Научная статья на тему 'ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR-DARS SAMARADORLIGINING MUHIM OMILI SIFATIDA'

ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR-DARS SAMARADORLIGINING MUHIM OMILI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
70
123
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
/ ”Sinkveyn” / “Tarmoqlash”(Klaster).

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ziyayeva Shoiraxon Raximberdiyevna

ushbu maqolada zamonaviy pedagogik texnologiyalar haqida malumot, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan darslarda samarali foydalanish va ularning ahamiyati haqida soz yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR-DARS SAMARADORLIGINING MUHIM OMILI SIFATIDA»

ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR-DARS SAMARADORLIGINING

MUHIM OMILI SIFATIDA Ziyayeva Shoiraxon Raximberdiyevna

Farg'ona viloyati Quva tumani 6-umumta'lim maktab boshlang'ich sinf o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10676401

Bugun har bir o'qituvchi va tarbiyachi, oliygoh domlasi ta'lim va ilm-fan sohasidagi eng so'nggi ijobiy yangiliklarni o'quv jarayonlariga tatbiq eta oladigan, chuqur bilim va dunyoqarash egasi, bir so'z bilan aytganda, zamonamiz va jamiyatimizning eng ilg'or vakillari bo'lishlari kerak.

Sh.M.Mirziyoyev

Annotatsiya. ushbu maqolada zamonaviy pedagogik texnologiyalar haqida ma'lumot, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan darslarda samarali foydalanish va ularning ahamiyati haqida so'zyuritilgan.

Kalit so'zlar: "pedagogik texnologiya","texnologiya","ta'limiy texnologiya","Har kim har kimga o'rgatadi","Sinkveyn", "Tarmoqlash "(Klaster).

Аннотация. данная статья содержит информацию о современных педагогических технологиях, эффективном использовании современных педагогических технологий на занятиях и их значении.

Ключевые слова: "педагогическая технология", "технология", "образовательная технология ", "Каждый всех учит", "Синквэй", "Сеть" (Кластер).

Abstract. In this article, we discuss modern pedagogical technology, effective use of modern pedagogical technology in lessons, and conclusions.

Keywords: "pedagogical technology", "technology", "educational technology", "Everyone teaches everyone", "Sinkway", "Networking"(Cluster)

Mamlakatimiz kelajagi bugun maktablarda ta'lim-tarbiya olayotgan farzandlarimizga , ularning har tomonlama yetuk va barkamol insonlar bo'lib yetishlariga bog'liq. Bu mas'uliyatli vazifani bajarish hozirgi zamon o'qituvchisi, ayniqsa, boshlang'ich sinf o'qituvchilaridan o'z kasbiy mahoratlarini oshirib borish, ilg'or pedagogik texnologiyalar mohiyatini anglash va ulardan o'z darslarida unumli foydalanishni taqozo etadi. Ta'lim jarayonida ilg'or pedagogik texnologiyalarni faol qo'llash, ta'lim sifat samaradorligini oshirish, tahlil qilish va amaliyotga joriy etish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.

Hozirgi kunda ta'lim jarayonida innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarni o'quv jarayonida qo'llashga bo'lgan qiziqish, e'tibor kundan kunga kuchayib bormoqda. Buning asosiy sabablaridan biri an'anaviy ta'limda o'quvchilar faqat tayyor bilimlarni egallashga o'rgatilgan bo'lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o'zlari qidirib topishlariga,mustaqil o'rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishlariga o'rgatadi. O'qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi , bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi. Shuning uchun malakali boshlang'ich sinf o'qituvchilarini tayyorlashda zamonaviy o'qitish metodlari, innovatsion,pedagogik va axborot texnologiyalarning o'rni va ahamiyati benihoya kattadir.

Innovatsiya (ingl.innovation-kiritilgan yangilik,ixtiro)-yangilanishni, o'zgarishni amalda joriy etish jarayoni va faoliyati. Ilmiy texnika yutuqlari va ilg'or tajribalarga asoslangan texnika, texnologiya, boshqaruv va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalar va doiralarda qo'llanishini aks ettiradi.

Amaliyotda "pedagogik texnologiya", "ta'limiy texnologiya" va "ta'lim berish texnologiyasi" kabi atamalarning keng qo'llanishi kuzatilmoqda. Avvalambor, aniq ifodani berish, ularni nima birlashtirishi, nima ajratib turishini tushunish uchun,"texnologiya" va uning kelib chiquvchilari:"texnologik jarayon","texnologik harakat", "texnologik xarita", "texnologik tartib" tushunchalarining mohiyatini aniqlash lozim.

"Texnologiya" yunoncha so'zdan kelib chiqqan bo'lib, "techne"-mahorat, san'at, malaka va "logos"-so'z, ta'limot ma'nolarini anglatadi.

Ta'lim texnologiyasi:

mavjud sharoit va belgilangan vaqtda muayyan ta'limiy maqsad va ko'zlanayotgan natijalarga kafolatli erishishni vositali ta'minlovchi,muloqot, axborot va boshqaruvning eng qulay yo'l hamda o'qitish vositalarining tartibli yig'indisi (ta'lim berish texnologiyasining jarayon-bayonli jihati);

bu yuzaga kelgan ta'limiy jarayon subyektlarining hamkoriy harakatlari, haqiqiy jarayon (ta'lim berish texnologiyasining amaliy jarayoni)tartibi.

"Pedagogik texnologiya"-pedagogik hodisa va ta'limni texnologiyalashtirish sohasida qo'llaniladigan tushuncha.

Pedgogik texnologiyaning YUNESKO tomonidan ma'qullangan ta'rifi:

Pedagogik texnologiya-bu ta'lim shakllarini optimallashtirish maqsadida texnik vositalar, inson salohiyati hamda ularning o'zaro ta'sirini inobatga olib, o'qitish,bilish va o'zlashtirsihning barcha jarayonlarini aniqlash, yaratish hamda qo'llashning tizimli metodidir.

"Ta'limiy texnologiya"-"ta'lim olish shakllarini maqbullashtirishni o'z vazifalari deb biluvchi, ya'ni butun ta'lim berish jaryonini hamda texnikaviy va insoniy manbalarni hisobga olgan holda bilimlarni o'zlashtirish, ularning o'zaro harakatini yaratish,qo'llash va aniqlashning tizimli usuli"(YUNESKO).

Pedagogik tizim-shaxsning bor sifatlarini shakllantirish uchun tashkiliy, maqsadga yo'naltirilgan va pedagogik ta'sir ko'rsatishni ko'zlagan, o'zaro bog'liq vosita, usul va jarayonlarning yig'indisini ifoda qiluvchi aniq yaxlitlikdir(V.P.Bespalko bo'yicha).

Fanni o'qitish uslubiyati -ta'lim tizimida mazkur o'quv fanining ahamiyati va o'rnini belgilaydi, uning vazifalarini,o'qitish mazmunini aniqlaydi, ushbu fan bo'yicha qo'llanilayotgan usul, shakl hamda o'qitish vositalari bayonini o'z ichiga oladi.

Fanni o'qitish uslubiyatidan farqli texnologiya:

"Qanday o'qitish kerak?" degan savolga javob bermay, balki ahamiyatli qo'shimcha bo'lgan natijaviy "Qanday o'qitish va o'quv jarayonini qanday qilib eng maqbul tashkil etish kerak?" degan savolga javob beradi;

aniq sharoitlardan kelib chiqqan va ma'lum natijaga yo'nalgan aniq pedagogik g'oyaga loyihalanadi;

o'z natijalarini qayta ishlab chiqarishi bilan farqlanadi;

ta'lim oluvchilar va ta'lim beruvchiga yo'natirilgan darsning uslubiy ishlanmalaridan farqli o'laroq, ta'lim olishda ular o'z faoliyatlari hisobiga yutuq ta'minlanishiga yo'naltiriladi.

Berilgan mavzu bo'yicha ta'lim texnologiyasining tuzilishi va mazmuni:

Aniq fan va mavzu bo'yicha mashg'ulotning ta'lim modeli jadval ko'rinishida bo'lib,unda quyidagilar ko'rsatiladi:

dastlabki ma'lumotlar:o'quv mavzusi,vaqti,o'quvchilar soni;

shakl (yangi ma'lumot beruvchi dars, o'tilganlarni takrorlovchi dars, umumlashtiruvchi dars) va ko'rinishi(masalan, muammoli, mustaqil ishlash va boshq.), o'quv mashg'uloti rejasi(tuzilishi), uning maqsadi, o'quv faoliyatidan ko'zlanayotgan natijalar,o'qituvchining vazifalari; tanlangan ta'lim modeli:usullar, shakllar va o'qitish vositalari;

ta'lim berish sharoiti: maxsus jihozlangan,guruhli shakllarda ishlashga mo'ljallangan xonalar; monitoring va baholashga asoslangan qaytar aloqaning yo'l va vositalari : nazorat turi (yozma va og'zaki), nazorat shakli(tezkor so'rov, test olish, taqdimot, o'quv topshiriqlari va boshq.)

Ilg'or pedagogik texnologiyalar ta'lim jarayonining unumdorligini oshiradi, o'quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantiradi, ularda bilimga ishtiyoq va qiziqishni yuksaltiradi,bilimlarni mustahkamlash,o'zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko'nikma hamda malakalarini shakllantiradi.

Ta'lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish ta'lim samaradorligini oshiradigan innovatsion usuldir.Masalan: "Har kim har kimga o'rgatadi"metodi

"Har kim har kimga o'rgatadi"metodi o'quvchilarga o'rgatuvchiga aylanish,ma'lum bilimlarni o'zlashtirgch, o'rtoqlari bilan baham ko'rish imkonini beruvchi o'qitish uslubidir. Bu metodning maqsadi o'quvchilarga o'qitish jarayonida zarur bo'lgan axborot maksimumini berish,ayni paytda o'quvchida axborot olish va berishga qiziqish uyg'otishdir. Shuningdek, axborot hajmini olgan o'quvchi ma'lum vaqt davomida iloji boricha ko'proq o'rtoqlariga yetkazadi. Qo'llanilishi:

-o'quvchilarda axborot olish va berishga qiziqish uyg'otish; -axborotni diqqat bilan eshitish va eslab qolishga intilishni kuchaytirish; -eshitgan axborotni boshqalarga ham yetkazish. Afzalligi:

-o'z fikrini qisqa va lo'nda bayon etish; -tinglash va eslab qolish darajasini rivojlantirish; -fanga yoki mavzuga bo'lgan qiziqish uyg'otish. "Sinkveyn"metodi

Bu metoddan foydalanganda o'qituvchi mavzuga mos bitta so'z tanlaydi va Sinkveyn tuziladi. Bunda keying so'zlar ma'nosiga qarab savol yoziladi va oxirida gap hosil qilinadi.

Quruvchilar so'ziga sinkveyn tuzishadi. Buning uchun ushbu gapda ishtirok etgan so'zlarga savollar beriladi:

1.Quruvchilar -kimlar?

2.Ko'rkam va chiroyli -qanday?

3.Bino-nima?

4.Qurdilar-nima qildilar?

5.Quruvchilar ko'rkam va chiroyli bino qurdilar.

Har bir so'z izohlanadi,savol beriladi, quruvchilik kasbi haqida ma'lumot beriladi. "Tarmoqlash"(Klaster). Qo'llanishi :

Mazkur metod turli xil g'oyalar o'rtasidagi aloqalar, fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. "Klaster" metodi aniq obyektga yo'naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog'liq ravishda amalga oshadi. Ushbu

metod muayyan mavzuning ta'lim oluvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o'zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo'lishini ta'minlashga xizmat qiladi. "Klaster"metodini o'tkazish texnologiyasi. 1-qadam

1-bosqich.Nimaniki o'ylagan bo'lsangiz ,shuni qog'ozga yozing.Fikringizni sifati to'g'risida o'ylab o'tirmay, shunchaki yozib boring.

2-bosqich.Yozuvingizning orfografiyasi yoki boshqa jihatlariga e'tibor bermang.

2-qadam

3-bosqich. Belgilangan vaqt nihoyasiga yetmaguncha, yozishdan to'xtamang. Agar ma'lum muddat biror-bir g'oyani o'ylay olmasangiz, u holda qog'ozga biror narsaning rasmini chiza boshlang. Bu harakatni yangi g'oya tug'ilgunga qadar davom etttiring.

3-qadam

4-bosqich. Muayyan tushuncha doirasida imkon qadar ko'proq yangi g'oyalarni ilgari surish hamda mazkur g'oyalar o'rtasidagi o'zaro aloqadorlik va bog'liqlikni ko'rsatishga harakat qiling. G'oyalar yig'indisining sifati va ular o'rtasidagi aloqalarni ko'rsatishni cheklamang.

Masalan:"O'zbekiston" so'zini quyidgicha tarmoqlarga ajratish mumkin:

Vatan Mustaqillik

Ozbekiston

Toshkent Prezident

Tarmoqlash g'oyasiga muvofiq ishlab chiqilgan "Klaster"metodi puxta o'ylangan shakl bo'lib, undan ta'lim oluvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg'ulotlar jarayonida foydalanish mumkin.

Xulosa qilib aytganda, e'tiboringizga havola etilgan ilg'or pedagogik texnologiyalar mashg'ulotlar jarayonida o'quvchilarni erkin fikr, mustaqil harakat, o'zaro hamjihatlik, fikrlarga tayanib bahs-munozaraga kirishish,bilganlarini tahlil etish, jo'shqinlik va faol harakat qilish orqali ko'zlagan natijani qo'lga kiritish mumkinligi e'tirof etiladi.Bu kabi yutuqlarga zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali fooydalanish orqali erishish mumkin.

REFERENCES

1. Boymurodova G.,Sattorova X va boshqalar.-T.:"Sharq",2014.

2. Masharipova U.,Umarova M.,Baynazarova D.,Nabiyeva M.Ona tili.l-sinf.O'qituvchilar uchun metodik qo'llanma.-T.:"Sharq",2014.

3. Ishmuhammedov R.,Abduqdirov A.,Pardayev A. Ta'limda innovatsion texnologiyalar. -T.:Iste'dod.2008.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.