ZAMONAVIY TA'LIM METODLARI TO'G'RISIDA
A. Jalilov
Annotatsiya: Maqolda o'quvchilarga imlo qoidalarini o'rgatish, xususan, kakografiya yo'li, ya'ni maqsadli ravishda xatolarga yo'l qo'yilgan matnni o'quvchilarga tuzatish usuli haqida fikr yuritilgan.
Kalit so'zlar: imlo, imlo qoidalari, mashqlar, to'g'rilash, kakografiya usuli
Аннотация: В статье представлено обучение учеников правилу орфографии методом какографии, в основе которого лежит исправление ошибок, допускающихся в текстах, целенаправленным путем.
Ключевые слова: орфография, орфографические правила, умышленная ошибка, исправление, раздумье, какографический метод
Annotation: The article discusses the question of teaching the students the spelling rules on the basis of the method of cacography, i.e. the method of basis of error, correction of the texts which contain errors entered intentionally.
Keywords: spelling, spelling rules, intentionally, exercises, error, correction, thought, cacographical method
Bugungi shiddatli davr har bir insondan bolalik chog'idan boshlab qunt bilan o'qish, ilm va hunar o'rganishni talab etmoqda. Ana shu talab asosida mamlakatimizda o'ziga xos ta'lim tizimi yaratildi: "Ta'lim to'g'risida"gi Qonun va "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi" qabul qilindi. Ularda ta'limning boshqa sohalari qatori ona tili ta'limiga ham alohida o'rin ajratilgan.
Ona tili o'quvchini mustaqil fikrlashga, mulohazalarni og'zaki va yozma ravishda to'liq bayon qilishga o'rgatadi. O'quvchining savodxonlik darajasini, uning ijtimoiy hayotda tutgan o'rni ona tilidan hosil qilingan bilim va malakalari asosiga quriladi.
Ma'lumki, har bir milliy til o'zida moddiy olamni aynan, adyekvat aks ettirishdan tashqari ruhiy olamni, qayg'u-alamlari-yu shodliklarini ham o'rinda tugal ifodalaydi. Insonda har bir narsaga nisbatan o'z munosabatini bildirish imkoniyati bor va bu imkoniyat har gal tilning muayyan shakllari orqali yuzaga chiqariladi.
Tilning o'ziga xos nafosatini o'quvchilarga yetkazish, his qildirish, sezish va undan oqilona foydalanish maqsadida hozirda ona tili ta'limida an'anaviy usullardan tashqari zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanilmoqda. Keyingi yillarda breynrayting, breynstorming, aqliy hujum, bumerang, blits-so'rov, klaster, keys-stadi, germenektiv suhbat kabi turli tuman metodlar paydo bo'ldi [1, 180-bet]. Shunday usullardan biri kakografiyadir.
Kakografiya so'zi lotincha kakos — yomon, xunuk, yoqimsiz va graphos — yozmoq so'laridan olingan bo'lib, muayyan maqsadni ko'zlab xatoliklarga yo'l qo'yilgan matnni tuzattirish orqali o'quvchilarga imloni o'rgatish usuli sanaladi. Bu usulning pedagogik
va didaktik jihatlari hali ochib berilmagan [2, 13-bet]. Rus tilida какофонический, какофония degan so'zlar mavjud bo'lib, ularga lug'atlarda quloqqa yoqmaydigan, yoqimsiz, nosoz, g'aliz; uyg'unlashmagan, yoqimsiz tovushlar yig'indisi degan izohlar beriladiki, bu so'z semantikasiga salbiy baho yuklaydi [3, 414-bet]. Shunga ko'ra, kakografiya usulida yozuv bilan bog'liq g'alizlik, yoqimsizlik yashirinib yotganga o'xshaydi, ammo orfografik nuqtayi nazardan qaralganda u bilan bog'liq didaktik hamda pedagogik jihatlarni ochib berish masalaga oydinlik kiritishi mumkin.
Kakografiya interfaol usullardan biri sifatida o'quvchilarni mustaqil fikrlashga, narsalarni bir-birlari bilan solishtirishga, izlanishga, masalaning yechimini topishga, eng muhimi ona tili darslarida olingan bilim va malakalariga asoslanib, muayyan mavzular bo'yicha zaruriy xulosalar chiqarishga yordam beradi. O'quvchilardagi loqaydlik, beparvolikni yo'qotib, dadillikka, ijodkorlikka chorlaydi, mutelik, tobelik, nofaollik kabi salbiy xususiyatlarga barham beradi.
Ayniqsa, fonetika, grafika, orfografiya, leksika va morfologiya bo'limlari bilan bog'liq amaliy darslarni o'tishda kakografiya usuli yaxshi samara beradi. Masalan, o'quvchilarga unli va undosh tovushlar bo'yicha yetarlicha ma'lumotlar berilgach, "Mustahkamlash darslari" yoki "Takrorlash darslari"da turli topshiriqlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Bunda asosiy e'tibor so'zlarning aytilishi va yozilishi o'rtasidagi farqqa qaratiladi.
Tajribadan ma'lumki, o'quvchilarning aksariyati ona tili darslarida imlo qoidalarini puxta o'zlashtirmaydilar. So'larni qanday aytilsa, shunday yozishga odatlanib qoladilar. Shuningdek, o'quvchilarning nutqidagi dialektal xatoliklar ularning savodxonligiga soya solidi. Bu esa bora-bora ulardagi savodxonlik darajasining qotib qolishiga, so'zlarning muntazam ravishda xato yozilishiga sabab bo'ladi.
Masalan, o'quvchilarning og'zaki nutqida baho, bahor, bilan, yulduz, teatr, savol, orden, obod, marvarid, shanba, mas 'ul, daryo kabi so'zlarni boho, bohor, blan, yuldiz, tiatr, sovol, ordin, obot, marvarit, shamba, ma 'sul, dayra tarzida talaffuz qilish va shu asosda xato yozish amaliyotda uchraydi. Bu narsa ularning unli va undosh harflar imlosi bo'yicha ona tili darslarida yetarlicha bilim va malakaga ega bo'lganliklarini ko'rsatadi. Bu kabi xatoliklarning oldini olish maqsadida "O'zbek tilining imlo qoidalari"dagi "Ayrim unlilar va undoshlar imlosi" yuzasidan tegishli nazariy ma'lumotlar mavzular o'tilgach, quyidagicha topshiriq beriladi:
So 'zlarni o 'qing, xato yozilgan o 'rinlarni topib, o 'zbek tilning imlo qoidalariga mos ravishda ularni to 'g'rilang va daftaringizga ko 'chirib yozing.
Bugalter, hayol, xayo, xolol, momila, xuqiq, rektir, kanferensiya, kampyuter, maylis va hokazo.
To'g'ri yozilishi: buxgalter, xayol, hayo, halol, muomala, halol, huquq, rektor, konferensiya, kompyuter, majlis.
Kakografik yo'nalishdagi bunday topshiriqlarni bajarish bilan quyidagi natijalarga erishish mumkin:
• O'quvchi va o'qituvchi o'rtasidagi aloqa mustahkamlanadi;
• O'quvchilar ona tilidan olingan bilim va malakalarni xotirlashga, esga olishga harakat qiladi;
• Materiallarni bir-biriga solishtiradi, taqqoslaydi;
• Xulosalar chiqaradi, orfografik bilimlarni mustahkamlaydi.
Ayniqsa, og'zaki nutqda h - x, b - p, d - t, z - s kabi birining o'rniga ikkinchisi ko'p qo'llaniladigan undosh tovushlarning imlosini o'rgatishda kakografiya usuli yaxshi samara beradi. Bunda xato yozilgan so'zlarni o'quvchilarga slaydlar orqali ko'rsatish, sinf taxtasiga ataylab xato yozish, so'zlari xato yozilgan tarqatma materiallarni qo'llash kabi vositalardan foydalanish unumli. Masalan:
Xato yozilgan so'zlarni aniqlab, ularni imlo qoidalariga mos ravishda to'g'rilang va daftaringizga ko'chirib yozing.
Orombahsh, zahira, hoxish, xol-ahvol, hiyonat, ihlos, xar hil, xamma, Xindiston, hatti-xarakat, hayol
To'g'ri yozilishi: orombaxsh, zaxira, xohish, hol-ahvol, xiyonat, ixlos, har xil, hamma, Hindiston, xatti-harakat, xayol.
Kakografiya usuli leksikologiya bilan bog'liq mavzularni o'tishda ham qo'l keladi. Matn ichida bir tovush bilan farqlanuvchi dars-darz, bob-bop, mart-mard, qasr-kasr, qaram-karam, halok-halak, kaft-kift, asl-asil, asr-asir, oxir-axir-oxur, chog'-choq-choh singari paronim so'zlarni xato yozib, o'quvchilardan ularni to'g'rilab yozishni so'rash ulardagi bilimlarni mustahkamlashga olib keladi.
Xato yozilgan paronim so'zlarni toping, ularni imlo qoidalariga mos ravishda to'g'rilab, daftaringizga ko'chiring.
Birovga choq qazisang, o'zing tushasan. Mart bir o 'ladi, nomart - ming. Qarz ikki qo 'ldan chiqadi. Onangni kiftingda ko'tarsang, singlingni kaftingda ko 'tar.
Dunyoga boq, qaddi sendek kim bor yana,
Dovrug'i ham dardi sendek kim bor yana,
Xalq bo 'lishga haddi sendek kim bor yana,
Moziyni yot etay desang - xalq bo'l, elim! [4, 10-bet].
Gaplardagi choh, mard, momard, qars, kaft, kift, yod so'zlari noto'g'ri yozilgan. Buni faqat o'ylash, fikrlash, leksikologiya bo'yicha o'tilganlarni eslash, xotirlash va zaruriy xulosalar chiqarish orqaligina topish mumkin. Bu esa o'quvchilarning xotirasini mustahkamlashga yordam beradi, ulardagi mustaqil ishlash ko'nikmalarini rivojlantiradi.
Kakografiyaning yana bir ko'rinishi matn ichida noto'g'ri berilgan so'zlarni to'g'rilashdan iborat.
Gaplarni o'qing, noto'g'ri yozilgan so'zlarni orfografiya qoidalariga mos ravishda ko 'chirib yozing.
Bug'day noning bo'masin, Bug'day so'zing bo'sin. Ma'zali so'zga qulog' charchamas. Toom lazati o 'zidan, Odam lazati - so 'zidan. Qulog 'dan kirgan soviq so 'z
ko 'ngilga borip muz bo 'lar. Puling bo 'masa bo 'masin, shirin so 'zing bo 'sin. Tili shirinning do 'si ko 'p. Qatiq gap qarindoshga ham yoqmas.
To'g'ri yozilishi: Bug'doy noning bo'lmasin, Bug'doy so'zing bo'lsin. Mazali so 'zga quloq charchamas. Taom lazzati o 'zidan, Odam lazzati - so 'zidan. Quloqdan kirgan sovuq so'z ko'ngilga borib muz bo'lar. Puling bo'lmasa bo'lmasin, shirin so 'zing bo 'lsin. Tili shirinning do 'sti ko 'p. Qattiq gap qarindoshga ham yoqmas.
Bunday topshiriqlar o'quvchilardagi ko'rish, eslash, narsalarni bir-biriga solishtirish va zaruriy xulosalar chiqarish kabi aqliy-ruhiy xususiyatlarning rivojlanishiga turtki bo'ladi.
Umuman olganda, biz - yoshlar vatanimiz O'zbekistonning qanotlarimiz. Bugun bizning oldimizda ona tilini o'rganish borasida yagona to'g'ri yo'l turibdi. Bizdan millatimizning bebaho boyligi, xalqimiz tafakkurining tengsiz javohiroti sanalgan o'zbek tilini mukammal o'rganishimiz, og'zaki va yozma savodxonligimiz yuksak bo'lishi talab etilmoqda. Yuqoridagilarni amalga oshirish uchun bizga kakografiya usuli kutilgan samarani berishi mumkin. Zero, davr o'qituvchidan ham, o'quvchidan ham izlanishni, yangiliklarni o'zlashtirishni talab etmoqda.
1. Shayxislamov, N. (2020). Когнитив тилшуносликда концепт:" Туй" концепти ва унинг универсал табиати. O'zbekistonda innovatsion ilmiy tadqiqotlar va metodlar, 54-60.
2. Шайхисламов, Н. (2020). МАВКЕИ ЛИНГВОКУЛТУРОЛОГИЯ ДАР СИСТЕМАМ ФАНХР ВА ВОБАСТАГИИ ОН БО ЭТНОЛИНГВИСТИКА, СОТСИОЛИНГВИСТИКА ВА ЭТНОПСИХОЛИНГВИСТИКА. Academic research in educational sciences, (4).
3. Shayxislamov, N. (2021). Lingvokulturologiya-zamonaviy tilshunoslik yo'nalishi sifatida: tarixi va nazariyasi. Tilshunoslikdagi zamonaviy yo'nalishlar: muammo va yechimlar, 61-62.
4. Шайхисламов, Н. (2021). ЗАМОНАВИЙ ТИЛШУНОСЛИК ЙУНАЛИШИ: КОНТАКТ ЛИНГВИСТИКАСИ. Scientific progress, 1(4).
5. Shayxislamov, N. (2021). Tilshunoslik nazariyasi va tushunchasi. The 21st Century Skills for Professional Activity, (3), 174-176.
6. Шайхисламов, Н. (2021). ИШ ЮРИТИШ Х,УЖЖАТЛАРИДАГИ КОЛИПЛАШГАН СУЗ БИРИКМАЛАРИНИНГ ИЛМИЙ-НАЗАРИЙ АСОСЛАРИ. The 21st Century Skills for Professional Activity, (6), 60-63.
7. Shaykhislamov, N. (2020). Lingvokulturologiyaning tarixiy va nazariy asoslari. O 'zbekistonda ilm-fan va ta 'lim,(2), 186-188.
8. Shaykhislamov, N. (2020). Linguistic and Cultural Aspects of Bread Baking Terms in English and Uzbek Languages. Фан ва таълим интеграцияси: имконият ва тенденциялар, 62-64.
9. Shayxislamov, N. (2021). ONA TILI DARSLARINI O 'QITISHDA ZAMONAVIY METOD-KAKOGRAFIYA USULIDAN FOYDALANISH. Scientific progress, 7(3).
10. Shaykhislamov, N. (2020). Cognitive Linguistics, the Symbolic and Interactive Functions of Language. Образование и наука вXXI веке, 1(6), 390-393.
11. Шайхисламов, Н. (2020). Лингвомэдениеттанудын, тарихи мен теориялык непздерг O 'zbekistonda ilm-fan va ta'lim masalalari: muammo vayechimlar,(2), 219221.
12. Шайхисламов, Н. (2020). Понятие заглавия с позиции когнитивной стилистики. Студенческий, (28-2), 32-33.
13. Shayxislamov, N. Z. (2020). Pxisolingvistikada assotsiativ metod asosida nutqning o 'rganilishi. O'zbekistonda innovatsion ilmiy tadqiqodlar va metodlar, 3742.
14. Шайхисламов, Н. (2020). Тафсири интеграцияи синтакс бо морфология. Образование и наука в XXI веке, 1(6), 427-429.
15. Shaykhislamov, N. (2020). The Role of Lingvoculturology in Speech Culture. O'zbekistonda innovatsion ilmiy tadqiqodlar va metodlar, 136-140.
16. Shaykhislamov, N. (2020). COMMENTS ON UZBEK LINGUISTICS AND MODERN LINGUISTICS. INTERNATIONAL JOURNAL OF DISCOURSE ON INNOVATION, INTEGRATION AND EDUCATION, 1(3), 128-132.
17. Shofqorov, A. M., Shayxislamov, N. Z. O. G. L., & Alimova, E. B. (2020). O 'ZBEK VA INGLIZ TILIDAGI MAQOLLARDA "DO 'STLIK" KONSEPTI IFODALANISHI. Science and Education, 1(Special Issue 3).
18. Шайхисламов, Н. (2020). ТРУДНОСТИ СИНТАКСИЧЕСКОГО АНАЛИЗА: ЗАГАДКИ ИНФИНИТИВА. Academic research in educational sciences, (3).
19. Shayxislamov, N. (2021). LINGVOKULTUROLOGIYANING FAN SIFATIDA SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI. Academic research in educational sciences, 2(1).
20. Shayxislamov, N. (2021). Nutqning sotsiolingvistik-paralingvistik va ekstralingvistik vositalari haqaida mulohazalar. The 21st Century Skills for Professional Activity,(1), 20-24.
21. Шайхисламов, Н. З. У. (2021). КОГНИТИВ ТИЛШУНОСЛИК ТУГРИСИДА ТУШУНЧА ВА УНИНГ УНИВЕРСАЛ ТАБИАТИ. Scientific progress, 1(5).
22. Shayxislamov, N. (2021). BADIIY NUTQDA "ISHLAMAYDIGAN" SO 'ZLARNING LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI. Scientific progress, 1(6).
23. Shayxislamov, N. (2021). Ona tili darslarida filologik mashqlarning tutgan o'rni. Тилни уцитиш ва ургатишда XXI аср куникмалари, (2), 134-137.
24. Shayxislamov, N. (2021). Ona tili darslarini o'qitishda interfaol usullardan foydalanish. The 21st Century Skills for Professional Activity,(4), 221-222.
25. Shayxislamov, N. (2021). O'QUVCHILARNING YOZMA SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA YOZMA ISHLARNING O'RNI. Scientific progress, 2(1), 1659-1664.
26. Шайхисламов, Н. (2021). СИНТАКСИС ВА МОРФОЛОГИЯНИ БОГЛАБ УРГАТИШ. Амалий тилшуносликнинг фанлараро масалалари: масофавий таълимдаги муаммолар ва уларнинг ечимлари, (2), 368-371.
27. Shayxislamov, N. (2021). ONA TILI DARSLARIDA" SO'Z TARKIBI" MAVZUSINING O'RGANILISHI YUZASIDAN MULOHAZALAR. Academic Research in Educational Sciences, 2, 119-124.
28. Shayxislamov, N. (2021). ARAB VA INGLIZ TILLARIDA FE'L SO'Z TURKUMI VA UNING XUSUSIYATLARI. The 21st Century Skills for Professional Activity,(5), 144-145.
29. Шайхисламов, Н. (2021). ЛИСОНИЙ БЕЛГИГА ДОИР ЛИНГВИСТИК ^АРАШЛАР. Nutq madaniyati va o'zbek tilshunosligining dolzarb muammolari, 232238.
30. Shayxislamov, N. (2021). ONA TILI VA ADABIYOT DARSLARIDA O'QUVCHILAR NUTQINI O'STIRISH MASALALARI. The 21st Century Skills for Professional Activity,(6), 160-162.
31. Shayxislamov, N. (2021). ONA TILI FANINI O 'QITISHDA INNOVATSION VA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING O 'RNI VA VAZIFALARI. Scientific progress, 2(3), 933-937.
32. Shaykhislamov, N. (2021). IMPROVING B1 LEVEL LEARNER'S VOCABULARY COMPETENCE. Ilm-fan va ta'limni rivojlantirish: imkoniyat va tendensiyalar,(1), 3739.
33. Шайхисламов, Н. (2021). ИЗУЧЕНИЕ ФРАЗЕОЛОГИЗМОВ С ИМЕНАМИ ЧИСЛИТЕЛЬНЫМИ. The 21st Century Skills for Professional Activity,(8), 69-73.
34. Шайхисламов, Н., & Норбоева, Д. (2021). ПЕДАГОГИК ТАЪЛИМ КЛАСТЕРИ-ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ АСОСИ. Pedagogik ta'lim klasteri: muammo vayechimlar,(1), 350-354.
35. Shayxislamov, N. (2020). Turg 'un bog 'lanmalaming lingvokulturologik tahlili. Мактабгача таълим муассасаларида, умумтаълим мактабларида ва олий таълим муассасаларида чет тиллар уцитишнинг узвийлиги, 522-523.
36. Shaykhislamov, N. (2020). In the Field of Modern Linguistics-Linguoculturology. Мировая наука, (8), 33-36.
37. Шайхисламов, Н. (2020). Зооним компонентли метафораларнинг антропоцентрик тадкик этишда гендер жихдтлар. Образование и наука в XXI веке, 1(6), 304-309.
38. Шайхисламов, Н. (2020). Фразеология. Фразеология как неотемлимая часть языкознание. Образование и наука в XXI веке, 1(6), 394-396.
39. Shayxislamov, N. (2020). Hozirgi zamon tilshunosligida til va madaniyatning talqini. Scientific progress, 1(1).
40. Shayxislamov, N. (2020). So'z urg'usining o'zbek va ingliz tillaridagi farqlash vazifasining qisqacha tavsifi. O'zbekistonda innovatsion ilmiy tadqiqotlar va metodlar, 13-14.
41. Шайхисламов, Н. (2021). ТИЛДА ЛАКУНА МУАММОСИ ВА УНИНГ ЕЧИМИ. Scientific progress, 2(7), 1285-1290.
42. Шайхисламов, Н. (2021). УЗБЕК ТИЛИ АССОЦИАТИВ ЛУГАТИНИНГ ТУЗИЛИШИ ТУГРИСИДА МУЛО^АЗАЛАР. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 1(1), 20-25.
43. Shayxislamov, N. (2021). OT SO 'Z TURKUMIDA METONIMIYA HODISASI. Scientific progress, 2(6), 1883-1888.
44. Shayxislamov, N. (2021). JAHON LINGVISTIK EKSPERTOLOGIYASIDA TARKIBIY QISMLAR MASALASINING O 'RGANILISHI. Scientific progress, 2(5), 333-337.
45. Шайхисламов, Н. (2021). ДУНЁ ТИЛЛАРИНИНГ МОРФОЛОГИК (ТИПОЛОГИК) ТАСНИФИ. Scientific progress, 2(4), 961-965.
46. Шайхисламов, Н. (2021). У^УВЧИЛАРНИНГ НУЩИЙ КОМПЕТЕНЦИЯЛАРНИ РИВОЖЛАНТИРИШ УСУЛЛАРИ. Keng raqamlashtirish sharoitida til va adabiyotni o 'qitish muammolari, 287-290.
47. Shayxislamov, N. (2021). Ona tili fanini o'qitishda interfaol usullardan foydalanishning samarasi. The 21st Century Skills for Professional Activity,(9), 2325.
48. Шайхисламов, Н., & Хафизова, С. (2020). Педагогика-тарбия хдкидаги фан: асосий тушунчалар х,амда унинг бошка фанлар билан богликдиги. Узбекистонда илмий-амалий тадцицотларда талабаларнинг урни, 182-184.
49. Shayxislamov, N. (2020). Ona tili darslarini o 'qitishda kakografiya usulini qo 'llash. Янги Узбекистонни куриш ва ривожлантиришда ёшларнинг фаоллиги, 317320.
50. Shayxislamov, N. (2020). Proverb as an object of linguistic analysis.
Yoshlarning innovatsion faolligini oshirish, ma'naviyatini yuksaltirish va ilm-fan sohasidagi yutuqlari, 31-33.