Научная статья на тему 'YUQORI KUCHLANISHLI SHINALARNI КПР AVTOMATIKASI ASOSIDA YUKSIZLANTIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH'

YUQORI KUCHLANISHLI SHINALARNI КПР AVTOMATIKASI ASOSIDA YUKSIZLANTIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Электротехника, электронная техника, информационные технологии»

CC BY
130
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Avtomatika / energotizim / oldingi rejimni nazorat qilish avtomatikasi / shinalarni avtomatik yuksizlantirish avtomatikasi / generator / automatics / power systems / automatic control of the previous mode / automatic tire unloading / generator

Аннотация научной статьи по электротехнике, электронной технике, информационным технологиям, автор научной работы — Bobur O‘tkir O‘g‘li Rashidov, Uchqun To‘lqin O‘g‘li Mingboyev

Mazkur maqola avtomatik boshqaruv tizimlarining energetika sohasidagi ahamiyatini baholash bilan birga, zamonaviy avtomatika vositasida energotizimlarning barqaror ishlashi masalasi yechimlarini o`zida mujassam etgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVEMENT OF DISSEMINATION OF HIGH POWER TIRES ON THE BASIS OF KPR AUTOMATION

This article, together with an assessment of the importance of automatic control systems in the energy sector, covers solutions to the issue of sustainable energy performance in modern automatics.

Текст научной работы на тему «YUQORI KUCHLANISHLI SHINALARNI КПР AVTOMATIKASI ASOSIDA YUKSIZLANTIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH»

YUQORI KUCHLANISHLI SHINALARNI KnP AVTOMATIKASI ASOSIDA YUKSIZLANTIRISHNI TAKOMILLASHTIRISH

Bobur O'tkir o'g'li Rashidov Uchqun To'lqin o'g'li Mingboyev

Navoiy davlat konchilik insituti magistrantlari

ANNOTATSIYA

Mazkur maqola avtomatik boshqaruv tizimlarining energetika sohasidagi ahamiyatini baholash bilan birga, zamonaviy avtomatika vositasida energotizimlarning barqaror ishlashi masalasi yechimlarini ozida mujassam etgan.

Kalit so'zlar: Avtomatika, energotizim, oldingi rejimni nazorat qilish avtomatikasi, shinalarni avtomatik yuksizlantirish avtomatikasi, generator

IMPROVEMENT OF DISSEMINATION OF HIGH POWER TIRES ON THE

BASIS OF KPR AUTOMATION

Bobur Utkir ugli Rashidov Uchqun Tulqin ugli Mingboev

Masters of Navoi State Mining Institute

ABSTRACT

This article, together with an assessment of the importance of automatic control systems in the energy sector, covers solutions to the issue of sustainable energy performance in modern automatics.

Keywords: automatics, power systems, automatic control of the previous mode, automatic tire unloading, generator

KIRISH

Hozirgi kunda energotizimlarni avtomatikasiz tasavvur qilib bo'lmaydi.Energotizimni avtomatlashtirish orqali elektr iste'molchilarni sifatli va ishonchli energiya bilan ta'minlash, xodimlarning mehnat unumdorligini oshirish va iqtisodiy samaraga erishish mumkin.Avtomatik boshqarish orqali yirik quvvatli elektr ornatmalarni oson va xavfsiz boshqarish imkoniyati yaratildi.Shu jumladan generatorlar himoyasida ham avtomatika vositalarining o'rni beqiyosdir. Elektr stansiyalardagi generatorlarning o'ta yuklama bilan ishlashi ularda turli xildagi shikastlanishlarni keltirib chiqaradi.Bizga ma'lumki generatorlar tan narxi jihatidan ancha qimmat qurilma hisoblanadi.Shuning uchun ularni bu shikastlanishlardan asrashimiz zarur.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Generator ishlash vaqtida stator va rotor chulg'amlari va aktiv po'lati qiziydi.Stator va rotor chulg'amlarining yo'l qo'yiladigan qizish temperaturasi birinchi navbatda foydalaniladigan izolyatsiya materiallari va sovutuvchi muhit temperaturasiga bog'liq.Izolyatsiyaning qizish temperaturasi qancha yuqori u shuncha tez eskiradi.Masalan B sinfdagi izolyatsiya materiallari (asvalt,biton asosidagi lak) uchun stator chulg'amlarining yo'l qo'yiladigan temperaturasi 105°C rotor uchun 130°C chegarada bo'lishi kerak. B sinfdagi izolyatsiyaning xizmat qilish muddati qizish temperaturasi 120°C gacha bo'lganda 15 yilga yaqin, 140°C gacha qiziganda esa 2 yilgacha qisqaradi.Qizish temperaturasi 105°C gacha bo'lganda izolyatsiya sekin eskiradi va xizmat qilish muddati 30 yilgacha boradi. Generatorning o'ta yuklama bilan ishlashi esa uning statori va rotori chulg'amlarining qizishiga sabab bo'ladi.Yuqoridagi ma'lumotlardan shunday xulosa kelib chiqadiki izolyatsiyaning me'yoriy qiymatdan biroz qizishi ham uning ishlash muddatiga katta tas'ir ko'rsatadi.Shinalarni avtomatik yuksizlantirish

Generator 1

1-rasm.Generatorlarning parallel ishlash sxemmasi

(APffl) avtomatikasi generatorni tarmoqqa ulayotgan vaqtda ishchi xodim tomonidan qo'lda kiritiladi ya'ni qaysi tarmoq o'chirilishi oldindan belgilab qo'yiladi.Buni misol yordamida ko'rib chiqamiz.Faraz qilaylik iste'molchilar 1-rasmdagi kabi elektr energiya bilan ta'minlangan.Iste'molchilarning har biri 150 Mvt quvvat iste'mol qilyapti deylik.Generatorlarning har biri 160 Mvt dan quvvat ishlab chiqaryapti. Generator-2 da qisqa tutashuv sodir bolsa Q3 o'chirgich generatorni tarmoqdan uzadi. Q5 o'chirgich ulanib tarmoqdan uzilib qolgan iste'molchilarni yana qayta tarmoqqa ulaydi.Endi barcha isre'molchilar Generator-1 dan taminlanadi ya'ni 300 Mvt li iste'molchini ta'minlashi kerak bo'ladi.Generator 1 ning o'rnatilgan quvvat 160 Mvt bo'lgani uchun u iste'molchilarni hammasini ta'minlay olmaydi.Mana shu jarayon generatorning o'ta yuklanishi deyiladi.Generator o'ta yuklanganda uning rotorining aylanish tezligi sekinlasha boshlaydi. Bu jarayonda Generator-1 tormozlanish jarayoniga tushib qoladi.Buni quyidagi ifodadan ham bilishimiz mumkin:

60 * п f = —

Bu yerda n-rotorning aylanishlar soni(ayl/min); p-statorning juft qutblar soni;

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Xuddi shunga o'xshash misolni elektr stansiyalarining ochiq taqsimlash qurilmalarida ham ko rib chiqamiz.Bugungi kunda ochiq taqsimlash qurilmalarida asosan ikki xil yuqori kuchlanishdagi taqsimlash shinalari mavjud.Bular 110 kv li taqsimlash shinalari hamda 220 kv li taqsimlash shinalari hisoblanadi.Bu ikkala shinani avtoransformatorlar bog'lab turadi.Qaysi shinaga quvvat yetishmayotgan bolsa aynan shu avtotransformator orqali yetishmayotgan tomonga quvvat oqib o4adi.Bu oqib o'tuvchi quvvat miqdori yetishmayotgan quvvat miqdori deb yuritiladi.Agar avtotransformator yoki uni shinalarga ulovchi o'chirgichlarda nosozlik chiqib qolsa avtotansformatordan quvvat oqib o4ishi toxtaydi.Bu jarayonda quvvat yetishmayotgan shinada iste'molchilar yuklamasi ortib ketadi va buning oqibatida shinada chastota pasayishni boshlaydi.Bunday holda tarmoqni barqaror saqlab qolishni yagona yo4i ortiqcha yuklamani o'chirish hisoblanadi.Yuqorida ko'rib chiqqan ikkala holimizda ham chastotaning standart qiymatdan pasayishiga guvoh bolyapmiz.

Eneгgotizimda chastotaning гuxsat etilgan og'ish chegaгasi ±0.1 Hz deb qabul qilingan.Agarda chastota bu ruxsat etilgan standart qiymatdan ko'proq og'ishsa bu avariya holatini keltirib chiqaradi. Shinalarni avtomatik yuksizlantirish (АРШ) avtomatikasi yuqori kuchlanishli shinalarda o rnatiladi va bunday avariyaviy jarayonlarda ortiqcha yuklamani o'chirish orqali energosistemaning barqaror ishlashini ta'minlaydi.

XULOSA

Biroq hozirgi kunga kelib energotizimning barcha sohalari yangilanish va takomillashishni talab qilmoqda.Oldingi rejimni nazorat qilish avtomatikasi shinalarni avtomatik yuksizlantirish avtomatikasiga qaraganda ancha tezkor va ishonchlidir.Bu avtomatikaning ishlashida inson omilining o'rni juda kam. Oldingi rejimni nazorat qilish avtomatikasida o'chirishi kerak bo'lgan tarmoq oldindan buyruq asosida bu avtomatikaga yuklanib qoyiladi. Oldingi rejimni nazorat qilish avtomatikasi eng zamonaviy relelar yordamida tayyorlanadi.Shuning uchun oldingi rejimni nazorat qilish avtomatikasi shinalarni avtomatik yuksizlantirish avtomatikasiga o'xshab yolg'on xabar orqali ishlab ketmaydi. Masalan, oldingi rejimni nazorat qilish avtomatikasi 400 Mvt quvvat ga o'rnatilgan deb olsak, qachonki shinadan 400 Mvt dan katta quvvat yoqotilsa shundagina avtomatika ishga tushadi.Agar shinadan 400 Mvt dan kam quvvat yoqotilsa bu avtomatika ishga tushmaydi.Bundan tashqari bu avtomatikaning shinalarni avtomatik

yuksizlantirish avtomatikasidan yana bir ustun tomoni shundaki u orqali iste'molchilarni toifasiga qarab o'chirish imkoniyati mavjud.Bu vazifani u boshqa yordamchi qurilmalarga signal berish orqali bajaradi.Bunda u birinchi bo'lib uchinchi toifadagi iste'molchilarni keyin esa ikki toifali va oxirida sharoitga qarab birinchi toifali ist'molchilarni o'chirishga buyruq beradi.Bu tanlovchanlik oz navbatida katta iqtisodiy zararlarni oldini olishga yordam beradi.

REFERENCES

1. Рожкова Л.Д, Козулин В.С-Станция ва подстанцияларнинг электр кдсми

2. М.А.Беркович, А.Н.Комаров, В.А.Семенов-Основы автоматики энерго-систем.-Москва «Энергоиздат», 1981

3. A.D.Taslimov, T.S.Mamarasulova, D.A.Rismuxamedov-Rele himoyasi. Toshkent, 2013

4. Кривенков В.В. Противоаварийная автоматика

5. Овчаренко Н.И. Автоматика электрических станций и электроэнергетичес- ких систем.

6. М.В.Андреев, Ю.С.Боровиков, А.С.Гусев, А.О.Сулайманов -Автоматика энергосистем

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.