Научная статья на тему 'YUQORI MALAKALI YENGIL ATLETIKACHI SPRINTERLARNI TEXNIKASINI TAKOMILLASHTIRISHNING ZAMONAVIY VOSITA VA USLUBLARI'

YUQORI MALAKALI YENGIL ATLETIKACHI SPRINTERLARNI TEXNIKASINI TAKOMILLASHTIRISHNING ZAMONAVIY VOSITA VA USLUBLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — L.Davletyarova, Sh.Abdulatipov

Mavzuning dolzarbligi. Sport taraqqiyotining bugungi bosqichi sport musobaqalarida erishilgan yutuqlarning natijalari tobora oshib borayotganligi sababli murabbiy va sportchilar oldiga yangidan-yangi murakkab vazifa va topshiriqlarni qo`ymoqda. Bu esa sportchi va murabbiylarni tayyorgarlik samaradorligini oshirish zahiralarini va mashq jarayonini tashkil qilishning zamonaviy uslub va vositalarini izlab topishga undaydi. Sportning yengil atletika turlarida ham sportchilarni tayyorlash tizimi va uslublarini takomillashtirishga alohida e`tibor qaratish, innovatsion g`oyalar va texnologiyalarni yaratish, ulardan keng foydalanish zaruriyatini keltirib chiqaradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YUQORI MALAKALI YENGIL ATLETIKACHI SPRINTERLARNI TEXNIKASINI TAKOMILLASHTIRISHNING ZAMONAVIY VOSITA VA USLUBLARI»

YUQORI MALAKALI YENGIL ATLETIKACHI SPRINTERLARNI TEXNIKASINI TAKOMILLASHTIRISHNING ZAMONAVIY VOSITA VA

USLUBLARI

1L.Davletyarova, 2Sh.Abdulatipov

1Toshkent iqtisodiyot va pedagogika insituti dotsenti 2Jismoniy madaniyat yo'nalishi 23-1 guruh talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11211147

Mavzuning dolzarbligi. Sport taraqqiyotining bugungi bosqichi sport musobaqalarida erishilgan yutuqlarning natijalari tobora oshib borayotganligi sababli murabbiy va sportchilar oldiga yangidan-yangi murakkab vazifa va topshiriqlarni qo'ymoqda. Bu esa sportchi va murabbiylarni tayyorgarlik samaradorligini oshirish zahiralarini va mashq jarayonini tashkil qilishning zamonaviy uslub va vositalarini izlab topishga undaydi. Sportning yengil atletika turlarida ham sportchilarni tayyorlash tizimi va uslublarini takomillashtirishga alohida e'tibor qaratish, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni yaratish, ulardan keng foydalanish zaruriyatini keltirib chiqaradi.

Oxirgi yillarda yengil atletikaning aynan qisqa masofaga yugurish turlaridan jahon rekordlarni o'rnatilayotgan bir paytda Ozbekiston rekordining hali-xanuzgacha o'zgarmaganligi, respublikamizda o tkazilayotgan musobaqalarda sportchilarning natijalari qoniqarli emasligi, so'nggi yillarda xalqaro musobaqalarda faqat sanoqli sportchilarimizning ishtirok etib kelayotganligi ushbu turga alohida e'tibor qaratish lozimligini keltirib chiqaradi.

Shu boisdan, yengil atletika sport musobaqalarini tashkil etish, o'quv-yig'in mashg'ulotlari va o'quv-dars jarayonlarini yangi texnologiyalardan foydalanish asosida olib borish va boshqarish dolzarb masalalardan biridir.

Ishning maqsadi. Zamonaviy vosita va uslublar yordamida sprinterlarni texnikasini takomillashtirish.

Vazifalari:

- mavzuga oid ilmiy adabiyotlarni o'rganish va tahlil qilish;

- sprinterlarni qisqa masofaga yugurishdagi yutuq va kamchiliklarini "Progress metodi" yordamida aniqlash;

- progressni amalga oshirishga qaratilgan zamonaviy vositalar va uslublarni qollash va tajribada samaradorligini aniqlash;

Mavzuni organilganlik d'arajasi. Yengil atletikaning qisqa masofaga yugurish turi ko'pgina olimlar, taniqli murabbiylar tomonidan jumladan, E.Maklennan (2016), V.A.Orinchuk (2012), IJilkin, V.S.Kuzbmin, Ye.V.Sidorchuk (2003), Ye.D.Gagua (2001), N.T.To'xtaboev, K.T.Shakirjanova, I.R.Solievlar (2017), M.S.Olimov, L.B.Davletyarovalar tomonidan o'rganilgan.

Uslublari. Progress metodi.

Tadqiqot natijalari va uni muhokamasi. Biz tajribaga guruhiga olingan sprinterlarni qisqa masofaga yugurish fazalaridagi kamchiliklarini aniqlash maqsadida ozimiz tomonimizdan ishlab chiqilgan Progress metodini qolladik.

Progress metodi- "rivojlantirish" degan manoni anglatib, sportchilarning yutuq va kamchiliklarini aniqlashga va rivojlantirilishi kerak bo'lgan jihatlarni tahlil qilishga va buning

asosida kamchilikni bartaraf etish yo'llarini ishlab chiqishga imkon beradi. Progress metodi oz nomi bilan rivojlanib boraveradi yani vazifa hal qilingach, yana yangi vazifalar paydo boladi. Progress metodini amalga oshirishda sportchining qisqa masofaga yugurishdagi yutuqlari(l-ustun) va kamchiliklarini (2-ustun) aniqlash maqsadida quyilagi jadvalni to'ldirish talab etiladi. 3-ustunga esa, biz tomonimizdan shu yutuq va kamchiliklar o'rganilib, tahliliy asoslangan xolda ularlarni bartaraf etish uchun vazifalar qoyildi.

1-jadval

Progress metodi (tajribadan oldin)

Yutuqlar Kamchiliklar Progress

1 Startdan chiqish texnikasi haqida yaxshi tushuncha mavjud lekin, start signalini eshitgandan so'ng, harakatni boshlagunga qadar kop vaqt sarflayman. Start reaksiyasini takomillashtirish.

2 Startdan chiqishda qol va gavda harakatlari to'g'ri lekin, startdan chiqishda birinchi qadam uzunligi juda qisqa. Portlash kuchini takomillashtirish.

3 Yugurishda qadamlarim uzun lekin qadamlarni almashtirish sur ati past. Yugurish chastotasini takomillashtirish.

4 Masofani birinchi yarmini maksimal tezlikni pasaytirmasdan bosib otaman Lekin, masofining ikkinchi yarmida tezlik pasayadi. Tezkor-chidamlilik sifati rivojlantirish.

Olingan xulosalarni ya'ni progress natijalarini qisqa masofaga yugurish fazalari bo'yicha taqsimladik. Bundan yeng kop yo'l qo'yiladigan xatolar, kamchiliklar startdan chiqish hamda start tezlanishi fazalariga tegishli ekanligi aniqlandi. Natijada sportchilarni start reaktsiyasi, portlash kuchi, start tezlanishini rivojlanishga qaratilgan, zamonaviy vositalar bilan qurollangan mashgulotlar otkazildi.

2-jadval

Sprinterlarning startdan chiqish fazasi texnikasini takomillashtirishning zamonaviy

vositalari

Mashqni yo'naltirilganligi Mashq mazmuni Me'yori T.U.K

Start reaktsiyasini rivojlantirishga qaratilgan "Drebling" mashqi bajargan holda signalda bir qadam tashlash va joyiga qaytish. 6x15 sek Trener-instruktorlar yoki jamoadoshlari xushtak bilan sportchi atrofida joylashishadi. Sportchi va ular orasidagi masofa 1.5-2m.

1 daq

Startdan chiqishda portlash kuchini rivojlantirishga qaratilgan. Juft oyoqda rezinadan sakrash. 6x30 marta Rezina ustunlarga boglangan. Sportchining belidan xam ikkita ustunga tortilgan rezina bog'langan.

2 daq

Shtanga bilan otirib turib, yuqoriga sakrash. 5x8 marta Shtanganing ikkala tomoni bilan rezina arqon bilan sportchining oyoq- panja bo'g'imi ulangan, oyoq panja bo'g'imi bilan tayanch ham rezina arqon bilan tutashtirilgan.

3 daq

4 oy davom etgan tadqiqot davomida jalb etilgan 13 nafar sportchilarning odatdagi mashg'ulotlari dasturiga yuqoridagi vositalarni ham kiritildi. Tadqiqotdan so'ng sportchilarning natijalarini aniqlash maqsadida Progress metodi takror o'tkazildi. Bu metodda tajriba samaradorligini aniqlash mezoni bo'lib, tajribadan oldingi jadvaldagi 3-ustunning (progress) tajribadan keyingi jadvalga 1-ustunga (yutuq) mos kelishi hisoblanadi. Tadqiqotga jalb etilgan sprinterlarning 4 nafarida 100 % , 7 nafarida 60%, 2 nafarida esa 33% mosliklar kuzatildi.

3-jadval

Progress metodi (tajribadan keyin)

Yutuqlar Kamchiliklar Progress

Start reaksiya yaxshi rivojlangan. lekin, startda qo'l xarakatini boshlashda noqulaylik yuzaga keladi. Startdan chiqishda qo'l harakatini boshlash texnikasini takomillashtirish.

Startdan otilib chiqaman lekin, gavdani tez fursatda vertikal holatga ko'taraman. Start tezlanishi texnikasini takomillashtirish.

Masofa bo'ylab yugurishda qadamlarni tez almashtiraman lekin, yugurishda gavdani yon tarafga qo'zg'alma harakati kuzatiladi. Masofa bo'ylab yugurishda qo'lni xarakatlantirish texnikasini takomillashtirish.

Masofani ikkinchi yarmini tezlikni yanada oshira olaman. lekin, marraga 2-3 m qolganda tezlik pasayadi. Marraga kirish texnikasini psixologik jihatdan takomillashtirish.

Xulosalar. O'tkazilgan tadqiqotimiz natijasida quyidagi xulosalarni oldik: - Progress metodida tajribaga olingan sprinterlarni yutuq va kamchiliklari o'rganildi. -yeng ko'p yo'l qo'yiladigan xatolar, kamchiliklar startdan chiqish (34%) hamda start tezlanishi (29%) fazalariga tegishli ekanligi aniqlanib, start reaktsiyasi portlash kuchi, start tezlanishini rivojlanishga qaratilgan, zamonaviy vositalar bilan qurollangan mashg'ulotlar o'tkazildi.

-tadqiqotdan so'ng sprinterlarning 4 nafarida 80 %, 7 nafarida 60%, 2 nafarida esa 33% jadvaldagi 3-ustunning (progress) tajribadan keyingi jadvalga 1-ustunga (yutuq) mos kelishi kuzatildi.

-Progress metodi o'z nomi bilan rivojlanib boraveradi ya'ni vazifa hal qilingach, yana yangi vazifalar paydo bo'ladi. Bu esa tangangan metodni sportchilar tayyorlash tizimining barcha bosqichlarida qo'llash imkonini beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Давлетярова Л. Б. Говлар оша югурувчиларнинг тезкор-куч кобилиятини ривожлантириш воситаларининг самарадорлиги //Fan-Sportga. - 2021. - №. 5. - С. 2123.

2. Барьерчиларнинг югуриш техникасини шакллантириш методикаси, O'zMU xabarlari ВЕСТНИК НУУз ACTA NUUz Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti ilmiy jurnali, 2023/1/1

3. Davletyarova L., Abdulatipov S. SOGLOM AVLODNI SHAKLLANTIRISHDA REKLAMA-SPORT-OILA FAOLIYATI MUSHTARAKLIGI //Interpretation and researches. - 2024.

4. Davletyarova L., Zokirbayeva M. XOTIN-QIZLARNI SPORT MUSOBAQALARIGA TAYYORLASHNING PSIXOLOGIK ASOSLARI //Interpretation and researches. - 2024.

5. Солиев, И. Р., Холбекова, Д. Н., Давлатёрова, Л. Б., & Азамова, Г. Э. (2021). Енгил атлетиканинг киска масофага югуриш турларида техник тайёргарлик такомиллаштириш. Academic research in educational sciences, 2(Special Issue 1), 116-122.

6. Olimov M. S., Davletyarova L. B., Mirzhamolov M. K. Preparation of the reserve of the team of Uzbekistan on running with barriers //Theoretical and practical problems of the development of modern science.-2015.--S. - 2015. - С. 178-180.

7. Vladimirovna S. L., Rahimovna R. T., Vasilyevna I. T. V. Assessment Of Special Physical Preparedness Of Highly Qualified Short-Distance Runners //Journal of Pharmaceutical Negative Results. - 2022. - С. 1846-1851.

8. Асанова Н. В., Шириева С. И., Давлетярова Л. Б. СРАВНИТЕЛЬНАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА ПОКАЗАТЕЛЕЙ ТЕХНИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВЛЕННОСТИ ВЫСОКОКВАЛИФИЦИРОВАННЫХ БЕГУНИЙ НА 400 МЕТРОВ С БАРЬЕРАМИ //Academic research in educational sciences. - 2022. - Т. 3. - №. 12. - С. 352-361.

9. Kh M. M., Kattaev U. B., Davletyarova L. B. Adapting physical culture in disorders of the support-motor equipment //Theoretical and practical problems of the development of modern science.-2015.--S. - 2015. - С. 189-193.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.