Научная статья на тему 'YURAK ISHEMIK KASALLIGI BILAN BEMORLARDA KORONAR ARTERIYALAR SHIKASTLANISHI VA LIPID PROFIL DARAJASINING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI'

YURAK ISHEMIK KASALLIGI BILAN BEMORLARDA KORONAR ARTERIYALAR SHIKASTLANISHI VA LIPID PROFIL DARAJASINING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
141
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
YURAK ISHEMIK KASALLIGI / KORONAROGRAFIYA / MIOKARD INFARKTI / ZICHLIGI PAST LIPOPROTEID / ZICHLIGI YUQORI LIPOPROTEID

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Qosimov N.A.

Yurak ishemik kasalligi bidan bemorlarda koronar arteriyalar shikastlanishi va lipid profil darajasining o‘zaro bog‘liqligini o‘rganish. Materiallar va usullar. 2019-2020 yillar davomida SVKTTM da statsionar sharoitda davolangan koronar angiografik tekshiruv natijasiga ko‘ra, ikki yoki undan ortiq koronar arteriyasi shikastlangan 75 bemorda retrospektiv tadqiqot o‘tkazildi. Natijalar. ZYuLP darajasi va YuIK rivodlanish xavfi o‘rtasidagi teskari bog‘liqlik aniqlandi va tasdiqlandi. ZYuLP va UXS, ayniqsa triglitseridlar va ZPLP darajasi o‘rtasidagi bevosita bog‘liqlik mavjud. Noxush oqibatli guruhda jigar fermentlari, xususan ALT miqdorining yuqoriligi, shuningdek AST va ZPLP darajasi o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liqlik aniqlandi. AST ni koronar arteriyalari shikastlangan bemorlarda salbiy omil deb hisoblash ehtimoli yo‘q emas. ZYuLP darajasi va qand miqdori, ayniqsa glikirlangan gemoglabin o‘rtasida yuqori teskari korrelyatsiya aniqlandi. Xulosa. Zichligi yuqori lipoproteinlarning pasayishi tez-tez kasalxonaga yotqizish va takroriy koronarografiya masalasini ko‘rib chiqish omili hisoblanadi. ASTni koronar qon tomirlari shikastlangan bemorlarda salbiy omil deb hisoblash ehtimoli yo‘q emas.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CORRELATION BETWEEN CORONARY ARTERY DISEASE AND LIPID PROFILE IN PATIENTS WITH CORONARY HEART DISEASE

To study the relationship between coronary artery disease and the level of lipid profile in patients with coronary heart disease. Materials and methods. A retrospective study of 75 patients with two or more injuries of the coronary arteries as a result of inpatient coronary angiography in the SVKTTM in the period from 2019 to 2020 was carried out. Results. An inverse relationship between the level of SLPL and the risk of developing JIC has been identified and confirmed. There is a direct correlation between ZYuLP and UXS, especially triglyceride and ZPLP levels. In the unfavorable group, high levels of liver enzymes, especially ALT, were found, as well as a direct correlation between AST and FPLP levels. AST is not uncommon in patients with ischemic heart disease. A high inverse correlation has been found between WPLA levels and sugar levels, especially glycated hemoglobin. Conclusion. A decrease in high-density lipoprotein is a common factor in hospitalization and repeated coronary angiography. AST is not uncommon in patients with ischemic heart disease.

Текст научной работы на тему «YURAK ISHEMIK KASALLIGI BILAN BEMORLARDA KORONAR ARTERIYALAR SHIKASTLANISHI VA LIPID PROFIL DARAJASINING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI»

Qosimov N.A.

6- kurs talabasi Toshkent Tibbiyot akademiyasi

YURAK ISHEMIK KASALLIGI BILAN BEMORLARDA KORONAR ARTERIYALAR SHIKASTLANISHI VA LIPID PROFIL DARAJASINING O'ZARO BOG'LIQLIGI

Annotatsiya: Yurak ishemik kasalligi bidan bemorlarda koronar arteriyalar shikastlanishi va lipid profil darajasining o'zaro bog'liqligini o'rganish. Materiallar va usullar. 2019-2020 yillar davomida SVKTTM da statsionar sharoitda davolangan koronar angiografik tekshiruv natijasiga ko'ra, ikki yoki undan ortiq koronar arteriyasi shikastlangan 75 bemorda retrospektiv tadqiqot o'tkazildi. Natijalar. ZYuLP darajasi va YuIK rivodlanish xavfi o'rtasidagi teskari bog'liqlik aniqlandi va tasdiqlandi. ZYuLP va UXS, ayniqsa triglitseridlar va ZPLP darajasi o 'rtasidagi bevosita bog 'liqlik mavjud. Noxush oqibatli guruhda jigar fermentlari, xususan ALT miqdorining yuqoriligi, shuningdek AST va ZPLP darajasi o'rtasidagi to'g'ridan to'g'ri bog'liqlik aniqlandi. AST ni koronar arteriyalari shikastlangan bemorlarda salbiy omil deb hisoblash ehtimoli yo 'q emas. ZYuLP darajasi va qand miqdori, ayniqsa glikirlangan gemoglabin o'rtasida yuqori teskari korrelyatsiya aniqlandi. Xulosa. Zichligi yuqori lipoproteinlarning pasayishi tez-tez kasalxonaga yotqizish va takroriy koronarografiya masalasini ko 'rib chiqish omili hisoblanadi. ASTni koronar qon tomirlari shikastlangan bemorlarda salbiy omil deb hisoblash ehtimoli yo 'q emas.

Kalit so 'zlar: yurak ishemik kasalligi, koronarografiya, miokard infarkti, zichligi past lipoproteid, zichligi yuqori lipoproteid.

Kasimov N.A.

6th year

Tashkent Medical Academy

CORRELATION BETWEEN CORONARY ARTERY DISEASE AND LIPID PROFILE IN PATIENTS WITH CORONARY HEART DISEASE

Abstract: To study the relationship between coronary artery disease and the level of lipid profile in patients with coronary heart disease. Materials and methods. A retrospective study of 75 patients with two or more injuries of the coronary arteries as a result of inpatient coronary angiography in the SVKTTM in the period from 2019 to 2020 was carried out. Results. An inverse relationship between the level of SLPL and the risk of developing JIC has been identified and confirmed. There is a direct correlation between ZYuLP and UXS, especially triglyceride and ZPLP levels. In the unfavorable group, high levels of

liver enzymes, especially ALT, were found, as well as a direct correlation between AST and FPLP levels. AST is not uncommon in patients with ischemic heart disease. A high inverse correlation has been found between WPLA levels and sugar levels, especially glycated hemoglobin. Conclusion. A decrease in high-density lipoprotein is a common factor in hospitalization and repeated coronary angiography. AST is not uncommon in patients with ischemic heart disease.

Keywords: ischemic heart disease, coronary angiography, myocardial infarction, low density lipoproteins, high density lipoproteins.

KIRISH

Dunyodagi boshqa ko'pchilik mamlakatlarda bo'lgani kabi O'zbekistonda ham yurak qon tomir kasalliklari aholining kasallanishi va o'lim ko'rsatkichi strukturasida yetakchi o'rinni egallaydi. O'zbekiston ham Yevropa kardiologlar assotsiatsiyasi a'zosi. RIKIM ma'lumotlariga ko'ra statsionarga yotqizilgan barcha bemorlarning 59% ida yurak ishemik kasalligi mavjud [4].

Yirik epidemiologik tadqiqotlar qon zardobidagi xolesterin miqdorining oshishi va aterosklerozning ifodalanganlik darajasi, shuningdek yurak qon tomir kasalliklari bilan kasallanish va ulardan o'lim ko'rsatkichi orasida chambarchas bog'liqlik borligini ko'rsatdi. Qon zardobida umumiy xolesterin (UXS), zichligi past lipoproteidlar (ZPLP) darajasining oshishi va zichligi yuqori lipoproteidlar (ZYuLP) miqdorining kamayishi YuIK, bosh miyada qon aylanishining o'tkir buzilishi xavfini, umumiy o'lim ko'rsatkichi va yurak qon tomir kasalliklaridan o'limni oshishiga olib keladi [7,8].

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

Koronar arteriyalar shikastlanishi - YuIK bilan bemorlarda ishemiya, MI, qayta MI rivojlanishi va oxir oqibat yurak ritmining murakkab buzilishlari hamda surunkali yurak yetishmovchiligining (SYuE) terminal bosqichi bilan yakunlanishi bilan bog'liq pro- gnozni yomonlashishiga olib keluvchi kuchli omildir [4]. Ko'pchilik hollarda jismoniy zo'riqishga tolerantligi yuqori, MI o'tkazmagan ahvoli nisbatan barqaror bemorlarda ko- ronar qon tomirlardagi o'zgarishlar —tasodifanll aniqlanadi.

Koronar qon tomirlar shikastlanishi korreksiyasi asosan chap koronar arteriyada (ChKA) teri orqali koronar aralashuv, keyinchalik ikki komponentli antiagregant terapiya o'tkazish, SYuE korreksiyasini nazarda tutadi. Ammo, shuningdek koronar qon tomirlari shikastlangan bemorlarda kasallik prognozi bilan lipid almashinuvi buzilishining kor- reksiya qilinmaganligi, fermentlar holati o'rtasida ham bog'liqlik mavjud [1,6].

Tadqiqot maqsadi: Yurak ishemik kasalligi bilan bemorlarda koronar arteriyalar shikastlanishi va lipid profil darajasining o'zaro bog'liqligini o'rganish.

Materiallar va usullar. 2019-2020 yillar davomida SVKTTM da statsionar sharo- itda davolangankoronar angiografik tekshiruv natijasiga ko'ra,

ikki yoki undan ortiq ko- ronar arteriyasi shikastlangan 75 bemorda retrospektiv tadqiqot o'tkazildi.

12 oylik kuzatuv natijasiga ko'ra kasallik oqibatiga qarab bemorlar 2 guruhga bo'lindi: 1 guruh - ijobiy oqibatga ega bemorlar va 2 guruh - tadqiqot boshlanganidan 3 oydan keyin noxush oqibat kuzatilgan, keyin yana 1 yil davomida nazoratda bo'lgan bemor- lar. -Noxush oqibatlltushunchasi o'z ichiga quyidagi hodisalardan birini oldi:o'lim holati, MI qaytalanishi, koronar yetishmovchilikning avj olib borishi, SYuE ning rivojlanishi va avj olib borishi (V.Yu.Mareev tomonidan o'zgartirilgan ShOKS ma'lumotlariga ko'ra, 2016 y.), qayta kasalxonaga yotqizish (5). 1-guruhga kasallik ijobiy kechgan 41 bemor, 2-guruhga esa kasallikning noxush oqibati kuzatilgan 34 bemorkiritildi.Ularda lipid spektr ko'rsatkichlari, jumladan, umumiy xolesterin, triglitseridlar, yuqori, past va o'ta past zichlikdagi lipoproteinlar darajasi, shuningdek, aterogenlik koeffitsienti, bioki- myoviy tahlil ko'rsatkichlari: alaninaminotransferaza (ALT) va aspartataminotransferaza (AST), bilirubin, mochevina, kreatinin miqdori o'rganildi.

NATIJALAR

1 va 2 guruhdagi bemorlarning o'rtacha yoshi mos ravishda 62,7±3,09 va 63,4±3,97 yoshni tashkil qildi (r<0,02). Aytib o'tish kerakki, ikkala guruhda ham erkaklar ustunlik qildi: 1 guruhda 24 ta (58.5%) va 2 guruhda 21 ta (61.8%) (R<0,002). 1 va 2 guruhdagi bemorlarda tana vazni indeksi (TVI) mos ravishda 29,5±3.5 va 30,4±3.2. Kasalxonaga yotqizilganda mos ravishda 15(36.6%) i 16 (47%) (p<0,05) bemorga O'KS tashxi- si qo'yilgan. 2 guruhda o'tkir koronar sindrom, gipertoniya kasalligi, qandli diabet, SYuE va gospitalizatsiya vaqtida hayotga xavf soluvchi yurak ritmi buzilishlari -bo'lmachalar fibrillyatsiyasi (BF), paroksizmal taxikardiya (PT), ekstrasistoliyalar, 1 va 2 darajali atrioventrikulyar blokadalar kabi kasalliklar bo'yicha sezilarli farq aniqlandi.

1-jadval

Umumiy ma'lumotlar__

Parametrlar 1- guruh (oqibati ijobiy) n=41 2- guruh (noxush oqibatli) n=34

Yosh 62,7±3,09 63,4±3,97

Jins e-24 (58.5%) a-17 (41.5%) e-21 (61.8%) a-13 (38.2%)

Bo'yi sm 168,4±5.2 166,5±5.08

Vazni kg 86,7±10.5 89,3±10.4

TVI kg/m2 29,5±3.5 30,4±3.2

Kasalxonaga yotqizilganda O'KS 15 (36.6%) 16 (47%)

Kasalxonaga yotqizilganda stabil stenokardiya 26 (63.4%) 18 (53%)

Kasalxonaga yotqizilganda SYuE belgilari 28 (68.3%) 25 (73.5%)

Gipertoniya kasalligi 35 (85.4%) 28 (82.3%)

Qandli diabet 18 (44%) 17 (50%)

Yurak ritmi buzilishi (BF, ekstrasistoliyalar, PT) 8 (19.5%) 9 (26.5%)

1-2 darajali AV blokadalar 14 (34.1%) 15 (44.1%)

Anamnezida anemiya 25 (61%) 26 (76.5%)

Anamnezida BMQO'B 5 (12.2%) 6 (17.6%)

Kasalxonaga yotqizilganda surunkali buyrak kasalligi 4 (9.7%) 4 (11.8%)

Izoh: Farqlar R<0,05 bo 'Iganda statistik ahamiyatga ega.

Laborator ma'lumotlar

Parametrlar 1 guruh (ijobiy natijali) n=41 2 guruh (noxushoqibatli) n=34

Gemoglobin g/l 95,8±12,5 92,4±13,2

EChT mm/s 13,6±7,3 16,4±9,6

Leykotsitlar *109/l 6,8±0,8 8,02±2,4

Trombotsitlar *109/l 231,5±63,8 236±28

Laborator ko'rsatkichlardagi tafovutlarni har ikkala guruhda ham taxmin qilish mumkinligi ko'rinib turibdi va bu oldindan ma'lum bulgan yuqori zichlikdagi lipopro- teinlarning kardioprotektiv xususiyati hamda aterogenlik indeksi oshishining YuIK kechishiga salbiy ta'sirini tasdiqlaydi. Shuningdek, noxush oqibatli 2-guruhda ALT da- rajasi yuqoriligi diqqatga sazovordir (mos ravishda 39,4±20,7 ga 28,8±12,1).

Dislipidemiyaning ahamiyatini aniqlashtirish maqsadida barcha bemorlar guruhlarga ajratildi: ZYuLP<40 mg/dl va ZYuLP>40 mg/dl, shuningdek ZPLP<100 mg/dl va ZPLP>100 mg/dl. XULOSA VA MUNOZARA

1. Zichligi yuqori lipoproteidlarning pasayishi tez-tez kasalxonaga yotqizish va takroriy koronarografiya masalasini ko'rib chiqish omili hisoblanadi.

2. ASTni koronar qon tomirlari shikastlangan bemorlarda salbiy omil deb hisoblash ehtimoli yo'q emas.

Adabiyotlar ro'yxati:

1. Aгaбaбян И.Р., Иcкaндaрoвa Ф.И., MyxTapoB C.H. Рoль MapKepoB BocnaneH^ жирoвoй ткaни KaK ocнoвнoй фaктoр в рвзвитии aртериaльнoй гипертензии у бoльныx c метaбoличеcким cиндрoмoм. The priorities of the word science: experiments and scientific debate. Noth Charleston SC. USA. 2019 July. 27-31 стр.

2. Aгaбaбян И.Р., ^MaraoB Ж.А., Py3^Ba A.A. Xрoничеcкaя сердечнэя недocтaтoчнocть у мoлoдыx тациен- тoв с oжирением Ha фoне xрoничеcкoй oбcтрyктивнoй бoлезни легких. Дocтижения нayки и oбрaзoвaния.

№3 (57). MocKBa. 2020 г.84-87 стр.

3. Aгaбaбян И.Р., Caдыкoвa Ш.Ш, Py3^Ba A.A. Oценкa cocтoяния бoльныx, перене^их инфaркт миoкaрдa, ocлoжнëнный xрoничеcкoй cердечнoй недocтaтoчнocтью Ha фoне приëмa кaрдиoпрoтектoрoв.

Достижения науки и образования № 2 (56) Москва 2020 г.75-78 стр.

4. Диагностика и лечение хронической и острой сердечной недостаточности. Ред.коллегия. Кардиологиче- ский вестник № 2 том XI. 2016 г.13-16 стр.

5. Таджиев Ф. C., Солеева C. Ш., Джаббарова Н. М.Роль розувастатина в лечении и профилактике ишемиче- ской болезни сердца//Академический журнал Западной Сибири. - 2015. - Т. 11. - №. 1. - C. 21-21.

6. Тополянская С. В., Вакуленко O. Н., Елисеева Т. A., Балясникова Н. A., Калинин Г. A., Купина Л. М., Стрижова Н. В. Особенности липидного состава крови у больных ишемической болезнью сердца старче- ского возраста. Кардиология. 2018; 58(3). 28-36 стр.

7. Soleeva S. Sh., Djabbarova N. M., Shodiyeva G.R. «Р1асе of hypolipidemic therapy in the complex treatment of stable angina» Шетайопа1 scientific review of the problems and prospects of modern science and education, Boston. USA. December 25-26, 2019.р 115-117.

8. Takata Y., Ansai T., Soh I. et al. Serum total cholesterol concentration and 10-year mortality in an 85-year-old population. Clin. Intervent Aging 2014; 9:293-300.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.