Научная статья на тему 'YOSHLARNING DUNYOQARASHI VA XULQ-ATVORIGA TA'SIR ETUVCHI IJTIMOIY PSIXOLOGIK OMILLAR'

YOSHLARNING DUNYOQARASHI VA XULQ-ATVORIGA TA'SIR ETUVCHI IJTIMOIY PSIXOLOGIK OMILLAR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1901
93
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yoshlar psixologiyasi / xulq-atvor / dunyoqarash / fikrlar olami / aqliy koʻrsatkich / maʼnaviy tahlil. / youth psychology / behavior / worldview / world of thoughts / mental index / spiritual analysis.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Toshpolatov Abdulaziz Quvondiq Oʻgʻli

Ushbu maqolada yoshlarning dunyoqarashi va xulq-atvoriga ta'sir etuvchi ijtimoiy psixologik omillar toʻgʻrisida fikrlar yuritiladi va bu borada qilinishi kerak boʻlgan ishlar haqida takliflar keltiriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOCIAL PSYCHOLOGICAL FACTORS AFFECTING THE OUTLOOK AND BEHAVIOR OF YOUNG PEOPLE

This article discusses the socio-psychological factors that influence the worldview and behavior of young people and makes suggestions about what needs to be done in this regard.

Текст научной работы на тему «YOSHLARNING DUNYOQARASHI VA XULQ-ATVORIGA TA'SIR ETUVCHI IJTIMOIY PSIXOLOGIK OMILLAR»

YOSHLARNING DUNYOQARASHI VA XULQ-ATVORIGA TA'SIR ETUVCHI IJTIMOIY PSIXOLOGIK OMILLAR Toshpo'latov Abdulaziz Quvondiq o'g'li

Chirchiq davlat pedagogika universiteti, Pedagogika fakulteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6811688 Annotatsiya. Ushbu maqolada yoshlarning dunyoqarashi va xulq-atvoriga ta'sir etuvchi ijtimoiy psixologik omillar to'g'risida fikrlar yuritiladi va bu borada qilinishi kerak bo'lgan ishlar haqida takliflar keltiriladi.

Kalit so'zlar: yoshlar psixologiyasi, xulq-atvor, dunyoqarash, fikrlar olami, aqliy ko'rsatkich, ma'naviy tahlil.

СОЦИАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ФАКТОРЫ, ВЛИЯЮЩИЕ НА МИРОВОЗЗРЕНИЕ И ПОВЕДЕНИЕ МОЛОДЕЖИ Аннотация. В данной статье рассматриваются социально-психологические факторы, влияющие на мировоззрение и поведение молодежи, и высказываются предложения о том, что необходимо сделать в связи с этим.

Ключевые слова: психология молодежи, поведение, мировоззрение, мир мыслей, ментальный индекс, духовный анализ.

SOCIAL PSYCHOLOGICAL FACTORS AFFECTING THE OUTLOOK AND BEHAVIOR OF YOUNG PEOPLE Abstract. This article discusses the socio-psychological factors that influence the worldview and behavior of young people and makes suggestions about what needs to be done in this regard.

Key words: youth psychology, behavior, worldview, world of thoughts, mental index, spiritual analysis.

KIRISH

Milliy istiqlol tufayli taraqqiyotning barcha sohalarida jadal rivojlanib borayotgan mamlakatimizda yosh avlodni jahon andozalari talablariga javob beradigan, fan-texnika yangiliklaridan xabardor, mustaqil fikrlay oladigan, hayotga dadillik bilan kirisha oladigan, tadbirkor, ma'naviy jihatdan barkamol qilib voyaga yetkazish dolzarb vazifalardan hisoblanadi.

Bugungi kunda mamlakatimizda 18 yoshgacha bo'lgan yoshlar aholining taxminan 45 foizini tashkil etadi. Shuni alohida ta'kidlash joizki, bu yoshda insonning ongi, axloqi, ma'naviy qiyofasi shakllanadi. Shu bois mamlakatimizda bunday yoshlarga e'tibor kuchaytirilgan.

Yoshlik davri 23-28 yoshlardan iborat bo'lib, bu davrning o'ziga xos xususiyatlaridan biri ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida kamolga erishgan shaxs sifatida faol ishtirok qilish va ishlab chiqarishda mehnat faoliyatini amalga oshirishdan iboratdir.

TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI

Yoshlaning dunyoqarashi, xulq-atvori va komil inson sifatida shakllanishuda ta'sir etuvchi muhim ijtimoiy psixologik omillardan ijtimoiy muhit va bu jamiyatda axborot kommunikatsion texnologiyalarga bo'lgan talab va ehtiyojning kuchayishidir. Kun sayin jadal rivojlanib borayotgan axborot asrida zamonaviy texnika vositalaridan fiydalanmaslikning yoki ularga murojaat etmasliknig hech bir iloji yo'q. Chunki dunyoqarashning shakllanishida, ma'naviy olamining yanada kengayishida ayniqsa kompyuter texnologiyasi asosiy vosita rolini

bajarmoqda. Bu bir tomondan quvonarli holat. Bugungi kunda biz yoshlar mana shunday katta imkoniyatlardan xohlagancha foydalanib, O'qish yoki ish davomida vaqtimizdan ancha unumli foydalanmoqdamiz. Ammo... Shiddat bilan yuksalib borayotgan fan texnika asrida, internet va ijtimoiy tarmoqlarning ijobiy jihatlari bilan bir qatorda uning yoshlar ma'naviyatiga, yangiliklarga chanqoq ongiga, dunyoqarashiga salbiy ta'sirning ham guvohi bo'lyapmiz. Zimdan e'tibor bersak , inetnet kafelariga serqatnov yoshlar u yerga borishib, har xil buzg'unchi g'oyalar ruhidagi o'yinlarni tomosha qilayotganliini, vaqtlarini besamar o'tkazayotganligini guvohi bo'lyapmiz. Eng achinarlisi, befarq ota-onalar farzandim internetda o'tirib, bilim olyapti, deb o'ylashadi. Shu ma'noda turli ma'naviy tahdidlardan hayotimizni asrash, ma'naviy bo'shliqqa yo'l qo'ymaslik, yoshlarimizni dunyoqarashiga, xulq-atvoriga ta'sir salbiy etuvchi omillardan asrash uchun, avvalambor, sog'lom g'oyalar orqali jahon maydonida yuz berayotgan keskin aql zakovat va iste'dod musobaqasida bellashuvga qodir bo'lishimiz lozim. Bunday bellashuvga kirishadigan shaxsning nafaqat bilimi, balki uning axloqiy qarashlari yuqori darajada shakllangan bo'lishi lozim.

Buyuk mutaffakir Voiz Koshifiyning "Insonning qadr-qimmati uning mol-mulki yoki ijtimoiy kelib chiqishi bilan emas, balki ma'naviy qiyofasi , axloqiy sifatlari bilan o'lchanadi deb, aytgan edi. Ijtimoiy muhit - bu insonning aniq maqsadlar va rejalar asosida faoliyat ko'rsatadigan dunyosidir. Shaxs ijtimoiy xulqiga turli tashqi kuchlar ta'sir qiladi: siyosiy, mafkuraviy, iqtisodiy, ma'naviy, axloqiy va boshqalar. Bu ta'sirotlar mohiyatan aslida jamiyat a'zolari bo'lmish shaxslar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning ayrim alohida yo'nalishlarini belgilab beradi. Shunday qilib, shaxs turli ijtimoiy munosabatlar tizimi ta'sirida bo'ladi va ko'plab ijtimoiy institutlar (oila, mahalla, o'quv maskanlari, mehnat kollektivlari, norasmiy tashkilotlar, din, san'at, madaniyat va boshk.) bilan bog'liq bo'ladi. Masalan, shaxsdagi turli g'oyalar, fikrlar va mafkura mafkuraviy munosabatlar tizimi ta'sirida shakllanib, ular bevosita oila, bog'cha, maktab, boshqa o'quv va tarbiya muassasalari orqali ongga singdiriladi. Agar bu ta'sir uning e'tiqodi darajasida ko'tarilsa va unda yana yangidan - yangi fikrlar va g'oyalarning paydo bo'lishi, o'sishiga olib kelsa, shaxs taraqqiyoti jarayonida shunday faoliyat sohasini tanlaydiki, o'z qobiliyatlari, malaka va ko'nikmalarini rivojlantira borib, ziyoli sifatida yo o'qituvchi, yoki shifokor, yoki olim, kashfiyotchi, muhandis bo'lib, elu - yurtiga xizmat qiladi. Iqtisodiy munosabatlar ham shaxs ongi va uning insoniy xususiyatlari shakllanishida katta rol o'ynaydi.

Psixologlarnig ma'lumot ko'rsatishicha, xulq-atvorning muhim motivlaridan biri e'tiqod hisoblanadi. Ba'zi manbalarda unga mana bunday ta'rif berilgan: e'tiqod shaxsni o'z qarashlariga, prinsiplariga, dunyoqarashiga muvofiq tarzda qarorga kelishga undaydigan muhim motivlar tizimidir. Boshqa so'z bilan aytganda, e'tiqod shaklida namoyon bo'ladigan ehtiyojlarning mazmuni- bu tabiat, tevarak atrofdagi olam to'g'risidagi bilimlar va ularning muayyan tarzdagi tushunilish demakdir. Bu bilimlar falsafiy, estetik, tabiiy-ilmiy nuqtai-nazardan tartibga solinsa va ichki uyushgan tizimi tashkil etilsa, u taqdirga shaxsning dunyoqarashi sifatida talqin qilinishi maqsadga muvofiq.

TADQIQOT NATIJASI VA MUHOKAMA

Dunyoqarash - tartibga solingan, yaxlit ongli tizimga aylantirilgan bilim,tasavvurlar va g'oyalar majmui bo'lib, u shaxsni ma'lum bir qolipda, o'z shaxsiy qiyofasiga ega tarzda jamiyatda munosib o'rin egallashga chorlaydi. Yoshlarni ma'naviy shakllanishida ijtimoiylashuv maskanlarining roli katta. Bular orasida bizning sharoitimizda oila va mahallaning roli o'ziga

xosdir. Insondagi dastlabki ijtimoiy tajriba vaijtimoiy xulq elementlari aynan oilada, oilaviy munosabatlar tizimidas hakllanadi. Shuning uchun ham xalqimizda "Qush uyasida ko'rganiniqiladi" degan maqol bor. Ya'ni, shaxs sifatlarining dastlabki qoliplari oilada olinadi va bu qolip jamiyatdagi boshqa guruhlar ta'sirida sayqal topib, takomillashib boradi. Bizning o'zbekchilik sharoitimizda oila bilan bir qatorda mahalla ham muhim tarbiyalovchi -ijtimoiylashtiruvchi rol o'ynaydi. Yoshlik davrida yigit-qizlar kamolotiga uchta muhim psixologik mexanizm, ya'ni atrof-muhit, mehnat jamoasi, oila mikromuhiti va norasmiy ulfatlar ta'sir ko'rsatadi. Masalan, mehnat jamoasidagi psixologik iqlim, ma'naviyat olami, barqarormaslik, ijtimoiy ong, ijtimoiy qadriyatlar, muayyan an'analar va odatlar yangi a'zoning xarakterida ijobiy yoki salbiy o'zgarishni vujudga keltirishi mumkin. Mazkur ta'sir natijasida asta-sekin umuminsoniy fazilatlar tarkib topishi yoki muayyan shaxsiy nuqtai nazar yo'qolishi mumkin. Yoshlarni mexnatsevarlik ruhida tarbiyalash eng muhim vazifalardan biridir. Buning uchun:

• ularni yoshligidan boshlab yosh xususiyatlarniga xos mehnat turlarini bajarishga

o'rgatish;

• yoshlarni mexnatini sirtdan nazorat qilish;

• mexnat anjomlaridan foydalanish malakasini xosil qilish;

• ularni asrab-avaylab saklashga va undan foydalangandan keyin uni joyjoyiga qo'yishga

odatlantirish;

• o'z mexnatini maxsuli va undan foydalanishga o'rgatish;

• kattalar mexnatiga taqlid qilish va uni xurmatlash;

• o'z va jamiyat mulkini avaylashga o'rgatib borish muximdir.

Yoshlarni mexnatsevarlik ruhida tarbiyalash va uni jahon andozalari darajasiga etkazish hozirgi zamon talabidir.

Yoshlik davri 23-28 yoshlardan iborat bo'lib, bu davrning o'ziga xos xususiyatlaridan biri ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida kamolga erishgan shaxs sifatida faol ishtirok qilish va ishlab chiqarishda mehnat faoliyatini amalga oshirishdan iboratdir. Yoshlarning mehnat faoliyati quyidagi uchta muhim belgisi bilan boshqa yosh davrlaridan farqlanadi:

1) mutaxassislikning mohiyatiga, ishlab chiqarish shart-sharoitiga va mehnat jamoasi aozolarining xususiyatiga moslashish - mehnat faoliyatining dastlabki yillari yoki jamoada o'z o'rnini topish va qadr-qimmatga erishish;

2) mutaxassis sifatida o'zini takomillashtirish uchun ijodiy izlanishni amalga oshirish yoki kasbkorlik mahoratini egallash;

3) mahorat sirlaridan foydalanish, tashabbus ko'rsatish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda ijtimoiy etuklikni namoyish qilish yoki mehnat faoliyatidagi barqaror ijod bosqichida bir tekis 10 yillab ishlab sifatli mahsulot yaratish namunasini ko'rsatish.

XULOSA

Yoshlarimizni "Yangicha O'zbekiston - Yangicha dunyoqrash" ruhida tarbiyalash uchun , yuqorida keltirilgan, yoshlarning dunyoqarashi va xulq-atvoriga ta'sir etuvchi ijtimoiy psixologik omillardan asrash va ularni yetuk, komil, madaniyatli, hayolning barcha jabhalarida kamolga erishgan shaxs sifatida kamol toptirishda oila, mahalla maktab doimiy hamkorlikda ish olib borsa maqsadga muvofiq bo'lar edi!

REFERENCES

1. Jumanazarov Y. Yosh davrlar psixologiyasi. Namangan 2013 y.

2. Abdurasulov R. Psixologning kundalik kitobi. Jizzax - 2005.

3. Raxmatullaev M. Maktabda psixologik xizmatni tashkil etish. T.- 2001.

4. Jurayev R. K., Karakhanova L. M. Scientific And Methodical Bases Of The Use Of Electronic Educational Resources In Teaching Biology In General Educational Schools //International Journal of Advanced Science and Technology. - 2020. - Т. 29. - №. 8. - С. 3500-3505.

5. Мусахоновна Л. УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ ТИЗИМИДА БИОЛОГИЯ ФАНИДАН САМАРАДОРЛИККА ЭРИШИШДА ЭЛЕКТРОН ТАЪЛИМИЙ ВОСИТАЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ АСОСЛАРИ //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. B3. - С. 577-585.

6. Dzhuraev R. K., Karakhanova L. M. Model of the organization of research activities of 10th grade students in teaching physics and biology //International journal of discourse on Innovation, integration and education. - 2021. - Т. 2. - №. 01. - С. 296300.

7. Karakhanova L. M. USE OF MEDIERE RESOURCES IN THE EDUCATIONAL PROCESS OF BIOLOGY IN SCHOOLS //International Scientific Review of the problems of pedagogy and psychology. - 2018. - С. 68-70.

8. Qizi R. G. V. OLIMPIADA MASALALARI ORQALI O'QUVCHILARNING FIZIKA FANIGA QIZIQISHINI ORTTIRISH METODIKASI //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. 1. - С. 7-12.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.