ZAMONAVIY INNOVATSION TEXNOLOGIYA ORQALI TA'LIMNI BOSHQARISHNING AHAMIYATI
A. E. Parmanov
Toshkent to'qimachilik va yengil sanoati instituti dotsenti
Z. A. Shodmonkulov
Toshkent to'qimachilik va yengil sanoati instituti katta o'qituvchi, PhD
ANNOTATSIYA
Maqolada mamlakatimizda zamonaviy innovatsion texnologiyalar orqali talimni boshqarishning ahamiyati va qollash sohalari tahlil qilinadi. Oliy talimda zamonaviy talim texnologiyalaridan yani interfaol metodlaridan foydalanish keng yoritib o'tilgan. Interfaol metodlar o'quvchi-talablarning bilimlarini yanada mustahkam egallanishiga, nutq madaniyatini oshishiga, savollarni to'g'ri tuzishiga, oz fikrini bayon etishga o'rgatishi aytib o'tilgan
Kalit so'zlar: Texnologiya, innovatsiya, konikma, texnika, ijodiy, irodaviy, jarayon, axborot, fikr, boomerang, labirint, Skorabey, guruh, bellashuv.
THE IMPORTANCE OF EDUCATION MANAGEMENT THROUGH MODERN INNOVATIVE TECHNOLOGY
ABSTRACT
The article analyzes the importance and application of education management in our country through modern innovative technologies. The use of modern educational technologies, ie interactive methods, is widely covered in higher education. It was noted that interactive methods teach students to acquire knowledge more strongly, to increase the culture of speech, to formulate questions correctly, to express their opinions.
Keywords: Technology, innovation, skill, technique, creativity, will, process, information, thought, boomerang, maze, Scorpio, group, competition
KIRISH
XXI asrda yuksak taraqqiy etgan texnologiyalar vujudga kelayotganligi hamda ularning murakkablashuvi natijasida hayotiy faoliyat xavfsizligini taminlash dolzarb ahamiyat kasb etadi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyiyevning Oliy Majlisga yollagan Murojaatnomalarida ilgari surilgan dolzarb vazifalarga e'tiborni qaratish maqsadga
muvofiq hisoblanadi. Xususan, Oliy Majlisga 2018 yil 28 dekabrdagi Murojaatnomasida Oliy talim jarayonida innovatsion talim texnologiyalarini yuqori bosqichga ko'tarish zarurligi muxim yo'nalishlardan biri sifatida belgilandi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Oliy talim jarayonini innovatsion texnologiyalardan keng foydalanish, uni yuqori darajada mustahkamlash, tegishli chora tadbirlarni amalga oshirish bilan bir qatorda jamiyatimizning har bir azosidan innovatsion yondashuvni, ilmiy ishlanmalar, zamonaviy texnologiyalar yaratishni taqazo etadi. Muhtaram yurtboshimiz tabiri bilan aytganda, "Xalqimiz dunyoqarashida innovatsion muxitni yaratish eng muhim vazifamizdir. Innovatsiya bolmas ekan, hech bir sohada raqobat, rivojlanish bolmaydi. Bu sohadagi o'zgarishlarni xalqimizga keng targ'ib qilmasak, odamlarda konikma paydo qilmasak, bugungi davr shiddati, fan texnikaning mislsiz yutuqlari bilan hamqadam bololmaymiz."
Oliy talimni boshqarishda zamonaviy innovatsion texnologiya bugungi kunda eng ko'p qollanadigan texnologiyalardan biri hisoblanadi. Bu esa Ozbekiston Respublikasining "Talim to'g'risida"gi qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"ga asosan Oliy talimning rivojlanishi ularning maqsad hamda vazifalarini tobra bir-biriga yaqilashtirib ularni birlashtirmoqda.
Oliy talimni boshqarishda zamonaviy innovatsion texnologiyalar barkamol avlodni va tarbiyalash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirishlari, etilgan masalalarni oz vaqtida va ijodiy hal etishlari barcha o'quv yurtlarining ish samaradorligini hozirgi zamon talablariga muvofiq oshirilishini taminlashlari kerak.
Bu barcha davlat va jamoat tashkilotlarining vazifasi bolishi bilan birga, tabiiyki, eng avvalo, uzluksiz talim tizimi muassasalari faoliyati mazmunini tubdan, qaytadan ko'rib chiqishni taqazo etadigan murakkab jarayondir. Bularning barchasi Oliy talimni boshqwarish va rivojlantirishda alohida ahamiyatga ega. Buning uchun talimni boshqarish va rivojlantirish belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan chet ellik yuridik shaxslar va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari hisobidan tashkil etilishi mumkin.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Oliy va O rta maxsus ta lim vazirligi barcha universitetlarni, kasb-hunar texnikumlarni, bilim yurtlarini boshqaradi va rahbarlik qiladi. Oliy oquv yurtlari va kasb-hunar talimi uchun o'quv rejalari va dasturlar ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Oliy talimga oid ishlarni boshqarish quyidan yuqorigacha oldindan rejalashtirib, talimning barcha sohalaridagi ish jarayoni bilan uyg'unlashib, barcha
o'quv tarbiya muassasalarining ish mazmuni belgilanadi. Boshqarish jarayonida turli innovatsion usullardan keng foydalaniladi. Oquv tarbiya jarayonida innovatsion texnologiyaning to'g'ri joriy etilishi, o'qituvchining bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa talabalardan ko'proq mustaqillikni, ijodiy va irodaviy sifatlarini shakllanishini o'tkazilgan mashg'ulotlar esa yoshlarning hayotiy yutuq va muammolariga oz munosabatlarini bildirishga imkon yaratib, ularning mustaqil fikrlashlarini talab etadi.
Hozirgi davrda sodir bo'layotgan innovatsion jarayonlarda talim tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axborotlarni o'zlashtirgan, bu axborotlatni ozlari tomonidan bahlashga qodir, zarur qarorlar qabul qiluvchi, mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslar kerak. Bu borada Oliy talimini innovatsion texnologiyalarning boshqarish jarasyonidagi o'rni va ahamiyati beqiyosdir. Innovatsiya (inglizcha-innovation) yangilik kiritish, yangilik demakdir.
Innovatsion texnologiyalar pedagogic jarayon hamda o'qituvchi va talaba o'rtasidagi ijodiy faoliyatiga yangilik, o'zgartirishlar kiritish bo'lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol usullardan foydalaniladi, chunki talimda boshqaruv rolini o'qituvchi bajaradi.
Interfaol usullarga "Semenar musobaqa" texnologiyasi "Tanishuv" texnologiyasi, "Zinama-zina" texnologiyasi, "Aqliy hujum" texnologiyasi, "Charxpalak" texnologiyasi, "Klaster" texnologiyasi, "Bumerang" texnologiyasi, "3x4" texnologiyasi, "Rezyume" texnologiyasi, "Muammo" texnologiyasi, "Labirint" texnologiyasi, "Blits so'rov" texnologiyasi, "FSMU" texnologiyasi, "Skorabey" texnologiyasi, "Yelpig'ich" texnologiyasi, "Muloqot" texnologiyasi, "Baxslashuv" texnologiyasi, "Stenariy" texnologiyasi va boshqalar kiradi.
Masalan, "Semenar musobaqa" texnologiyasi darslarini tashkil etish ko'p yildan beri talimda keng qo'llanib kelinadi. Bu usul talabalarning qiziqishini va aktivligini oshiradi. Bu usulga tayyorgarlik ko'rish uchun talabalar oldindan ogohlantiriladi va mavzu e'lon qilinadi. Talabalar guruhi 2 kichik guruhchalarga bo'linadi. Ularning har biri mavzu bo'yicha savollar tayyorlab kelishi lozim. Semenar boshida talabalar musobaqa shartlari bilan tanishtiriladi. Bunda faqat javoblar uchun emas balki savollarni to'g'ri va aniqligi uchu va qo'shimcha tuzatishlar uchun ham malum ballar belgilanadi. Guruh talabalarining barchasi faol qatnashishlari uchun esa minus (-) ballar ham ko'rsatilishi mumkin, masalan, +3 dan -3 gacha noto'g'ri javoblar va savollar uchun ballarni ayirish usuli ishlatilishi mumkin. Musobaqa davomida doskaga to'plangan ballar yozib borilishi mumkin. Semenar oxirida g'olib guruh qatnashchilari qo'shimcha ballar bilan rag'batlanishi mumkin. Pedagog talim
jarayonini boshqaruvchi sifatida juda hushyor va sinchkovlik bilan javoblarni eshitib, har bir talabaga baho qo'yib borishi lozim. Bu usul bilimlarni yanada mustahkamroq egallanishiga, nutq madaniyatini oshishiga, savollarni to'g'ri tuzilishiga, o'z fikrini bayon etishga o'rgatadi. Eng muhimi esa, taladalardan mustaqil bilimlarni egallash, yangiliklarni qidirish, mavzuga ijodiy yondashish hususiyatlari oshadi. O'rganilayotgan mavzu har tomonlama tahlil etiladi va hayotiy jarayonlar bilan bog'lanadi. Bunday innovatsin texnologiyaning dastlabki ko'rinishlari oliygohlarda qo'llanilsa yuqori natijalarga erishsa bo'ladi.
Kichik guruhchalar usuli. Bu usulda guruh talabalari bir necha guruhga bo'linadi, har bir guruhda 4-5 tadan talaba bo'lishi mumkin. Har bir guruhning rahbari tayinlanadi. Ularga oldindan vazifa beriladi. Guruh talabalari semenarga birgalikda tayyorlanib o'z savollarini to'liq ochib berishga harakat qilishlari kerak. Boshqa guruhlar asosiy ma'ruzachiga savollar beradilar, savollarga guruhning talabalari javob berishda yordam beradilar. Asosiy ma'ruzachi himoyasidan so'ng opponentlar savolni yanada to'liqroq izohlab berishlari kerak. Uchinchi va to'rtinchi guruh talabalari o'zlarini fikrlarini bildirgach, tadqiqot olib brogan guruhga baho qo'yib izoh berishlari kerak. Bunday usulda ish olib boorish uchun guruhlarni tuzishda talabalarning bilimi teng bo'lishiga harakat qilish kerak. Guruhni boshqarishda yahshi o'zlashtiruvchi talabalarni tanlash lozim. Bunday innovatsion texnologiyaga oid bellashuvlar tugagach bo'lim yuzasidan boshqa turli musobaqalar o'tkazish mumkin.
XULOSA
Bu borada innovatsion texnologiyaga oid didaktik o'yinlarni tashkil etish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
REFERENCES
1. Mirziyoyev Sh.M. "Harakatlar strategiyasi" 2017-2021 yillarga mo'ljallangan besh ustuvor yo'nalishi. - T.: G'ofur G'ulom. 2017 yil. g.s. 136
2. Karimov I.A. Yuksak manaviyat - yengilmas kuch. - T.: Ma'naviyat 2008 yil.
3. Ishmuhammedov R.J. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta'lim samaradorligini oshirish yo'llari. Toshkent.: 2005 yil
4. Xudoyqulov X.J. Pedagogik texnologiya ta'lim samaradorligining asosidir. Toshkent. Navro'z. 2012 yil
5. Sibirskaya M.P. Профессиональное обучение: Педагогические технологии. -Санкт-Петербург. 2002 г.