Научная статья на тему 'YUQORI KUCHLANISHLI UZGICHLARNING PODSTANSIYALARDAGI O’RNI'

YUQORI KUCHLANISHLI UZGICHLARNING PODSTANSIYALARDAGI O’RNI Текст научной статьи по специальности «Электротехника, электронная техника, информационные технологии»

CC BY
1888
169
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ENERGETIKA / ELEKTRLASHTIRISH / TARMOQ / UZGICHLAR / PODSTANTSIYALAR / QISQA TUTASHUV TOKLARI / KAM MOYLI / VAKUMLI

Аннотация научной статьи по электротехнике, электронной технике, информационным технологиям, автор научной работы — Shamsiddinov Maqsudbek

Maqolada xozirda podstantsiyalarda ishlab turgan kam moyli uzgichlarning ishlash printsiplari va texnik imkoniyatlari o’rganilgan va yangi zamonaviy texnik imkoniyatlari yuqori bo’lgan vakuumli uzgichlardan foydalanish samarali ekanligi bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE PLACE OF HIGH POWER CIRCUITS IN SUBSTATIONS

The article examines the principles of operation and technical capabilities of low-oil circuit breakers currently operating in substations, and states that the use of new modern circuit breakers with high technical capacity is effective.

Текст научной работы на тему «YUQORI KUCHLANISHLI UZGICHLARNING PODSTANSIYALARDAGI O’RNI»

Shamsiddinov Maqsudbek, Namangan muhandislik-qurilish instituti, Namangan, O'zbekiston

E-mail: mahsudbek8868@gmail.com

Annotatsiya. Maqolada xozirda podstantsiyalarda ishlab turgan kam moyli uzgichlarning ishlash printsiplari va texnik imkoniyatlari o'rganilgan va yangi zamonaviy texnik imkoniyatlari yuqori bo'lgan vakuumli uzgichlardan foydalanish samarali ekanligi bayon etilgan.

Kalit so'zlar: energetika, elektrlashtirish, tarmoq, uzgichlar, podstantsiyalar, qisqa tutashuv toklari, kam moyli, vakumli.

THE PLACE OF HIGH POWER CIRCUITS IN SUBSTATIONS

Shamsiddinov Maqsudbek, Namangan Engineering and Construction Institute,

Namangan, Uzbekistan

E-mail: mahsudbek8868@gmail.com

Abstract. The article examines the principles of operation and technical capabilities of low-oil circuit breakers currently operating in substations, and states that the use of new modern circuit breakers with high technical capacity is effective.

Key words: power, electrification, network, circuit breakers, substations, short circuits, low oil, vacuum.

Oxirgi o'n yilda mamlakatimiz aholisining elektr energiyasiga bo'lgan talabi qariyb o'n barobar oshdi. Biroq mavjud quvvatlarning texnik jihatdan eskirgani, xususan, suv-energetika resurslaridan samarali foydalanilmagani oqibatida elektr tokiga ortib borayotgan ehtiyojni uzluksiz ta'minlashda sezilarli muammolar yuzaga keldi shu sabali Respublikamizda energetikani rivojlantirish asosida iqtisodiyot tarmoqlarini va ijtimoiy sohani elektr energiyasi bilan to'liq va sifatli ta'minlash bo'yicha katta miqyosda ishlar olib borilmoqda [1].

ВЕСТНИК НАУКИ И ТВОРЧЕСТВА

Bugungi kunda yirik ishlab-chiqarish va ilmiy-texnik salohiyatga ega bo'lgan mamlakatimiz energetikasi butun xalq xo'jaligi kompleksining rivojlanishiga salmoqli tahsir ko'rsatib kelmoqda. Yalpi elektrlashtirish vatanimiz shaharlari va viloyatlarining ishlab chiqarishi va infratuzilmasini rivojlantirishga, xalq xo'jaligining barcha tarmoqlarini industrial yuksaltirishga imkon berdi.

Iqtisodiy islohotlar yillari mobaynida sohaning energetik korxonalari tomonidan har yili 60 mlrd. kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda, bu esa iqtisodiyot va aholining elektr energiyasiga bo'lgan talabini to'liq qondirmoqda [2].

Hozirgi kunda barcha energiya manbalarini energetik quvvatlarini oshirish vazifasi bilan birga ishlab chiqarilgan energiyani uzatish, taqsimlash va yetkazish ishlarida energiya yo'qolishlarini keskin kamaytirish vazifasi turibdi.

Hozirda ishlab turgan aksariyat elektr tahminoti tizimi shu jumladan elektr tahminoti tizimining muxim kismi bulgan ularning bosh posaytiruvchi podstantsiyalari (BPP) yukori samara bilan ishlamaydi, ularda elektr energiya yukotishlar belgilangan mehyordan yukori va tez-tez avariya xolatlari sodir buladi. Bunga asosiy sabab podstantsiya qurilma va jixozlarini eskirganligi, montajini talabga javob bermasligi, korxonalarning ishlab chiqarish texnika va texnologiyalarini yuqori surhatlar bilan o'zgarishidir. Hozirgi zamon elektr energetikasi soxasining asosiy vazifalaridan biri yuqori samara bilan ishlaydigan va energiya tejamkor elektr tahminoti tizimini shakllantirishdir.

Uzgichlar podstantsiyalarda asosiy kommutatsion apparat xisoblanib, ular liniyalarni istalgan rejimlarda uzib ulash va liniyalarni o'ta yuklanish va qisqa tutashuv toklaridan ximoyalash uchun xizmat qiladi. Qisqa tutashuv toklarini uzish va mavjud qisqa tutashuv toklariga ulash eng og'ir mahsuliyatli operatsiya xisoblanadi shulardan kelib chiqib

Yuqori kuchlanish uzgichlariga quyidagi talablar qo'yiladi:

- belgilangan kattalikdagi toklarni ishonchli uzish;

- tez tahsir etish, yahni uzish vaqtining eng kichik bo'lishi;

- avtomatik qayta ulash uchun yaroqligi, yahni uzgichni uzilgan zaxoti qayta tez

ulash

- kontaktlarni qarash va reviziya qilish qulayligi;

- yong'in va portlashga xavfsizlik;

- transportirovka qilish va ishlatishning qulayligi.

Kam moyli uzgichlar xozirgi kunda barcha kuchlanishdagi ochiq va yopiq taqsimlash qurilmalarida keng qo'llaniladi. Bu uzgichlarlarda moy asosan yoyni so'ndiruvchi sifatida ishlatilib, faqat ajralilgan kontaktlar orasida qisman izolyasiya muxiti bo'lib xizmat qiladi. Tok o'tkazuvchi qisimlar bir-biridan va yerga tutashtirilgan konstruktsiyalardan chinni yoki boshqa qattiq izolyasiyalovchi materiallar yordamida izolyatsiyalanadi. Xona ichiga o'rnatish uchun uzgichlarning kontaktlari po'lat bochkada joylashadi. Kam moyli uzgichlar chinni korpusga ega 610 kV li osma tipdagi uzgichlar eng ko'p tarqalgan bo'lib bu uzgichlarda uchchala qutublar uchun krpus chinni izolyatorlarda umumiy ramkaga maxkamlanadi. Har bir qutubda kontaktlarning bitta uzilishi va yoy so'ndiruvchi kamera nazarda tutilgan [3].

»

55

ВЕСТНИК НАУКИ И ТВОРЧЕСТВА

Kam moyli uzgichlarning kamchiliklari: yong'in va portlashga xavfliligi, tez ishlovchi avtomatik qayta ulashni tashkil etib bo'lmasligi, moyni tez-tez nazorat qilib, uni almashtirib turish zarurligi, nisbatan kichik uzish qobiliyatiga egaligi.

Vakuumli uzgichlar ochiq va yopiq taqsimlash qurilmalarida va komplekt taqsimlash qurilmalaring yacheykalarida qo'llaniladi va u yuradigan aravachaga montaj qilinadi. Bunday uzgichlar 2000 A li uzish tokiga mo'ljallangan.

Manan eskirgan va zamonaviy tipdagi uzgichlarni texnik 'arametrlari va ularga qo'yilgan talablar bo'yicha jadval

Vmp-10 tipli kam moyli uzgich Uzgichlarga qo'yilgan talablar VV/TEL ti'li vakuumli uzgich

Nominal kuchlanishi U= 10 kV Nominal tok kuchi A= 630 A Qisqa tutatushuv toki Ik =20kA To'liq uzish vaqti t= 0,12 s Umumiy massasi m= 235 kg Yaroqlilik muddati 10-15 y Moyning xajmi 5,5 kg - Istalgan kattalikdagi toklarni ishonchli uzish - Ishlash vaqtida tez tahsir etish, yahni uzish vaqtining eng kichik bo'lishi - Avtomatik qayta ulash uchun yaroqliligi, yahni uzgich uzilgan zaxoti qayta tez ulanish - Kontaktlariga qarash va reviziya qilish qulayligi - Yong'in va portlashga xavsizligi - Transportirovka qilish va ishlatishga qulayligi Nominal kuchlanishi U= 10 kV Nominal tok kuchi A= 630 A Qisqa tutatushuv toki Ik =20kA To'liq uzish vaqti t= 0,05 s Umumiy massasi m= 55 kg Yaroqlilik muddati 30 y

Yoy so'ndiruvchi kameraning ish toki o'tadigan bosh kontaktlar bilin shuntlash vakuum uzgichlardagi nominal tokni ko'paytirish imkonini beradi. Bu holda yoy so'ndiriuvchi kamera zanjiriga faqat ulash va uzish operatsiyalaridagina ulanadi.

Ma'lumki vakuum oraliqining elektr mustaxkamligi atmosfera bosimidagi xavo oralig'idan bir necha marta katta. Bu xususiyatdan vakuum yoy so'ndiruvchi kameralaridan foydalaniladi. Kontaktlar bir biridan ajralganda ularning kontakt yuzalari tez kamayadi shuning uchun tegib turgan nuqtada undan o'tayotgan tok xisobiga tem'eratura keskin ko'tarlilib erigan metaldan ko'pirikcha xosil bo'ladi. Bu ko'pirikcha juda qisqa vaqt ichida qiziydi va bug'lanadi. Metall bug'lari muxitida yoy yonadi. Kuchli vakuum ostida zaryadlangan zarrachalar atrofdagi bo'shliqqa tez difuzyalanadi. Taxminan 10 mks dan so'ng kontaktlar orasida vakumning mustaxkamligi tiklanadi [4].

»

56

ВЕСТНИК НАУКИ И ТВОРЧЕСТВА

Vakuumli uzgichlarning asosiy afzalliklari - konstruktsiyasi sodda, yuqori uzish qobiliyatiga ega, tashqariga o'rnatishga yaroqli tashqi muxit omillariga chidamliligidir.

Yuqoridagilarga asoslangan xolda xozirda ishlab turgan podstantsiyalarni o'timal ish rejimlarida ishlatish va barcha elektr qurilmalarni energiya tejamkor zamonaviy ti'lariga o'zgartirish talab etiladi. Jadvalda manan eskirgan kam moyli va zamonaviy ti'dagi vakuum uzgichlarni texnik parametrlari va ularga qo'yilgan talablar keltirilgan.

Adabiyotlar:

1. Рожкова Л.Д, Карнеева Л.К., Чиркова Т.В. Электрооборудование электрических станции и подстанций: учебник. - Москва: АКАДЕМИА, 2004.

2. Allaev Q.Z, Siddiqov I.X, Hakimov M.H. Stantsiya va podstantsiyalarning elektr qismi. O'quv qo'llanma. - Toshkent, 2013 y.

3. Даминов А.А. Автоматическое регулирование источников реактивной мощности / А.А. Даминов, Н.М. Махмудов, Б.Б. Мамадалиев // Science Time. -2019. - № 4(64). - С. 68-71.

4. Перспективные направления автоматизированного управления процесса производства, передачи и потребления электроэнергии / А.А. Даминов, Т.У. Атмирзаев, Н.М. Махмудов, Ф.Ф. Шарипов // Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук. - 2017. - № 2-3. - С. 59-62.

5. Даминов А.А. Функциональные возможности и преимущества микропроцессорной системы воздушных линий / А.А. Даминов, Н.М. Махмудов // Science Time. - 2016. - № 3(27). - С. 159-161.

6. Даминов А.А. Применение бесконтактных аппаратов и логических элементов в схемах управления электроприводами / А.А. Даминов, Н.М. Махмудов, Ф.Ф. Шарипов // Science Time. - 2016. - № 11(35). - С. 143-147.

7. Даминов А.А. Автоматичечкое управление гидрогенератров и турбогенератров электростанции / А.А. Даминов // Инновационные подходы в современной науке: сборник статей по материалам LXXXII международной научно-практической конференции, Москва, 20 ноября 2020 года. - Москва: Общество с ограниченной ответственностью "Интернаука", 2020. - С. 32-37.

8. Daminov A.A. Transformatorlarni kuchlanishini avtomatik rostlash / A.A. Daminov // Science Time. - 2021. - № 5(89). - P. 61-64.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.