Научная статья на тему 'ABDULLA AVLONIY ASARLARI TALABALARDA YUKSAKAXLOQIY FAZILATLARNI SHAKLLANTIRISHDA MUHIM MANBA SIFATIDA'

ABDULLA AVLONIY ASARLARI TALABALARDA YUKSAKAXLOQIY FAZILATLARNI SHAKLLANTIRISHDA MUHIM MANBA SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

353
31
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
upbringing / formation / Jadidism / education / spirituality / enlightenment

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Madina Isroil Qizi Ashurova

Maqolada Abdulla Avloniy asarlarida tarbiyaviy qarashlari tahlil qilingan. Abdulla Avloniyning tarbiyaviy faoliyati, asarlaridan talabalarni yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirishda foydalanish masalalari bayon qilingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article analyzes the educational views of Abdullah Avloni. The issues of Abdullah Avloni's educational activity, the use of his works for the formation of high spiritual and moral qualities among students are outlined.

Текст научной работы на тему «ABDULLA AVLONIY ASARLARI TALABALARDA YUKSAKAXLOQIY FAZILATLARNI SHAKLLANTIRISHDA MUHIM MANBA SIFATIDA»

ABDULLA AVLONIY ASARLARI TALABALARDA YUKSAKAXLOQIY FAZILATLARNI SHAKLLANTIRISHDA MUHIM MANBA SIFATIDA

Madina Isroil qizi Ashurova

Toshkent davlat pedagogika universiteti magistranti

ANNOTATSIYA

Maqolada Abdulla Avloniy asarlarida tarbiyaviy qarashlari tahlil qilingan. Abdulla Avloniyning tarbiyaviy faoliyati, asarlaridan talabalarni yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirishda foydalanish masalalari bayon qilingan.

Kalit so'zlar: tarbiya, shakllantirish, jadidchilik, maorif, ma'naviyat, ma'rifat

ABSTRACT

The article analyzes the educational views of Abdullah Avloni. The issues of Abdullah Avloni's educational activity, the use of his works for the formation of high spiritual and moral qualities among students are outlined.

Keywords: upbringing, formation, Jadidism, education, spirituality, enlightenment

KIRISH

XIX asrning oxiri - XX asr boshida Turkiston madaniyati qator talantli olim, sayyoh, shoir, pedagog, jurnalistlarni yetishtirib chiqardi, ular xalqimizning umumiy madaniy rivojlanishiga juda katta ta'sir ko'rsatdi. Bu davrda Ahmad Donish, Berdaq, Feruz, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Bayoniy, Avaz O'tar kabi olim, shoirlar o'z davrining muhim masalalarini ko'tarib chiqdilar va xalqni ilm-fan, marifatni egallashga undadilar.

XIX asr oxiri XX asr boshidagi o'zbek milliy pedagogikasining mashhur vakillaridan biri - ma'rifatparvar shoir, dramaturg, jurnalist, olim, davlat va jamoat arbobi Abdulla Avloniydir. Uning madaniyatimiz tarixidagi o'rni haqida gap ketganda, ikki jihatini alohida ta'kidlash zarur: pedagogik faoliyati va adabiy - badiiy ijodi. Uning pedagogik faoliyati, ta'lim-tarbiya haqidagi fikrlari XX asrning boshlarida yangi bosqichga ko'tarilgan ma'rifatchilikning xususiyatlarini belgilashda muhim manbalardandir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Atoqli pedagog, dramaturg Hoji Muin o'zining «O'zbekcha alifbolar tarixi» maqolasida 1900-yildan 1925-yilgacha yaratilgan

® ©

©

O1

February, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal

366

alifbolarga obzor berib, A. Avloniy «Birinchi muallim » asarini Saidrasul Saidazizovning «Ustodi avval» hamda Munavvarqori Abdurashidxon o'g'lining «Adibi avval» asarlaridan keyin tilga oladi: «Uchinchi — «Birinchi muallim». Bu alifbo 1912-yilda Abdulla Avloniy tomonida yozilib, Toshkentda «Maktab kutubxonasi»ning xarji bilan bosildi. Oktyabr o'zgarishigacha 4—5 qatla bosilib chiqdi». [6]

A. Avloniy mazkur alifbo darsligini yaratishda usuli savtiya metodida yaratilgan dastlabki darsliklarni chuqur o'rgandi, o'zining amaliy pedagogik faoliyatidan keng foydalandi. Muallif alifboni yaratishda bolalarning yosh xususiyatlariga alodida e'tibor berdi, o'qishning eng oson usullarini qo'llashga harakat qildi. Bu haqda A.Avloniy yozadi: «Muhtaram muallim afandilarimizdan rijo qilurmanki, bizning «Birinchi muallim»imizdan ham olub, tajriba qilub, o'qutub ko'rsalar. Chunki har gulning bir isi, har mevaning ta'm va mazasi vordur. Bu «bo'y» va «ta'm» esa tajriba sohiblarina kashf va ma'lum o'lur. Shoyad millat bolalarina foydabaxsh o'lur umidinda bir necha muallimlarimizning iltijolari ila ko'b vaqt tajriba so'ngidan bu risolai ojizonamni «Birinchi muallim» ismi-la maydoni intishora tuydim. Maorifparvar muallim birodarlarimiz iltifotsiz qoldirmasalar kerak».

Abdulla Avloniy o'quvchilarni estetik tarbiyalashda, ularning og'zaki nutqini o'stirishda maktabning pastki sinflaridayoq ifodali o'qish usuliga alohida e'tibor beradi. Shuning uchun ham muallifning ushbu "Birinchi muallim", "Ikkinchi muallim" darsliklari usuli jadid maktablarida ancha keng qo'llangan va bir necha bor qayta nashr qilingan.

Abdulla Avloniyning "Adabiyot yoxud milliy she'rlar" (5 juzdan tashkil toptan) to'plami hamda "Maktab gulistoni" ham maktablarning yuqori sinflari uchun darslik—majmua sifatida yaratilgan. Shuning uchun ham ushbu majmualarga faqat o'zininggina she'rlarini emas, boshqa mualliflarning ham bolalarbop asarlarini kiritgan. Majmualar 1909—1917-yillar davomida nashrdan chiqarilgan, darslik-majmualar ifodali o'qishda asosiy qo'llanma vazifasini bajargan.

Shoir-pedagog A. Avloniy mazkur asarlarida ham o'quvchilarga tavsiya qilgan badiiy matnlarning bolalar bilim saviyasiga mos bo'lishiga, ularni qiziqtirishiga alohida e'tibor beradi.

Chunki u asrlar davomida maktab va madrasalarda darslik sifatida o'qitib kelingan kitoblar bolalarning yoshlik xususiyatlariga, ruhiyatiga, bilim saviyasiga butunlay to'g'ri kelmasligini pedagoglar orasida birinchilardan bo'lib ko'ra olgan va bu to'g'rida baralla fikr bildirishga jur'at

qilgan edi.

February, 2022

O'zbekiston Respublikasi taraqqiyotining hozirgi bosqichida yoshlaming ma'naviy qiyofasini shakllantirishda, ulami ilm-ma'rifatli, diyonatli, yuksak axloqli bo'lishlari bilan birga, zamonaviy texnika va texnologiyalami puxta o'zlashtirib olishlariga katta axamiyat berilmoqda. O'zbekiston Davlati fuqarosining ma'naviy qiyofasini belgilovchi fazilatlar-vatanparvarlik, insonparvarlik, milliy g'urur, mehnatsevarlik, baynalminalchilik kabilar maktab va o'qituvchining faol ishtirokida, tarbiyaviy ta'siri ostida shakllanadi.

Bugungi kunda yoshlarimizning nafaqat ilmli balki yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo'lishi va bu fazilatlarni, ilmiy salohiyatini namoyon qilib Vatanimiz ravnaqiga hissa qoshmoqda. Yurtboshimiz Oliy Majlisga murojaatnomasida ham yoshlarning ta'lim- tarbiyasiga to'xtalib o'tganlar.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasida: "Biz o'z oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etishdek ulug' maqsadni qo'ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug'beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak. Bunda, avvalo, ta'lim va tarbiyani rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g'oyamizning asosiy ustunlari bo'lib xizmat qilishi lozim.

Ushbu maqsad yo'lida yoshlarimiz o'z oldiga katta marralarni qo'yib, ularga erishishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish va har tomonlama ko'mak berish -barchamiz uchun eng ustuvor vazifa bo'lishi zarur. Shundagina farzandlarimiz xalqimizning asriy orzu-umidlarini ro'yobga chiqaradigan buyuk va qudratli kuchga aylanadi.

Shu maqsadda "Yangi O'zbekiston - maktab ostonasidan, ta'lim-tarbiya tizimidan boshlanadi", degan g'oya asosida keng ko'lamli islohotlarni amalga oshiramiz"[1]

Abdulla Avloniy odamlarni xulq xatti-harakat nuqtai nazaridan ikki guruhga bo'ladi: biri yaxshi xulqli kishilar, ikkinchisi yomon xulqli kishilardir. U bunday deydi: Axloq ulamosi insonlarning xulqlarini ikkiga bo'lmishlar: agar nafs tarbiyat topib, yaxshi ishlarni qilurga odat qilsa, yaxshilikka tavsiya b o'lib, "yaxshi xulq" agar tarbiyasiz o'sib, yomon ishlaydurgan bo'lib kesa, yomonligiga tavsiya bo'lib, "yomon xulq atalur".

MULOHAZA VA TAKLIFLAR

Farzand tarbiyasi shaxsiy masala emas, u davlat, jamiyat ahamiyatiga ega bo'lgan buyuk ijtimoiy ishdir, u shu darajada

February, 2022

buyuk ishki, Vatan istiqboli ham, millat taqdiгi ham taгbiya bilan bog'liq. Avloniy so'zlari bilan aytganda "tartiya bizlaг uchun yo hayot yo mamot, yo najot yo halokat, yo saodat yo falokat masalasiduf'. Abdulla Avloniy axloq be^an ta^ifi: Insonlarni yaxshilikg'a chavqгuguvchi, yomonlikdan qaytaгuvchi biг ilmduг. Yaxshi xulqlaming yaxshiligini, yomon xulqlarning yomonligini dalil va misollar ila bayon qiladurgan kitobni axloq deyilur. Avloniy tarbiyani keng ma'noda tushungan, tarbiyani

birgina axloq bilan chegaralab qo'ymaydi. «Sog' tanda, sog'lom aql» degan hikmatning bejiz emasligini yaxshi biladi. U bolaning sog'lig'i haqida qayg'uradi. Uning ta'kidlashicha, badanning salomat va quvvatli bo'lmog'i insonga eng keгakli narsadur. Chunki o'qumoq, o^ganmoq va o^gatmoq uchun insonga kuchlik, kasalsiz jasad lozimdur.

Avloniyning vijdon haqidagi mulohazalari ham diqqatga sazovor. «Vijdon deb ruhimizga, fikrimizga ta'siг qiladurgon hissiyot, ya'ni sezuv tuymakdan iborat ma'naviy quvvatni aytilur. Biz har vaqt afolu va harakatimizning yaxshi va yomonligini, foyda va zararligini onjak vijdonimiz ila bilurmiz. Vijdon insonning aql va fikrini haqiqiy mezonidurki, bu tarozu ila o'z kamchiliklarini o'lchab, bilmaq barobar boshqalarning ham fa'ol harakatini sezur. Agar ishlagan ishi sharoit, aql va

hikmatga muvofiq bo'lsa, muhabbat qiluг. Qabohat va yomon ishlami qilsa, nafrat qiluг... Vijdon yaxshi ishlaming manbai o'ldig'indin vijdon sohiblari har bir ishni beg^az, xolis niyat ila ishlar. Shul sababli har kim nazarida maqbul va suyukli bo'lur.. Al-hosil, vijdon haг kimning afol va haгakatini ko'гsatadugon musaffo bn oyinaduгki, bu ko'zguga chin nazar qilg'on kishi o'z aybu kamchiliklarini tuzatmak haгakatida bo'lub, boshqalarning ayb va qusuriarini ohtaгmoqg'a vaqti bo'lmas...» [4]. Avloniy taгbiyaning aslini ko^satadigan mezon - bu vijdon deydi.

Vatan tuyg'usi eng insoniy, eng mo'tabar tuyg'ularáan biгi. Vatan darái bilan yashamoq, uning baxtidan quvonmoq, u bilan faxrlanmoq kerak. Vatan Onadek muqaddas. Uni qadriash, e'zozlash, uning shodlik va quvonchiga sherik bo'lish, g'am-hasгatini baham ko'гish fareandning buгchi. Avloniy vatan va uning oldilagi burchini shunday tushunadi. U deydiki: «Шг biг kishining tug'ilib o'sgan shahri va mamlakati shul kishining vatani deyilur. Har kim tug'ilgan, o'skon yerini jonidan ortiq suyar. Hatto bu vatan his-tuyg'usi hayvonlaráa ham boг. Agaг bñ hayvon o'z vatanidin - uyuridan ayгilsa, o'z yeгidagi kabi rohat faгog'atda yashamas. Maishati talx bo'lub, har vaqt dilining biг go'shasida o'z vatanining muhabbati turno» [3; 259-bet].

February, 2022

XULOSA

Farzandlar ham har xil bo'ladi. Onaning baxtiga sherik bo'lib, baxtsizligida yolg'iz tashlab ketuvchi farzandlar ham topiladi. Vatanning ham faqat fusunkor tabiatini, bog'-rog'larini hush ko'radigan, lekin tashvish va g'amlarini o'ylamaydigan farzandlari yo'q emas. Vatanni: u qanday bo'lmasin, sevish kerak.

«Biz, - deydi Avloniy, - Turkistonliklar o'z vatanimizni jonimizdan ortiq suyganimiz kabi, arablar arabistonlarini, qumlik issig' cho'larini, eskimo'lar shimol taraflarini, eng sovuq qor va muzlik yerlarini boshqa yerlardan ziyoda suyarlar. Agar suymasalar edi, havosi yaxshi, tiriklik oson yerlarga o'z vatanlarini tashlab hijrat qilurlar edi. Bobolarimiz «Qishi yurtida sulton bo'lguncha, o'z yurtingda cho'pon bo'l, demishlar» [3; 255- bet.).

Ulug' allomamiz Abdulla Avloniy oilada bolalar tarbiyasini barvaqt boshlagan ma'qul degan barcha mutafakkirlarning fikriga qo'shilgan holda insonning voyaga yetishida ta'lim-tarbiyaning o'rni beqiyos ekan, bu jarayonni azaliy an'analarga tayangan holda ta'lim-tarbiyani amalga oshirish lozim deb hisoblaydi. Abdulla Avloniyning ta'lim-tarbiyaga oid oxirgi yozgan asarlarida ilgari surgan ta'limiy-tarbiyaviy g'oyalari, ko'plab nazariy mulohazalari ushbu asarlari qoshidan joy olgan bo'lib, ularni mufassal tadbiq etish milliy ma'naviyatimizni xolis anglab yetishda bugungi avlodlar uchun benazir manba va asos bo'lib xizmat etadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi. 2020-yil. 5-bet

2. Абдулла Авлоний. Туркий гулистон ёхуд ахло;. Т.: "Ук;итувчи", 1992.

3. Авлоний Абдулла. Танланган асарлар. Икки жилдлик. 2-жилд. -Т., Маънавият, 1988. 93-б.

4. Бегали Крсимов, Шухрат Ризаев. Абдулла Авлоний (1878-1934) -https://ziyouz.uz/ilm-va-fan/adabiyot/milliy-uygonish/begali-qosimov-shuhrat-rizaev abdulla-avloniy-1878-1934/

5. Мунавваров А. "Педагогика". -Т. 1996 й.

6. Мусурмонова О. Укувчиларнинг маънавий маданиятини шакллантириш. -

Т.: Фан, 1993. -113 б.

February, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.