Научная статья на тему 'YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI "YOSHLAR VA BIZNESNI QO‘LLAB-QUVVATLASH YILI" DA'

YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI "YOSHLAR VA BIZNESNI QO‘LLAB-QUVVATLASH YILI" DA Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Jumladan / 5 million aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha alohida dastur qabul qilinib / 2024-yilda yosh yigit-qizlarga hayotda munosib o‘rinlarini topishi uchun yaxlit va uzluksiz tizim yaratildi.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Abduvohidova Shahribonu Akmalovna

Har qanday davlatning rivojlanishi, jahon hamjamiyatida o‘z o‘rniga ega bo‘lishi, xalq farovonligi yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga qaratilgan e’tibor bilan chambarchas bog‘liq. Dunyo aholisining 2 milliarddan ziyodi, ya'ni 25 foizdan ortig‘ini, mamlakatimiz aholisining esa 60 foizdan ziyodini yoshlar tashkil etadi. Balki shuning uchundir O‘zbekiston yoshlar mamlakati deya e’tirof etiladi. Yoshlar davlat va jamiyat rivojida hal qiluvchi kuchga ega bo‘lgan, shu sababdan ham ularning ta’lim-tarbiyasi, bilim olishi, hamda faol ijtimoiy hayotga kirishini ta’minlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan qatlam, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI "YOSHLAR VA BIZNESNI QO‘LLAB-QUVVATLASH YILI" DA»

YANGI O'ZBEKISTON TALABALARI AXBOROTNOMASI

www.in-academy.uz

YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI "YOSHLAR VA BIZNESNI QO'LLAB-QUVVATLASH YILI" DA Abduvohidova Shahribonu Akmalovna

Samarqand Davlat Chet Tillar Instituti magistrant

ARTICLE INFO

Qabul qilindi: 20-May 2024 yil Ma'qullandi: 25- May 2024 yil Nashr qilindi: 29- May 2024 yil

KEY WORDS

Jumladan, 5 million aholi bandligini ta'minlash bo'yicha alohida dastur qabul qilinib, 2024-yilda yosh yigit-qizlarga hayotda munosib o'rinlarini topishi uchun yaxlit va uzluksiz tizimyaratildi.

ABSTRACT

Har qanday davlatning rivojlanishi, jahon hamjamiyatida o'z o'rniga ega bo'lishi, xalq farovonligi yoshlar ta'lim-tarbiyasi va kelajagiga qaratilgan e'tibor bilan chambarchas bog'liq. Dunyo aholisining 2 milliarddan ziyodi, ya'ni 25 foizdan ortig'ini, mamlakatimiz aholisining esa 60 foizdan ziyodini yoshlar tashkil etadi. Balki shuning uchundir O'zbekiston yoshlar mamlakati deya e'tirof etiladi. Yoshlar davlat va jamiyat rivojida hal qiluvchi kuchga ega bo'lgan, shu sababdan ham ularning ta'lim-tarbiyasi, bilim olishi, hamda faol ijtimoiy hayotga kirishini ta'minlash davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan qatlam, desak aslo mubolag'a bo'lmaydi.

Har qanday davlatning rivojlanishi, jahon hamjamiyatida o'z o'rniga ega bo'lishi, xalq farovonligi yoshlar ta'lim-tarbiyasi va kelajagiga qaratilgan e'tibor bilan chambarchas bog'liq. Dunyo aholisining 2 milliarddan ziyodi, ya'ni 25 foizdan ortig'ini, mamlakatimiz aholisining esa 60 foizdan ziyodini yoshlar tashkil etadi. Balki shuning uchundir O'zbekiston yoshlar mamlakati deya e'tirof etiladi. Yoshlar davlat va jamiyat rivojida hal qiluvchi kuchga ega bo'lgan, shu sababdan ham ularning ta'lim-tarbiyasi, bilim olishi, hamda faol ijtimoiy hayotga kirishini ta'minlash davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan qatlam, desak aslo mubolag'a bo'lmaydi.

Davlatimiz rahbari "Yoshlar kelajagi bilan bog'liq har qanday vazifa birlamchi ahamiyatga ega", deb bejiz ta'kidlamaydi. Bu yondashuv "O'zbekiston - 2030" strategiyasida ham aksini topgan. Misol uchun, ushbu muhim hujjatning "Har bir insonga o'z salohiyatini ro'yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish" deb nomlangan birinchi yo'nalishi 44 banddan iborat bo'lsa, shuning 25 dan ortig'i bevosita yoshlar manfaatlariga qaratilgan. O'tgan 2023-yilda yoshlarni qo'llab-quvvatlash borasida qilingan ishlar o'zining ijobiy samarasini berib, ijtimoiy himoyaga muhtoj minglab yoshlar o'zlarini qiynayotgan muammo va qiyinchiliklarga yechim topishdi.

Biznes va tadbirkorlik zamonaviy iqtisodiyotning asosini bo'lib, bu sohada yoshlarning ham o'rni beqiyosdir. Joriy yilning "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili" sifatida nomlanishi esa yoshlarni zamonaviy kasb-hunarlarga o'qitish, tadbirkorlik ko'nikmalarini shakllantirish, iste'dod va qobiliyatlarini ro'yobga chiqarish, tashabbuslarini qo'llab-quvvatlab, bandligini ta'minlashga yanada ustuvor vazifa sifatida qaralishidan dalolatdir.

YANGI O'ZBEKISTON TALABALARI AXBOROTNOMASI

www.in-academy.uz

Yoshlarning nafaqat ma'nan yoki jismonan barkamol va yetuk bo'lib yetishishi, balki ilmiy, kasbiy rivojlanishi uchun ham keng imkoniyat va sharoitlar yaratilishi ham shular jumlasidandir.

Jumladan, 5 million aholi bandligini ta'minlash bo'yicha alohida dastur qabul qilinib, 2024-yilda yosh yigit-qizlarga hayotda munosib o'rinlarini topishi uchun yaxlit va uzluksiz tizim yaratildi. Biznes va tadbirkorlik qilish istagidagi fuqarolarga, ayniqsa, tadbirkor yoshlarga yanada keng imkoniyat va imtiyozlar taqdim etiladi. "Ibrat farzandlari" loyihasi orqali xorijiy tillarni o'rganayotgan yoshlarni 1 million nafarga, kitobsevarlarning "Mutolaa" dasturi orqali yosh kitobxonlarni 1,5 million nafarga yetkazish choralari ko'rilmoqda.

Biznesni rivojlantirish borasida ham keng ko'lamli ishlar allaqachon boshlanib, o'z samarasini berishni allaqachon boshlagan. Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, joriy yil yurtimizdagi 19 milliondan ortiq yosh uchun ulkan imkoniyatlar yili bo'ladi. Biznes va tadbirkorlik uchun keng imkoniyatlar yaratish, ilm-fan, innovatsiya, axborot texnologiyalari sohalarini rivojlantirishga katta e'tibor qaratiladi. Yoshlarning ilg'or g'oya va tashabbuslari, intilishlari yanada rag'batlantiriladi.

Shuningdek, "O'zbekiston - 2030" strategiyasini "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonida Yoshlarning salohiyati, iste'dodi va tashabbuslarini to'laqonli ro'yobga chiqarish maqsadida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida:

2024-yil 1-martdan boshlab mahalla, ta'lim

muassasalari, korxona va tashkilotlar tizimida mukofot jamg'armasi 600 million so'm miqdorida xorijiy tillar ("Ibrat farzandlari") bo'yicha tanlovlar, kibersport musobaqalari va "Zakovat" intellektual o'yinlari yuqori saviyada tashkil etilishi;

Yoshlar ishlari agentligi va mahalliy hokimliklar tomonidan kasblar tanlovida g'olib bo'lgan yoshlarni o'z hududlarida jihozlangan ustaxonalar bilan "Yoshlar daftari" jamg'armasi mablag'lari hisobidan ta'minlash amaliyoti yo'lga qo'yilishi belgilanib yoshlarning har tomonlama qo'llab-quvvatlanishi, ijtimoiy faolligi oshirilishi ta'minlanishi belgilab qo'yildi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Sh.M.Mirziyoyev, "O'zbekiston — 2030" strategiyasi to'g'risida, 2023-yil, sentabr, PF-158-son.

2. Sh.M.Mirziyoyev, "O'zbekiston — 2030" strategiyasini "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida, 2024-yil fevral, PF-37-son.

3. Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Qonuni, 2022-yil, sentabr, O'RQ-406-son.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.