'lsada, asosiy qarashlar-substansional va relyasion konsepsiyalar mavjud bo'lganligi, ularning mohiyati, funksional farqlari, o'zaro munosabati tadqiq etilib, ba'zi umumlashtiruvchi xulosalar berilgan. Substansional konsepsiya vakillarining asosiy aqidalari quyidagicha: "...fazo materiyaga va moddiy o'zaro ta'sirlarga bog'liq bo'lmagan holda, materiyaning mavjudlik sharti (shakli)dir; u - mutlaq harakterga ega (substansiya). Vaqt esa nomoddiy substansiya bo'lib, o'z-o'zicha, fazo, materiya va harakatga bog'liq bo'lmagan holda (alohida) mavjud; u borliq, fazo va harakatning mavjudligiga hal qiluvchi, asosli ta'sir ko'rsatadi; zamoniy munosabatlar mutlaq harakter kasb etib, har qanday hisob tizimlarida bir xildirlar (Demokrit - Nyuton konsepsiyasi)" [12, 17-b.].
Qadimgi yunon falsafasida Demokrit, Gippokrat, Galen kabi mutafakkirlarning tabiatshunoslik bilan chuqur bog'liq bo'lgan bu naturfalsafiy qarashlari keyinchalik o'rta asrlardagi musulmon falsafasida tabiyyun oqimi an'analari sifatida yuzaga chiqqan. Bu oqimning asosiy vakillari Jobir ibn Xayyon, Muhammad Eronshaxriy [13, 622-630-bb.], Zakariyo ar-Roziy [14, 169-b.; 15], Abu Rayhon, Abu-l-Barakot al-Bag'dodiy [16, 48-52-bb.] va boshqa buyuk tabiatshunos, naturfaylasuflar bo'lishgan. Ikkinchi oqim borliq, uning mavjudlik shakllari haqidagi relyasion konsepsiyadir. Relyasion konsepsiya asoschilari Aristotel va uning maktabi vakillari hisoblanadi. Uning o'rta asr musulmon falsafasidagi izdoshlari, davomchilari -Kindiy, Forobiy, Ibn Miskavayh, Abu Ali ibn Sino, Umar Hayyom va boshqa mutafakkirlar ham shu konsepsiyani e'tirof etadilar. "Relyasion konsepsiya vakillari fazoni moddiy dunyoning tarkiblangan tizimi deb, narsa, jism tomonidan egallanadigan joy", - deb qarashadi va uni "ham mavjudlik, yoki bir vaqtda mavjud bo'lish tartibi" (tizimi) deb ataydilar. U (ya'ni - fazo) tamomila moddiy tizimlarga ega va ularning harakati bilan bog'liq tarzda mavjud bo'ladi, ya'ni, u - nisbiy, o'zgaruvchandir. Vaqt esa moddiy tizimlar va hodisalarning (narsalar ketma-ketligi, tartibining) o'zaro ta'siri va o'zgarishlari oqibatidir. Fazo va vaqt, relyasion konsepsiyaga ko'ra, nisbiy harakterga ega" [12, 6-b.].
Shunisi diqqatga sazovorki, har ikki konsepsiya vakillari o'rtasida borliq, uning mohiyati, taraqqiyoti, mavjudlik usuli va shakllari yoki atributlari muammolari yuzasidan o'ta qadim zamonlardan boshlab, butun o'rta asrlar-u, Uyg'onish va Yangi davrlarda, to XX asrlargacha qizg'in, keng ko'lamli bahs-munozaralar davom etgan va relyasion konsepsiya faqat relyativistik fizika, kvant mexanikasi, nisbiylik nazariyasi vujudga kelgan XIX asr oxiri - XX asr davomida ko'proq tan olina boshladi, degan xulosani aytish mumkin. Biroq, bu hali relyasion konsepsiyaning
77
www.birunijournal .uz
uzil-kesil g'alabasi degani emas. Zero, substansial konsepsiyaning yana o'zini ko'rsatishi mumkinligi to'g'risida hozirgi kvant fizikasida, umuman tabiatshunoslikda ishora, gipotezalar anchagina mavjud [17, 22-23-bb.]. Demak, borliq, uning mohiyati, taraqqiyoti, mavjudlik usuli va shakllari yoki atributlari haqidagi ilmiy-falsafiy bahs-munozaralar davom etishi kutilmoqda. Bu esa borliq muammosi bo'yicha yana yangidan-yangi konsepsiya, nazariyalar ilgari surilishi mumkinligidan, bu borliq to'g'risidagi mavjud tasavvurlarning yanada chuqurlashishidan dalolat beradi. Abu Ali ibn Sinoning boy ilmiy merosi muallif tomonidan chuqur o'rganilgan [17, 364b.; 18, 144 b.; 19, 210 b.; 20, 21-25-bb.; 21, 20-2-bb.; 22, 286-291-bb., ].
Xulosa sifatida aytish joizki, biz uchun eng muhim, falsafiy tafakkur taraqqiyoti nuqtai nazaridan favqulodda ahamiyatga ega holat shundaki, Sharq mutafakkirlari, xususan o'rta asr musulmon xalqlari ilm-fani, falsafasining buyuk vakillari Jobir, Eronshaxriy, Roziy, Abu Rayhon Beruniy, Bag'dodiylar borliq muammosi bo'yicha substansional konsepsiyani, Kindiy, Forobiy, Ibn Miskavayh, Abu Ali ibn Sino, Umar Xayyom kabi Vatanimiz - Turkistondan, yetishib chiqqan buyuk mutafakkirlarimiz relyatsion konsepsiyani o'z davri fani, falsafasi taraqqiyoti darajasida xulosalab berishda favqulodda o'rin tutganlar, xizmat ko'rsatganlar. Ayniqsa, o'rta asrlar ilm-fani, falsafasi asoschilari, quruvchilari bo'lishgan relyatsion konsepsiya vakili Abu Ali ibn Sino bilan substansional konsepsiya vakili Abu Rayhon Beruniyning yozishma-maktublari vositasida 3 bosqichda, muntazam va uzoq davom etgan qizg'in ilmiy-falsafiy bahs-munozaralari butun o'rta asr ilm-fani, falsafasida borliq, uning mohiyati, taraqqiyoti, mavjudlik usuli va shakllari borasidagi bahs-munozaralarning eng yuksak cho'qqisi - toji bo'lgan edi. Buning ma'nosini faqat XX asr boshiga kelgandagina jahon ilm-fani, falsafasi, madaniyati tadqiqotchilari, tarixchilari, xususan, K.Brokelman, J.Sarton va boshqalar tushunib etdilar va Sharq mutafakkirlarining ilm-fan, falsafa taraqqiyotidagi yutuqlariga yuksak baho berdilar, ularni e'tirof etdilar [23, 24]. Abu Ali ibn Sino Abu Rayhon Beruniyning falakning na yuqoriga va na quyisiga tomon harakati uchun o'rin, ya'ni makonda boshqa bir joy yo'qligi xaqidagi fikriga o'z munosabatini bildirib: "Men ham falakning pastga tomon harakat qilishi mumkin emas, pastda falakni ko'chib borishi uchun tabiiy bir o'rin yo'q deyman", deb yozadi. Darhaqiqat, Abu Rayhon Beruniyni o'rta asrlar fani taraqqiyotida ilmiy bilishning metodlarini, ayniqsa eksperiment metodini kashf etgan mutafakkirlardan biri deyishga yetarlicha ma'lumotlar mavjud [25, 118-b.]. Abu Ali ibn Sino falsafaning nafaqat etuk
XULOSA
78
www.birunijournal .uz
bilimdoni, sharqda tabiyyun oqimi etakchisi va asoschilaridan bin, balki falsafaning favqulodda muhim masalasi bo'lgan borliq, substansiya borasida ham o'zining original qarashlarini ilgari surgan, tabiyyunning borliq, uning mavjudlik shakllari bo'lgan makon va zamon muammosiga oid relyativistik fizikagacha bo'lgan fan taraqqiyotida fundamental rol o'ynagan substansional konsepsiyani rivojlantirgan, izchil himoya qilgan mutafakkir bo'lgan edi.
ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. Toxir Karim. Beruniy dahosi. - Toshkent, 2007. - B.30.
2. Ибн Сино. Трактат о разделении сущецвующих вещей. - Ташкент: Шарк, 1983. - 128 б.
3. Ибн Сина. Книга исцеления. - Ташкент: Фан, 1967. - Б. 265-266.
4. Ибн Сина. Канон врачебной науки. Кн. 1. - Ташкент: Фан,1996.
5. Ибн Сино. Донишнома. - Ташкент: Фан, 1976. - 264 б.
6. Ибн Сина. Книга спасения. - Ташкент: Шарк, 1986.
7. Ибн Сино. Избранные философские произведения. - Москва: Наука, 1980.
8. Abu Rayhon Beruniy. Qonuni Ma'sudiy. Tanlangan asarlar. T.IV. 1-5-maqolalar. - Toshkent: O'zbekiston, 2022 - B. 30.
9. Beruniy. Qonuni Ma'sudiy. Tanlangan asarlar. T.IV. 1-5-maqolalar. -Toshkent: O'zbekiston, 2022 - B. 30.
10. Хайруллаев М.М. Мировоззрение Фараби и эго значение в истории философии. - Тошкент: Фан, 1967. - С. 179.
11. Xayrullaev M.M. Uyg'onish davri va Sharq mutafakkiri. - Toshkent: O'zbekiston, 1971.
12. Тураев Б.О. Пространство. Время. Развитие. - Ташкент: Фан, 1992.
13. Сартон Г.С. Интрадустион то тще щицорй оф Ссиенсе. Балтиморе. 1927. вол.И. 622-630.
14. Фролова В.А. Проблемы веры и знания в арабской философии. - М.: Наука, 1983. -169с.
15. Каримов У.И. Неизвестное сочинение ар-Рази "Книга тайны тайн" -Ташкент: Фан, 1957.
16. Захидов А. Абу-л-Баракат ал-Багдадий о бытии и материи //Общественные науки в Узбекистане, - 1992,- № 5-6. - Б. 48-52.
17. Masharipova G.K. Xorazm Ma'mun Akademiyasi allomalari tabiiy-ilmiy, ijtimoiy-falsafiy va ma'naviy merosining ijtimoiy tafakkur taraqqiyotiga ta'siri. Monografiya. - Toshkent, Navro'z nashriyoti, 2019. - 364 b.
30 с.
79
www.birunijournal .uz
18. Masharipova G.K. Abu Ali ibn Sino ilmiy-falsafiy va ma'naviy merosining jamiyat hayotidagi o'rni. Monografiya. - Toshkent, Navro'z nashriyoti, 2020. - 144 b.
19. Masharipova G.K. O'rta asrning buyuk kashfiyotlari - xorazmlik matematiklarining ilm-fan taraqqiyotiga qo'shgan hissalari. Monografiya. -Toshkent: Navro'z nashriyoti, 2021. - 210 b.
20. Masharipova G.K. Abu Ali Ibn Sinoning ontologik ta'limotida neoplatonik unsurlar va axloqiy qarashlar. Tamaddun nuri. - 2021. - № 5-6. - B. 21-25.
21. Masharipova G.K. Classification Of Sciences And Neoplatonic Elements In The Ontological Doctrine Of Abu Ali Ibn Sino. International Conference on Advance Research in Humanities, Sciences and Education Malaysia Conference. October 15th 2022, https://confrencea.org. - Pp.20-24.
22. Masharipova G.K. Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sino -ikkinchi ming yillik taqdirini o'zgartirgan daholarning Aristotel qarashlariga munosabati. // Beruniy va Ibn Sino -Ikkinchi ming yillikning taqdirini o'zgartirgan daholar: Ma'mun akademiyasining jahon fani taraqqiyotida tutgan o'rni mavzusidagi xalqaro konferensiya materiallari. - Xorazm Ma'mun akademiyasi, 2023. - 286-291-bb.
23. Brockelmann C. Geschiete der arabischen Litteratur. Bd. I-II. -Weimar-Berlin. 1898-1902.
24. Sarton G. Introduction to the History of science.vol. I-III. Baltimore. 1927-1948.
25. Кедров Б.М., Розенфелд Б.А. Абу Райхан Беруни. - Москва, 1973.
80
www.birunijournal .uz