Научная статья на тему 'YURTIMIZDA GEOEKOLOGIK MUAMMOLAR VA ULARNI YECHISH MASALALARI'

YURTIMIZDA GEOEKOLOGIK MUAMMOLAR VA ULARNI YECHISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Социальная и экономическая география»

CC BY
972
64
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
INSONLARNING SOG`LIGI / XO`JALIK FAOLIYATGA TASIRI / YER / SUV / YAYLOVLAR / NEFT VA NEFT MAXSULOTLARI / TABIIY OMILLAR / ANTROPAGEN OMILLAR

Аннотация научной статьи по социальной и экономической географии, автор научной работы — Olimqulov Ya.M., Samadov J.E., Madanov I.A.

Ushbu yozilgan maqolada yurtimizda geoekologik muommolarni bartaraf etishga qaratilgan chora tadbirlarni ko`paytirish yerdan suvdan yaylovlardan sanoat neft va neft maxsulotlaridan to`g`ri foydalanish kerak ekanligi keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

GEOECOLOGICAL PROBLEMS IN OUR COUNTRY AND PROBLEMS OF THEIR SOLUTION

In this written article, it is stated that it is necessary to increase the measures aimed at eliminating geoecological problems in our country, and to use the land, water, pastures, industrial oil and oil products correctly.

Текст научной работы на тему «YURTIMIZDA GEOEKOLOGIK MUAMMOLAR VA ULARNI YECHISH MASALALARI»

Olimqulov Ya.M.

Samadov J.E.

Madanov I.A.

Termiz Davlat Unversiteti Tabiiy fanlar fakulteti Geografiya ta'limyo'nalishi

talabasi

YURTIMIZDA GEOEKOLOGIK MUAMMOLAR VA ULARNI

YECHISH MASALALARI

Annotatsiya: Ushbu yozilgan maqolada yurtimizda geoekologik muommolarni bartaraf etishga qaratilgan chora tadbirlarni ko^paytirish yerdan suvdan yaylovlardan sanoat neft va neft maxsulotlaridan to^g^ri foydalanish kerak ekanligi keltirilgan.

Kalit so'zlar: Insonlarning sogligi, xo^jalik faoliyatga tasiri, yer, suv, yaylovlar, neft va neft maxsulotlari, tabiiy omillar, antropagen omillar.

Olimkulov Ya.M.

Samadov J.E.

Madanov I.A. student

faculty of natural sciences, geography Termiz State University

GEOECOLOGICAL PROBLEMS IN OUR COUNTRY AND PROBLEMS

OF THEIR SOLUTION

Abstract: In this written article, it is stated that it is necessary to increase the measures aimed at eliminating geoecological problems in our country, and to use the land, water, pastures, industrial oil and oil products correctly.

Key words: Human health, impact on economic activity, land, water, pastures, oil and oil products, natural factors, anthropogenic factors.

Asosiy qism: Geoekologik muammolar - insonlarning sog'ligi va xo'jalik faoliyatiga salbiy ta'sir etadigan, ularning tabiiy muhit bilan munosabatlarida va geotizimlarning bir butunligida nomutanosiblikni keltirib chiqaruvchi, tabiiy va antropogen omillar natijasida yuzaga kelgan jarayon va hodisalar. Geoekologik muammolar, odatda, tizimli xususiyatga ega bo'lib, bu xususiyatlar

quyidagilarda namoyon bo'ladi:

> tabiiy hamda ijtimoiy jarayonlar va qonuniyatlarning o'zaro ta'siri;

> geografiya, ekologiya, geologiya va boshqa fanlarning

integratsiyasini talab etadigan fanlar aro ahamiyat kasb etishi;

> resurslardan turli maqsadlarda bir qancha foydalanuvchilarning mavjudligi;

> geotizim yoki geoekologik muammoning holatini bitta ko'rsatkich bilan tavsiflash mumkin emasligi.

Geoekologik muammo qotib qolgan, o'zgarmas holat bo'lmay, balki muntazam ravishda dinamik o'zgaruvchi va rivojlanuvchi, ko'p sonli oddiy muammolarning tizimidir. Masalan: "Orolbo'yida geoekologik muammo 1960-yillarning boshidan vujudga kela boshlagan bo'lsa, 1970-yillarning o'rtalarida (1974 yil Taxiatosh gidrouzeli qurilgandan so'ng, deltada tabiiy suv toshishi to'xtatilganidan so'ng) shakllanish bosqichiga o'tdi. Dastlab grunt suvlarining ko'tarilishi bilan tuproqlar sho'rlana boshladi, so'ng eol relef shakllari vujudga keldi. Tuproqlar quyidagicha yo'nalishda o'zgarib bormoqda: allyuvial o'tloq -o'tloq va botqoq - o'tloq, sho'rhoklar va o'tloq-taqir - tipik sho'rhoklar - taqirli sho'rhok va taqir - qum cho'l tuproqlari.

Geoekologik muammoni bartaraf etish deganda avvalombor, dastlabki tabiiy muvozanatni qayta tiklashni tushunmoq lozim. Masalan: Orol va Orolbo'yi bir-biri bilan uzviy bog'liq muammolar bo'lib, ularning yechimi o'zaro bog'liq kompleks tadbirlarni baravariga qo'llagan holdagina hal qilinishi mumkin.

Geoekologik muammolarning tasniflanishi. Geoekologik muammolarni bir qancha ko'rsatkichlar (xo'jalik sohalari bilan bog'liq, egallagan maydoni bo'yicha, oqibatiga ko'ra, kelib chiqish omillari) bo'yicha tasniflash mumkin, lekin yuqorida ta'kidlaganimizdek geoekologik muammo muayyan maydonda tarkib topib, shakllanadi. Shu sababli bunday muammolarni tarqalgan maydoni bo'yicha - global, regional va lokal, ayrim hollarda esa milliy kabi guruhlarga ajratiladi.

Global geoekologik muammolar - butun geografik qobiq doirasida ro'y beradigan va yer yuzining barcha qismlariga ta'sir etadigan, barcha mamlakatlarga, butun insoniyatga birdek xavf soladigan eng murakkab geoekologik muammolardir. Bularga: "issiqxona samarasi" va iqlim isishi, "Ozon tuynugi", dunyo okeani sathining ko'tarilishi va suvining ifloslanishi, cho'llashish va h. k. kiradi Barcha global geoekologik muammolarni ikkita katta guruhga bo'lish mumkin:

1) sayyoraviy - butun geografik qobiqni qamrab oladigan va yer yuzining turli rayonlarida har xil namoyon bo'ladigan muammolar. Masalan, Ozon qatlamining yemirilishi muammosi, "issiqlik samarasi" muammosi;

2) universal - vaqt mobaynida ko'p marotaba, lekin ma'lum ko'rinishda takrorlanadigan muammolar. Masalan, tuproq degradatsiyasi, bioxilma-xillikning qisqarishi, cho'llashish va h. k.

Quyida global geoekologik muammolardan ayrimlarini, masalan, O'zbekiston uchun yechimi eng ahamiyatli bo'gan muammolardan bo'lgan tuproq degradatsiyasini qisqacha tavsiflaymiz.

Degradatsiya so^zipolyak tilidan olingan bolib, (degradaya, lotin tilida esa degradation) "sekin-astalik bilan kamayish" va "pastga ketish" degan

ma'nolarni anglatadi.

Tuproq degradatsiyasi - jarayonlar yig'indisi bo'lib, ular tuproqlarning funksiyasini o'zgarishiga, xossalarining miqdor va sifat ko'rsatkichlarining yomonlashishiga va unumdorlikning pasayishiga olib keladi, yani tabiiy va antropogen omillar ta'sirida tuproqlarning turg'un xossalarining buzilishi, sifatining yomonlashuvi, xo'jalik nuqtai nazardan bahosining tushishi va samaradorlikning pasayishidir.

Tuproq degradatsiyasining antropogen omillari ikki guruhga bo'linadi: maqsadli yo'naltirilgan va maqsadsiz yo'naltirilgan.

1. Maqsadli yo'naltirilgan - bu tuproqlarning xossalariga aniq yo'nalishda ta'sir qilishga qaratilgan.

2. Maqsadsiz yo'naltirilgan - bu tuproq qoplamiga kompleks aralashgan holda ta'sir qilib, uning xossalarining o'zgarishiga olib kelishi mumkin.

Tuproq degradatsiyasi quyidagi turlarga bo'linadi:

> Fizik va mexanik degradatsiya. Tuproq granulometrik tarkibining o'zgarishi bilan tuproq materiallarining yomonlashish jarayonini kuzatilishi, tuproq qatlamlarining nazoratsiz qolishi, ularning zichlashishi, havo va suv rejimlarining buzilishidir.

> Biologik va biokimyoviy degradatsiya. Biologik va biokimyoviy degradatsiya - bu tuproq organik qismining o'zgarishi va sifatining yomonlashishi, tuproq organizmlarini sifat va miqdor tarkibining salbiy tomonga o'zgarishidir.

Tuproq degradatsiyasining asosiy turlariga: tuproqning fizikaviy, fizik-kimyoviy, biologik xossalariga, havo, suv va issiqlik rejimiga salbiy ta'sir etuvchi, eroziya, degumifikatsiya jarayonlari, qatlamlarning zichlanishi, kislotalikning ortishi, ikkilamchi sho'rlanish, botqoqlanish kabilar kiradi.

Tuproq degradatsiyasi va butunlay yemirilish hodisasini bir necha guruhga bo

'lish mumkin:

❖ tuproq bioenergetik rejimining buzilishi (tuproq devegetatsiyasi -o'simlik qoplamining qirilishi, tuproq degumifikatsiyasi - tuproq gumusining yo'qotilishi, tuproqlarning qashshoqlanishi - yerlardan uzoq muddat foydalanilishi natijasida tuproqlarda ro'y beradiga n jarayonlar);

❖ tuproqlarning suv va kimyoviy rejimining buzilishi (tuproqlarning namligini va o'simlik qoplamini butunlay yo'qotilishi; tuproqlarning sho'rlanishi - tuproqlarning yuqori qatlamlarida, hosildorlikning yo'qolishiga olib keladigan, tez eruvchan tuzlarning to'planishi;

❖ abraziya va daryo eroziyasi natijasida tuproq qoplamining yemirilishi va suv bosishi;

❖ harbiy harakatlar zonasida tuproqlarning yemirilishi.

Regional geoekologik muammolar - egallagan maydoniga ko'ra global geoekologik muammolardan kichikroq bo'lib, ko'pincha bir yoki bir necha turlardan tashkil topgan geoekologik hodisa-jarayonlar kompleksidan iborat bo'ladi. Regional geoekologik muammolar regional miqyosdagi geotizimlarni band etib, butun yer yuzi uchun xavf solmasligi mumkin, ammo ularning soni

tobora ortib bormoqda. Ushbu muammolar ayrim hududlargagina tegishli bo'lishiga qaramay, ekologik va ijtimoiy- iqtisodiy oqibatlari nihoyatda xavfli va salmoqli, ularni o'z vaqtida oldini olish va bartaraf etmaslik kelajakda keng miqyosdagi og'ir ekologik kulfatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Regional geoekologik muammolar tarkib topishi jihatidan oddiy va murakkab toifadagi geoekologik muammolarga bo'linadi. Bir turdagi hodisa va jarayonlardan iborat bo'lsa - oddiy toifadagi, bir necha geoekologik hodisa va jarayonlardan iborat bo'lsa - murakkab toifadagi geoekologik muammolar deyiladi.

Lokal geoekologik muammolar - regional geoekologik muammolarga nisbatan kichikroq maydonlarni egallab, bir yoki ikki mamlakat hududida joylashgan ma'lum landshaft yoki tabiiy geografik okruglar doirasida yuzaga kelgan muammolardir. Bunday geoekologik muammolar inson xo'jalik faoliyati bilan bog'liq bo'lib, tabiiy resurslardan intensiv foydalanish va bu jarayonda tabiat qonuniyatlarni hisobga olmaslik, aholining bir joyda o'ta zieh to'planishi va boshqa sabablar tufayli kelib chiqadi

Lokal geoekologik muammolarni O'zbekiston misolida ko'rib chiqadigan bo'lsak, muammolarning har taraflama kompleks tahlili ularni kelib chiqishi sababiga ko'ra A. A. Rafiqov, Sh. S. Zokirov va boshqalar quyidagi genetik guruhlarini ajratishgan:

> Atmosfera havosining ifloslanishi bilan bog'liq muammolar - yirik shaharlar va sanoatlashgan rayonlarda (Angren-Olmaliq, Toshkent, Farg'ona-Qo'qon, Surxon- Sherobod);

> Suvdan intensiv foydalanish bilan bog'liq muammolar - zovur suvlarining ko'llarda to'planishi, chuchuk suvlarning yetishmasligi, chuchuk suv havzalarining ifloslanishi va h. k.;

> Yerlardan intensiv foydalanish bilan bog'liq muammolar - eroziya, sho'rlanish, yaylovlarning degradatsiyaga uchrashi;

> Geotizimlarga texnogen ta'sir bilan bog'liq muammolar - tog'-kon sanoati chiqindilarining to'planishi, geotizimlarning buzilishi, og'ir texnikaning yaylovlarni payhon qilishi va h. k.;

> Zaharli kimyoviy moddalarning tabiiy muhitni ifloslashi bilan bog'liq muammolar va h. k.

Geoekologik muammolarni yechimining ilmiy asoslari. Ushbu muammolarning yechimi mantiqiy tahlilga bog'liq. Geoekologik muammolarni tadqiq etishda asosan hududiy, geotizimli va ekologik prinsiplari qo'llaniladi.

Ekologik prinsipning qo'llanilishi tirik organizmlar, jumladan insonnning atrof-muhit bilan o'zaro aloqalari, ta'siri va munosabatda bo'lishi nazarda tutilganligi bilan bog'liq. Shuning uchun ham mazkur muammoni geoekologik muammo deb tadqiq etish zarur.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Ekologiya A. A. Rafiqov va bosh. T-2004-1 -2. Ekologiya X. T. Tursunov T. U. Raximova T-2006 • 3. Ekologiya va atrof muhitni muhofoza qilish asoslari.

4 https://e-library. namdu. uz > geoekologiya_oquv_...

5 http://arm. sies. uz >...

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.