Научная статья на тему 'ZAMONAVIY KASBLARNI EGALLASHDA MATEMATIK MANTIQNING O`RNI VA USHBU KASBLARGA YO`NALTIRISH QAMROVINI KENGAYTIRISH'

ZAMONAVIY KASBLARNI EGALLASHDA MATEMATIK MANTIQNING O`RNI VA USHBU KASBLARGA YO`NALTIRISH QAMROVINI KENGAYTIRISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
97
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ZAMONAVIY KASB / DASTUR / INTELLEKT / IT(AXBOROT TEXNOLOGIYALARI) / MATEMATIK MANTIQ

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Bahromova M.M.

Ushbu maqola zamonaviy kasblar, xususan, axborot texnologiyalaridan foydalanish hamda dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish qamrovini kengaytirish uchun qaysi jihatlarga e`tibor qaratish kerakligi to`g`risida.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF MATHEMATICAL LOGIC IN THE OCCUPATION OF MODERN PROFESSIONS AND EXPANSION OF THE COURSE OF DIRECTIONS TO THESE PROFESSIONS

This article discusses the aspects of modern professions, in particular, the use of information technology and the need to expand the scope of software development.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY KASBLARNI EGALLASHDA MATEMATIK MANTIQNING O`RNI VA USHBU KASBLARGA YO`NALTIRISH QAMROVINI KENGAYTIRISH»

Bahromova M.M.

Namangan Davlat Universiteti

ZAMONAVIY KASBLARNI EGALLASHDA MATEMATIK MANTIQNING ORNI VA USHBU KASBLARGA YONALTIRISH QAMROVINI KENGAYTIRISH

Annotatsiya: Ushbu maqola zamonaviy kasblar, xususan, axborot texnologiyalaridan foydalanish hamda dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish qamrovini kengaytirish uchun qaysi jihatlarga e^tibor qaratish kerakligi to ^g^risida.

Kalit so^zlar: Zamonaviy kasb, dastur, intellekt, IT(axborot texnologiyalari), matematik mantiq.

Bahromova M.M.

Namangan State University

THE ROLE OF MATHEMATICAL LOGIC IN THE OCCUPATION OF MODERN PROFESSIONS AND EXPANSION OF THE COURSE OF DIRECTIONS TO THESE PROFESSIONS

Abstract: This article discusses the aspects of modern professions, in particular, the use of information technology and the need to expand the scope of software development.

Keywords: Modern profession, software, intelligence, IT (information technology), mathematical logic.

XXI asr bu informatsion texnologiyalar davri. Har yili dunyo boyicha millionlab dasturlar ishlab chiqiladi, ammo ularning sanoqlilarigina bizga tanish. Chunki, dasturdan foydalanish bajarilayotgan vazifani qanchalik osonlashtirishi haqida oylab korilmagan. Dasturiy mahsulotni ishlab chiqishni esa, oylab ham korilmaydi. Xuddi dasturiy mahsulotni ishlab chiqish jarayoni ota murakkab va uddalab bolmas topshiriqdek tuyuladi. Qachon bunday tushunchadan voz kechiladi? Qachon organishni boshlanadi? Intellekt mevasi yani dasturni sotish mumkin bo lgan ayni zamonda qachongacha dunyoga moddiy mahsulotlarni sotiladi. Yoki, qachongacha kuchli dasturlar faqat chet eldan sotib olinadi. Qachonki, dunyoqarash o zgartirilganda, qachonki, dasturlashga qobiliyatlilar tarbiyalanib, unga yo naltirishning qamrovi kengaytirilganda. Ozbekistonda kuchli dasturchilarning yetishmasligi masalaning qanchalik dolzarb ekanligini asoslaydi. Shu orinda, muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovich tomonidan ham IT sohasiga jiddiy e'tibor qaratilmoqda. Bunga 2018 yil 3 iyuldagi PQ-3832-sonli «O'zbekiston Respublikasida raqamli

iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Qaror ham yaqqol misol namunasidir.

Odatda dasturlashga kirishishdan oldin hammada ikkilanishlar va turli xil savollar paydo bo'ladi. Nimalarni bilish kerak? Nimadan boshlash kerak? Qanday daromad topsa bo'ladi? Albatta bu savollarning barchasiga mantiqli javoblar bor va ular barcha ikkilanishlarni bartaraf qilishga yordam beradi. IT sohasida xususan, dasturlashni o'rganishda insonning fikrlash doirasi birinchi o'rinda turadi. Ayniqsa, matematik mantiq yani logika masalani optimal hal qilish yo'lini ko'rsatadi.

Bolalarning iqtidori, ulardagi ijobiy energiya va ishtiyoq nimalarga qodir ekanligiga hayotdan kelib chiqib guvoh bo'lish mumkin. Ular bolalikdanoq o'z maqsadlariga ega va qaysi yo'ldan ketayotganlarini aniq bilishlari kerak. Yosh avlodni qiziqishlaridan kelib chiqqan holda to'g'ri yo'naltira olish ham juda muhimdir. Bu orada o'z farzandlari kelajagi uchun qayg'urib, ularning ta'limiga investitsiya kiritayotgan ota-onalar ham bor. Bunday salohiyatli va o'z ambitsiyalariga ega yoshlar, kelajakda jamiyatimiz rivojlanishiga katta hissa qo'shadilar. Demak, ularni avvaliga dasturiy mahsulotdan foydalanishga songra esa, uni ishlab chiqishga yo naltirish asnosida qiziquvchan, qobiliyatlilarni dasturlashga yonaltirish mumkin. Shunda dasturlashga yonalmaganlarida hech bolmaganda media madaniyat shakllanadi.

Odatda ayol-qizlar o'zlarini zamonaviy texnologiyalar sohasida sinab ko'rishdan tortinishadi. Bu o'g'il bolalarning ishi degan tushuncha mavjudligi tabiiy holat. Jamiyatning yaxshi tomonga o'zgarishi ko'proq ayollarga bog'liq, sababi farzand tarbiyasi, ularning ta'limi bilan ko'proq ayollar shug'ullanishadi. Qizlar ham dasturlash sohasida katta natijalarga erishishi shubhasiz, lekin kelajakda oilaviy sabablarga ko'ra biror joyda ishlay olishmasa, bemalol freelancer sifatida ham faoliyat olib borish mumkin. Demak, ayol-qizlarni ham dasturlash sohasiga jalb qilishni mohiyatan tushuntirib, targib qilish mumkin.

Jamiyatimizda yosh boshqaruvchi tajribasizligi tufayli ko'p xatoga yo'l qo'yadi degan tushunchalar mavjud. Yoshlar tajribasiz bo'lishlari mumkin, lekin ulardagi energiya va yangiliklarga intiluvchanlik har bir sohada o'ziga xos rivojlanish keltirib chiqaradi. Jahon IT-bozori juda tez rivojlanmoqda: yangi dasturlash tillari paydo bo'lmoqda, eskilari qaytadan ishlanmoqda, bu tillarga qo'shimcha sifatida esa yangi qulayliklar va imkoniyatlar yaratilmoqda. Lekin, IT sohasiga kirayotib, nima bunga undayotgani haqida o'ylab ko rish kerak. Moddiy ehtiyoj sabab dasturchi bo'lmaslik tavsiya qilinadi. Chunki inson o'zining qilayotgan ishini chinakam sevishi kerak. Faqat shundagina u muvaffaqiyatga erisha oladi. Dasturchilar muvaffaqiyatli loyiha yarata olishlari uchun, ular eng avvalo, muayyan sohaga bo'lgan talabni o'rganishlari kerak bo'ladi. Ular yaratgan dastur o'z auditoriyasini topa olsagina, u ommalasha boshlaydi.

Demak, zamonaviy kasblarni egallashga nima tosqinlik qilishi mumkin? IT sohasiga bo' lgan qiziqish deyarli hammada bor. Chunki, inson psixologiyasi

multimediani qo llab-quvvatlaydi. Bu sohaga hammani jalb qilish mumkin bolalar, kattalar, ayollar, qizlar... Zamonaviy texnologiyalar har bir sohaga chuqur kirib borgan. Oz ishida samarali natijaga erishishi uchun, har bir shaxs IT sohasini mukammal organishi shartligi bugunning talabidir.

Adabiyotlar:

1. Bahromova, M. M. (2021). MULTIMEDIALI INTELLEKTUAL O'YINLAR ORQALI BOLALARDA DASTURLASH KO'NIKMASINI RIVOJLANTIRISH. ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES, 2(6), 1189-1193.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.