Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Research BIB / Index Copernicus
UDK 323.1.(575.1)
YOSHLARNING MILLIY IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDAGI ISHTIROKIGA QARSHI QILINAYOTGAN AXBORIY-MAFKURAVIY
TAJOVUZLAR
Xo'janova Tamara Jo'rayevna
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti dotsenti, falsafa fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)
ANNOTATSIYA
Maqolada yoshlarning milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi ishtirokiga qarshi qilinayotgan axboriy-mafkuraviy tajovuzlar va ularni oldini olish chora-tadbirlari ilmiy jihatdan asoslab berildi. Bugungi kunda global miqyosda kuchayib borayotgan ma'naviy tahdidlar, g'oyaviy-mafkuraviy xurujlar, ma'naviy buzuqliklarga qarshi jamiyatda mafkuraviy profilaktikani yanada kuchaytirish ob'ektiv zaruriyatdir. Ayniqsa, yoshlar ijtimoiy-demografik qatlamining mafkuraviy ongi, ma'naviy immuniteti va axloqiy sifatlarini rivojlantirishda hamda har tomonlama g'oyaviy himoyalashda mafkuraviy profilaktika konstruktiv ahamiyat kasb etmoqda.
Kalit so'zlar: globallashuv, milliy iqtisodiyot, rivojlanish, axboriy-mafkuraviy tajovuzlar, mafkuraviy profilaktika, ma 'naviy buzuqlik.
ИНФОРМАЦИОННО-ИДЕОЛОГИЧЕСКИЕ АТАКИ НА УЧАСТИЕ
МОЛОДЕЖИ В РАЗВИТИИ НАЦИОНАЛЬНОЙ ЭКОНОМИКИ
АННОТАЦИЯ
В статье научно обоснованы информационно-идеологические атаки на участие молодежи в развитии национальной экономики и меры по их предотвращению. Сегодня объективной необходимостью является дальнейшее усиление идеологической профилактики в обществе против моральных угроз, идеологически-идеологических нападок и нравственной коррупции, которые усиливаются в глобальном масштабе. В частности, идеологическая профилактика приобретает конструктивное значение в развитии идеологического сознания, духовного иммунитета и нравственных качеств социально-демографического слоя молодежи, а также в всесторонней идеологической защите.
Ключевые слова: глобализация, национальная экономика, развитие, информационно-идеологические атаки, идеологическая профилактика, моральное разложение.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Research BIB / Index Copernicus
INFORMATION AND IDEOLOGICAL ATTACKS ON THE PARTICIPATION OF YOUTH IN THE DEVELOPMENT OF THE
NATIONAL ECONOMY
ABSTRACT
The article provides scientific evidence for the information and ideological attacks on the participation of young people in the development of the national economy and measures to prevent them. Today, there is an objective need to further strengthen ideological prevention in society against moral threats, ideological and ideological attacks and moral corruption, which are increasing on a global scale. In particular, ideological prevention is acquiring constructive significance in the development of ideological consciousness, spiritual immunity and moral qualities of the socio-demographic layer of young people, as well as in comprehensive ideological protection.
Keywords: globalization, national economy, development, information and ideological attacks, ideological prevention, moral decay.
KIRISH
Bugungi milliy yuksalish sharoitida mamlakatimizda yoshlarni insonning ma'naviy takomilini yuksaltirish, ma'rifatli shaxs etib tarbiyalash muhim ustivor yo'nalishga aylandi. Bu esa, ijtimoiy barqarorlikni ta'minlashning tarkibiy qismi bo'lib, yoshlarning mamlakatda olib borilayotgan islohotlarda faol ishtirokchi bo'lishini ta'minlaydi. Q.Quronboevning ta'kidlashicha, "Adolatli, demokratik jamiyatni qurish va rivojlantirish sharoitida mamlakatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning ta'minlanishi bilan birga aholi ongu tafakkurida ma'naviy-ruhiy qadriyatlarning qaror topishi insonlar dunyoqarashining tubdan o'zgarishi, O'zbekistonning milliy taraqqiyotining rivojlanishiga xizmat qilmoqda" [3, 237-b.].
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev ta'kidlaganlaridek: "Bizning asosiy vazifamiz - yoshlarning o'z salohiyatini namoyon qilish uchun zarur sharoitlar yaratish, zo'ravonlik g'oyasi "virusi" tarqalishining oldini olishdir. Buning uchun yosh avlodni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, uning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ko'p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish lozim deb hisoblaymiz" [1, 252-b.].
Axborot va bu boradagi konseptual g'oyalari qonuniyatlarini ilmiy tadqiq etishda rus olimlaridan I.Albegova, F.Albegov [4], S.SHavel [5], A.R.Kazakov [6, 131 b.] lar tadqiqotlarini alohida ko'rsatib o'tish lozim. G.Osadchaya, T.Zaslavskaya [7, 13-25-bb.]lar ijtimoiy sohani ijtimoiy yondoshuvlar orqali o'rganganlar.Ijtimoiy rivojlanishda axborot masalalari xorijiy olimlarning bir qancha ishlarida tadqiq
Research BIB / Index Copernicus
etilgan. Ularning vakillari ichida K.Frimen [7, 159-167-bb.], L.Perre [10, 73-80-bb.], P.Draker [11, 53-b.], J.Zaltmen [12, 344 b.], B.Santo [13, 22-b.], P.Greminger [14, 356-364-bb.] kabilarni ko'rsatib o'tish mumkin.
"Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili" Davlat dasturida "2023/2024 o'quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich umumiy o'rta ta'lim muassasalarida o'quvchilarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, ularda kommunikativ ko'nikmalar, tanqidiy va kreativ fikrlash, jamoa bo'lib ishlash, tadqiqotchilik kabi ko'nikmalarni shakllantirishga yo'naltirilgan ta'lim dasturlari amaliyotga kiritilsin" [2], degan ijtimoiy vazifa belgilangan bo'lib, yoshlarni globallashuv davrida ma'naviy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash maqsad qilingan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Yoshlarni tadbirkorlik, kitobxonlik, axborot texnologiyalari, innovatsion g'oyalarini qo'llab-quvvatlash, psixologik xizmatlar ko'rsatish hamda liderlik qobiliyatini shakllantirish bo'yicha ishlar olib borish muhim jarayondir. Joylarda innovatsiya va texnologiya transferi markazlari, texnoparklar, laboratoriyalar, startap va biznes akseleratorlar tashkil etish, fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarini qo'llab-quvvatlash va doimiy moliyalashtirish masalalarini yanada kuchaytirish muhimdir. Yoshlar faoliyati bilan bog'liq bo'lgan ko'pgina muammolarni tahlil qilishda ularning ijtimoiy, iqtisodiy va ma'naviy xususiyatlarini quyidagicha ko'rsatish mumkin:
- jamiyatda, ayniqsa hududlarda yoshlarning ijtimoiy hayotningg barcha jabhalaridagi o'rni va rolini baholashda ilmiy yondoshuvlarning to'laqonli emasligi;
- yoshlar guruhlari va ijtimoiy faoliyatining davriy chegaralarini aniqlash masalalari to'liq ilmiy asoslanmaganligi;
- yoshlarning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy jarayonlarga ijtimoiylashuvining o'ziga xos xususiyatlarning spetsifikasi to'liq o'rganilmaganligi;
- yoshlarning mehnat jamoasida adaptatsiyalashuvi, ya'ni ko'nikish qobiliyatlarining darajalari, me'yorlari va mezonlarining to'liq tahlil etilmaganligi.
Yoshlar muammolarini o'rganish, tahlil etish, xulosalar tayyorlash va takliflar berishda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish muhimdir:
l.Targ'ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish
2.Suhbatlar, sotsiologik tadqiqotlar o'tkazish
3.Seminar trening, ilmiy anjuman o'tkazish
4.O'quv, uslubiy qo'llanma nashr etish
5. Ommaviy axborot vositalarida chiqishlarni muntazam tashkil etish.
Research BIB / Index Copernicus
Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirishda quyidagi masalalarga e'tibor qaratish muhim:
- yoshlarning jamiyat taraqqiyotidagi faoliyatlariga yana kengroq yo'l ochish va uni ta'minlash uchun ularning o'zlaridagi faollik, islohotlar jarayonlariga kamarbastalik, islohotlarga ishonch, demokratik qadriyatlarning abadiyligiga suyanish fazilatlarini tarbiyalash;
- yoshlarning yangilikka intilishi, tashabbuskorligi, erkin bozor iqtisodiyotiga tez ko'nikishi, yangi-yangi innovatsion g'oyalarini rag'batlantirish;
- sog'lom avlod tarbiyalash faoliyatini qo'llab-quvvatlash va barcha zarur imkoniyatlarni yaratish, sog'lom avlod tushunchasi sirasiga esa nafaqat jismoniy sog'lomlik, ichki ruhiy, psixologik, ma'naviy va mafkuraviy sog'lomlik unsurlarini kiritish, yoshlar sog'lomligini umuminsoniy va milliy qadriyatlar negizida qurish;
- yoshlar kayfiyatlari, manfaatlari va ijtimoiy-siyosiy ahvolini o'rganish va ilmiy tahlil etish bo'yicha turli sotsiologik tizimlar faoliyatini rivojlantirish, yoshlar ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy ahvoli monitoringini amalga joriy etish.
Dunyoning ko'zga ko'ringan nazariyotchilari, ekspert va mutaxassislari globallashuvni iqtisodiyotda ketayotgan jarayon sifatida qarab kelmoqdalar. Jumladan, iqtisodiyot bo'yicha Nobel mukofotining sovrindori, Kolumbiya universitetining professori (AQSH) Jozef Stiglits, AQSHning taniqli faylasufi va sotsiologi Frensis Fukuyama, shu mamlakat prezidentining sobiq yordamchisi, taniqli sotsiolog Zbignev Bjezinskiy, iqtisodiyotni Bombey, Kembridj, Oksford universitetlarida, Massachuset texnologiya institutlarida va Kolumbiya universitetlarida o'rgangan globallashuv bo'yicha ekspert, dunyoning etakchi iqtisodchilaridan biri Jagdish Bxagvati va boshqa bir qator iqtisodchilar globallashuvni jahon iqtisodiyotida sodir bo'layotgan jarayon sifatida qaraydilar [15, 42-b.]. Shuning bilan bir qatorda globallashuvni siyosat va davlatchilik bilan bog'lab qaraydiganlar ham bor. Ular jumlasiga globallashuvni o'rganuvchi Yel markazi eksperti (AQSH) Mark Sirvel, J.Kennedi nomidagi Garvard universitetining Siyosat maktabi institutining derektor o'rinbosari Devid King, rossiyalik etakchi analitik "Siyosat" jamg'armasi prezidenti Vyacheslav Nikonov va boshqalarni kirish mumkin [15, 42-45-bb.]. Ulardan, masalan Jozef Stiglitsning fikri qo'yidagicha: "globallashuv insonlar hayotini yaxshilashning eng yaxshi potensialidir, shu jumladan, rivojlanayotgan mamakatlar aholisi yaxshilanmoqda. Uning ayrim yo'nalishlari hozirning o'zida, masalan, ilmning globallashuvi sog'liqni saqlash, insonlarning umrini uzaytirishga olib keldi" [15, 43-b.]. Bundan tashqari ularda ham globallashuvni turli sohalarda sodir bo'layotgan integratsiyalashuvning natijasi
Research BIB / Index Copernicus
sifatida qarashlar ustuvorlikni tashkil qiladi. SHuning bilan birga unga ko'pchilik mualliflar jarayon sifatida qarashmoqdalar. Bunday qarash mazmunini dunyo mamlakatlar o'rtasidagi iqtisodiy aloqalarning tabiiy ravishda mustahkamlanib borishi va ularning o'zaro integratsiyalashuvi natijasi sifatida, sub'ektiv omillar ta'siri - ya'ni katta iqtisodiy salohiyatga ega bo'lgan davlatlarning kam taraqqiy qilgan mamlakatlarning resurslarini turli yo'l va vositalar bilan qo'lga kiritish maqsadida amalga oshirilayotgan tadbirlarning natijasi sifatida qarashlar ham mavjud. Xullas, globallashuv tushunchasi haqida qarashlar turli tumanligicha davom etib kelmoqda. Bu tabiiy xol. Chunki uning makon va zamonda sodir bo'lish xususiyatlari turlicha bo'lib dunyoning o'zgarishiga o'tkazayotgan ta'sirida ham yangi yangi imkoniyatlari namoyon bo'lmoqda.
Yuqorida keltirilganlardan ko'rinib turibdiki, globallashuv jahon miqyosida bir qator ijobiy ahamiyatga ega bo'lmasin uning ta'sirida millatlar ijobiy hayotida sodir bo'ladigan salbiy jarayonlarning oldini olish umuminsoniy muammo darajasiga aylanib bormoqda. Bugungi kunga kelib globallashuv ta'sirida shakllanayotgan "ommaviy madaniyat" barcha xalqlar va millatlar ma'naviy hayotiga kirib kelmoqda. Hech mubolag'asiz aytish mumkinki, bironti ham milliy ma'naviyat uning ta'siridan chetda qolayotgani yo'q. Jumladan, o'zbek milliy-ma'naviyati ham globallashuv ta'sirida "ommaviy madaniyat" hisobiga boyib bormoqda - desam adashmayman. Bugun nafaqat shaharlarda, shuningdek ayrim qishloqlarda ham kiyinishdan Ovropaliklardan farq qilmaydigan yarim yalang'och qizlarimizning ko'payotgani, milliy estradamizdan ko'ra "REP"ni ulug' ko'radigan, u o'ynalayotganda o'zini boshqara olmay behayo qiliqlar qilayotgan yoshlarimizning sonining oshib borayotganligi, jamiyatimizda individiualizmga moyillikning rivojlanib borayotganligi milliy qadriyatlarimizning "kattaga hurmat, kichikka izzat" -qarindosh-urug'chilikda oila muqaddasligi kabi durdonalarining amal qilishining susayotgani, va boshqa bir qator milliy-ma'naviy, ahloqiy qadriyatlarimizda paydo bo'layotgan salbiy o'zgarishlar globallashuvning ta'sirida sodir bo'layotganligining guvohi bo'lib turibmiz.
Aslida, globallashuv bilan bag'rikenglik bir-biriga zid bo'lgan omillar hisoblanadi. YUqorida ta'kidlaganimizdek, globallashuv iqtisodiy hayotda qanchalik ijobiy ahamiyat kasb etmasin, u baribir milliy - ma'naviyatning emirilishiga o'tkazadigan ta'siri bilan nihoyatda xatarli jarayon hisoblanadi. Agar milliy-ma'naviy turli-tumanlik, ularning o'ziga xos go'zalligi, ifori, ohangrabosi barbod bo'ladigan bo'lsa, insoniyat ulardan mahrum bo'ladigan bo'lsa, u faqat qorni uchun yashaydigan manhurtga aylanib qolsa, bu yorug' olamda uning o'rni qaerda qoladi, bugungi
Research BIB / Index Copernicus
tamaddun muhlatidan avval tugamaydimi?.. - degan savolni qo'yish va ularga javob izlash bugunning eng dolzarb muammolariga aylandi.
Fikrimizcha, globallashuv jarayon ekan, uni kuch bilan to'xtatib bo'lmas ekan, uning milliy-ma'naviyatga o'tkazadigan ta'siridan himoyalanishining kamida ikkita imkoniyati bor. Ulardan birinchi, globallashuvning ob'ektiv jarayon sifatida qabul qilib, unga qarshi kuchni emas, balki ma'rifatni qo'yish, unga bag'rikenglik bilan munosabatda bo'lish to'g'ri bo'ladi. Buning ma'nosi shuki, uning barcha ijobiy imkoniyatlardan milliy taraqqiyot yo'lida foydalanish lozim. Uning dunyo fani, texnika va texnologiyasida sodir bo'layotgan eng so'ngi yutuqlarni ommalashtirishdagi imkoniyatlardan samarali foydalanish globallashuv jarayoniga bag'rikenglik bilan munosabatda bo'lishni bildiradi. Agar bu jarayondan mohirlik bilan foydalanilsa milliy taraqqiyotda kutilayotgan natijalarni qo'lga kiritish mumkin bo'ladi. Ana shu jihatdan qaraganda globallashuv bilan bag'rikenglik bir-biriga zid omillir emas, balki ular milliy-taraqqiyotga ijobiy ta'sir o'tkazidigan omillar sifatida qaralishiga erishishimiz lozim.
Ikkinchidan, globallashuvning salbiy ta'sirlaridan himoyalanishda milliy intelektualni uning tezlik ritimlaridan yuqori darajada rivojlanishiga erishishni strategik vazifa sifatida amalga oshirish muhim amaliy ahamiyatga ega bo'ladi. Buning ma'nosi shuki, globallashuvning ta'sirida dunyoda fan, texnika va texnologiya sohasida erishilayotgan yutuqlarni o'z hayotimizda foydalanishda boqimandalarga aylanib qolmasligimiz lozim. Bu jarayonda biz ham o'z intelektual salohiyatimiz bilan teng qatnashishga erishamiz globallashuvning salbiy ta'siridan himoyalanishimizga yordam beradi. Globallashuv ta'sirida intelektual boqimandalik milliy taraqqiyot uchun halokatli yo'ldir. Unda faqat teng qatnasholsak, o'zimizning o'rnimizga ega bo'lsak, millatimiz o'z yuzini, o'zligini saqlab qoladi va bugungi tamaddunning uzoq umr ko'rishiga o'zining hissasini qo'shishi mumkin bo'ladi.
Uchinchidan, bugungi kunda jahon miqyosida o'z ta'sirini kuchaytirayotgan "ommaviy ma'naviyat"ga qarshi o'zimizning milliy- ma'naviy merosimizni: a) mamlakatimizda yoshlarimiz o'rtasida keng ommalashtirishimiz; b) ular ongi va qalbida milliy-ma'naviy merosimizning o'zga "ommaviy madaniyat"dan ustun, boy va go'zal ekanligini singdirishimiz lozim. Bu vazifani amalga oshirishda mablag'ni ayamasligimiz va ayni paytda har birimizning fidoiylik ko'rsatishimiz, bu vazifa millatning ertangi kerak bo'lsa istiqbolda ham o'z "men"ligini saqlab qolishi bilan bog'liq ekanligini har bir millatdoshimizning anglab etishiga erishamiz.
Buning uchun esa ta'lim va targ'ibot ishlarini yangi pog'onada ko'tarishimiz lozim: b) milliy-ma'naviy merosimizni jahon miqyosida ommalashtirishni yanada kengaytirish; ya'ni "ommaviy madaniyat"ga nisbatan milliy ma'naviyatimizning boy
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Research BIB / Index Copernicus
va go'zal ekanligini dunyo miqyosida tarannum etishimiz lozim bo'ladi. SHu muhim masalaga asosiy e'tibor qaratishimiz lozimki, "ommaviy madaniyat" milliy madaniyatlar sintezi emas, balki taraqqiy qilgan, qo'lida zamonaviy texnika va texnologiyaning eng so'ngi yutuqlari mavjud bo'lgan, dunyoga xo'jayinlik qilmoqchi bo'lgan bir xovuch karchilonlar madaniyati ekanligini har doim yoshlarimiz ongiga singdirishimiz, uning salbiy oqibatlari haqida har doim bong urishimiz lozim. Ayni paytda "milliy ma'naviyat"ning "ommaviy madaniyat" hisobiga emas, balki milliy zaminlarimiz hisobiga boyib borishi milliy taraqqiyotimizning strategik vazifasiga aylanishiga erishishimiz globallashuvning milliy-ma'naviyatga o'tkazadigan ta'siridan himoyala- nishimizning muhim omili ekanligini doimo qarashlarimiz va hatti- harakatlarimizda o'z ifodasini topmog'i lozim. "Ommaviy madaniyat"ning milliy-ma'naviyatga o'tkazadigan salbiy ta'siridan himoyalanishda kuchga nisbatan intelektualga milliy-ma'naviy merosga va fidoiylikka tayanish, bu jarayonda bag'rikenglik ruhiyatiga amal qilishimizni bildiradi.
Bugun globallashuv jarayonini to'xtatishga hech qanday kuch va qudrat etmagan sharoitda, unga bag'rikenglik bilan qarab, uning "tashqarisida" emas "ichkarisida" qatnashishimiz milliy taraqqiyotimiz uchun amaliy ahamiyatga ega bo'ladi. Zero, bugun taraqqiyotga qarashlar bilan emas, balki o'zaro monandlik tenglik, o'zaro manfaatdorlik bilan erishish mumkinligi hayotiy haqiqatga aylanib bormoqda.
Har qanday kurashga qarshi kurash albatta o'zining aks sadosini berish ham bugunning haqiqatdir. Boz ustiga taqlidchilikning yoshlar o'rtasidagi ma'naviy boyishning muhim manbasiga aylanib borayotganligi sharoitida globallashuv milliy-ma'naviyatga o'tkazadigan ta'siridan unga qarshi "kurash"dan emas, balki unda to'laqonli teng qatnashishga erishimiz amaliy ahamiyatga ega bo'ladi. Globall ashuv sharoitida bag'rikenglik g'oyasi va amaliyotning o'rni va ahamiyati ham ana shu faoliyatida o'z ifodasini topadi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, xavfsizlikni ta'minlash nazari asosida ma'naviy sohadagi tahdidlar qatoriga quyidagilarni ko'rsatib o'tish mumkin:
- insonning barqaror ijtimoiy hayotiga zid bo'lgan, uning turli sohalariga qaratilgan axborot tahdidlari, axborotni manipuliyasiyalash (yolg'on xabar tarqatish, ma'lumotni yashirish, o'zgartirish, maqsadsiz yo'naltirish va boshqalar);
- milliy urf-odatlar, qadriyatlar, axloqiy me'yorlar, etnik-madaniy va milliy tarixiy ildizlaridan ajratishga qaratilgan turli ko'rinishlardagi harakatlar;
- mafkuraviy, madaniy, ma'naviy va iqtisodiy ekspansiyalar;
- aholining jismoniy, ma'naviy va psixologik sog'lig'ini ta'minlash uchun tizim faoliyati ishchanlik darajasining pastligi;
Research BIB / Index Copernicus
- ta'lim-tarbiya tizimida o'tkazilayotgan islohotlarning zamonaviy tahdidlarga chidamsizligi;
- intellektual mulkning qadrlanmasligi hamda uni himoyalashning me'yoriy chora-tadbirlarining yaratilmaganligi;
- madaniy va moddiy boyliklarning asrab-avaylanmasligi, yanada ommaviylashtirishda turli to'siqlarning mavjudligi singari omillar ta'sirini ko'rsatib o'tishimiz mumkin.
ADABIYOTLAR (REFERENCES):
1. Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. 2-kitob. - Toshkent: "O'zbekiston", 2018, 252-b.
2. 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasini "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. 28.02.2013. https://president.uz/uz/lists/view/5980.
3. Quronboev Q. Rahbar ma'naviyati. -Toshkent, Tafakkur, 2017. - B. 237.
4. Албегова И.Ф. Институционализация социальной работы в современной России: теория и практика. Ярославль: ЯрГУ, 2004.
5. Шавель И.И., Васько Ю.П., Погребенко Б.Н. и др. //Материалы международной конференции, посвященной 70-летию АГТУ. - Астрахань,
6. Казаков А.П. Теория прогресса в русской социологии конца XIX века (П.Л. Лавров, Н.К. Михайловский, М.М. Ковалевский). - Ленинград: Изд-во ЛГУ. 1969. -131 с.
7. Заславская Т.Н. Человеческий потенциал в современном трансформационном процессе. - Общественные науки и современность, 2005, № 4. - Б. 13-25.
8. Осадчая, Г.И. (2014). Социология социальной сферы. Социальная политика и социология, 2014, № 2 (4-1). - Б. 133-147.
9. Freeman, L. (2004). The development of social network analysis. A Study in the Sociology of Science, 1(687), 159- 167.
10. Perre, L., Pattamadilok C., Montant M., & Ziegler J.C. Orthographic effects in spoken language: Online activation or phonological restructuring?. Brain research, 1275, 73-80.
11. Drucker, P. F. (1984). Converting social problems into business opportunities: The new meaning of corporate social responsibility. California Management Review (pre-1986), 26(000002), 1984. - С. 53.
2000.
Research BIB / Index Copernicus
12. Залтман Дж. Как мыслят потребители. То о чем не скажет потребитель, то чего не знает ваш конкурент / Джеральд Залтман. СПб.: Прайм-Еврознак, 2006.
13. Vicinanza, F., Ippolito, E., Sisto, A., Santo, B., Fiore, M., Trodella, L. E., ... & Ramella S. The psychological impact of the covid-19 pandemic on radiotherapy cancer patients. Translational Oncology, 2022. - P. 22.
14. Greminger, R. F. (1987). The mini-abdominoplasty. Plastic and reconstructive surgery, 79(3), 356-364.
15. Uzbekistan and Central Asia. - Центр политических исследований. Информационно-аналитический Бюллетень. IX-2007. - С. 42-45.
- 344 с.