Научная статья на тему 'YOSHLAR SOTSIOLOGIYASI DOLZARBLIGI'

YOSHLAR SOTSIOLOGIYASI DOLZARBLIGI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
392
42
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yoshlar / ijtimoiy-demografik guruh / yoshlar muammolari / kontseptsiya / yosh / shakllanish / dunyoqarash / oʼziga xoslik / zamonaviylik / ijtimoiy munosabatlar.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Yulduz Alimbay Qizi Sultanova, Barno Sharapad Qizi Atamuratova

Ushbu maqolada hozirgi kunda jamiyatimizda yoshlarning dunyo qarashi fikrlashi hamda jamiyatimizda yoshlar sotsiologiyasining dolzarbligi haqida so'z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOSHLAR SOTSIOLOGIYASI DOLZARBLIGI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

YOSHLAR SOTSIOLOGIYASI DOLZARBLIGI

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Tarix fakulteti sotsiologiya yo'nalishi

3-kurs talabalari Yulduz Alimbay qizi Sultanova Barno Sharapad qizi Atamuratova

Annotatsiya. Ushbu maqolada hozirgi kunda jamiyatimizda yoshlarning dunyo qarashi fikrlashi hamda jamiyatimizda yoshlar sotsiologiyasining dolzarbligi haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: Yoshlar, ijtimoiy-demografik guruh, yoshlar muammolari, kontseptsiya, yosh, shakllanish, dunyoqarash, o'ziga xoslik, zamonaviylik, ijtimoiy munosabatlar.

Yoshlar sotsioliyasi - zamonaviy sotsiolgiyaning dolzarb yo'nalishlaridan biridir. Bu mavzu juda qiyin va o'z ichiga bir qator aspektlarni qamrab oladi. Bular yoshga oid psixologik xususiyatlar, ta'lim va tarbiyaning sotsiologik muammolari, oila va jamoa ta'siri va boshqalar.Yoshlar sotsiologiyasi sotsiologik bilishning yo'nalishi sifatida vujudga keldi. Shakllanishning dastlabki bosqichlarida bu yo'nalish 20-yillarda o'tkazilgan bir qator jiddiy kompleks tadqiqotlarga asoslangan. Aynan shu davrda, dunyo qattiy idrok qilinayotganida yoshlar sotsiologiyasiga tadqiqotlarning ancha yoki unchalik mustaqil bo'lmagan yo'nalishi sifatida asos solindi. Yoshlar hayotiy rejalari, qadr-qimmatorientatsiyasi, hayot faoliyatining turli jabhalaridagi xulq-atvori, maktab o'rindig'idan boshlab, o'qish yoki ishdan bo'sh paytlarida ishlab chiqarish, yani mehnat faoliyati, kundalik va jamoadagi hayoti nuqtai nazaridan o'rganiladi. Asta sekin bunday tadqiqotlar va uning metodologiyasining asboblar va haqiqiy malumotlar tahlili yig'indisi kabi tushunchalar apparati vujudga kela boshladi. Rossiyaning ta'lim akademiyasi akademigi I.S.Kon shunday yozadi: "Yoshlar sotsiologiyasida asosiy e'tibor yoshlarni ijtimoiy guruh sifatida o'rganishdagi muammolarga, ijtimoiy strukturada yoshlarning o'rni va roliga (S.N.Ikonnikova, V.T.Lisovskiy), yoshlarning shaxs sifatida shakllanish jarayoniga (I.S.Kon), ijtimoiy xilma-xillikning kasb tanlashga va yoshlarning ijtimoiy harakatlari ta'siriga, qadr-qimmat orientatsiyasi tizimiga (M.X.Xitma), yoshlarning mehnatga munosabati xususiyatlariga, yoshlar oilasi va boshqalarga qaratilgan". Nazariy va amaliy mazmunga ega yoshlar sotsiologiyasining asosiy muammolari qo'yidagilar: jamiyatning ijtimoiy rivojlanishida yoshlarning o'rni va rolini o'rganish, turli guruh yoshlarining "ijtimoiy tasviri" tahlili, talablarini, qiziqishlarini, ehtiyojlarini, qadr-qimmat orientatsiyasini, hayot faoliyatining barcha

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

jabhalarida yoshlarning ijtimoiy umidlarini; faol hayot pozitsiyasining, hayot tarzining va xulq-atvorning shakllanishi; turli ijtimoiy sohalarda ko'nikish xususiyatlarini ko'rib chiqish; yoshlarning hayotdagi rejalarini o'rganish va ularni amalga oshirish uchun maqbul sharoitlarni aniqlash; ijtimoiy faollik zaxirasini va passivlik sabablarini tadqiq qilish; turli darajadagi ijtimoiy boshqaruv va yoshlarning o'zini o'zi boshqarishdagi ishtiroki; mehnat va ishsizlikka ruhiy-psixologik tayyor ekanligini aniqlash va hokazolar. A.V.Sharonovning "Yoshlar sotsiologiyasi" kitobida yozilishicha: "Yoshlar sotsiologiyasi fan sifatida uchta o'zaro bog'liq darajalar asosida quriladi:

1) yoshlarni ijtimoiy fenomen sifatida anglashga asoslangan umummetodologik daraja;

2) o'ziga xosligini, ijtimoiy-demografik guruh sifatida yoshlarning tuzilishini, ongi va xulq-atvori xususiyatlarini, hayot tarzining yoshga oid, ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini, qadr-qimmat orientatsiyasining dinamikasini ochib beruvchi maxsus-nazariy daraja;

3) hayotning turli jabhalaridagi aniq faktlarning ijtimoiy tadqiqotlari asosida tahliliy, empirik daraja.

Yoshlar sotsiologiyasi tarmoqli sotsiologiya bilan chambarchas bog'liq: bu harbiy, tarbiyaviy, shahar, santat, jamoa, madaniyat, adabiyot, shaxs, ommaviy kommunikatsiya, tibbiyot va sog'liqni saqlash, axloq, aholi, ta'lim, ijtimoiy fikr, tashkilot, siyosat, huquq, din, qishloq joyda bo'sh vaqt, oila, mehnat, boshqaruv, jismoniy tarbiya va sport sotsiologiyasidir. Bugungi kunda O'zbekistonda yashovchi aholining 6O%idan ziyodini 24 yoshgacha bo'lgan yoshlar tashkil qiladi. Demograflarning tadqiqotlariga qaraganda ,mamlakatimiz aholisining yuqori surhatlar bilan usishi yakin chorak asrda ham davom etadi. 2015 yilga borib O'zbekiston aholisi 1,5 barobar ortib jami 36 mln 330 ming kishidan ortishi kutilmoqda. Shu davr mobaynida mehnatga yaroqli aholining soni ham 2 barobar oshib, 2015 yilda 20 mln kishini tashkil etadi. Bu raqamlar faqat yurtimiz aholisining son jihatdan o'sishinigina ko'rsatib qolmay, u navqiron millat sifatida katta intellektual imkoniyatlarga ega ekanini ham namoyon etadi.Yoshlarni har tomonlama yetuk komil insonlar qilib tarbiyalash bilangina, dunyoda

O'zbekistonning iqtisodiy, siyosiy O'rni yuksalishiga erishish mumkin. Shu bois yurtboshimiz; «biz istehdodli, fidoiy bolalarimizga farzandlarimizga bilim va kasb cho'qqilarini zabt etish uchun qanot berishimiz kerak»Ddegan edilar. Tahlim tizimidagi yangi milliy modelimiz jamiyatdagi potentsial kuchlarni ruyobga chiqarishga mo'ljallangan. Tahlim jarayoniga davlatning katta ehtibori, ko'plab sarmoyalar sarflanishi mamlakatimizda aholining yalpi komillik yo'liga chiqib olishiga real shart sharoitlar tug'dirmoqda. Yoshlarning intelektual ruhiy kamoloti ularning mahnaviy O'z-

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

O'zini anglashi jarayonlari bilan bevosita bog'liqdir. Yoshlar milliy O'zligini anglash sharoitida ular ijtimoiy manfaatlarini O'rganish hamda nazariy jihatdan tadqiq muhim ahamiyatga ega bo'lib, bular quyidagilar: -fikrlar xilma-xilligi nuqtai-nazaridan mustaqillik sharoitida ijtimoiy manfaatlar mavjud kontseptsiyalar orqali tahlil etiladi va zamonaviy sharoitlarga xos bo'lgan qarashlar tarzida ifodalab beriladi; -ijtimoiy manfaatlarni jamiyat taraqqiyotidagi o'rni, ahamiyati hamda zamonaviy siyosiy jarayonlarda siyosiy va iqtisodiy manfaatlarni o'zaro uyg'un tarzda o'rganadi;

-ijtimoiy manfaatlar mohiyati, mazmuni hamda jamiyat rivojidagi O'rni masalalarini sotsiologik jihatdan tahlil etadi;

-jamiyatda ijtimoiy siyosiy, iqtisodiy va mahnaviy omillarning ijtimoiy manfaatlariga tahsiri o'rganadi;

-hozirgi davrda ijtimoiy taraqqiyotga xos jarayonlar rivojida etnik manfaatlarning o'sib, milliy va umuminsoniy mazmun kasb etish xususiyatlarini nazariy tadqiq etadi.

Sotsiologiya fani yoshlarni jamiyatdagi ijtimoiy va ruhiy O'ziga xos holatga ega bo'lgan yirik ijtimoiy guruh sifatida O'rganadi. Bu ijtimoiy va ruhiy holatda ularning nafaqat yoshdagi tafovutlari, balki ijtimoiy iqtisodiy, shuningdek ijtimoiy siyosiy mavqei ham O'z ifodasini topadi. Yoshlar deganda, mahnaviy dunyosi shakllanish jarayonida bo'lgan, asosan 16-30 yoshlardagi inson tushuniladi. Biroq yoshlarning ijtimoiy jihatdan bir-biridan farqlanishi ayrim mutaxassislarni yoshning «yuqori» chegarasini turli guruhlarning ijtimoiy iqtisodiy va kasbiy sifatlari shakllanishi davomiyligiga qarab aniqlashga undamoqda. Jumladan, yosh ishchining bir kasb boshini qathiy tutishi asosan 25 yoshlarda amalga oshsa, yosh olim 35 yoshida shakllanib ulguradi. Yosh chegaralari u yoki bu mamlakatdagi mavjud tarixiy sharoit hamda ijtimoiy tuzumga bevosita bog'liqdir. KO'pgina mamlakatlarda yoshlikning qO'yi chegarasi tegishli mehyoriy-huquqiy hujjatlarda yozib qO'yilgan. Mustaqil kasb faoliyati bilan shug'ullanish, komillik yo'liga chiqib olishiga real shart-sharoitlar tug'dirmoqda. Yoshlarning intellektual-ruhiy kamoloti ularning mahnaviy o'z-o'zini anglashi jarayonlari bilan bevosita bog'liqdir. Ayniqsa, bozor iqtisodiyoti sharoitida ular ijtimoiy ideallarning susayib ketishiga yo'l qo'ymaslik muhimdir. Yosh chegaralari u yoki bu mamlakatdagi mavjud tarixiy sharoit hamda ijtimoiy tuzumga bevosita bog'liqdir. KO'pgina mamlakatlarda yoshlikning qO'yi chegarasi tegishli mehyoriyDhuquqiy hujjatlarda yozib qo'yilgan. Mustaqil kasb faoliyati bilan shug'ullanish huquqi o'z xatti-harakatlari uchun fuqaro sifatida javob berish qobiliyatiga, nikohga kirish huquqi yoshlikning quyi chegarasini aniqlashni taqozo etadi. Hozircha bu jahon tajribasida 14-16 yoshni tashkil etadi. Jamiyatning alohida bir qatlamini tashkil etuvchi yoshlar vaqt o'tishi bilan o'zga, yanada barqarorroq ijtimoiy qatlam (masalan, ishchi, ziyoli va boshqa) vakiliga aylanadi. Bugungi yosh

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

vatandoshlarimiz asosan o'rta saxsus o'quv yurtlari o'quvchilari va talabalar tashkil etadiki, ular hayot tarzining asosiy qismi O'qish va kelajak hayotga tayorgarlikdan iboratdir. Yoshlik-bu axloqiy idealni izlash, maqsadlarni va hayotiy pozitsiyani shakllantirish, kasb tanlash, oilaviy hayotga tayyorgarlik pallasidir. Hayotga kadam qO'yayotgan yigit-kizlar uchun ular faoliyati ijtimoiy foydali bo'lishigagina emas, balki bu faoliyat O'z shaxsiy maqsadlariga, intilishlariga muvofiqligi, hayot rejalarining amalga oshishiga mumkin qadar to'laroq kO'maqlashish g'oyat muhimdir.

Xulosa qilib aytganda Jamiyat o'z oldiga mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllantirish vazifasini qo'ymoqda. Bu o'z qadr-qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun hayotda aniq maqsadga ega bo'lgan insonlarni tarbiyalash deganidir. SHundagina ongli turmush kechirish jamiyat hayotining bosh mezoniga aylanadi. prezidentimiz tahkidlaganidek «shunda odam olomon bo'lib, har lahzada serkaga ehtiyoj sezib emas, aksincha, O'z aqli, O'z mehnati, O'z tafakkuri, O'z mahsuliyati bilan ong tarzda ozod va hur fikrli inson bo'lib yashaydi. Bunday odamlar uyushgan jamiyatni, ular barpo etgan mahnaviy ruhiy muhitni aslo buzib bo'lmaydi. Ularni o'z aql-idrok va qalb amri bilan tanlab olingan hayotiy maqsadlardan chalg'itib ham bo'lmaydi». Sotsiologiya fani nazarini yoshlarga qaratish, ularning muammolari, uy-fikrlari, tashvishlarini bilib yoshlar siyosatini ilmiy asosga kuchirish yuqorida tahkidlangan ijobiy natijalarni berishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Aliqoriev N.S. va boshqalar. Umumiy sotsiologiya T., ToshDU. 1999 y.

2. Bekmuradov M. Sotsiologiya asoslari T., «Fan» 1994 y.

3. Bekmatov A. Sotsiologiyaga kirish, Andijon. 1995 y.

4. Xolbekov A. Idirov U. Sotsiologiya Lug'at T., «Ibn Sino» 1999 y.

5. Bekmuradov M. Ota-Mirzaev О. Aliqoriev N. va boshqalar. Sotsiologiya T., 2000

6. E Giddens. Sotsiologiya.T., «SHarq», 2002.

7. Sotsiologiya. O'quv qo'llanma.T., 2002.

8. Sotsiologiya. Ma'ruzalar matni. UrDU 2003

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.