Научная статья на тему 'ZАMОNАVIУ TILSHUNОSLIK, TАRJIMАSHUNОSLIK VА LINGVОDIDАKTIKА HАQIDА'

ZАMОNАVIУ TILSHUNОSLIK, TАRJIMАSHUNОSLIK VА LINGVОDIDАKTIKА HАQIDА Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

12
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tilshunоslik / bаdiiу tаrjimа / уоzmа tаrjimа / tаrjimаshunоslik / nаzаriуа / til / tаfаkkur / psixоlоgiуа / pedаgоgikа / lingvоdidаktikа / tаrix / lingvistikа.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Muhаmmаdsауid Sаrdоrbek О‘g‘li Jаlоldinоv

Mаzkur mаqоlаdа аsоsаn tilshunоslikning kelib chiqishi, tаrixi vа аhаmiуаtlаri hаqidа keng уоritilgаn. Tilshunоslik vа lingvоdidаktikа аsоsiу уо‗nаlishlаri vа undаgi kаmchiliklаr hаqidа sо‗z уuritilgаn. Tаrjimаshunоslik turlаri vа undаgi qiуinchiliklаr vа уechimlаr hаqidа sо‗z bоrаdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ZАMОNАVIУ TILSHUNОSLIK, TАRJIMАSHUNОSLIK VА LINGVОDIDАKTIKА HАQIDА»

ZAMONAViy TILSHUNOSLIK, TARJIMASHUNOSLIK VA LINGVODIDAKTIKA HAQIDA

Muhammadsayid Sardorbek o'g'li Jaloldinov

Andijon davlat chet tillari instituti Roman-german va slavyan tillari fakulteti Filologiya va tillarni o'qitish: nemis tili yo'nalishi 101-guruh talabasi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada asosan tilshunoslikning kelib chiqishi, tarixi va ahamiyatlari haqida keng yoritilgan. Tilshunoslik va lingvodidaktika asosiy yo'nalishlari va undagi kamchiliklar haqida so'z yuritilgan. Tarjimashunoslik turlari va undagi qiyinchiliklar va yechimlar haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: tilshunoslik, badiiy tarjima, yozma tarjima, tarjimashunoslik, nazariya, til, tafakkur, psixologiya, pedagogika, lingvodidaktika, tarix, lingvistika.

ABSTRACT

This article is mainly devoted to the origin, history and significance of linguistics. The main directions of linguistics and linguodidactics and their shortcomings are discussed. The types of translation studies, their difficulties and solutions are described.

Keywords: linguistics, literary translation, written translation, translation studies, theory, language, thinking, psychology, pedagogy, linguodidactics, history, linguistics.

Tilshunoslik nazariyasi fani tilshunoslikning ilmiy-nazariy tomonlarini o'rganadigan fandir. Tilshunoslik nazariyasi fanida tilning paydo bo'lishidan boshlab, tillarning tasnifi, uni tahlil qilish usullari hamda til va tafakkur, til va jamiyat o'rtasidagi munosabatlar, tilning ichki tuzilishi, tilning ijtimoiyligi kabi masalalargacha o'rganiladi. Uzoq yillar davomida tilshunoslik fani boshqa bir qancha fanlar qurshovida o'rganilib kelindi. Birinchi bor F.de Sossyur o'z ta'limotlarida tilni boshqa fanlar emas, o'zining o'rganadigan alohida fani bo'lishi kerak, bu fanning nomi tilshunoslik deb nomlanishi lozim degan g'oyani ko'tarib chiqdi. Bu nazariya tilshunoslikning mustaqil fan sifatida shakllanishiga turtki bo'ldi. [1, 35-b]

Haqiqatan ham, til kishilik jamiyati mahsuli bo'lib, jamiyatda kishilarning aloqa qilishiga xizmat qiladigan ijtimoiy hodisadir. Til ayrim shaxslardagina emas, balki jamiyat uchun xizmat qilishida namoyon bo'ladi. U insoniyatning tarixiy taraqqiyot jarayonida yaratgan barcha madaniy-ma'naviy va ilmiy boyliklarini ifodalaydigan, uni avloddan avlodga meros qoldiradigan asosiy vositadir. F.de Sossyur umumiy tilshunoslik to'g'risidagi o'z mulohazalarini bu fanning obyektini chegaralashga

543

urinishdan boshlaydi. Uning yozishicha, tilshunoslik obyektini chegaralashda tadqiqotchining pozitsiyasi, ilmiy nuqtai nazari g'oyat katta ahamiyat kasb etadi. Ko'p tilshunoslar tilni biror hodisa (tafakkur, milliy ruh va hakazo)ning funksiyasi deb tushunadi va tilni shu hodisaga bog'lab o'rganadi. F.de Sossyurning fikricha, bu -noto'g'ri. Til o'z qurilishiga ega bo'lgan tamomila mustaqil hodisadir [I.Qo'chqortoyev, 1976: 5]. Biz bu fikrlarga to'liq qo'shilgan holda, tilni boshqa fanlardan ajratgan holda o'z nazariy asoslariga tayanib o'rganishning tarafdorimiz. Til nazariyasi fani bu borada, ko'plab muammolarni hal qilib berishi lozim.Tilning tabiati, mohiyati, kishilik jamiyatida bajaradigan vazifasi, tuzilishi va bu strukturani tashkil etgan unsurlarining o'zaro munosabat ing ichki mexanizmi, ishlash tamoyillari kabi muhim masalalarni ilmiy o'rganishni har taraflama tadqiq etishni talab etadi. Tilshunoslik nutq faoliyatini o'rganishi zarur. Chunki, til va nutq nutqiy faoliyatning mahsuli. F.de Sossyur til lingvistikasi va nutq lingvistikasi deb ikkiga bo'ldi. [2, 312-b]

Til lingvistikasini o'rganishni birinchi darajali, nutq lingvistikasini o'rganishni ikkinchi darajali vazifa qilib qo'ydi. Bu jadvalda ijtimoiy tabiati jihatidan qaralganda til madaniy-tarixiy va ijtimoiy hodisadir. I.Qo'chqortoyev "F.de Sossyurning lingvistik konsepsiyasi" kitobida: "Tildan foydalanuvchi individni birinchi galda tilning hozirgi holati (sinxronik xolati), tilda hozir mavjud bo'lgan vositalar sistemasi qiziqtiradi. Shu ma'noda tilning faqat sinxronik holati sistema hisoblanadi. Bu nuqtai nazar tilshunoslik fani uchun qanchalik muhim bo'lmasin, u tilning mohiyatini to'liq ochib bera olmaydi. Til ifoda ehtiyojlariga

moslashib boruvchi qurol. Tilning ifoda talablariga moslashuvi nutq jarayonida to'xtovsiz amalga oshib boradi", - deb yozadi [I.Qo'chqortoyev,1976: 30-31]. F.de Sossyurning yuqorida keltirilgan j advalida sinxroniya va diaxroniya til tegishli bo'lgan hodisalardir. Bizning nazarimizda, tilning diaxronik holati ham sistemani taqozo etadi.[3, 65-b]

Tarjima — bir tildagi matnlar, maqollar, iboralarni yangi bir tilda qayta yaratishdan iborat adabiy ijod turi. Tarjima millatlararo muloqotning eng muhim ko'rinishlaridan hisoblanadi. Tarjima qadimgi davrlarda, turli qabilaga mansub kishilar orasidagi o'zaro aloqa, muloqot ehtiyoji tufayli yuzaga kelgan. Tilmochlik deb ataladigan bu og'zaki tur hozirda ham saqlanib qolgan. Zamonlar osha tarjimaga bo'lgan talablar asta -sekin yangilana boradi. Ammo uning ijodiy xarakteri, qayta yaratish san'ati ekanligi o'zgarmaydi. Tarjimaning ko'lami va taraqqiyoti har bir xalqning ma'rifiy darajasiga bog'liq va, o'z navbatida, u millatning ijtimoiy tafakkuriga samarali ta'sir etadi. "Tarjima" tushunchasi bir tildan ikkinchi tilga o'girish jarayonini, shuningdek, tayyor tarjima asarini anglatadi.

Ikki ming yil muqaddam yunoniy Liviy Andronik buyuk Gomerning «Odisseya»sini lotin tiliga o'girgan. Bu bilan u amaliy tarjimachilik faoliyatiga asos

544

https://cspu.uz/

International Scientific and Practical Conference

solibgina qolmay, balki birinchi bo'lib tarjima nazariyasining og'ir masalalariga duch kelgan ham. Biroq Yevropada tarjima problemalari faqat VIII—IX asrlardan boshlab chinakamiga e'tiborni torta boshladi. Bu davrda tarjima nazariyasi fan sifatida endigina bolalik davrini o'tay boshlagan edi. Tarjimani ilmiy idrok qilish masalasi bilan ming yillardan buyon shug'ullanib kelinayotgan bo'lishiga qaramasdan, hanuzgacha chin ma'nodagi tarjima nazariyasi o'z o'rnini topgan emas.

Tarjima nazariyasi sohasidagi salmoqli ilmiy tafakkur ayniqsa XX asirning ikkinchi choragida tez rivoj topa boshladi. Chet ellarda tarjimaning nazariy problemalarini chuqurroq ishlab chiqish ham xuddi shu davrga to'g'ri keladi. Jon Ketfordning Edinburgda o'qigan leksiyalari va Oksfordda nashr qilingan «Tarjimaning lingvistik nazariyasi» (London, 1965) monografiyasi, Jorj Munenning' fransuz (Parij, 1963) hamda italyan (Turin, 1965) tilida doktorlik dissertatsiyasi asosida chop etnlgan «Tarjimaniig nazariy problemalari» degan asarlarni bu sohadagi katta yutuqlardan hisoblanadi. To'g'ri, chet elda tarjimachilik faoliyatini nazariy tomondan idrok etish bo'yicha urinishni oldinroq Yujin Naydaning Tavrot tarjimalarini o'rganishga bag'ishlangan ishida (Nyu-York, 1947) kuzatish mumkin. Ammo bu tarjma problemalariga lisoniy prinsiplar nuqtai nazaridan pragmatik yondashish edi, xolos. 1969-yili Yujin Nay da va Charlz Teybor Londonda «Tarjima nazariyasi va amaliyoti» degan kitobni nashr qildilar. Unda lingvistikani tarjimaga tatbiq etish va foydalanish imkoniyatlaridan kelib chiqadigan nazariy xulosalar har tomonlama pishitildi. [4, 14-b]

Angliya va Fransiyadan tashqari, tarjima nazariyasi Germaniya hamda boshqa G'arbiy Yevropa davlatlarida ham ishlandi. Xususan, nemis tilida Avstriyada Yulius Virlning tarjimashunoslik problematikasiga oid monografiyasi (Vena, 1958); GFRda Vilgelm Vilmarning tarjimada uyg'unlik va nomutanosiblik haqidagi kitobi (Kyoln, 1959), Rudolf Yumpeltning ilmiy va texnikaviy adabiyot tarjimasiga oid fundamental asari (Berlin, 1961) va Nafis san'at akademiyasi tomonidan tayyorlangan «Tarjima san'ati» to'plami (Myunxen 1962); Shveytsariyada Fridning kitobi (Syurix, 1963) va boshqa asarlar bosmadan chiqarildi. Yevropadagi sotsialistik hamdo'stlik mamlakatlarida ham tarjimashunoslik bo'yicha ilmiytadqiqot ishlari avj ola boshladi. GDRda Garold Raab va Otto Braunning «Tarjima nazariyasiga kirish» to'plami (Berlin, 1959); Otto Kadening «Tarjimada tasodif va qonuniyat» (Leypsig, 1968) degan tadqiqoti, Vengriyada Iojef Kardoshning «Badiiy tarjima problemalari» (Budapesht, 1965), Emil Saboning «Badiiy tarjima» (Budapesht, 1961), Bolgariyada Lyubomir Ognyanov Rizovning «Tarjima san'ati asoslari» (Sofkya, 1955), Polshada O.Voytasevichning «Tarjima nazariyasiga kirish» (Vrotslav—Varshava, 1957), Chexoslovakiyada Irji Leviyning «Tarjima san'ati» (Praga, 1963), Yugoslaviyada «Tarjima nazariyasi asoslari» to'plami (Belgrad, 1963) va boshqa ilmiy ishlar bosilib chiqdi. Yujin Naydaning «Tarjkmachilik faniga doir» (Leyden, 1964) kitobida aktual

545

nazariy konsepsiyalar obzori berildi. Bunday obzor birmuncha torroq doirada Edmon Qarining «Hozirgi zamonda tarjima» (Jeneva, 1956), Teodor Sevorining «Tarjima san'ati» (London, 1957) kabi mashhur kitoblarda ham o'z aksini topgan. Amerika qit'asida ham tarjkma iroblemalari jadal sur'atlar bilan tadqiq qilinmoqda. AQShda «Tarjima haqida» maqolalar to'plami (Kembrij-Mas-sachusets, 1959; Nyu-York, 1966 va hokazo), 1961-yili Ostindagi tarjimachilik Markazi tayyorlagan «Texas to'plami» tarjimashunoslik asoslariga bag'ishlangan. Urugvayda Olaf Bliksen nashr qilgan «Badiiy tarjima va uning problemalari» (Montevideo, 1954), Brazi-liyada Bazilio Silveyraning «Tarjima san'ati» (San-Paulo, 1954; ikkinchi nashri—1956) va Paulo Ronaining «Tarjima mahorati» (Rio-de-Janeyro, 1956) asarlari shuhrat qozondi.

Bu borada O'zbekiston olimlarining tajribasi alohida diqqatga sazovor O'zbekiston Markaziy Komitetining badiiy tarjima ishlarini tubdan yaxshilash haqida 1965-yili chiqargan qaroridan keyin badiiy ijodning bu sohasida ancha sezilarli o'zgarishlar yuz berdi. O'zbek adabiyotidan qilingan tarjimalar miqyosi ham kengaydi. O'zbekiston markasi bilan chiqayotgan kitoblarni jahonning 97 mamlakatida, shu jumladan, Angliya, AQSh, GFR, Fransiya, Italiya, Kanada, Eron, Turkiya, Pokiston, Hindiston va boshqa davlatlarda o'z ona tillarida o'qimoqdalar. Mavjud tarjimalarni ilmiy tadqiq qilish ishi respublikada juda yaxshi yo'lga qo'yilgan. Oxirgi ma'lumotlarga qaraganda, bu yerda ellikka yaqin tadqiqotchi tarjima problemalari bilan band. Ularning o'ttizdan ortig'i ilmiy darajaga ega. Respublikada qisqa muddat ichida yirik ilmiy asarlar bunyod etadi. Jumaniyoz Sharipovning «O'zbekistonda tarjima tarixidan» (1965), «Badiiy tarjimalar va mohir tarjimonlar» (1972), G'aybulla Salomovning «Til va tarjima» (1966), «Tarjima nazariyasiga kirish» (1978), G. G'afurovaning «O'zbekistonda tarjima taraqqiyoti» (1973), Z.Umarbekovaning «Lermontov va o'zbek she'riyati» (1973), Q. Musaevning «Badiiy tarjima va nutq madaniyati» (1976) kitoblari, shuningdek, G'. Salomov, N. Komilov, Z.Salimova, Q. Jo'rayev, N. Otajonovlar yaratgan «Tarjimon

mahorati» (1979) monografiyasi, A. Klimenkoning «Do'stlik ramzi» (1974), K. Jo'rayevning «Tarjima — san'at» (1975), N. Otajonovning «Badiiy tarjima va ilmiy sharh» (1978) risolalari, respublika va Ittifoq matbuotida e'lon qilingan bir necha salmoqdor maqolalar fikrimizni quvvatlaydi. A. S. Pushkin nomidagi Til va adabiyot ilmiy-tadqiqot institutining adabiy aloqalar va badiiy tarjima nazariyasi sektori «Badiiy tarjima — do'stlik quroli» (1974), «Badiiy tarjimaning aktual masalalari» (1977) mavzuida, Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy universitetining tarjima nazariyasi kafedrasi esa rus va o'zbek tillarida «Tarjima nazariyasi masalalari» (1977) to'plamlarini nashrdan chiqardilar. G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti muntazam chop etayotgan «Tarjima san'ati» maqolalar to'plami Butunittifoq miqyosida tanilib bormoqda, bu adabiy-tanqidiy minbar, ilmiy nashr O'zbekistondagi

546

yirik tarjimon va tarjimashunoslar, yosh tadqiqotchilar, o'zbek adabiyotining chet eldagi va Markaziy Osiyoning boshqa shaharlaridagi jonkuyarlarini birlashtirib, ulkan xayrli ishni amalga oshirmoqda. Qisqasi, tarjimani ilmiy tomondan o'rganish masalasiga bu yerda katta ahamiyat berilmoqda.[5, 36-b]

Tarjima ilmiy tadqiq qilish mumkinligiga ko'p mutaxassislar hamon ishonmay keladilar, ular o'zlarining umidsizligini ko'proq tarjimachilikning xususiyatlarini ro'kach qilish bilan niqoblashga intiladilar. «Nazariyani «san'atning alohnda turi bo'lgan tarjima» qiziqtirishi kerak»,— deb uqtiradi rus klassik va sovet adabiyotidan nemis tiliga tarjimalar muallifi, GDR San'at akademiyasining a'zosi Alfred Kurella. «Mening biz yaratayotgan «tarjima nazariyasi»ga unchalik ishongim kelmaydi. Ishqilib, keyin o'zimiz qurgan qal'ani o'zimiz buzib o'tirmasak bo'lgani»,— deb unga hamovoz bo'ladi litvalik shoir va tarjimon V. P. Bleje.

Tarjima tarixi juda qadim zamonlardan boshlagnadi. Qadim zamonlardan buyon turli tillarda so'zlashuvchi xalqlar bir-birlari bilan muomala qilganlarida tarjimon (tilmoch) orqali ish bitkazganlar. Tarjimonsiz ish bitirish qiyin bo'lgan. Savdo-sotiq ishlarida, diplomatik munosabatlar va madaniy aloqalarda hamma vaqt tarjimaga zarurat tugilgan. Qadim zamonlardan beri xalqlar o'z tarjimonlariga katta hurmat bilan qaraganlar. Ularning nomlari tarix sahifalarida abadiy yozilib qolgan. Tarjima terixi madaniyat, san'at, adabiyot tarixi bilan chambarchas bog'langan. Ma'lumki, O'rta Osiyo xalqlarining madaniyati qadimiy davrlardan boshlanadi. Arablar istilosiga qadar ham O'rta Osiyoda yashab ijod qilgan olim va yozuvchilar o'zlari-dan keyin boy ilmiy va adabiy meros qoldirganlar, balki ular ichida ko'pgina tarjima asarlari ham bo'lishi haqiqatan uzoq emas. Ammo arab istilochilari mamlakatni zabt qilgach, bu ajoyib asarlarni islom diniga qarshi deb yondirib yuborganlar.VII asrda Iroq, Suriya, Falastin, Eronni bosib olgan arab istilochilari Marv, Xorazm, Buxoro va Samarqandn! qo'lga kiritadilar. VIII asrning boshlarida Movarounnahr (ikki daryo o'rtasi)ni arablar butunlay egallagan edilar. O'rta Osiyo arab xalifaligi hukmronlig ostida qoldi.

Bosqinchilarning zulmi ostida azob chekkan xalqlar ularning buyruqlariga bo'ysunar, tartiblarini so'zsiz bajarishga majbur edilar. Arablar dastlab islom dinini O'rta Osiyo xalqlariga majburan qabul qildira boshladilar. Qadimgi Xorazm, so'g'd yozuvlari o'rniga arab yozuvi joriy qilindi. Madrasalarda arab tilini o'rganish majburiy qilib qo'yildi. Arab istilochilari turk va fors tillarini bilgan tarjimonlardan ham foydalandilar. Ular turkiy xalqlar bilan arablarni bir-biriga bog'lovchi vositachi rolini o'ynadilar.

Islom dini mamlakatda hukmron din, arab yozuvi yagona yozuv, arab tili adabiy til bo'lib qoldi. Olimlar va shoirlar arab tshshda kitoblar yoza boshladilar. Arablar istilosi davrida eng ko'p tarjima qilingan asarlar tarixiy-badiiy janrda yaratilgan kitoblar bo'lib, ularni ko'pincha adib, shoirlar tarjima qilar edilar.

547

Katta-katta olimlar, tarixchilar yetishdi. Forobiy, ibn Sino, Beruniy kabi olimlar o'z asarlarini arab tilida yozdilar. 359-yilda vafot qilgan olim Abu Bakr Muhammad bin Ja'fariy Narshaxiy Buxoro tarixiga oyid «Tahqiqul-viloyat» (O'lkani o'rganish) nomli asarini yozdi. Bu asar fors tiliga, keyingi davrlarda rus

tiliga ham tarjima qilindi. Eng qadimiy asarlardan biri 922-yilda vafot qilgan Abu Ja'far Muhammad bin Jarir Tabariyning «Tarixi Tabariy» nomli bir necha tomli asari bo'lib, 963-yilda Buxoroda somoniy amirlarining saroyida vazir bo'lgan Mir Abu Ali bin Muhammad Bal'amiy tojikchaga qisqartib tarjima etgan. Keyinchalik bu asarning o'zi ham boshqa tillarga tarjima qilingan. Tabariy va Bal'amiy haqida shunday so'zlarni o'qiymiz.

Pedagogik psixologiya va lingvodidaktikaning jihati - til o'rganishning turli jihatlari bo'lib, ular til bilan turli qarashlardan kelib chiqqan holda shug'ullanadi. Pedagogik psixologiyaning til yordamida o'qitish muammolari qiziqtiradi, bu esa har doim ham tilning o'ziga o'qitishni nazarda tutmaydi, u xoh ona tili xoh chet tili bo'lsin. Lingvodidaktika nuqtai nazridan til o'zlashtirilayotgan chet tilidagi o'quv jarayonida komunikatsiya vosiatasi sifatida ko'rib chiqiladi. Ushbu har ikkala qarash bir-birini to'ldirishi mumkin, chunki ulardan har biri o'qitish jarayoni bilan bog'liqdir. O'rganish jarayonida ona tili darajasi bilan birga o'rganilayotgan tilning kommunikativ darajasi ham shakllanadi, bu ona tilini bilish daraj asidan farq qiladi. Tilning lingvodidaktik -nazariy, amaliy-nazariy va amaliy o'rgatilishi chet tiliga o'rgatishning asosiy muammolaridan birini hala qiladi. A.B.Builev lingvodidaktikani chet tillariga o'qitish nazariyasi va amaliyoti deb atab, u tillarga

o'qitishning umumiy qonuniyatlarini o'rganadi deya ta'kidlagan. Tadqiqotchi, talabaning lisoniy shaxsi rivojlanuvchi xususiyatga egaligini qayd etgan. Shuningdek, O.L. Komenskaya "lisoniy shaxs nazariyasi turg'un constant tushuncha emas. U ham vertical (yangi darajalarni aniqlash hisobiga), ham gorizantal (mavjud darajalrni detallashtirish hisobiga) bo'ylab diversifikatsiya qilinishi mumkin ", - deya fikr bildirgan.

Bularning barchasi N.D.Galskova yo'nalishini tasdiqlaydi, qaysiki lingvodidaktika fan sifatida lisoniy shaxsning lingvokognitiv tuzulishini anglashi va ta'riflashi lozim, uning rivojlanishi, qonuniyatlarini asoslashi shuningdek ham o'zlashtirish o'qitish obyektining o'ziga xos jihatlarini, ham bu jarayonning barcha subyektlarining o'zaro ta'sirini asoslashi lozim deb hisoblaydi. A.S.Markosyan lingvodidaktika deganda tilni o'qitish maqsadlari uchun ta'riflash tamoyillarini tushunadi. Uning fikricha, lingvodidaktika - bu o'rganilayotgan tilni ta'riflash modellarini ko'rish nazariyasi, qaysiki o'quv jarayonida ishlatish uchun mo'ljallangan. Professional maqsadlarda chet tilini o'rgatishda muloqot jarayoni bo'ladi, demak

548

professional didaktika komunikatsiya nazariyasi bilan bog'liq madaniyatlararo ishbilarmon va professional muloqotdan iborat.

Lingvodidaktikaning eng muhim muammolaridan biri o'quv materilining o'rganilayotgan til fenomeniga mosligidan iborat, bunda terminologiyaning fan tilining muhim tizimi sifatida funksional ta'riflash ko'rsatilgan muammoning yechimiga yaqinlashish imkonini beradi. A.M.Novikovaning fikricha, "o'rganish predmeti ushbu fan tomonidan o'rganilayotgan va muayyan mantiqiy hamda belgili shakldagi xususiyatlar, aloqalar va qonuniyatlar jamlanmasidan iborat". Xorijiy tilni mutaxasislik sifatida egallash shunday holatlarda zarur bo'ladiki, bu zarurat pragmatik xususiyat kasb etib, mutaxasis o'zining chet tilidagi bilimlarini kasb faoliyati sohasida samarali qo'llay olish kerak bo'ladi.

Pragmalingvodidaktikaning ustuvor vazifasi - talabalarni tayyorlash amaliyotida zamonaviy ingliz tilida sodir bo'layotgan global o'zgarishlarni hisobga olishni ta'minlashdan iborat, bu o'z navbatida chet tilidagi muloqot diapazonini kengaytirish, til vositalaridan nutqiy muloqotning funksional uslubiga muvofiq samarali foydalangan holda o'z fikrlarini aniq, tiniq va mantiqan to'g'ri ifodalashga xizmat qiladi.

Ta'lim mazmuniga paragmalingvodidaktik yondashuv talabalarning turli madaniyatlarga xos bilimlarini oshirishni ko'zda tutadi. Bunda o'z mamlakati va o'rganilayotgan til mamlakati madaniyatlari orasidagi o'xshash va farqli jihatlarni bilish va tushunish, ikki mamlakatning mintaqaviy va ijtimoiy o'ziga xosligini bilish va tushunish, shuningdek, jahon madaniyatlarining kengroq doirasini bilish nazarda tutiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. ^KygpaTOB T. Hyr^ MagaHHaTH acocnapu. - T.: "y^HTyBHH", 1993. 356.

2. 2. Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. -Toshkent: Fan va texnologiya, 2017 yil. 312 b.

3. ^yn^opToeB H. O.ge. CoccropHHHr nHHraucTHK кoнцeпцнacн. -TomKeHT,1976 hhh 36 6.

4. Hamidov H. Tarjimashunoslik fanidan ma'ruzalar. -T.: ,,O'qituvchi'', 2012. 14-b.

5. G'afurov I. Tarjimshunoslik mutaxassisligiga kirish. - T., 2008. 36-b.

6. Galskova N.D. Chet tillarini o'qitishning zamonaviy metodlari.O'qituvchi uchun qo'llanma. - M.: Arkti-Glossa, 2000.

7.Galskova N.D., Gez N.I. Chet tillarni o'qitish nazariyasi. Lingvodidaktika va metodologiya. - M.: Akademiya markazi, 2004.

549

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.