Научная статья на тему 'ABDULLA AVLONIY VA HAMZA IJODIDA TA’LIM-TARBIYAGA OID G’OYALAR'

ABDULLA AVLONIY VA HAMZA IJODIDA TA’LIM-TARBIYAGA OID G’OYALAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1659
120
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Abdulla Avloniy / Hamza Hakimzoda Niyoziy / Abu Nasr Forobiy / bola tarbiyasi / hikoyat / mavʼiza / didaktik gʻoya / sheʼriy hikoyat. / Abdulla Avloni / Hamza Hakimzoda Niyazi / Abu Nasr Farobi / child reaching / story / sermon / didaktik idea / poetic story / didactic idea / poetic .

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sevara Toxir Qizi Ahadova, Rayxon Baxritdinovna Rasulova

Maqolada mutafakkirlardan Abdulla Avloniy va Hamza ijodining o’ziga xos tomoni ta’lim – tarbiya mavzularining o’xshash jihatllari va hikoyatlardagi asosiy gʻoyalar ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IDEAS OF EDUCATION IN THE WORKS OF ABDULLA AVLONI AND HAMZA

The article the peculiarities of the work thinkers Abdulla Avloni and Hamza reveal similar aspects of educational topics the main ideas in the.

Текст научной работы на тему «ABDULLA AVLONIY VA HAMZA IJODIDA TA’LIM-TARBIYAGA OID G’OYALAR»

ABDULLA AVLONIY VA HAMZA IJODIDA TA'LIM-TARBIYAGA OID

G'OYALAR

Sevara Toxir qizi Ahadova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti 4-bosqich talabasi

Ilmiy rahbar: Rayxon Baxritdinovna Rasulova

Maqolada mutafakkirlardan Abdulla Avloniy va Hamza ijodining o'ziga xos tomoni ta'lim - tarbiya mavzularining o'xshash jihatllari va hikoyatlardagi asosiy g'oyalar ochib berilgan.

Kalit so'zlar: Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abu Nasr Forobiy, bola tarbiyasi, hikoyat, mav'iza, didaktik g'oya, she'riy hikoyat.

IDEAS OF EDUCATION IN THE WORKS OF ABDULLA AVLONI AND

HAMZA

The article the peculiarities of the work thinkers Abdulla Avloni and Hamza reveal similar aspects of educational topics the main ideas in the.

Keywords: Abdulla Avloni, Hamza Hakimzoda Niyazi, Abu Nasr Farobi, child reaching, story,sermon, didaktik idea, poetic story, didactic idea,poetic .

Sharq mutafakkirlarining merosida ta'lim- tarbiya masalalari muhim o'rin egallaydi. Shunday mutafakkirlardan Abdulla Avloniy va Hamza ijodining o'ziga xos tomoni ta'lim - tarbiya mavzularini o'xshash jihatidir. Masalan, tarbiya haqida buyuk mutafakkir Abu Nasr Forobiy shunday degan; " Bola tarbiyasi bir qancha maqsadga qaratilgan holda olib borilmog'i va u aqliy va axloqiy tarbiya birligidan iborat bo'lmog'i lozim". Boshqa mutafakkir Abu Ali Ibn Sino esa maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya berish masalalarini asarlarida yoritilganini ko'rishimiz mumkin.

ASOSIY QISM

Abdulla Avloniy va Hamza ham ko'plab asarlarini o'z davri muammosi bo'lgan ta'lim- tarbiyaga qaratgan holda yozgan. Abdulla Avloniy bola tarbiyasiga alohida muhabbat bilan qaragan edi. Shu sababdan ham adib, - " Tarbiyani tug'ilgan kundan boshlamak, vujudimizni quvvatlantirmak, axloqimizni kuchlantirmak lozim, deydi u, -

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

Shuning uchun tarbiya qiluvchi muallimlarning o'zlari ilmlariga olim bo'lib , shogirdlariga ham bergan darslarini amal ila chaqishtirib o'rgatmaklari lozimdir. Bu ravsh ta'lim ila berilgan dars va ma'lumot shogirdlarning diliga tez ta'sir qilib , ular ilmli - odobli bo'ladilar". Adib yuqoridagi hurfikr gaplari bilan bolalarni tug'ilgan kunidan boshlab , ta'lim-tarbiyaga o'rgatmog'imiz kerak deydi. Hamza esa mehnatkash xalq ommasi va uning bolalarini o'qitish va tarbiyalashga katta e'tibor bergan. Hamza " bir iloj qilib kambag'al bolalarni aqchasiz... tarbiya va o'quvga boshlarini band qilmoq " choralarini izlaydi, she'r va maqolalarida bolalarni o'qishga chaqiradi. Abdula Avloniy bola kamolotida zakovat va fíkrning ijobiy ta'sir kuchiga g'oyat zo'r baho berar ekan, u shunday deydi; " Zakovat insonning eng yaxshi fazilatlaridandir. Zakovatli kishilar biron ishni boshlamoqchi bo'lsalar uni har taraflama o'ylab ko'radilar. Shuning uchun ham ular katta hayotiy tajriba orttirib , kamolatga erishadilar. Zakovat hayotning barcha mushkul va jumboq masalalarini hal qilishda odamga hamrohdir: - Fikr tarbiyasi esa, eng kerakli , ko'p zamonlardan beri taqdir qilinib kelgan, muallimlarning diqqatlariga suyangan, vijdonlariga yuklangan vazifadir. Shuning uchun Abdulla Avloniy bolaning fikrlash qobiliyatini o'stirishda muallimning roli katta ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlaydi.

Hamza esa xalqni o'qitish , savodxon qilish uchun tinimsiz intiladi va kurashadi. Maktablar uchun darslik va qo'llanmalar yozadi. Adib yozgan darsliklar va uning o'sha davrdagi dunyoqarashi, badiiy ijodi, bolalar adabiyotini tushunishi haqida ko'pgina ma'lumot beradi. Ikki adib ham bolalar tarbiyasiga e'tibor qaratar ekan, bolalarning o'qib, ta'lim olishida maktabning o'rni beqiyosligini ta'riflaydi.

Masalan, Abdulla Avloniyning " Ikkinchi muallim" asari " Maktab" she'ri bilan

boshlanadi. She'rda kimki maktabga borsa , o'qisa savodxon bo'lsa , juda ko'p

narsalarga erishishi chiroyli ta'riflanadi:

Maktab dur-u gavhar sochar,

Maktab sizga jannat ochar,

Maktab jaholatdan qochar,

G'ayrat qilib o'qing o'g'lon!

Maktab sizni inson qilur,

Maktab hayo ehson qilur,

Maktab g'ami vayron qilur,

G'ayrat qilib o'qing o'g'lon!

Hamzaning esa " Maktab xususinda" she'ri alohida ajralib turadi. U bu she'rda maktabni millatning quyoshiga , guli va bog'iga o'xshatib ta'riflaydi: Maktab millat quyoshi, Balki ko'z ila qoshi. Ko'zsiz , qoshsiz kishining

Qanday xunukdir boshi. Maktab millat saroyi, Ilmu adabning joyi. Dunyoda eng saodat Axtarganlarning joyi. Maktab millatning guli, Millat aning bulbuli, Maktabsiz qolgan millat Boshqa chamanning quli.

Abdulla Avloniy '' Maktab gulistoni " asarining kirish qismida quyidagi:

Maktab -xazinai adabu ilm(u) izzating, Maktab- bog'i jannati firdavs , ne'mating, Maktab kishini jahl(u) doniydan qilur xalos, Maktab -kalidi ka'bai qalb (u) zakovating. Parchani epigraf qilar ekan, adib shunday deydi:

"Adabiy axloqiy maroq-u shavq ila o'quladurgan hikoyalar, she'r ila Turkiston maktablarining ikkinchi sinflaridan boshlab o'qutmoqg'a muvofiq ravishda yosh bolalar uchun yengil vazn va oson sheva uzra tartib berildi". Adib bolalarning ta'lim olishi haqida qanchalik qayg'urganligini yuqoridagi gaplardan ham ko'rishimiz mumkin.

Yoki Hamza Hakimzoda Niyoziyning quyidagi misrasiga e'tibor qilaylik: Ulsa qayu millat ilmsiz, Shuyla ular oning jazosi.

Ushbu misrada adib ilm olishni yuksak pog'onaga ko'taradi. Ya'ni ilmsizlik o'lim bilan teng deydi.

Quyidagi parchaga e'tibor qilaylik: Fikr agar yaxshi tarbiya topsa, Xanjar olmosdan bo'lur o'tkir. Fikrning oynasi o'lursa zang, Ruh ravshan , zamin bo'lur benur. Bu parcha ulug' pedagog Abdulla Avloniyning dil so'zlaridir. Adib ilm bilan tarbiya orasida biroz farq bo'lsa ham ikkisi bir - biridan ayrilmaydigan, birining vujudi birovga bog'langan jon ila tan kabidur deya o'zining ibratomuz fikrlarini keltirib o'tgan.

Yoki Hamzaning " Ilm ista " she'rini oladigan bo'lsak, adib bu she'rida yoshlarga murojaat qilib kishining ko'zlagan murod- maqsadiga erishishida ilm olishning ahamiyati katta ekanligini aytadi, yoshlarni ilm olishga , dunyo sirlarini

o'rganishga dav'at etadi. U ilmli kishi bilan ilmsiz kishini bir- biriga solishtirib ilmli kishini porloq oftobga , ilmsiz kishini qorong'u kechaga o'xshatadi. Shuning uchun ham Hamza ilm- fanning mohiyatini tushuntiradi va yoshlarni ilm o'rganishga undaydi:

.... Har murodu maqsadingga yetmay istarsan murod, Ko'z ochib bedor bo'l: darkor ilm, darkor ilm, Ul haqiqat o'yiniga sayqal istarsan, Nihin , ilm ista, ilm ista , istag'il zinhor ilm!

Yuqoridagilardan ham ko'rinib turibdiki, ikki adib ham ilm olish haqida ajoyib fikrlar bergan.

Ko'rib turganimizdek, ikki adib ham bolalarning ta'lim-tarbiya olishida maktabning o'rni muhim ekanligini ajoyib satrlarida ifodalagan. Yoki Abdulla Avloniyning " Tarbiya biz uchun yo hayot yo mamot, yo najot yo halokat, yo saodat, falokat masalasidir", - deb yozgan fikrlarini oladigan bo'lsak, adibning bosib o'tgan hayot yo'lini yoshlarga ibrat qilib ko'rsatishimiz mumkin. Hamza esa bolalarni yoshligidanoq rostgo'ylik ruhida tarbiyalash lozimligini uqtiradi, ularni yolg'onchilik va aldamchilikdan uzoqroq yurishga chaqiradi. Abdulla Avloniy va Hamza bolalar uchun, ularning o'qib bilim olishlari uchun ko'plab darsliklar, o'quv qo'llanmalar yaratgan. Ulardagi ma'no -mazmun turlicha bo'lsa-da, ularning maqsadi bitta edi, ya'ni xalqni bilimli, ilmli qilish edi. Ikki adib ham o'z maqsadlari yo'lida qiyinchiliklarga qaramasdan xalqiga sadoqat bilan chin ko'ngildan xizmat qilishdi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Mamasoli Jumaboyev.(2004) Bolalar adabiyoti.-T:O'qituvchi, 51-57.

2. Ahmedov,B Qosimov, R.Qo'chqorov, Sh.Rizayev. (2020) Adabiyot 5-sinfi uchun darslik.Toshkent"Sharq" 190-200.

3. Abdulla Avloniy.(2009)Tanlangan asarlar.Maktab guliston(1-jild) T: Ma'naviyat.195

H.

4. Hamza Hakimzoda Niyoziy.(1988)Tanlangan asarlar. She'rlar.(2-tom).T:Fan.

5. Hamidova Muhayyoxon Obidovna. Abdulla Avloniy va Hamza Hakimzoda Niyoziy ijodi. 10-16 b.

6. Jumaboyev M. (2020)0'zbek bolalar adabiyoti.T:O'qituvchi. 14-19 b

7. PacynoBaP.E. 2021.Y^YBqH^APAA MATH ^PATHm КOMПETEHЦH£.ПAPHHH mAKRHAHTHPHmrA HYHA^THPH^rAH TAL-HHM TEXHOnOFHanAPH. Chirchik, Uzbekistan International Conference Pages: 204

XULOSA

8. Rasulova Raykhon Bahritdinovna.(2021) Reference to the Layers of Classical Literature in the Formation of Text Creation Skills. International Journal of Academic Pedagogical Research (IJAPR) ISSN: 2643-9123 Vol. 5 Issue 5, May -Pages:150-151

9. Rayxon Rasulova, Umidaxon Jumanazarova.(2021) Beruniyning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" asarining adabiyotimizdagi o'rni caöaön" KHecH. A.Qodiriy nomidagi JDPI Xalqaro ilmiy-uslubiy anjuman.

10. Rayxon Rasulova., Yulduz Jovliyeva.(2021) Ibn Sinoning "Hayy bin yaqzon" asaridagi falsafiy qarashlar va majoziy timsollar tavsifi . A.Qodiriy nomidagi JDPI Xalqaro ilmiy-uslubiy anjuman.

11. www.ziyouz.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.