Научная статья на тему '“4+2” MODELI ASOSIDA BO‘LAJAK TARBIYACHILARNING MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARNING EKOLOGIK MADANIYATINI OSHIRISHGA O’RGATISH'

“4+2” MODELI ASOSIDA BO‘LAJAK TARBIYACHILARNING MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARNING EKOLOGIK MADANIYATINI OSHIRISHGA O’RGATISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tarbiya jarayoni / amaliy mashg‘ulot / ekologik madaniyat / atrof-muhit / mehr-muhabbat hissini oshirish.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Niyozov Xurshid Xudaykulovich

Ushbu maqolada bolalar bog‘chalarida tarbiyalanuvchilarning ekologik madaniyatini shakllantirish hamda ularda atrof muhitga mehr-muhabbat hissini yanada oshirish to‘g‘risida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“4+2” MODELI ASOSIDA BO‘LAJAK TARBIYACHILARNING MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARNING EKOLOGIK MADANIYATINI OSHIRISHGA O’RGATISH»

"4+2" MODELI ASOSIDA BO'LAJAK TARBIYACHILARNING MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA BOLALARNING EKOLOGIK MADANIYATINI

OSHIRISHGA O'RGATISH Niyozov Xurshid Xudaykulovich

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining Ingliz tili fani o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10680965

Annotatsiya. Ushbu maqolada bolalar bog'chalarida tarbiyalanuvchilarning ekologik madaniyatini shakllantirish hamda ularda atrof muhitga mehr-muhabbat hissini yanada oshirish to'g'risida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: tarbiya jarayoni, amaliy mashg'ulot, ekologik madaniyat, atrof-muhit, mehr-muhabbat hissini oshirish.

KIRISH

Bugungi kunda insoniyatning asosiy muammosi bo'lib turgan atrof-muhitning zararlanib borishi barcha sohalarda o'z ta'sirini o'tkazayotganligi sir emas. Shunday ekan, yosh avlodga sayyoramizni asrash bo'yicha mudom tushuntirib borishimiz, ularning atrof-muhitga bo'lgan mehrini yanada oshirishimiz lozim. Chunki sayyoramiz taqdiri kelajak avlod qo'lidadir. Biroq barcha yoshlarimiz ham ushbu muammolarni to'la-to'kis his qila olmoqda, deb ayta olmaymiz. Chunki, nafaqat yoshlar, balki o'rta yosh, hatto, keksa yoshdagi insonlar ham ushbu muammolarni hali-hanuz his eta olishgani yo'q.

Xo'sh, bunga sabab nima? Balki bunday kishilarda ekologik madaniyat to'liq shakllantirilmagan. Balki ta'lim-tarbiyada ushbu muammo to'liq qamrab olinmagan yoki darsliklarga singdirilmagandir. Bu omillarni o'rganish, ularning yechimini topish, bugungi ta'limning asosiy vazifalaridan biri bo'lib qolmoqda. Bu jabhada barcha pedagog-tarbiyachilardan birgina talab - bu har bir bolaga, boqcha yoshidan boshlab, tarbiya jarayonida ekologik muammolar va ona tabiatga nisbatan to'g'ri hamda talab darajasida munosabatda bo'lishni uqdirishdir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tarbiya jarayonida bolalarning ekologik madaniyatini bosqichma-bosqich oshirib borish bugungi kun talabi bo'lib qolmoqda. Chunki har bir soha mutaxassislari sayyoramizni asrab-avaylash haqida jon kuydirayotgan bir vaqtda pedagoglarimiz o'quvchilarda va tarbiyalanuvchilarda tabiatga mehr hissini oshirishga qaratilgan amaliy mashg'ulotlarini tashkil qila olishi o'ta muhim vazifa. Buning uchun bolalar bilan ishlash jarayonida ularning shaxs sifatida tabiatga ko'rsatayotgan ta'sirini to'g'ri tushuntirish lozim. Bu jarayonda pedagog tarbiyachi, albatta, kreativ bo'lmog'i, turli usullar va metodlar yordamida bog'cha yoshidagi bola ongiga kirib borishi kerak.

Bugungi kun bolalari qalbida bu hisni uyg'otish, albatta, oson emas. Hozirgi yoshlarimiz, nazariy bilimlardan ko'ra amaliy bilimlarni ko'proq qabul qilishga o'rgangan. Ushbu omillardan kelib chiqib, bugungi kun yosh avlodida ekologik madaniyatni shakllatirish hamda atrof-muhitga bo'lgan hissini uyg'otish uchun quyidagilarga e'tibor qaratishni lozim deb topdik:

- tarbiya jarayoniga interaktiv usullar yordamida qisman bo'lsa ham insoniyatning tabiatga ko'rsatayotgan ta'sirini tushuntirib borish;

- sayyoramizning oldingi va hozirgi ahvoli yuzasidan qiyosiy tahlillar olib borishga yo'naltirish;

- ushbu tahlil asosida paydo bo'lgan va paydo bo'lishi kutilayotgan muammolar haqida bolalarga boshlang'ich tushunchalarni berish;

- kichik topshiriqlar berish orqali bolalarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish va tabiatni asrashga bo'lgan javobgarlik hissini oshirish;

- bolalar bergan fikr va mulohazalarini guruh ichida muhokama qilish;

- har bir bolani, yondashuvini e'tiborga olgan holda, rag'batlantirish.

Ushbu ko'rsatmalar har bir maktabgacha ta'lim muassasasida qo'llansa, albatta, maqsadga muvofiq bo'lar edi. So'nggi qismga alohida e'tirob qaratamiz. Sababi mashg'ulotlarda bolalarda tabiatga mehr hissini uyg'otish shu vaqtga qadar ta'lim va tarbiyada har doim e'tiborda bo'lgan. Sunday qilingan taqdirdagina bolalar bog'chalari tarbiyalanuvchilari maktab o'quv jarayonlariga tayyor holda yetib boradi va tabiatni asrab avaylashga qaratilgan nazariy hamda amaliy mashg'ulotlarni bajarishda muammolarga duch kelmaydi. Xususan, bolalar bog'chalarida tarbiyachilar tomonidan bolalarga tabiatni asrashga qaratilgan turli xil video roliklar namoyish qilinishi, hikoya va ertaklar o'qib berilishi hamda bolalarning o'zlari ishtiroklarida sahna ko'rinishlari tashkil qilinishi ayni muddaodir.

Bolalarni ko'cha-ko'ylarga sayrga olib chiqqan holda odamlardagi tabiatga bo'lgan ikki xil qarama-qarshi munosabatlarga ularning e'tiborini tortish yana bir muhim omildir. Bunday holatlarga tarbiyalanuvchilarga "Oldingdan oqqan suvning qadri yo'q" yoki bo'lmasa "Odobni odobsizdan o'rgan" kabi maqollarni misol keltirib, ularga ona tabiatga nisbatan yaxshi munosabatda bo'lishning ahamiyatini tushuntirish kerak. Natijada bolalar o'zlari uchun muhim xulosani chiqarib olishadi va ekologik madaniyat nima ekanligini tushunishni boshlashadi.

Maktabgacha ta'lim muassalarida bolalarga ekologik madaniyat haqida ko'nikmalar berish turli xil usullarda amalga oshirilishi lozimdir. Bunday holatda bolalar uchun mo'ljallangan filmlar va multfilimlar muhim ahamiyatga egadir. Chunki bunday vositalar nafaqat bolalarning kayfiyatini ko'taradi, balki ular uchun axborot va ko'nikma manbasi hamdir. Ayniqsa multfilmlar va filmlar o'z vatanimizda ishlab chiqarilgan bo'lsa va o'zbek mentaliteti bilan yo'g'rilgan bo'lsa, bolalar haqiqiy O'zbek millatining tabiatni asrashga qaratilgan an'ana va udumlaridan xabardor bo'lgan bo'lar edi.

Insoniyat shakllanib, rivojlana borgan sayin atrof-muhitga ta'siri ham oshib bormoqda. Bu esa kun sayin turli tabiiy ofatlarning oshishi, turli kasalliklarning ko'payishiga sabab bo'lmoqda. Bunday holatlar yuzasidan kimyo, biologiya, geografiya, shuningdek, fikiza, astronomiya fanlarida ham turli amaliy ko'nikma va malakalarni oshirib borish ushbu soha pedagoglaridan alohida e'tibor talab qiladi. Buning uchun esa bolalarga maktabgacha ta'lim muassalaridan boshlab ekologik madaniyatni singdirib borish lozim bo'ladi. XULOSA

Har bir maktabgacha ta'lim muassasasi doirasida bu kabi muammo va yechimlarni to'g'ri hal qilish, bolani bu sohaga to'g'ri yo'naltirish bugungi kun zamonaviy tarbiyachi-o'qituvchisidan tinimsiz izlanish, bolalarlarning qiziqish va intilishlaridan kelib chiqqan holda turli qiziqarli mashg'ulotlarini tashkil etishni talab etadi. Qachonki yosh avlod sayyoramizni asrash, unda bo'layotgan muammolarni hal qilishni birinchi o'ringa qo'ya olmas ekan, biz o'z ta'limiy maqsadimizga erisha oldik, deb ayta olmaymiz. Chunki har bir inson sayyoramiz kelajagi uchun mas'uldir. Shuni esda tutish kerakki, borgan sari ko'payib borayotgan turli chiqindilar, ularning tabiatga ta'siri, umuman olganda, sayyoramiz kelajagi yosh avlodga berilayotgan ta'lim-tarbiyaga bog'liq. Biroq yana shuni ham yoddan chiqarmaslik lozimki, yoshlarimizning ekologik madaniyati oshishida faqatgina maktab yoki bolalar bog'chasi emas, balki oila ham muhim o'rin tutadi. "Qush

uyasida ko'rganini qiladi" deganlaridek, albatta, oiladagi ota-ona farzandining ekologik madaniyati uchun mas'uldir. Xulosa qilib aytganda, ta'lim va tarbiya uzviy bog'liq bo'lganligi tufayli tarbiyachi-o'qituvchi mashg'ulotlar jarayonlarida ekologik madaniyatni singdirsa, oilada ota-ona bu madaniyatning amaliy jihatdan amalga oshishiga sababchi bo'ladi. Shunday ekan, hamon ekologik muammolar ko'payib, insoniyatning tabiatga salbiy ta'siri oshib boraverar ekan, maktabgacha va maktab ta'lim muassasalarida hamda ota-ona hamjihatlikda sayyoramiz kelajagi uchun birdek, mas'ul bo'lib qolaveradi.

REFERENCES

1. Ortiqova D.B. Ekologik madaniyat, ta'lim-tarbiya berishning nazariy-uslubiy asoslari. "Экономика и социум" №3(94)2022 //www.iupr.ru

2. Berezina V., Ermolenko G. Maktabdagi ijtimoiy o'qituvchi. // Maktab o'quvchilarining ta'limi, 1994y., № 2. -S.205.

3. Brudnov A., Berezina V. Maktabdagi ijtimoiy va pedagogik ishlar. // Maktab o'quvchilari ta'limi, 1994 y., № 1. -P.2-3.

4. Yunusov M., Munis Xorazmiy, T.. 1953;

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.