Научная статья на тему 'YOSHLARDA MILLIY TARBIYA SHAKLLANTIRISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK TALABLARI'

YOSHLARDA MILLIY TARBIYA SHAKLLANTIRISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK TALABLARI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
11
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tarbiya / fazilat / axloq / milliy tarbiya / milliy xarakter / g‘oya / mafkura / воспитание / добродетель / нравственность / национальное воспитание / национальный характер / идея / идеология

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — .X. Jabborov

maqolada yoshlarda milliy tarbiya shakllanishining ijtimoiy-psixologik talablari, milliy tarbiyaning metodologik asoslari va milliy tarbiya shakllanishining ijtimoiy psixologik omillari bo‘yicha psixometrik va ijtimoiy-psixologik so‘rovnomalarning empirik natijalari va ular asosida ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar borasida tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOCIO-PSYCHOLOGICAL NEEDS OF NATIONAL EDUCATION OF YOUTH

в статье приведены рекомендации по социально-психологическим требованиям формирования национального воспитания молодежи, методические основы национального воспитания и эмпирические результаты психометрических и социально-психологических опросников по социально-психологическим факторам формирования национального воспитания и на их основе сделаны научные выводы.

Текст научной работы на тему «YOSHLARDA MILLIY TARBIYA SHAKLLANTIRISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK TALABLARI»

NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original peper

© X.X. Jabborov1^_

1Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Toshkent, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: maqolada yoshlarda milliy tarbiya shakllanishining ijtimoiy-psixologik talablari, milliy tarbiyaning metodologik asoslari va milliy tarbiya shakllanishining ijtimoiy psixologik omillari bo'yicha psixometrik va ijtimoiy-psixologik so'rovnomalarning empirik natijalari va ular asosida ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar borasida tavsiyalar berilgan.

MAQSAD: yoshlarda milliy tarbiya shakllanishining ijtimoiy psixologik omillari bo'yicha ilmoiy asoslangan amaliy tavsiyalar berish.

MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot jarayonida suhbat, anketa, kuzatish, metodlaridan, shuningdek, N.P.Kapustinning «O'quvchilar tarbiyasi darajasini diagnostikalash» metodi, E.G.Eydemiller, V.Yustiskisning «Tarbiya nuqsonlari omillarini aniqlash» testi, T.I.Pashukova tomonidan ishlab chiqilgan «O'smirlar shaxsidagi egotsentrik yo'nalishlarning sifat ko'rsatkichlari», V.Stefansonning «Guruhdagi xulq-atvor motivatsiyasini o'rganish», Y.Kulning «Rejalashtirishda harakatni nazorat shkalasi» metodikalaridan, S.R. Panteleyev va V.V. Stolin tomonidan «Subyektiv lokal nazorat», Y.V. Zalyubovskayaning «Shaxs tomonidan guruhni idrok etishni o'rganish», Meri Edvarsning «Shaxsni ma'qul topilgan jihatlarni aniqlash», M.Kubishkinaning «MAS» so'rovnomalaridan, «Siz va farzanlaringiz» hammualliflik (Sh.R.Baratov; X.X. Jabborov) so'rovnomasidan foydalanildi. Olingan natijalarning statistik ishonchlilik darajasi matematik statistika metodlaridan Styudentning t-mezoni, K.Pirsonning r-korrelyatsiya koeffitsienti, faktorli tahlil orqali tasdiqlandi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: yoshlar tarbiyasi darajasining diagnostikasi natijasida «mehmondo'stlik», «tinglovchanlik», «hojatbarorlik», «g'amxo'rlik», «ahillik» milliy fazilatlarining ijtimoiy maydon ta'sirida namoyon bo'lish tufayli «ijtimoiy nufuzga», «raqobat, maqsadga erishishga intilish» ustuvor omil sifatida namoyon bo'lishi dalillanganligi va yoshlarda milliy tarbiya shakllanishining ijtimoiy-psixologik modeli shaxsga korreksion-adaptiv ta'sir etishning kommunikativ, persepsiv, interaktiv, didaktik bosqichlarida getereostereotip va avtostereotip qarashlarning o'z aro integrativ rivojlanishi muhimligi tufayli motivatsion baholash, xulq-atvorni nazorat qilish, hissiy, kognitiv, sog'lom sosializatsiya mezonlarini kiritish asosida takomillashtirilganligiga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqilganligi bilan belgilanadi.

XULOSA: yoshlarda milliy tarbiya shakllanishing ijtimoiy-psixologik talablari va omillari hamda vositalarini tahlil qilish ta'lim tizimida o'quvchilarni barkamol shahs etib tarbiyalash bilan bog'liq jarayonlarni rivojlanishiga xizmat qiladi.

Kalit so'zlar: tarbiya, fazilat, axloq, milliy tarbiya, milliy xarakter, g'oya, mafkura

Iqtibos uchun: X.X. Jabborov. Yoshlarda milliy tarbiya shakllantirishning ijtimoiy-psixologik talablari. // Inter education & global study. 2024. №3(2). B.162-172.

СОЦИАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ПОТРЕБНОСТИ НАЦИОНАЛЬНОГО

ВОСПИТАНИЯ МОЛОДЕЖИ_

© Х.Х. Жаббаров1^

Ташкентский государственный университет востоковедения, Ташкент, Узбекистан

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в статье приведены рекомендации по социально-психологическим требованиям формирования национального воспитания молодежи, методические основы национального воспитания и эмпирические результаты психометрических и социально-психологических опросников по социально-психологическим факторам формирования национального воспитания и на их основе сделаны научные выводы.

ЦЕЛЬ: дать научно обоснованные практические рекомендации по социально-психологическим факторам формирования национального воспитания молодежи.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в процессе исследования использовались интервью, анкетирование, методы наблюдения, а также метод Н.П. Капустин «Диагностика уровня образования учащихся», Э.Г. Эйдемиллер, тест В. Юстискиса «Детерминирующие факторы образовательных дефектов», Т.И. Пашуковой «Качественные показатели». эгоцентрических направлений в личности подростков». Из методов В. Стефансона «Исследование мотивации поведения в группе», Ю. Куля «Шкала контроля движений в планировании», «Субъективного локального контроля» С.Р. Пантелеева и В.В. Столина, «Исследование группового восприятия личностью» Ю.В.Залюбовской, «Личность» Мэри Эдвардс, определяющая благоприятные стороны», опросники «МАС» М.Кубишкиной, в соавторстве с опросником «Вы и ваши дети» (Ш.Р. Баратов; Х.Х. Джабборов). Уровень статистической достоверности полученных результатов подтверждали с помощью t-критерия Стьюдента, r-коэффициента корреляции К. Пирсона и факторного анализа.

ОбСуЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: в результате диагностики уровня образованности молодежи национальные качества «гостеприимство», «слушание», «нужность», «забота», «гармония» проявляются под влиянием социального поля, «социального престижа», «соревнование, стремление к достижению цели», мотивационная оценка, контроль поведения в связи с тем, что доказано, что это приоритетный фактор и социально-психологическая модель формирования национального воспитания молодежи в коммуникативной, перцептивной,

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 3(2)

интерактивной Дидактические этапы коррекционно-приспособительного воздействия на личность определяются разработкой предложений и рекомендаций по совершенствованию на основе включения эмоциональных, познавательных, здоровых критериев социализации.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: Анализ социально-психологических требований, факторов и средств формирования национального воспитания молодежи служит развитию процессов, связанных с воспитанием студентов как всесторонне развитой личности в образовательной системе.

Ключевые слова: воспитание, добродетель, нравственность, национальное воспитание, национальный характер, идея, идеология.

Для цитирования: Жаббаров Х.Х. Социально-психологические потребности национального воспитания молодежи. // Inter education & global study. 2024. № 3(2). С.162-172.

SOCIO-PSYCHOLOGICAL NEEDS OF NATIONAL EDUCATION OF YOUTH

© Xazrat X. Jabborov1^

Tashkent State University of Oriental Studies, Tashkent, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: the article provides recommendations on the socio-psychological requirements for the formation of national education of youth, the methodological foundations of national education and the empirical results of psychometric and socio-psychological questionnaires on the socio-psychological factors of the formation of national education and scientific conclusions are drawn on their basis.

AIM: to give scientifically based practical recommendations on the socio-psychological factors of the formation of national youth education.

MATERIALS AND METHODS: during the research, interviews, questionnaires, observation methods were used, as well as the method of N. P. Kapustin "Diagnostics of the level of education of students", E.G. Eidemiller, the test of V.Yustiskis "Determining factors of educational defects", T.I.Pashukova "Qualitative indicators". egocentric directions in the personality of adolescents." From the methods of V. Stefanson "Study of the motivation of behavior in a group", Yu. Kul "Movement control scale in planning", "Subjective local control" S.R. Panteleev and V.V.Stolin, "Study of group perception by personality" by Yu.V.Zalyubovskaya, "Personality" by Mary Edwards, determining favorable aspects," "MAS" questionnaires by M. Kubishkina, co-authored with the "You and your children" questionnaire (Sh.R.Baratov; Kh.H. Jabborov). The level of statistical reliability of the results obtained was confirmed using Student's t-test, K. Pearson's r-correlation coefficient and factor analysis.

DISCUSSION AND RESULTS: as a result of diagnosing the level of education of young people, the national qualities of "hospitality", "listening", "need", "care", "harmony"

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 3(2)

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал

Scientific theoretical and methodical journal 2024, №3(2)

NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

appear under the influence of the social field, "social prestige". , "competition, desire to achieve a goal," motivational assessment, behavior control due to the fact that it has been proven that this is a priority factor and a socio-psychological model for the formation of national education of youth in communicative, perceptual, interactive Didactic stages of correctional and adaptive influence on the individual are determined by the development of proposals and recommendations for improvement based on the inclusion of emotional, cognitive, healthy socialization criteria.

CONCLUSION: the analysis of socio-psychological requirements, factors and means of forming the national education of youth serves the development of processes associated with the education of students as comprehensively developed individuals in the educational system.

Key words: education, virtue, morality, national education, national character, idea, ideology

For citation: Xazrat X. Jabborov. (2024) 'Socio-psychological needs of national education of youth', Inter education & global study, (3(2)), pp. 162-172. (In Uzbek).

Mazkur maqolada jahonda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2019-yil 25-iyuldagi 73-Sessiyasida 5-aprelni «Xalqaro axloq kuni» deb belgilanganligi hayotiy zarurat ekanligi nazariy va amaliy empirik jihatlar bilan asoslanadi. Jadal sur'atlar bilan rivojlanayotgan axborot oqimi, virtuallashish jarayonlari millat va elatlarning madaniy uyg'unlashuvini namoyon etmoqda, bu esa ijtimoiy-psixologik tanglik holatlari mamlakatlarning ijtimoiy hayotiga o'z ta'sirini ko'rsatmoqda. Rivojlangan mamlakatlarda inson kapitali sifatida uning axloqi, ta'lim-tarbiyasini oshirishda ijtimoiy o'zgarishlar integratsiyasiga alohida ahamiyat berilib, YUNESKOning 2030-yilgacha belgilangan xalqaro ta'lim konsepsiyasida mazkur masalaga e'tibor qaratilgan hamda har qanday mamlakat aholisida milliy tarbiya, axloq va milliy qadriyatini saqlab qolish zarurati ta'kidlangan. Bu borada butun dunyoda barqaror tinchlik, hamjihatlik va unga erishish uchun yoshlar xulq-atvorida milliy va umuminsoniy fazilatlarni mustahkamlashga qaratilgan sa'yi-harakatlarni va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish muammosi dolzarb bo'lib qolmoqda.

Respublikamizda so'nggi yillarda yoshlarni umuminsoniy fazilatlarga ega barkamol shaxs etib tarbiyalash g'oyalari asosida shakllantirishning zarur huquqiy-meyoriy asoslari yaratildi: «Yoshlarning ma'naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga ko'maklashish...»[1] orqali mamlakat istiqboli va intellektual zahirasi bo'lgan yoshlarni «Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiya»[2] da ko'rsatilgan kompetentsiyaviy yondashuvga ko'ra milliy fazilatlatlarni tarkib toptirish vazifalari belgilanganligi ularda milliy tarbiya shakllanishining ijtimoiy-psixologik omillarini ilmiy o'rganishda yetarli asos bo'la oladi.

Tarbiya masalasi bilan shug'ulangan aksariyat ijtimoiy psixologlar va jamoat arboblari ham go'daklik davridagi tarbiyaning shaxs shakllanishdagi muhim ahamiyatini ko'rsatib o'tganlar. Aksariyat olimlarning xulosalariga ko'ra, uch yoshgacha bo'lgan go'dak o'zining

NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

rivojlanishida shuncha ко'р narsani egallaydiki, u yana shuncha bilimni o'n sakkiz yoshga qadar egallashi mumkin bo'ladi [19].

Masala yuzasidan adabiyotlar tahlili milliy tarbiya sohasida o'qituvchilarning faoliyatini metodik ta'minlovchi o'quv materiallari, shu jumladan, milliy va ma'naviy tarbiya sohasiga oid metodik qo'llanmalar, o'quvchilar uchun zarur darsliklar yetarli emasligini ko'rsatmoqda

Aniqlanishicha, inson xarakteri asosan go'daklik paytida shakllanadi va bu davrda unda qanday xarakter xislatlari shakllansa - uning ikkinchi tabiati sifatida mustahkam o'rnashadi. Keyingi o'zlashtiriladigan narsalar ular kabi chuqur o'rnashmaydi [11]. Demak, har bir ota-ona milliy tarbiya an'analarida go'daklikdagi tarbiyaga katta e'tibor qaratishlari zarur.

Milliy tarbiyaning ijtimoiy-psixologik jarayonlarini Z.T.Nishonova "Oquvchilarda milliy xususiyatlarni tadqiq etishning ilmiy-uslubiy asoslari" [21] nomli tadqiqotlarida, milliy an'analar va ijtimoiy omillar ta'sirida ilk o'spirinlarda ma'naviy tassavurlarni shakllanishi masalasi tadqiqotchi M.T.Isoqovaning [12] ishlarida, vataparvarlik tarbiyasi [3], o'smirda milliy birlik tuyg'usini shakllantirish [4], o'smirlar ma'naviyati shakllanishi [5], milliy g'oya tarbiyasi [6], internet o'yinlarining o'smir tarbiyasiga salbiy ta'siri [7], milliy tarbiyani shakllantirish orqali tahdidbardoshlikni rivojlantirish [8] kabilarning tadqiqotlarida yoritilgan.

Amerikalik olima M.Midning fikricha, taqlid muloqot, o'yin, o'qish va mehnat orqali shakllanadi. Bu jarayon boshqalarni ijtimoiy rolini qabul qilish, ularga o'xshashga intilishning ko'rinishidir [20].

Taqlid bolaning yoshiga, idrokiga bog'liq ravishda ongli yoki ongsiz tarzda yuz berishi mumkin. Bola go'dak yoshida kattalarga ko'r-ko'rona taqlid qiladi, buni ongsiz holatdagi taqlid deyishimiz mumkin.

Fransuz olimi E.Dyurkgeymning fikricha, bola taqlid qilish qobiliyati bilan tug'iladi, o'smir yoshiga yetganda esa taqlid qilish faqat tanlov asosidagina amalga oshib, ijtimoiy tajribani keng ma'noda egallay boshlashi, natijada bolaning xarakteri, temperamenti, qiziqishlari ham shakllanadi. Demak, bola o'sgan sari, taqlid jarayoni mazmunan o'zgaradi va ongli xarakter kasb etadi[10].

Tadqiqotchi kanadalik psixolog A.Bandura taqlidni bola sotsializatsiyasi (ijtimoiylashuvi) mexanizmining muhim tarkibiy qismi sifatida ko'rsatadi. Uning fikricha, kattalarga taqlid qilish asosida bolalarning axloq sohasidagi ijobiy fikrlari mustahkamlanishi yoki, aksincha, ularda tajovuzkorona xislatlar ham rivojlanishi mumkin [9].

Keltirilgan ma'lumotlardan xulosa qilish mumkinki, azaldan o'zbek xalqining tarbiya usullarida go'daklarni e'zozlash, kichik yoshli bolalarni erkin qo'yish, ularga qattiq intizom talabi qo'yilmasligi kabilar o'z ifodasini topib kelgan. Tartib-intizomga bo'lgan talabning kuchayishi bolaning keyingi yosh bosqichlarida (5-6 yoshdan so'ng) amalga oshirilgan. Mazkur yondashuvlar masalaga daxldor tadqiqotchi M.Quronov va XJabborov [23] larning "Baxtli bola ma'naviyati" nomli kitobida ham ko'rish mumkin.

[22].

NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Shu munosabat bilan bugungi globalashuvning shiddatli va axboriy sharoitida milliy tarbiyaning ijtimoiy-psixologik omillari tadqiq qilish orqali oiladada farzand tarbiyasi uchun tayanch fazilatlarni shakllantirish, mazkur fazilatlarga ularni odatlantirish, tarbiyada tushuntirish/ko'rsatish/o'rgatish/namuna bo'lish kabi ta'sirchan usullarni isloh qilish va shu orqali ma'naviy tarbiya tizimini yanada rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etadi.

Endi milliy tarbiyani ijtimoiy-psixologik, tarixiy va etimologik jihatlariga to'xtalishni maqsad qildik. Jumladan antropologlarning ilmiy xulosalari, odamzodning tashqi ko'rinishi kechki paleolit - kromanonlar davri- bundan 40000 yildan buyon o'zgarmasdan kelmoqdaligini ta'kidlashadi [24]. Bu fikrning zamonaviy fanlar tomonidan tasdiqlanganligi odamning biologik evolyusiyasi tugallangan, degan xulosani berdi.

Milliy tarbiyani tahlil qilish uchun "O'quvchining milliy roli" tushunchasi sotsiologik kalit vazifasini o'taydi. Chunki bu tushunchaning ko'pqirraligi milliy-zamonaviy hayot jabhalarini, milliy tarbiya yo'nalishlarini ilg'ab olish imkonini beradi. Milliy tarbiya tizimini "milliy rol" tushunchasi orqali o'rganish har bir o'zbek o'g'il-qizining ilk o'smiridan "yaxshi bola", "yaxshi aka, uka, singil, opa" yaxshi jiyan, tog'a, bo'la..."; "yaxshi mehmon, mezbon"; "yaxshi do'st", "odobli bola" kabi "unvonli" munosabatga tayyorlash mexanizmini ochib beradi. Keng ma'noda esa o'quvchining milliy rolini o'zlashtirishga o'z ichiga milliy fazilatlarni, milliy axloq me'yorlarini singdirish, milliy-ijtimoiy hayotga tayyorgarlik jarayonlarini ham anglatadi [13].

Ijtimoiy rollarni miliy tarbiya omil asosida tasniflash, ularning kundalik hayotda, munosabatlarda bajarilishini ilmiy-pedagogik kuzatish - eng zamonaviy va istiqbolli usuldir. U bolaning "qarshisida" turib emas, balki milliy-ilmiy kuzatish imkonini beradi. Bu esa tadqiqotning ob'ektiv natijalariga ega bo'lishining asosiy shartlaridan biridir.

Milliy tarbiya ijtimoiy-psixologik jarayon sifatida o'rganishlarimizga asoslanib quyidagicha xulosalarni taqdim etish mumkin:

- milliylik - ijtimoiy taraqqiyotning tadrijiy tamoyili natijasida yig'ilgan madaniy qadriyatlar sintezidir. Milliy tarbiya - ana shu madaniy-tadrijiy sintezga asoslangan holda yosh avlodni zamonaviy sharoitga va kelajakka mos ravishda shakllantirish jarayonidir: shaxsning milliyligi va zamonaviyligi - uning ijtimoiylashuvining madaniy darajasidir [14];

- har bir milliy madaniyat - umuminsoniy qadriyatning muayyan ko'rinishidir. Chunki insoniyat - bu xalqlar, millatlardir. Ana shu nuqtai-nazardan milliy tarbiya - har bir insonni o'z milliy madaniyati manbaida, ya'ni muayyan umuminsoniy qadriyat asosida shakllantirishdir[15];

- har bir inson o'z Hayoti davomida turli ijtimoiy rollarni o'taydi. Bu rollar mazmuni, ko'lami, namoyon bo'lish jabhalari ilk o'smirdan boshlab ko'payib, kengayib, murakkablashib, milliylashib boradi. Ana shunday tug'ma va ilk o'zlashtiriluvchi ijtimoiy rollardan biri - shaxsning milliy rolidir[16];

- xalqlar, millatlar mavjud ekan, milliy tarbiya jarayoni bizning xoxishimizdan tashqari ravishda, madaniy determinizm asosida davom etaveradi. Shuning uchun bu jarayonni davlatning manfaatlariga mos ravishda maqsadga yo'naltirilsa, milliy tarbiya ulkan yaratuvchan taraqqiyparvar ma'naviy kuchga aylanadi[17];

Yoshlarda milliy tarbiyani shaklanganlik darajalari bo'yicha qator psixometrik metodikalarni o'tkazdik va ular quyidagicha empirik natijalarni qayd qildi. Empirik natijalar Styudent t-mezoni yordamida bir-biri bilan taqqoslandi, natijalar 1-jadvalga keltirilgan.

1-jadval

N.R. Kapustinning «O'quvchilar tarbiya darajasini diagnostikasi» metodikasi _ bo'yicha dastlabki natijalar, n=560_

Omillar Tajribadan oldin

Tajriba guruhi Nazorat guruhi t p

Mehmondo'stlik 2,8 3,2 1,25 0,018

Tinglovchanlik 3,1 4,2 2,23 0,005

Muruvatlilik 2,7 3,3 0,90 0,016

G'amxo'rlik 2,4 3,5 2,21 0,005

Hojatbarorlik 2,3 3,2 2,60 0,005

Ahillik 3,6 4,1 0,66 0,023

Hurmatlilik 3,2 3,9 1,32 0,015

Izoh: *-p<0,05, **-p<0,01,***-p<0,001

Olingan natijalardan ko'rinadiki, 100 dan ortiq umuminsoniy va insonparvar fazilatlar orasidan ko'proq milliilik kasb etadigan, ota-onalar tomonidan farzandlariga milliy qadriyat sifatida aytiladigan «mehmondo'stlik», «tinglovchanlik», «muruvatlilik», «g'amxo'rlik», «hojatbarorlik», «ahillik» va «hurmatlilik» kabi fazilatlar o'smirlar milliy tarbiyalanganligining asosi sifatida o'rganildi va o'ziga xos empirik natijalar kuzatildi.

1-jadvaldan ko'rinib turibdiki, o'quvchilar orasida «mehmondo'stlik» milliy fazilati yetarlicha shakllanmagan. Mehmondo'stlik barcha millatlarga va elatlarga xos bo'lishiga qaramay barchasida mazkur fazilat odamlar xulq-atvorida ijobiy sifatlarni shakllanishiga xizmat qilgan. O'quvchilarda mehmondo'stlik milliy fazilatini shakllantirish orqaligina do'stlik, o'rtoqlik, odamgarchilik, insonparvarlik tuyg'ulari shakllantiriladi.

«Tinglovchanlik» milliy fazilati datlabki natijalarga ko'ra, o'quvchilarda yashi shakllanmaganligini ko'rsatdi. Xalqimizning milliy tarbiya shakllantirishidagi ijtimoiy tasavvurlarida axloq normalarini yahshi tinglagan, qulogiga ilgan inson barkamolikka tez erishadi degan qarash ustuvor hisoblandi. Shunig uchun milliy tarbiyamizda «yahshi tinglagan yahshi uqadi» degan ibora yuradi.

«Muruvatlilik» milliy fazilatini ham past darajada shakllanganligini ko'rsatdi. Muruvatlilik milliy fazilati yahshilik, sahovat va himmat kabi sifatlarni o'z ichiga oladi. Muruvatlilikda jamoaviylikka yo'nalganlik bor. Jamoaviylik, birlik, jamlanish hamma zamonlarda ham rivojlanishning asosi hisoblangan.

«G'amxo'rlik» milliy fazilati ham yoshlarda yahshi shakllanmagan ekan. G'amxo'rlik fazilati har birimizning qalbimizdan chuqur o'rin egallagan va va kunlik hayotida o'zi sezmagan holda tez-tez bajarib turadigan ezgu amallaridan biri hisoblanadi.

«Hojatbarorlik» milliy fazilati ham dastlabki natijalarga ko'ra past ko'rsatkichga ega bo'ldi. Mazkur milliy fazilat bag'rikenglik, hotamtoylik, yahshilik bilan tavsiflangan. Hojatbarorlik milliy fazilati birovni og'irini yengil qilish bilan izohlanadi. Hojatbarorlik alturistik hususiyat kasb etib, hojatbaror inson o'z manfaatidan boshqalarni manfaatini ustun qo'yadi.

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 3(2)

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал

Scientific theoretical and methodical journal 2024, №3(2)

NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Hojatbaror inson jamiyatga yo'nalgan bo'ladi. Hojatbarorlik fazilati axloqiy normalarni shakllanishiga xizmat qiladi.

«Ahillik» milliy fazilati ham past ko'rsatkichni qayd qildi. Tarixdan ma'lumki, xalqimiz ko'p sinov va qiyinchiliklarni matonat bilan engib o'tgan. Ota-bobolarimiz azaldan og'ir kunlarda ahil va hamjihat bo'lgan. Har bir qarori, harakatida mo''tabar manbalar, sog'lom aqlga tayangan va shu narsalarga ular ahillik orqali erishsi mumkinligini bilishgan. Ahillik -yagona oila yagona Vatan tuyg'usi, umumiy maqsad va manfaatga asoslangan, do'stlik, qon-qardoshlik, inoqlik va xayrixohlik natijasida hosil bo'ladigan milliy yaqinlik.

«Hurmatlilik» milliy fazilatini ham o'quvchilarda yahshi shakllanmaganligini ko'rsatadi. Hurmatlilik milliy fazilati hurmatga loyiqlik, hurmat-e'tibor qozonganlik va izzat-obro'ga egalik bilan izohlanadi. Hurmatlilik milliy fazilati ham xalqimiz orasida milliy qadriyatga aylanib ulgurgan.

Tadqiqotda milliy tarbiya shakllanishiga o'quvchining guruhdagi xulq-atvor motivatsiyasining aloqasi o'rganildi va muhim ilmiy asoslangan empirik ma'lumotlar olindi, 2-jadvalga qarang.

2-jadval

V.Stefansonning «Guruhdagi xulq-atvor motivatsiyasini o'rganish» metodikasi bo'yicha olingan dastlabki statistik natijalar, n=560

№ Omillar Tajriba guruhi Nazorat guruhi

M S M S

1 qaramlik 9,9 1,3 9,3 1,7

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

2 mustaqillik 6,7 1,1 7,3 1,3

3 muloqotmandlik 4,4 1,2 5,2 1,3

4 odamovilik 4,5 1,4 3,9 1,8

5 kurashga tayyorlik 5,9 1,2 6,5 1,3

6 kurashdan qochish 8,6 0,9 7,3 1,0

2-jadvalda keltirilgan empirik ko'rsatkichlarni tahlil qiladigan bo'lsak, o'smirlar xulq-atvorida «qaramlik» tendensiyalari bo'yicha tajriba guruhida (9,9), nazorat guruhida (9,3) ko'rsatkichlar qayd qilindi. Demak, mazkurni holatni o'smirlarni kimlargadir tobelik bog'liqlanib qolishlar yaqqol namoyon bo'lishi bilan izohlash mumkin. Qolaversa, bu sifat guruhdagi o'zaro hamkorlik va munosabatlarda shaxsning raqobatdan, kurashdan qochishga mjyillikni ham bildiradi.

O'smirlarning xulq-atvorida «mustaqillik» tendensiyalari esa tajriba guruhida (6,7) nazorat guruhida (7,3) ko'rsatkich qayd qildi. Ushbu holatni o'smirlarda guruhning normalarini o'z fikri va harakatida tasdiqlashga tayyorlik, mustaqil fikrlilikka bog'liq faoliyatni ko'rsatishga hozirligi bilan izohlash mumkin.

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 3(2)

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал

Scientific theoretical and methodical journal 2024, №3(2)

NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

«Muloqotmandlik» xulq-atvor tendensiyalari bo'yicha tajriba guruhida (4,4), nazorat guruhida esa (5,2) ko'rsatkichlar qayd qilindi. Demak, bu tendensiya o'smirlarning guruh va uning tashqarisida emotsional aloqalar o'rnatishga intilishi, bu aloqalarning ko'pincha samarali ekanini tasdiqlaydi.

O'smirlarning xulq-atvoridagi «odamovilik» tendensiyasi tajriba guruhida (4,5) va nazorta guruhida esa (3,9) ko'rsatkichlarni qasd qildi. Mazkur holatni ular orasidagi guruhda qabul qilingan normalar va xulq standartlari hamda qadriyatlarni qabul qilishdan o'zini chetga olishi va guruhdan ajralishga moyilligi bilan izohlash mumkin.

«Kurashga tayyorlik» xulq-atvor omili tajriba guruhida (5,9) nazorat guruhida (6,5) ko'rsatkichni qayd qildi. Buni o'smirlardagi guruh hayotida faol ishtirok etishga bo'lgan ishtiyoqi, shaxslararo o'zaro munosabatlartlarda yanada yuqoriroq mavqega ega bo'lishga intilishlari bilan izohlash mumkin.

O'smirlar xulq-atvoridagi «kurashdan qochish» omili tajriba guruhida (8,6) nazorat guruhida (7,3) ko'rsatkichlarni qayd qildi. Mazkur holatni o'smirlarni o'zaro aloqa, ta'sirlarni chetlab o'tish, ziddiyat va bahslarda neytralikni (betaraflik) saqlab qolishga intilishi bilan izohlash mumkin.

«Yoshlarda milliy tarbiya shakllantirishning ijtimoiy-psixologik talablari»

mavzusida olib borilgan tadqiqot natijasida quyidagi xulosalar ishlab chiqildi:

Yoshlarda milliy tarbiya shakllanishing ijtimoiy-psixologik omillari va vositalarini tahlil qilish ta'lim tizimida o'quvchilarni barkamol shahs etib tarbiyalash bilan bog'liq jarayonlarni rivojlanishiga xizmat qiladi.

Milliy tarbiya natijasida ijtimoiy taraqqiyotga erishish, madaniy qadriyatlar sintezi va milliy tarbiya asosida yosh avlodni zamonaviy sharoit va kelajakka mos ravishda tarbiyalash jarayoni amalga oshishi mumkin ekanligi tadqiqotda isbotlandi.

O'smirlik davrida milliy tarbiyaning shakllanish jarayonini tadqiq qilish alohida ahamiyatga ega bo'lib, bu davrda yigit va qizlar xulq-atvorida ijobiy fazilatlarga nisbatan salbiy sifatlarga moyillik ortib borib, «aliyenasiya», «marginalizatsiya», «egotsenrizm», «eskapizm», «abuliya», «apatiya» kabi illatlar namoyon bo'lishi, bu holatlarni ulardagi akseleratsiya va pubertatsiya jaroyonlari bilan izohlash mumkin bo'ladi.

Ota-onaning bolaga munosabati natijasida farzandga nisbatan g'amxo'rlik qilish, kuchli hissiy aloqa bildirishni o'rtoqlik (hamkorlik) omiliga bog'liq ravishda kuchli namoyon bo'lishi tufayli o'smirlarda milliy tarbiya shakllanishiga ijobiy ta'sir etuvchi mustaqillik, muloqotmandlik, kurashga tayyorlik, jamoaviylik, affiliatsiya, tartib-intizom, ko'makni qabul qilish kabi ijtimoiy-psixologik xususiyatlar ustuvorlik qilishi aniqlandi.

Shaxs xususiyatlariga ko'ra xalqimiz orasida ko'proq milliylik kasb etgan va milliy qadriyatga aylangan «mehmondo'stlik», «tinglovchanlik», «muruvvatlilik», «g'amxo'rlik», «hojatbarorlik», «ahillik» va «hurmatlilik» kabi fazilatlar xulqda ustuvor namoyon bo'lishi sababli o'smirlarda milliy tarbiyalanganlikni ta'minlovchi o'z-o'ziga bo'lgan munosabatni ijobiyligi, o'ziga ishonch, o'z-o'zini hurmat qilish, boshqalardan ijobiy munosabatni kutish va «Men»ni «Biz»ga proeksalanish kabi tayanch mezonlarni differensiatsiyalash zarur

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 3(2)

NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

ekanligi isbotlandi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son "2022-2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" Farmon

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori. Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida. 1059-son. 2019-yil 31-dekabr. https://lex.uz/docs/4676839

3. Aripova M. "Talabalarda Vatan ravnaqi g'oyasini shakllantirishning pedagogik asoslari" nom dis. T.: 2009, - 157 b.

4. Abdurahmonova Z.X. "O'smirda milliy birlik tuyg'usini shakllantirish" nomzodlik dissertatsiyasi. T.: 2006, - 140 b.

5. Anvarova D.M "O'smirlar ma'naviyati shakllanishi va rivojlanishining psixologik xususiyatlari" nomzodlik dissertasiyasi. T.: 2012, - 129 b.

6. Baratov Sh.R. "Istiqlol g'oyasining ijtimoiy psixologik asoslari" "Milliy istiqlol g'oyasi targ'ibotining ilmiy asoslari" mavzusidagi Res ilmiy-amaliy konf mat. T.: 2002,-B.80-82.

7. Baratov Sh.R., Jabborov X.X. "Ko'k kit" tuzog'iga qarshi kurashishning psixologik mexanizmlari. Psixologiya. Ilmiy jurnal. Buxoro, 2017, 1-son (25) -B.2-9

8. Baratov Sh.R., Jabborov X.X. O'smirda mafkuraviy immunitet shakllanishining psixologik mexanizmlari /O'quv qo'llanma, Buxoro, 2017, "Durdona" nash. 190 b.

9. Bandura A., Walters R. H. Social learning and personality development. - N.Y., 1963.

- Р. 329.

10. Дюркгейм Э. Ценностные реальные суждения // Социологические исследования.

- М.: издво "Рефл-бут", 1991, № 2. - С. 109-110.

11. Измайлов А.Э. Народная педагогические воззрения народов Средней Азии и Казахстана. - М.: Педагогика, 1991. - С. 144.

12. Isoqova M.T. "Milliy an'analar va ijtimoiy omillar ta'sirida ilk o'spirinlarda ma'naviy tassavurlarni shakllanishi". P.f.n diss. T.: TDPU,1999 y,-178 b.

13. Jabborov X.X. "O'smirda milliy tarbiya shakllanishining psixologik qonuniyatlari". Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences.VOLUME 2 | ISSUE 1 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor. SJIF 2021: 5.423.

14. Жабборов Хазрат Хусенович. Психологические особенности идеологического влияния "массовой культуры" на человеческий разум. СОЦИАЛЬНЫЙ ПСИХОЛОГ журнал для психологов. Основан в 2000 году в Ярославль. 2016 №2 (32). -С. 5666.

15. Жабборов Хазрат Хусенович. The influence of psychological protective mechanisms in the formation of the ideological immunity in adolescents. European journal of psychological research vol. 4 No.1, 2017 ISSN 2057-4794.

NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

16. Jabborov X.X.. Ёшларда миллий тарбия шаклланишининг психологик конуниятлари. Oriental renaissance: innovative, educational, natural and social sciences scientific journal. VOLUME 2 | ISSUE 1 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor. SJIF 2021: 5.423. https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-1-209-219.

17. Jabborov Kh.Kh.. The study of the problem of national education by eastern thinkers. International Journal of Pedagogics (ISSN - 2771-2281) VOLUME 03 ISSUE 02 Pages: 14-20 SJIF IMPACT FACTOR (2021: 5. 705) (2022: 5. 705) (2023: 6. 676) OCLC - 1121105677/ Online Link:-http://theusajournals.com/index.php/ijp/article/view/765

18. Khazrat H. Jabborov. PSYCHOLOGICAL AND PEDAGOGICAL FACTORS IN IMPROVING THE QUALITY OF EDUCATION International Journal of Mechanical Engineering. ISSN: 0974-5823. Vol. 7 No. 2 February, 2022 -B 1838-1843.

19. Мария Земска. Семья и личность. - С. 74-75.

20. 20. Маргарет Мид. Культура и мир детства. - М.: Глав. ред. восточ. летературы, 1988. - С. 179.

21. Nishonova Z.T. "Oquvchilarda milliy xususiyatlarni tadqiq etishning ilmiy-uslubiy asoslari". T.: Adabiyot uchqunlari.2018.-B.125

22. Quronov M., XJabborov "Yosh ota-ona kitobi"."Muharrir" nashriyoti T:.2018 y.

23. Quronov M., XJabborov "Baxtli bola ma'naviyati" nomli qo'llanma // "Sano-standart" nashriyoti T:.2018 y. 268 b.

24. Васильенко Л.И., В.Е.Ермолаева. Вводн. Ст. Ю.А.Шрейдера.Глобальнуе проблему и обiечеловеческие ценности: Пер. с англ. И франц., /Сост. -М.:Прогресс, 1990. - 495 с.

25. Yadgarov, Nodir. "Methods of Building Visual 3D Models Based on Descriptive Geometry." Middle European Scientific Bulletin 18 (2021): 242-246.

26. Nodir D. Yadgarov, Taner A§gi, and Ihsan Tokta§. "BiR SANAT VE ZANAAT MUZESi OLARAK OZBEKiSTAN ORTAQAG BUHARA MiMARiSiNDEN YAZLIK SITORA-I MOKHI-KHOSSA SARAYI" Inter education & global study, no. 2, 2024, pp. 25-43. doi:10.24412/2992-9024-2024-2-25-43

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

HJabborov Xazrat Xusenovich, psixologiya fanlari doktori (DSc) [ Жабборов Хазрат

Хусенович, доктор психологических наук (DSC)], [Xazrat X. Jabborov, Doctor of

Psychological Sciences (DSC)]; manzil: O'zbekiston, 00060, Toshkent shahri, Amir Temur

ko'chasi 20 [адреа Узбекистан, 00060, г. Ташкент, ул. Амира Темура 20], [address:

Uzbekistan, 20 Amir Temur str., Tashkent, 00060]; E-mail: xxjabborov@mail.ru ORCID

0000-0002-0722-8265

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.