JffiTALQINVA
\-/TADQIQOTLAR No4 2022
«O
ilmiy-uslubiy jumaU
S_Q Vn«TTT T r:i\I\ A <£TIk' A mil A li V I VY: TTSIVrniVTV STF All ART1VT
8-9 YOSHLI GIMNASTIKACHILARNING JISMONIY SIFATLARINI
#
RIVOJLANTIRISHNING O'ZIGA XOS JIHATLARI
* : i>
»
Jo'raboyev Nodirbek Nuriddinovich
Surxondaryo viloyati Denov tumani 54-umumiy o'rta ta'lim maktabi jismoniy tarbiya fan o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7258073
Annotatsiya: Ushbu maqolada so'nggi yillarda gimnastik elementlarning murakkablashib borishi yosh gimnastikachilar jismoniy sifatlarini rivojlantirish va takomillashtirish masalasiga alohida e'tibor qaratmoqda. Ammo ko'pincha shu sifatlarning rivojlanganlik darajasi gimnastik elementlarni samarali o'zlashtirish imkonini bermaydi.
Kalit so'zlar: jismoniy va funksional imkoniyatlar, yuklamalar, gimnastik mashqlar, kombinatsiyalar, sportchilar, tayyorgarlik, ilmiy-tadqiqot.
MSA
!>">j :> > > Yosh sportchilarni tayyorlash, shu jumladan gimnastika bo'yicha iste'dodli
sportchi bolalarni yetishtirish o'quv-trenirovka jarayoni yangicha ilmiy nazar bilan
»
yondoshish hamda samarali pedagogik texnologiyalar yaratish darkorligini taqozo etadi. Sport amaliyoti tajribasi shuni ko'rsatadiki, sportchilarni tayyorlashda qo'llaniladigan an'anaviy uslub va vositalar ko'p yillik tayyorgarlik jarayonining muayyan bosqichida o'z samaradorligini yo'qotishi yoki sustlashtirishi mumkin. Natijada, sport natijalari ham, jismoniy va funksional imkoniyatlar ham taraqqiyotdan to'xtashi ehtimoldan holi emas. Bunday vaziyatni kelib chiqishi tabiiy holatdir. Chunki organizmning yuklamalarga moslashish imkoniyati cheksiz bo'lmaydi, an'anaviy yuklamalarga ko'nikish hosil bo'ladi, ixtisoslashtirilgan maxsus mashqlar sport mahoratini o'sishiga qudrati etmay qoladi. Ma'lumki, yildan yilga gimnastik mashqlar dasturi yangicha mazmun va mohiyatga ega bo'lib, ijro etilayotgan harakat 'M
^^^ v I I ^
kombinatsiyalari borgan sari murakkablashib borayapti. Binobarin, ushbu vaziyat gimnastik ko'pkurash turlari istiqbolini oldindan belgilab berish imkonini yaratadi. Bularning barchasi olimpiada o'yinlarining ommalasha borishi, ularning dasturlari va
tv> /^/in I I n-r fl r» l"*\ 1 K\ I n 1-1 rr/^ r» rrvn T-| X in H1111 -»--» /"r I 7-rrr»T ' n K rv n ln Krt /~l n Irn-f+r» n -
medallar sohiblari geografiyasining kengaya borishi hamda katta sportning
professional va tijorat qiyofasiga kirib borayotganligi bilan bo g'liqdir. Bu esa o'z
navbatida mashg'ulot va musobaqalar yuklamasi hajmi hamda shiddatini ortishi,
«i 1 > ^^ i sportchilar mahoratining o'sishi, tayyorgarlikning yangi samarali uslub va vositalarini
ishlab chiqish va amalga tadbiq etish, katta sport yo'nalishidagi ilmiytadqiqot ishlarining jaddallashishi va shu jarayonni ta'minlashda qo'llanilidagan ilmiytadqiqot asboblarining yangi avlodini yaratilishi, malakali sportchilarning
_ _____•______• • ,______ • • ____•,______A , ______ •____
tayyorgarlik jarayonini kompyuter tizimi asosida nazorat qilish, sport anjomlari,
-ro^r- ...
JffiTALQINVA 1
%#TADQIQOTLAR No4 2022
^^ ilmlyuHuOty iumali i»--r «-W"
' 1 J E" I |
uskunalari va sport kiyimlarini takomillashib borishiga asoslanadi. Sport
#
industriyasining keng quloch yozishi, sport infrastrukturasining rivojlanib borishi, xalqaro musobaqalar taqvimining kengayishi, sportchi va murabbiylarning turli mamlakatlarda faoliyat ko'rsatishi, sport va ilmiy axborot hajmining ortib borishi, ilmiysport markazlari va ko'pdan-ko'p tayyorgarlik bazalarining tashkil etilishi bilan belgilanadi. Shu bilan bir qatorda, ta'kidlash joizki, katta sportga olib chiquvchi ko'p yillik tayyorgarlik tizimidan joy olgan dastlabki tanlov va sportga yo'naltirish
jarayoni zamonaviy sportning o'ta dolzarb va fundamental ahamiyatga ega masalalardan biridir. Gimnastik mashqlarga dastlabki o'rgatish jarayonida bolalar trenerlari, aksariyat hollarda, ayrim muammolarga duch kelishi kuzatilib turadi. Jumladan, hatto eng oddiy gimnastik element texnikasiga o'rgatishda muayyan jismoniy sifatlarning rivojlanganlik darajasiga tayaniladi. Jismoniy sifatlarni rivojlantirish jarayoni turli malakali sportchilarni tayyorlash tizimining ustivor va ajralmas qismiga mansubdir. Ko'pgina tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, ushbu sifatlarni rivojlantirish samaradorligi harakat malakalariga o'rgatish muddati va shu malakalarni o'zlashtirish sur'atini belgilaydi. So'nggi yillarda gimnastik elementlarning murakkablashib borishi yosh gimnastikachilar jismoniy sifatlarini rivojlantirish va takomillashtirish masalasiga alohida e'tibor qaratmoqda. Ammo
»
m?
ko'pincha shu sifatlarning rivojlanganlik darajasi gimnastik elementlarni samarali o'zlashtirish imkonini bermaydi. Shunday vaziyatlarda odatda ikki yo'nalishda tashkil etiladigan maxsus mashg'ulotdan foydalanish tavsiya etiladi. Ushbu turdagi mashg'ulotlarning yo'nalishlaridan biri - bu harakat qobiliyatini shakllantirish, ikkinchisi - harakat ko'nikmalarinitarbiyalash. Qayd etilgan vazifalarni alohida mustaqil va birgalikda hal etish mumkinligidan qat'iy nazar muvofiq jismoniy sifatlarni ham bir yo'la rivojlantirish zarur bo'ladi. Binobarin, zamonaviy gimnastik mashqlarni samarali o'zlashtirish ustivor jihatdan ixtisoslashtirilgan jismoniy tayyorgarlikka bog'liqdir. Jismoniy tayyorgarlik umumiy va maxsus jismoniy sifatlarni rivojlantirish jarayonini o'z ichiga oladi. Mutaxassis olimlarning fikriga ko'ra, dastlabki tayyorgarlik bosqichida shug'ullanayotgan yosh gimnastikachilarda shu yoshda qulay kechadigan jismoniy sifatlarni, jumladan, tezkorlik-kuch, egiluvchanlik, chaqqonlik va alohida koordinatsion sifatlarni rivojlantirmoq lozim.
J-jt
Ushbu jismoniy sifatlarni rifojlantirishda qaysi biriga ustunlik bilan yondoshish masalasida mutaxassislar fikri turlicha. Bir guruh mutaxassislar tezkorlik, kuchtezkorlik sifatlari va koordinatsion qobiliyatga urg'u berish lozimligini ta'kidlaydilar. Ular shu sifatlarga ustunlik berilishini bolalarning yosh xususiyatiga mutanosib ekanligi bilan izohlaydilar. Boshqa bir guruh olimlar jismoniy sifatlar o'rtasidagi uzviy bog„liqlikni e'tiborga olgan holda, mazkur yoshdagi bolalarda
barcha sifatlarni barovar rivojlantirish muhimligiga e'tibor qaratadilar. Shu bilan bir
__ , , •_______,-, ••_______• _ _____•„•_______• ••_______• •
qatorda yosh gimnastikachilar jismoniy tayyorgarligining asosiy jismoniy sifatlarini
* iJ
JffiTALQINVA 1
\-#TADOIOOTLAR Nod 2022
№4 2022
ilmlyuslubly jurnali
Miiiif-iwuuif juinan
turli yo'nalishda, jumladan gimnastik elementlarga mos yo'nalishda o'rganish
#
bo'yicha o'tkaziladigan tadqiqotlar deyarli yo'q ekanligi kuzatildi. Ko'p yillik musobaqa amaliyotida sport natijalarining o'sishini ta'minlash dastlabki tayyorgarlik bosqichida olib boriladigan o'quv-trenirovka mashg'ulotlari samaradorligini oshirish zarurligiga e'tibor qaratadi. Keyingi bosqichlarda yosh gimnastikachilar tayyorgarlik jarayonini boshqarish yuksak sport mahorati talablari doirasida amalga oshirilishi darkor. Buning uchun maksimal sport natijalarini ko'rsatish mumkin bo'lgan yosh
J»
! Ш-
davrigacha harakat qobiliyatlarini takomillashtirishga qaratilgan uslub va vositalardan unumli foydalanish lozim bo'ladi. Zamonaviy gimnastikada o'rgatilishi zarur bo'lgan harakat malakalariga xos jismoniy sifatlarni qisqa muddat ichida rivojlantirish imkoniyatini yaratuvchi uslub va vositalar qo'llaniladi. Bu esa o'z navbatida gimnastik snaryadlarda ijro etiladigan mashqlarni tezroq o'zlashtirish va bu masalaga ko'proq vaqt ajratishni taqozo etadi. Gimnastikachilarning texnik tayyorgarligi ularning jismoniy sifatlariga asoslanadi. Agar gimnastikachining jismoniy imkoniyati
mmnnrliV ai favm Vom fn I n Kl о rvn штглК Karmnnn m-rrvrfn m nonnm m о rr» m inn
gimnastik element texnikasi talablariga javob bermasa, birorta mashqni maromida
bajarish mumkin bo'lmaydi. Boz ustiga, texnik mahoratni takomillashtirish nuqtai nazaridan kuchga oid tayyorlov mashqlari tarbiyalanayotgan sifatni yuksak darajada shakllanishini ta'minlashi kerak. Bu borada gimnastikachilarga maxsus yo'naltirilgan
»
mashg'ulotlar az qotadi. Ayniqsa, musobaqa davrida gimnastikachilar uchun o'rganilayotgan elementlarga xos sifatlarni shakllantirish muhim ahamiyatga egadir. Binobarin, shunday ekan, har bir muayyan vaziyatda harakat malakasiga o'rgatish jarayoni o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lishi zarur. Xulosa o'rnida shuni aytish
Хге^гоЛгХгл iicmrmni cifa+lcirni ontin cVi iara\rr»ni cbiinHc»; +aeViVi1 É»+i1ieVn lri7imln
kerakki jismoniy sifatlarni rivojlantirish jarayoni shunday tashkil etilishi lozimki, oldindan o'zlashtirilgan bir guruh mashqlar nafaqat boshqa turdosh mashqlar elementlariga o'rgatish masalasini engillashtirishi darkor, balki dastlabki o'zlashtirilgan mashqlar qayd etilgan turdosh mashqlarga o'rgatishda asosiy manba bo'lib xizmat qilishi maqsadga muvofiqdir. Bunga etakchi texnik xususiyatlarga ega keng gimnastik mashqlar majmuasiga asosan ishlab chiqilgan muvofiq jismoniy va maxsus harakat tayyorgarligi hamohang bo'lishi mumkin. Tashkiliy va uslubiy jihatdan bunday ixtisoslashtirilgan tayyorgarlik nafaqat tasnifiy asosda uyushtirilishi kerak, balki maxsus tanlangan o'quv-trenirovka mashqlari yordamida olib borilishi J-jt
л w tv»nki-m n 1лл-т1тгп4- Irr» n 1л /л+n /~11 WS -г
muhim ahamiyat kasb etadi.
ш
Adabiyotlar:
1.Umarov M.N., Eshtaev A.K. Planirovanie i raspredelenie sredstv trenirovki gimnastov na nachalnom etape podgotovki. Ucheb. posobie. - T.: UzGIFK, 2004. -
! Ж**
154 s.
2. Eshtayev A.K. Gimnastika darsi: O'quv qo'llanma. - T.: 2004. - 120 b.
3. Umarov M.N. Gimnastika: O'quv qo'llanma. - T.: Vneshin vestrom, 2015. -
400 b.
>q ] q ]> >
is* » J