Научная статья на тему '5-6 SINF O’QUVCHILARINI ATROF MUHITGA OQILONA MUNOSABATDA BO’LISH VA TABIAT NEMATLARINI ASRAB AVAYLASH RUHIDA TARBIYALASH'

5-6 SINF O’QUVCHILARINI ATROF MUHITGA OQILONA MUNOSABATDA BO’LISH VA TABIAT NEMATLARINI ASRAB AVAYLASH RUHIDA TARBIYALASH Текст научной статьи по специальности «Экологические биотехнологии»

284
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ekologik tarbiya Ekologik ta„lim / ekologik dunyoqarash atrof muxit Tabiat nematlari Atmosfera havosi / aholi sog„ligi / Tabiatni muhofaza. hayvonot olami / o„simliklar olami / Экологическое образование / экологическое воспитание / экологическое мировоззрение / окружающая среда / природные блага / атмосферный воздух / здоровье населения / охрана природы. животный мир / растительный мир

Аннотация научной статьи по экологическим биотехнологиям, автор научной работы — Nazira Yodgorovna Ro’ziyeva

Ushbu maqola o`quvchilarni atrof-muhitga oqilona munosabatda bo`lishga va tabiat ne`matlarini asrab avaylash ruxida tarbiyalashda Ekologik tushuncha tabiatga atrof-muhitga mehr uyg„otish, tejamkorlik xususiyatlarini inson tafakkurida shakllantirishga qaratilgandir

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Данная статья направлена на воспитание у школьников разумного отношения к окружающей среде и сохранения ее благ.

Текст научной работы на тему «5-6 SINF O’QUVCHILARINI ATROF MUHITGA OQILONA MUNOSABATDA BO’LISH VA TABIAT NEMATLARINI ASRAB AVAYLASH RUHIDA TARBIYALASH»

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-572-576

5-6 SINF O'QUVCHILARINI ATROF MUHITGA OQILONA MUNOSABATDA BO'LISH VA TABIAT NEMATLARINI ASRAB AVAYLASH RUHIDA TARBIYALASH

Nazira Yodgorovna Ro'ziyeva

Termiz muhandislik texnologiya instituti o'qituvchisi

Ushbu maqola o'quvchilarni atrof-muhitga oqilona munosabatda bo'lishga va tabiat ne'matlarini asrab avaylash ruxida tarbiyalashda Ekologik tushuncha tabiatga atrof-muhitga mehr uyg'otish, tejamkorlik xususiyatlarini inson tafakkurida shakllantirishga qaratilgandir.

Kalit so'zlar: Ekologik tarbiya Ekologik ta'lim , ekologik dunyoqarash atrof muxit Tabiat nematlari Atmosfera havosi , aholi sog'ligi, Tabiatni muhofaza. hayvonot olami, o'simliklar olami

Данная статья направлена на воспитание у школьников разумного отношения к окружающей среде и сохранения ее благ.

Ключевые слова: Экологическое образование, экологическое воспитание, экологическое мировоззрение, окружающая среда, природные блага, атмосферный воздух, здоровье населения, охрана природы. животный мир, растительный мир

The purpose of this article is to educate the readers to have a rational attitude towards the environment and to preserve nature's blessings.

Keywords: Ecological education, ecological education, ecological outlook, environment, natural blessings, atmospheric air, public health, nature protection. animal kingdom, plant kingdom.

Ekologik ta'lim-tarbiya umumiy ta'lim-tarbiyaning yangi shakiliy va tarkibiy qismi bo'lib, maktabda barcha fanlarni o'qitishda amalga oshirilishi ko'zda tutiladi. Ekologik ta'lim-tarbiyadan bosh maqsad ham yosh avlodga atrof-muhit va uning muammolariga ongli munosabatni

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

shakllantirishdan iboratdir.

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-572-576

5-6 sinfo'quvchilarini o'qitishda ekologiyaga oid tushunchalarni takomillashtirish zaminida atrof-muhit bilan qanday munosabatda bo'lishni o'rgatish bugungi kunning dolzarb masalasiga aylandi. Yangi asrning barkamol o'sayotgan yoshlari o'zida ekologik tarbiya unsurlarini ham namoyon eta olishi zamon talabidir. Ekologik tushuncha -bu atrof-muhit to'g'risida chuqur bilimga, tabiatni asrash tuyg'usiga ega bo„lish,tabiatning asosiy qismi bo'lgan o'simlik va hayvonlarga nisbatan g'amxo'rlik ko'rsatish, foydali kochatlar o'tkazish, kushilar uchun yasama uyalar o'rnatish esa tabiiy resurslarni kupaytirish vositasi ekanligini anglatish kerak.tabiat zaxiralaridan oqilona foydalanish, ularni ko'paytirish borasida ular haqida qayg'urishga qaratilgan amaliy faoliyatning yuksaltirib borish zarurdir.

5-6 sinf o'quvchilarida ekologik tarbiya mexanizmlarini shakllantirish va takomillashtirishda atrofimizdagi tabiatni o'rgatish, o'simlik va hayvonlar haqida malumotlarni o'rganishga e'tibor qaratish muhimdir. Yurtimizda tabiat mintaqalari o'simlik va hayvonlarini o'rganishga hissa qo'shgan olimlar faoliyatini o'rganish, mustaqil mashg'ulotlarga ahamiyat berish lozim. Ekologik tarbiyada o'quvchilarni o„z bilim oladigan maskani va yashaydigan hududlarni, atrof muhitlarini ko'kalamzorlashtirish, mevali va manzarali daraxt ko'chatlarini ekish, xiyobonlarni, suv havzalarini ozoda saqlash, uy hayvonlariga qarash kabi ishlarda kuchi yetgancha qatnashishga jalb etish katta ahamiyatga ega. Zero, tabiat haqida gapirayotgan o'quvchi o'zi ham tabiatning bir bo'lagi ekanligini bevosita his qilishi juda muhim. Ayni shunday darslar jarayonida o'quvchilarda tabiat va inson o'rtasidagi o'zaro bog'liqliklari haqida dastlabki tushunchalar hosil bo'ladi.

Darslarni ochiq osmon ostida o'tkazish o'quvchini atrof olam haqida fikrlarini bir qadar kengaytiradi va boyitadi. Chunki, kitobda o'qigan daraxtining tanasiga suv qo'yishi, sur'atini ko'rgan gulning muattar hidini tuyishi yoki qayrilgan butaga tirgovich qo'yishi, iliq nurlari bilan erkalayotgan quyosh taftini tuyishi orqali o'quvchi tabiat bu ona ekanligini to'liq his qiladi. Bunday holatlarni bartaraf etish maksadida darsdan tashqari vaktlarda o'quvchilar bilan tabiatga ekskursiya o'tkazish katta axamiyatga ega. Bunday ekskursiyalarda tabiat muxofazasiga oid turli materiallar to'plash, tushuntirish ishlari olib borish, o'quvchilarni inson uchun foydali bo'lgan hayvon va o'simliklar bilan tanishtirish zarur. Tabiat ne'matlariga e'tiborsizlik oqibatida tabiatga zarar yetishini misollar bilan ko'rsatish kerak. Shu o'rinda o'quvchiarga foydali kochatlar o'tkazish, kushilar uchun yasama uyalar o'rnatish esa tabiiy resurslarni kupaytirish vositasi ekanligini

anglatish kerak. Masalan Surxondaryo viloyati Termiz shahrida 38-o'rta talim maktabining 5 sinf o'quvchilari bilan ochiq osmon

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-572-576

ostida o'tkazilgan ekskursiyalarda quyidagi ekologik tarbiyaviy va tushuntirish ishlari olib borildi. Daraxtining tanasiga suv qo'yishi, foydali va manzarali, mevali ko'chatlar o'tkazish, bu ko'chatlarni doimiy parvarish qilib turish kerakligi. Vaqt otgan sayin daraxtlar o'sib shirindan-shakar mevalar berish va mevalarni o'zlaring do'stlaring boringki barcha jonzotlar iste'mol qilish va soyasidan insonlar foydalanishi kabi tushuntirilishi lozim. Tabiatdagi barcha qushlarni foydali tomonlarini tushuntirib qushlar uchun yasama uylar yasash kerakligi va qushlarni yashashi, hatti xarakatlari o'z avlodlarini ko'paytirish uchun uya qurishi, oziq g'amlashi va shu kabi hatti xarakatlari 5-sinf o'quvchilariga tabiatdagi jonzotlarga nisbatan mexrni uyg'ota olishi, shu orqali o'quvchilarga tabiiy muhitni asrash va resurslarni ko'paytirish ahamiyatli ekanligini anglatish kerak. Ochiq osmon ostida tashkil qilingan ekiskursiyalar atrof-olam haqida haqiqiy borliqni gulning muattar hidini tuyishi yoki qayrilgan butaga tirgovich qo'yishi, iliq nurlari bilan erkalayotgan quyosh taftini tuyishi orqali o'quvchi tabiat bu ona ekanligini to'liq his qiladi. Bunday ekskursiyalarni biz ko'plab tashkil qilishimiz katta ahamiyatga ega. Ekskursiya jarayonida o'tkazilgan so'rovnomalar o'quvchilarda tabiiy resurs hisoblangan o'simliklar va hayvonot olamiga nisbatan fikr va dunyoqarashida hosil bo'lgan katta o'zgarishlarini berilgan so'rovnoma orqali bildirishdi. So'rovnoma natijasiga ko'ra 78% foiz bolalarda ekologik bilimlar takomillashganini ko'rish mumkin.

Ana shu xislatlarni o'zida aks ettira olgan insonnigina ekologik tarbiya egasi deb atash mumkin. Iste'moldan ortiqcha suv jo'mraklardan oqishiga yo„l qo'ymaslik, suv xavzalarini ifloslantirmaslik, chiqindilarni duch kelgan joyga to'kmaslik, turar joylarni ozoda saqlash, ko'chat va gullarni sindirmaslik hamda ularni ekish, hayvonlarga g'amxo'rlik qilish, qushlarni parvarishlash, xonadon va xiyobonlarni gulzorga aylantirish kabi harakatlarni amalga oshirish ekologik madaniyatlilikning eng oddiy ko'rinishlari hisoblanadi. Ekologik tarbiya - bu insonni tabiatga qadam qo'ygan vaqtdan boshlab, butun hayoti davomida tabiatdan ongli ravishda foydalanishga, psixologik, axloq-odob yuzasidan xalqimizning tabiatga hurmat va e4ibor bilan qaraydigan ota - bobolarimizning odatlarini, udumlarini tarbiyalab borish tabiiy boyliklarni ko'paytirish, bog'u rog'lar, gulzorlar tashkil qilishga undashdan, uning qalbida yaxshi xislatlar uyg'otishdan iboratdir. Ekologik tushuncha insonda tabiatga atrof-muhitga mehr uyg'otish, tejamkorlik xususiyatlarini shakllantirishga qaratilgan tabiatni muhofaza qilish, uni avaylab asrash tuyg'ularini inson tafakkurida shakllantirishdan iborat.

Shuningdek, ekologik tarbiyalash jarayonida o'quvchilarga tabiat

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-572-576

boyliklarini tejab-tergashga, tabiatni muhofaza qilishga da'vat etadi. Ekologik ta'lim-tarbiyaning asosiy maqsadi jamiyat kishilarini ekologik jihatdan savodxonligini, madaniyatini oshirish, tabiatni muhofaza qilish, ozoda-toza saqlash, hayvonot olamiga, o'simliklarga mehr uyg'otish orqali tabiat ne'matlarini parvarishlashdan iborat bo'ladi. Bugungi ekologik ta'lim tizimida dolzarb muammo bu mamlakatda uzluksiz ekologik ta'lim modeliga amal qilish natijasida yagona tabiat va jamiyatdagi o'zaro uyg'unlik, birlik imkoniyatlarini shakllantirishdir Tirik mavjudotlarni o'rab olgan narsa atrof-muhit. Ana shu atrof-muhitni toza saqlab, uni muhofaza qilish har bir insonning burchi ekanligini biz o'quvchilarga shakillantirib borishimiz zarurdir. Agar biz tabiat oldidagi burchimizni unutsak, tabiatga ziyon yetkazamiz. Tabiatdan foydalanishda odamlarning yo'l qo'ygan ziyonlari, albatta, o'z javobini qaytaradi. Ya'ni son-sanoqsiz ekologik muammolarni yuzaga keltiradi. Bu muammolar oldida har bir inson o'z javobgarligini his qilgan holda tabiatni asrab-avaylashi lozim. Tabiat bilan inson o'rtasidagi munosabatning buzilishi ekologik muammolarni yuzaga keltirdi. Ya'ni inson tabiatga ziyon yetkazsa, uni muhofaza qilmasa, tabiatda ekologik zanjirlar buzilib ketadi. O'simliklar bilan hayvonlarning. birgalikda yashaydigan guruhlari ekologik zanjirni hosil qiladi. Tabiatda bunday ekologik zanjirlar hamma joyda bor. Agar ekologik zanjir buzilsa, tabiat ekologik halokat qurshovida qoladi. Inson ona-tabiatning bir bo'lagi bo'lib, jonli va jonsiz tabiatni muhofaza qilishi va ekologik muammolar oldini olishi shart. Ekologik muammolar yechimini birgalikda izlashni unutmaslik kerak. Hozirgi yoshlarning voyaga etish vaqtida jamiyat hayoti, butun er taqdiri uchun javobgarlik va mas'ullik hissini singdirgan holda ta'lim-tarbiyani tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Shuning uchun ularda tabiatga muhabbat, barcha tirik mavjudotlarga hurmat, o'zlarining tabiatdagi xulq-atvorining oqibatlarini oldindan ko'ra bilish qobiliyatini shakllantirish juda muhimdir. Xulq-atvorning ekologik madaniyati bu bilim, ko'nikma, malaka va kompetensiyalar estetik tarbiya asosida shakllantirilib, o'quvchilarda tirik mavjudotlarga hamdard bo'lishni o'rgatish, tirik mavjudotga zarar yetkazmaslik, o'simlik va hayvonlarni nobud qilmaslik, tabiat yaratgan narsani yo'q qilishga haqqimiz yo'qligini anglatishimiz shartdir. Ekologik ta'lim va tarbiya jarayonida o'quvchilarda kognitiv harakatlarni takomillashtirish, motivatsiya va tabiiy dunyoga qiziqish hamda ijodiy faoliyat orqali ularning shaxsiy fazilatlari shakllantiriladi. Ekologik ta'lim va tarbiyaningning maqsadi va vazifalari, o'qituvchining ushbu yo'nalishdagi faoliyati "Tabiat dunyosi bilan tanishtirish" va "Kognitiv tadqiqot

faoliyatini rivojlantirish" dasturini o'z ichiga olishi lozim. Shu o'rinda tabiiy fanlar atrof olamning tuzilishi va tabiat xilma-xilligi

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-572-576

haqidagi bilimlarni beradi. va ilmiy dunyoqarashning shakllanishiga zamin yaratadi.

Ekologik ta'lim-tarbiyaning asosiy maqsadi o'quvchilarni atrof-muxitga oqilona munosabatda bo'lishga, jamiyatda kishilarini ekologik jihatdan savodxonligini va madaniyatini oshirishga, tabiatni muhofaza qilishga Xulq-atvorning ekologik madaniyati bilim, ko'nikma, malaka va hayotiy tajribalarini oshirib rivojlantirib borishdan iboratdir.

REFERENCES

1. G. A. Abdullayeva (2021). O'QUVCHILARNING MA'NAVIY-AXLOQIY TARBIYASINI BAHOLASHNING AYRIM MASALALARI. Academic research in educational sciences, 2 (NUU Conference 1), 300-305.

2. To'lanovna, A. M., & Maxammadjonovna, M. G. (2021). Ekologik ta'lim va tarbiyada xorijiy tajriba.

3. Usmonov B.Sh., Raximov F.X., Dusmuxamedova M.X. "Ta'lim, fan va ishlab chiqarish innovatsion korpoorativ hamkorlik. Ilmiy-uslubiy qo'llanma. Toshkent. "Adabiyot uchqunlari" nashriyoti, 2017 y

4. Jo'raev N. "Avesto mo'jizasi" Toshkent. G'ofur G'ulom nomidagi nashr-matbaa ijodiy uyi. 2013

5. Shodimetov. Yu. Ijtimoiy ekologiya. (darslik). Toshkent. 2003 y

6.Juraevich, Juraev Anvar, and Urakov Nuriddin Abramatovich. "Development of designs and justification of the parameters of a scretting drum with a damper of a spinning machine." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 10.5 (2022): 1093-1101.

7. Hamrokulova, S. (2022). Pedagogical-programm implementation of the development of environmental education in higher class pupils of secondary schools. Central Asian Journal of Education and Computer Sciences (CAJECS), 1(4), 52-56.

8. Шахноза Эркиновна Хамрокулова (2021). Узбек маърифатпарвари Абдурауф Фитрат асарларида экологик тарбия масалалари. Science and Education, 2 (11), 1116-1119.

9. Ш. Э. Хамрокулова (2021). ЭКОЛОГИК ТАРБИЯ МЕХАНИЗМЛАРИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШДА ИННОВАЦИОН ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИНГ АХАМИЯТИ. Academic research in educational sciences, 2 (NUU Conference 1),

10. Абдуазимова, З.А. (2019). Интеграция экологического воспитания и нравственного воспитания. интеграция, 9, 10-2019.

11. Muxamedjanova, L. (2022). Amaliy etika va estetika O'quv qo'llanma. https://scienceweb.uz/publication/4489

12. З. А. Абдуазимова (2022). Шахс-эстетик дидини шакллантиришда эко-эстетик маданият. Academic research in

286-289.

educational sciences, 3 (NUU Conference 2), 110-114. doi: 10.24412/2181-1385-2022-2-110-114

April, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.