Научная статья на тему 'ABDULLA ORIPOVNING “HIKMAT SADOLARI” TURKUM SHE'RLARIDA PAYG'AMBAR OBRAZINING IFODALANISHI'

ABDULLA ORIPOVNING “HIKMAT SADOLARI” TURKUM SHE'RLARIDA PAYG'AMBAR OBRAZINING IFODALANISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

1706
106
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Abdulla Oripov / “Hikmat sadolari” va “Haj daftari” turkumi / payg’ambar obrazi / hikmatli she’rlar / hadislar / Abdulla Oripov / a series of books "Sounds of Wisdom" and "Hajj" / the image of the Prophet / wise poems / hadiths

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Nurboy Abdulhakimovich Jabborov, Nozima Husniddin Qizi Ikromova

Abdulla Oripovning qator to`plamlari orasida “Hikmat sadolari” va “Haj daftari” turkumi alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada turkum payg’ambar obrazining ifodalanishi haqida yoritiladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMAGE OF THE PROPHET IN THE POEMS OF THE SERIES "VOICES OF WISDOM" BY ABDULLA ARIPOV

Among Abdullah Oripov's collections the series “Sounds of Wisdom” and the “Book of Hajj” have a special importance. This article discusses the image of Prophet.

Текст научной работы на тему «ABDULLA ORIPOVNING “HIKMAT SADOLARI” TURKUM SHE'RLARIDA PAYG'AMBAR OBRAZINING IFODALANISHI»

ABDULLA ORIPOVNING "HIKMAT SADOLARI" TURKUM SHE' RLARIDA PAYG'AMBAR OBRAZINING IFODALANISHI

Nurboy Abdulhakimovich Jabborov

Alisher Navoiy nomli Toshkent davlat O'zbek tili va adabiyoti universiteti professori

Nozima Husniddin qizi Ikromova

Alisher Navoiy nomli Toshkent davlat O'zbek tili va adabiyoti universiteti

2-bosqich magistranti

ANNOTATSIYA

Abdulla Oripovning qator to'plamlari orasida "Hikmat sadolari" va "Haj daftari" turkumi alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada turkum payg'ambar obrazining ifodalanishi haqida yoritiladi.

Kalit so'zlar. Abdulla Oripov, "Hikmat sadolari" va "Haj daftari" turkumi, payg'ambar obrazi, hikmatli she'rlar, hadislar.

THE IMAGE OF THE PROPHET IN THE POEMS OF THE SERIES "VOICES OF WISDOM" BY ABDULLA ARIPOV

Nurboy Abdulhakimovich Djabbarov

Professor, Tashkent State University of Uzbek Language and Literature named after

Alisher Navoi

Nozima Khusniddin kizi Ikromova

The 2nd year master student, Tashkent State University of Uzbek Language and

Literature named after Alisher Navoi

ABSTRACT

Among Abdullah Oripov's collections the series "Sounds of Wisdom" and the "Book of Hajj" have a special importance. This article discusses the image of Prophet.

Keywords: Abdulla Oripov, a series of books "Sounds of Wisdom" and "Hajj", the image of the Prophet, wise poems, hadiths.

KIRISH

Ma'lumki, payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v) ning sifatlari, xulqlari, fazilatlari Oisha onamiz, sahobalar tomonidan keltirilgan hadislarda, tarixiy kitoblarda yaqqol aks etgan. Ul zotning xulqlari haqida so'zlar ekan, Oisha onamiz: "Xulqlari Qur^on, ul kishi Qur^on mamnun bolgan narsadan mamnun bolar, g^azablanganidan g^azablanardilar", deydi. Demakki, Muhammad s.a.v gozal axloq egasi, ham shunday axloqlarni kamolga yetkazuvchi ulug' zot bo'lgan edilar. Hadislarda Rasulullohning o'ta kamtar va xokisor hayot kechirganliklari ham ta'kidlangan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Abdulla Oripovning "Hikmat sadolari" va "Haj daftari" turkum she'rlarida Allohning Rasuli - payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v) siymosi gavdalantirilgan ko'plab she'rlar uchraydi. To'plamdagi she'rlarning aksariyati muborak zotning sifatlarini tavsiflaydi ("Kamolot", "Azroil", "G'iybat", Hordiq", "Vahiy" kabi). Barcha she'rlarda shoir ijodiy niyati (Muhammad (s.a.v)ning nafaqat payg'ambar, balki saxovat va sadoqat egasi, pokiza va kamtar, kechiruvchi va samimiy, har jihatdan komil ekanligini tasvirlash) quyma satrlar, mohirona tanlangan so'zlar orqali namoyon bo'lgan Tarixiy kitoblarda, hadislarda ushbu mukarram zot haqida keltirilgan manbalar badiiylashtirilib, o'quvchi ko'z o'ngida komil, kamtar, kechirimli, mehribon siymo paydo bo'ladi.

"G^oyat g^arib edi Rasul hujrasi,

Qamish uy edi u, oddiy va faqir"

deya boshlanadi "Kamolot" nomli she'ri. Shoir ul zotning Rasulullohligi, ya'ni Allohning rasuli - elchisi bo'lishdek muborak sharafga ega ekanligiga urg'u berarkan (Rasul), shunday ulug' zotning yashash tarzi nihoyatda oddiy bo'lganini ifodalashga urinadi . Tilimizda hujra so'zi kishi yashaydigan kichkina xona, uycha ma'nosini ifodalaydi. Misrada uyga nisbatan qo'llangan g'oyat g'arib, oddiy, faqir sifatlari Rasulullohning kamtarona hayotlarini yorqin aks ettirishga xizmat qilgan. Keyingi

Ummatlar so^rashdi: - Gapningsirasi,

Sizga yarashmaydi bu kulba axir misralarida qo'llangan kulba so'zi hujra so'zining ma'nodoshi bo'lib, hujradan ko'ra yuqoriroq darajada ma'no ifodalab kelmoqda: kulba—kichik, ko^rimsiz, bechorahol boshpana. fO'zbek tilining izohli lug'ati) Demak, ushbu birinchi banddayoq nabiyga xos hokisorlik namoyon qilingan.

Ular tag^in dedi: - Siz-ku Payg^ambar,

Tomingiz ne uchun bu qadarpastdir?

Rasul javob qildi:-Tinglangiz, magar

Balandni istagan balandparastdir.

Muhammad (s.a.v.) haqida yozilgan hadislarda keltirilishicha, ul zot nihoyatda saxiy, kamtar va mehribon, kechirimli zot bolganlar va ummatlarni ham ozlari kabi bolishga undaganlar. Quyidagi misralarda ularning ana shunday kamtarlik fazilatlari, moddiy ne'matlarga ruju qo'ymaganliklari namoyon boladi.

Siz salom berdingiz - olgayman alik,

Allohning o^zidiryuksak begumon.

Bandaga joizdir faqat kamtarlik,

Yo 7 pastdan boshlanar kamolot tomon

Abdulla Oripov hadislarga murojaat etar ekan, Rasulullohning sunnatlarini bugungi odamlarga eslatib qo'ymoqchi boladi. Bugun "kim o'zaf'ga uy qurish, boylikka ko'ngil qo'yish, harom-harijdan hazar qilmaslik, yolg'on, g'iybat avj olib ketgan.

Ruju qilmadilar Hazrat Payg^ambar Na yuksak saroyga, na oltin taxtga

deb boshlanadi "Ibrat" nomli she'ri. Hadis kitoblarida keltirilishicha, Muhammad (s.a.v.) boshqa paygambarlardan olti narsa bilan afzal qilingan. Ular bashariyat uchun yuborilgan va nabiylarning so'nggisi bo'lgan. Ana shunday yuksak sohibine'mat bola turib, oddiy turmushga amal qilgan.

Rasul kamtarlikni qilib ixtiyor To Mahshar bizlarga qoldirdi ibrat.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Hadislardan birida Allohning Habibi: "Sizdan hech kim toki havoyi nafsi men keltirgan narsaga tobe bolmaguncha musulmon bololmaydi" deganlar. Muborak zot bu dunyo fano ekanligi, ozidan avval o'tgan nabiylar ham turfa sinovlarga dosh berganliklarini, ahli oila va ahli ummatlariga bot-bot takidlaganlar. Yemoqda, dam olmoq, farog'at masalalarida qisqalik tarafdori bolganlar. "Hordiq" she'rida nabiyning ana shunday hislatlari yanada yorqin aks etadi. Rasululloh yo'l yurib charchagan karvonni dam olishga buyuradi va o'zi yerning o'zigagina yotib, biroz vaqt orom olmoqchi boladi.

To"shaksiz, taqirda yotdi yonboshlab, Bamisli ochundan ko^ngli qolgan qul.

Keldi sahobalar ko"zlarin yoshlab: -Hech qursa bo"yrada yotingiz Rasul.

Shoir davr va muhit koloritini berish uchun taqir, ochun, bo'yra so'zlaridan foydalanadi.

Rasululloh dedi: - Oyiamang, also Fanodan men rohat kutayotirman. Bu dunyo daraxtning soyasi go ^yo, Men undan ot minib o^tayotirman. Hadislarda o'tkinchi dunyo sinovlariga bardosh berganlarga ajr borligi keltiriladi. Bu yerda mana shunga ishora mavjud.

Payg'ambarimizning nihoyatda shavqatli zot bo'lganliklari to'g'risida Imom Buxoriydan keltirilgan hadislar bisyor. "Azroil" she'rida ana shu xislatlari namoyon bo'ladi.

Badaviy shaklida kelib Azroil Muhammadga dedi:- Joningni olgum Va lekin hurmatga ekansan noil, Tila, tilagingni do^st bolib qolgum. Nabiy oldiga keluvchi Jabroil notanish odam qiyofasida kelishi hadislarda keltirilgan. Azroil ham bir badaviy (arab qabilasi nomi) ko'rinishida nabiyni dorulbaqoga olib ketishga keladi va so'nggi istaklarini so'raydi.Muhammad (s.a.v) shunda ham o'zlarini emas, ummatlarini o'yladilar:

Yolg^iz o^tinchim bu, qaytarma minba^d, Mayli, so^ng tepamda ko^ksingni kergil. Ummatim jonini oson ol faqat, Uning azobin ham ozimga bergil.

XULOSA

Shoir hadis va rivoyatlarga tayanib, payg'ambar siymosini aks ettirar ekan, kitobxonni qadamma qadam O'ziga-Yaratganga ergashtiradi. O'quvchisini ham shunchaki Rasululloh sifatlari, sunnatlari bilan tanishtiribgina qo'ymay, ularga amal qilishga chorlaydi, nabiyni yanada ko'ngillar tubiga joylashga urinadi. Muborak zot sifatlarini kitobxonga o'rnak qilib, o'z-o'zimizni nazorat qilishga, ayni damda qaysi yo'lda borayotganimizni o'ylab olishga undaydi.

Haq sevgay O^zigayor bandalarni, Dilida iymoni bor bandalarni, Takabbur boshlarni pastroqqa egsa, Yuksakka koлtargay xor bandalarni

deb yozgandi shoir she'rlaridan birida. Demoqchi bolamizki, Abdulla Oripovning "Hikmat sadolari" va "Haj daftari" turkum she'rlari nafaqat istiqlol baxsh etgan ne'mat mevasi, balki, shoirning tub e'tiqodi samarasi, ko'ngil amridir.

REFERENCES

1. OpunoB A6gynna. XnKMar cagonapn. hhco$ Ba gneHar rona6. "Hyp",1993, E-7.

2. OpunoB A6gynna. TaHnaHraH acapnap."Sharq" HampHeT-Mar6aa a^nagopnuK KOMnaHHacH 6orn TaxpnpHflTH. T., 2019.

3. fflanx, MyxaMMag Cogns; MyxaMMag Mcy$. AKpng hhmh Ba yHra 6ofhhk; Macananap. "Hilol-nashr", T.,2019/263-bet.

4. Imom Buxoriy. "Al jomf as sahih", I jild.

5. Nurboy Jabborov "Zamon, mezon, she'riyat" G'afur G'ulom nashriyoti, Toshkent. 2015.

6. Abdulla Oripov. "Haj daftari. Hikmat sadolari" 1992.

7. Abdulla Oripov "Tanlangan asarlar" G'afur G'ulom nashriyoti, Toshkent. 2001.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.